toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASINING
Qarori
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2530]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi hamda “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
1. Havo kemalarida pochtani tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-oktabr,
57-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qaroriga
ILOVA
Havo kemalarida pochtani tashish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qoidalar pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va ichki hamda xalqaro havo liniyalari orqali fuqaro havo kemalarida pochta tashish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarning amal qilishi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarga taalluqlidir.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
aviakompaniya — tashishga doir hujjatlarni rasmiylashtiruvchi va tashuvchining o‘zi, uning agenti yoki boshqa tashuvchi tomonidan rasmiylashtirilgan tashishga doir hujjatlar bo‘yicha yo‘lovchilar, bagaj, yuk va pochtani tashishga qabul qiluvchi va/yoki ushbu tashish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday boshqa xizmat ko‘rsatilishini taqdim etadigan havo transportida tashuvchi;
yuk tashish xizmati agenti — pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy bo‘linmasidan pochtani tashish va havo kemasiga ortish, shuningdek havo kemasi bortidan tushirish uchun qabul qilish va pochta aloqasi operatori, provayderining tarkibiy bo‘linmasiga topshirish bo‘yicha operatsiyalarni bajarish uchun aviakompaniya tomonidan vakolatlangan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
havo kemasi — havo bilan o‘zaro ta’sir hisobiga, yer sathidan qaytgan havo bilan o‘zaro ta’sirdan tashqari, atmosferada harakatlanadigan uchish apparati;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
chet el aviakompaniyasi — havo yo‘li to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq belgilangan shartnoma yo‘nalishlari va qoidalariga ko‘ra xalqaro havo liniyalarini ekspluatatsiya qilish uchun tayinlangan va vakolatlangan chet el aviakorxonasi;
Oldingi tahrirga qarang.
yozma xat-xabarlar — oddiy va ro‘yxatga olinadigan xatlar, pochta varaqchalari, banderollar, mayda paketlar, ko‘zi ojizlar uchun jo‘natmalar va “M” qoplari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
pochta — pochta, kuryerlik jo‘natmalari va pochta buyumlarining majmui;
“NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 1-2-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda afzalliklar beriladigan foydalanuvchilarning alohida toifalari ro‘yxatida ko‘rsatilgan foydalanuvchilarning alohida toifalari tomonidan jo‘natiladigan pochta jo‘natmasi;
tezkor pochta — pochta jo‘natmalarini tezkor rejimda jo‘natish va yetkazib berish bo‘yicha pochta xizmati.
3. Havo liniyalari orqali pochtani tashish milliy va chet el aviakompaniyalari fuqarolik aviatsiyasining havo kemalarida amalga oshiriladi.
Pochta, davriy bosma nashrlarni havo kemalarida tashish aviakompaniyalarning pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlari bilan tuziladigan shartnomalari asosida, shuningdek amaldagi shartnomalarga qo‘shimchalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladigan bir martalik talabnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
4. Aeroportlarda pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga:
pochtaga ishlov berish va uni saqlash uchun;
pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish uchun maxsus xonalar ijaraga beriladi. Ushbu obyektlar uchun xonalar pochtaga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan port ichidagi borish yo‘llari, saralash maydonchalari bilan birga beriladi.
5. Beriladigan xonalar maydonining o‘lchamlari, ijara uchun to‘lov, ularni ta’mirlash va kommunal xizmatlardan foydalanish tartibi shartnomalarda belgilanadi.
6. Pochtani tashish aviakompaniya havo kemalarining harakat jadvallarida ko‘zda tutilgan aviareyslar bilan amalga oshiriladi. Reyslar jadvali havo kemalarining mavjudligi va reysni bajarish bo‘yicha imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aviakompaniya tomonidan tuziladi.
Yilda ikki marta, ichki va xalqaro avialiniyalarda havo kemalarining harakat jadvali tasdiqlanishidan besh oy oldin pochta aloqasi operatorlari, provayderlari havo kemalarining jo‘natish aeroportlaridan uchishi va belgilangan aeroportlarga kelib qo‘nishining zarur vaqtini, shuningdek pochtaning rejalashtiriladigan maksimal sutkalik hajmini ko‘rsatib, “NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmalari va ustuvor pochta jo‘natmalarining hajmlarini har bir yo‘nalish bo‘yicha kilogrammlarda ajratgan holda, aviakompaniyaga havo kemalarining harakat jadvallari loyihalariga o‘z takliflarini taqdim etadilar.
7. Havo kemalari harakatining tasdiqlangan yangi jadvallari aviakompaniya tomonidan pochta aloqasi operatori, provayderiga pochtani tashish uchun shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan miqdorda taqdim etiladi.
Pochta bilan reyslarni bajaruvchi havo kemalarining harakat jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida (havo kemasi tipining almashtirilishi, havo kemasi uchish vaqtining o‘zgartirilishi va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan aviakompaniyalar yoki aeroportlar ko‘rsatilgan o‘zgarish tasdiqlangandan keyin aeroport hududida joylashgan pochta aloqasi operatori yoki pochta aloqasi obyektini xabardor qiladilar. Xabar berish oldindan kelishilgan usulda va ushbu xabarlarni jo‘natish va olish uchun mo‘ljallangan manzillar bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Pochtani tashish uchun shartnomalar tuzilganda har bir aeroport bo‘yicha bir yilga har chorakka bo‘lgan holda tashishlarning prognoz qilinadigan hajmlari hisobga olinishi zarur.
Ichki liniyalarda pochtani ortishning kelishilgan normalari belgilanishi mumkin.
9. Aviakompaniya jadvalda ko‘rsatilgan eng yaqin reyslar bilan tashishga qabul qilingan pochtaning o‘z vaqtida jo‘natilishini kafolatlashi kerak.
“NUKUMATGA OID” belgili pochta jo‘natmalari, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari va yozma xat-xabarlar solingan qoplar muntazam hamda qo‘shimcha reyslarni bajaruvchi barcha havo kemalarida jo‘natilishi kerak.
10. Aviakompaniya tashishga qabul qilingan pochtaning shartnomalar va bir martalik talabnomalar bilan belgilangan muddatlarda jo‘natilishini kafolatlashi kerak.
11. Qo‘shimcha pochta yukini tashish uchun qabul qilish tartibi shartnomalar bilan belgilanadi.
II bob. Ichki havo liniyalari orqali pochtani qabul qilish, topshirish, rasmiylashtirish va tashish
12. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari shartnomalar bilan belgilangan muddatlar va hajmlarga muvofiq pochtani ko‘rsatishlari, aviakompaniyalar esa, pochtani havo transportida tashish uchun qabul qilishlari shart. Pochtani tashish uchun ko‘rsatilgan dastlabki kelishilgan hajmlardan oshib ketilganda, pochta yukining bunday qo‘shimcha hajmlari faqat bo‘sh tashish sig‘imlari mavjud bo‘lganda tashiladi. Pochtani tashish uchun to‘lov aviatashuvchi bilan kelishilgan pochta tariflariga asosan amalga oshiriladi.
13. Pochta tashish uchun qabul qilinishidan oldin aviatsiya xavfsizligi nazoratidan o‘tkazilishi (tekshirib chiqilishi) kerak. Pochtani tekshirib chiqish aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalarining xodimlari tomonidan texnik vositalardan foydalangan holda bajariladi. Pochta tekshirib chiqilgandan keyin ilova hujjatlariga “Tekshirildi” belgisi qo‘yiladi.
14. Pochta, kuryerlik jo‘natmalarida havo kemalarida tashish taqiqlangan predmetlar va buyumlar aniqlanganda, bunday pochta, kuryerlik jo‘natmalari tashish uchun qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukxatga aloqa xodimi va yuk tashish xizmati agentining imzosi chekilib, tegishli belgi qo‘yiladi.
15. Meteosharoitlar sababli havo kemalarining muntazam uchmasligi tufayli, shuningdek aeroportlarga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra aeroportlarda katta miqdorda pochta yig‘ilib qolganda, aeroportlar joriy kundagi ortish normalaridan tashqari havo kemalarining navbatdagi va qo‘shimcha reyslari bilan yig‘ilib qolgan pochtani jo‘natish choralarini ko‘radilar.
16. Tegishli reyslar bilan tashilishi kerak bo‘lgan, lekin belgilangan muddatlarda tahririyatlar, nashriyotlar tomonidan pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yetkazib berilmagan davriy bosma nashrlar bo‘sh sig‘im va tonnaj mavjud bo‘lganda boshqa reyslar bilan jo‘natilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari qoplarga joylangan pochta, kuryerlik jo‘natmalarini tashishga topshirishlari shart, ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan davriy bosma nashrlar va aviaposilkalar bundan mustasno.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
18. Davriy bosma nashrlar tashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provayderlaridan joylanmaning butunligini ta’minlovchi yopiq o‘rovda qabul qilinadi.
19. Qoplarga joylanmagan holda, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natishga qabul qilingan, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) qat’iy muvofiq holda o‘rovlangan aviaposilkalarni havo kemalarida jo‘natish uchun qabul qilishga ruxsat etiladi:
a) mo‘rt predmetlar jo‘natiladigan, shu jumladan, aniq asboblar joylangan “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili aviaposilkalar. Bunday posilkalarga barcha bosqichlarda alohida ehtiyotkorlik choralari bilan ishlov berilishi va jo‘natilishi kerak;
b) tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar joylangan aviaposilkalar;
v) sinmaydigan yaxlit predmetlar, shuningdek o‘lchamlari va og‘irligi belgilangan normalardan oshmaydigan yirik gabaritli predmetlar joylangan aviaposilkalar;
g) yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar va o‘simliklar joylangan posilkalar.
20. Ushbu Qoidalar 19-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natish uchun qabul qilingan aviaposilkalar qutilarga joylashdan tashqari, bir xil mato bilan qoplab tikilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Aviaposilkalar muhrlangan yoki plombalangan bo‘lishi kerak. Karton o‘rovdagi aviaposilkalar kesishish joylariga taqvim shtempellari izlari tushiriladigan qog‘oz tasma bilan yopishtirilishi mumkin.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
Mevalar, sabzavotlar, ko‘chatlar, zavod o‘rovida jo‘natiladigan aniq asboblar, tirik asalari, drozofila (Drosophilidae) oilasiga mansub mayda pashshalar, zuluklar va parazitlar, shuningdek ochiq jo‘natiladigan sinmaydigan yaxlit predmetlar joylangan aviaposilkalar muhrlanmaydi.
22. Pochta jo‘natmalari solingan qoplarning og‘irligi 5 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. Sug‘urta qoplar, yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlarning yo‘l qo‘yiladigan og‘irligi — 10 kg gacha, posilkalar joylangan sug‘urta qoplarning og‘irligi — 20 kg gacha.
Faqat “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar va sug‘urta qoplar, shuningdek alohida qo‘nish punktiga og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan bittadan ko‘p bo‘lmagan qopni jo‘natishda istisno sifatida og‘irlikning kamaytirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Havo kemasining bitta qo‘nish punktiga jo‘natiladigan, og‘irligi 5 kg gacha bo‘lgan yozma xat-xabarlar joylangan qoplar bitta umumiy qopga solinib berkitiladi.
23. Havo kemalarida jo‘natiladigan qoplarga qalin karton, fanera yoki plastikdan tayyorlangan birkalarga yopishtirilgan manzil yorliqlari mahkamlanadi, ularda quyidagilar ko‘rsatiladi: qopda (“NUKUMATGA OID”, “Kur’erlik” — “Kuryerskiye”, “Sug’urtali” — “Straxovoy” belgili va boshqalar) jo‘natiladigan pochta jo‘natmalarining toifasi yoki turi; qopda belgilangan aeroport, belgilangan joy, jo‘natish joyining aniq nomi, qop raqami va og‘irligi. Yorliq qopni berkitgan aloqa xodimlari tomonidan imzolanadi. Yorliqqa taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr izi qo‘yiladi. Davriy bosma nashrlar joylangan qoplardan tashqari, ushbu bandda ko‘rsatilgan barcha qoplar muhrlangan (plombalangan) bo‘lishi kerak. Gazetalar joylangan qopning manzil yorlig‘ida ularning nomi ko‘rsatiladi.
24. Manzil yorliqlari pochta jo‘natmalarining turi va toifasiga bog‘liq holda diagonal bo‘yicha farqlovchi chiziqning rangi bilan ajratiladi:
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar uchun — qizil rang;
yozma xat-xabarlar va davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun — ko‘k rang.
25. Manzil yorliqlari bo‘lmagan yoki belgilangan aeroportning aniq nomi yozilmagan manzil yorliqli qoplarni tashish uchun topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.
26. Jadvalga asosan bittadan ortiq qo‘nish huquqiga ega havo kemalarida ochiq jo‘natiladigan aviaposilkalarga aloqa xodimlari tomonidan qizil rangdagi “________ga (tashish hujjatlar bilan qaysi punktgacha rasmiylashtirilganiga ko‘ra belgilangan yoki qayta yuklash aeroportining nomi ko‘rsatiladi) topshirilsin” yozuvli markalash yorliqlari yopishtiriladi. Yozuv yirik harflar bilan va tushunarli yozilgan bo‘lishi kerak.
Havo kemalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarida (yo‘lda qo‘nmasdan) jo‘natiladigan posilkalar markalanmaydi.
27. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga quyidagilarni topshirish taqiqlanadi:
a) buzilgan, shikastlangan va yog‘langan holatdagi pochtani;
b) manzil yorliqlari bo‘lmagan pochtani;
v) pochta yukxatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelmaydigan yoki pochta yukxatlariga kiritilmagan pochtani;
g) ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan posilkalardan tashqari, mato bilan o‘rab tikilmagan, ochiq holatda jo‘natiladigan aviaposilkalarni;
d) qoplarga joylanmagan, qiymati e’lon qilingan aviaposilkalarni.
28. Pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalaridagi shakllarga muvofiq jo‘natilgan aviapochta uchun yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Pochta yukxatlari pochtani topshirish uchun javobgar bo‘lgan aloqa xodimlari tomonidan to‘ldiriladi va imzolanadi hamda taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
29. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) aviakompaniyaga belgilanmagan shakldagi yukxatlar bo‘yicha pochtani qabul qilish, pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga esa o‘rnatilmagan shakldagi yukxatlar bo‘yicha pochtani topshirish;
b) yuk tashish xizmati agentlariga pochta yukxatlariga har qanday o‘zgartirishlar kiritish.
30. Pochta yukxatlariga tuzatishlar va o‘zgartirishlar faqat alohida holatlarda aloqa xodimlari tomonidan kiritilishi mumkin, bu yukxatlarning barcha nusxalarida belgilangan va taqvim shtempelining izlari yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
31. Havo transportida jo‘natiladigan pochtaga quyidagi ilova hujjatlari tuzilishi kerak:
a) pochta, kuryerlik jo‘natmalari yoki buyumlari guruhlari uchun — alohida pochta yukxatlari;
b) havo kemasining har bir qo‘nish punktida topshiriladigan pochta uchun — umumiy yukxatlar;
v) havo kemasining har bir reysidagi barcha pochta uchun, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha har bir qo‘nish punkti uchun — reys yukxatlari.
32. Alohida yukxatlar ikki nusxada tuziladi.
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urtali qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar uchun ushbu pochta joylarining miqdoridan qat’i nazar, havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun alohida yukxat tuziladi. Ushbu yukxatning yuqori o‘ng burchagiga shtamp yoki qo‘l bilan “Sug‘urtali” — “Straxovoy” belgisi qo‘yiladi.
Alohida yukxatlar “NUKUMATGA OID” belgili, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari, yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, sug‘urta qoplar guruhi, “Ehtiyot qiling” belgili posilkalar guruhi, davriy bosma nashrlar joylangan posilkalar, qoplar va bog‘lamlar uchun tuziladi.
33. Umumiy yukxatlar har bir qo‘nish punkti uchun uch nusxada tuziladi. Birinchi va ikkinchi nusxalar jo‘natish aeroportiga topshiriladi va pochta bilan birga belgilangan aeroportgacha boradi, bu yerda birinchi nusxa pochta bilan birga aloqa xodimiga beriladi, ikkinchisi esa, aloqa xodimining pochtani olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan belgilangan aeroportda qoladi. Umumiy yukxatning uchinchi nusxasi pochtani topshirgan aloqa xodimlarida qoladi.
Havo kemasi qo‘nish punktining umumiy yukxatiga davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar uchun tuzilgan barcha qolgan yukxatlar yozib qo‘yiladi. Shu yukxatga “NUKUMATGA OID” belgili, ustuvor pochta jo‘natmalari, kuryerlik jo‘natmalari, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, alohida yukxatlarga kiritilmagan sug‘urta qoplardan tashqari, barcha pochta buyumlari yozib qo‘yiladi.
34. Reys yukxatlari havo kemasining har bir reysi uchun ikki nusxada, zarur bo‘lganda, qo‘shimcha ravishda har bir qo‘nish punkti uchun tuziladi.
Reys yukxatining ikkinchi nusxasi aeroport xodimining pochtani qabul qilganligi to‘g‘risidagi imzosi va aeroport shtampining izi bilan pochtani tashishga topshirgan aloqa xodimida qoladi, pochta jo‘natilganligi to‘g‘risida aeroport belgisi bilan birinchi nusxa jo‘natish aeroportida qoladi.
Reys yukxatlarida pochtani tashiydigan havo kemasining qo‘nish punktlari, pochta qayerga yuborilayotganligi, uning turlari bo‘yicha miqdori, shuningdek har bir qo‘nish punktigacha pochtaning umumiy miqdori va og‘irligi ko‘rsatiladi.
35. Havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun bitta umumiy yukxat, har bir reys uchun esa — bitta reys yukxati tuzilishi kerak.
36. Alohida ichki havo liniyalarida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bilan aeroportlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yukxatlar miqdori qisqartirilishi mumkin:
a) havo kemasining bitta qo‘nish punkti bo‘lgan liniyalarda reys yukxati tuzilmasligi mumkin. Pochta qabul qilinganligi va topshirilganligi uchun umumiy yukxatlarning ikkinchi nusxalariga imzo qo‘yiladi;
b) qo‘nish punktiga pochtaning unchalik katta bo‘lmagan miqdori kelgan hollarda, bulardan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining har bir turi uchun guruhlar tuzib bo‘lmasligi sababli alohida yukxatlar tuzilmasligi mumkin, “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar uchun yukxatlar bundan mustasno. Bunday hollarda sanab o‘tilgan qoplardan tashqari butun pochta bevosita umumiy yukxatga yoziladi.
37. Jo‘natiladigan pochta uchun pochta hujjatlari (umumiy yukxatning ikki nusxasi, unga qo‘shib yozilgan davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar uchun alohida yukxatlarning birinchi nusxalari bilan birga) havo kemasining har bir qo‘nish punkti uchun ushbu Qoidalarning 4-ilovasidagi shakl bo‘yicha havo kemasi bilan jo‘natiladigan pochta uchun ilova hujjatlari solingan konvertga joylanadi.
“NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar umumiy yukxat ustidan konvertga joylanadi.
Konvertda undagi bosma matnga muvofiq ma’lumotlar ko‘rsatiladi, bu ma’lumotlar aloqa xodimi tomonidan imzolanadi va taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
Konvertga umumiy va alohida yukxatlarni to‘liq va to‘g‘ri joylash uchun javobgarlik pochtani jo‘natgan aloqa xodimlari zimmasiga, havo transportida tashishda ularning butligi uchun javobgarlik esa, aviakompaniya zimmasiga yuklanadi.
Pochtani aeroport xodimiga topshirishda birinchi navbatda reys yukxati va yukxatlar solingan konvertlar beriladi.
38. “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, “Ehtiyot qiling” — “Ostorojno” belgili posilkalar yuk tashish xizmati agentlari hamda aloqa xodimlari tomonidan qoplar raqamlarining yukxatlarda ko‘rsatilgan raqamlarga muvofiqligi nomma-nom tekshirilib, qolgan pochtadan alohida topshiriladi va qabul qilinadi, qolgan pochta (yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar, aviaposilkalar) esa — o‘rovlari, muhrlari, plombalari, bog‘ichlari, tasmalarining butunligi tekshirilib, umumiy hisob bilan topshiriladi va qabul qilinadi.
39. Pochta yuk tashish xizmati agenti pochtani aloqa xodimidan qabul qilgan va unga pochtani qabul qilishda qabul qilingan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan, qabul qilish vaqtini, pochtani qabul qilgan xodimning lavozimi va familiyasini ko‘rsatgan holda, shaxsiy shtamp yoki aeroport shtampi bilan tasdiqlanib imzolangan pochta yukxatining nusxasini bergan vaqtdan boshlab jo‘natishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kerakli darajada markalanmagan, o‘rovi shikastlangan, muhrlari, plombalari buzilgan, bog‘ich, tasmalari uzilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlari yuk tashish xizmati agenti tomonidan qabul qilinmaydi, bu haqda umumiy yukxatga aloqa xodimi va yuk tashish xizmati agentining tegishli belgisi va imzosi qo‘yiladi.
40. Tashish uchun qabul qilingan pochta yuk tashish xizmati agentlari tomonidan belgilangan yoki pochtani tushirish aeroporti, joylar miqdori va yozma xat-xabarlar joylangan qoplar, “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urta qoplar, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar hamda posilkalar turlari bo‘yicha og‘irligini ko‘rsatgan holda, pochta-yuk qaydnomasiga yoki havo kemasining yuk manifestiga yoziladi.
Qabul qilingan pochta reys va umumiy yukxatlarda ko‘rsatilgan og‘irligi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda, agar qop og‘irligi 100 gramm ulushi 50 grammga teng yoki undan oshsa, uning og‘irligi yuqori 100 grammgacha va aksincha holatda pastki 100 grammgacha yaxlitlanadi.
Yuk tashish xizmati agentlari umumiy og‘irlikni, shuningdek alohida pochta guruhlarining og‘irligini tekshirish huquqiga ega.
41. Aeroportlar hududida joylashgan pochta aloqasi obyektlaridan pochtani yetkazib berish va havo kemalariga ortish, shuningdek havo kemalaridan pochtani tushirish va ushbu obyektlarga yetkazib berish aeroportlarning kuch va vositalari yordamida bajariladi.
Pochta aloqasi obyektlari bo‘lmagan aeroportlarda pochta aeroport kuch va vositalari yordamida havo kemalariga ortiladi va ulardan tushiriladi, aeroportlardan aeroportlar tashqarisidagi pochta aloqasi obyektlarigacha esa pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining kuch va vositalari yordamida yetkazib beriladi.
Pochtani yetkazib berish va qabul qilish muddatlari pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniya yoki aeroport o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda belgilanadi.
42. Jo‘natish aeroportlarida pochtani havo kemalariga ortish ular qo‘nish punktlarining teskari ketma-ketligi tartibida amalga oshiriladi. Har bir qo‘nish punkti uchun mo‘ljallangan pochta havo kemasida to‘rlar yoki boshqa vositalar bilan ajratilishi kerak.
43. Pochtani havo kemasiga ortish va undan tushirish yuk tashish xizmati agentlari tomonidan bortkuzatuvchi yoki tijorat yuki uchun javobgar bo‘lgan ekipaj a’zolaridan biri ishtirokida amalga oshiriladi.
Bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) pochtani bevosita havo kemasi yonida yuk tashish xizmati agentlaridan qabul qiladi (topshiradi).
44. Jo‘natish aeroportlarida pochta joylarda qabul qilingan texnologiyaga muvofiq aloqa xodimlari tomonidan tashish uchun qabul qilinadi va topshiriladi.
45. Ushbu Qoidalarning 5-ilovasidagi shakl bo‘yicha idoralararo dalolatnoma yoki Cargo-Damage Report (bundan buyon matnda CDR deb yuritiladi), Irregularity Report (bundan buyon matnda IRP deb yuritiladi), ushbu Qoidalarning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi hollarda tuziladi:
kelgan pochtadagi pochta-yuk qaydnomasi (yuk manifesti) yoki yukxatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning aniq ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
hujjatlar bo‘lmaganda;
nosoz, shikastlangan o‘rov, shuningdek joylanmasidan foydalanish mumkin bo‘lgan o‘rov aniqlanganda;
muhrlar, plombalar, bog‘ichlar, tasmalarning nosozligi aniqlanganda.
Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 72 — 80-bandlarida belgilangan.
46. Aloqa xodimi pochtani qabul qilishda:
og‘irligi, o‘rov, muhrlar, plombalar, bog‘ichlar, tasmalarning butunligini tekshirishi;
qabul qilingan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlarining miqdorini harflar bilan ko‘rsatib, umumiy yukxatning ikkinchi nusxasini imzolashi;
taqvim shtempelining izi yoki pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr bilan imzoni tasdiqlashi va yukxatning ushbu nusxasini pochtani topshirgan yuk tashish xizmati agentiga qaytarishi kerak.
47. Aeroportda pochta aloqasi obyekti bo‘lmaganda pochta aeroport omborida aloqa xodimiga topshiriladi. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari bunday hollarda o‘z vakillarining shartnomalarda belgilangan muddatlarda pochtani qabul qilish uchun aeroportga kelishlarini ta’minlashlari kerak.
48. Aloqa xodimi pochtani yuk tashish xizmati agentidan qabul qilgan va pochta yukxatiga tegishli imzoni qo‘ygan vaqtdan boshlab pochta yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
49. Aviakompaniyaning aybiga ko‘ra belgilangan punktga topshirilmagan pochta qolgan pochtadan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan holda birinchi uchib ketayotgan havo kemasi bilan belgilangan joyga qayta jo‘natiladi.
Reys (umumiy) yukxatiga aloqa xodimi tomonidan: “Pochta tashildi. Bepul qayta jo‘natilyapti” belgisi qo‘yiladi. Ushbu pochta pochtani yetkazib berishda xatoga yo‘l qo‘ygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan jo‘natiladi.
50. Yaqin vaqt ichida reys bo‘lmagan holda, ko‘rsatilgan pochta belgilangan punktga pochtani yetkazib berishda xatoga yo‘l qo‘ygan aviakompaniya yoki aeroport hisobidan temir yo‘l orqali yoki boshqa transport turlarida jo‘natilishi mumkin.
Pochtani yetkazib berishda fors-major holatlari bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘yilganda, aviakompaniya yoki aeroportlar pochtani boshqa transport turlari bilan belgilangan joyga jo‘natish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar yoki kechikkanligi uchun javobgar bo‘lmaydilar.
III bob. Xalqaro havo liniyalari orqali xalqaro pochtani qabul qilish, rasmiylashtirish va tashish
51. O‘zbekiston Respublikasi hududining tashqarisiga yuboriladigan va uning hududiga keladigan xalqaro pochta Umumjahon pochta konvensiyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining boshqa mamlakatlar operatorlari bilan tuziladigan ikki tomonlama kelishuvlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda, havo transportida tashish uchun topshirilishi kerak.
52. Xalqaro pochta ko‘k rangdagi qoplarda yoki keng ko‘k chiziqli qoplarda tashiladi. Qoplarda lotin shrifti bilan “Postes Par avion Tashkent” deb aniq belgilanadi.
53. Jo‘natmalarni Express Mail Service tizimi bo‘yicha jo‘natish uchun (bundan buyon matnda EMS jo‘natmalari deb yuritiladi) quyida keltirilgan modellardagi qoplarning biridan foydalaniladi:
a) qopning har bir tomonida havo rang va to‘q sariq rangdagi vertikal, gorizontal yoki diagonal chiziqlar bo‘lishi kerak;
b) qopning bir tomoni havo rang, ikkinchi tomoni to‘q sariq rangda bo‘lishi kerak.
54. Qoplar soz holatda bo‘lishi, ustki tomonidan hoshiyalangan bo‘lishi, kerakli darajada yopilgan, plombalangan va manzil yorliqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Xalqaro reyslarda qoplarga joylanmasdan ochiq holatda ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan barcha pochta jo‘natmalari jo‘natilishi mumkin.
55. Xalqaro pochta joylangan qoplar uchun ushbu Qoidalarning 8, 9 va 10-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi turdagi CN 35, 36, CP 84 yorliqlar qo‘llaniladi:
a) buyurtma jo‘natmalar, qiymati e’lon qilingan xatlar joylangan qoplar uchun — yorqin-qizil rangli;
b) ustuvor pochta jo‘natmalari, xatlar va pochta varaqchalari, davriy bosma nashrlar joylangan qoplar uchun — oq rangli;
Oldingi tahrirga qarang.
v) faqat ustuvor bo‘lmagan pochta jo‘natmalari, ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan jo‘natmalar, mayda paketlar joylangan qoplar va “M” belgili qoplar uchun — havo rangli;
(55-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2025-yil 8-sentabrdagi 283-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-2, 26.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)
g) qaytariladigan bo‘sh qoplar joylangan qoplar uchun — yashil rangli;
d) posilkalar joylangan qoplar uchun — sariq rangli;
e) ko‘p miqdordagi faqat oddiy jo‘natmalar solingan qoplar uchun — binafsha rangli.
56. Manzil yorliqlari ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
Jo‘natiladigan pochta uchun ilova hujjatlari jo‘natiladigan qoplar manzil yorlig‘ida “F” harfi ko‘rinishida farqlovchi belgiga ega bo‘lishi kerak.
57. Xalqaro yozma xat-xabarlar joylangan qoplar og‘irligi 30 kg gacha, xalqaro posilkalar joylangan qoplar og‘irligi 32 kg gacha bo‘lishi mumkin.
58. Xalqaro pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 11, 12 va 13-ilovalaridagi shakllar bo‘yicha CN 38, CN 41, CN 47 topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Yukxatlar ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
59. Yukxatlar pochta tushiriladigan har bir qo‘nish aeroporti uchun besh nusxada tuziladi.
Pochtani aeroportga berish uchun aviakompaniya imzosi bilan aviadepeshalarni topshirish yukxatining bitta nusxasi jo‘natuvchi pochta aloqasi obyektida qoladi.
Ikkita nusxasi pochtani tashiydigan aviakompaniya tomonidan ortish aeroportida saqlanadi.
Ikkita nusxasi ushbu Qoidalarning 14-ilovasidagi shakl bo‘yicha CN 45 yukxatlarini berish konvertiga solinadi, bu konvert aviakompaniyaga topshiriladi va reys hujjatlari paketiga solib qo‘yiladi. Pochta tushirish aeroportiga kelishi bilan pochta olinganligi to‘g‘risidagi imzo qo‘yilgan birinchi nusxa depeshalarni tashiydigan aviakompaniyada qoladi. Ikkinchi nusxa pochta bilan birga yukxat yo‘llangan xalqaro pochta almashuv muassasasigacha keladi.
60. Yukxatlarni berish konvertlari ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
61. Aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining yakuniy ma’lumotlari har bir pochtani tushirish aeroporti uchun alohida uchta nusxada tuziladigan aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxatiga (CN 38) kiritiladi.
62. Aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxatining pochta, shu jumladan, tranzit (transfer) pochta og‘irligi va joylarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari aeroportdagi tashish xizmati tomonidan havo kemasining yuk manifesti va jamlama yuklash qaydnomasiga yoziladi, aviadepeshalarni topshirish jamlama yukxati esa pochta yuklangandan keyin hisobga olish sektoriga beriladi.
63. Chet el aviakompaniyalarining havo kemalaridan nosoz xalqaro pochta olingan hollarda aeroport ushbu pochtani yuk tashish xizmati va chet el aviakompaniyasi vakillarining imzolari bilan tasdiqlangan aviadepeshalarni topshirish yukxatlariga tegishli belgini qo‘yib pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga topshiradi. Aviadepeshalarni topshirish yukxatlari bo‘lmaganda, pochta aviakompaniya tomonidan tuzilgan almashtiriladigan CN 46 topshirish yukxatlari bilan birga topshiriladi. Bu haqda chet el davlatining pochta xizmatiga almashtiriladigan CN 46 yukxatlarning ikkita nusxasini ilova qilgan holda CN 43 qiyoslash bildirishnomasi bilan xabar qilinadi. Imzolangan almashtiriladigan CN 46 yukxatning bitta nusxasi aeroportga topshiriladi.
Milliy aviakompaniyalarning havo kemalarida xalqaro pochtani tashishda yo‘l qo‘yilgan buzilish faktlari shunga o‘xshash tarzda rasmiylashtiriladi.
64. Tushirish/qayta yuklash aeroportiga kelgandan keyin bortkuzatuvchi (ekipaj a’zosi) aviadepeshalarni topshirish yukxatlari bo‘yicha pochtani yuk tashish xizmati vakillariga topshiradi, ular depeshalarni olganliklari to‘g‘risida yukxatlarga imzo qo‘yadilar va keyinchalik pochtani belgilangan joyga jo‘natish uchun aeroportdagi chet el davlatining xalqaro pochta almashuvi muassasasiga yetkazib beradilar.
65. Tranzit (transfer) depeshalarni jo‘natishda pochtaning butun harakatlanish yo‘nalishi uchun aviadepeshalarni topshirish yukxatlari tuzilishi kerak.
Tranzit (transfer) pochtani qayta jo‘natish qayta yuklash amalga oshiriladigan aeroportlarda joylashgan chet el davlatlarining xalqaro pochta almashuv muassasalari tomonidan ta’minlanadi.
IV bob. Havo kemalari kechikkanda va majburiy qo‘nishlarida pochtani tashish
66. Pochta yuki bilan yo‘lovchi reyslarini amalga oshiruvchi havo kemalarining uchishi qat’iy jadval bo‘yicha amalga oshiriladi. Pochta yuklanishini kutib ushbu havo kemalar uchishini kechiktirish taqiqlanadi.
67. Pochta joylangan havo kemasining jo‘natish aeroporti yoki oraliq aeroportlardan jadval bo‘yicha uchishi qandaydir sababga ko‘ra bekor qilingan yoki uzoq (uch soatdan ko‘p) vaqtga kechiktirilgan hollarda jo‘natish aeroportlari darhol ushbu aeroportlardagi pochta aloqasi obyektlariga uchish bekor qilinganligi yoki reys kechiktirilganligi to‘g‘risida xabar beradilar.
68. Havo kemasi reysining bajarilishi boshqa kunga ko‘chirilgan bo‘lsa, ushbu reys pochtasi xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha birinchi uchadigan havo kemasi bilan jo‘natilishi yoki pochta aloqasi operatori, provayderining talabi bo‘yicha olinishi va boshqa transport turida jo‘natilishi kerak.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha havo kemalarining boshqa reyslari bo‘lmaganda va pochtani boshqa transport turlarida jo‘natish maqsadga muvofiq emasligi sababli butun pochta yuki ushbu kechiktirilgan reys bilan jo‘natilishi kerak.
Navbatdagi reyslardan yo‘lovchilarni jo‘natish hisobiga ushbu reysdagi pochta yukini olish yoki kamaytirish taqiqlanadi.
69. Reys oraliq (transfer) aeroportda havo kemasini almashtirgan holda bajarilganda uning bortidagi mavjud pochta tashishni davom ettiradigan havo kemasiga qayta yuklanishi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reysdan olingan pochtani jo‘natish kechiktirilgan holda aeroportlar bu haqda aeroportlardagi pochta aloqasi operatorini yoki navbatchi aloqa xodimini xabardor qilishga majburlar.
70. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tranzit (transfer) pochtaning keyingi harakatlanishini nazorat qilishlari, pochtani tanlash, hujjatlarni qayta rasmiylashtirish va pochtani belgilangan joyga jo‘natish navbatini tartibga solishga yordam ko‘rsatishlari kerak.
71. Alohida havo liniyalari bo‘yicha havo kemalarining harakatlanishi to‘xtatilgan, reyslar bekor qilingan yoki havo kemalarining uchishi uzoq vaqtga kechiktirilgan va pochtani qisqa muddat ichida havo kemasida jo‘natish imkoni bo‘lmagan hollarda pochta aeroportdagi pochta aloqasi obyektiga, pochta aloqasi obyekti bo‘lmaganda esa — pochtani yanada tezroq yo‘l (havo yoki yer usti) bilan jo‘natish uchun yaqindagi pochta aloqasi obyektiga topshiriladi.
Aeroport bu haqda jo‘natish punkti va jadval bo‘yicha havo kemasining qo‘nishi ko‘zda tutilgan yaqindagi aeroportga xabar beradi. Xabarda keyingi tashish uchun pochta qayerda va kimga topshirilganligi ko‘rsatilishi kerak. Bunday xabarnomalarni olgan aeroportlar bu haqda tegishli pochta aloqasi obyektiga xabar berishi shart.
V bob. Pochtani tekshirishda aniqlangan buzilish va nosozliklarni rasmiylashtirish
72. Ushbu Qoidalar va tuzilgan shartnomalarni buzish barcha holatlari pochtani qabul qilish-topshirish bilan bir vaqtda tuziladigan idoralararo dalolatnomalar yoki CDR, IRP dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu dalolatnomalarda keltirilgan faktlar qaysi tomonning aybi bilan buzilishlar yuzaga kelgan bo‘lsa, o‘sha tomon tarafidan majburiy tekshirilishi kerak. Har bir tomon boshqa tomonga buzilish faktlarini tekshirishda yordam berishga (zarur ma’lumotlarni berishi, ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi va h.) majbur.
Idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari bo‘yicha tekshirishni amalga oshirgan tomon tekshirish natijalari haqida boshqa tomonga xabar berishga majbur.
73. Idoralararo dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi, ulardan ikkitasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga, ikkitasi — aviakompaniya yoki aeroportga topshiriladi.
Dalolatnomaning barcha nusxalari tomonlar tarafidan imzolanadi, tasdiqlanadi va teng kuchga ega. Dalolatnomada yo‘l qo‘yilgan buzilishning sabablari va fakti haqida to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradigan dalolatnomani tuzish vaqtidagi barcha ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Dalolatnoma lavozimlari shartnomalarda belgilangan ikki aloqa xodimi va aeroport xodimlari tomonidan imzolanadi. Imzolar pochta aloqasi obyektining taqvim shtempeli yoki pochta aloqasi operatoriga, provayderiga berilgan muhr va yuk tashish xizmati agentining shaxsiy shtampi (tashishlarni tashkil qilish xizmati shtampi) bilan tasdiqlanadi.
74. CDR, IRP dalolatnomalari ichki havo liniyalarida ikki nusxada to‘ldiriladi, birinchi nusxasi pochta aloqasi operatori, provayderiga yoki yuk tashish xizmati agentiga; ikkinchi nusxasi — aviakompaniya yoki aeroportga beriladi. Xalqaro liniyalarda CDR, IRP dalolatnomalari uch nusxada to‘ldiriladi, birinchi nusxasi belgilangan joyning pochta aloqasi operatori, provayderiga; ikkinchi nusxasi — aviakompaniya yoki aeroportga; uchinchi nusxasi — jo‘natish joyi pochta aloqasi operatori, provayderiga beriladi.
Dalolatnomalar ulardagi bosma matnga muvofiq to‘ldiriladi.
Dalolatnomalar imzo qo‘yuvchi shaxsning xizmati va lavozimi ko‘rsatilgan holda aloqa xodimlari va aeroport xodimlari vakillarining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Dalolatnomalar standart blankda rasmiylashtirilishi yoki avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llagan holda elektron usul bilan tuzilishi mumkin.
75. Dalolatnomaning mazmunidan norozi bo‘lgan aeroport xodimi yoki aloqa xodimi noroziligi to‘g‘risida izoh bergan holda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashi shart. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dalolatnomalar imzolangandan so‘ng tomonlarga darhol beriladi.
76. Izoh berilgan idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarini imzolashda aeroport va pochta aloqasi obyekti rahbarlari yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishlari va ular bo‘yicha qaror qabul qilishlari kerak.
77. Qoplar, posilkalarning o‘rovi, bog‘ichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari shikastlanganda pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlari yorliq va hujjatlarda ko‘rsatilgan og‘irlik bilan haqiqiy og‘irlikni taqqoslash uchun tarozida tortiladi.
Joylanmani tekshirish uchun pochta, kuryerlik jo‘natmalari aeroport vakili ishtirokida aloqa xodimlari tomonidan ochiladi. Ushbu hollarda idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalariga qo‘shimcha ravishda pochta, kuryerlik jo‘natmasi yoki buyumini ochishda ishtirok etayotgan aloqa va aeroport xodimi tomonidan imzolanadigan idoraviy dalolatnoma ham tuziladi. Qabul qilingan pochta uchun tilxat aloqa xodimi tomonidan faqat ushbu dalolatnoma imzolangandan keyin beriladi.
78. Idoraviy dalolatnomani tuzishda pochta, kuryerlik jo‘natmasi, buyumining tashqi holati batafsil tavsiflanadi, jo‘natma, buyumning hujjatlar bo‘yicha va haqiqiy og‘irligi, ichki tarkibi ko‘rsatiladi (har bir predmet, uning holati, o‘lchami, og‘irligi, shuningdek qop joylanmasi, buyumning umumiy og‘irligi, tara og‘irligi va h. alohida sanab o‘tiladi).
Dalolatnomaning asl nusxasi qop ichiga solinadi, pochta, kuryerlik jo‘natmalari ochiq jo‘natilayotganda esa ushbu jo‘natma yozilgan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
79. Nomma-nom tekshirilgandan keyin kelgan pochta hujjatlarga muvofiq bo‘lmasa (bir qop boshqasi bilan yoki bir posilka boshqasi bilan almashtirilgan bo‘lsa), aloqa xodimi idoralararo dalolatnomani tuzishi va o‘n kunlik muddatda aeroport bilan birga tekshiruv o‘tkazishi kerak.
80. Pochtaning yo‘qolishi va shikastlanishining barcha holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi aeroportlari, aviakompaniya vakolatxonasi standart xabarlardan foydalangan holda jo‘natish aeroportiga xabar berishlari, aeroport pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga ma’lum qilishi kerak.
Agar pochta shikastlangan bo‘lsa, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uning keyingi tashilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga majburlar.
VI bob. Tomonlarning javobgarligi
81. Aviakompaniya pochtaning yo‘qolishi, buzilishi (shikastlanishi) uchun Umumjahon pochta konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining jo‘natuvchilar yoki adresatlar oldidagi javobgarligi miqdorida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari oldida javobgar bo‘ladi.
82. Bundan tashqari, aviakompaniya quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
a) jadvalning o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi yoki jadvalning o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berilmaganligi uchun;
b) havo kemasining qo‘nish punktlarida butun pochta yoki uning bir qismining belgilangan joyga yetkazib berilmaganligi va topshirilmaganligi uchun;
v) kafolatlangan normaning to‘liq yoki bir qismini yoki alohida talabnomalar bo‘yicha kelishilgan va jo‘natish uchun o‘z vaqtida yetkazib berilgan pochta miqdorini jo‘natish uchun qabul qilishning har bir rad qilingan holati uchun, bundan pochta, kuryerlik jo‘natmalarida aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalarining xodimlari tomonidan jo‘natilishi taqiqlangan predmet va buyumlar aniqlangan holatlar mustasno, shuningdek dastlabki uchish, transfer va belgilangan punktlarning davlat organlarining talabi bo‘yicha pochtaning olinganligi uchun;
g) pochtaning havo kemasiga yuklanmaganligiga sabab bo‘lgan, transportning pochtani yuklash uchun kelishilgan muddatlarda pochta aloqasi obyektiga o‘z vaqtida berilmaganligi uchun;
d) pochtaning yo‘qolganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) uchun.
83. Pochta jo‘natmalari (buyumlari) joylanmasining yo‘qolishi, yashirin buzilishi (shikastlanishi), yetishmasligi aviakompaniya aybiga ko‘ra ro‘y berganligi isbotlanmasa, aviakompaniya jo‘natish joyi pochta aloqasi obyektlarining bog‘ichlari, muhrlari, plombalari, tasmalari buzilmagan holda shikastlanmagan o‘rovda yetkazib berilgan pochta, kuryerlik jo‘natmalari, buyumlarining ichki holati va tarkibi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Pochtaning yo‘qolishi, buzilishi (shikastlanishi) aviakompaniya oldini olishga qodir bo‘lmagan holatlar natijasida ro‘y bergan bo‘lsa yoki ularning oldini olish aviakompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sabablar oqibatida yuz berganligini isbotlasa, aviakompaniya javobgarlikdan ozod etiladi:
tabiiy hodisalar;
tashiladigan predmetlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
ilova hujjatida pochtaning maxsus sharoitlar yoki ehtiyotkorlik choralarini talab qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatmasdan pochtani tashish uchun topshirish.
84. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari quyidagilar uchun javobgar bo‘ladi:
a) bir martalik talabnomalarni o‘z vaqtida taqdim etmaganligi;
b) havo kemasi uchishining har bir kechiktirilgan holati;
v) hujjatlarda ko‘rsatilgan pochta og‘irligining haqiqiy og‘irligiga muvofiq emasligi;
g) aeroport transportining pochta aloqasi obyektida pochtani yuklash yoki tushirish uchun kelishilgan vaqtdan ko‘p turib qolishi.
Oldingi tahrirga qarang.
85. Ushbu Qoidalarning 82 va 84-bandlarida belgilangan buzilishlar uchun jarimaga tortish tartibi va uning miqdori qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
VII bob. Shikoyat va da’volar
Oldingi tahrirga qarang.
86. Aviakompaniyalar yoki pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga nisbatan shikoyatlar va da’volar qonunchilik hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilangan tartibda shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng ko‘rsatiladi.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
87. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderiga nisbatan da’volar ichki va xalqaro havo liniyalarida hodisalarning boshlanish vaqtidan boshlab olti oy muddatdan kechiktirilmagan holda berilishi mumkin.
Jarimani to‘lash to‘g‘risidagi shikoyatlar 45 kundan kechiktirmasdan berilishi kerak.
88. Shikoyatlar idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalari tuzilgan joy bo‘yicha beriladi. Pochta va pochta hujjatlari to‘liq yo‘qolgan yoki yo‘q qilingan hollarda aviakompaniyaga nisbatan shikoyatlar ushbu pochta uchun umumiy yukxat yuborilgan pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan beriladi. Pochta aviahodisalar natijasida yo‘qolganda da’volar hodisa yuz bergan joydagi aeroportga qilinadi.
Shikastlangan holda keltirilgan pochta yuk tashish xizmati agenti tomonidan aloqa xodimiga yuk tashish xizmati agenti va aviakompaniya vakillarining imzolari, nosozlik to‘g‘risidagi tegishli belgi qo‘yilgan depeshalarni topshirish yukxati yoki yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning imzolari qo‘yilgan yukning shikastlanishi, yo‘qolishi to‘g‘risidagi CDR, IRP dalolatnomalari bilan topshirilgan holatda chet el aviakompaniyalari tomonidan xalqaro pochtani tashishdan kelib chiqqan shikoyatlar chet el pochta xizmatiga beriladi.
Xalqaro pochta yukxatdagi belgisiz yoki yukning shikastlanganligi, yo‘qolganligi to‘g‘risidagi dalolatnomasiz topshirilganda da’volar aviakompaniyaga qilinadi.
89. Tashish paytida pochta va hujjatlar yo‘qolgan holda reys yukxatlari, umumiy yukxatlar, jo‘natish joyidagi aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining nusxalari da’vo qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
90. Da’voga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
a) pochta, kuryerlik jo‘natmalari yo‘qolgan, buzilgan (shikastlangan) holda:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
alohida va umumiy yukxatlar nusxalari, xalqaro pochta uchun — pochta, kuryerlik jo‘natmalari yoki buyumlariga ilova qilingan aviadepeshalarni topshirish yukxatlarining nusxalari;
pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchi (foydalanuvchilar) oldidagi moddiy javobgarligi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
b) pochta jo‘natmasining joylanmasi yetishmagan holda:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
tomonlar vakillari tomonidan ushbu jo‘natmaning joylanmasi tekshirilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
har bir pochta, kuryerlik jo‘natmasi bo‘yicha kvitansiya daftarlari yoki shaxsiy kompyuter operatsion kundaligining ko‘chirmalari asosida pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining foydalanuvchilar oldidagi moddiy javobgarligining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
v) jarima sanksiyalari bo‘yicha:
idoralararo dalolatnoma yoki CDR, IRP dalolatnomalarining nusxalari;
jadvalning o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berilmaganlik haqidagi xatning nusxasi.
91. Ushbu Qoidalarning 90-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmasdan taqdim etilgan da’vo uni qaytarish sabablari ko‘rsatilgan ilova qilingan hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda arizachiga qaytariladi. Tegishli hujjatlarsiz taqdim etilgan da’volar da’vo qilish uchun belgilangan muddatni to‘xtatmaydi.
92. Aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi berilgan shikoyatni ko‘rib chiqishga va shikoyat qabul qilingan vaqtdan boshlab uch oy davomida, bevosita aralash transportlarda tashish bo‘yicha yoki bir necha tashuvchilar ishtirok etgandagi shikoyatga nisbatan olti oy davomida va jarimani to‘lash to‘g‘risidagi shikoyat uchun 45 kun ichida shikoyat jo‘natuvchiga uni ko‘rib chiqish natijalari haqida xabar berishlari shart.
Da’vo qisman qondirilgan yoki rad etilgan hollarda aviakompaniya va pochta aloqasi operatori, provayderi o‘zlarining javoblarida ushbu Qoidalarning tegishli bandlariga havola qilgan holda ular tomonidan bunday qaror qabul qilinishining asoslarini ko‘rsatishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Agar da’vo rad etilsa yoki javob ushbu Qoidalarning 92-bandida belgilangan muddatda olinmasa, manfaatdor tomon javob olingan kundan boshlab bir oy ichida yoki shikoyatga javob qaytarish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab, qonunchilik hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudga da’vo qilish huquqiga ega.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
94. Aviakompaniya, pochta aloqasi operatori, provayderi ushbu Qoidalar va shartnomalarning buzilish sabablarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘zaro taqdim etishlari shart.
VII bob. Yakuniy qoida
95. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i T. O‘LJAYEV
2013-yil 16-oktabr
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori V. TYAN
2013-yil 16-oktabr
“O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori R. QOSIMOV
2013-yil 16-oktabr
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
1-ILOVA
16-a-shakldagi alohida yukxat namunasi

16-a-sh.

_____________-son ALOHIDA YUKXAT

jo‘natilgan aviapochta uchun

_________________________-son reys

Reys sanasi ________________________



________________________________dan

(jo‘natish joyi)
_________________________________ga

(belgilangan joy)

(taqvim shtempeli yoki jo‘natish joyi pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr izi)

Pochta, kuryerlik jo‘natmalari va buyumlari nomi

Miqdori

Og‘irligi,

kg

“NUKUMATGA OID” belgili qoplar….......…………………...

Ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar..............

Kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar………………...

Tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar…………….

Sug‘urtali qoplar ……………………...……………………….......

Xalqaro jo‘natmalar joylangan qoplar …………………....

Yozma xat-xabarli qoplar ....................………………………

Davriy bosma nashrlar joylangan qoplar va bog‘lamlar

“Ehtiyot qiling” belgili posilkalar………………………….

E’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ortiq baholangan posilkalar...................

Oddiy va e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobarigacha baholangan posilkalar ………………...


Jami………………

Belgilangan joy

Jo‘natish joyi

Turi

Qop (posilka) raqami

E’lon qilingan qiymati, so‘m

Qoplardagi joylanma

Og‘irligi,

kg

Alohida yukxatlar bo‘yicha:

Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
2-ILOVA
16-a-shakldagi umumiy yukxat namunasi
(16-a-shakldagi yukxatning orqa tomoni)
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
3-ILOVA
16-b-shakldagi reys yukxati namunasi

16-b-sh.

REYS YUK XATI
‎__________________ 20____ y. __________________________da jo‘natilgan aviapochta uchun
‎_______________________-son reys Reys sanasi _______________________
‎________________________________________________________ dan

(pochtani jo‘natayotgan pochta aloqasi obyekti nomi)

‎‎_______________________________________________________________ yo‘nalish bo‘yicha
(yo‘nalish nomi)

(taqvim shtempeli yoki jo‘natish joyi
‎pochta aloqasi operatori, provayderiga
‎berilgan muhr izi)

Havo kemasining qo‘nish punktlari KONTEYNERLAR QOPLAR POSILKALAR JAMI
raqami og‘irligi, kg m i q d o r i m i q d o r i
brutto‎ netto‎ “HUKUMATGAOID” belgili ustuvor pochta jo‘natmali kuryerlik jo‘natmali tezkor pochta jo‘natmali sug‘urtali xalqaro jo‘natmali yozma xat-xabarli davriy bosma nashrli “Ehtiyot qiling” belgili e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ortiq baholangan oddiy va e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobarigacha baholangan buyumlar og‘irligi, kg
(16-b-shakldagi reys yukxatining orqa tomoni)
Havo kemasining qo‘nish punktlari KONTEYNERLAR QOPLAR POSILKALAR JAMI
raqami og‘irligi, kg miqdori miqdori
brutto netto “HUKUMATGA OID” belgili ustuvor pochta jo‘nat-mali kuryerlik jo‘natmali tezkor pochta jo‘natmali sug‘urtali xalqaro jo‘natmali yozma xat-xabarli davriy bosma nashrli “Ehtiyot qiling” belgili e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobari-dan ortiq baholangan oddiy va e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobarigacha baholangan buyumlar og‘irligi, kg

‎‎ _________________________________________
‎‎ (lavozimi, imzo)

______________________________________
‎(lavozimi, imzo)

‎__________- son reys 20___ yil _________ soat _________ minutda belgilangan punktga yetib keldi.

‎Jami______________________________________________________________________ buyumlar qabul qilindi. Ushbu yukxatda ko‘rsatilgan “NUKUMATGA OID” belgili qoplar, ustuvor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, kuryerlik jo‘natmalari joylangan qoplar, tezkor pochta jo‘natmalari joylangan qoplar, sug‘urtali qoplar, xalqaro jo‘natmalar joylangan qoplar, konteynerlar, “Ehtiyot qiling” belgili posilkalar, e’lon qilingan qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ortiq baholangan posilkalarni qabul qilishda nomma-nom tekshirildi.


‎(taqvim shtempeli yoki jo‘natish joyi pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr izi )

‎‎‎‎ _________________________________________
‎‎‎ (lavozimi, imzo) ‎

‎‎‎_________________________________________
‎‎(lavozimi, imzo)

Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
4-ILOVA
Havo kemasi bilan jo‘natilgan pochtaga ilova hujjatlari joylangan konvert namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
5-ILOVA
Idoralararo dalolatnoma namunasi

52-sh

DALOLATNOMA

‎‎_______________________________________________________________
_______________________________________________________________

(sana, vaqt)

(aeroport nomi)

Ushbu dalolatnoma ‎‎______________________________________da____

(pochta aloqasi obyekti nomi)

‎‎__________________________________________________

‎‎ishtirokida

‎‎‎‎(vakilning familiyasi va lavozimi, aeroport nomi)
20___ y ______________da aviakompaniya tomonidan quyidagilarda (buzilishning aniq

(sana)

xarakteri, havo kemasi raqami, reys raqami, buzilish sanasi va h. k. ko‘rsating) ________

_______________________________________________________________‎
_______________________________________________________________‎‎‎
_______________________________________________________________‎‎‎

________________________________________________________________________ aks etgan havo transportida pochtani tashish uchun shartnomada belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida tuzilgan.

Dalolatnoma tekshirish, choralar ko‘rish uchun tuzilgan va moddiy zarar o‘rnini qoplash uchun asos bo‘ladi.

Almashuv punktining smena
‎boshlig‘i
Aeroport yuk tashish xizmatining smena (dispetcher) boshlig‘i

_________________________‎‎

_________________________‎‎

(familiyasi, imzo)

(familiyasi, imzo)

Brigadir ‎‎______________ Pochtani qabul-qilish

(imzo)

topshirishga javobgar agent

‎‎_________________________

(familiyasi, imzo)

‎‎

(pochta aloqasi obyekti
‎ taqvim shtempeli yoki
‎pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr
‎izi)

(aeroport yuk tashish
‎xizmati agentining shtamp izi)

Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
6-ILOVA
CDR yukning shikastlanishi to‘g‘risidagi dalolatnoma namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
7-ILOVA
IRP dalolatnomasi namunasi

NOTICE OF NON-DELIVERY (IRREGULARITY) (IRP)

YETKAZIB BERILmaganlik/berilmaganlik TO‘G‘RISida dalolatnoma — Nosozlik TO‘G‘RISIDa dalolatnoma




To:

_______________________________________

Station Preparing Report:___________________


Qayerga


IRP dalolatnomasini rasmiylashtirgan punkt

At: _____________________________

Date Report repared: _____________________

Kimdan

IRP dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana

Air Waybill No: ____________________

Place and Date of lssue: ____________________

Aviayukxat raqami

Aviayukxatni rasmiylashtirish joyi va sanasi

Name of Shipper: __________________________

Address: ________________________________

Yuk jo‘natuvchi ismi / nomi

Yuk jo‘natuvchi va yuk oluvchining manzili

Name of Consigne: __________________

_______________________________________

Yuk oluvchining ismi / nomi

Total Weight: _______________________

No. of Pieces: ____________________________

Umumiy og‘irlik

Joylar miqdori

Description of Cargo:_________________

Yuk tavsifi

Details:

Tashish nosozligi xarakteri

(Layout optional)

(Signature of Official Report/ (IRP dalolatnomasini rasmiylashtirgan rasmiy shaxs imzosi)

(Title / Lavozim)

(Address / Manzil)

Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
8-ILOVA
Aviatransportda jo‘natiladigan qoplar uchun CN 35 yorlig‘i namunasi
1 Qizil yorliqlarda: Ustuvor — Ko‘p miqdordagi pochta yoki LC/AO — Ko‘p miqdordagi pochta;
Oq yorliqlarda: Ustuvor yoki LC/AO;
Havo rang yorliqlarda: AO; belgilangan operatorlar “AO” va “M” belgili qoplar”ni o‘chirish uchun katakchalarni qo‘shishlari mumkin.
Binafsha rang yorliqlarda: Ko‘p miqdordagi pochta.
2 Faqat qizil va binafsha rangli yorliqlar uchun.
3 Faqat qizil, oq, ko‘k yoki yashil yorliqlar uchun “SV (Yig‘imlardan ozod qilingan)”, o‘chirish uchun katakchalarsiz.
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
9-ILOVA
S.A.L. bilan jo‘natiladigan yozma xat-xabarlar joylangan qoplar uchun CN 36 yorlig‘i namunasi
1 Qizil yorliqlarda: Ustuvor bo‘lmagan — Ko‘p miqdordagi pochta yoki LC/AO — Ko‘p miqdordagi pochta.
Oq yorliqlarda: LC/AO.
Havo rang yorliqlarda: Ustuvor bo‘lmagan yoki AO; belgilangan operatorlar “Ustuvor bo‘lmagan (AO)” va “M” belgili qoplar”ni o‘chirish uchun katakchalarni qo‘shishlari mumkin.
Binafsha rang yorliqlarda: Ko‘p miqdordagi pochta.
2 Faqat qizil va binafsha rang yorliqlar uchun.
3 Faqat qizil, oq, ko‘k yoki yashil yorliqlar uchun; o‘chirish uchun katakchasiz “SV (Yig‘imlardan ozod qilingan)” yashil yorliqlar uchun.
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
10-ILOVA
Aviaposilkalar joylangan qop uchun mo‘ljallangan SR 84 yorlig‘i namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
11-ILOVA
CN 38 aviadepeshani topshirish yukxati namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
12-ILOVA
CN 41 havo yo‘li (S.A.L.) bilan tashiladigan yer usti aviadepeshalarini topshirish yukxati namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
13-ILOVA
CN 47 bo‘sh sig‘imlarga ega depeshani topshirish yukxati namunasi
Havo kemalarida pochtani tashish qoidalariga
14-ILOVA
CN 38, CN 41, CN 47 yukxatlarini topshirish konverti namunasi

CN 45

Taqvim shtempeli



CN 38, CN 41, CN 47 YUKXATLARINI

TOPSHIRISH KonvertI





Tushirish aeroporti

Aviakompaniya

__-son reys

Jo‘natish sanasi

Vaqti

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 48-son, 628-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2530-1/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 30.09.2025-y., 10/25/2530-2/0883-son)