

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;12.08.2021
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-52892" id="onLBC-52892">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6163"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek,  07.29.00.00 ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-52892" id="onLS-52892">[<b>TSZ:</b><div id="LS3736"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-52894" id="-52894">Oʻzbekiston Respublikasining qonuni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-52895" id="-52895">DAVLAT STATISTIKASI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-52897" id="-52897"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5599601" id="-5599601">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi OʻRQ-707-sonli “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5569619?ONDATE=12.08.2021 00#-5574664">Qonuniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52898" id="-52898">1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52899" id="-52899">Ushbu Qonun davlat statistikasini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, davlat statistikasi organlarining vakolatlarini belgilaydi hamda yagona statistika axboroti tizimi yuritilishi uchun normativ asos yaratadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471334" id="-5471334"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5471336" id="-5471336">2-modda. Davlat statistikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471339" id="-5471339">Davlat statistikasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471342" id="-5471342">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat statistikasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471345" id="-5471345">(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396898">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52915" id="-52915">3-modda. Davlat statistikasining asosiy vazifalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52917" id="-52917">Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52920" id="-52920">ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va eʼlon qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52921" id="-52921">xalqaro standartlarga mos keluvchi yagona statistika uslubiyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52922" id="-52922">davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika maʼlumotlari bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52923" id="-52923">statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlar tizimini hamda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52925" id="-52925">4-modda. Davlat statistikasining asosiy prinsiplari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52926" id="-52926">Davlat statistikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52928" id="-52928">ishonchlilik, xolislik, begʻarazlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52930" id="-52930">dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52931" id="-52931">qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52932" id="-52932">statistika hisobotini yigʻish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52933" id="-52933">5-modda. Davlat statistikasi organlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1934960" id="-1934960"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934961" id="-1934961">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi davlat statistikasi vakolatli organidir. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1934964" id="-1934964">(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-sonli <a href="/mact/-1932695?ONDATE=04.01.2012 00#-1932847">Qonuniga</a> asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1675391" id="-1675391"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1675393" id="-1675393">Davlat statistikasi vakolatli organi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi organlari davlat statistikasi organlari hisoblanadi. Davlat statistikasi vakolatli organining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1676003" id="-1676003">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-242850">qaroriga</a> qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1675396" id="-1675396">(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrdagi OʻRQ-253-sonli <a href="/mact/-1675054?ONDATE=04.09.2010 00#-1675121">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-yil, 35-36-son 299-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1675389" id="-1675389">Davlat statistikasi organlari maʼlumotlar manbalarini, statistika usullarini, statistika maʼlumotlarining mazmuni, shakli, vaqti va tarqatilishini tanlashda mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52938" id="-52938">Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnika jihatidan taʼminlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52939" id="-52939">Davlat statistikasi organlarining ayrim boʻlinmalari oʻz faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1934969" id="-1934969"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1934970" id="-1934970">5<sup>1</sup>-modda. Davlat statistikasi vakolatli organi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934972" id="-1934972">Davlat statistikasi vakolatli organi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934973" id="-1934973">davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uni tashkil etishning samarali tizimini taʼminlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934974" id="-1934974">davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solishni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934975" id="-1934975">yagona statistika uslubiyatini va davlat statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934976" id="-1934976">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934977" id="-1934977">statistika koʻrsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini taʼminlaydi, statistika axborotidan foydalanish erkinligini, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934978" id="-1934978">Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934979" id="-1934979">davlat statistikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1934986" id="-1934986">boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471361" id="-5471361"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471364" id="-5471364">Davlat statistikasi vakolatli organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471366" id="-5471366">(5<sup>1</sup>-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396915">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52940" id="-52940">6-modda. Davlat statistikasi organlarining huquqlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1934999" id="-1934999"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935004" id="-1935004">Davlat statistikasi organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935009" id="-1935009">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotlarini olish hamda ulardan statistika maqsadlarida foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935011" id="-1935011">yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini oʻtkazish va olingan maʼlumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935012" id="-1935012">davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni soʻrash va olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935014" id="-1935014">olinayotgan davlat statistika maʼlumotlarining toʻliqligi, xolisligi va ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935015" id="-1935015">davlat statistika maʼlumotlarida qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish hamda jamlanma davlat statistika maʼlumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935017" id="-1935017">davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935019" id="-1935019">yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur maʼlumotlarni olish; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471370" id="-5471370"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471372" id="-5471372">Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan, statistika, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida koʻrsatish; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471374" id="-5471374">(6-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396917">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935023" id="-1935023">ayrim vazifalarni bajarish uchun funksional boʻlinmalar tashkil etish.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1935029" id="-1935029">(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-sonli <a href="/mact/-1932695?ONDATE=04.01.2012 00#-1932875">Qonuni</a> tahrirda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471382" id="-5471382"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471383" id="-5471383">Davlat statistikasi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471386" id="-5471386">(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396918">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52973" id="-52973">7-modda. Davlat statistikasi organlarining majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52974" id="-52974">Davlat statistikasi organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52975" id="-52975">davlat statistikasi prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga monand statistika uslubiyati birligini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52976" id="-52976">Davlat statistika ishlari dasturlari bajarilishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52977" id="-52977">mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyotning tarmoqlari va shuʼbalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilish jarayoni ustidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52978" id="-52978">davlat statistika hisobotlarini yigʻish ishini, uy xoʻjaliklarining statistika kuzatuvlarini roʻyxatga olish, bir marotabalik hisobga olish, soʻrovlar, tanlanma monografik va boshqa xil kuzatuvlar oʻtkazilishini tashkil etishi va taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52980" id="-52980">davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini belgilangan tartibda statistika maʼlumotlari va tahliliy axborot bilan taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52982" id="-52982">jamlanma statistika maʼlumotlari eʼlon qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovlariga binoan shartnoma asosida taqdim etilishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52983" id="-52983">yakka tartibdagi statistika maʼlumotlarining maxfiyligini, davlat sirlari va yuridik shaxslarning tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning egasi mavhumlashtirilishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52985" id="-52985">davlat statistikasi axborot tizimi davlatning boshqa axborot tizimlariga moslashuvchanligini hamda Oʻzbekiston Respublikasining yagona axborot makonida oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52987" id="-52987">xalqaro va mintaqalararo statistika qiyoslashlarini oʻtkazishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52988" id="-52988">Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini hamda davlat statistikasi uchun zarur boʻlgan tasniflash tizimini yuritishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471391" id="-5471391"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471393" id="-5471393">Davlat statistikasi organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471394" id="-5471394">(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396920">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52990" id="-52990">8-modda. Statistika kengashi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52991" id="-52991">Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi huzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat koʻrsatishi va muvofiqlashtirilishi muammolari boʻyicha kollegial maslahat organidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52992" id="-52992">Statistika kengashi davlat statistikasining ayrim masalalarini koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyalari tayinlashi mumkin. Statistika kengashi va ekspert komissiyalarining yigʻilishlariga ekspertlar taklif etilishi, yigʻilishlarda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar vakillarining davlat statistikasi masalalari boʻyicha axborotlari eshitilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-52993" id="-52993">Statistika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-52994" id="-52994">9-modda. Davlat statistikasi organlarining boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2858669" id="-2858669"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2858671" id="-2858671">Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga koʻmaklashishi shart boʻlgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2858672" id="-2858672">(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli <a href="/mact/-2851499?ONDATE=30.12.2015 00#-2852079">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471398" id="-5471398"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471399" id="-5471399">Davlat statistikasi organlari oʻzlarining vakolat doirasiga kiruvchi ayrim ishlarning boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishiga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471401" id="-5471401">(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396921">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1935034" id="-1935034"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935035" id="-1935035">Boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq davlat statistika kuzatuvlarini, shuningdek davlat statistikasi vakolatli organi bilan kelishilgan shakllarda idoraviy statistika kuzatuvlarini oʻtkazadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1935037" id="-1935037">(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-sonli <a href="/mact/-1932695?ONDATE=04.01.2012 00#-1932908">Qonuni</a> tahrirda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53001" id="-53001">Idoraviy statistika kuzatuvlarining maʼlumotlari davlat statistikasi vakolatli organiga uning soʻroviga binoan taqdim etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-53002" id="-53002">10-modda. Davlat statistika ishlari dasturi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53003" id="-53003">Davlat statistika ishlari dasturi mamlakatda sodir boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar toʻgʻrisida statistika axborotini tayyorlash uchun aniq yoʻnaltirilgan topshiriqlar hamda statistika ishlarini moliyalashtirish hajmlari qamrab olingan hujjatdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53005" id="-53005">Davlat statistikasi vakolatli organi statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar talabini oʻrganish asosida koʻp yillik Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda davlat statistikasining istiqbolga moʻljallangan maqsadlari va yoʻnalishlari belgilab beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53007" id="-53007">Davlat statistika ishlari koʻp yillik dasturini bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistika ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilish muddatlari, davlat statistika kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53010" id="-53010">Davlat statistika ishlari dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1935039" id="-1935039"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1935041" id="-1935041">11-modda. Davlat statistika kuzatuvlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935042" id="-1935042">Davlat statistika kuzatuvlari iqtisodiyotda va jamiyatda sodir boʻlayotgan hodisalar hamda jarayonlar toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini muntazam ravishda yigʻib borishdan iborat boʻlib, ular birlamchi hisob hujjatlari asosida va bevosita kuzatuvlar yoʻli bilan oʻtkaziladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471402" id="-5471402"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471405" id="-5471405">Davlat statistika kuzatuvlarini oʻtkazish uslublari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471408" id="-5471408">(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396925">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935045" id="-1935045">Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935047" id="-1935047">Davlat statistikasi organlari davlat statistika kuzatuvlarini oʻtkazish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935048" id="-1935048">Davlat statistika kuzatuvlari davlat statistikasi organlari tomonidan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471416" id="-5471416"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471420" id="-5471420">Yuridik shaxslar davlat statistika kuzatuvlari oʻtkazilayotganida qonunchilikka muvofiq xizmat binolari va yer uchastkalariga kirishni taʼminlashi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471423" id="-5471423">Uy xoʻjaliklari soʻrovi davlat statistika kuzatuvlarining turlaridan biridir va u qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471424" id="-5471424">(11-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396927">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935051" id="-1935051">Idoraviy statistika kuzatuvlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1935055" id="-1935055">(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-sonli <a href="/mact/-1932695?ONDATE=04.01.2012 00#-1932909">Qonuni</a> tahrirda — OʻR QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-53021" id="-53021">12-modda. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53023" id="-53023">Davlat statistika organlari Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, shuningdek toʻplanadigan maʼlumotlar hisobga olinishini va koʻrsatkichlar identifikatsiya qilinishini taʼminlaydigan statistika kuzatuvlari obyektlarining statistika registrlarini yuritadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53024" id="-53024">Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri axborot-maʼlumotnoma xususiyatidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan tizim boʻlib, korxonalar va tashkilotlar yagona tasniflash tizimi asosida davlat hisobiga olinishi va identifikatsiya qilinishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53025" id="-53025">Yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar registrini va axborot bazalarini yaratadigan va yuritadigan davlat organlari hamda ularning tasarrufidagi tashkilotlar davlat statistikasi organlariga Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini shakllantirish hamda uning dolzarbligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotni bepul beradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2063511" id="-2063511">Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-2056050#-2056688">nizom</a>.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1935059" id="-1935059"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1935060" id="-1935060">13-modda. Statistika maʼlumotlarini taqdim etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1935062" id="-1935062">Statistika maʼlumotlari toʻliq, xolis, ishonchli boʻlishi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi vakolatli organi tasdiqlagan muddatlarda va davlat statistika kuzatuvlari shakllari boʻyicha bepul taqdim etilishi kerak. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471440" id="-5471440"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471444" id="-5471444">Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari boʻyicha statistika maʼlumotlari qonunchilikka muvofiq qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471449" id="-5471449">(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396932">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471453" id="-5471453"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471455" id="-5471455">Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonunchilik bilan belgilangan normalar statistika hujjatlarini toʻldirish (statistika koʻrsatkichlari hisobi) uchun asos boʻlib xizmat qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471457" id="-5471457">(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396934">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-53030" id="-53030">14-modda. Statistika maʼlumotlaridan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53031" id="-53031">Statistika maʼlumotlaridan davlat manfaatlarini koʻzlab va ilmiy maqsadlarda, jamoatchilikni xabardor etish, bunday maʼlumotlardan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-53032" id="-53032">Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika maʼlumotlari faqat jamlanma statistika koʻrsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda eʼlon qilinadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471460" id="-5471460"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471464" id="-5471464">Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari boʻlgan statistika maʼlumotlari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471465" id="-5471465">(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396935">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-53035" id="-53035">15-modda. Nizolarni hal etish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471469" id="-5471469"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471471" id="-5471471">Davlat statistikasi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471473" id="-5471473">(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396937">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5471480" id="-5471480"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-5471485" id="-5471485">16-modda. Davlat statistikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5471486" id="-5471486">Davlat statistika hisobotlarini buzib koʻrsatganlik, statistika maʼlumotlarini yashirganlik va davlat statistikasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni boshqacha tarzda buzganlikda aybdor shaxslar qonunga muvofiq jinoiy, maʼmuriy va boshqa yoʻsinda javobgar boʻladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5471487" id="-5471487">(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli <a href="/mact/5388561?ONDATE=21.04.2021 00#-5396939">Qonuni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5471488" id="-5471488">Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining <a href="/mact/-97664#-200792">215-moddasiga </a>qarang. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-53045" id="-53045">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-53046" id="-53046">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-53047" id="-53047">2002-yil 12-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-53048" id="-53048">441–II-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-52896" id="-52896">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 219-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 376-modda; 2010-yil, 35-36-son, 299-modda; 2012-y., 1-son, 1-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
