toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2019
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2203]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 21-fevraldagi 17, 3 va 2019-06-sonli “Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-7, 28.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-fevral,
5-son
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-fevral,
4-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 2-fevral,
2011-4-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son qaroriga
ILOVA
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yagona soliq to‘lovining (keyingi o‘rinlarda YST deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. 2011-yilning 1-iyulidan boshlab YST to‘lovchilari YSTni O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli yil uchun tasdiqlangan stavkalar bo‘yicha, lekin eng kam miqdordan — egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib, ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan yer solig‘ining uch baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydilar.
2. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
a) YSTni Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 196-modda) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydigan chakana savdo korxonalariga;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
b) quyidagi yuridik shaxslarga:
YST to‘lovchisi bo‘lmaganlarga;
YST to‘lashdan to‘liq ozod etilish ko‘rinishida imtiyozga ega bo‘lganlarga;
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganlarga nisbatan.
yagona yer solig‘i to‘lovchilari bo‘lganlarga.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-3, 22.07.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 376-modda)
v) oilaviy korxonalar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy o‘tgungacha, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, o‘z ehtiyojlari uchun obyektlar quruvchilar esa — qurib bitkazilgan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘laydilar;
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-4, 19.02.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 87-modda)
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalariga va tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalariga.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-4, 19.02.2015-y.) asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 87-modda)
e) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i to‘layotgan yuridik shaxslarga;
j) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi notijorat tashkilotlariga;
z) avtomobil transportida yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish asosiy faoliyati hisoblangan yuridik shaxslarga.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 83, 13, 2018-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-6, 01.05.2018-y.) asosan “e”, “j” va “z” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/2203-6/1141-son)
3. YSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaxslar tomonidan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinadi, bundan quyidagilar mustasno:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalanganda YSTning eng kam miqdori soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkasi maydoniga to‘g‘ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer solig‘i summasidan hisoblanadi.
Agar alohida bino bir nechta yuridik shaxs balansida turgan bo‘lsa, YSTning eng kam miqdori soliq to‘lovchi balansida turgan xonalar maydoniga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan yer solig‘i summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun binoni yoki binoning bir qismini ijaraga olsa, YSTning eng kam miqdori mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalar maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Agar yuridik shaxs ko‘p qavatli binoning bir qismini ijaraga olsa, YSTning eng kam miqdori bino egallagan umumiy yer maydoni va mazkur yuridik shaxs tomonidan ijaraga olingan xonalarga to‘g‘ri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda mazkur yuridik shaxsga mazkur bandning soliq solinadigan bazadan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalarini chiqarib tashlash qismida amal qilishi tatbiq etilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 26-iyuldagi 44, 7, 2011-23-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-1, 23.08.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 34-35-son, 354-modda)
4. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YST to‘lovchilari har yili 1-fevralgacha, 2011-yilda esa — 1-aprelgacha soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Ma’lumotnoma-yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorining hisob-kitobini (keyingi o‘rinda Ma’lumotnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar.
Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashga yil mobaynida o‘tgan yuridik shaxslar (jumladan yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari) Ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisobot davri uchun YST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay taqdim etadilar.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-3, 22.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 376-modda)
5. Qaysi yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, o‘sha yer uchastkalari YSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisobga olinadi.
YSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yer uchastkasi maydonining kamaytirilishi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran hisobga olinadi.
Ijaraga olingan xonalar maydonining kattalashuvi (kamayishi) YSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda ijaraga olingan xonalar maydoni kattalashuvi (kamayishi) sodir bo‘lgan oydan boshlab hisobga olinadi.
Bunda yuridik shaxslar hisobot davri uchun YST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga aniqlashtirilgan Ma’lumotnomani taqdim etadilar.
II. YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblash va to‘lash
6. YSTning eng kam miqdori kiritilishini hisobga olgan holda YSTning to‘lanishi lozim bo‘lgan summasini aniqlash uchun to‘lovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:
YSTning eng kam miqdorini;
YSTning hisob-kitob summasini;
YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasini.
7. YSTning eng kam miqdori har chorakda hisoblab chiqariladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
8. YSTning eng kam miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
EKMyast = 3 x S x K1 x K2, bu yerda:
EKMyast — YSTning eng kam miqdori;
S — yer solig‘i. Yer solig‘ini hisoblab chiqarishda mazkur joy va yer toifasi uchun belgilangan stavkalar qo‘llaniladi. Bunda, Toshkent shahrida — 5-zona uchun belgilangan yer solig‘i stavkalari qo‘llaniladi.
Yer solig‘i bir chorak hisobida hisoblab chiqariladi ((yer uchastkasi (ijaraga olingan xona) maydoni x belgilangan stavka) / 4).
Agar ushbu Nizom 2-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshlagan bo‘lsa, yer solig‘i ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib hisoblab chiqiladi (yer uchastkasi va (yoki) ijaraga olingan xona maydoni) x belgilangan stavka) / 12 x YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST hisoblab chiqarilgan va to‘langan hisobot choragidagi oylar soni).
K1 — amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib qo‘llaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent;
K2 — yuridik shaxsning joylashgan joyidan kelib chiqib qo‘llaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 25-yanvardagi 6, 124, 2017-08-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 6-son, 80-modda)
9. Hisoblangan YST summasini ushbu Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan YST summasi bilan taqqoslash uchun YSTning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha aniqlanadi.
YSTning hisob-kitob summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
HSyast = SYaT x S, bunda:
HSyast — YSTning hisob-kitob summasi;
SYaT — YST bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YST hisob-kitobining “040”-satri ma’lumotlari asosida);
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
S — YSTning belgilangan stavkasi.
YSTning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi Ma’lumotnoma-hisob-kitob (keyingi o‘rinlarda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.
Agar ushbu Nizom 2-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshlagan bo‘lsa, YSTning hisob-kitob summasi ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib aniqlanadi (YSTning hisob-kitob summasi / 3 × YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST hisoblab chiqarilgan va to‘langan hisobot choragidagi oylar soni).
Misol, yuridik shaxs 2015-yilning fevral oyida YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshladi. Belgilangan formula bo‘yicha hisoblangan 2015-yilning I choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi 300 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi 2015-yil I choragining ikki (fevral va mart) oyi mobaynida tatbiq etilganligini hisobga olgan holda, 2015-yilning I choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi 200 ming so‘mni (300 ming so‘m / 3 x 2) tashkil etadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-4, 19.02.2015-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 87-modda)
10. YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdori summasidan kam bo‘lgan holdagina YST qo‘shimcha hisoblanadi. Bu holda YSTning eng kam miqdori summasining YST hisob-kitob summasidan ortgan qismiga YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan YST summasi qo‘shimcha hisoblanadi.
Agar YST hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoridan oshsa yoki unga teng bo‘lsa, unda YST qo‘shimcha hisoblanmaydi va YST O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda to‘lanishi lozim, ya’ni YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan summa to‘lanadi.
11. Agar hisobot davri yakuni bo‘yicha korxonaning asosiy faoliyat turi xuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan qat’iy belgilangan soliq summasi miqdorida YSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo bo‘lsa, korxona YSTni Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) muvofiq to‘laydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
Bunda qo‘shimcha hisoblangan YST summasining o‘sib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobi bo‘yicha hisoblangan YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
12. Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YSTni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qo‘shimcha hisoblangan YST summasini yagona soliq to‘lovining kechiktirilgan summalarini to‘lash bilan bir vaqtda to‘laydilar.
III. Soliq hisobotida YSTning eng kam miqdorini aks ettirish
13. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan YST to‘lovchilari YST hisob-kitobiga ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan Ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
14. YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisob-kitob qilishga doir shartli misollar ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan.
IV. Yakuniy qoidalar
15. Soliq to‘lovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YSTni to‘g‘ri hisoblab chiqarishga va qonun hujjatlariga muvofiq uni o‘z vaqtida to‘lashga javobgardirlar.
16. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq YSTning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
17. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YSTni hisoblab chiqarish tartibi buzilgan holatlar aniqlanganda davlat soliq xizmati organlari YSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YSTni qo‘shimcha hisoblaydilar.
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Pasaytiruvchi koeffitsiyentlar

To‘lovchilar‎

Koeffitsiyent‎

‎‎Amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq holda (K1)

1. Asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) ‎bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar‎ 0,5‎
2. Asosiy faoliyat turi quyidagilar bo‘lgan tashkilotlar:
‎ulgurji savdo (o‘zining yoki ijaraga olgan omborxonalari ‎mavjud bo‘lgan taqdirda);
‎avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish ‎bo‘yicha xizmatlar (avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari
‎mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish;
‎avtotransportni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish ‎(avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari mavjud bo‘lgan
‎taqdirda);
‎bojxona nazorati ostida bojxona omborlarida tovarlarni ‎saqlash bo‘yicha xizmatlar (o‘zining yoki ijaraga olgan
‎omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish‎
0,35‎
3. Mashina-traktor parklari‎ 0,35‎
4. Ulgurji, ulgurji-chakana va chakana dorixona tashkilotlariga‎ 0,2‎
5. Yangi sexlarni qurishni, ularning modernizatsiyasini, texnik ‎va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga o�iruvchi, shu ‎jumladan, investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarni ‎amalga oshiruvchi, ushbu ishlarni amalga oshirish davrida tovarlar ‎ishlab chiqarishni amalga oshirmayotgan mikrofirma va kichik ‎korxonalar — ushbu ishlarni amalga oshirish davriga, biroq ‎ushbu ishlarni amalga oshirishni boshlash sanasidan boshlab ‎24 oydan oshmagan davrga‎ 0,35‎
6. Qurilish uchun ajratilgan yerlarda uy-joy qurishni amalga ‎oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar — normativ ‎qurilish davri (u mavjud bo‘lmaganda — 1 yil) uchun‎ 0,35‎
7. Kon va karyerlarni obodonlashtirishni, shu jumladan, ‎ularning rekultivatsiyasini amalga oshiruvchi mikrofirma ‎va kichik korxonalar‎ 0,1‎
8. Avtovokzallar, avtostansiyalarni tashkil etadigan yuridik shaxslar‎ ‎0,35

‎‎Yuridik shaxsning joylashgan yeriga bog‘liq holda (K2)

Amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, borish qiyin ‎bo‘lgan va tog‘li hududlarda joylashgan tashkilotlar uchun ‎ 0,7‎ ”‎
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
‎‎Hujjat turi

/‎

‎‎Hujjat turi: 1 — ma’lumotnoma, 2 — aniqlashtirilgan ma’lumotnoma (kasr orqali aniqlashtirish raqami)
‎‎__________________________________________________________________________________‎ga taqdim etiladi‎

(soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi) ‎‎


‎Soliq to‘lovchi haqida
‎MA’LUMOTLAR

1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi ______________________________________________________________________
‎2. Manzil ________________________________________________________________________________________
‎‎
‎‎3. STIR‎
‎4. Telefon: kod‎‎‎

‎raqam

‎‎5. Taqdim etilgan aniqlashtiruvlar ‎‎‎‎‎ ‎‎‎

‎‎‎‎dan qo‘�laniladi.

‎‎(kun/oy/yil)

‎‎(ushbu band aniqlashtirilgan Ma’lumotnoma taqdim qilinganda to‘ldiriladi)

‎Yagona soliq to‘lovi eng kam miqdorining
‎MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOBI

Yer uchastkasining (ijaraga olingan binoning) joylashgan joyi ‎‏
Satr kodi‎‏
‎‏
Maydoni, ga‎
Soliq solinmaydigan maydon Soliq solinadigan baza (3-ustun — 4-ustun) ‎‏
Yer solig‘ining 1 ga uchun stavkasi, so‘m ‎‎ ‎‏Yer solig‘i summasi (so‘m) (5-ustun x 7-ustun)
Kamaytiruvchi koeffitsiyentlar‎‎ YSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasi (so‘m) (3 x 8-ustun x 9-ustun 10-ustun)‎‏
joylashgan joyi bo‘yicha ‎ eng kam‎ amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq holda‎ joylashgan joyiga bog‘liq holda‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
‎Yuridik shaxs joylashgan joyi bo‘yicha — jami: 010‎ ‎x ‎x ‎x ‎x x‎
0101‎ ‎x x‎ x‎ x‎ ‎x
‎… x‎ x‎ x‎
‎Yer uchastkasi (ijaraga olingan bino) joylashgan joyi bo‘yicha — jami: ‎020 ‎x ‎x x‎ x‎ x‎
‎0201 x‎ x‎ ‎x
‎… ‎x x‎ x‎
‎Yer uchastkalarining (ijaraga olingan binolarning) umumiy maydoni (010-satr + 020-satr) ‎030 ‎x ‎x
Izoh: ushbu Ma’lumotnoma ikki nusxada ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi Ma’lumotnomaning olingani to‘g‘risida belgi qo‘yadi va Ma’lumotnomaning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 25-yanvardagi 6, 124, 2017-08-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 6-son, 80-modda)
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq to‘lovining
MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOBI

‎‏Ko‘rsatkichlar

Satr kodi

Jami

Shu jumladan, YST to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumotlarda ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha ‎‎

asosiy
‎faoliyat
‎turi — 1 ‎

2‎

3‎

4‎

1‎

2‎

3‎

4‎

6‎

7‎

8

Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri – avvalgi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri) ‎

010‎

YSTning belgilangan stavkasi‎

020‎

‎Hisobot choragi uchun YST hisob-kitob summasi (010-satr x 020-satr / 100)

030‎

‎Hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori (Ma’lumotnomaning 030-satri 11-ustuni / 4)

040‎ x‎ ‎x ‎x ‎x

‎Hisobot choragi uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi (040-satr – 030-satr)

050* x‎ ‎x ‎x ‎x

‎Avvalgi hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi (avvalgi Ma’lumotnoma-hisob-kitobning 070-satri)

‎060 ‎x ‎x ‎x ‎x

‎Hisobot davri uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi (050-satr + 060-satr)

‎070 ‎x ‎x ‎x ‎x

‎Rahbar

____________________
(imzo)

‎Bosh buxgalter

___________________
‎(imzo)
* Agar 3-ustunning 030-satri 3-ustunning 040-satridan katta yoki unga teng bo‘lsa, u holda 050-satrda “0” qiymat ko‘rsatiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarishga doir shartli misollar
1-misol.
YSTni to‘lovchi kichik korxona, asosiy faoliyat turi trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish bo‘lib, bir necha yer uchastkasiga ega, ma’muriy, ishlab chiqarish va savdo (firma do‘koni) yuritilishi uchun egallagan xonalari:
1-son uchastka (1 200 kv. m (0,12 ga) maydonga ega ma’muriy bino) va 2-son uchastka (1 500 kv.m (0,15 ga) maydonga ega firma do‘koni) — Toshkent shahrida joylashgan;
3-son uchastka (3 800 kv.m (0,38 ga) maydonga ega ishlab chiqarish xonalari) — Chirchiq shahrida joylashgan.
O‘zi ishlab chiqargan tovarlarning erkin almashtiriladigan valyutada eksportning umumiy realizatsiyasi hajmidagi hissasi 50 foizni tashkil etadi.
Ushbu korxonaning 2014-yilning yanvar — iyun oylari uchun ko‘rsatkichlari quyidagicha:

(ming so‘m)‎

Davr‎‏

Soliq solinadigan yalpi tushum
‎(YST hisob-kitobining 040-satri) ‎‏

Yagona soliq to‘lovi‎‎

stavka, foizda‎

summa
‎(YST hisob-kitobining 120-satri) ‎

2014-yilning yanvar — mart oylari‎

98 400,0‎

2,5‎

2 460,0‎

2014-yilning yanvar — iyun oylari ‎

177 120,0‎

2,5‎

4 428,0‎

Ilgarigi hisobot davrida (2014-yilning birinchi choragida) YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST qo‘shimcha hisoblanmagan.
2014-yilda, 1 ga uchun belgilangan yer solig‘ining eng kam stavkalari quyidagicha:
Toshkent shahrida — 1 ga uchun 15 000 000 so‘m;
Chirchiq shahrida — 1 ga uchun 7 799 717 so‘m.
Asosiy faoliyat turi tovarlar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) bo‘lgan kichik korxonalarga, amalga oshirilayotgan faoliyat turiga nisbatan pasaytiruvchi koeffitsiyent belgilangan — 0,5 (K1).
YSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:
EKMyast yil uchun = 3 x [(0,12 × 15 000 000) + (0,15 × 15 000 000) + (0,38 × 7 799 717)] × 0,5 = 10 520 838,7 so‘m.
YSTning eng kam miqdori 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
EKMyast chorak uchun = 10 520 838,7 / 4 = 2 630 209,7 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq butun korxona bo‘yicha YSTning hisob-kitob summasi 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
HSyast chorak uchun = (177 120 000 – 98 400 000) × 5 % = 3 936 000 so‘m.
YSTning hisob-kitob summasi (3 936 000 so‘m) YSTning eng kam miqdoridan ortganligi uchun (2 630 209,7 so‘m) YST qo‘shimcha hisoblanmaydi.
2-misol.
O‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan omborxonalari mavjud bo‘lmagan ulgurji savdo korxonasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli binoda ofis xonalarini ijaraga olgan. Binoning egallagan umumiy maydoni — 5 000 kv. m. Yuridik shaxsning ijaraga olgan xonasiga to‘g‘ri keladigan ulushi — 0,3 ni tashkil etadi. Shunday qilib, YSTning eng kam miqdorini aniqlashda yer solig‘i 1 500 kv.m (0,15 ga) dan kelib chiqib hisoblanadi.
Ushbu korxonaning 2014-yilning yanvar — iyun oylari uchun ko‘rsatkichlari quyidagicha:

(ming so‘m)‎

Davr‎‏

Soliq solinadigan yalpi tushum
‎(YST hisob-kitobining 040-satri) ‎‏

Yagona soliq to‘lovi‎‎

stavka, foizda‎

summa
‎(YST hisob-kitobining 120-satri) ‎

2014-yilning yanvar — mart oylari‎

38 600,0

5‎

1 930,0

2014-yilning yanvar — iyun oylari ‎

69 480,0

5‎

3 474,0

Ilgarigi hisobot davri uchun (2014-yilning birinchi choragida) YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST qo‘shimcha hisoblanmagan.
2014-yilda, Toshkent shahrida 1 ga uchun belgilangan yer solig‘ining eng kam stavkasi 15 000 000 so‘mni tashkil etadi.
Ushbu ulgurji savdo korxonasining o‘ziga tegishli yoki ijaraga olingan omborxonalari mavjud emasligini e’tiborga olganda, asosiy faoliyat turi ulgurji savdo bo‘lgan korxonalarga belgilangan, amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq holda pasaytiruvchi koeffitsiyent (K1) qo‘llanilmaydi.
YSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:
EKMyast yil uchun = 3 × (0,15 × 15 000 000) = 6 750 000 so‘mni tashkil etadi.
YSTning eng kam miqdori 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
EKMyast chorak uchun = 6 750 000 / 4 = 1 687 500 so‘m.
Belgilangan formulaga muvofiq butun korxona bo‘yicha YSTning hisob-kitob summasi 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
HSyast chorak uchun = (69 480 000 – 38 600 000) × 5 % = 1 544 000 so‘m.
2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun YSTning qo‘shimcha hisoblangan summasi = 1 687 500 – 1 544 000 = 143 500 so‘mni tashkil etadi.
Shunday qilib, YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan butun korxona bo‘yicha 2014-yilning ikkinchi choragi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan YSTning summasi 3 617 500 so‘mni (3 474 000 + 143 500) tashkil etadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2203-3, 22.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 376-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 93-modda, 34-35-son, 354-modda; 2013-y., 15-son, 212-modda; 2014-y., 30-son, 376-modda; 2015-y., 7-son, 87-modda; 2017-y., 6-son, 80-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/2203-6/1141-son)