1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRISHNI, SHUNINGDEK SIRDARYO VILOYATI OQOLTIN TUMANIDAGI TARKIBI OʻZGARTIRILGAN XOʻJALIKLARNI QOʻLLAB- QUVVATLASH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun besh yildan iborat imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil muddatga 36 mln AQSH dollari miqdorida qarz berishni maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Osiyo taraqqiyot bankining 16,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimiga hamda 5,3 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini mashina-traktor xizmatlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi huzuridagi muqobil mashina-traktor parkiga subqarz bitimlariga muvofiq qayta kreditlaydi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Mashina-traktor xizmatlari koʻrsatish” komponenti boʻyicha qarzni va qoʻshilgan foizlarni toʻlash Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi huzuridagi muqobil mashina-traktor parki mablagʻlari hisobiga, mablagʻlar yetmaganda – Sirdaryo viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha daromadlari hisobiga, qolgan komponentlar boʻyicha esa – respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
loyihani amalga oshirish davrida qarz boʻyicha foizlarni va vositachilik haqini, shuningdek mablagʻ bilan taʼminlashni tashkil etish xarajatlarini hamda qarz mablagʻlarini toʻlash Osiyo taraqqiyot banki hisobiga amalga oshiriladi.
loyihada qatnashuvchi Oqoltin tumani xoʻjalik yurituvchi subyektlari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* Ilovalar berilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Osiyo taraqqiyot banki bilan tuzilgan qarz bitimini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va subqarz oluvchilar oʻrtasidagi subqarz bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy oʻzgartirish agentligiga hamda Oqoltin tumani hokimiga Loyiha mablagʻlaridan Osiyo taraqqiyot banki tartibotlariga binoan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik, shuningdek qarz bitimiga va Loyihani amalga oshirish grafigiga muvofiq Loyihaning samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash yuklansin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
7. Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uni amalga oshirish davrida loyiha doirasida respublikaga import boʻyicha keltiriladigan asbob-uskunalar, tovarlar (xizmatlar) uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvchi uchun yigʻimlar bundan mustasno).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi investitsiya dasturlarini shakllantirishda, 2002-yildan boshlab, “Infratuzilmalarni rivojlantirishni, shuningdek Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi tarkibi oʻzgartirilgan xoʻjaliklarni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ulushining mablagʻ bilan taʼminlanishini nazarda tutsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Loyihaning mufassal xarajatlari yigʻma smetasini hamda mablagʻlarni berish, ulardan foydalanish tartibini va ularni qaytarish mexanizmini tasdiqlash uchun kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarni kelish vizalari bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.