1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
Oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2461]
1. Oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-may,
33-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 14-maydagi 33-B-son buyrugʻiga ILOVA
Oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar oshxonalar, restoranlar hamda boshqa korxonalar va ishlab chiqarishlarda oziq-ovqat tayyorlash va aholiga xizmat koʻrsatuvchi barcha tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolarni va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanish va taʼmirlashda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
6. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
61. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilotlar oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishlari lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar hamda amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni ishlab chiqarish muhitining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotlarni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
26. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
27. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
29. Xodimlar Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 248-modda) va Sanoat va qishloq xoʻjaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1877, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 486-modda) muvofiq yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
30. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
31. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
35. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
37. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
38. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
39. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
40. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
41. Tashkilot xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
42. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
43. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
44. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
45. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
46. Tashkilotlarda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
47. Transport vositalari va piyodalarning harakatlanish chizmasi tashkilotlarning kirish, chiqish, ish uchastkalari va sexlarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
48. Tashkilotning hududi koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
49. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
50. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan va karnizlari esa muzlardan tozalab turilishi zarur.
51. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
52. Tashkilotlarning hududi GOST 12.4.009-83 “Obyektlarni himoyalash uchun yongʻin texnikasi. Asosiy turlari. Joylashishi va xizmat koʻrsatilishi” talablariga mos keluvchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
53. Tashkilot hududi har kuni tozalanadigan, shuningdek dezinseksiya, dezinfeksiya va deratizatsiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi lozim.
54. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
55. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
56. Xodimlar uchun alohida chekish joylari belgilanib, maxsus idishlar qoʻyilishi va “Chekish joyi” degan yozuv bilan jihozlanishi kerak.
10-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
57. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
58. Ishlab chiqarish binolarining havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaM 0294-11 “Ish joyidagi havodagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorining gigiyenik meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
59. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal beruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
62. Darvozalar balandligi foydalanilayotgan transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan baland boʻlishi kerak.
63. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki martadan (bahor va kuzda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
64. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlash jarayonlari vaqtida halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
65. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
66. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
67. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22º S dan kam boʻlmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
75. Xonalarda shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
76. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
77. Tashkilotlarning ishlab chiqarish oqova suvlari tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelgunga qadar zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi va suv quvurlari boʻlmaganda, maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
79. Ichimlik suvi O`zDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga javob berishi kerak.
80. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20 °S gacha boʻlishi kerak.
81. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
82. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining boʻlishiga ruxsat etiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
83. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
84. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
85. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar bilan toʻsib qoʻymaslik kerak.
86. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
87. Yoritish vositalari koʻzni qamashtirishidan saqlash uchun choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
88. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
89. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
90. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
91. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
92. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
93. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
94. Tashkilotlarda maishiy va ovqatlanish xonalari hamda tibbiy punktlar boʻlishi kerak. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq holda tashkil etilishi lozim.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
95. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni tashkilotning umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
96. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
97. Tashkilot atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
98. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
99. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
101. Tayyorlov stollari mustahkam metalldan chidamli, yuzasi silliq va suv oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak
102. Stollarning balandligi 0,9 m va eni esa 0,6 m dan 1 m gacha boʻlishi lozim.
103. Elektr (gaz) plitalarining qizdiruvchi moslamasi tarqatiluvchi tarafga qarama-qarshi joylashtirilishi lozim. Qovurish shkaflariga bemalol oʻtish uchun ish stollari qulay joylashtirilishi kerak.
104. Ishlov vannalarining burchaklari oʻtkir boʻlmasligi, yuzasi silliq, kranlar yoki setkalar (toʻrlar) bilan taʼminlangan va suv ketuvchi teshiklarning metall probkalari boʻlishi zarur.
105. Vannaning balandligi 0,9 m, eni 0,55 m dan 0,8 m gacha va chuqurligi 0,44 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
106. Tayyorlash stollari, vannalari, shkaflari, javonlari, ichki-sex transport qurilmalari, shuningdek ishlov mebellari sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi lozim.
107. Metall idish-tovoqlarning (qozonlar, kostryullar, qayla tayyorlovchi idishlar) foydalanishga qulay boʻlishi uchun mustahkam boʻlishi, tutqichlari mustahkam oʻrnatilgan va qopqoqlari yaxshi yopiladigan boʻlishi kerak.
108. Sabzavotlarni mashinaga va vannaga yuklash uchun moʻljallangan idishlarning sigʻimi 10 kg dan oshmasligi kerak.
109. Oshpazlik pichoqlarining tutqichlari silliq va mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Pichoqlar doimo charxlanib turilishi hamda pichoqlar va charxlar maxsus joylarda saqlanishi lozim. Tutqichlarida himoyalovchi moslama boʻlmagan charxlardan foydalanish taqiqlanadi.
110. Taqsimlash taxtalari qattiq yogʻochlardan tayyorlanishi va yuzasi silliq boʻlishi lozim.
111. Idish-tovoqlarni yuvish va ularni ovqat qoldiqlaridan tozalash, shuningdek javonlarni tozalash uchun chyotkalar va yogʻoch qirgʻichlar boʻlishi kerak.
112. Kartoshka tozalovchi mashinalarning harakatlanishining oldini olish maqsadida zarur ishonchli himoyalangan boʻlishi va mashina pol sathidan balandligi 0,10 m boʻlgan beton toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
113. Kartoshka tozalash uchun ish joyi maxsus stol va tirsaklar tiraluvchi stul bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
114. Goʻsht va suyaklarni maydalash uchun moʻljallangan moslanmaning yuzasi silliq va tekis boʻlishi lozim. Moslanmaning balandligi 0,85 m dan oshmasligi lozim.
115. Maxsus ilgichlarda osilgan goʻshtlarni yuvish uchun sovuq suv shlangalari boʻlishi lozim. Maxsus ilgichlar shipga poldan 2 m balandlikda oʻrnatilishi kerak.
116. Muzlagan goʻsht va baliqqa muz erigandan soʻng ishlov berish lozim.
117. Parranda goʻshtiga ishlov berishda erituvchi lampalardan foydalanmaslik kerak.
118. Sabzavot va baliqlarni vannadan olish uchun maxsus choʻmichlar boʻlishi lozim.
119. Ovqat pishiriladigan qozonlar uchun mustahkam taglik oʻrnatilishi lozim.
120. Konserva bankalarni ochish uchun maxsus kalitlar yoki moslanmalar boʻlishi kerak. Bankalarni pichoq yoki boshqa oshpazlik asboblari bilan ochish taqiqlanadi.
121. Omborxonalar pastki qavatlarda joylashgan hollarda yuklarni tushirish uchun lyuk qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
122. Qabul maydonining balandligi 0,70 m dan 0,90 m gacha va yon devorlari esa 0,10 m boʻlishi lozim.
123. Omborxonalarda yuklarni koʻtaruvchi va yurgazuvchi mexanizmlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
124. Beton va gʻadir-budur pollarda ishlash uchun chetlari rezina bilan qoplangan zinapoyalar boʻlishi kerak. Yogʻoch va tuproq yotqizilgan pollarda ishlash uchun zinapoyalarning chetlari poʻlat nishlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
125. Zinani mustahkamlab boʻlmaydigan hollarda va silliq pollarda ishlaganda zinapoya boshida ishchi turishi kerak.
126. Yigʻiluvchi zinapoyalar chidamli va ishonchli mustahkamlagichlarga ega boʻlishi zarur.
127. Zinalar oʻrniga har xil tagliklardan foydalanish taqiqlanadi.
128. Qorongʻu tushganda yuk tashilayotgan joy yetarli darajada yoritilgan boʻlishi kerak.
129. Mashinalar yonida yoki maxsus ajratilgan joyda texnika xavfsizligi boʻyicha ogohlantiruvchi yozuv va plakatlar osib qoʻyilishi shart.
130. Jihoz va mashinalarga xizmat koʻrsatuvchi xodim ushbu jihoz va mashinalarning texnik xususiyatlari (ruxsat etilgan bosimi, tezligi) talablari va ulardan foydalanish va nazorat qilib turish boʻyicha zarur qoʻllanmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
131. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
132. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
133. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
134. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
135. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
136. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
137. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
138. Kollektordan chiqadigan suyuqlik miqdori va inersiya natijasida statik tok hosil boʻlishini hisobga olgan holda kollektor sim orqali yerga ulanishi kerak.
139. Ishlab chiqarish binolariga (omborxona, sex, laboratoriya, uchastka va boshqa) yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
140. Sexlarda (boʻlimlarda, omborxonalarda, ustaxonalarda, laboratoriyalarda va boshqa ish uchastkalarda) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha, shuningdek yongʻin oʻchirish anjomlarining soz holda boʻlishiga shu boʻlinmalarning boshliqlari yoki boshliq vazifasini bajaruvchi xodimlari masʼuldir.
141. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish binolari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
142. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda va ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
143. Qoʻlda yasalgan, avtomatika tizimi nosoz boʻlgan yoki yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan maishiy isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
144. Tashkilotlarda elektr qurilmalarni oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(144-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 20-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3691, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son)
145. Elektr energiyasidan foydalanishda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi kerak.
146. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
147. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar yonmaydigan qilib montaj qilinishi lozim.
148. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan va elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
149. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
150. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
151. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
152. Tok uzatilmaganligi sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
153. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
154. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
155. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
156. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
157. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
158. Tashkilotning barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
159. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
160. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Ovqat pishirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
161. Yangi loyihalangan va qayta qurilgan ovqat tayyorlash xonalaridagi qattiq yoqilgʻilarda ishlovchi plitalar alohida yoqish xonasida oʻrnatilishi, ovqat tayyorlash xonasidan esa toʻsiq bilan ajratilishi lozim.
162. Plitalar binoning yogʻochli devorlariga tegib turmasligi kerak. Yongʻinning oldini olish uchun toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim.
163. Kerosin, benzin va boshqa yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanish taqiqlanadi.
164. Yoqilgʻini xonadan tashqarida tayyorlash lozim.
165. Kul plita sovigandan soʻng (yoqishdan oldin) yigʻib olinishi kerak.
166. Qizitgich yoki plitani suv bilan sovutish taqiqlanadi.
167. Apparat ishlayotgan vaqtda qizitkich eshikchasi yopiq boʻlishi, havo kirgizuvchi jalyuzi ochiq boʻlishi, gazlarni chiqarib yuboruvchi shiber gazlar xonaga kirmaydigan qilib oʻrnatilishi lozim.
168. Shiber yoqilgʻisi toʻliq yonib boʻlmagunicha ochiq saqlanishi kerak.
169. Plita 2-3 oyda kamida bir marta tozalanishi lozim.
170. Yoqilgʻi (koʻmir va torf) uchun maxsus idish boʻlishi kerak.
5-§. Gazda pishirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
171. Soatiga 1,5 m3 va undan koʻp gaz sarflovchi gaz apparatlari alohida isitilgan soʻruvchi va tutun oʻtkazuvchi moslamaga ulangan boʻlishi lozim.
172. Har bir tutun oʻtkazuvchi moslamada yopiq shiberda gaz apparatining qizitish yuzasini doimiy shamollatib turish uchun teshikli oʻchiruvchi shiber (15 mm diametrdagi beshta teshik) boʻlishi zarur.
173. Har bir apparat oldidagi gaz yoʻlida kran boʻlishi shart.
174. Apparatni ishga tushirishdan oldin xonani va yonuvchi kamerani shamollatish lozim.
175. Xonani shamollatish uchun soʻruvchi ventilyatsiya yoqilishi, ventilyatsiya boʻlmasa deraza darchalari va eshiklari ochilishi kerak.
176. Yonuv kamerasini shamollatish uchun eshikchasi 10 minutga ochilishi, shiberni gaz oʻtkazuvchisi boʻlganda ochish va tutun soʻruvchi moslamani ishga tushirish kerak.
177. Gorelkani yondiruvchi moslamadan yoqish, yondiruvchi moslamasi boʻlmaganda koʻtarib yuriladigan yondiruvchi moslamadan foydalanish kerak.
178. Gorelka doimo kuzatib turilishi lozim.
179. Ishlab turgan apparatlarni qarovsiz qoldirmaslik kerak.
180. Gorelka oʻchib qolganda va yondirilgan vaqtda nozozlik aniqlansa gaz yopilib, zudlik bilan gaz ustasi chaqirilishi lozim.
181. Gorelkadagi olov yonayotganda uzib qoʻymaslik kerak.
182. Xavfsizlik avtomatikasi mutaxassis tomonidan muntazam ravishda tekshirib turilishi lozim.
183. Tartiblash avtomatikasi va xavfsizlik avtomatikasining saqlovchi klapani ishlamay qolgan taqdirda, gaz oʻchirilib, mexanik chaqirilishi lozim.
184. Gaz gorelkasi toza saqlanishi kerak.
185. Kontakt manometri va termometrining kaliti qurilmadan foydalanish boʻyicha javobgar shaxsda saqlanishi lozim. Kontakt manometri va termometrining strelkalarini zarur chegaraga oʻrnatish javobgar shaxs tomonidan amalga oshirilishi lozim.
186. Xavfsizlik avtomatikasi termomagnit klapani yondiruvchi sham oʻchgandan keyin 30-45 sekunddan soʻng ishlab ketishi lozim. Termomagnit klapan koʻrsatilgan vaqtda ishlamagan taqdirda, mutaxassis tomonidan sozlanishi zarur.
187. Gaz kommunikatsiyasi, apparatlari yoki avtomatikasida nosozliklar topilgan, shuningdek gaz hidi sezilgan taqdirda, zudlik bilan gaz ustasi chaqirilishi kerak.
188. Xonada gaz hidi sezilgan taqdirda, elektr chiroqlari, ventilyatorlar va boshqa elektr asboblarini oʻchirish va olov yoqmaslik kerak.
189. Ish tugatilgandan soʻng gorelkaning kranlari, umumiy gaz krani va shiber apparati yopilishi lozim va tashkilotda ish tamom boʻlgandan soʻng esa hisoblagich yonidagi umumiy gaz krani yopilishi kerak.
6-§. Bugʻda pishirishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
190. Apparat ishlayotgan vaqtda par bosimi muntazam ravishda manometrdan kuzatib turilishi lozim.
191. Bugʻ oʻtkazuvchi va kondensator quvurlari izolyatsiyalangan boʻlishi shart.
192. Bugʻda pishiruvchi apparaturaning qaytish yoʻllarida kondensatsion tuvaklar boʻlishi kerak.
193. Kondensatsion tuvaklarning ishlashi muntazam ravishda kuzatib turilishi zarur.
194. Yaroqsiz yoki saqlovchi armaturasi ishdan chiqqan apparatlarda ishlash taqiqlanadi.
7-§. Elektr isitishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
195. Elektr isitish apparati zavod nomi, apparat raqami, tok quvvati, pasporti, shuningdek undan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga ega boʻlishi lozim.
196. Apparatlar yerga ulangan va zaminlangan boʻlishi lozim.
197. Apparatni oʻrnatish va undan foydalanishda uning pasporti va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talablariga qatʼiy amal qilish zarur.
198. Yoquvchi moslamalar ish joyi yaqinida oʻrnatilishi lozim.
199. Elektr oʻtkazgich mexanik taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
200. Barcha kontaktlar mustahkam ulangan boʻlishi kerak.
201. Elektr tokini yoqishdan oldin qobiqda suv borligi tekshirib koʻrilishi zarur. Suv qozonning vertikal joylashgan holatida nazorat kranidan past toʻldirilmasligi kerak.
202. Elektr pishiruvchi apparat issiqlik ishlovi berilishi zarur boʻlgan mahsulotlar bilan toʻldirilgandan soʻng yoqiladi va olishdan 5-10 daqiqa oldin oʻchirilishi lozim.
203. Elektr pishirishda quyidagilar taqiqlanadi:
elektr apparatlarni tok quvvatidan oʻchirmagan holda qarovsiz qoldirish;
yoqilgan apparatlarni joyidan qoʻzgʻatish va yuvish;
elektr apparatlarga masʼul boʻlmagan shaxslar tomonidan sozlash va taʼmirlash.
204. Elektr pishirish apparatlariga elektr mexaniklar tomonidan texnik xizmat koʻrsatilishi kerak.
8-§. Elektr plitalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
205. Elektr plitaning yuzasi silliq va tekis boʻlishi lozim. Deformatsiyalangan yuzali plitadan foydalanish taqiqlanadi.
206. Elektr plitaning bortiq va tutqichlari boʻlishi hamda tutqichlar qizimaydigan boʻlishi kerak.
207. Tutqichlar elektr plita bortlaridan 10 sm masofada joylashgan boʻlishi kerak.
208. Qovurish shkaflari va qizitgich eshikchalarining tutqichlari izolyatsiyalangan boʻlishi lozim.
209. Elektr plitada ish boshlashdan oldin termoregulator va yoqish moslamalarining sozligi tekshirilishi lozim.
210. Elektr plita konforkalarini maksimal quvvatda burash va yoqish mumkin emas.
211. Elektr plitani qattiq qizdirib yubormaslik kerak.
212. Qizdirilgan elektr plitalarning yuzasi va konforkalar suv bilan sovutilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9-§. Qozonlar va avtoklavlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
213. Ovqat pishirish qozoni va avtoklavni par qopchasini toʻldirmasdan yoqish taqiqlanadi.
214. Ovqat pishirish qozonining qopqogʻini ochishdan oldin apparatga yuborilayotgan issiqlik kamaytirilishi lozim. Puflovchi moslamani yopib qizitgich eshikchasini ochish (koʻmirda ishlaganda), puflovchi moslamani yopib tortuvchi shiberni oxirigacha yopmaslik (oʻtinda ishlaganda) keyin klapan-turbinkani yogʻoch sterjen bilan halqasidan koʻtarib, qozondan parni chiqarish kerak.
215. Tandirsimon qozonlarning qopqoqlari bugʻni oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga tushiruvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
(215-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
216. Avtoklav qopqogʻi yopilayotgan vaqtda vintlarning bir tekis va zich tortilganligiga ahamiyat berilishi kerak.
217. Ishlab turgan avtoklavning qopqogʻini ochishdan oldin apparat sekin qaynash rejimiga (tartibiga) oʻtkazilishi yoki oʻchirilishi va qopqoqdagi par oʻtkazuvchi kran ochilishi lozim.
218. Avtoklavdagi bosim nolga tushganidan keyin, vintlar qarama-qarshi tartibda toʻliq boʻshatilgandan keyin ochilishi lozim. Vintlarni qayta burab qoʻyish bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi kerak.
219. Avtoklavlar qozonlarini muntazam ravishda tekshirib turilishi va ularning ishga yaroqliligi boʻyicha dalolatnoma tuzilishi lozim.
220. Avtoklavlar tashkilot tomonidan toʻrt oyda kamida bir marta tekshirib turilishi lozim. Tekshiruv natijalari jurnalda qayd etib borilishi kerak.
10-§. Suv qaynatishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
221. Suv qaynatuvchi uskunani ishga tushirishdan oldin uning suv bilan toʻldirilganligi, suvning bemalol kirishi taʼminlanganligi, klapanning yaxshi ishlashi, shuningdek issiq suvning chiqishidagi ventilning ochilganligi tekshirilishi lozim.
222. Suv qaynatuvchi moslamaga suv kelishi toʻxtab qolganda ishni zudlik bilan toʻxtatishi lozim.
223. Suv qaynatuvchi uskunadan qaynagan suvni muntazam ravishda olib turishi kerak.
224. Chelak va choynaklar kran tagidagi maxsus taglikka qoʻyilishi lozim.
225. Suv qaynatuvchi uskunalarning yaroqli holda ekanligi va mustahkam oʻrnatilgan tutqichlarga ega boʻlishiga eʼtibor berishi lozim.
226. Suv qaynatuvchi uskuna ishlayotgan vaqtda doimiy kuzatib turishi lozim.
227. Qattiq shovqin va zarblar paydo boʻlgan taqdirda, ish zudlik bilan toʻxtatilishi va usta chaqirilishi kerak.
228. Suv qaynatishda quyidagilar taqiqlanadi:
yaroqsiz suv qaynatuvchi uskunadan foydalanish;
suv qaynatuvchi moslamaning signal trubkasini ochish;
qaynagan suvni yigʻib olishda moslamaning kraniga chelakni ilib qoʻyish;
yaroqsiz kran (joʻmrak) va tutqichi boʻlmagan suv kaynatuvchi moslamalardan foydalanish.
11-§. Gazlangan ichimliklar tayyorlash va savdo qilishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
229. Karbonat angidridli gaz balon vertikal ravishda oʻrnatilishi hamda xomut, zanjir va boshqa vositalar yordamida mustahkam oʻrnatilishi lozim.
230. Balonning ventili yaxshi buralmasa yoki undan gaz chiqadigan boʻlsa, balonni uskunadan oʻchirish va uni almashtirish lozim.
231. Bino ichida oʻrnatilgan gaz balon isitish radiatoridan kamida 1 m, gaz plitasidan 1,5 m, pech va boshqa isitish manbalaridan esa 5 m masofada boʻlishi zarur.
232. Yoz mavsumida balon yorqin rangdagi mato bilan yopilishi va unga suv sepib sovutib turilishi lozim.
233. Zaxiradagi karbonat angidridli gaz balonlar salqin xonada, vertikal holatda va mahkam yopilgan holda saqlanishi kerak.
234. Karbonat angidridli va boʻshagan balonlar ehtiyotkorlik bilan kamida ikki kishi yordamida tashilishi, yuklanishi va almashtirilishi lozim.
235. Karbonat angidridli gaz balonni qabul qilishda balon saqlovchi klapanli ochib-yopish joʻmragi mustahkam yopilgan boʻlishi kerak.
236. Karbonat angidridli gaz balon bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
foydalanish muddati oʻtgan manometrli uskunada ishlash;
balonga va biriktirish gaykasiga zarba berish;
balon joʻmragi va reduktorning karbonat angidriddan muzlashiga yoʻl qoʻyish;
balonni issiq suv yordamida isitish;
ish tugagach, karbonat angidridli gaz balonning joʻmragini yopmagan holda qoldirish.
12-§. Saturatorli va pivo tarqatishda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
237. Saturatorning saqlovchi klapani nazorat qilinadigan boʻlishi va bosimi 30 GPa (3 ati) dan oshmasligi lozim.
238. Saturatordagi gaz doimiy ravishda chiqarib turilishi va belgilangan bosimdan oshib ketmasligi uchun manometr koʻrsatkichi doimiy kuzatib turilishi lozim.
239. Saturator ishlayotgan vaqtda manometr strelkasi ogohlantiruvchi qizil belgidan oʻtsa saqlovchi klapan ochilmasligi hamda ish darhol toʻxtatilishi va balon joʻmragi yopilishi kerak.
240. Pivo tarqatish uskunasining baloni, reduktori hamda saqlovchi klapani nazorat qilib turilishi va bosimi 0,1 MPa (1 ati) dan oshmasligi kerak.
13-§. Savdo avtomatlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
241. Savdo avtomatlarini mahkamlash va montaj qilish ishlab chiqaruvchi tomonidan avtomatga ilova qilingan foydalanish va tekshirish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
242. Avtomatning elektr taʼminoti uchun zarur boʻlgan 220 V va 380 V kuchlanishli oʻzgaruvchan tok elektr simi yerdan yoki devordan oʻtkazilgan poʻlat gaz quvurlari ichidan oʻtkazilishi kerak.
243. Har bir avtomatning elektr taʼminoti alohida guruhlarda boʻlingan holda elektr taxtasining har bir guruhi tegishli eruvchan kirgizma bilan taʼminlangan holda amalga oshirilishi zarur.
244. Elektr energiyasini isteʼmol qiluvchi avtomat oʻrnatilgan binoda yerga ulangan temir simli zaminlash konturi boʻlishi lozim.
245. Suv quvurining magistrali umumiy yopuvchi ventil bilan, shuningdek har bir ulangan joyida qoʻshimcha ventil bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Avtomatga quvur oʻtkazish yopiq holda (pol ostida) boʻlishi kerak.
246. Avtomatni koʻrikdan oʻtkazishdan oldin avtomatni elektr tarmogʻidan oʻchirilganligi tekshirilishi lozim. Mazkur ishlarni elektr tarmogʻidan uzmagan holda bajarish taqiqlanadi.
247. Bosim ostida ishlaydigan gidravlik yoki pnevmatik tizimi boʻlgan avtomatlarda salnikni qattiq siqish va rezbali birikmalarni qalinlashtirish taqiqlanadi.
248. Qaynoq ichimliklar savdosida avtomat rezervuariga quyishdan oldin maxsus tagliklardan foydalanish lozim. Stul, quti va boshqa buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
249. Qaynoq ichimliklarning hajmi 10 litrdan koʻp boʻlmagan idish boʻlishi lozim.
14-§. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va chiqindilarni saqlash va transportda tashishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
250. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni transport vositalarida tashishda yuk tashish qoidalariga rioya qilishlari lozim.
251. Birlamchi materiallar, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotning hajmi mazkur ishni bajaruvchi qurilmaning pasportida koʻrsatilgan oʻlchamlarga muvofiq boʻlishi kerak.
252. Omborxonada ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari javonlar oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
253. Omborxonaning devorlari boʻylab oʻralgan har bir javonda olti taxlamgacha boʻlgan miqdorda xom ashyo, yarim mahsulot va chala tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlarni saqlash lozim.
254. Mahsulotlarni joylashtirishda oraliq masofa quyidagicha boʻlishi lozim:
bino devoridan – 0,70 m;
isitish tizimidan – 0,20—0,50 m;
yoritish tizimidan – 0,50 m;
poldan – 0,15 – 0, 30 m.
255. Chiqindilarni inventarizatsiya qilish, shuningdek ularning turlari boʻyicha xavflilik darajasini belgilash lozim.
256. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
257. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
258. Ikkilamchi xom ashyolar tashkilotga infeksiyaga qarshi dorilangan va bogʻlamlarga oʻralgan holda qabul qilinishi kerak.
259. Ikkilamchi xom ashyo bogʻlamlarini yopiq omborxonalarda yoki qattiq qoplamali soyabonli maydonlarda saqlash lozim.
260. Ochiq saqlash maydonlari atrof hududiga nisbatan 0,2 m dan kam boʻlmagan holda baland va 0,5 m dan kam boʻlmagan holda yonmaydigan devor bilan oʻralgan boʻlishi kerak.
261. Ikkilamchi xom ashyo taxlamlari balandligi 5 m dan va har bir taxlam oʻlchami 0,25 x 0,15 m dan oshmasligi kerak.
262. Quti va qoplardagi yuklar omborxonada agʻanamaydigan va surilib ketmaydigan qilib ustma-ust taxlangan boʻlishi lozim. Qoʻlda taxlanganda uning balandligi 3 m dan, yuk koʻtarish mexanizmi yordamida taxlanganda esa 6 m dan oshmasligi lozim. Eng yuqoridagi qop bilan ship orasidagi masofa kamida 1 m boʻlishi lozim.
263. Chiqindilarni yigʻish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
264. Yuk saqlanadigan omborxona va maydonchalar hududining kirish joylarida transport vositalarning harakat yoʻnalishi hamda yuklarni ortish va tushirish joylari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
265. Omborxonalardagi belgilangan normadan ortiq boʻlgan yuklarni tashish va taxlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
IV bob. Asbob-uskunalarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Umumiy talablar
266. Mashinada ishlayotganda elektrodvigatelning reduktor korobkasi va podshipniklarning ustki qismi qizib ketmasligi nazorat qilib turilishi kerak.
267. Mashina ishlayotganda tezlikni oʻzgartirishga faqat tekis tezlik regulatorlari boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi, boshqa hollarda mashina toʻxtatilgandan keyin tezlikni toʻxtatish lozim. Ishlayotgan mashinalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
268. Mashina va mexanizmlar ishlamayotganda oʻchirilgan boʻlishi zarur.
269. Mashina toʻxtab qolganda yoki shikastlanganda harakatlantiruvchi qism zudlik bilan toʻxtatilishi kerak.
270. Mashina yoʻriqnomasida nazarda tutilmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
271. Mashinani tozalash, tartibga keltirish va taʼmirlash ishlari mashina toʻliq toʻxtagandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
2-§. Kartoshka tozalovchi mashinalarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
272. Kartoshka tozalovchi va mashinada yuklovchining voronkasiz ishlashi taqiqlanadi.
273. Mashina ishlayotganda qoʻlni ish kamerasiga tiqmaslik kerak.
274. Tiqilib qolgan kartoshkalar mashina toʻliq toʻxtatilgandan soʻng olinishi kerak.
275. Qiruvchi diskni oʻrnatish va yechib olish uchun maxsus ilgaklar boʻlishi lozim.
3-§. Sabzavot kesuvchi mashinalarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
276. Mahsulotni bunker ichiga itarishda (kirgizishda) yogʻoch itargichlar va lopatkalardan foydalanilishi lozim.
277. Mahsulot tiqilib qolgan taqdirda, harakatlanuvchi qism toʻxtatilib, yuklovchi qurilma yechiladi va tiqilgan mahsulot olib tashlanishi lozim.
278. Harakatlanuvchi qism toʻliq toʻxtamagunga qadar mashinani ochish, diskini yechish va pichoqlarini almashtirish taqiqlanadi.
279. Kolodkani oʻrnatishdan oldin pichoq va taroqlar mustahkam oʻrnatilganligi tekshirilishi lozim.
4-§. Maydalovchi mashinalarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
280. Maydalovchi mashinani ishga tushirishdan oldin pichoqlarning mahkamlanganligi tekshirilishi va chiqib turgan vintlar esa burab qoʻyilishi lozim.
281. Mahsulotni yuklash oʻrnatilgan ortish bunkerida amalga oshirilishi zarur.
282. Toʻsiq bilan ajratilmagan mashina oldida ishlash va elektrodvigatel toʻxtamagunga qadar toʻsiqni ochish taqiqlanadi.
283. Mahsulotni mashina ishlayotgan vaqtda qoʻl bilan itarish taqiqlanadi.
284. Diskni koʻtarishdan oldin mashinaning ustki qismini mahkamlovchi boltalarning mustahkamligi tekshirilishi zarur.
285. Disk koʻtarilganda qoʻlni uning tagiga kiritish taqiqlanadi.
5-§. Lentasimon va aylanma (diskli) arralarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
286. Arra uzilib ketmasligi uchun uni ortiqcha tortmaslik, shuningdek arra tishlari zich joylashgan boʻlishi kerak.
287. Arra harakati tepadan pastga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
288. Yuqori yoʻnaltiruvchi arra kesiladigan mahsulot qalinligiga qarab minimal balandlikka oʻrnatilishi lozim.
289. Mashina korpusining eshigi ish vaqtida doimo yopiq holatda boʻlishi kerak.
290. Qoʻlni arra diskidan 0,10 m uzoqlikda saqlash lozim. Bunda koʻylak yenglari qadalgan boʻlishi kerak.
291. Mahsulotlar arraga ortiqcha harakatlarsiz bir tekisda berilishi lozim.
6-§. Goʻsht maydalovchi mashinalarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
292. Goʻsht maydalagich korpusi reduktorning patrubkasiga mahkam oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
293. Barmoqlar goʻsht maydalagich ogʻzidagi harakat qismlariga kirib ketmasligi uchun ortish teshiklarining diametri 45 mm boʻlganda saqlovchi halqa oʻrnatishi lozim.
294. Yuklash teshiklariga goʻshtni itarish uchun yogʻoch itargichlardan foydalanish zarur.
295. Kesuvchi asbobning shnekini ish kamerasidan olish uchun maxsus ilgichlardan foydalanish kerak.
7-§. Qiyma aralashtirgichda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
296. Ortish voronkasida saqlovchi toʻsiq boʻlmagan mashinada ishlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
297. Mahsulotni ish kamerasiga itarib kiritish, shuningdek mashina ishlayotgan vaqtda qiymani tushirish oynasidan qoʻl bilan olish taqiqlanadi.
8-§. Xamir qoruvchi mashinalarda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
298. Xamir qoruvchi toʻsiq bilan ajratilmagan mashinada yoki koʻtarilgan toʻsiq bilan ishlash taqiqlanadi.
299. Mashinani ishga tushirishdan oldin almashtiriluvchi qoruvchi moslamaning platformaga mahkam oʻrnatilganligi tekshirilishi lozim.
mashinani toʻxtatmay turib, tiqilib qolgan non boʻlaklarini olish.
316. Non boʻlaklarini disk pichogʻidan maxsus moslama bilan olish kerak.
317. Kesuvchi diskni charxlaganda maxsus charxlovchi asbobdan foydalanish lozim.
318. Pichoq diski stopor bilan mahkam oʻrnatilishi, disk tutqich orqali aylantirilishi va bunda stopor oʻchirilgan boʻlishi kerak.
13-§. Kolbasa va dudlangan goʻsht kesgichda ishlashda qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
319. Kolbasa va dudlangan goʻsht kesgichda kesuvchi asbobning ustini berkitmasdan ishlash kerak.
320. Disk pichogʻini mahsulot qoldiqlaridan tozalash uchun yogʻoch qirgʻichlar bilan tozalash va bunda mahsulot mahkam oʻrnatilishi kerak.
321. Mahsulot qoʻlda karetka orqali bir tekisda yuborilishi lozim.
V bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
322. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi kerak.
323. Tashkilot tomonidan asbob-uskunalarning zarur texnik holatini saqlab turish uchun xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanishi, rejali-profilaktik taʼmirlash qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlari sifatining yaxshilanishi boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozim.
324. Asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi lozim.
325. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazish muddati tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan yillik rejali-taʼmirlash jadvaliga asosan belgilanadi.
326. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda ishlarning bajarilishi texnologik ketma-ketlikda koʻrsatilishi kerak. Bunda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar turlari;
taʼmirlangan mahsulotlar va ular qismlarining texnik talablarga javob berishi.
327. Taʼmirlash jihozlari va uskunalari ishlash uchun qulay joylashtirilishi, ish holatida oson oʻrnatilib, yechilishi lozim.
328. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan va u yerda xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
329. Taʼmirlashda ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni toʻsib qoʻymaslik kerak.
330. Quvursimon pechni taʼmirlashdan oldin uning quvurlari inert gazi va suv bugʻi bilan tozalanishi kerak.
331. Kompressorni qismlarga ajratish va ichini ochish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazish uchun uni boshqa texnologik quvur oʻtkazgichlardan uzib qoʻyish lozim.
332. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha chetiga qoʻyish yoki yerga tashlash taqiqlanadi.
333. Barcha taʼmirlash ishlari masʼul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
334. Yoritish uchun mashʼala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
335. Elektr uskunalar va jihozlar taʼmirlangandan soʻng, tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimi, kasaba uyushmasi vakili va bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ishga tushirilishi lozim.
(335-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
336. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi blokirovka moslamalari oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
337. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
338. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish Qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(338-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoida
339. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 8-may
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 8-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 8-may
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 8-may
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 8-may
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 8-may
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. KURBONOV
2013-yil 8-may
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisi A. SALIMOV
2013-yil 8-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 295-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3691/0928-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)