O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
“Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish yuzasidan hamda xavfli yuklarni avtomobil transportida tashishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni belgilash, tashish jarayoni qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida tashishga ruxsat berilgan xavfli yuklar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda ular 2011-yil 1-apreldan amalga kiritilsin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari talablariga idoraviy qarashli tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishiga doir zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-fevral,
35-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish
QOIDALARI
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
1. Ushbu Qoidalar shaharlar va aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari, shuningdek umumiy foydalanish uchun yopiq bo‘lmagan xo‘jalik avtomobil yo‘llari bo‘ylab xavfli yuklar va xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari kimga tegishliligidan qat’i nazar, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini belgilaydi va yukni jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar)ga xizmat ko‘rsatuvchi barcha tashkilotlar uchun majburiydir hamda tashish jarayoni qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga soladi, shuningdek xavfli yuklarni tashishga qo‘yiladigan talablarni, harakat xavfsizligini, yuklarning saqlanishini ta’minlash shartlarini va xavfli yuklarni sifatli tashishning boshqa me’yorlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]

2. Ushbu Qoidalarda “Avtomobil transporti to‘g‘risida”, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan terminlar va tushunchalar, shuningdek quyidagi qo‘shimcha terminlar va tushunchalar qo‘llaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
kuzov-sisternali avtotransport vositasi — suyuq va sochiluvchi yuklarning ayrim turlarini tashish uchun avtotransport vositasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
konteyner-sisterna (tank-konteyner) — transportning har xil turlarida (dengiz (daryo), temir yo‘l va avtomobil yo‘li) suyuq kimyoviy va oziq-ovqat mahsulotlarini, neft va neft mahsulotlarini, shuningdek suyultirilgan gazlarni saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan hamda bir transport vositasidan boshqa transport vositasiga mexanizatsiyalashtirilgan qayta yuklash uchun moslashtirilgan standartlashtirilgan, ko‘p aylanmali, multimodal transport birligi;
haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
yukni jo‘natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko‘radigan yoki tashish shartnomasi bo‘yicha mulkning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yukni oluvchi — yukni va yukka ilova hujjatlarida ko‘rsatilganlarni olish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo‘natuvchidan tashish uchun qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovar va idishdan iborat bo‘ladi. Yukning sof og‘irligi “netto”, idishning og‘irligi — “idish”, idish bilan tovarning umumiy og‘irligi esa “brutto” deb ataladi;
tovar tusidagi yuk — yuk, u bo‘yicha yukni jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan tovar-moddiy boyliklarning omborxona hisobi yuritiladi;
tovar tusiga ega bo‘lmagan yuk — ular bo‘yicha omborxona hisobi yuritilmaydigan, biroq o‘lchash, tortib ko‘rish, geodezik o‘lchash yo‘li bilan tashish jarayonida hisobga olish tashkil etilgan idishsiz tashiladigan yuklarning turi (grunt, glina, shag‘al, axlat);
yuk o‘rni — avtotransport vositasiga ortishda yoki undan tushirishda yukni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
yuk olib boriladigan punkt — yuklar jamlanadigan joy;
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
SHCHK (shoshilinch choralar kodi) — xavfli yuklarni tashishda avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlarning harfli-raqamli kodi;
xavfli yuklar — o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;
alohida xavfli yuklar — tashishda ehtiyotkorlikning alohida choralarini talab etadigan xavflilikning yuqori darajasidagi fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan moddalar va materiallar (ushbu Qoidalarga 1-ilova*);
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanishga mo‘ljallanmagan, tarkibida solishtirma aktivligi 74 kBk/kg dan ortiq darajali radionuklidlar mavjud bo‘lgan va Xavfli yuklar tasnifi bo‘yicha 7-darajaga tegishli bo‘lgan har qanday agregat holatidagi modda;
past aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 103 kBk/kg dan kam bo‘lgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,001 m Gr/ch dan 0,3 mGr/ch gacha bo‘lgan chiqindilar;
o‘rtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan 107 kBk/kg gacha bo‘lgan va gamma-nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 0,3 mGr/ch dan 10 mGr/ch gacha bo‘lgan chiqindilar;
yuqori aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar — solishtirma aktivligi 101 kBk/kg dan ortiq bo‘lgan va gamma — nurlanish dozasi quvvati yuzada 0,1 m masofada 10 mGr/ch dan ortiq bo‘lgan chiqindilar;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 90-modda)
yo‘nalish — yuk punktlari o‘rtasidagi avtotransport vositasi harakatining oldindan ishlab chiqilgan, eng maqbul yo‘li;
tirkama — avtotransport vositasi tomonidan tortiladigan va o‘zining energiya manbaiga ega bo‘lmagan yuklarni tashish uchun xizmat qiladigan avtotransport vositasi;
yarim tirkama — tirkama turi, uning to‘liq massasining bir qismi tirkash yostiqchasi — tirkama qurilma orqali egar shatakchiga o‘tkaziladi;
tashuvchi — avtotransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslar bo‘yicha egalik qiladigan, tijorat asosida yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yo‘l varaqasi — avtotransport vositasi ishini aniqlash va hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat;
xavf to‘g‘risidagi axborot tizimi (XTAT) — avtotransport vositasining xavfli yuklar bilan harakatlanishida xavfdan xabar beruvchi hamda yo‘l-transport hodisalari (YTH) va boshqa noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini belgilaydigan tizim;
paketlashtirish vositasi — yuklarni oqilona tashish hamda ortish-tushirish ishlarini yaxshilash va arzonlashtirish, shuningdek transportning barcha turlarida tashishda yuklarning yaxshi saqlanishi uchun moslama hisoblanadigan va idish hisoblanmaydigan vosita;
idish — tashish, saqlash va ortish-tushirish operatsiyalarida mahsulotlar va tovarlarni joylashtirishga va ularning saqlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan buyumdan iborat o‘rab-joylashtirishning asosiy elementi;
o‘rab-joylashtirish — ichiga joylashtirilgan mahsulotlar va tovarlardan ajratilmaydigan buyum, mahsulotlar va tovarlar buyumning zarur anjomi hisoblanadi hamda unda tovarlar va mahsulotlar saqlanishi va ularning sifatli va miqdoriy saqlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi;
tovar-transport hujjatlari — hujjatlar komplekti, shu jumladan schyot-faktura, ular asosida yukni hisobga olish, qabul qilish, berish, tashish, topshirish hamda transport jarayonining qatnashchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi;
tovar-transport yuk xati — tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishga, ularning yo‘ldagi joyi o‘zgarishini hisobga olish, kirim qilish, omborxona, tezkor va buxgalteriya hisobi uchun, shuningdek yukni tashish uchun hisob-kitob qilish va bajarilgan ishni hisobga olish uchun mo‘ljallangan transport jarayonining barcha qatnashchilari uchun yagona bo‘lgan hujjat;
BMT ro‘yxati bo‘yicha moddaning tartib raqami — Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfli yuklarni tashish bo‘yicha Ekspertlar qo‘mitasi tomonidan eng ko‘p tashiladigan xavfli moddalarga berilgan tartib raqami.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
3. Xavfli yuklar xalqaro me’yorlar talablari bo‘yicha xavfli yuklar tasnifi bo‘yicha taqsimlanadi (ushbu Qoidalarga 2-ilova*):
2-daraja — siqilgan, suyultirilgan va bosim ostida eritilgan gazlar;
3-daraja — yengil alangalanadigan suyuqliklar (YEAS);
4-daraja — yengil alangalanadigan qattiq moddalar (YEAQM), o‘zidan-o‘zi yonadigan moddalar (O‘O‘YOM), suv bilan o‘zaro aloqada alangalanuvchi gazlarni ajratib chiqaradigan moddalar;
5-daraja — oksidlovchi moddalar (OM) va organik peroksidlar;
6-daraja — zaharli moddalar (ZM) va infitsirlangan moddalar (IM);
7-daraja — radioaktiv materiallar (RM);
8-daraja — o‘yuvchi va (yoki) korrozion moddalar (O‘K);
9-daraja — boshqa xavfli moddalar.
II. Xavfli yuklarni tashishning alohida shartlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
4. Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish tashish shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga muvofiq tashuvchi unga yukni jo‘natuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni olib borish punktiga yetkazish va uni yukni oluvchiga berish majburiyatini oladi, yukni jo‘natuvchi esa yuk tashilganligi uchun belgilangan haqni to‘lash majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
5. Yukni tashuvchi yukni tashish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berishi kerak. Yukni yetkazib berish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarining amal qilish vaqtiga yoki taraflarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin. Yuk yetkazib berilishi kechiktirilishi to‘g‘risida sabablari va kechikish vaqti ko‘rsatilgan holda yo‘l varaqasida belgi qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
6. Tashuvchi, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalarining tiplari va sonini mustaqil belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Agar yukni jo‘natuvchini tashuvchi tomonidan muhayyo qilingan avtotransport vositasi qoniqtirmasa, u holda tegishli dalolatnoma tuzib va uni tashuvchiga berib avtotransport vositasini rad etishga haqlidir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
7. Xavfli yuklarni tashish uchun qo‘llaniladigan idish (upakovka) tiplari va parametrlari belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
8. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tashish uchun yaroqli bo‘lmagan holatda taqdim etilgan va u tomonidan yukning o‘z vaqtida jo‘natilishini ta’minlaydigan muddatda zarur holatga keltirilmagan yuk taqdim etilmagan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
9. Tashuvchi, agar quyidagi holatlar bo‘yicha tashishda yukning saqlanishini ta’minlay olmasa, yukni tashishga qabul qilishni rad etishi mumkin:
yuk zarur tarzda bo‘lmagan idishda yoki upakovkada taqdim etilgan;
yuk bajarish uchun qabul qilingan buyurtmaga muvofiq emas;
yukning taqdim etilgan partiyasi massasi avtotransport vositasining yuk ko‘tarish quvvatidan ortiq;
yuk tashish yo‘nalishining avtomobil yo‘li bo‘yicha harakat vaqtincha to‘xtatilganligi yoki cheklanganligi tufayli yetkazib berilishi mumkin emas.
bunday tashish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan bo‘lsa;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmasa;
tashish uchun taqdim etilgan yuklar xossalariga ko‘ra bitta avtotransport vositasida birgalikda tashish uchun qo‘yilmasa;
yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirsa va Yo‘l harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa uni tashish uchun qabul qilmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
11. Yukni kuzatib borish shartnoma shartlariga muvofiq tashuvchi yoki buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Tovar-transport yuk xatida yukni kuzatib boruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
12. Yukni jo‘natuvchi yukni tashishga taqdim etishda uning narxini e’lon qilishga haqlidir.
Yukning e’lon qilingan qiymati bo‘yicha tashuvchida shubha tug‘ilgan taqdirda u o‘z hisobidan ekspertlarni jalb qilishi va yukning real qiymati to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
13. Buyurtmachi tomonidan yukni jo‘natuvchilar tomonidan tamg‘alanib idishsiz, uyum, to‘kilgan holda tashiladigan yuklar, shuningdek tez buziladigan yuklar narxi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
14. Bahosi e’lon qilingan yukni tashishga taqdim qilishda yukni jo‘natuvchi uch nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishi shart. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi, ikkinchi nusxasi — tashuvchida bo‘ladi. Uchinchi nusxasi yukni jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichiga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
15. Idishsiz, uyum, to‘kilgan holda, shuningdek konteynerlarda, konteyner-sisternalarda tashiladigan yuklarni qabul qilib olish-topshirishda tovar-transport yuk xatida ushbu yuklar massasi ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
16. Idishga solingan va donali yuklar yukni tashuvchi tomonidan tovar-transport yuk xatida yukning massasi va yuk o‘rinlari soni ko‘rsatilishi sharti bilan tashish uchun qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
17. Idishli va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilishigacha belgilanadi va yuk o‘rinlarini markalashda ko‘rsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bitta avtotransport vositasida tashiladigan yuk butun partiyasining umumiy massasi tarozida tortish yoki yuk o‘rinlari barcha massasini hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa hisob-kitob yo‘li, o‘lchash yoki hajm massasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
18. Yukni jo‘natuvchi tovar-transport yuk xatiga yuk massasini yozishi va, agar massa to‘g‘ridan-to‘g‘ri tortilmasdan aniqlangan bo‘lsa, uni aniqlash usulini ko‘rsatishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
19. Yuklar yukni jo‘natuvchi tomonidan tamg‘alangan yopiq avtotransport vositasida yoki alohida seksiyalar, konteynerlar yoki sisternalarda yoki konteyner-sisternalarda tashilsa, yuk massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
20. Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi tortish yo‘li bilan 5—10 avtotransport vositasini nazorat tartibida tortishni bajarishi, shundan keyin tegishli markadagi bitta avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha massasini aniqlashi zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
21. Agar tashish uchun taqdim qilingan yukning idishi yoki o‘ramini sirtdan ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishi, buzilishi yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
22. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchida va yukni oluvchida bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilib olishda massani aniqlash uchun butun yukning og‘irligini tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish yo‘li bilan uning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
23. Avtotransport vositalari taroziga soatiga 5 kilometrdan ortiq bo‘lmagan tezlikda yaqinlashadi. Avtotransport vositalari to‘xtamagan holda (yurgan holda) va dvigatel ishlab turgan vaqtda avtomobil tarozilarida tortish taqiqlanadi. Avtotransport vositasini taroziga qo‘yishda uning orqa o‘qi platforma chekkasidan 300 mm yaqinlikda bo‘lmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
24. Avtopoyezdlarni taroziga tortishda butun avtopoyezdni taroziga qo‘yish zarur. Agar platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni qo‘yish imkonini bermasa, u holda avtotransport vositasi va tirkama alohida tortiladi. Bunda avtotirkamaning yakka shoti yerga tegmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
25. Yuklarni idishda, o‘ramda yoki mayda partiyalar bilan tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalash huquqiga ega.
Yukka tovar-transport yuk xatlari ma’lumotlari markalashga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yukning xossasini ko‘rsatish va yukni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus shartlariga rioya etish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi maxsus markirovkani (manipulyatsiya belgilarini) bosishi zarur. Ogohlantiruvchi yozuvlar, agar yuk bilan munosabatda bo‘lish usulini manipulyatsion belgilar bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
26. Markalash yorliqlari idishga eng qulay, yaxshi ko‘rinadigan joylarga ishonchli mahkamlanishi zarur.
Yuklarni idishsiz, uyum yoki to‘kilgan holda tashishda markirovka amalga oshirilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
27. Yukni jo‘natuvchi bir yukni oluvchiga yuboriladigan furgon, konteynerlar, konteyner-sisternalar va sisterna tipidagi kuzovli avtotransport vositasini tamg‘alash, yashiklar, qutilar va boshqa idishdagi mayda donali tovarni esa, tamg‘alash yoki banderol qilish huquqiga ega.
Yukni tamg‘alash yoki banderol qilish holati tovar-transport yuk xatida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
28. Bir necha manzillar bo‘yicha tashiladigan yukning saqlanishini ta’minlash uchun yukni tashuvchi kuzovni alohida tamg‘alangan seksiyalarga ajratish imkonini beradigan to‘siqlar o‘rnatishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
29. Yukni jo‘natuvchi tomonidan tamg‘alangan yuk yukni tashuvchi tomonidan yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan topshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
30. Kuzovni tamg‘alash yukka yaqinlashish va avtotransport vositasi kuzovi, konteyner, konteyner-sisterna, seksiya yoki alohida yuk o‘rnidan tamg‘aning butunligini buzmasdan tamg‘ani olish imkoniyatini berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yuklarni banderol qilish o‘ramning butunligini buzmasdan yukka yaqinlashishni istisno qilishi kerak.
Yuk tushirish punktiga kelgandan keyin yukni oluvchi va haydovchi kelishuv bo‘yicha yukni tarozida takroran tortadi va qayta hisoblaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
31. Yukni avtotransport vositasiga ortish, shuningdek uni mahkamlash, uning ustini yopish, bog‘lash, tushirish, mahkamlagichlar, qoplamalarni olib qo‘yish, bortlar (sisterna yuklari)ni yopish va ochish, shlanglarni qo‘yib yuborish yoki shlangalarni olish, shlanglarning vintlarini oldinga burash yoki orqaga burash, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
32. Yukni tashuvchi buyurtmachi bilan kelishgan holda ortish-tushirish ishlarini bajarishni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Ortish ishlari faqat mexanizatsiyalashtirilgan usulda bajarilishi mumkin bo‘lgan og‘ir vaznli yuklar maxsus moslamalarga (halqa, teshik va boshqalarga) ega bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
33. Yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi), agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ortish, tashish va tushirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar va yordamchi materiallarni taqdim etishi, o‘rnatishi va olib tashlashi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
34. Xavfli yuklarni tashish zaruriyati munosabati bilan avtotransport vositasini qayta jihozlash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
35. Yukni avtotransport vositasiga joylashtirish yoki mahkamlash yo‘l harakati xavfsizligi yoki yukning (avtotransport vositasining) saqlanishini ta’minlash talablariga muvofiq emasligi tashuvchi tomonidan aniqlangan taqdirda, yukni tashuvchi bu haqda buyurtmachini xabardor qilishi va, agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, qayd etilgan kamchiliklar buyurtmachi tomonidan bartaraf etilguniga qadar tashishni bajarishni to‘xtatishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
36. Tashuvchining avtotransport vositasi yukni ortish uchun kelish vaqti ortish punktida yukni jo‘natuvchiga yo‘l varaqasi taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi, tashuvchining avtomobil transporti yukni tushirish uchun kelgan vaqt esa — tushirish punktida yukni oluvchiga tovar-transport yuk xati taqdim etilgan paytdan boshlab hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
37. Agar haydovchi tovar-transport yuk xatini olgan bo‘lsa va yuk avtotransport vositasi kuzovida bo‘lsa, yuk tashuvchining avtotransport vositasini yuklashi tugallangan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
38. Agar yuk avtotransport vositasi kuzovidan to‘liq olingan, kuzovni yig‘ishtirish bo‘yicha barcha zarur ishlar bajarilgan va haydovchiga uzil-kesil rasmiylashtirilgan tovar-transport yuk xatlari topshirilgan bo‘lsa, yukni avtotransport vositasiga ortish tugallangan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
39. Tovar va notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuklarni tashish tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilishi kerak. Yukni jo‘natuvchida tovar-transport yuk xatlari blankalari mavjud bo‘lmasa, ular unga yuk tashuvchi tomonidan beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
40. Ishiga vaqtbay tariflar bo‘yicha haq to‘lanadigan avtotransport vositalaridan foydalanish yo‘l varaqalari va tovar-transport yuk xatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Yuk avtotransport vositasining tovar-transport yuk xatlari va yo‘l varaqalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, bosmaxona usulida tayyorlanadi, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
41. Avtotransport vositasi bilan yuklarni tashishga tovar-transport yuk xati yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir borishga har bir yukni oluvchining nomiga to‘rt nusxada tuziladi, ulardan:
birinchi nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi va tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish yoki hisobdan chiqarish (chiqib ketishi) uchun mo‘ljallanadi;
ikkinchi nusxasi yukni oluvchida qoladi va moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchi va to‘rtinchi nusxalari yukni tashuvchida qoladi hamda yuk tashuvchining yukning jo‘natuvchi bilan hisob-kitob qilishi va avtotransport ishini hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
42. Haydovchi (yoki yukni kuzatib boradigan shaxs) tovar-transport yuk xatining barcha nusxalariga imzo chekishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
43. Tovar-moddiy boyliklar nomlarining katta miqdori bir yo‘la tashishga taqdim etilganda qistirma varaqlar — barcha qistirma varaqlarda tovar bo‘limida ko‘rsatilgan tovar-transport yuk xatining seriyasi va bosh varaqning tartib raqami takrorlangan holda 4 nusxada to‘ldiriladigan tovar-transport yuk xatining davomi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
44. Bir turdagi yuklarni bir yukni jo‘natuvchidan ayni bir masofaga bir yukni oluvchining nomiga tashishda smena mobaynida avtotransport vositasi tomonidan bajarilgan ishga jamlangan bitta tovar-transport yuk xati rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda oraliq yurishlarni rasmiylashtirish yukni jo‘natuvchi tomonidan haydovchiga har bir alohida yurishga talon berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Talon faqat berilgan kun uchun amal qiladi va uch nusxada to‘ldiriladi, ulardan biri yukni jo‘natuvchida, ikkinchisi — haydovchida va uchinchisi yukni oluvchida qoladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
45. Yukni tashuvchi yukni tovar-transport yuk xatida ko‘rsatilgan yukni oluvchiga topshirishi kerak.
46. Yukni massasi va o‘rinlar soni bo‘yicha yukni oluvchiga topshirish yukni jo‘natuvchidan olingandagiga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi (tarozida tortish, o‘lchash, yuk o‘rinlarini sanash va hokazo).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
47. Avtotransport vositalarining shikastlanmagan kuzovlarida (konteynerlar, konteyner-sisternalar va sisternalarda) kelgan va yukni kuzatuvchining shikastlanmagan tamg‘alariga ega bo‘lgan yuklar yukni oluvchiga yukning massasi, holati va yuk o‘rinlari soni tekshirilmasdan berilishi mumkin.
Standart og‘irlik va yukni jo‘natuvchi tomonidan har bir yuk o‘rnida ko‘rsatilgan og‘irlik bo‘yicha tashishga qabul qilingan idishli va donali yuklar yukni oluvchiga borish punktida faqat shikastlangan (agar shundaylar bo‘lsa) o‘rinlardagi yukning og‘irligi va holati tekshirilgan holda o‘rinlar sanog‘i bo‘yicha og‘irligi tortilmasdan topshiriladi.
Idishsiz yoki to‘kilgan holda tashiladigan, kamomad belgilarisiz kelgan yuklar yukni oluvchiga og‘irligi tekshirilmasdan topshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.02 Transport vositalari ijarasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
48. Yukni yukni oluvchiga topshirishda, agar yuk yukni oluvchiga shikastlangan idish, avtotransport vositasining shikastlangan kuzovi yoki yukni jo‘natuvchining shikastlangan tamg‘alari bilan kelsa, yukni tashuvchi tovar-transport yuk xatiga muvofiq yuk massasini, yuk o‘rinlari sonini yoki yukning holatini tekshirishi kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
49. Yuk tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yukni oluvchi yukni olishni rad etgan taqdirda yuk yukni tashuvchi tomonidan yukni jo‘natuvchiga qaytarilishi (agar shartnomada o‘zgacha xol nazarda tutilmagan bo‘lsa) yoki uning yozma ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqa yukni oluvchiga berilishi mumkin. Yukni oluvchi tovar-transport yuk xatida, imzo bilan tasdiqlangan yukni qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozuvni qayd etishi kerak.
(49-bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Yukni jo‘natuvchi yukni qayta yo‘llash yoki uni yukni jo‘natuvchiga qaytarish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni to‘lashi kerak.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
51. Alohida xavfli yuklarni tashish maxsus mas’uliyatli shaxs — yukni jo‘natuvchining (yukning oluvchining) xavfli yuklarning xossalarini biladigan va ular bilan muomala qila oladigan vakilining majburiy kuzatuvida amalga oshiriladi.
Xavfli yuklarni avtotransport vositalarida tashish shartnomasi bo‘yicha xavfli yukni kuzatib borish avtotransport vositasining haydovchisiga yuklangan hollarda haydovchiga xavfli yuk jo‘natilishidan oldin xavfli yukning fizik-kimyoviy va zararlantiruvchi xossalari, u bilan muomala qilish va uni tashish qoidalari to‘g‘risida yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan yo‘riqnoma berilgan bo‘lishi kerak.
Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ortilgan avtotransport vositalari tegishli manzilga shartnoma asosida hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining yo‘l-patrul xizmati tomonidan kuzatib boriladi.
Yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ikkitadan ortiq avtotransport vositasida kolonna bo‘lib, oldinda va orqada hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari yo‘l-patrul xizmatining ikkita patrul avtomashinalari kuzatuvida tashiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 385-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son)
(51-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
52. Xavfli yukka hamrohlik qilish uchun mas’ul shaxsning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) xavfli yuklar jo‘natish joyidan borish joyigacha kuzatilishini va qo‘riqlanishini ta’minlash, tashish yo‘nalishiga qat’iy rioya qilish;
b) qo‘riqlash xodimlariga va avtotransport vositalari haydovchilariga yo‘riqnoma berish;
v) xavfli yuk olinadigan joylarda xavfli yuklarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirish (xavfli yuk o‘ralishi va markalanishining to‘g‘riligini tekshirish) va ularni qabul qilib olish;
g) xavfli yuk ortilishi va mahkamlanilishini kuzatish;
d) avtotransport vositalari harakatlangan va to‘xtab turgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
e) tashishni amalga oshiruvchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligi chora-tadbirlarini, jamoat va ekologik xavfsizlikni tashkil etish;
j) belgilangan joyga kelgandan keyin xavfli yuklarni topshirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
53. Xavfli yuklarni transportda tashish yo‘nalishini ta’minlash ushbu tashishni bajaradigan tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
a) Toshkent shahri bo‘yicha — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
(54-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi va viloyatlar ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari;
(54-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
v) shaharlararo — viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari;
(54-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
g) xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha — Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, yo‘l harakati xavfsizligi sohasida vakolatli organlar va paritet tomonning avtomobil transporti sohasida vakolatli organlari bilan kelishiladi.
(54-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 444-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son — 2022-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
541. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari va xavfli yuklarni transportda tashish yo‘nalishlarini kelishishi zarur bo‘lgan boshqa davlat organlari tegishli hujjatlar kelib tushgan vaqtdan boshlab 2 ish kuni ichida kelishishi zarur.
(541-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
55. Transportda tashish yo‘nalishini ishlab chiqishda yukni tashuvchi quyidagi asosiy talablarga amal qilishi kerak:
a) transportda tashish yo‘nalishi yaqinida muhim, yirik sanoat obyektlari bo‘lmasligi kerak;
b) transportda tashish yo‘nalishi dam olish zonalari, arxitektura, tabiiy qo‘riqxonalar, alohida qo‘riqlanadigan hududlar va boshqalar orqali o‘tmasligi kerak, aholi punktlari orqali o‘tishdan maksimal qochish zarur;
v) transportda tashish yo‘nalishida avtotransport vositasi to‘xtash joylari va yonilg‘i quyish shoxobchalari nazarda tutilishi kerak;
g) transportda tashish yo‘nalishi yirik aholi punktlari orqali o‘tmasligi kerak. Istisno hollarda xavfli yuklarni yirik aholi punktlari ichi orqali tashish zarur bo‘lganda harakat yo‘nalishlari tomosha, madaniy-ma’rifiy, o‘quv, maktabgacha va davolash muassasalari yaqinidan o‘tmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
56. Xavfli yuklarni transportda tashish yo‘nalishlarini kelishish uchun yukni tashuvchi tashish boshlanishidan kamida o‘n kun oldin hududi bo‘ylab xavfli yukni tashish mo‘ljallanayotgan hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
a) belgilangan shakl bo‘yicha tashishning ishlab chiqilgan yo‘nalishi uch nusxada;
(56-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
v) alohida xavfli yuklar uchun qo‘shimcha ravishda yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi) tomonidan taqdim etilgan xavfli yukni tashishga maxsus yo‘riqnoma;
(56-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
d) avtotransport haydovchisi xavfli yuklarni tashishga qo‘yilishi to‘g‘risidagi guvohnoma;
(56-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
57. Hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan transportda tashish yo‘nalishi marshrutda ko‘rsatilgan muddatga haqiqiydir. Bunday muddat ko‘rsatilmagan hollarda xavfli yuk kelishilgan kundan boshlab olti oy mobaynida kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Aholi punktlarida xavfli yuklarni tashishga past va o‘rtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno faqat kunduz kuni avtotransport vositalari harakati minimal intensivlikda bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylab yo‘l qo‘yiladi.
(57-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 90-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
58. Kelishilgan yo‘nalishni o‘zgartirishni talab qiladigan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, yukni tashuvchi xavfli yuklarni tashishga yangi yo‘nalishni dastlabki yo‘nalish kelishilgan hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
59. Kelishilgan yo‘nalishning bir nusxasi tegishli hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida, ikkinchisi — yukni tashuvchida saqlanadi, uchinchi nusxasi — xavfli yuklarni tashish vaqtida mas’ul shaxsda, u bo‘lmaganda esa — haydovchida turadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
60. Xavfli yuklarni tashishga qabul qilish va ularni yukni jo‘natuvchiga topshirish og‘irligi bo‘yicha, idishga solingan xavfli yuklar esa — yuk o‘rinlari soni bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
61. Xavfli yuk yuk tashuvchi tomonidan tashishga yukni jo‘natuvchi tomonidan DS R50587-93. “Modda (material) xavfsizligi pasporti. Asosiy qoidalar. Ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash, transportda tashish, utillashtirishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha axborot” bo‘yicha moddaning xavfsizligi pasporti taqdim etilgach qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
62. Xavfli yuklarni tashishga qabul qilishda xavfli yuklar tashilishi uchun mas’ul shaxs idishda yuk birligiga transport xavfsizligini tavsiflaydigan maxsus markalash mavjudligini tekshirishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
63. Xavf to‘g‘risidagi axborot tizimi quyidagi asosiy elementlardan:
a) tashiladigan xavfli yukning darajasini belgilash uchun avtotransport vositasiga o‘rnatiladigan axborot jadvali (ushbu Qoidalarga 6-ilova*);
g) avtotransport vositalaridagi maxsus bo‘yoq va yozuvlardan iborat bo‘ladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
64. XTATni tashkil etish xavfli yuklarni tashiydigan tashuvchilar va buyurtmachilarga yuklanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
65. Axborot beruvchi XTAT xavfli yuklarni tayyorlaydigan tashkilotlar tomonidan tayyorlanadi hamda avtotransport vositasining oldiga va orqasiga maxsus moslamalarda o‘rnatish uchun yukni tashuvchiga beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
66. Avtotransport vositalarini belgilash uchun axborot jadvallari quyidagi talablarga rioya qilgan holda tayyorlanadi:
a) jadvalning umumiy foni — oq;
b) “SHCHK” va “BMT №” — grafalari foni — to‘q sariq;
v) jadvallar o‘lchami 690x300 mm, o‘ng qismi 400x300 mm, so‘l qismi 290x300mm;
g) jadval ramkasi, ustunlarni ajratish chiziqlari, raqamlar va matnning harflari qora rangda bajariladi;
d) ustunlarning nomi (SHCHK, BMT №) va “O‘yuvchi modda” xavf belgisidagi yozuv oq rangda bajariladi;
e) xavf belgisi ramkasi belgi chetidan 5 mm masofada qalinligi kamida 5 mm bo‘lgan qora rangdagi chiziq bilan tushiriladi;
j) “SHCHK” va “BMT №” ustunlaridagi harflarning qalinligi 15 millimetrga, xavf belgisidagi qalinligi kamida 3 millimetrga teng;
z) jadvalning ramkasi va ajratish chiziqlari 15 millimetrga teng qalinlikda tushiriladi;
i) shoshilinch choralarning harf-raqam kodi harflar va raqamlarning istalgan tartibida yoziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
67. XTAT avariya kartochkasi xavfli yukni tayyorlovchi tashkilot tomonidan to‘ldiriladi va yo‘l varaqasiga qo‘shimcha sifatida ilova qilinadi.
Avariya kartochkasi xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalari haydovchisida turishi kerak. Xavfli yukka mas’ul shaxs — mijozning vakili hamrohlik qilgan taqdirda avariya kartochkasi unda turishi kerak.
XTATning axborot kartochkasi 130 millimetrga 60 mm o‘lchamli qalin qog‘ozda tayyorlanadi. Kartochkaning yuza tomonida axborot jadvallari yoyilib beriladi, orqa tomonida esa xavf belgilari namunalari keltiriladi.
Yong‘in chiqqanda va oqqan taqdirda shoshilinch choralar kodi (SHCHK), shuningdek moddaning oqova suvlarga tushishi oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham raqamlar bilan belgilanadi.
Odamlarni himoya qilishda shoshilinch choralar kodi (SHCHK) harflar bilan belgilanadi. Harflarni tanlash qo‘llaniladigan kodning eng xarakterli so‘zlari boshlang‘ich harflari bo‘yicha amalga oshiriladi:
N — nafas olish apparati va himoya qo‘lqoplari zarur;
YO — faqat yong‘in chiqqanda nafas olish apparati va himoya qo‘lqoplari zarur;
K — himoyalovchi kiyim-boshlarning to‘liq to‘plami va nafas olish apparati zarur;
E — odamlarni evakuatsiya qilish zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
68. Xavfli yuklarni tashishda noxush hodisa yuzaga kelgan taqdirda noxush hodisani va uning oqibatlarini tugatish tadbirlari avariya kartochkasida keltirilgan ko‘rsatmalarga yoki XTAT axborot jadvali bo‘yicha shoshilinch choralar kodiga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
69. Tashiladigan xavfli yukni to‘liq identifikatsiya qilish axborot jadvalidagi va XTAT axborot kartochkasidagi, shuningdek ushbu xavfli yukni tashishga buyurtmanomada (bir martalik buyurtmanomada) mavjud BMT ro‘yxati bo‘yicha raqamlashga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
70. Xavfli yuklarni tashishda doimiy band bo‘lgan avtotransport vositalari kuzovi, avtotsisternalar, tirkamalar va yarim tirkama-sisternalar ushbu xavfli yuklar uchun belgilangan tanituvchi rangga bo‘yalishi va quyidagi tegishli yozuvlar yozilishi kerak:
a) metanolni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) “Metanol — zahar!” qoplama bo‘yicha to‘q sariq yozuvli va qora polosali to‘q sariq rangga bo‘yaladi;
b) ammiakni tashishda — avtotransport vositasining rangi har qanday rangda bo‘ladi va “Ammiakli suv — Yong‘in jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
v) suvga tekkanida tez alangalanadigan gazlar chiqaradigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi ko‘k rangga bo‘yaladi va “Yong‘in jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
g) o‘zi yonadigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna)ning quyi qismi qizil rangga bo‘yaladi, yuqori qismi oq rangga bo‘yaladi va qora rangda “Yong‘in jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
d) tez alangalanadigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) to‘q sariq rangga bo‘yaladi va “Yong‘in jihatidan xavfli” yozuvchi yoziladi;
e) yonishni kuchaytiradigan moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) sariq rangga bo‘yaladi va ikki marta “Yong‘in jihatidan xavfli” yozuvi yoziladi;
j) o‘yuvchi moddalarni tashishda avtotransport vositasi (sisterna) qoplama bo‘ylab qora polosali sariq rangga bo‘yaladi, unga sariq rangli “O‘yuvchi modda” degan yozuv yoziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
71. Xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga yoziladigan harflarning bo‘yi, ushbu Qoidalarning 67 — 69-bandlarida qayd etilgan hollaridan tashqari kamida 150 mm, qora rangda bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
72. Avtotransport vositalarida xavfli yuklar ortilishi, tushirilishi operatsiyalarini xavfli yukni kuzatib borayotgan mas’ul shaxs (mijozning vakili) nazorat qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
73. Avtotransport vositasiga yuk ortishga uning to‘liq yuk ko‘tarishigacha foydalanishga yoki xavfli yuklarning ayrim turlarini transportda tashish uchun tayyorlovchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus yo‘riqnomalarda qayd etilgan hajmda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
74. Xavfli yuklarni avtotransport vositasiga ortish-tushirish va mahkamlash ishlatishda uchqun chiqarmaydigan mexanizmlar va asboblar qo‘llanilgan holda idishga turtki, zarba, ortiqcha bosim bosilishiga yo‘l qo‘yilmay ehtiyotkorlikning barcha choralariga rioya etgan holda mijozning kuch va vositalari bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
75. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlari avtotransport vositasi dvigateli o‘chirilgan holda amalga oshiriladi va haydovchi, agar bu yukni jo‘natuvchining yo‘riqnomasida qayd etilgan bo‘lsa, ortish-tushirishning belgilangan zonasidan tashqarida turishi kerak. Avtomobilga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish yoki to‘kish mexanizmlarining harakatga keltirilishi ishlab turgan dvigatelda ta’minlangan hollar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
76. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish operatsiyalari maxsus jihozlangan ortish-tushirish joylarida (postlar, maydonlarda) amalga oshirilishi kerak. Bunda bittadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositasida bir vaqtning o‘zida ortish-tushirish ishlari amalga oshirilishi mumkin.
Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarish davrida ortish-tushirish joylari (postlar, maydonlar) maxsus tayyorlangan soqchilar bilan ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
77. Begona shaxslarning xavfli yuklarni ortish-tushirish uchun ajratilgan ortish-tushirish joylarida (postlar, maydonlarda) hozir bo‘lishi, shuningdek xavfli yuklar ortilgan avtomobillar yaqinida odamlar va yuklarning to‘planishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
78. Momoqaldiroq paytida yong‘in jihatidan xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
79. Qo‘lda bajariladigan xavfli yuklar bilan ortish-tushirish operatsiyalari ushbu ishlarni bajarishga jalb etilgan xodimlarning shaxsiy xavfsizligi choralariga rioya etilgan holda bajarilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
80. Idishning shikastlanishi va xavfli yukning o‘z-o‘zidan ag‘darilishi xavfini yaratadigan yukni ortish-tushirish mexanizmlarining yuk ko‘tarish qurilmalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
81. Ortish-tushirish operatsiyalari jarayonida xavfli yuklar solingan bochkalarning joyini o‘zgartirish va omborxona ishlarini bajarish faqat maxsus o‘rnatilgan tagliklar, traplar va narvonlarda amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
82. Yashiklar, korzinalar, barabanlar yoki panjaralarga joylashtirilgan xavfli yuklar solingan shishalar ortish-tushirish operatsiyalarini bajarishda oraliqlar inert taglik material bilan to‘ldirilishi sharti bilan maxsus telejkalarda joyi o‘zgartirilishi kerak.
Butillarni orqada, yelkada yoki o‘zining oldida ko‘tarish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
83. Xavfli yuklarni ortish, tushirish va qayta yuklash joylari (postlar), shuningdek avtomobillar to‘xtash joylari ular turar joy va ishlab chiqarish imoratlari, yuk omborlaridan 125 m yaqin bo‘lmagan va magistral yo‘llardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lgan tarzda tanlanadi.
Ortish-tushirishni kutayotgan avtotransport vositalari ortish-tushirish joylaridan (postlar, maydonlardan) kamida 25 m masofada bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
84. Tayg‘oqchilikda xavfli yuklarni ortish va tushirish ortish-tushirish joylari (postlar, maydonlar) hududiga qum sepilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
85. Yoqilg‘ilar yoki portlash xavfi bo‘lgan yuklar ortilgan avtotransport vositalariga umumiy foydalaniladigan turg‘un avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida yoki ko‘chma avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i quyish avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasidan kamida 25 m masofada joylashgan maxsus jihozlangan maydonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan olingan neft mahsulotlarini quyish orqali amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
86. Xavfli yuklarni ortish-tushirish boshlanishidan oldin hamrohlik qiluvchi shaxslar va ortish-tushirishning rahbari yong‘in kelib chiqqanda yoki portlash xavfida avtotransport vositalarini xavfsiz masofaga olib o‘tish imkoniyatini nazarda tutishlari shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
87. Xavfli yuklarni tashishda avtotransport vositalari harakati tezligini cheklash tashish yo‘nalishini kelishgan holda aniq yo‘l sharoitlari hisobga olingan holda hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan belgilanadi. Harakat tezligini cheklash belgilangan taqdirda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tezlik ko‘rsatilgan belgi avtotransport vositasida yo‘l harakati qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi kerak.
Yo‘lda bo‘lish vaqti 8 soatdan ortiqni tashkil etgan taqdirda har bir avtotransport vositasiga ikki nafar haydovchi ajratiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
88. Xavfli yuklar avtotransport vositalari kolonnasida tashilganda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
tekis yo‘lda harakatlanishda avtotransport vositalari o‘rtasidagi masofa kamida 50 m bo‘lishi kerak;
tog‘ sharoitlarida — ko‘tarilish va pastga tushishlarida kamida 300 m;
ko‘rish 300 metrdan kam bo‘lganda (tuman, yomg‘ir, qor va hokazolar) ayrim xavfli yuklarni tashish taqiqlanishi mumkin.
Yukni jo‘natuvchi (yukni oluvchi)ning vakillaridan bo‘lgan tashish uchun mas’ul shaxs, kolonna bo‘yicha katta — birinchi avtotransport vositasi kabinasida bo‘lishi shart.
(88-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
89. Xavfli yuklarni tashishda past va o‘rtacha aktivlikdagi radioaktiv chiqindilar bundan mustasno haydovchilarning dam olish uchun aholi punktlarida to‘xtash taqiqlanadi. To‘xtash joylarida to‘xtashga buning uchun maxsus ajratilgan, turar joy imoratlari va odamlar to‘planadigan joylardan kamida 200 m masofada joylashgan maxsus ajratilgan joylarda ruxsat beriladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 9-son, 90-modda)
Avtotransport vositasi to‘xtaganda yoki to‘xtash joyida to‘xtash tormozi ishga tushirilishi, qiyalikda qo‘shimcha ravishda jilishga qarshi tirgak o‘rnatilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
90. Yo‘lda yonilg‘i quymasdan xavfli yukni tashiydigan avtotransport vositalarining yurish zaxirasi kamida 500 km bo‘lishi kerak. Xavfli yuklar 500 km ga va undan ortiq masofaga tashilganda avtotransport vositasi hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan kelishgan holda zaxira yonilg‘i baki bilan jihozlanishi kerak.
Agar yo‘nalishning uzunligi 400 kilometrdan ortiq bo‘lsa yoki tashish kechasi amalga oshirilsa, xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarining bir haydovchi bilan harakatlanishi taqiqlanadi.
Qish vaqtida tog‘ sharoitlarida xavfli yuklarni tashishda yukni tashuvchilar avtotransport vositalarini protektorning qishgi shinalari bilan butlashlari kerak.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
91. Ikkitadan ortiq avtotransport vositasida kolonna bo‘lib alohida xavfli yuklarni tashish tashuvchining harakat xavfsizligi xizmati avtomobillari kuzatuvida amalga oshiriladi.
(91-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Oldindagi kuzatuvchi avtomobil xavfli yuklar ortilgan avtotransport vositalaridan oldinda harakatlanishi kerak. Bunda uning ortida harakatlanadigan avtotransport vositasiga nisbatan kuzatuvchi avtomobil uning orqasida harakatlanayotgan avtomobilning gabariti kengligi bo‘yicha kuzatilayotgan avtotransport gabariti turtilib chiqayotgan etib yon berib harakatlanishi kerak.
Kuzatib boradigan avtomobil to‘q sariq yoki sariq rangdagi yorqin mayoq bilan jihozlanishi kerak. Uning yoqilishi yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini ogohlantirish uchun qo‘shimcha axborot vositasi hisoblanadi.
Kuzatuvchi avtomobillarda va xavfli yuklarni tashiyotgan avtotransport vositalariga istalgan vaqtda (shu jumladan kunduz kuni) yaqin chiroq farasi yoqilgan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
92. Kuzatuvchi avtomobillar harakati tartibi va xavfli yuklar tashilayotganligi to‘g‘risida yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini xabardor qilish usullari yo‘nalishni kelishish blankasining “Harakatning alohida shartlari” bo‘limida hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
93. Xavfli yuklarni ikki va undan ortiq avtomobilda kolonnada tashishda uning tarkibida yuklarning mazkur turini tashishga moslashtirilgan, Xavfli yuklarni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan zaxira bo‘sh avtotransport vositasi mavjud bo‘lishi shart. Zaxira avtotransport vositasi kolonnaning oxirida borishi kerak.
Tonneldan o‘tishda xavfli yuklarni tashiyotgan avtotransport vositalari harakati bitta transport vositasi bo‘yicha ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
94. Bir avtotransport vositasida (bir konteynerda) xavfli yuklarning turli darajalarini birgalikda tashishga faqat turli darajadagi xavfli yuklarni tashishda moslik jadvalida ifodalangan yo‘l qo‘yiladigan muvofiqlik qoidalari doirasida ruxsat beriladi (ushbu Qoidalarga 8-ilova*).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
95. Umumiy vazifali yuklar bilan birga xavfli yuklarni bitta avtotransport vositasida (bitta konteynerda) birgalikda tashish xavfli yuklarni va umumiy maqsadli yuklarni tashishda moslik jadvalida ifodalangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi (ushbu Qoidalarga 9-ilova*).
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
96. Xavfli yuk transportda tashilgandan keyin tozalanmagan bo‘sh idishni tashish ushbu Qoidalar talablariga muvofiq ushbu xavfli yukni tashishdagiga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi.
Bo‘sh idishni tashishga tovar-transport yuk xatida qizil rangda bungacha tashilayotgan idishda qanday xavfli yuk bo‘lganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
97. Bo‘sh idishni tozalash ekologik xavfsizlik va yakka tartibdagi himoya choralariga rioya qilingan holda mijozning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
98. Idish to‘liq tozalangandan keyin uni tashish umumiy vazifali yuklar singari umumiy asoslarda amalga oshiriladi, bunda mijozning tovar-transport yuk xatiga qizil rangda “Idish tozalandi” degan belgi qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
99. Tashkilot-mijozlar har bir tashishga avariyali vaziyatda xatti-harakatlar rejasini ishlab chiqadilar va uni haydovchiga (kuzatib boruvchiga) topshiradilar, avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini tugatish bo‘yicha amalda ishlash uchun avariya brigadalarini ajratadilar va ular bilan tegishli tayyorgarlikni tashkil etadilar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
100. Xavfli yuklar solingan idishning nosozligini tuzatish bo‘yicha ta’mirlash ishlari olib borish zarurligi holatida bu ishlar avariya brigadasi tomonidan ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan maydonda (binoda) amalga oshiriladi. Uning joylashishi avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini tugatish tadbirlari rejasida belgilanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
101. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda xavfli yukni tashish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs haydovchilar yoki qo‘riqchilar xatti-harakatiga rahbarlik qiladi, hududiy ichki ishlar organlari, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qiladi hamda hodisa yuz bergan joyni o‘rashni (belgilashni) va xavfli yuk qo‘riqlanishini tashkil etadi.
(101-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
102. Avariya yoki noxush hodisa joyiga kelgan avariya brigadasi uning oqibatlarini tugatish davomida ehtiyotkorlikning va XTATning avariya kartochkasida sanab o‘tilgan yakka tartibdagi himoyaning barcha choralarini ko‘rishlari kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
103. Avariya yoki noxush hodisa yuz bergan holda avariya brigadasining xatti-harakatlari:
a) shikastlangan idishni yoki sochilib ketgan (quyilib ketgan) xavfli yukni aniqlash va uzoqlashtirishni;
b) jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatishni;
v) zaruriyat bo‘lganda haydovchilarni va ushbu tashishga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni evakuatsiya qilishni;
g) xavfli zona o‘lchami va chegaralarini aniqlashni, uning perimetri bo‘ylab postlar qo‘yilishi tashkil etilishini;
d) dezaktivatsiya, dezinfeksiya yoki degazizatsiya o‘tkazilishini;
e) maxsus kiyim-bosh va individual himoya vositalari zararsizlantirilishini;
j) atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta’sir bartaraf etilishini;
z) yuz bergan avariyalar yoki noxush hodisalar to‘g‘risida yukni jo‘natuvchi va yukni oluvchini xabardor qilishni o‘z ichiga oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
104. Tashish jarayonida avariyalar yoki noxush hodisalar yuz bergan taqdirda avariya brigadasi va maxsus xizmatlar kelguniga qadar ularning oqibatlarini dastlabki bartaraf etish maxsus tayyorgarlik yoki yo‘riqnoma talablariga muvofiq haydovchi va kuzatib boruvchi mas’ul shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
IV. Tashish jarayoni qatnashchilarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
105. Yukni tashuvchi yukni jo‘natuvchiga tashish uchun buyurtmanoma berganda tovar-transport yuk xatini (to‘rt nusxada) va XTAT avariya kartochkasini taqdim etishi kerak, ular xavfli moddalarni tayyorlovchining ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
106. Xavfli yukni tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi idishning (upakovkaning) butunligi va sozligini, markalash va tamg‘alar borligini, shuningdek asbob-uskunalar va ortish-tushirish maydonlarining texnik yoritilganligi ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshirishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
107. Yukni oluvchi xavfli yuklarni tushirish tamom bo‘lgandan keyin avtotransport vositasi kuzovi (konteynerlar, konteyner-sisternalar, tank-konteynerlar) ushbu xavfli yuk qoldiqlaridan tozalashi va, zaruriyat bo‘lganda, xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda avtotransport vositasi (konteynerlar, konteyner-sisternalar)ni degazatsiya, dezaktivatsiya yoki dezinfeksiya qilishi hamda avtotransport vositasi (konteynerlar, konteyner-sisternalar, tank-konteynerlar)da o‘rnatilgan xavf belgilarini olib qo‘yishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
108. Yukni tashuvchi xavfli yuklarni tashishda, zaruriyat bo‘lganda, avtotransport vositalarini ushbu Qoidalar talablariga muvofiq asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlashi, shuningdek xavfli yuklar bilan ishlashda mashg‘ul bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni maxsus tayyorlashni yoki ularga yo‘riqnoma berilishini tashkil etishi hamda ularni yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi kerak.
Avtotransport vositalari haydovchilari, bundan tashqari ushbu Qoidalarga muvofiq XTAT huquqiy axborot kartochkalari bilan ham ta’minlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
109. Xavfli yuklarni tashiydigan haydovchi quyidagilarni o‘z ichiga oladigan maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi kerak:
a) XTATni o‘rganish (avtotransport vositalari va upakovkaga belgi qo‘yish);
b) tashilayotgan xavfli yuklarning xossalarini o‘rganish;
v) noxush hodisalarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullariga o‘qitish;
g) noxush hodisa yuz bergandagi xatti-harakatlarga o‘qitish (xatti-harakat tartibi, yong‘inni o‘chirish, birlamchi degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfeksiya);
d) yuz bergan noxush hodisa to‘g‘risida bildirishnoma (axborot) tayyorlash va tegishli mansabdor shaxslarga yetkazish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
110. Xavfli yuklarni tashishga ushbu toifadagi avtotransport vositasi haydovchisi sifatida kamida uch yil uzluksiz ish stajiga va avtotransport haydovchisini xavfli yuklarni tashishni amalga oshirayotgan xavfli yukni tashishga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan haydovchilar qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
111. Xavfli yukni tashishni amalga oshirayotgan haydovchining yonida xavfli yuklarni tashish Qoidalarida nazarda tutilgan transport hujjatlari, shuningdek:
a) avtotransport vositasi xavfli yuklarni tashishga qo‘yilishi to‘g‘risidagi guvohnoma;
b) avtotransport vositasi haydovchisi xavfli yuklarni tashishga qo‘yilishi to‘g‘risidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarga 10-ilova*);
g) yukni tashuvchi, yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchining mansabdor shaxslari, hududiy ichki ishlar organlari, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining harakatlanish yo‘nalishida joylashgan navbatchi qismlarining manzili va telefon raqamlari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining sig‘imning xavfli yuklarni tashish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
(111-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
e) hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan yo‘nalish sxemasi bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
112. Xavfli yuklarni tashishda haydovchiga belgilangan va hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan kelishilgan yo‘nalishdan va to‘xtab turish joylaridan chetga chiqish, shuningdek belgilangan harakat tezligini oshirish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
113. Avtotransport vositasi yo‘lda buzilib qolganda va texnik nosozlikni haydovchining kuchi bilan joyning o‘zida bartaraf etish imkoni bo‘lmaganda haydovchi tashishlarga texnik xizmat ko‘rsatish mashinasini chaqirishi va o‘zi majburiy to‘xtagan joy to‘g‘risida eng yaqindagi hududiy ichki ishlar organlariga xabar qilishi kerak.
114. Noxush hodisa yuz berganda haydovchi:
a) begona shaxslarni noxush hodisa joyiga qo‘ymasligi;
b) yuz bergan noxush hodisa to‘g‘risida eng yaqindagi hududiy ichki ishlar organlariga xabar qilishi kerak. Avariya vaziyati yuzaga kelganda, buning natijasida xavfli yuk shikastlanganda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy organlariga xabar qilishi;
v) jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi;
g) avariya brigadasini chaqirishi;
d) avariya kartochkasida ko‘rsatilganiga muvofiq noxush hodisa oqibatlarini birlamchi tugatish choralarini ko‘rishi va xavfli yuk tashilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsning ko‘rsatmalariga muvofiq ish ko‘rishi;
e) hududiy ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlarning vakillari yuz bergan noxush hodisa joyiga kelgach ularni xavf hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida xabardor qilishi va tashilayotgan xavfli yukka transport hujjatlarini ko‘rsatishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
115. Xavfli yuk ortilgan avtotransport vositasini boshqarishda haydovchiga:
a) avtotransport vositasini joyidan keskin siljitish;
b) soatiga 30 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanayotgan transportni aylanib o‘tish;
v) keskin tormoz berish;
g) ishlab turgan ulash (ssepleniye) va dvigatellar bilan harakatlanish;
d) avtomobil yo‘llarining dovon uchastkalaridan o‘tish vaqtida tezlik richagini bir pozitsiyadan boshqa pozitsiyaga o‘tkazish;
e) harakat vaqtida avtotransport vositasida chekish (avtotransport vositasi to‘xtab turgan joydan 50 m yaqin bo‘lmagan joyda to‘xtash vaqtida chekishga ruxsat beriladi;
j) ochiq olovdan foydalanish (istisno hollarda ovqat tayyorlash uchun avtotransport vositasi to‘xtash joyidan kamida 200 m masofada olov yoqish mumkin);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
116. Xavfli yukni tashiyotgan avtotransport vositasida bir vaqtning o‘zida tovar-transport hujjatlarida ko‘rsatilmagan boshqa yukni hamda begona shaxslarni tashish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
117. Xavfli yukni tashiyotgan avtotransport vositasini kuzatib borayotgan xodimlar (tashish uchun mas’ul shaxs, soqchilar, dozemetrist va boshqalar) tashkilotning — yukni tashuvchining ushbu yo‘nalish bo‘yicha ularning xavfli yuklarni kuzatib borish huquqini tasdiqlaydigan maxsus tayyorgarlikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiga ega bo‘lishlari shart. Ma’lumotnoma kuzatib borayotganning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilganda haqiqiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
118. Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarishga qo‘llaniladigan ko‘tarish-transport uskunasida kamida uch yillik stajga ega bo‘lgan operatorlar qo‘yiladilar.
Operator ortish-tushirish ishlarini bajarishga texnika xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilishi, bir yilda kamida bir marta maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
Operator ortish-tushirish mashinasining texnik holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishi shart.
Xavfli yukni ortish yoki tushirishda noxush hodisa yuz bergan taqdirda operator:
a) begona shaxslarni noxush hodisa joyiga qo‘ymasligi;
b) avariya brigadasini chaqirishi;
v) jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishi;
g) avariya kartochkasida sanab o‘tilgan talablarga muvofiq noxush hodisa oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rishi;
d) avariya brigadasi ishiga yordam berishi shart.
Xavfli yuklar bilan ortish-tushirish ishlarini bajarishda operatorning chekishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
119. Xavfli yuklarni qo‘lda ortish-tushirish bilan band bo‘lgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga xavfli yuklarning ushbu turlari bilan munosabatda bo‘lish qoidalari bo‘yicha maxsus yo‘l-yo‘riq berilishi va ular ish davomida quyidagilarga amal qilishlari kerak:
a) tegishli xavfli yukka yozilgan ogohlantirish yozuvlarida ko‘rsatilgan talablarni qat’iy bajarish;
b) xavfli yuk yelkadan tushib ketishiga va sudralishiga yo‘l qo‘ymaslik;
v) ortish-tushirish ishlari bajarilayotgan joylarda chekmaslik;
g) ortish-tushirish ishlari tamom bo‘lgandan keyin belgilangan talablarga muvofiq ish kiyimini zararsizlantirish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
120. Avariya brigadasining xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari:
a) maxsus dastur bo‘yicha dastlabki tayyorgarlikdan o‘tishi;
b) noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlardan har birini bajarish tugatilgandan keyin rejali tibbiy ko‘rikdan tashqari qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
v) noxush hodisalar oqibatlarini tugatishga mo‘ljallangan mavjud vositalarni to‘liq texnik sozlikda saqlashi shart.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
121. Xavfli yuklar to‘liq komplektli va maxsus avtotransport vositalari uchun amaldagi normativ hujjatlarga (texnik topshiriqlar, texnik reglamentlarga yoki standartlarga) hamda avtotransport vositalarini qayta jihozlash (to‘liq jihozlash)ga texnik hujjatlarga muvofiq tayyorlanishi kerak bo‘lgan faqat maxsus yoki maxsus moslashtirilgan avtotransport vositalari bilan tashilishi kerak.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
122. Yengil alangalanadigan moddalarni tashish uchun muntazam foydalaniladigan avtotransport vositalari radiatorning oldida o‘ng tomonda qiya holda qo‘yilgan holda glushitel (shovqinni pasaytiradigan moslama)ning chiqarish quvuri bilan jihozlanishi kerak. Agar dvigatelning joylanishi bunday qayta jihozlash imkonini bermasa, u holda tutun chiqaradigan quvurni o‘ng tomonga kuzov yoki sisterna va yonilg‘i kommunikatsiyasi zonasidan tashqariga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.
Tutun chiqarish quvuri iste’molchi tomonidan olib qo‘yiladigan alangani o‘chiruvchi qurilmasi o‘rnatish imkonini ta’minlashi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
123. Yonilg‘i baki akkumulyator batareyasidan uzoqlikda yoki undan o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq bilan ajratilgan bo‘lishi, shuningdek dvigatel, elektr simlari va tutun chiqaradigan quvurdan uzoqda bo‘lishi hamda bakdan yoqilg‘i oqqanda tashilayotgan xavfli yukka tushmasdan bevosita yerga quyiladigan tarzda joylashgan bo‘lishi kerak. Bak, bundan tashqari tubi va yonlaridan himoyaga (g‘ilof)ga ega bo‘lishi kerak. Yonilg‘i dvigatelga o‘z-o‘zidan berilmasligi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
124. Avtotransport vositasidan 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashish uchun bir marta foydalanilgan taqdirda glushitelning chiqarish trubasi chiqish o‘yig‘iga alangani o‘chiruvchi to‘r o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi.
125. 2, 3, 4 va 5-darajali xavfli yuklarni tashiydigan vositalarning elektr uskunalari quyidagi talablarni qondirishi kerak:
a) elektr uskunasining nominal kuchlanishi 24 voltdan ortiq bo‘lmasligi kerak;
b) elektr simi korroziyaga uchramaydigan choksiz qobiq bilan himoyalangan simlardan iborat bo‘lishi hamda uning qizib ketishini to‘liq oldini oladigan tarzda hisoblab chiqilgan bo‘lishi kerak;
v) elektr tarmog‘i yumshoq predoxranitellar (zavodda tayyorlangan) yoki avtomatik viklyuchatellar yordamida oshirilgan yuklamadan saqlangan bo‘lishi kerak;
g) elektr o‘tkazma ishonchli izolyatsiyaga ega bo‘lishi, mustahkam mahkamlanishi va avtotransport vositasining konstruktiv qismlariga urilish va yorilishlaridan zarar ko‘rmaydigan tarzda joylashtirilishi hamda sovutish tizimidan ajralib chiqqan issiqlikdan va ishlatilgan gazlardan himoyalangan bo‘lishi kerak;
d) agar akkumulyatorlar dvigatel kapoti ostiga joylashtirilmagan bo‘lsa, u holda ular izolyatsiyalovchi ichki devorlar bilan ekvivalent mus’hakamlikda metalldan yoki boshqa materialdan ventilyatsiya qilinadigan bo‘lmada bo‘lishi kerak;
e) avtotransport vositasi akkumulyatorni elektr zanjiridan ikki polosali viklyuchatel (yoki boshqa vosita) yordamida ajratish uchun moslangan bo‘lishi kerak, u imkoni boricha akkumulyatorga yaqin joyda bo‘lishi kerak. Viklyuchatelni boshqarish — to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki masofadan turib boshqarish privodi ham haydovchining kabinasidan, ham avtotransport vositasining tashqarisida bo‘lishi kerak. U oson topilishi va farq qiladigan belgi bilan belgilanishi kerak. Viklyuchatel ishlab turgan dvigatelda elektr zanjirining xavfli ortiqcha yuklamasini keltirib chiqarmasdan uning kontakti ishlayotgan dvigatelda ulanadigan tarzda bo‘lishi kerak.
j) rezbali sokolga ega bo‘lgan lampalardan foydalanish taqiqlanadi.
Avtotransport kuzovlarining ichida tashqi elektr simlar tarmog‘i bo‘lmasligi kerak, kuzov ichidagi yoritish elektr lampalari mustahkam to‘suvchi to‘r yoki panjaraga ega bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
126. Avtotransport vositalari uchqunga xavfsiz bo‘lgan materialdan 200 mm uzunlikdagi yerga tegib turadigan metall zanjir va to‘xtash joyida statistik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoya qilish uchun metall shtir bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Neft mahsulotlari tashiydigan avtotsisternalar kamida 2,5 mm kesimli va neft mahsulotlarini oqizish va quyishda yerga ulanish uchun kamida 20 mm uzunlikdagi egiluvchan ko‘p tomirli sim bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
127. “Furgon” tipidagi kuzovli avtotransport vositasida kuzov to‘liq yopiq bo‘lishi, mustahkam bo‘lishi, tirqishlari bo‘lmasligi hamda tashilayotgan xavfli yukning xossasiga qarab tegishli ventilyatsiya tizimi bilan jihozlanishi kerak. Ichki qoplash uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan foydalaniladi, yog‘och materiallar o‘tga chidamli modda bilan qoplanishi kerak. Eshiklar yoki eshikka qulf solingan bo‘lishi kerak. Eshik yoki eshiklar konstruksiyasi kuzovning qattiqligini pasaytirmasligi kerak.
Ochiq kuzovlarni qoplash uchun brezentdan foydalanilgan hollarda, u o‘t olishi qiyin bo‘lgan va suv o‘tkazmaydigan matodan tayyorlanishi va bortni ular darajasidan 200 mm yopishi hamda zapor moslamali metall reykalar yoki zanjirlar bilan mahkamlanishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
128. Avtotransport vositasida orqa tomonda butun sisternada kenglikda zarbalardan yetarli darajada saqlaydigan bamper bo‘lishi kerak. Sisternaning orqa devori bilan bamperning orqa qismi o‘rtasidagi masofa kamida 100 mm ni tashkil etishi kerak (ushbu masofa sisterna devorining chet orqa nuqtasidan boshlab yoki tashilayotgan moddaga tegib turgan chiqib turuvchi armaturadan boshlab o‘lchanadi).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
129. Quvurlar va rezervuarning yuqori qismiga o‘rnatilgan sisternalarning yordamchi uskunalari silkitilgan holda shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak. Bunday himoya konstruksiyasi shakli samarali himoyani ta’minlashi kerak bo‘lgan kuchayadigan halqalar, himoya qopqoqlari, uzuna yoki bo‘ylama elementlar shaklida tayyorlanishi kerak.
130. Avtotransport vositasi quyidagi soz instrumentlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi kerak:
a) avtotransport vositasini avariya yuz berganda ta’mirlash uchun qo‘lda ishlatiladigan asboblar to‘plami;
b) yong‘inni o‘chirish uchun belkurak va qumning zarur zaxirasi;
v) har bir avtotransport vositasi uchun kamida bitta yurib ketishdan saqlaydigan tirgak, tirgakning o‘lchami avtotransport vositasi tipiga va uning g‘ildiragi diametriga muvofiq bo‘lishi kerak;
g) to‘q sariq rangli o‘chib yonadigan (yoki doimiy) avtonom ta’minlanadigan ikkita fonar. Ular ulardan foydalanish xavfli yuklarning yonishini yuzaga keltirmaydigan tarzda konstruksiyalangan bo‘lishi kerak. Tunda to‘xtaganda yoki ko‘rish yaxshi bo‘lmaganda, agar avtotransport vositasining chiroqlari nosoz bo‘lsa, bitta fonar taxminan 10 m masofada avtotransport vositasi oldiga va boshqasi taxminan 10 m masofada avtotransport vositasining orqasida o‘rnatiladi;
d) dori qutisi va tashiladigan xavfli moddalarni neytrallashtirish vositalari.
Yuklarni xavfsiz tashish shartlarida va avariya kartochkasida nazarda tutilgan hollarda avtotransport vositasi tashilayotgan xavfli moddani neytrallashtirish hamda haydovchi va kuzatuvchi xodimning yakka tartibdagi himoya vositalari bilan butlanishi kerak.
131. XTAT jadvallarini avtotransport vositalariga mahkamlash ularning ishonchli fiksatsiyasini ta’minlaydigan maxsus qurilmalar yordamida bajarilishi kerak.
XTAT jadvallari avtotransport vositasining oldida (bamperda) va orqada, transport vositasining raqami belgilarini va tashqi chiroqlari priborlarini to‘smagan, shuningdek avtotransport vositasining gabaritlaridan turtib chiqmagan holda uning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar joylashtirilishi kerak.
132. Xavfli yuklarni tashish uchun gaz generatorli avtotransport vositalarini qo‘llash taqiqlanadi.
133. Xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalariga bittadan ortiq tirkama yoki yarim tirkama tirkalmasligi kerak.
134. Har bir o‘rinning brutto massasi va birinchi o‘ram sig‘imi xavfli yuklarga normativ hujjatlarga belgilangan cheklangan massa va sig‘imdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
135. Xavfli yuklarni o‘rab joylashtirish mahsulotga normativ hujjatlarga idish va o‘ramning aniq turlariga (tiplariga) muvofiq bo‘lishi hamda xavfli yuklarni ortishda, tushirishda, ularni transportda tashishda va saqlashda ularning saqlanishini ta’minlashi kerak.
136. Qistirma idish tayyorlangan material va qistirma materiallar tashilayotgan xavfli yukning spetsifik xossalari hisobga olingan holda tanlanadi hamda ushbu xavfli yukka nisbatan inert bo‘lishi yoxud inert qoplamaga ega bo‘lishi kerak.
137. Plastmassa idishning materiali ichidagi suyuqlikni o‘tkazmaydigan bo‘lishi, yumshamasligi va harorat yoki eskirishning ta’siri ostida mo‘rt bo‘lib qolmasligi kerak.
138. Gofrirlangan va boshqa karton yashiklar yetarlicha mustahkam va suvga chidamli bo‘lishi kerak (namlanganda mexanik mustahkamlashni saqlashi kerak). Xavfli yuklarni foydalanilgan karton yashiklarda tashish taqiqlanadi.
139. Shisha butilkalar (idishlar) og‘zi mustahkam bekitilgan va mustahkam yashiklar, barabanlar, to‘rlarga joylashtirilishi yoki o‘ralishi, savatga joylashtirilishi kerak. Oraliq joylar inert qistirma singib oluvchi materiallar bilan to‘ldirilishi kerak. Butilkaning og‘zi to‘r yoki korzinaning chetidan chiqib turmasligi kerak.
140. Germetik yopilishi talab qilinadigan kavsharlanishi yoki metall idish prokladkali va stoporli buraladigan tiqin bilan jihozlanishi, namunaga olingan bosimning miqdorini va oxirgi sinov (sinab ko‘rish) sanasini ko‘rsatadigan yozuvlarga ega bo‘lishi kerak.
141. Suyuqliklar va bug‘ bosimi katta bo‘lgan gazlarni tashishga mo‘ljallangan ballonlar bosim ostida ishlaydigan idishlarni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga javob berishi kerak.
142. Suyuqliklar tashishga mo‘ljallangan idishlar to‘liq to‘ldirilmasligi kerak, idishlarni tashiladigan suyuqliklar bilan to‘ldirish ularning to‘liq sig‘imining 90 foizini tashkil etishi kerak (suvli ammiak va suyultirilgan uglevodorod gazlar uchun — 85%).
143. Xavfli yukli idish (o‘ram) avtotransport vositasi kuzoviga ishonchli mahkamlanishi kerak. Xavfli yukni konteynerlarda tashishda ayrim yuk o‘rinlari o‘lchami, konteyner ichida xavfli yuklarni joylashtirish va mahkamlash tartibi, shuningdek konteynerlarga yuk ortish va tushirish bilan bog‘liq boshqa masalalar ushbu Qoidalarga muvofiq belgilanadi.
144. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan idishdan tashqari, ushbu Qoidalarda idishga qo‘yiladigan talablarga zid bo‘lmasligi sharti bilan qo‘shimcha tashqi idishdan foydalanish mumkin. Bunday qo‘shimcha idishdan foydalanilganda unga ko‘rsatilgan ogohlantirish yozuvlari va manipulyatsiya belgilari yoziladi.
145. Bir nechta xavfli moddalar birgalikda o‘ralishiga yoki ularni turli xavfli moddalar mavjud bo‘lgan turli darajalarga tegishli boshqa yuklar bilan birga o‘rashga imkoni boricha yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Avariya yuz bergan yoki idish singan taqdirda xavfli reaksiyalar oqibatlaridan (xavfli issiqlik ajralib chiqishi, yonish, ishqalanish yoki zarbaga sezuvchan bo‘lgan aralashmalar hosil bo‘lishi, alangalanuvchi yoki zaharli gazlar ajralib chiqishi) qochish maqsadlarida birgalikda o‘rash zarur bo‘lgan taqdirda ichki idish yig‘ma idishda bir-biridan puxta va samarali tarzda ajratilgan bo‘lishi kerak.
Nozik idishni qo‘llashda va, ayniqsa, ushbu idishlarning ichida suyuqliklar bor bo‘lganda tegishli qistirma materialning yetarlicha soni qo‘llanilgan holda xavfli aralashmalar hosil bo‘lishidan, idishlarni ikkinchi mustahkam idishga joylashtirishdan, yig‘ma idishni bir nechta seksiyalarga bo‘lishdan qochish zarur.
146. Xavfli yuklarni tayyorlovchi tomonidan xavfli yukning har bir o‘ramiga ogohlantiruvchi yozuvlar va manipulyatsiya belgilari bosilishi kerak (ushbu Qoidalarga 11-ilova*).
a) parallelepiped shakliga ega bo‘lgan o‘ramlarga (shu jumladan konteynerlar, konteyner-sisternalar va paketlarga) — yon, chet va yuqori yuzalarga;
b) bochkalarga — tubidan biriga va ikki qarama-qarshi tomonga;
v) qoplarga — ikki tomondan chokning yuqori qismiga;
g) bog‘lam va tugunlarga — chekka va yon yuzalarga bosiladi.
Idishlarning boshqa turlariga xavf belgilari eng qulay va ko‘rinarli joylarga bosiladi.
148. Manipulyatsiya belgilari xavf belgilaridan keyin bosiladi.
149. Agar xavfli yuk bittadan ortiq xavf turiga ega bo‘lsa, u holda o‘ramga ushbu xavflar turlarini ko‘rsatuvchi xavflilikning barcha belgilari bosiladi. Daraja raqami xavfning asosiy turi belgisiga bosiladi.
150. Ko‘tarish-avtotransport uskunasi to‘liq texnik soz holatda bo‘lishi va yong‘in xavfsizligi talablariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi qoidalariga javob berishi, kranlar, chig‘ir va boshqa yuk ko‘tarish mexanizmlarining yuk ko‘tarishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi, shuningdek xavfli yuklar qulashdan ishonchli to‘silgan bo‘lishi kerak.
(150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
151. Xavfli yukni ko‘taradigan chig‘ir va yuk ko‘tarish mashinalari strelasi qulochini o‘zgartirish qurilmasi, qoidaga ko‘ra, ikkita forma bilan jihozlanishi kerak. Bitta tormoz mavjud bo‘lgan taqdirda yuklama uning nominal yuk ko‘tarishining 75 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
152. Xavfli yuklar bilan ishlashda band bo‘lgan yuk ko‘tarish mashinalarida qo‘llaniladigan elektr dvigatellari portlash xavfisiz tayyorlanishi kerak.
153. Dalolatnomalar tuzish, e’tiroz va da’volar qo‘zg‘ash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(153-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Xavfli yuklarning ayrim klasslarini tashishni tashkil etish va texnik ta’minlash xususiyatlari
154. Siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlarni tashishga ballonlar va ularning armaturalari, zaglushkalari to‘liq soz bo‘lganda hamda ballonlarda:
a) siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlar bo‘yalgan va ularga yozuvlar yozilganda (ushbu Qoidalarga 12-ilova*);
e) texnik ko‘rikdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgi (tamg‘a) va uning keyingi muddati;
j) ishchi va namuna olinadigan bosim mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
155. Ballonlarni gaz bilan to‘ldirish belgilangan normalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda tovar-transport yuk xatiga quyidagi belgi qo‘yiladi: “Ballonlar belgilangan normadan ortiqcha to‘ldirilmagan”, shuningdek “Ballonlar germetiklikka, gaz chiqmayotganligiga tekshirilgan” degan yozuv qayd etiladi.
Agar:
a) tayinlangan ko‘rikdan o‘tkazish muddati tamom bo‘lgan bo‘lsa;
b) armatura va nazorat-o‘lchash asboblari yo‘q bo‘lsa yoki nosoz bo‘lsa;
v) zarur tarzdagi bo‘yoq yoki yozuvlar bo‘lmasa;
g) g‘ovak massani tekshirish muddati tamom bo‘lgan bo‘lsa;
d) ballon korpusi shikastlangan bo‘lsa;
e) ventil nosoz bo‘lsa;
j) zarur tarzdagi bo‘yoq yoki yozuvlar bo‘lmasa;
z) ortiqcha gaz bosimi bo‘lmasa;
i) belgilangan tamg‘a mavjud bo‘lmasa sisterna va bochkalarni gaz bilan to‘ldirish taqiqlanadi.
156. Bortli avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gaz solingan ballonlar:
a) ballonlar diametri o‘lchami bo‘yicha qirqilgan uyali, kuzov ichidagi ventillar bilan maxsus yog‘och tagliklarda gorizontal holatda;
b) zarbalardan himoya qilish uchun kamida 55 mm diametrli rezina yoki arqondan tayyorlangan ballonlarga o‘rnatilgan halqalar bilan vertikal holatda tashiladi. Avtomobillarga yuk ortish chegarasi yo‘llarning qoidasiga qarab belgilanadi.
157. Yoz vaqtida gaz to‘ldirilgan ballonlarni tashishda ballonlar quyosh nurlaridan isishdan himoya qilish maqsadida brezent bilan to‘silishi, bundan tashqari bortli avtomobillarda ikkita karbonat kislotali yoki kukunli o‘t o‘chirgich o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, so‘l bortning old burchagiga qizil bayroqcha o‘rnatiladi.
158. Bosim ostidagi siqilgan va suyultirilgan gazlarni tashish uchun qo‘llaniladigan avtotransport vositalari (sisternalar va bochkalar) qo‘shimcha ravishda quyidagi yozuvlarga ega bo‘lishi kerak:
a) tayyorlovchi zavodning nomi;
b) sisternaning zavod raqami;
v) tayyorlangan yili va ko‘rikdan o‘tkazilgan sana;
g) bo‘sh holatda yuriladigan qism bilan birga sisterna massasi (umumiy og‘irlik tonnalarda);
d) m3da sig‘im;
e) ishchi va namunaviy bosim miqdori kg/sm2da, tayyorlovchi zavod TNB tamg‘asi;
j) sisternaning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami (sisterna yoki bochka O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin ularning egasi tomonidan bo‘yoqda yoziladi).
(158-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
159. Avtotransport vositalarida — sisternalar, bochkalarda quyidagi asbob-uskunalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak:
a) tashiladigan gazlarni to‘ldirish va chiqarish (quyish) uchun ventil;
b) tashiladigan gazlarning bug‘ini tanlash uchun ventil;
v) ikkita predoxranitel klapani;
g) monometr;
d) suyuqlik darajasini nazorat qilish qurilmasi;
e) avtotsisternani gazning avariyali sarflaridan o‘z-o‘zidan himoya qiluvchi qurilma.
Suyultirilgan gaz uchun sisterna va bochkaning har bir to‘ldirish va quyish ventili mahkam buraladigan zaglushka bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
160. Gazni avariyali chiqarib yuborishda (zaruriyat bo‘lgan taqdirda) quyidagi talablarga amal qilish zarur:
a) gazni chiqarib yuborish rayonida begona shaxslarning 100 metrdan yaqin masofada turishi taqiqlanadi. Eng yaqin imoratgacha yoki aholi punktlarigacha bo‘lgan masofa kamida 1000 metr bo‘lishi kerak;
b) gaz chiqarib yuborilayotganda avtotransport vositasining dvigateli o‘chirib qo‘yilgan bo‘lishi, avtotransport vositasi va gazni chiqarib yuborish kommunikatsiyalari ishonchli yerga ulangan bo‘lishi kerak;
v) sisternadagi bosim minutiga 0,1 kg/sm2dan ortiq bo‘lmagan tezlikda pasayishi kerak;
g) gazni chiqarib yuborish shamolning esishi bo‘yicha avtotransport vositasi, aholi punktlari va imoratlardan boshqa tomonga qarab amalga oshirilishi kerak.
161. Bug‘ bosimi +50 0S haroratda 300 KPa (3 bara)dan ortiqni, alanga olish harorati 100 0Sdan ortiq bo‘lmagan suyuqliklar yengil alangalanadigan suyuqliklar deb hisoblanadi.
162. Oksidlanadigan suyuqliklardan (efirlar va ba’zi geterotsiklik kislorod moddalari) bo‘lgan yengil alangalanadigan suyuqliklar, agar ularning tarkibidagi pereksid miqdori 0,3 foizdan oshmagan taqdirda tashishga qo‘yiladi.
163. Tarkibida yonuvchi moddalar bo‘lgan dorixona, moskal, attorlik tovarlari va boshqa aralashmalar, agar ushbu aralashmalarning alangalanish harorati 1000Sdan past bo‘lsa xavfli yuklarga tegishli bo‘ladi.
164. Gazning suvi bilan to‘qnashganda ajralib chiqadigan yengil alangalanadigan moddalar yopiq kuzovli avtotransport vositasida germetik idishda tashilishi kerak.
Yengil alangalanadigan moddalarni tashish uchun tovar-transport yuk xatiga “Suvdan alangalanadi” degan belgi qo‘yilishi shart.
165. Yengil alangalanadigan modda turiga qarab:
a) natriy metall va boshqa ishqorlanadigan metallar — kam yopishqoq mineral moy yoki kerosin bilan to‘ldirilgan 10 kilogrammgacha og‘irlikdagi bankalarga va 100 kilogrammgacha og‘irlikdagi temir bochkalarga germetik joylashtiriladi;
b) oq va sariq fosfor suvda metall bilan kavsharlangan bankalarda tashiladi, bankalar yog‘och yashiklarga joylashtiriladi;
v) qizil fosfor germetik holda metall bankalarga joylashtiriladi. Bankalarning og‘irligi 16 kilogrammdan ortiq emas. Bankalarning germetikligiga taglik materiallarni qo‘llash orqali erishiladi;
g) bankalar tashish uchun yog‘och yashiklarga yoki faner barabanlarga joylashtiriladi. Bir yuk joyining umumiy og‘irligi 95 kilogrammdan ortiq bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi;
d) kinolentalar, rentgen plyonkalari va boshqa shunga o‘xshash xavfli yuklar metall yashiklarga joylashtirilgan metall qutilarda tashiladi, o‘ramning umumiy og‘irligi 50 kilogrammgacha;
e) kalsiy karbid va boshqa shunga o‘xshash xavfli yuklar temir barabanlarga joylashtiriladi. O‘ramning og‘irligi 100 kilogrammdan ortiq bo‘lmasligi kerak;
j) tarkibidagi suv bilan kamida 10 foiz namlikdagi nitrat ammoniy, nikrin kislota, azot oksidli karbamid, trinitrobenzol, trinitrobenzoy kislota yoki trinitrotoluol yoki tarkibida kamida 20 foiz suv bo‘lgan namlikdagi sikoriy pikromat shisha idishda tashiladi. Bir upakovkadagi xavfli yuk og‘irligi 1 kilogrammdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Shisha idishlar tashish uchun yog‘och yashiklarga joylashtiriladi;
z) oltingugurt va naftalin eritilgan holatda avtomobil-sisternalarda tashilishi mumkin.
166. Eritilgan oltingugurt yoki naftalinni tashish uchun qo‘llaniladigan sisternalar kamida 6 mm qalinlikdagi listlangan po‘latdan tayyorlangan yoki xuddi shunday mexanik mustahkamlikka ega bo‘lgan aluminiy qotishmasidan tayyorlanishi kerak va:
a) sisterna ichida devorlarda kamida 700S haroratni qo‘llab-quvvatlash uchun termoizolyatsiyaga;
b) 0,2 dan 0,3 kg/sm2gacha bosim ostida ichkariga yoki tashqariga ochiladigan klapanga ega bo‘lishi kerak. Eritilgan oltingugurt yoki naftalinni tashish uchun foydalaniladigan sisternadagi klapanlar, agar sisterna 2 kg/sm ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lsa, bo‘lmasligi mumkin.
167. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlar standart zavod o‘ramida tashilishi mumkin.
168. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlarni ortish-tushirish va tashishda o‘z-o‘zidan alangalanishdan, yong‘in yoki portlashdan saqlanish uchun yog‘och qipiqlar, poxol, ko‘mir, torf, mayda zarrali chang va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi yoki aralashishidan qochish zarur.
169. Yengil eriydigan peroksidlarni ortish, tushirish va tashishda quyidagi harorat rejimi saqlanishi kerak:
dioktanoil va dikaprililning texnik toza peroksidlari +10 0Sdan yuqori emas;
etilgensanoat butilning texnik toza 2-peroksidi +20 0S;
sekinlashtiruvchi yoki erituvchi bilan gensilning karbonat bis-etil 2 peroksidi (55%) —10 0S;
eritma bilan uchlamchi butil perizonitrati (25%) — +10 0S.
170. Organik peroksidlarni tashish uchun foydalaniladigan izometrik kuzovli avtomobillar-furgonlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) atrof muhit haroratidan qat’i nazar, harorat rejimini ta’minlashi;
b) haydovchining kabinasiga tashilayotgan peroksidlarning bug‘lari kirishidan saqlashi;
v) tashilayotgan xavfli yuklarning harorati holati ustidan haydovchining kabinasidan turib nazorat qilishni ta’minlashi;
g) orqa harorat rejimini buzmaydigan tegishli ventilyatsiyaga ega bo‘lishi;
d) qo‘llaniladigan sovutuvchi moddalar alangalanmaydigan bo‘lishi kerak.
Sovutish uchun suyuq kislorod yoki havodan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Organik peroksidlarni tashish uchun avtotransport vositalaridan tirkamalar-refrijeratorlardan foydalanishda ularning sovutish qurilmasi avtotransport vositasi dvigateli ishlashidan qat’i nazar, ishlashi kerak.
171. Yengil parchalanadigan peroksidlarni qisqa masofaga tashishda tashishga va ortish-tushirish operatsiyalarini bajarishga sarflanadigan butun vaqt mobaynida zarur harorat rejimini ta’minlaydigan sovutish reagentlari bilan maxsus saqlovchi o‘ramlar qo‘llanilishiga ruxsat beriladi.
172. Oksidlanadigan moddalar va organik peroksidlarni yuklashdan oldin avtotransport vositalarining kuzovi changdan va ularda oldin tashilgan yuklarning qoldiqlaridan puxta tozalanishi kerak.
173. Zaharli moddalarni tashishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori talablariga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi.
Zaharli moddalar avtotransport vositalarida tashishga zavod o‘ramida qabul qilinadi.
174. Alohida xavfli zaharli va infitsirlangan moddalarni tashish xizmat quroli bilan qurollangan soqchilar hamrohligida amalga oshiriladi.
(174-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
175. Yoz vaqtida (aprel—oktabr) sianid kislotani tashish yuk o‘rinlarini quyosh nurlari ta’siridan himoya qilish choralariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yuk o‘rinlari brezent bilan yopilganda u tashilayotgan yukning ustida kamida 20 sm balandlikda bo‘lishi kerak.
176. Infitsirlangan moddalar tashqi muhitdan ajratilishini ta’minlaydigan maxsus jihozlangan avtotransport vositasida tashiladi. Tashishdan keyin avtotransport vositalari dezinfeksiya qilinadi.
177. Zaharli moddalar bilan ortish-tushirish ishlari ortish (tushirish) punktiga begona shaxslarning kirishini istisno qiladigan ishonchli qo‘riqlash bilan ta’minlangan holda amalga oshiriladi.
178. Radioaktiv moddalarni tashish ushbu Qoidalar, 0193-06-son SanQ vaN hamda MAGATE-ST-1 qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
179. Radioaktiv moddalar turlari MAGATE-ST-1 qoidalari bilan belgilanadi.
180. Tarkibida sulfat kislota mavjud bo‘lgan qo‘rg‘oshin toshqalini tashishda avtotransport vositasining kuzovi ichkaridan parafin va qatron surilgan karton qoplanishi kerak, ko‘rsatib o‘tilgan xavfli yukni brezent ostida tashishda brezentning yuk bilan bevosita tutashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
181. O‘yuvchi va korroziyali moddalarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositasi yonuvchi qoldiqlardan (poxol, pichan, qog‘oz va hokazolardan) tozalanishi kerak. Korroziyani keltirib chiqaradigan siqilgan gazlarni tashish uchun mo‘ljallangan sisternalar va bochkalarda tamg‘alash joyi pasport ma’lumotlari tushirilgandan keyin korroziyaga qarshi rangsiz lok bilan qoplanishi kerak.
182. Kislotalar bilan ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni himoya qilishning quyidagi vositalari qo‘llaniladi:
a) kislotaga qarshi fartuk;
b) movut kostum;
v) rezina qo‘lqoplar;
g) ko‘zoynaklar yoki niqoblar.
Ip gazlamadan tikilgan kiyimga kislotaga chidamli modda shimdirilmasdan kislotalar bilan ishlash taqiqlanadi.
183. Ishqorlar bilan ortish va tushirish ishlarini bajarishda kislota bilan ishlashdagi kabi himoya vositalaridan va kislotaga chidamli modda shimdirilgan kostumdan foydalaniladi.
184. Transportda tashishda nisbatan past xavfli moddalarga quyidagilar tegishlidir:
a) yonuvchi moddalar va materiallar (efirlar, neft mahsulotlari, kolloid oltingugurt, ammoniy dinitroortokrezolat, kunjara, baliq uni, qatron, yog‘och qirindisi);
b) muayyan sharoitlarda o‘yuvchi va korroziyalovchi moddalar (oksidlovchilar, so‘ndirilmagan ohak, natriy sulfitlar va kaliy, ammoniy tuzi);
v) kuchsiz zaharli moddalar (pestitsidlar, shotsiantlar, bo‘yoqlar, texnik moylar, mis birikmasi, ammoniy karbomid, zaharli urug‘lar va mevalar, anod massa);
g) aerozollar.
185. Ushbu Qoidalarning 184-bandida sanab o‘tilgan moddalar ushbu Qoidalarning umumiy talablariga muvofiq tashiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 378-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 59-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2016-y., 3-son, 23-modda, 9-son, 90-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 08.07.2024-y., 09/24/378/0480-son; 05.07.2024-y., 09/24/385/0479-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)