toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
Baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2478]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 26-iyun,
46-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 26-iyundagi 46-B-son buyrug‘iga
ILOVA
Baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar baliqchilik ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar baliqchilik ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va ta’mirlashda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchilarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ischilar va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yo‘l qo‘yiladigan chiqarishlarini o‘rnatish qoidalari” bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilotlar o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishlari lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirishlari shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilgan taqdirda qo‘llanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
27. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash va ulardan to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
29. Xodimlar Baliqchilik korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga (ro‘yxat raqami 2204, 2011-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 95-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
30. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
33. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
40. Xodimlarni sog‘lig‘ining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
48. Tashkilotning hududi ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
49. Yozgi mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Qishki mavsumda yo‘laklar va o‘tish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
51. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m bo‘lib, yon tomonlari devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yong‘in texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat ko‘rsatilishi” talablariga mos keluvchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
53. Tashkilot hududida har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi lozim.
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorong‘i paytida yoritilgan bo‘lishi kerak.
55. Tashkilotning hududi chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qo‘yilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
59. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland bo‘lishi kerak.
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
64. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
66. Kirish va chiqish yo‘llari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi lozim.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rtacha og‘ir ishda 17 °C va og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 220 °C dan kam bo‘lmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
13-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(13-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
76. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar o‘rnatilishi va suv quvurlari bo‘lmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
79. Ichimlik suvi O‘zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
80. Ichimlik suvining harorati 8 °C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
14-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
85. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak.
86. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
87. Yoritish vositalari ko‘zni qamashtirishidan saqlash uchun choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
88. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
89. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
90. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
91. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar bo‘lishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
(94-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
17-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
100. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
101. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-2014 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
102. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanishi lozim:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi.
103. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
104. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
Liniyani to‘xtagandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
105. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
106. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur to‘siqlar, himoya va saqlovchi moslamalar hamda qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish binolariga begona shaxslar kirishi taqiqlanadi.
107. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning uskunalari yaroqli bo‘lishi, nazorat-o‘lchash asboblari soz, apparatlar blokirovka vositalari mavjud bo‘lganda ishga tushirilishi lozim.
108. Barcha tarmoqlarda texnologik jarayon xavfsiz bajarilishi, tashkiliy-texnik chora-tadbirlar ko‘rilishi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilinishi lozim.
109. Agregat mexanizmlarining normal ishidagi har qanday buzilishlar undagi barcha mexanizmlarning avtomatik tarzda to‘xtatilishi bilan yakunlanishi zarur.
110. Ishlab turgan uskunalar joylashgan joylari zarur to‘siqlar, himoya qiluvchi hamda saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ish joylariga begona shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
111. Texnologik jarayon buzilgan hollarda, xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bo‘lmasligi maqsadida buzilish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ish jarayonini to‘xtatilishi hamda xodimlar ish joylarini tark etishlari lozim.
112. Baliqchilik ishlab chiqarishi bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki bu xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralarda bajarilishi kerak. Xonalarning kirish joylarida “Yong‘indan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonlar kirishi taqiqlanadi” degan xavfsizlik belgilari osib qo‘yilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
113. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
114. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
115. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
116. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
117. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
118. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
119. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
120. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil bo‘lishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
121. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
122. Sexlarda (bo‘limlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarida) yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha, shuningdek yong‘in o‘chirish anjomlarining soz holda bo‘lishiga shu bo‘linmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari mas’uldir.
123. Yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
124. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
125. Qo‘lda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz bo‘lgan yoki yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
126. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son)
127. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi kerak.
128. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
129. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
130. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
131. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
132. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
133. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
134. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
135. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
136. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
137. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
138. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
139. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
140. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
141. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
142. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar,
tayyor mahsulotlarni saqlash va transportda tashishga
qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
143. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
144. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
145. Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida ular mikroblar bilan zararlanishining oldini olish uchun xom ashyoni tayyorlash (idish va o‘ramdan olish) ishlari alohida xonada amalga oshirilishi kerak.
146. Xom ashyo, yordamchi moddalar va tayyor mahsulotlarni qo‘l bilan olmaslik kerak. Ushbu mahsulotlar kurakchalar va cho‘mich yordamida olinishi lozim.
147. Xom ashyoga uning toksikologik va yong‘in tavsifi ilova qilinishi kerak.
148. Avariyalarning oldini olish maqsadida texnologik qayta ishlashga tushgan xom ashyo barcha turdagi aralashmalardan tozalangan bo‘lishi kerak.
149. Mahsulotlar va foydalaniladigan materiallar tashkilotning omborxonalarida saqlanadi va zaxirani ta’minlaydigan miqdorda sexga uzatilishi lozim.
150. Xom ashyo va yordamchi materiallarni ularning bir-biriga erkin yaqinlashish imkoniyatini ta’minlaydigan usulda joylashtirilishi kerak.
151. Omborxonadagi xonalarining tashqi yuzalari tozalash va dezinfeksiyalash uchun qulay bo‘lishi kerak.
152. Omborxona qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborxonaga begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
153. Barcha mahsulotlar idish-o‘ram materiallari belgilangan standartlarga va texnik shartlarga javob berishi kerak.
154. Oziq-ovqat xom ashyolarini (shakar, kraxmal, un va boshqalar) sanoat o‘ramida, nomiga ko‘ra alohida, omborxonaning boshqa xonalaridan izolyatsiyalangan, quruq va shamollatish tizimi bo‘lgan xonalarda saqlanishi kerak.
155. Boshlang‘ich mahsulotlar yordamchi moddalarni va idish-o‘ram materiallarini tashish uchun tozalikda saqlanishi va maxsus transport vositasida tashilishi zarur. Jalb qilingan yoki yo‘lovchi transportidan foydalanmaslik kerak.
156. Tashish jarayonida boshlang‘ich mahsulotlar idish-o‘ram materiallari pana joyda saqlanishi yoki maxsus qoplama yordamida quyosh nurlaridan va changdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
157. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborxona xonalarini sanoat tashkilotlarini loyihalashtirishning yong‘inga qarshi va sanitariya me’yorlariga mos ravishda jihozlash va saqlash lozim.
158. Mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, berish va tayyorlash xonalarida mahsulotlarni tortish uchun mo‘ljallangan va havo tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan ish joyi ajratilgan bo‘lishi kerak.
5-§. Baliqlarni oziqlantirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
159. Baliqlarni kamida ikkita xodim osma motorli qayiqlardan turib oziqlantirishi kerak.
160. “Refleks” tipidagi suzuvchi oziqlantirish moslamasini (avto oxur) (bundan buyon matnda moslama deb yuritiladi) maxsus kurak bilan tozalash kerak.
161. Moslamalarni shatakka olish va o‘rnatish joylaridagi suv havzalarining chuqurligi kamida 1,2 m bo‘lishi lozim.
162. Moslama mahkamlanadigan suzuvchi buy-langarga po‘lat tros bilan ulanishi kerak.
163. Moslamalar ishini nazorat qilishda, ularga ozuqalarni yuklashda, bunkerlarda va oxurlar ostida ozuqa borligini tekshirishda xodimlar tutqichlarni ushlagan holda to‘shamalar ustidan o‘tishlari lozim.
164. Forel baliqlarini oziqlantirish uchun go‘shtli ozuqalarni tayyorlashda mahsulotni go‘sht qiymalagich ichiga tiqish maxsus moslamalar: yog‘och itargichlar, dastalar, kuraklar bilan amalga oshirilishi kerak.
165. Mahsulotlar yoki ularning qoldiqlari tiqilib qolganda go‘sht qiymalagich dvigateli to‘liq to‘xtaganidan keyin olib tashlanishi zarur.
166. Ishni boshlashdan oldin go‘sht qiymalagich uzatma korpusiga mustahkam o‘rnatilganligini tekshirish lozim.
167. 45 mm dan katta diametrli mahsulotni tiqish teshigiga ega bo‘lgan go‘sht qiymalagichlar og‘zi ustiga qo‘lning harakatli qismlarga tegib ketishining oldini oluvchi saqlag‘ich halqa o‘rnatilishi kerak.
168. Pichoq bilan ishlashda xodimlar uni o‘tkir tomonini o‘zlaridan teskari qilib tutishlari lozim. Pichoqlar silliq, g‘adir-budurlarsiz, qulay va mustahkam qilib o‘tqazilgan tutqichlarga ega bo‘lishi zarur. Pichoqlarning kesuvchi qismlari doimo va o‘z vaqtida charxlanib turilishi lozim.
6-§. Mineral o‘g‘itlardan foydalanishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
169. Mineral o‘g‘itlardan (bundan buyon matnda o‘g‘itlar deb yuritiladi) foydalanish ishlari mazkur Qoidalar talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi kerak.
170. Changiydigan o‘g‘itlarni pardalar va zichlagichlar bilan jihozlangan avtomobillarning ochiq kuzovlarida tashish lozim.
171. O‘g‘itlar bilan birga boshqa yuklarni tashishga ruxsat etilmaydi. Tashish vaqtida transport vositalarida begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
172. Ishlar tugaganidan so‘ng transport vositalari ho‘llab tozalanishi va zararsizlantirilishi lozim.
173. O‘g‘itlar bilan ishlash vaqtida xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siridan himoyalash choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
174. O‘g‘itlarni baliqchilik hovuzlariga kiritish mexanizatsiyalangan usulda amalga oshirilishi lozim.
175. O‘g‘itlar maxsus jihozlangan omborlarda ularning kimyoviy o‘zaro ta’siriga va qo‘llaniladigan yong‘inni o‘chirish vositalarining bir xilligiga qarab guruhlar bo‘yicha alohida saqlanishi kerak.
176. O‘g‘itlarni saqlashda idishning butligini tekshirish va agar unga ziyon yetgan bo‘lsa, o‘g‘itlarni yangi idishga qayta joylashtirish lozim. O‘g‘itlarni sochilgan yoki to‘kilgan holda qoldirmaslik kerak.
177. O‘g‘itlar bilan ishlashda bevosita ish joyida zararsizlantiruvchi moddalar, shuningdek teriga tushgan zararli moddalarni yuvish uchun suv, sovun yoki shunga o‘xshash yuvish vositalari bo‘lishi kerak.
7-§. Baliqlarni hovuzlardan va tabiiy ko‘llardan ovlashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
178. Suvi tashqariga chiqariladigan va chiqarilmaydigan suv havzalarida to‘rli ov qurollari (to‘rlar, yoyma to‘rlar va boshqalar) dan foydalangan holda baliq ovlashda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi talablarni bajarish lozim:
to‘lqinlanish 2 balldan yuqori (to‘lqinning balandligi 0,25 — 0 ,75 m dan yuqori) va shamolning kuchi 4 balldan yuqori (shamolning tezligi 5,3 — 7,4 m/sec) bo‘lganda 5 tonnadan kam suv sig‘imli kichik o‘lchamli kemalardan foydalangan holda baliq ovlamaslik;
yoyma to‘rlarni suvga tushirish uchun xodimlar ishlash vaqtida xavfsizlikni ta’minlovchi qayiqlardan foydalanish;
ov qurollarini tanlash va suvga tushirish vaqtida ularning to‘rli qismlarini oyoq bilan bosmaslik va to‘r polotnosini (to‘rni suvda cho‘ktirish uchun maxsus tosh) to‘g‘rilamaslik;
to‘rlarni maxsus joylar yoki qayiqning mustahkam konstruksiyalariga mustahkamlangan ehtiyot kamarlaridan foydalangan holda yechish.
179. Baliqlarni ovlashda quyidagilar bo‘lishi lozim:
konsentratsiyalovchi qurilmalarni qo‘lda siljitishda baliq tutqichlar oldida qattiq qoplamali yo‘laklar;
konsentratsiyalovchi qurilmalardan tirik tovar balig‘ini to‘kish joylariga qulay to‘silgan tushish zinalar;
baliqlarni tushirish joylarida to‘plangan baliqlarni saralash vositalari (saralash konteynerlari va boshqalar) bilan manyovr qilish va ishlash uchun kamida 1 m kenglikdagi va baliq tutqichlardagi suv sathidan 0,2 m balandlikdagi ko‘priklar.
180. Qo‘zg‘almas to‘rlar va yoyma to‘rlar bilan ishlashda quyidagilarga rioya qilish lozim:
ishni boshlashdan oldin baliq ovlash qurollari va kichik o‘lchamli kemalarning sozligini tekshirish;
to‘rlar va yoyma to‘rlarni tushirishda ular chalkashib qolishining oldini olish maqsadida ularni yaxshilab taxlash;
langarni kichik o‘lchamli kemaning oqim yo‘nalishi tomonidagi bortidan tashlash.
181. Qo‘zg‘almas to‘rlar, yoyma to‘rlar, to‘rlar va boshqa ov qurollari tanlab olinganidan keyin ulardagi balchiq va baliq shilimshig‘i yaxshilab yuvib tashlanishi, o‘tlar va boshqa narsalardan tozalanishi hamda dezinfeksiya qilinishi va quritilishi kerak.
182. Baliq ovlash mexanizmlarini ishga tushirishdan oldin ularning sozligiga, mexanizmni ishga tushirganda boshqa xodimlar uchun xavf-xatar tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
183. Quyidagi hollarda baliq ovlash mexanizmlarining ishlashiga ruxsat etilmaydi:
lebyodka tormozlarining nosozligida;
baliq ovlash mexanizmi uzatmasining ichki yonuv dvigatelidan himoya to‘sig‘i bo‘lmaganda.
184. Baliq ovlash mexanizmlari ishlayotgan vaqtda zaiflashgan ulanmalarni ta’mirlash yoki tortish (taranglash) man etiladi.
185. Tros chalkashganda lebyodka to‘xtatilishi va u to‘liq yozilgunga qadar teskari tomonga yurg‘azilishi kerak.
186. Muz qoplangan sadoklardan baliqlarni tushirish kamida ikkita xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak. Sadoklarning tashqi tomonida bir xodim turishi va u zarur hollarda ishlovchilarga yordamni tashkil qilish choralarini ko‘rishi lozim. Ishlar bajariladigan joy qutqarish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
187. Sadoklar liniyalarining o‘rtasida to‘siqli mustahkam va tekis yo‘laklar bo‘lishi kerak.
188. Baliq solingan konteynerlarning xavfsiz tashilishini, siljitilishini va tushirilishini ta’minlash uchun xavfsizlik sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lishi va ishlar bajariladigan joylarda osib qo‘yilishi kerak.
8-§. Hovuzlarni tozalashda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
189. Hovuzlardagi suv o‘simliklarini suzuvchi o‘zi yurar qamish o‘ruvchi mashina bilan tungi vaqtlarda o‘rish taqiqlanadi.
190. Qamish o‘rish mashinasi ishlayotganda odamlar mashinadan 10 m radiusdan uzoqlikda bo‘lishi kerak.
191. Qamish o‘ruvchi mashinalarning kesuvchi apparatini tozalash va almashtirish mashina to‘xtaganidan keyin amalga oshirilishi kerak.
192. Zaxira pichoqlarni saqlash va tashish g‘ilofda amalga oshirilishi kerak.
9-§. Ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash va zararsizlantirishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablar
193. Texnologik chiqindilar ularni atmosferaga chiqarib tashlashdan oldin zararli mahsulotlardan tozalanishi yoki tizimga qaytarilishi kerak.
194. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
195. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
196. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
197. Chiqindilarni muntazam ravishda maxsus mo‘ljallangan pechlarda yoqib yuborish orqali yo‘q qilish yoki tashkilotlardan maxsus belgilangan joylarga chiqarib tashlash kerak.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga (qurilmalariga) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
198. Uskunalarning konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq hamda ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar soz holatda bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
199. Qo‘llaniladigan jihozlar milliy standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(199-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 22-iyundagi 49-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2478-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
200. Uskunalarning konstruksiya qismlari xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali va tikanli bo‘lmasligi lozim.
201. Uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari uning korpusida joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
202. Uskunalarning ish jarayoni kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar ochilganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
203. Uskunalarni kuzatish va holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi kerak.
2-§. Ish asboblariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
204. Asboblarni ishlatishda quyidagilarga rioya qilish lozim:
asboblar bilan ishlovchilar soz, to‘g‘ri, o‘tkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos bo‘lishi;
asboblarni o‘z maqsadi bo‘yicha ishlatish;
asboblarning to‘g‘ri saqlanishi va sinchkovlik bilan ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlash va nosoz asboblarni esa ta’mirga olib qo‘yish.
205. Ish jarayonida soz asbobdan foydalanish zarur.
206. Ish boshlanishdan oldin asboblar tekshirilib olinishi kerak.
207. Asboblarni tozalash va saqlash uchun zarur quti yoki shkaflar bo‘lishi kerak. Asboblarning tushib ketishini oldini olish uchun shkafda katakchalar, ushlab turuvchi tokchalar va boshqa moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
208. Asboblarni olib yurish uchun maxsus g‘iloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish kerak.
3-§ Ish joylariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
209. Baliqchilik mahsulotlarini ishlatish bilan bog‘liq ish joylari umumiy havo almashtiruvchi va havo oqimini kiritib-so‘rib chiqaruvchi mahalliy shamollatish tizimi bilan jihozlangan va boshqa binolardan alohida joylashgan binoda bo‘lishi kerak.
210. Barcha ish joylarida mexanizmlarni tozalash va ish joylarini yig‘ishtirish uchun zarur bo‘lgan moslamalar bo‘lishi lozim.
211. Ish joylarida baliqchilik mahsulotlari uchun belgilangan sig‘imlar germetik zich yopilgan, yerlantirilgan bo‘lishi va miqdori ularning smenada ishlatiladigan miqdoridan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
212. Ish joylaridagi zararli moddalar bug‘larining konsentratsiyasi ularning yo‘l qo‘yilgan miqdoridan oshmasligi kerak.
213. Baliqchilik mahsulotlari bilan bog‘liq ishlar bajarilayotgan ish joylari Baliqchilik mahsulotlarini quyayotganda ularni polga to‘kilishini oldini oluvchi moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
214. Ish joylari kuniga kamida bir marta nam latta bilan tozalab turilishi kerak.
V bob. Ta’mirlash (tuzatish) ishlarini amalga oshirishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
215. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi kerak.
216. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik ta’mirlash qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlari sifatining yaxshilanishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi lozim.
217. Asbob-uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rilishi lozim.
218. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-ta’mirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
219. Ta’mirlash ishlarini o‘tkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda ko‘rsatilishi kerak. Bunda quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
ta’mirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
220. Ta’mirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson o‘rnatilib yechilishi lozim.
221. Dastgohlar, stollar va stellajlar mustahkam o‘rnatilishi va ishlash uchun qulay balandlikka ega bo‘lishi lozim.
222. Dastgohlar sirti silliq material (po‘latli va alyuminli list, linoleum) bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
223. Dastgohdagi iskanja soz holatda bo‘lishi va ushlab turadigan buyumni yetarli darajada ushlashi lozim.
224. Dastgohdagi iskanjalar orasidagi masofa 1 m bo‘lishi va dastgohning eni 0,75 m dan kam bo‘lmasligi hamda dastgohlar oralig‘iga 1 m dan kam bo‘lmagan himoya to‘ri o‘rnatilishi lozim.
225. Qo‘l asboblari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yog‘och soplar yog‘ochning qattiq va qayishqoq navlaridan qilinishi, silliqlangan va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi;
instrumentning ish qismida yoriqlar, g‘adir-budurlar va singan joylari bo‘lmasligi.
226. Qo‘l omburi va qaychilari silliq va ichki tomonida qo‘lni siqib qo‘yishdan himoyalaydigan tayanchi bo‘lishi lozim.
227. Qo‘l asboblari himoya qoplamasi bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
228. Elektr ta’minoti to‘xtagan yoki tanaffus vaqtida elektr dastgoh elektr tokidan uzilgan bo‘lishi lozim.
229. Elektr dastgohda nosozliklar aniqlangan taqdirda darhol ish to‘xtatilishi kerak.
230. Siqilgan havo bilan ishlaydigan elektr dastgohlari bilan ishlashda ularni chang, nam va neft mahsulotlari ta’siridan saqlash lozim.
231. Dastgohlarni yig‘ish, qayd etish, biriktirish elementlarini qisish, qotishma, flyus qoplash va boshqa yig‘ma detallarni o‘rnatish maxsus qo‘llanma asosida texnologik hujjatlarda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshirilishi lozim.
232. Kavsharlagichda ish boshlashdan oldin quyidagi ishlarni bajarish kerak:
elektr toki zarar yetkazishidan himoyalashning muvofiqligi tekshirilishi;
kabel va shtepsel vilkasining sozligi, himoya qoplamasi va dastasining izolyatsiyasi tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi.
Oldingi tahrirga qarang.
233. Elektr uskunalar va jihozlarni ta’mirlashdan so‘ng, asbob-uskunani ishga tushirishga, tashkilot bosh mexanigi, mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan so‘ng ruxsat beriladi.
(233-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 7-apreldagi 08-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3813, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)
234. Ta’mirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari o‘z joyiga o‘rnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
235. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
236. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(236-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
237. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2013-yil 20-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 20-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 20-iyun
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 20-iyun
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2013-yil 20-iyun
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2013-yil 20-iyun
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 20-iyun
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 20-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 376-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.07.2023-y., 10/23/2478-1/0485-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 18.04.2026-y., 10/26/3813/0385-son)