toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2014
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 16-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2412]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 30-dekabrdagi 116, 2013-47-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2551, 08.01.2014-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-sonli “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 17-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 24-fevraldagi 22, 2012-13-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2336, 2012-yil 6-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 10-son, 111-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-yanvar,
1-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-yanvar,
2013-1-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 7-yanvardagi 1-son va 2013-1-son qaroriga
ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari
I. Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlarning minimal miqdorlari

so‘m

T/r

Mahsulot turi

O‘lchov
birligi

Toshkent
shahar

Viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

Tumanlar

1.

Mahsulotlarni savdo o‘rinlarida sotish:

1.1.

Mevalar:
ho‘l mevalar:

olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxo‘ri, gilos, ko‘k va qizil sulton, o‘rik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k.

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h. k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa ho‘l mevalar.

1 o‘rin/
kunga

6 550

4 700

2 350

Quruq mevalar, yong‘oqlar:
turshak, bargak, mayiz, yong‘oq, yeryong‘oq, bodom, pistalar, sho‘rdanak va h. k.

1 o‘rin/
kunga

6 550

4 700

2 350

1.2.

Sabzavotlar:
kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholg‘om, bulg‘or qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda etishtirilgan pomidor va bodring) va h. k. hamda pishirilgan jo‘xori

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

1.3.

Poliz mahsulotlari:
handalak,qovun , tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha)

1 o‘rin/
kunga

6 550

4 700

2 350

1.4.

Don mahsulotlari:
guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bug‘doy, so‘li, arpa va h. k.

1 o‘rin/
kunga

3 100

2 350

1 200

1.5.

Dukkakli mahsulotlar:
mosh, loviya, no‘xat va h. k.

1 o‘rin/
kunga

3 100

2 350

1 200

1.6.

Sut mahsulotlari:
sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlog‘i, suzma va h. k.

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

1.7.

Tuzlamalar:
karam, bodring, pomidor va h. k.

1 o‘rin/
kunga

3 950

2 350

1 700

1.8.

Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h. k) hamda asal

1 o‘rin/
kunga

3 950

2 350

1 700

1.9.

Ko‘katlar (shu jumladan issiqxonada etishtirilganlar)

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

1.10.

Tuxum

1 o‘rin/
kunga

3 950

2 350

1 700

1.11.

Gullar va ko‘chatlar (6 kv. metrgacha)

1 o‘rin/
kunga

3 550

1 700

1 200

1.12.

Non mahsulotlari (obi non, patir va h. k)

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

1.13.

Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari

1 o‘rin/
kunga

3 950

2 350

1 700

1.14.

Sanoat yo‘li bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar

1 o‘rin/
kunga

5 900

3 750

2 150

1.15.

Milliy taomlar

1 o‘rin/
kunga

6 950

4 800

2 700

1.16.

Polietilen va qog‘oz paketlar, savatlar va posilka qutilari

1 o‘rin/
kunga

3 200

2 150

1 100

1.17.

Supurgi

1 o‘rin/
kunga

2 350

1 700

950

1.18.

Tirik baliq

1 o‘rin/
kunga

5 900

3 550

2 350

1.19.

Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha)

1 o‘rin/
kunga

1 200

1 200

1 200

2.

Go‘sht mahsulotlari:
mol, qo‘y, cho‘chqa, parranda go‘shti, jigar, dumba va h. k.

1 o‘rin/
kunga

5 900

3 550

2 350

3.

Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish:

yengil avtomashinalardan

1 mashina

6 950

3 750

2 700

yuk avtomashinalaridan

1 mashina

10 700

6 400

3 750

tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan

1 mashina

20 350

6 400

3 750

mahsulotlarni yerdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha)

1 o‘rin/
kunga

4 300

3 200

1 600

4.

Uy hayvonlari uchun em-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun):
shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajo‘xori poyasi va h. k.

1 mashina

6 950

4 300

2 700

5.

Qurilish materiallarini sotish:

5.1.

Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish:

6 kv. metrgacha

1 o‘rin/
kunga

3 200

2 150

1 600

6 dan — 15 kv. metrgacha

1 o‘rin/
kunga

5 350

3 200

2 150

15 dan — 30 kv. metrgacha

1 o‘rin/
kunga

7 500

4 300

3 200

5.2.

Kichik o‘lchamdagi qurilish materiallari (mayda o‘lchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h. k.) sotish (6 kv. metrgacha)

1 o‘rin/
kunga

3 200

2 150

1 600

6.

Ilgari foydalanishda bo‘lgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish:

Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar

1 o‘rin/
kunga

4 700

2 900

2 550

Uy-ro‘zg‘or jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar

1 o‘rin/
kunga

2 700

2 150

1 600

7.

Avtotransport vositalarini sotish:

yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar

1 dona

16 500

5 900

5 900

yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk ko‘taruvchi transport vositalari

1 dona

23 550

7 050

7 050

mototsikl, motoreller va mopedlar

1 dona

2 350

2 350

2 350

velosipedlar

1 dona

1 700

1 700

1 700

8.

Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun

8.1.

Ot, toy, tuya

1 bosh

7 700

5 250

2 350

bo‘taloq, eshak

1 bosh

3 750

2 700

1 600

8.2.

Yirik shoxli qoramol:

yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzog‘i bilan)

1 bosh

7 700

5 250

2 350

buzoq

1 bosh

3 750

2 700

1 950

8.3.

Mayda shoxli qoramol:

qo‘y, echki (qo‘y qo‘zisi bilan, echki ulog‘i bilan va h. k.)

1 bosh

3 000

2 700

1 200

qo‘zi, uloq

1 bosh

1 600

1 300

850

8.4.

Cho‘chqalar, cho‘chqa bolalari

1 bosh

3 000

2 700

1 200

9.

Uy parrandalari: kurka, tovuq, o‘rdak, g‘oz

1 bosh

850

650

650

tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz jo‘jalari

10 bosh

850

650

650

10.

Itlar va mushuklar

1 o‘rin/
kunga

3 000

2 700

1 200

11.

Manzarali qushlar va baliqlar

1 o‘rin/
kunga

3 000

2 700

1 200

12.

Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar

1 o‘rin/
kunga

1 100

850

650

13.

Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda

1 o‘rin/
kunga

3 200

2 900

1 400

14.

Poyabzal ta’mirlash xizmati

1 o‘rin/
kunga

2 700

1 100

850

II. Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarining minimal miqdorlari

so‘m

T/r

Ko‘rsatiladigan xizmatlar turi

O‘lchov birligi

Toshkent
shahar

Viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

Tumanlar

1.

Inventarlarni ijaraga berish:

1.1.

Tosh-tarozilar uchun

1 kunga

1 200

750

500

1.2.

Katta yuk tortish tarozilari uchun

150 kg. gacha

1 kunga

2 350

1 200

850

150 kg. dan 1500 kg. gacha

1 kunga

8 250

5 900

4 700

1.3.

Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, o‘rindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun to‘plam uchun) (to‘plam savdo faoliyati turi zaruratidankelib chiqqan holda aniqlanadi)

1 kunga

1 200

850

500

1.4.

Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun to‘plam uchun) (to‘plam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi)

1 kunga

400

300

200

1.5.

Mahsulotlar uchun brezent berish

1 kunga

1 200

850

500

1.6.

Aravachalar uchun

1 kunga

1 200

850

500

1.7.

Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanganligi uchun (1 m2)

1 kunga

1 200

850

500

2.

Ko‘rsatiladigan xizmat turlari:

2.1.

Qishloq xo‘jalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash:

sovutkichlarda (har bir yashik, qop va
h. k. uchun)

1 kunga

1 850

1 700

1 700

omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h. k. uchun)

1 kunga

1 200

1 200

1 200

bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo o‘rni hisobidan)

1 kunga

1 200

1 200

1 200

2.2.

Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50 x 50 x 100 o‘lchamdagi joy uchun)

1 kunga

1 600

1 100

850

2.3.

Mahsulotlarni tarozida tortish:

katta yuk tarozida

1-marta tortish

1 100

650

500

yirik va mayda shoxli qoramolni tortish

1-marta tortish

1 200

1 200

850

2.4.

Avtotarozilardan foydalanish:

yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnadan ortiq bo‘lgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan:

yuk bilan

1-marta o‘lchash

8 550

2 150

1 600

 

yuksiz

1-marta o‘lchash

5 350

1 600

1 200

yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnagacha bo‘lgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan:

yuk bilan

1-marta o‘lchash

3 750

1 300

1 100

yuksiz

1-marta o‘lchash

2 700

1 100

850

yengil avtomashinalardan:

yuk bilan

1-marta o‘lchash

3 200

1 100

850

yuksiz

1-marta o‘lchash

1 600

850

650

tirkamali yengil avtomashinalardan:

yuk bilan

1-marta o‘lchash

3 750

1 300

1 100

yuksiz

1-marta o‘lchash

2 150

1 100

850

2.5.

Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun)

1 kunga

5 900

3 550

3 550

2.6.

Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun:

yengil avtomashinalar uchun

1 soatga

1 100

500

400

yuk avtomashinalari uchun

1 soatga

1 300

650

500

2.7.

Hojatxona xizmatidan foydalanish

1-marta

400

300

200

2.8.

Telefondan foydalanish

1-marta

200

100

100

2.9.

Radiouzel orqali e’lon berish

3-marta takror

400

300

200

III. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarining minimal miqdorlari

so‘m

T/r

Mahsulot turi

O‘lchov birligi (oylik to‘lov)

Toshkent
shahar

Viloyatlar markazlari va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar

Tumanlar

1.

Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi

Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

26 750

12 850

6 400

Oziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

23 550

10 700

5 350

Umumiy ovqatlanish

1 kv. metr uchun

26 750

12 850

6 400

Maishiy xizmat ko‘rsatish

1 kv. metr uchun

9 650

4 800

3 200

Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)

1 kv. metr uchun

10 700

5 350

3 200

2.

Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi:

2.1.

Mulk mulk huquqi asosida tegishli bo‘lganda:

Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

9 650

4 800

3 200

Oziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

9 650

4 800

3 200

Umumiy ovqatlanish

1 kv. metr uchun

9 650

4 800

3 200

Maishiy xizmat ko‘rsatish

1 kv. metr uchun

6 400

3 750

2 700

Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)

1 kv. metr uchun

6 400

3 750

2 700

2.2.

Er va mulk mulk huquqi asosida tegishli bo‘lganda:

Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

1 600

1 300

1 100

Oziq-ovqat mahsulotlari sotish

1 kv. metr uchun

1 600

1 300

1 100

Umumiy ovqatlanish

1 kv. metr uchun

1 600

1 300

1 100

Maishiy xizmat ko‘rsatish

1 kv. metr uchun

1 300

1 100

850

Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)

1 kv. metr uchun

1 300

1 100

850

Izoh:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo o‘rni) o‘lchami 1 — 1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu o‘lchamdan ortiq o‘rin uchun qo‘shimcha ravishda har bir savdo o‘rni uchun belgilangan to‘lov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xalq iste’moli mollari aralash holda sotilganda, to‘lov sotiladigan mahsulot turlari bo‘yicha belgilangan eng yuqori stavka bo‘yicha undiriladi.
IV. Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 7-yanvar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 3-son, 37-modda)