Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-noyabrdagi 461-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga besh yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 20 yil muddatga 36,14 mln. AQSH dollari miqdorida qarz berilishini maʼqullaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz bitimini imzolashga va Qarz berish toʻgʻrisidagi bitimga va loyihani amalga oshirish jadvaliga muvofiq qayta kreditlash toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga;
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy kreditga hisob-kitob-bank xizmati koʻrsatishga vakil qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
4. Qarzni qaytarish jadvali 1-ilovaga
* muvofiq maʼqullansin.
loyiha boʻyicha xarajatlar 2-ilovaga
* muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining mablagʻlari, loyihada ishtirok etuvchi xoʻjaliklar va xususiy korxonalar mablagʻlari, shuningdek markazlashtirilgan kapital mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
qarzning asosiy qismi, qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqi 3-ilovaga
* muvofiq loyihada qatnashuvchi xoʻjaliklarning mablagʻlari va loyiha doirasida tashkil etiladigan moliyaviy tuzilmalar, xoʻjalik hisobidagi korxonalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qaytariladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta qurish agentligiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tartibotlariga muvofiq loyihaning samarali amalga oshirilishini, loyiha mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini, shuningdek loyihani amalga oshirish boʻyicha zarur hujjatlar, shu jumladan qarz mablagʻlarini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi shartnomalar loyihalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va tegishli idoralarga kiritilishini taʼminlash yuklansin.
7. Mazkur loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uni amalga oshirish davrida loyiha doirasida import boʻyicha respublikaga olib kelinadigan asbob-uskunalar, tovarlar (xizmatlar)dan olinadigan bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilinsin (bojxonada rasmiylashtirganlik yigʻimlaridan tashqari).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
loyihaning samarali amalga oshirilishini va qarzning belgilangan qismi loyiha qatnashchilari tomonidan oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlasin;
mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini muntazam nazorat qilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda investitsiya dasturlarini shakllantirishda 2002-yildan boshlab “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga
* muvofiq ulushini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan holda ularga koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi chet ellik mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.