1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
1. Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 1-mart,
14-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2013-yil 1-martdagi 14-B-son buyrugʻiga ILOVA
Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish
Mazkur Qoidalar taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkaziladigan barcha taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) taalluqlidir.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Tovarlar markirovkasi / 02.08.05.02 Texnik jihatdan tartibga solish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.12.00.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat. Mehnatga oid qonun hujjatlarini buzilganligi uchun javobgarlik / 05.12.01.00 Mehnatga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
4. Taʼlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi, taʼlim muassasalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
5. Taʼlim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
6. Taʼlim muassasalarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.01.00 Umumiy masalalar]
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir taʼlim muassasasida mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan taʼlim muassasasida yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan taʼlim muassasasida mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur taʼlim muassasasi faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati taʼlim muassasasining mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita taʼlim muassasasi rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
10. Taʼlim muassasalarida mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Taʼlim muassasasi xodimlari oʻz kasblari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash taʼlim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
14. Taʼlim muassasalari GOST 17.2.3.02 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari, salomatlik uchun xavflilik darajasi hamda kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
17. Taʼlim muassasasi oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Taʼlim muassasasi rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
22. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
oʻquv va laboratoriya xonalarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
oʻquv va laboratoriya xonalarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanilishi shart va taʼlim muassasasini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
24. Jamoaviy himoya vositalari yordamida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkoni boʻlmagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.11.00 Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
26. Taʼlim muassasasida quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarining dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
29. Taʼlim muassasalarida tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Oʻqituvchilar, taʼlim muassasalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalarda, shuningdek xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
34. Taʼlim muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
35. Taʼlim muassasasi rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
37. Taʼlim muassasasi ish beruvchisi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik taʼlim muassasasi rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
40. Taʼlim muassasalarining xonalari va ish hududidagi harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari” ga muvofiq boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
41. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9-§. Taʼlim muassasasi maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
44. Taʼlim muassasasi maydonlari va binolarini joylashtirish SHNQ 2.01.03-19 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
45. Taʼlim muassasasi maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
46. Taʼlim muassasasi maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
47. Yoz mavsumida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
48. Qishki mavsumda binolarning tomlari qordan, karnizlari muzlardan tozalab turilishi zarur.
49. Taʼlim muassasasi hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
50. Hovlidagi hojatxonalar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
51. Taʼlim muassasasi joylashgan maydon butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
52. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
53. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning mikroiqlimi (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
54. Muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarining nam xonalarida hamda issiq oʻtkazuvchi pollarida (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
55. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi chiqindilar va changlardan oson tozalanadigan boʻlishi kerak.
56. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
58. Taʼlim muassasalarida binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
59. Binolar bir yilda bir marta taʼlim muassasasi rahbari tasdiqlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
61. Kirish va chiqish yoʻllari, koridor, tambur, narvonlar turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi lozim. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
62. Taʼlim muassasasining ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinlarni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
63. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
65. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
66. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º S, oʻrtacha ogʻir ishda 17º S va ogʻir ishda 16º S dan past boʻlmasligi kerak.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
67. Ish joylarida, xonalarda va taʼlim muassasasi hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
68. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalari (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
69. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibda himoya qiluvchi vositalardan va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
71. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
72. Ichimlik suvining harorati 8º S dan 20º S gacha boʻlishi kerak.
73. Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
74. Taʼlim muassasasida oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
75. Oʻquv va laboratoriya xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilida kamida ikki marotaba tozalash lozim.
77. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
79. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
80. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
81. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan qoplangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
82. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
83. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritqichlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
85. Taʼlim muassasalari maishiy va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
86. Kiyim almashtirish va yuvinish xonalari, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni taʼlim muassasalarining umumiy kontingent soni hisobiga olingan holda belgilanishi lozim.
87. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
88. Taʼlim muassasasi atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
89. Taʼlim muassasalarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish]
90. Taʼlim muassasalarida chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi va ushbu idishlar boʻshatilgandan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III bob. Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlar) boʻlgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
92. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
93. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlar xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
94. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm toʻxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
95. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ularning ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorugʻlik signallari boʻlishi kerak. Signal elementlari (elektr qoʻngʻiroq, oʻchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlib, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada boʻlishi kerak.
Liniyani toʻxtatgandan soʻng, ovozli va yorugʻlik signali bermasdan uni ishga tushirish taqiqlanadi.
96. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
97. Oʻquv va laboratoriya xonalari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va mazkur Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
98. Oʻquv va laboratoriya xonalarida sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
99. Oʻquv va laboratoriya xonalarining portlash jihatdan xavflilik toifalari loyiha taʼlim muassasasi tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
100. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
101. Oʻquv va laboratoriya xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
102. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
103. Yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
104. Portlashning oldini olish uchun mashina va agregatlarning ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
105. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi lozim boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
106. Oʻquv va laboratoriya xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
107. Oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
108. Taʼlim muassasasining barcha xonalarida, omborxonada va yordamchi binolarning koʻrinarli joylarida yongʻin xavfsizligi xizmatining telefon raqamlari yozilgan eslatma yozuvlari boʻlishi kerak.
109. Arxiv, omborxona va havo almashtirish uskunalari oʻrnatilgan xonalarning eshiklari yongʻinga chidamli qilib ishlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
110. Taʼlim muassasasi binolarining har bir qavatida yongʻin sodir boʻlganida xodimlarni va moddiy boyliklarni qutqarish chizmasi oʻrnatilishi shart. Chizmada xonalar, yoʻlaklar, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, telefon joylashuvi, xodimlar va taʼlim oluvchilarning favqulodda holatda zaxira chiqish yoʻllaridan harakat qilish yoʻnalishlari koʻrsatilishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
111. Binolarda quyidagilar taqiqlanadi:
yertoʻlada yonuvchi suyuqliklar, gaz sigʻimlari, portlash xavfi boʻlgan moddalarni saqlash;
chordoqlarda, texnik qavatlarda, ventkameralarda asbob-uskunalarni saqlash;
zaxira chiqish yoʻllari devorlariga, shift va pollariga yengil yonuvchi materiallar bilan ishlov berish, boʻyash, shuningdek zinapoyalar va ular oldidagi xonalarga yonuvchi qurilish materiallaridan ishlov berish, yogʻoch panellar bilan bezash, turli qoʻshimcha xizmat xonalarini qurish;
xonalardagi elektr isitkich asboblari, kompyuter va yordamchi asbob-uskunalarni elektr tarmogʻiga ulangan holda qoldirish;
elektr asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanishdan avval ularni qoʻllash boʻyicha texnik yoʻriqnomada keltirilgan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqmasdan ishlatish.
112. Yongʻin oʻchirish vositalaridan xoʻjalik ishlarini bajarish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
113. Taʼlim muassasasi binolarida oʻrnatilgan ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari suv tarmogʻiga ulangan boʻlib, maxsus yongʻin qutilari ichida joylashtirilishi kerak. Dastaklar yongʻin oʻchirish ichki joʻmragiga ulab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
114. Yongʻinga qarshi suv havzalari doimo soz holatda boʻlishi, ichidagi suv hajmi yongʻinni oʻchirish uchun yetarli boʻlishi kerak. Suv havzalarining ishga yaroqliligi yiliga kamida ikki marotaba, bahor va kuz mavsumlarida tekshirilishi lozim.
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
115. Taʼlim muassasalarida elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.01.00 Umumiy qoidalar. Xodimlar va ish beruvchining majburiyatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
116. Elektr energiyasidan foydalanishda taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
117. Elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha taʼlim muassasasida tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
118. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
119. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
120. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
121. Ishlab chiqarish va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armatura bilan qoplanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
122. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokdan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
123. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
124. Elektr apparatlari va agregatlarining nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
125. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun masʼul xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
126. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
127. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
128. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va yerga ulangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
129. Taʼlim muassasasining barcha turdagi binolari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
130. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
131. Momaqaldiroq vaqtida elektr oʻlchashlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
4-§. Oʻquv laboratoriya xonalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
132. Taʼlim muassasasi binosiga tutash holda qurilgan oʻquv laboratoriya xonalari boshqa xonalardan tovush yutuvchi vositalar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
133. Oʻquv laboratoriya xonalaridagi chiqindilar har doim yigʻishtirib olinishi lozim.
134. Oʻquv laboratoriya xonalarining poli issiq, tekis va tozalash uchun qulay boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
135. Oʻquv laboratoriya xonalarining devorlari silliq boʻlishi, boʻyoq bilan qoplanishi va namlab tozalab turish uchun qulay boʻlishi lozim.
136. Oʻquv laboratoriya xonalari ichimlik suvi bilan taʼminlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
137. Oʻquv laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi (aptechka) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
138. Oʻquv laboratoriya xonalarida oʻquvchilarning ustki kiyimlarini saqlash uchun alohida shkaf ajratilgan boʻlishi lozim.
5-§. Fizika oʻquv laboratoriya xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
139. Oʻqituvchi fizika oʻquv laboratoriya xonasida ishlash qoidalari, ish jarayonida yuzaga keladigan xavfli vaziyatlar va ehtiyot choralari boʻyicha oʻquvchilarga tushuncha berishi lozim.
140. Oʻqituvchi fizika oʻquv laboratoriya ishini bajarish jarayonida ish joyini toʻgʻri tashkil etishi, ishni xavfsiz holda bajarishga erishish va himoya vositalaridan foydalanishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
141. Fizika oʻquv laboratoriyada tajriba namoyishlarini bajarish jarayonida oʻquvchining xatti-harakatlarini doimiy ravishda oʻqituvchi va laborant tomonidan kuzatib borilishi lozim.
142. Fizika oʻquv laboratoriya ishlari va tajriba namoyishlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlanishi lozim.
143. Sinfda pollar zich, linolium qoplangan, issiqni saqlashga moslashgan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
144. Fizika oʻquv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º S – 21º S, havoning namligi 40 – 60 foiz boʻlishi kerak.
6-§. Kimyo oʻquv laboratoriya xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
145. Kimyo xonasida mashgʻulotlar oʻtkazilayotganda har bir oʻquvchi mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomasi talablari bilan tanishtirilgan boʻlishi va tanishganligi haqida jurnalga qayd qilinishi lozim.
146. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasida oʻqituvchi yoki laborant tajribalarni bajarishdan oldin moʻrili shkafning ishga yaroqliligini tekshirib koʻrishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
147. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi (aptechka) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak, (uning tarkibida: bint, paxta, jgut; 5 foizli yod, 10 foizli natriy gidrokarbonat, 1 foizli kaliy permonganat, borat kislotasi (3 foizli 10 ml.), 5 foizli ammiak eritmasi (ampulada), valerianka tabletkasi, antiseptik preparatlar (perekis-vodorod), furatsilin tabletka, ogʻriq qoldiruvchi tabletkalar, qaychi va pinset boʻlishi lozim).
148. Kimyo xonasining pollari zich linolium bilan qoplanishi va issiqni saqlashga moslashgan boʻlishi kerak.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
149. Kimyo xonasi elektr toki, suv va oqova suv taʼminoti bilan taʼminlangan hamda milliy standart talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(149-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 22-fevraldagi 2-2024/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2446-1, 01.03.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son)
7-§. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
150. Biologiya oʻquv laboratoriya xonasida mashgʻulotlarni tashkil etish jarayonida oʻquvchilar mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari boʻyicha yoʻriqnoma talablari bilan tanishtirilgan boʻlishi va tanishganligi haqida jurnalga qayd qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
151. Biologiya oʻquv laboratoriya xonasidagi asboblar, moslamalar, priborlar nosozligi aniqlanganda va yongʻin xavfsizligi boʻyicha har qanday xavf tugʻilganda oʻqituvchi ushbu taʼlim muassasasining rahbariyatiga xabar berishi lozim.
152. Biologiya oʻquv laboratoriya xonasida mashgʻulotlar oʻtkazilayotganda ish joyini toza saqlanishi va shaxsiy gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilinishi shart.
153. Biologiya oʻquv laboratoriya xonasining havosini tozalab turish uchun deraza oynalarini vaqti-vaqti bilan ochib turish lozim.
154. Shisha idishlar singan paytda qoʻl bilan yigʻishtirmaslik, chiqindilarni yigʻish vositalaridan yoki supurgidan foydalanish kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.04.00 Sogʻliqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Dorixona]
155. Biologiya oʻquv laboratoriya xonasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot qutichasi (aptechka) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
156. Mashgʻulot tugagandan soʻng biologiya oʻquv laboratoriya xonasida ishlatilgan jihozlarni tartibga keltirish lozim.
8-§. Informatika oʻquv xonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
157. Informatika oʻquv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
xonaga qishki ustki kiyimda kirish;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmogʻiga ruxsatsiz ulash yoki oʻchirish;
kompyuter ekraniga qoʻl va boshqa narsalarni tekkizish;
kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
kompyuter qurilmalari yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va ishlatish;
kompyuter va uning boshqa qurilmalari ustiga turli buyum va kiyimlarni qoʻyish;
nam qoʻl bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;
kompyuter qurilmalarning teshiklariga avtoruchka, chizgʻich va boshqa narsalarni tiqish;
kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
kompyuter ishlab turganda qarovsiz qoldirish;
kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
158. Kompyuter monitoriga tabiiy yorugʻlikning asosiy oqimi chapdan tushishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
159. Informatika oʻquv xonasining kengligi 6 m dan ortiq boʻlgan xonalarni ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza boʻlishi lozim.
160. Informatika oʻquv xonasida tabiiy yorugʻlikning asosiy oqimi kompyuterda ishlovchining orqa va old tomonidan yoʻnalgan boʻlishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
161. Informatika oʻquv xonasining doskasi sunʼiy yoritishda ikki tomondan bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qoʻllanilishi lozim. Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.
162. Informatika oʻquv xonalarida sunʼiy yoritishda oʻquvchi stoli sathining yoritilish darajasi 300 – 500 lk oraligʻida boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
163. Informatika oʻquv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo sharoitida harorat va namlikning optimal holatda boʻlishini taʼminlay oladigan havo haydovchi shamollatish vositalari boʻlishi lozim.
164. Informatika oʻquv xonasining elektr taʼminoti elektrotexnika xavfsizligi talablari asosida boʻlishi lozim.
165. Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qoʻzgʻalmaydigan va koʻrinmaydigan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
166. Elektr manbaini ulash va oʻchirish qurilmasining joylashishi oʻqituvchiga elektr tokini zudlik bilan oʻchirish imkoniyatini berishi lozim. Uni sinf doskasining chap yoki oʻng tomoniga oʻrnatish tavsiya etiladi.
167. Informatika oʻquv xonasida yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun foydalanish muddati koʻrsatilgan va toʻldirilgan oʻt oʻchirgich boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
168. Devorlarni boʻyashda ochiq rangli boʻyoqlardan foydalanish lozim. Boʻyoq tarkibida ohak kukunlari boʻlmasligi lozim.
169. Informatika oʻquv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur qaytarmaydigan boʻlishi lozim.
170. Pol yuzasi tekis, sirpanmaydigan, tozalashga qulay va tok oʻtkazmaydigan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
171. Informatika oʻquv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori havo atmosferasining sutkalik konsentratsiyasidan oshmasligi lozim.
9-§. Sport zalida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
172. Sport zalidagi jihozlarning barchasi gigiyenik, standart talablariga hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. Elektr tarmoqlari xavfsizlik qoidalariga javob beradigan holda oʻrnatilgan boʻlishi, sunʼiy shamollatish vositalaridan toʻgʻri foydalanish kerak.
173. Sport zali va qoʻshimcha xonalar (yuvinish, kiyinish) tozalashga qulay boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
174. Sport zalining devorlari poldan 1,75 sm balandlikda, bir xil rangga boʻyalgan boʻlishi yoki poldan 1,75 sm balandlikda boʻlgan tekis taxtali panel bilan qoplangan boʻlishi kerak.
175. Sport zalining pol yuzasi tekis boʻlishi hamda yoriq joylari boʻlmasligi kerak.
176. Sport zalining shift qismi moyli boʻyoqda boʻyalgan boʻlishi lozim.
177. Sport zalining isitish tizimi devor sathida tekis oʻrnatilib maxsus yogʻoch panjaralar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
178. Sport zalida muntazam ravishda harorat 18º S – 20º S, havoning namligi 50 – 60 foiz boʻlishi kerak.
179. Sport zalining derazasi poldan kamida 1,5 m balandlikda joylashgan boʻlishi lozim.
180. Sport zalidagi elektr taʼminoti belgilangan talablar asosida boʻlishi hamda sport zalini bir tekis yoritib (200 lk) turishi kerak.
10-§ Oʻquv ustaxonalarida ishlashda xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
181. Oʻquv ustaxonasida ishlatiladigan barcha jihozlar soz, ishchi holatda va ishonchli oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
182. Oʻquv ustaxonasidagi jihoz va mexanizmlar oʻz joyiga oʻrnatilishi, barcha zaruriy himoya vositalariga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
183. Oʻquv ustaxonasidagi jihoz (stanok, mashina, mexanizm, dastgoh)larning joylashtirilishi oʻrnatish meʼyorlari va ish sharoiti talablariga javob berishi kerak.
184. Detal va materiallar maxsus ajratilgan joylarda, oʻtish joylarini toʻsmaydigan va xizmat koʻrsatishga xalaqit bermaydigan qilib joylashtirilishi lozim.
185. Arqonli, tishli va zanjirli uzatmalar yaxlit toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak. Texnologik uskunalarni toʻsiqlarsiz ishga tushirish taqiqlanadi.
186. Harakatlanadigan yoki aylanadigan buyumlarning uskunadan chiqib turuvchi qismi toʻsilishi va mustahkam tutib turuvchi moslamaga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
187. Moʻrt metallga ishlov berishga moʻljallangan barcha stanoklar va frezalash stanoklari amaliy mashgʻulot jarayonida ulardan uchib chiqadigan qirindilardan himoyalanish uchun mustahkam toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
188. Jihozlar yashil rangga, toʻsib qoʻyilishi kerak boʻlgan joylar qizil rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
189. Qirindi, chang va chiqitlar faqat ilgak, maxsus moslama (shyotka) va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalanishi lozim.
190. Jihoz yoki uskunalarni ishlab turgan paytda taʼmirlash taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
191. Yogʻoch va metallga ishlov berish ustaxonasida sunʼiy yoritilganlik darajasi lyuminessent lampa – 300 lk, choʻgʻlanma lampa – 200 lk, tikuvchilik ustaxonasida lyuminessent lampa – 400 lk, choʻgʻlanma lampa – 300 lk boʻlishi lozim.
IV bob. Taʼlim muassasalarining oʻquv laboratoriya xonalaridagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§ Fizika oʻquv laboratoriya xonasidagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
192. Fizika oʻquv laboratoriya xonasidagi jihozlar maxsus ajratilgan joylarda, oʻquv dasturining tegishli boʻlimlariga mos ravishda, ularning ogʻirliklari hamda oʻlchamlarini eʼtiborga olgan holda joylashtirilishi va saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
193. Fizika oʻquv laboratoriya xonasidagi jihozlarni saqlash joylari tartib bilan raqamlangan hamda u yerda saqlanayotgan jihozlarning nomlari maʼlumotlar daftarida qayd etilgan boʻlishi kerak. Qutilarda saqlanayotgan jihozlarning roʻyxati qutining yuza qismiga yozilgan boʻlishi lozim.
194. Dars jarayonida laboratoriya va tajriba namoyishlarini oʻtkazish jarayonida maxsus tagliklar boʻlishi lozim. Ularning oʻrniga boshqa buyumlardan (darslik, daftar va boshqalardan) foydalanish taqiqlanadi.
195. Tajriba oʻtkazish vaqtida tajribalar koʻrsatiladigan stol ustida ortiqcha buyumlar boʻlmasligi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
196. Fizika oʻquv laboratoriya xonasida laboratoriya ishlari, koʻrgazma va tajribalarni koʻrsatishda, shisha idishlar (menzurka, kapillyar naychalar toʻplami, shisha tayoqchasi, tutash idishlar va boshqalar) darz ketmagan va chetlari eritilib tayyorlangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
197. Laboratoriya yoki tajriba ishlarini oʻtkazish jarayonida singan yoki darz ketgan shisha idishlardan foydalanish mumkin emas.
Shisha idishlarga havo damlash yoki soʻrib olish taqiqlanadi. Qizdirish orqali bosimni orttirish bilan bogʻliq boʻlgan tajribalarda himoya gʻilofi yoki organik shishali ekranlar, shuningdek himoya koʻzoynagi yoki niqobdan foydalanish kerak.
198. Rezina va shisha naylar bir-biriga ulanadigan boʻlganda diametrlari toʻgʻri keladiganini ishlatish va nay uchlarini suv, glitserin yoki vazelin bilan namlash kerak.
199. Haroratni keskin oʻzgartirmaslik va mexanik zarblardan saqlash, naylarda yoki kolbada suyuqlikni qizdirayotganda nay yoki kolba ogʻzini oʻquvchilar tomonga qaratmaslik lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
200. Ish jarayonida qizdirish, havoni soʻrib olish va bosimni oshirish lozim boʻlganda idishning yorilib ketishini oldini olish uchun oʻquvchilar tomonga himoyalovchi ekran oʻrnatilishi va oʻqituvchi himoya koʻzoynagini taqib olishi kerak.
201. Ish jarayonida idish singanda uning qoldiqlarini, magnit spektrlarini va temir kukunlarini qoʻl bilan terib olish taqiqlanadi. Buning uchun maxsus moslama va xokandozdan foydalanish lozim.
202. Issiq suv solingan idish sovimagunga qadar ogʻzini zich yopiladigan tiqin bilan berkitish lozim. Idishni qoʻl bilan ushlash mumkin emas.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
203. Ish jarayonida ishlatiladigan qurilmalar tashqi qobiqlarining harorati 45° S dan ortiq boʻlmasligi kerak. Agar harorat 45° S dan ortiq boʻlsa, unda “Kuyib qolishdan saqlaning” degan yozuv boʻlishi kerak.
204. Spirt lampalarining ochiq alangasi bilan ishlashda tez oʻt oladigan suyuqliklar (benzin, spirt, kerosin) solingan idishlar kamida 1 m uzoqlikda boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
205. Laboratoriya ishlarini bajarishda 42 Vt dan yuqori boʻlgan kuchlanishdan foydalanish taqiqlanadi. Oʻquvchilarning ish stoliga (yopiq kontaktdagi rozetkalarga) 36 Vt yoki 42 Vt kuchlanish berish mumkin.
206. Ochiq kontaktli elektr zanjirlarini yigʻishda kuchlanish 12 Vt dan oshmasligi kerak.
207. Laboratoriya xonasidagi elektromagnit jihozlar yerga ulangan boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
208. Elektrodvigatellarni, aylanuvchi disklarni va markazdan qochma mashinalarning texnik pasportida koʻrsatilgan tezlikda aylantirish kerak.
209. Yonayotgan kerosin, benzin yoki spirtni suv bilan oʻchirish mumkin emas. Laboratoriyada oʻt oʻchirgich, asbest material yoki chelakda qum boʻlishi lozim.
2-§ Kimyo oʻquv laboratoriya xonasidagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
210. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasiga jihozlar belgilangan tartibda qabul qilib olinishi lozim.
211. Kimyoviy reaktivlarni saqlashda belgilangan texnikaviy xavfsizlik qoidalariga qatʼiyan rioya qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
212. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasidagi elektr toki bilan ishlaydigan jihozlar va mebellarning sozligi darsga tayyorgarlik koʻrish vaqtida hamda dars boshlangunga qadar oʻqituvchi tomonidan tekshirib chiqilishi kerak.
213. Kimyo oʻquv laboratoriya xonalari oʻt oʻchirgich bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
214. Kimyoviy reaktivlar metall shkafda saqlanishi kerak.
215. Har bir moddalar sinflarga ajratilib, raqamlangan tartibda hamda etiketkasi oʻqish uchun qulay holda metall shkafda saqlanishi kerak.
216. Kislotalar alohida shkafning pastki qismida yoki metall shkafda saqlanishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
217. Perekursor moddalari (narkotik, psixotrop taʼsir etuvchi, boshqa moddalarga qoʻshilganda portlashni vujudga keltiruvchi xlorid kislota, sulfat kislota, kaliy permanganat, selitralar va organik moddalar) alohida saqlanishi lozim.
218. Kimyoviy moddalar saqlanadigan idishlarning ogʻzi yopiq boʻlishi lozim.
219. Qattiq moddalardan olinadigan eritmalar va ammiakning suvli eritmasini moʻrili shkafda shamollatish vositasini ishlatilgan holatda tayyorlash lozim.
220. Zarur massali suyuqlikni oʻlchashda pipetkani ogʻiz orqali ishlatish mumkin emas.
221. Qattiq moddalarni faqatgina maxsus qoshiqchada olish kerak.
222. Oʻqituvchi tomonidan jihozlarni tayyorlashda ochiq oʻramali simlardan foydalanish taqiqlanadi.
223. Yaroqsiz holatga kelgan moddalar va jihozlar bilan ishlashda moddalarning suvli eritmalarini avval pN-7 holatga keltirib, quruq qumli idishga solish kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
224. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasida amaliy mashgʻulot, tajriba namoyish hamda laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida shisha jihozlari singanda ularni qoʻl bilan yigʻib olish mumkin emas.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
225. Kislota yoki ishqorlar bilan ishlash jarayonida kuyish holati yuz bersa, bemorga darhol birinchi yordam koʻrsatilib, zudlik bilan yaqin masofada joylashgan tibbiyot maskaniga olib borilishi lozim.
226. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasidagi jihoz va moddalardan oʻqituvchi ruxsatisiz foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
227. Kimyo oʻquv laboratoriya xonasidagi moddalarning taʼmini tatib koʻrish, ularni yaqin masofada turib hidlash va kimyoviy idishlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash taqiqlanadi.
228. Kimyoviy tajriba oʻtkazish davomida (bugʻlatilayotgan, qaynab turgan) idishni maxsus moslamasiz ushlash mumkin emas.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
229. Moddalarni qizdirish uchun qalin devorli shisha idish, oʻlchov idishi va hovonchalarni ishlatish hamda ularni alanga ustiga qoʻyib qizdirish man etiladi.
230. Ichida suyuqligi bor shishanay ustini barmoq bilan berkitib chayqatish taqiqlanadi.
3-§ Biologiya oʻquv laboratoriya xonasidagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
231. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida jihozlar belgilangan tartibda qabul qilib olinishi lozim.
232. Kimyoviy reaktivlarni saqlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
233. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlari hamda tajriba namoyishlarini koʻrsatishda foydalanish uchun asbob-uskunalar oʻqituvchi tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
234. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlari hamda tajriba namoyishlarini oʻtkazishda maxsus tagliklar boʻlishi lozim. Ularning oʻrniga tasodifiy narsalardan (darslik, daftar va boshqalardan) foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
235. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlari olib borishda, koʻrgazma va tajriba namoyishlarini koʻrsatishda ishlatiladigan shisha idishlarning (probirka, kapillyar naychalar toʻplami, shisha tayoqcha, tutash idishlar) bilan ishlashda, chetlari eritilib tayyorlangan shisha naylarni va yorilmagan idishlarni ishlatish lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
236. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida laboratoriya ishlari yoki tajriba namoyishlari oʻtkazishda singan yoki darz ketgan shisha idishlardan foydalanish mumkin emas. Shisha idishlarga havo damlash yoki soʻrib olish, shuningdek qizdirish, ularda bosimni orttirish bilan bogʻliq boʻlgan tajribalarda himoya gʻilofi yoki organik shishali ekranlar, himoya koʻzoynagi yoki niqobdan foydalanish kerak.
237. Rezina va shisha naylar bir-biriga ulanadigan boʻlsa, diametrlari toʻgʻri keladiganlarini ishlatish, nay uchlarini suv, glitserin yoki vazelin bilan hoʻllash lozim.
238. Shisha naylarga tiqin tiqilganda va undan sugʻurib olinayotganda xavfsizlik choralariga amal qilish lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
239. Haroratni keskin oʻzgartirmaslik va mexanik zarblardan saqlash, naylarda yoki kolbada suyuqlikni qizdirayotganda nay yoki kolba ogʻzini oʻquvchilar tomonga qaratmaslik kerak.
240. Teriga va koʻzga xavfli, zararli taʼsir koʻrsatuvchi kislota, ishqor hamda boshqa kimyoviy moddalarning tushishidan saqlanish lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
241. Sinadigan laboratoriya idishlari, oʻtkir tigʻli, qirrali asboblarni tashishda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish lozim.
242. Laboratoriya ishlari uchun zaharli oʻsimliklarni saqlash va ishlatish taqiqlanadi.
243. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida yongʻin xavfsizligi texnikasi qoidalariga qatʼiy amal qilish lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
244. Biologiya oʻquv laboratoriya xonalarida mashgʻulot tugagandan soʻng oʻquvchilar oʻzi ishlagan joyini tartibga keltirishi va qoʻllarini sovunlab yuvishlari zarur.
4-§ Informatika oʻquv xonadagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
245. Informatika oʻquv xonasini yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi.
246. Informatika oʻquv xonasiga kirishda oʻquvchilarning ustki kiyimini osishga moʻljallangan shkaf boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
247. Informatika oʻquv xonasi doskasining chap yoki oʻng tomonida elektr taʼminotidan oʻchirib yoqish uchun qurilma boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
248. Kompyuterning tizim bloki (protsessor) elektr quvvatining 220±20V dan oshmasligi lozim.
249. Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi]
250. Kompyuterning elektr quvvatini uzluksiz taʼminlovchi qurilma (UPS) boʻlishi lozim.
251. Kompyuterning klaviaturasi va gʻildirakli sichqonchasi boʻlishi lozim.
5-§ Sport zalidagi jihozlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
252. Gimnastik jihozlar ustunga oʻrnatilgan, maxsus metall moslamalarga mustahkamlangan va zalga tartib bilan joylashtirilgan boʻlishi kerak.
253. Gimnastik jihozlar (turnik, ot, yakkachoʻp va boshqalar) polga temirli zanjir yordamida maxsus ilgichlar bilan bir tekis oʻrnatilishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
254. Gimnastik narvon devorga maxsus boltlar yordamida mustahkam oʻrnatilib, temir burchakli detallar bilan, narvonning pastki qismi poldagi burchakli detalga shrup (mix) yordamida qotirilishi kerak. Har bir narvonning oraligʻi 2 – 3 m boʻlishi kerak.
255. Gimnastika oʻrindigʻining oʻtirish joyi tekis va qirralari yumaloqlangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
256. Gimnastik arqonning temir moslamali ilgichi binoning shift qismiga, erkin harakatlanib turishini eʼtiborga olgan holda, mustahkam oʻrnatilishi kerak.
257. Devorga oʻrnatiladigan halqalarga maxsus qulf qoʻyib, zanjirni devorga qoqilgan ilgichga mahkamlab qoʻyish lozim.
258. Gimnastik dastakli otning ustiga ogʻir yuk, oʻtkir uchli buyumlar qoʻyish va sport oyoq kiyimisiz chiqish va oʻtirish mumkin emas.
259. Qoʻshpoyani (brusni) shugʻullanuvchilarning boʻyiga qarab oʻzgartirib turish lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
260. Turnik zalning kirish eshigiga qarama-qarshi joylashtirilgan va simlari (tros) koʻndalang oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Turnikni oʻrnatishda old va orqa tomonidan tushish uchun 4-6 m maydon qoldirish, ushlagichning diametri 28 mm silliqlangan poʻlatdan boʻlishi va shugʻullanuvchilarning boʻyiga qarab balandligini 120 sm dan 240 sm gacha oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻlishi hamda mashgʻulotlar tugagandan soʻz yigʻishtirib qoʻyilishi kerak.
261. Prujinali koʻprikchaning oldingi tomonini gimnastika toʻshagiga taqab, polda mahkam turadigan qilib qoʻyish lozim.
262. Gimnastika yakkachoʻpining yuza qismi sirgʻanmaydigan boʻlishi kerak. Yakkachoʻp poldan 120 sm balandda boʻlib, uning oyoqlari mustahkam qilib ishlanishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
263. Toʻldirma toʻplar yung yoki boshqa materiallar bilan toʻldirilgan charm yoki sunʼiy materialdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Toʻldirma toʻplarning diametri 31-40 sm va ogʻirligi 1-1,5 kg boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
264. Nishonga uloqtirish shitining oʻlchami 100 x 100 mm boʻlishi va gimnastika devorchasiga ilgaklar yordamida mustahkamlab osib qoʻyilishi lozim.
6-§ Oʻquv ustaxonalari jihozlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
265. Oʻquv ustaxonalaridagi ish oʻrni har qanday baxtsiz hodisaning oldini olishga qaratilgan holda tashkil qilingan boʻlishi kerak.
266. Har bir ish oʻrni oʻrindiq bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
267. Ish oʻrni va yoʻlaklarni material, namuna, buyum yoki chiqindilar bilan toʻsib qoʻymaslik lozim.
268. Tiski buyumni ishonchli tutib tura olishi hamda siqib turuvchi qismi toʻgʻri va tekis (deformatsiyalanmagan) boʻlishi lozim.
269. Bolgʻa va kuvaldaning yuza qismi tekis, chuqurcha yoki yorilgan joylari boʻlmasligi va mustahkam tutqichga ega boʻlishi kerak.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
270. Bolgʻa va kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yogʻochlardan ishlanishi lozim. Yumshoq va moʻrt yogʻochlardan ishlangan tutqichlardan foydalanish taqiqlanadi.
271. Bolgʻa va kuvalda tutqichi silliq, tekis, oval kesimli va tutib turiladigan tomoni yoʻgʻonlashib boradigan shaklda boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
272. Egov, iskana, arra va boshqa asboblarning tutqichlariga yorilib ketishini oldini oluvchi metall halqa oʻrnatilishi, tutqichning uzunligi esa asbob oʻlchamiga mos kelishi lozim.
273. Tutqichi boʻlmagan yoki nosoz asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.11.00 Noqulay mehnat sharoitlari va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
274. Metallga ishlov berishda uchqun va qirindilardan saqlanish uchun himoya koʻzoynaklaridan foydalanish kerak.
275. Arralarning yoʻnish qismi toʻgʻri charxlangan, tutqichlari mustahkam oʻrnatilgan va silliqlab tozalangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish]
276. Gayka kalitlari gayka va bolt kallaklari oʻlchamiga toʻgʻri kelishi, yorilgan joylari va chuqurchalari boʻlmasligi kerak.
V bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
277. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi taʼlim muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
278. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(278-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI bob. Yakuniy qoida
279. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri T. SHIRINOV
2013-yil 6-fevral
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2013-yil 6-fevral
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2013-yil 6-fevral
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 6-fevral
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2013-yil 6-fevral
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2013-yil 6-fevral
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. KURBANOV
2013-yil 6-fevral
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
2013-yil 6-fevral
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2013-yil 6-fevral
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi direktori J. ISMOILOV
2013-yil 6-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 189-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 01.03.2024-y., 10/24/2446-1/0169-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)