1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGINING
Qarori
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 20-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1717-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 22-maydagi 6-mb-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 17-maydagi 122-son hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 22-maydagi 01-23-4846-sonli ““Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1717-3, 19.06.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. TURAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
5-mb-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
01-02//15-26-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
42-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-sentabr,
13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2013-yil 3-sentabrdagi 5-mb, 01-02/15-26, 42 va 13-son qaroriga ILOVA
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbek tilidagi matnning 1, 2, 3 va 5-bandlaridagi “mahsulotlar” degan soʻz “tovarlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“Turizm boʻyicha eksport va import maʼlumotlari, kirish va chiqishga oid turizm boʻyicha turistlarning xarajatlari kuzatuvi natijalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.”.
3. 5-banddagi “9” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi raisi F. RIZAYEV
2013-yil 3-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 504-modda)