toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 1-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2454]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 1-aprel,
20-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-apreldagi 20-B son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi-talabalarini o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalar o‘quvchi-talabalarning o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) taalluqlidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ta’lim tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
II bob. Xavfsizlikka qo‘yiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ta’lim tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ta’lim tashkilotlarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ta’lim tashkilotining mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita ta’lim tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ta’lim tashkiloti xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda ta’lim tashkiloti xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash ta’lim tashkiloti rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
3-§. Amaliyot davrida o‘quvchi-talabalarning mehnatini tashkil etish
14. O‘quvchi-talabalar mehnatidan foydalanilganda ularning sog‘lig‘i, xavfsizligi va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnat sharoiti bo‘lgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
15. O‘quvchi-talabalarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ta’lim tashkilotlaridagi o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan ustaxonalarida olib borilishi lozim.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
17. O‘quvchi-talabalarning ish joylari zararli faktorlardan ajratilgan holda tashkil qilinishi kerak.
18. Yuklarni tashish bilan bog‘liq ishlar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar ko‘tarishlari va tashishlari mumkin bo‘lgan og‘ir yuk normalarining chegarasini belgilash to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1954, 2009-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 19-20-son, 242-modda) muvofiq olib borilishi kerak.
19. O‘quvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bo‘lishi lozim.
20. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida, laboratoriyalarda, issiqlik, chang, kimyoviy moddalar ta’siri kuchli bo‘lgan (charxlovchi, o‘yuvchi, silliqlovchi, elektropayvand ishlari va boshqalar) joylarda SanQvaM 0145-03 “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini joylashuvi, tuzilishi va o‘qish jarayonini tashkillashtirishga oid sanitariya qoidalar” talablariga asosan havo almashinishi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
21. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qo‘llarni yuvish uchun issiq va sovuq suv, sovun, maxsus eritmalar hamda qo‘llarini quritishi uchun sochiq yoki elektr quritgich bo‘lishi lozim.
4-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ta’lim tashkilotlari GOST 17.2.3.02 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari, salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
23. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
5-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ta’lim tashkiloti o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 05-2026/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3799, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)
27. O‘ta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ta’lim tashkiloti rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
6-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
29. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
30. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va ta’lim tashkilotini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
32. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
33. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ta’lim tashkilotida quyidagilar ta’minlanishi shart:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
35. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
36. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul ta’minlanishi lozim.
7-§. Kasbiy tanlov
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ta’lim tashkilotlarida tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. O‘qituvchilar, ta’lim tashkilotlarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
39. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
40. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 49-2019-B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2454-1, 08.01.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son)
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ta’lim tashkilotlarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Ta’lim tashkiloti rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy (mehnat faoliyati davomida) va dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Majburiy tibbiy ko‘riklar ta’lim tashkilotlariga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa ta’lim tashkiloti joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ta’lim tashkiloti majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ishdan chetlashtirishi shart.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik ta’lim tashkiloti rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
47. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
48. Ta’lim tashkilotining hududi va ish xonalarining harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq bo‘lishi kerak.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Ta’lim tashkilotining ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug‘ligi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorug‘lik kuchini ta’minlashi;
(49-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
xonalarda yoritish asboblari chang to‘planishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega bo‘lishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq bo‘lishi.
50. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qo‘yiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Ta’lim tashkiloti maydonlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
(2-bobning 10-paragrafi nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ta’lim tashkiloti maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos bo‘lishi kerak.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Ta’lim tashkiloti maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ta’lim tashkiloti maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
55. Yoz mavsumida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
56. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Ta’lim tashkiloti hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
58. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ta’lim tashkiloti joylashgan maydon butun chegara bo‘ylab to‘silgan bo‘lishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan bo‘lishi lozim.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
11-§. Bino va inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
60. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
61. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
62. Muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq o‘tkazuvchi pollarida (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
63. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi chiqindilar va changlardan oson tozalanadigan bo‘lishi kerak.
64. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
65. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
66. Ta’lim tashkilotlarida binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Binolar bir yilda bir marta ta’lim tashkiloti rahbari tasdiqlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
68. Xodimlar va o‘quvchi-talabalar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va o‘quvchi-talabalar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
69. Kirish va chiqish yo‘llari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yo‘llarining barcha eshiklari binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
70. Ta’lim tashkilotining ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yong‘indan xabar beruvchi va yong‘inlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
71. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
72. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
73. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmaslik lozim.
74. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, o‘rtacha og‘ir ishda 17º S va og‘ir ishda 16º S dan past bo‘lmasligi kerak.
75. Xodimlarning isinishi uchun xonalardagi harorat 22º S dan kam bo‘lmasligi kerak.
76. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
13-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ish joylarida, xonalarda va ta’lim tashkiloti hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
78. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lsa, uni pasaytirish uchun quyidagi ishlar qo‘llanilishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
79. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, eshitish a’zolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(14-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
80. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos bo‘lishi kerak.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
81. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar, suv quvurlari bo‘lmaganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
82. Ichimlik suvining harorati 8º S dan 20º S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Ta’lim tashkiloti hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Ta’lim tashkilotida oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda ta’lim tashkilotida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
15-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
85. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
86. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
87. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘ymaslik lozim.
88. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
89. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalarida portlash bo‘yicha xavfli gaz konsentratsiyasi yig‘ilib qolishi ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida o‘rnatilishi kerak.
90. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
91. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi kerak.
92. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
93. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
94. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
16-§. Maishiy imoratlarga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
95. Ta’lim tashkilotlari maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
(95-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
96. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni ta’lim tashkilotlarining umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
97. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
98. Ta’lim tashkiloti atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
99. Ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
(99-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
100. Ta’lim tashkilotlarida chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi va ushbu idishlar bo‘shatilgandan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
18-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
101. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III bob. Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyot xonalarida bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlarga) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
1-§. Umumiy talablar
102. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
103. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
104. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm to‘xtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning to‘xtashi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.
105. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug‘lik signallari bo‘lishi kerak. Signal elementlari (elektr qo‘ng‘iroq va o‘chib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bo‘lishi lozim.
Liniyani to‘xtatgandan so‘ng, ovozli va yorug‘lik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
106. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
107. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
108. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi.
109. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
110. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
111. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
112. Yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak.
113. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
114. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
115. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
116. O‘qituvchi va o‘quvchi-talabalar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi hamda ularga yong‘inning oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak.
117. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish xonalari, omborxona va yordamchi binolarning ko‘rinarli joylarida yong‘in xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari bo‘lishi kerak.
118. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari o‘rnatilgan xonalarning eshiklari yong‘inga chidamli qilib ishlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
119. Ta’lim tashkiloti binolarining har bir qavatida yong‘in sodir bo‘lganida xodimlarni, o‘quvchi-talabalarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi o‘rnatilishi shart. Chizmada xonalar, yo‘laklar, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va o‘quvchi-talabalarning favqulodda holatda zaxira chiqish yo‘llaridan harakat qilish yo‘nalishlari ko‘rsatilishi lozim.
(119-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
120. Binoda quyidagilar taqiqlanadi:
yerto‘lada yonuvchi suyuqliklar, gaz sig‘imlari, portlash xavfi bo‘lgan moddalarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralar va boshqa texnik xonalarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yo‘llari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, bo‘yash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yog‘och panellar bilan bezash hamda turli qo‘shimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblar, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmog‘iga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni texnik yo‘riqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish.
121. Yong‘in o‘chirish vositalaridan xo‘jalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
122. Ta’lim tashkiloti binolarida o‘rnatilgan ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari suv tarmog‘iga ulangan bo‘lib, maxsus yong‘in qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Yeng va dastaklar yong‘in o‘chirish ichki jumragiga ulab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
(122-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
123. Yong‘inga qarshi suv havzalari doimo soz holatda, ichidagi suv hajmi yong‘inni o‘chirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
124. Ta’lim tashkilotlarida elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
125. Elektr energiyasidan foydalanishda ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodim tayinlangan bo‘lishi va bu xodim elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
(125-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
126. Elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega bo‘lishi talab etiladi. Mas’ul xodim davriy ravishda va o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha ta’lim tashkilotida tuzilgan komissiyada bilim sinovidan o‘tishi shart.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
127. Elektr toki o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
128. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart.
129. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
130. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
131. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
132. Tok uzatilmagani sababli uskuna to‘xtatilgan hollarda elektr dvigatellar o‘chirilishi kerak.
133. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
134. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
135. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
136. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim.
137. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va yerga ulangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
138. Ta’lim tashkilotining barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
139. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
140. Momaqaldiroq vaqtida elektr o‘lchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Qurilish (turlari bo‘yicha) tayyorlov yo‘nalishi kasblari amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
141. Dastakli asboblar (arra, bolta, tesha, iskana, randa, ombir, ochqich, belkurak, egov, lom, andava va boshqalar) soz holda dastasi butun va mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
142. Amaliyot vaqtida ishlatiladigan asboblar foydalanishga yaroqli, kesuvchi qismlari maxsus tekshiruv va sinashdan o‘tgan, charx dastgohlari muhofaza soyabonlari va muhofaza ekranlari bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
143. Mexanizatsiyalashtirilgan har qanday asbobni oddiy va ikki oyoqli narvonlarda turib ishlash taqiqlanadi. Elektr tarmog‘iga yoki siqilgan havo tarmog‘iga ulangan mexanizatsiyalashtirilgan asbobni nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
144. Har bir mexanizatsiyalashtirilgan jihozga xavfsizlik texnikasi talablari, eng ko‘p yuklama va tezligi, qo‘shimcha bajarishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar va signallar tizimiiga oid ma’lumotlarni yo‘riqnoma tarzida yozib qo‘yilishi kerak.
145. Beton qorishmasini tayyorlash, yotqizish va zichlash ishlarini bajarishda amaldagi me’yorlarga muvofiq o‘quvchi-talabalarga maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
146. Suvoq ishlarini bajarayotganda suvoqchi ohak yoki qorishma zarralaridan ko‘zini asrashi lozim. Qorishma tarkibida organizmga zararli ta’sir etuvchi omillar bo‘lsa, o‘quvchi-talabalar ulardan muhofazalanish uchun doimo qo‘lqop va boshqa shaxsiy himoyalanish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
147. Bino ichida pardozlash ishlarini bajarayotganda o‘quvchi-talabalarga bo‘yoqdan chiqadigan kimyoviy va zaharli moddalarning hidlaridan himoyalanish uchun ular respirator, ko‘zoynak va zarur hollarda protivogazlar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
148. Dastgohning kesish asboblari va harakatlanuvchi qismlarini qo‘lda yoki biror bir buyum bilan to‘xtatish taqiqlanadi.
149. Dastgohni boshqarish qismlari (bosish tugmalari, richaglar, dastalar) poldan 0,8-1,2 m baland joylashishi va dastgohchidan uzog‘i bilan 0,6 m masofada unga qo‘l bemalol kiradigan bo‘lishi kerak. Ularning tasodifan ishga tushish holatlaridan oldi olingan bo‘lishi shart.
150. Dastgoh ishlab turganda uni tuzatish, tozalash va moylash taqiqlanadi.
5-§. To‘qimachilik sanoati va yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi tayyorlov yo‘nalishlari kasblari amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
151. Asosiy mehnat operatsiyalarining bajarilishi ko‘rish, eshitish va harakat analizatorlarining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib, tik holatda uzoq turishni va diqqatni talab etadi.
152. Zararli faktorlar o‘quvchi-talabalar organizmiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida mashg‘ulotlarni havo tortgichlari mavjud bo‘lgan ustaxonalarda o‘tkazish lozim.
153. Ish o‘rinlarida zararli faktorlarning miqdori belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
6-§. Oziq-ovqat texnologiyasi (turlari bo‘yicha) tayyorlov yo‘nalishi kasblari amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
154. Ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish maxsus xonalar (sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
(154-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
155. Zararli faktorlar o‘quvchi-talabalar organizmiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida mashg‘ulotlarni havo tortgichlari mavjud bo‘lgan ustaxonalarda o‘tkazish lozim.
156. O‘quvchi-talabalarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bo‘lishi lozim.
157. Texnologik jihozlarning joylashuvi (o‘rnatishda) oralig‘i kamida 1 m dan, alohida jihozlar oralig‘i esa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
158. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti xonalarining mikroiqlimi GOST 12.1.005-76 “Ish zonasi mikroiqlimi” talablariga asosan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
159. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarda qatnashuvchi muhandis-pedagog, o‘quvchi-talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
7-§. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi kasblari amaliyotlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
160. Ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan maxsus xonalar (kichik texnologik sexlar)da, texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
(160-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
161. O‘quvchi-talabalarning amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan laboratoriya-amaliyot xonasi mexanik shamollatish tizimiga ega bo‘lgan, yilning sovuq kunlarida harorat 14 º S dan past bo‘lmagan alohida binoda joylashtirilishi lozim.
162. Qishloq xo‘jalik mavsumiy ish davrida ishlab chiqarish amaliyoti ikki smenada tashkil qilinishi, bunda har bir agregatga ikkita o‘quvchi-talaba biriktiriladi va ish vaqti bir smenada olti soatdan oshmasligi kerak.
163. Fermer xo‘jaliklarida o‘quvchi-talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti guruhlarga ajratilgan hollarda ish joyi va texnika bilan ta’minlangan sharoitda tashkil qilinishi va ular bilan doimiy ravishda ishlab chiqarish ustasi shug‘ullanishi shart.
8-§. Metallarga ishlov berish mexanigi kasbi amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
164. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, sex va bo‘limlarda dastgohlardan foydalanishda past bo‘yli o‘quvchi-talabalar uchun bo‘yiga mos holda balandligi kamida 5–15 sm bo‘lgan oyoq ostiga qo‘yish uchun taglik bo‘lishi lozim.
165. Dastgohlarni joylashtirishda o‘tish joyining qulayligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi, dastgohlar orasidagi masofa 0,8 m dan va qatorlar orasidagi masofa esa 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
166. Ishlov beriladigan detallarning og‘irligi 8 kg dan va moslamalarning og‘irligi 20 kg dan ortiq bo‘lganda maxsus yuk ko‘taruvchi moslamalardan foydalanish kerak.
167. Metallarga sovuq holda ishlov berishda moylash-sovutish suyuqliklari qo‘llanganda o‘quvchi-talabalarning mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
moylash-sovutish suyuqliklari sachrashini oldini olish, dastgoh, ishlov beriluvchi detallardan va ishchi asboblardan oqib tushishidan himoyalanish uchun dastgohlar ekran, shit va boshqa moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi;
dastgohlarni tozalash materiallari yuvilgan va dezinfeksiyalangan bo‘lishi va undan o‘quvchi-talabalar qo‘llarini artmasliklari;
qo‘lni mineral moylardan tozalashda organik erituvchilardan foydalanmaslik;
moylash-sovutish suyuqliklari ta’sirida terining yallig‘lanishini oldini olish maqsadida ruxsat etilgan yuvuvchi vositalardan foydalanish;
ishdan so‘ng ustki va ichki kiyimlarni almashtirish, dush qabul qilish va ish kiyimlarida uyga ketmasliklari.
9-§. Elektronika va radiotexnika tayyorlov yo‘nalishi amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
168. Ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan jihozlangan ustaxonalarda olib borilishi kerak.
(168-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
169. Ish joyini toza tutish maqsadida qotishma va kanifollar maxsus idishlarga solinishi kerak.
170. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotida o‘quvchi-talabalarning har biri maxsus ish stoli bilan ta’minlanishi lozim.
10-§. Kimyoviy texnologiya, neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlari amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
171. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotlarida o‘quvchi-talabalar quyidagi zararli kimyoviy moddalar bilan ishlashi taqiqlanadi:
1-toifaga tegishli (o‘ta xavfli) moddalar;
konserogen moddalar (anil bo‘yoqlari, ba’zi metallar – xrom, nikel, ular birikmalari, benzol, vinilxlorid va boshqalar);
komulyativ moddalar (simob, qo‘rg‘oshin va boshqalar);
uzoq vaqt ishlash natijasida mutagen, embriotrop, gonadotrop va teratogen ta’sirini keltirib chiqaradigan moddalar (benzol va uning gomologi, mishyak, xloropren va boshqalar);
teri va shilliq pardaga salbiy ta’sir etuvchi va o‘tkir hidli moddalar (merkaptanlar, akrolein, atsetaldegid va boshqalar);
allergiyani qo‘zg‘atuvchi moddalar (ursol, nitro va nitrozo aralashmalari va boshqalar) bilan ishlashi.
172. Diplom oldi amaliyoti chog‘ida ish hajmi quyidagicha olib borilishi lozim:
birinchi oyda konveyrda ishlaganda ish (normasi) me’yori kattalarnikidan 75-80 foizdan kam bo‘lishi;
tungi smenadagi ishdan ozod etilishi.
173. Ish joylarining havosini yangilashni nazorat qilib turish lozim.
174. Ishlab chiqarish amaliyotida o‘quvchi-talabalar turli ta’mirlash ishlarida ishtirok etishi va gaz portlashi xavfi bor joylarda ishlashi taqiqlanadi.
11-§. Konchilik ishi tayyorlov yo‘nalishi kasblari amaliyotiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
175. Ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi-talabalarni o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan hamda texnologik jihozlar bilan ta’minlangan ustaxonalarda hamda o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish shaxta poligonlarida olib borilishi kerak.
(175-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
176. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida ish beruvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari tomonidan o‘quvchi-talabalarning organizmi ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘nikishlarini ta’minlashlari lozim.
177. Ishlab chiqarish amaliyotining birinchi oyida o‘quvchi-talabalarning ishlash me’yori, ishchining ishlash me’yorining 60 foizini tashkil etishi, bunda bitta ishchi o‘rniga ikkita o‘quvchi-talaba joylashtirilishi lozim.
178. Shaxtalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchi-talabalar shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim va maxsus poyabzal bilan ta’minlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
IV bob. Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalardagi jihozlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
179. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qo‘llaniladigan texnika, mexanizm va uskunalarning konstruksiyasi va texnik holati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
mashina va mexanizmlarning turli tizim va qismlarining texnik holati uni ishlab chiqargan zavod tomonidan qo‘yilgan texnik ko‘rsatkichlariga va ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilgan texnikaviy tavsiflar talablariga to‘la mos kelishi;
mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi hamda aylanuvchi qismlari (kardan, zanjirli, tasmali, tishli uzatmalari va boshqalar) va boshqa xavfli zonalari xavfsizlikni ta’minlaydigan himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi;
mashina va mexanizmlardagi xavfli zonalar to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuv va belgilarning bo‘lishi.
180. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida barcha mashina va mexanizmlarda, ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasida berilgan ro‘yxatga asosan, soz va to‘plamdagi asbob-uskunalar to‘liq bo‘lishi shart.
181. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida mashina va mexanizmlarning konstruksiyasiga ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomasida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha jihozlar, ishchi qismlar va boshqa o‘zgartirishlar kiritilishi taqiqlanadi.
182. Chilangarlik ishlarida xavfsizlikni ta’minlashda asbob-uskunalarni to‘g‘ri tanlash, texnik holati soz va ularni ishlatish qoidalariga amal qilish lozim.
183. Zarb beriladigan asboblar (zubilo, teshib o‘tgich, kern va boshqalar) yoriqlarsiz, g‘adir-budurlarsiz, parchinlab ulangan joylarisiz tekis qismga ega va qiyshaymagan bo‘lishi kerak. Ularning ishlatiladigan uchlari shikastlangan bo‘lmasligi kerak.
184. Zubilo 150 mm dan kalta bo‘lmasligi, uning tortilgan qismining uzunligi 60–70 mm bo‘lishi kerak. Zubiloning o‘tkir uchi 65°–70° burchak ostida charxlangan, kesuvchi qirrasi to‘g‘ri yoki salgina do‘ngroq chiziq ko‘rinishida bo‘lishi, shuningdek qo‘l bilan ushlanadigan joydagi yon chekkalarida o‘tkir qirralar bo‘lmasligi kerak.
185. Chilangarlik bolg‘alari va boshqa zarb beriladigan asboblarning dastalari qattiq va qayishqoq (qizil, qora qayin, yong‘oq, grab, qayin va boshqalar), ko‘z va buralmalarsiz, silliq yuzali quruq yog‘ochdan yasalgan va po‘lat ponalar bilan ponalangan bo‘lishi kerak. Yumshoq va yirik qatlamli daraxt turlari (archa, qarag‘ay va boshqalar)dan yasalgan dastalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dastalar to‘g‘ri bo‘lishi ko‘ndalang kesimida esa oval shaklga ega bo‘lishi kerak.
186. Yog‘och dastalarni kiydiriladigan o‘tkir uchlari bo‘lgan egov, shaber va boshqa asboblarni dastasiz ishlatish taqiqlanadi. Dasta darz ketmagan va silliq bo‘lishi, uning bo‘yni metall halqalar bilan mahkamlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
187. Metallarni asboblarda kesishda himoya kuzoynaglaridan foydalanish kerak.
188. Verstakga teshikning diametri 3 mm dan katta bo‘lmagan va balandligi 800 mm bo‘lgan himoya to‘ri qo‘yilishi lozim.
189. Barcha qo‘zg‘almas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod ko‘rsatmasiga binoan mustahkam asoslarga yoki poydevorlarga o‘rnatilishi lozim.
190. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) to‘silgan bo‘lishi kerak.
191. To‘siqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan bo‘lishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va o‘tkir burchaklari bo‘lmasligi kerak. Og‘irligi 5 kg dan ortiq bo‘lgan to‘siqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega bo‘lishi kerak.
192. O‘zidan chang va har xil qirindilar chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni so‘rib oluvchi moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
193. Qayta ishlov beruvchi asbobni kesuvchi qismining (arra pichoq, freza va boshqalar) hududida blokirovka qilingan qo‘zg‘almas to‘siq bo‘lishi lozim.
194. Arralovchi ramaga 70 mm dan kichik kenglikdagi arra qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi. Disk arralarining va arra polotnosining yon tomondagi yuzasi tekis va yoriqsiz bo‘lishi lozim.
195. Ko‘p shpindelli parmalash dastgohlarida parmaning to‘siqlaridan asbobning ishchi qismi ko‘rinadigan bo‘lishi lozim.
196. Uzatish mexanizmlarini yuboruvchi qismlari (zanjirlar, itaruvchi tirgovichlar, gusenitsalar, ushlab oluvchilar, siquvchilar va boshqalar) ishonchli ushlab qolish va siqishni ta’minlashi kerak.
197. Frezer, fugoval, lentali arra, dumaloq arra, murakkab va boshqa yog‘ochga qayta ishlov beruvchi dastgohlari mexanik uzatkichga ega bo‘lmasa, avto uzatuvchi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
198. Dastgohni harakatlanuvchi qismlari (karetka, aravacha, salazka, ramka, stolni supporti) belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun unda tirgovuchlari yoki harakatini chegaralovchi o‘chirgichlari bo‘lishi lozim.
199. Ishlab chiqarish xonalarida va ish joylarida ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirilishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavf tug‘dirmaydigan bo‘lishi lozim.
200. Yog‘och va metallga ishlov berish ustaxonasida sun’iy yoritilganlik darajasi lyuminessent lampa – 300 lk, cho‘g‘lanma lampa – 200 lk, tikuvchilik ustaxonasida lyuminessent lampa – 400 lk, cho‘g‘lanma lampa – 300 lk bo‘lishi lozim.
V bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
201. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi ta’lim tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
202. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(202-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
203. Ta’lim tashkilotlarining o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim markazi va “O‘zstandart” agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
(203-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 14-martdagi 5-2029/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2454-2, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son)
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 25-mart
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 25-mart
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 25-mart
Oliy o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIYEV
2013-yil 25-mart
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
2013-yil 25-mart
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 25-mart
O‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim markazi direktori J. ISMAILOV
2013-yil 25-mart
“O‘zstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2013-yil 25-mart
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2013-yil 25-mart
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2013-yil 25-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 18-son, 237-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2454-1/0029-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 08.04.2025-y., 10/25/2454-2/0310-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 30.03.2026-y., 10/26/3799/0289-son)