toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligining irrigatsiya-drenaj tizimlarini tiklash loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining kreditlarini o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan kreditlari bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek loyihalarni amalga oshirishga jalb etilgan fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2001 — 2004-yillar davrida Hukumat qarorlari asosida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, suv xo‘jaligi infratuzilmasini takomillashtirish, irrigatsiya tizimlari ishlashi samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilganligi;
2008 — 2012-yillar davrida Suv iste’molchilari uyushmalari – loyihalar (komponentlar) ishtirokchilari yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining qayta moliyalashtirilgan kreditlari bo‘yicha tashqi qarzni qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda asosan Moliya vazirligining maxsus valyuta depozitlari mablag‘lari va davlatning tashqi qarzini qaytarish uchun tasdiqlangan budjet mablag‘larini tejash hisobiga amalga oshirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish agentligining 1-ilovaga muvofiq loyihalar bo‘yicha tegishli komponentlar bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining jalb etilgan kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi to‘lash manbai etib O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘larini belgilash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2013-yilda ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan komponentlar yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida respublika budjetidan mablag‘lar ajratsin;
2014-yildan boshlab kelgusi yilga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan komponentlar yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining kreditlari bo‘yicha asosiy qarzni qaytarishga, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga mablag‘larni nazarda tutsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
4. Sirdaryo viloyati hokimligi (Ashurmatov) Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qayta kreditlash to‘g‘risida 2002-yil 20-martdagi Bitimga muvofiq “Infratuzilmani rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida tarkibiy qayta tuzilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasining “Mashina-traktor xizmatlari ko‘rsatish” komponenti bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi to‘lash bo‘yicha majburiyatlar “Oqoltin MTP” unitar korxonasi tomonidan o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 14-fevral,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-fevraldagi 42-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika davlat budjeti mablag‘lari to‘lov manbalari etib belgilanadigan XTTB va OTB kreditlari komponentlari

t/r‎

Loyiha nomi‎

Komponent nomi‎

Hukumat qarori‎

1.‎

Infratuzilmalarni
‎ rivojlantirishni, shuningdek
‎Sirdaryo viloyati Oqoltin
‎tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash ‎

Xo‘jaliklar ichidagi
‎irrigatsiya va drenaj
‎infratuzilmasini yaxshilash‎

Vazirlar Mahkamasining
‎“Infratuzilmalarni
‎rivojlantirishni, shuningdek
‎Sirdaryo viloyati ‎Oqoltin tumanidagi
‎tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni
‎ qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga
‎oshirishga ‎doir qo‘shimcha ‎chora-tadbirlar
‎to‘g‘risida” ‎2001-yil 27-noyabrdagi
‎462-son qarori

2.‎

Qishloq xo‘jaligi
‎korxonalarini
‎qo‘llab-quvvatlash‎

Loyihada ishtirok
‎etuvchi tumanlarning
‎ irrigatsiya-drenaj
‎ tarmoqlarini tiklash ‎

Vazirlar Mahkamasining
‎“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot
‎banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi
‎ korxonalarini qo‘llab-quvvatlash”
‎loyihasini amalga oshirishga
‎doir amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”
‎2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarori

3.‎

Don ekinlari
‎hosildorligini
‎oshirish ‎

Irrigatsiya-drenaj t
‎izimini tiklash ‎

Vazirlar Mahkamasining
‎“Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida
‎“Don ekinlari hosildorligini
‎oshirish” loyihasini amalga
‎ oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
‎2004-yil 21-oktabrdagi
‎492-son qarori‎

4.‎

Amu-Zang mashina kanali
‎tizimini tiklash‎

Tajriba xo‘jaliklarida
‎sug‘orish va kollektor-drenaj
‎tarmoqlarini qisman rekonstruksiya qilish‎

Vazirlar Mahkamasining
‎“Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida
‎“Amu-Zang mashina kanali tizimini
‎tiklash” loyihasini
‎amalga oshirish chora-tadbirlari
‎to‘g‘risida” 2004-yil 22-oktabrdagi
‎494-son qarori

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-fevraldagi 42-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi o‘zgartirilgan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 27-noyabrdagi 462-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mashina-traktor xizmatlari ko‘rsatish” komponenti bo‘yicha qarzni va qo‘shilgan foizlarni to‘lash Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi huzuridagi muqobil mashina-traktor parki mablag‘lari hisobiga, mablag‘lar yetmaganda – Sirdaryo viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobiga, qolgan komponentlar bo‘yicha esa – respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qaroriga 3-ilovaning 1-satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1. Loyihada ishtirok etuvchi
‎tumanlarning irrigatsiya-drenaj
‎tarmoqlarini tiklash ‎

13214,8‎

36,6‎

13214,8‎

100‎ 0,0‎ 0,0‎ Respublika budjeti
‎mablag‘lari hisobiga to‘lash‎
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Amu-Zang mashina kanali tizimini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 22-oktabrdagi 494-son qaroriga 2-ilovaning 4-satri quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

4. Tajriba xo‘jaliklarida sug‘orish va
‎kollektor-drenaj tarmoqlarini
‎qisman rekonstruksiya qilish‎

1 576,1 ‎ 2,1 ‎ Respublika budjeti mablag‘lari ‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 7-son, 89-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)