1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.02 (Кучини йукотган) Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2449]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 19 va 2019-12-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2449-1, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2134, 2010-y., 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 284-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-son “Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori ( raqami 2134-1, 2011-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 355-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori ( raqami 2134-2, 2012-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 112-modda).
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-fevral,
2013-10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-son qaroriga ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
1. Chakana savdo korxonalari YSTni qonun hujjatlariga muvofiq, lekin aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar. Bunda chakana savdo korxonalari deganda, hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar tushuniladi.
2. Mazkur Nizom:
hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarning chakana savdosi boʻlgan;
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
II bob. YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblash va toʻlash
3. Toʻlovchilar YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan YST summasini aniqlash uchun:
YSTning eng kam miqdori;
YSTning hisob-kitob summasi;
YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasini hisoblab chiqaradilar.
4. YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan stavka boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib aniqlanadi hamda hisobot choragidagi qatʼiy belgilangan soliq summalarini qoʻshish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.
5. Hisoblangan YST summasini YSTning eng kam miqdori bilan solishtirish uchun YSTning hisob-kitob summasi butun chakana savdo korxonasi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovining maʼlumotnoma-hisob-kitobi (bundan buyon matnda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
HSyast = SSYaT x S, bunda:
HSyast — YSTning hisob-kitob summasi;
SSYaT — YST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YST hisob-kitobining “040”-satri maʼlumotlari asosida);
S — YSTning oʻrnatilgan stavkasi.
6. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdori summasidan kam boʻlsa, YST qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori summasining YSTning hisob-kitob summasidan ortgan qismi YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YST summasiga qoʻshimcha hisoblanadi.
Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga teng yoki undan ortiq boʻlsa, unda YST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YST Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, yaʼni YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2013-yilning birinchi choragi uchun YSTni 4% stavka boʻyicha hisoblayotgan boʻlsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YSTning hisob-kitob summasi va YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblab chiqarilgan YST summasi bir-biriga teng boʻladi. Agar mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoridan, yaʼni 2013-yilning birinchi choragi uchun eng kam ish haqining (bundan buyon matnda EKIH deb yuritiladi) 30 baravaridan (Toshkent shahrida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan) kam boʻlsa, u holda YST hisobot choragi uchun EKIHning 30 baravari miqdorida toʻlanadi. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga (EKIHning 30 baravariga) teng yoki undan ortiq boʻlsa, u holda YST oʻrnatilgan 4% stavka boʻyicha toʻlanadi.
7. Agar chakana savdo korxonasi bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, YST har bir turgʻun savdo shoxobchasi uchun YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori turgʻun savdo shoxobchasi joylashgan joyda chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi ikkita turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsin. Ulardan biri Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida, ikkinchisi esa, Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, mazkur chakana savdo korxonasi uchun YSTning eng kam miqdori butun chakana savdo korxonasi boʻyicha oyiga EKIHning 13 baravarini yoki hisobot choragi uchun EKIHning 39 baravarini tashkil etadi.
Chakana savdo korxonalari soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi. Ushbu maʼlumot bir marta taqdim etiladi, mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisida avval taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, chakana savdo korxonasi ushbu maʼlumotni oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
8. Hisobot choragi yakunlari boʻyicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorida YSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo boʻlmasa, mazkur tashkilot YSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 93-modda) muvofiq toʻlaydi.
Bunda qoʻshimcha hisoblangan YST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
9. YST hisob-kitobiga mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan Maʼlumotnoma-hisob-kitob ilova qilinadi.
III bob. Yakuniy qoidalar
10. Soliq toʻlovchilar mazkur Nizomning talablarini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlash uchun javobgardir.
11. Davlat soliq xizmati organlari YSTning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
12. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan YSTni hisoblab chiqarish tartibining buzilganlik holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda YSTni qoʻshimcha hisoblaydi.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovining
MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Jami
Jumladan, YST toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha
Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri — oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri)
010
YSTning belgilangan stavkasi
020
Hisobot choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi (010-satr x 020-satr / 100)
030
Qatʼiy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorda)
040
x
x
x
x
Hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori
050
x
x
x
x
x
Hisobot choragi uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (050-satr – 030-satr)
Oldingi hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (oldingi Maʼlumotnoma-hisob-kitobning 080-satri)
070
x
x
x
x
x
Hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (060-satr + 070-satr)
080
x
x
x
x
x
* Agar chakana savdo korxonalari YSTning turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, unda Maʼlumotnoma-hisob-kitobiga asosiy raqam belgilari ustiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilanadigan qoʻshimcha ustunlar (11, 12, 13 va h. k.) kiritiladi.
** Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat koʻrsatiladi.
Izoh: hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan va yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Agar chakana savdo korxonalari bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, hisobot davri uchun YSTning eng kam miqdori, hisobot davri uchun turgʻun savdo shoxobchasining joylashgan yeri boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini qoʻshish orqali butun korxona boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Rahbar ______________________________________ (imzo)
Bosh buxgalter ____________________________ (imzo)
M.Oʻ.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Izoh: mazkur Maʼlumot roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi maʼlumot olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va uning bir nusxasini ariza beruvchiga qaytarib beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 196-modda)