toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.01.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARINING MAʼMURIYATI TOMONIDAN UNDIRIB OLINADIGAN BIR MARTALIK YIGʻIMLAR, IJARA TOʻLOVI VA KOʻRSATILADIGAN XIZMATLAR QIYMATINING MINIMAL MIQDORLARINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2336]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 7-yanvardagi 1, 2013-1-sonli “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2412, 16.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 17-son, 131-modda) 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-fevral,
22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-fevral,
2012-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 24-fevraldagi 22, 2012-13-son qaroriga
ILOVA
Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining
MINIMAL MIQDORLARI
I. Bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlarning minimal miqdorlari

soʻm‎

T/r‎

Mahsulot turi‎

Oʻlchov birligi Toshkent shahar Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar‎ Tumanlar‎
1‎.

Mahsulotlarni savdo oʻrinlarida sotish:‎

1.1.‎ Mevalar:
‎Hoʻl mevalar:

‎olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum, olcha, qulupnay, malina va h. k.‎
1 oʻrin/kunga‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900 ‎
sitrus va tropik mevalar (apelsin, mandarin, limon, banan, ananas, kivi va h. k.) hamda chet eldan keltirilgan boshqa hoʻl mevalar.‎ 1 oʻrin/kunga‎ 6 100 ‎ 4 400 ‎ 2 200 ‎
Quruq mevalar, yongʻoqlar:
‎turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, eryongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h. k.‎
1 oʻrin/kunga‎ 6 100 ‎ 4 400 ‎ 2 200 ‎
1.2‎. Sabzavotlar:
‎kartoshka, piyoz, karam, sabzi, sarimsoq, lavlagi, sholgʻom, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patisson, pomidor, bodring (shu jumladan, issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring) va h. k. hamda pishirilgan joʻxori ‎
1 oʻrin/kunga‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900 ‎
1.3‎. Poliz mahsulotlari:
‎handalak, qovun , tarvuz, qovoq (6 kv. metrgacha) ‎
1 oʻrin/kunga‎ 6 100 ‎ 4 400 ‎ 2 200 ‎
1.4. Don mahsulotlari:
‎guruch, kungaboqar, yormalar (krupa), bugʻdoy, soʻli, arpa va h.k.‎
1 oʻrin/kunga‎ 2 900 ‎ 2 200 ‎ 1 100 ‎
1.5‎. Dukkakli mahsulotlar:‎
‎mosh, loviya, noʻxat va h. k.
1 oʻrin/kunga‎ 2 900 ‎ 2 200 ‎ 1 100 ‎
1.6‎. Sut mahsulotlari:
‎sut, qatiq, qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h. k. ‎
1 oʻrin/kunga‎‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900‎
1.7‎. Tuzlamalar:
‎karam, bodring, pomidor va h. k. ‎
1 oʻrin/kunga‎‎ 3 700 ‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎
1.8‎. Ziravor va dorivorlar (zira, murch, qalampir va h. k) hamda asal‎ 1 oʻrin/kunga‎‎ 3 700 ‎ 2 200 ‎ 1 600
1.9‎. Koʻkatlar (shu jumladan issiqxonada yetishtirilganlar)‎ 1 oʻrin/kunga‎‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900 ‎
1.10‎. Tuxum‎ 1 oʻrin/kunga‎‎ 3 700 ‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎
1.11‎. Gullar va koʻchatlar (6 kv. metrgacha)‎ 1 oʻrin/kunga‎‎ 3 300 ‎ 1 600 ‎ 1 100 ‎
1.12.‎ Non mahsulotlari (obi non, patir va h. k.)‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900 ‎
1.13‎. Uyda tayyorlangan konservalangan mahsulotlar, pazandalik mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 3 700 ‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎
1.14‎. Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va salqin ichimliklar‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 5 500 ‎ 3 500 ‎ 2 000 ‎
1.15‎. Milliy taomlar ‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 6 500‎ 4 500 ‎ 2 500 ‎
1.16‎. Polietilen va qogʻoz paketlar, savatlar va posilka qutilari‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 3 000 ‎ 2 000 ‎ 1 000 ‎
1.17‎. Supurgi‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 2 200 ‎ 1 600 ‎ 900 ‎
1.18‎. Tirik baliq‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 5 500 ‎ 3 300 ‎ 2 200 ‎
1.19‎. Xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi va kosibchilik tovarlari (6 kv. metrgacha)‎ 1 oʻrin/kunga‎‎‎ 1 100 ‎ 1 100 ‎ 1 100 ‎
2. Goʻsht mahsulotlari:‎
‎mol, qoʻy, choʻchqa, parranda goʻshti, jigar, dumba va h. k.
1 oʻrin/kunga‎‎‎ 5 500 ‎ 3 300 ‎ 2 200 ‎
3.‎ Mahsulotlarni avtomashinalardan sotish:‎
yengil avtomashinalardan ‎ 1 mashina‎ 6 500 ‎ 3 500 ‎ 2 500 ‎

yuk avtomashinalaridan ‎

1 mashina‎

10 000 ‎ 6 000 ‎ 3 500 ‎

tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan ‎

1 mashina‎

19 000 ‎ 6 000 ‎ 3 500 ‎

mahsulotlarni erdan sotish (savdo rastalaridan tashqarida, maxsus ajratilgan joylarda) (6 kv. metrgacha) ‎

1 oʻrin/kunga‎

4 000 ‎ 3 000 ‎ 1 500 ‎
4.‎ Uy hayvonlari uchun yem-ozuqalar (har bir tirkama yoki yuk avtomashinasi uchun):
‎shrot, sheluxa, kombikorma, pichan, somon, guruch va makkajoʻxori poyasi va h. k. ‎
1 mashina‎ 6 500 ‎ 4 000 ‎ 2 500 ‎
5.‎ Qurilish materiallarini sotish:‎
5.1.‎ Bozorlar va savdo komplekslari tomonidan maxsus ajratilgan joylarda ogʻir va katta oʻlchamdagi qurilish materiallarini sotish:‎
‎‏ 6 kv. metrgacha‎ 1 oʻrin/kunga‎‎ 3 000 ‎ 2 000‎ 1 500‎

6 dan — 15 kv. metrgacha‎

1 oʻrin/kunga‎‎

5 000‎ 3 000‎ 2 000‎

15 dan — 30 kv. metrgacha‎

1 oʻrin/kunga‎‎

7 000‎ 4 000‎ 3 000‎
5.2.‎ Kichik oʻlchamdagi qurilish materiallari (mayda oʻlchamli), santexnika, yoritish uskunalarini (lyustra, svetilniklar va h. k.) sotish (6 kv. metrgacha) ‎ 1 oʻrin/kunga‎ 3 000 ‎ 2 000 ‎ 1 500 ‎
6.‎ Ilgari foydalanishda boʻlgan buyumlar va ehtiyot qismlarni sotish:‎
Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar‎ 1 oʻrin/kunga‎ 4 400 ‎ 2 700 ‎ 2 400 ‎
Uy-roʻzgʻor jihoz buyumlari va kiyim-kechaklar‎ 1 oʻrin/kunga‎ 2 500 ‎ 2 000 ‎ 1 500 ‎
7.‎ Avtotransport vositalarini sotish:‎
yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar ‎ 1 dona‎ 15 400 ‎ 5 500 ‎ 5 500 ‎
yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk koʻtaruvchi transport vositalari‎ 1 dona‎ 22 000 ‎ 6 600 ‎ 6 600 ‎
mototsikl, motoreller va mopedlar‎ 1 dona‎ 2 200 ‎ 2 200 ‎ 2 200 ‎
velosipedlar‎ 1 dona‎ 1 600 ‎ 1 600 ‎ 1 600 ‎
8.‎ Mol bozoriga olib kiriladigan har bir chorva mollari uchun‎
8.1.‎ Ot, toy, tuya‎ 1 bosh‎ 7 200 ‎ 4 900 ‎ 2 200 ‎
boʻtaloq, eshak‎ 1 bosh‎ 3 500 ‎ 2 500 ‎ 1 500 ‎
8.2.‎ Yirik shoxli qoramol: ‎
yirik shoxli qoramol (shu jumladan sigir buzogʻi bilan)‎ 1 bosh‎ 7 200 ‎ 4 900 ‎ 2 200 ‎
buzoq‎ 1 bosh‎ 3 500 ‎ 2 500 ‎ 1 800 ‎
8.3.‎ Mayda shoxli qoramol:‎
qoʻy, echki (qoʻy qoʻzisi bilan, echki ulogʻi bilan va h. k.) ‎ 1 bosh‎ 2 800 ‎ 2 500 ‎ 1 100 ‎
qoʻzi, uloq‎ 1 bosh‎ 1 500 ‎ 1 200 ‎ 800 ‎
8.4.‎ Choʻchqalar, choʻchqa bolalari ‎ 1 bosh‎ 2 800 ‎ 2 500 ‎ 1 100
9. Uy parrandalari: kurka, tovuq, oʻrdak, gʻoz ‎ 1 bosh‎ 800 ‎ 600 ‎ 600 ‎
tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz joʻjalari ‎ 10 bosh‎ 800 ‎ 600‎ 600‎
10.‎ Itlar va mushuklar‎ 1 oʻrin/kunga‎ 2 800 ‎ 2 500 ‎ 1 100 ‎
11.‎ Manzarali qushlar va baliqlar‎ 1 oʻrin/kunga‎ 2 800 ‎ 2 500 ‎ 1 100 ‎
12.‎ Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar uchun ozuqalar hamda tegishli aksessuarlar va buyumlar‎ 1 oʻrin/kunga‎ 1 000 ‎ 800 ‎ 600 ‎
13.‎ Itlar, mushuklar, manzarali qushlar va baliqlar, shuningdek ularning ozuqalari va tegishli aksessuarlar va buyumlar, bir joyda ‎ 1 oʻrin/kunga‎ 3 000 ‎ 2 700 ‎ 1 300 ‎
14. Poyabzal taʼmirlash xizmati 1 oʻrin/kunga 2 500 1 000 800
II. Bozorlar va savdo komplekslarida inventarlarni ijaraga berish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlarining minimal miqdorlari

soʻm‎

T/r‎

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun‎

Oʻlchov birligi ‎

Toshkent shahar ‎

Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar‎

Tumanlar‎

1.‎

Inventarlarni ijaraga berish:‎

1.1.‎ Tosh-tarozilar uchun‎ 1 kunga‎ 1 100‎ 700‎ 500‎
1.2.‎ Katta yuk tortish tarozilari uchun‎
150 kg. gacha ‎ 1 kunga‎ 2 200‎ 1 100‎ 800‎
150 kg. dan 1500 kg. gacha‎ 1 kunga‎ 7 700‎ 5 500‎ 4 400‎
1.3.‎ Savdo jihozlari uchun (bolta, taxtakach, pichoq, oʻrindiq, voronka, patnis, savat va h. k.) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi)‎ 1 kunga‎ 1 100‎ 800‎ 500‎
1.4.‎ Maxsus ust-bosh kiyimlar uchun (xalat, etak, yenglik) (butun toʻplam uchun) (toʻplam savdo faoliyati turi zaruratidan kelib chiqqan holda aniqlanadi) ‎ 1 kunga‎ 400‎ 300‎ 200‎
1.5.‎ Mahsulotlar uchun brezent berish‎ 1 kunga‎ 1 100‎ 800‎ 500‎
1.6.‎ Aravachalar uchun‎ 1 kunga‎ 1 100‎ 800‎ 500‎
1.7.‎ Reklama joylashtirishga ajratilgan yer maydonidan foydalanga�ligi uchun (1 m2)‎ 1 kunga‎ 1 100‎ 800‎ 500‎
2.‎ Koʻrsatiladigan xizmat turlari:‎
2.1.‎ Qishloq xoʻjalik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash:‎
sovutkichlarda (har bir yashik, qop va h. k. uchun)‎ 1 kunga ‎ 1 700‎ 1 600‎ 1 600‎
omborxonalarda, saqlash kameralarida (har bir yashik, qop va h. k. uchun)‎ 1 kunga ‎ 1 100‎ 1 100‎ 1 100‎
bozor hududidagi rastalarda va ochiq joylarda (savdo oʻrni hisobidan)‎ 1 kunga ‎ 1 100‎ 1 100‎ 1 100‎
2.2.‎ Buyumlarni omborlarda saqlash (bir 50 x 50 x 100 oʻlchamdagi joy uchun)‎ 1 kunga ‎ 1 500‎ 1 000‎ 800‎
2.3.‎ Mahsulotlarni tarozida tortish:‎
katta yuk tarozida‎ 1-marta tortish‎ 1 000‎ 600‎ 500‎
yirik va mayda shoxli qoramolni tortish‎ 1-marta tortish‎ 1 100‎ 1 100‎ 800
2.4. Avtotarozilardan foydalanish:‎
yuk koʻtarish quvvati 5 tonnadan ortiq boʻlgan tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan:‎
yuk bilan ‎ 1-marta oʻlchash‎ 8 000‎ 2 000‎ 1 500‎
yuksiz ‎ 1-marta oʻlchash‎ 5 000‎ 1 500‎ 1 100‎
yuk koʻtarish quvvati 5 tonnagacha boʻlgan tirkamali va yarim tirkamali yuk avtomashinalaridan:‎
yuk bilan‎ 1-marta oʻlchash‎ 3 500‎ 1 200‎ 1 000‎
yuksiz ‎ 1-marta oʻlchash‎ 2 500‎ 1 000‎ 800‎
yengil avtomashinalardan:‎
yuk bilan ‎ 1-marta oʻlchash‎ 3 000‎ 1 000‎ 800‎
yuksiz ‎ 1-marta oʻlchash‎ 1 500‎ 800‎ 600‎
tirkamali yengil avtomashinalardan:‎
yuk bilan‎ 1-marta oʻlchash‎‎ 3 500‎ 1 200‎ 1 000‎
yuksiz ‎‎ 1-marta oʻlchash‎‎ 2 000‎ 1 000‎ 800‎
2.5. Mehmonxona xizmatidan foydalanish (1 ta joy uchun) ‎ 1 kunga‎ 5 500‎ 3 300‎ 3 300
2.6. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash uchun:‎
yengil avtomashinalar uchun‎ 1 soatga‎ 1 000‎ 500‎ 400‎
yuk avtomashinalari uchun ‎ 1 soatga‎ 1 200‎ 600‎ 500‎
2.7. Hojatxona xizmatidan foydalanish‎ 1-marta‎ 400‎ 300‎ 200‎
2.8.‎ Telefondan foydalanish‎ 1-marta‎ 200‎ 100‎ 100‎
2.9. Radiouzel orqali eʼlon berish‎ 3-marta takror‎ 400‎ 300‎ 200‎
III. Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan hamda bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarining minimal miqdorlari

soʻm‎

T/r‎

Toʻlov turlari‎

Oʻlchov birligi ‎

Toshkent shahar ‎

Viloyatlar markazlari va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar‎

Tumanlar‎

1.‎ Bozorlar va savdo komplekslari balansidagi bino, inshoot va boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi‎
Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 25 000‎ 12 000‎ 6 000‎
Oziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 22 000‎ 10 000‎ 5 000‎
Umumiy ovqatlanish‎ 1 kv. metr uchun‎ 25 000‎ 12 000‎ 6 000‎
Maishiy xizmat koʻrsatish‎ 1 kv. metr uchun‎ 9 000‎ 4 500‎ 3 000‎
Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)‎ 1 kv. metr uchun‎ 10 000‎ 5 000‎ 3 000‎
2.‎ Bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va qurilmalar egalaridan bozor infratuzilmasidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi:‎
2.1.‎ Mulk mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda:‎
Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 9 000‎ 4 500‎ 3 000‎
Oziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 9 000‎ 4 500‎ 3 000‎
Umumiy ovqatlanish‎ 1 kv. metr uchun‎ 9 000‎ 4 500‎ 3 000‎
Maishiy xizmat koʻrsatish 1 kv. metr uchun‎ 6 000‎ 3 500‎ 2 500‎
Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)‎ 1 kv. metr uchun 6 000‎ 3 500‎ 2 500‎
2.2.‎ Yer va mulk mulk huquqi asosida tegishli boʻlganda:‎ 1 kv. metr uchun‎ 1 500‎ 1 200‎ 1 000‎
Nooziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 1 500‎ 1 200‎ 1 000‎
Oziq-ovqat mahsulotlari sotish‎ 1 kv. metr uchun‎ 1 500‎ 1 200‎ 1 000‎
Umumiy ovqatlanish 1 kv. metr uchun‎ 1 500‎ 1 200‎ 1 000‎
Maishiy xizmat koʻrsatish‎ 1 kv. metr uchun‎ 1 200‎ 1 000‎ 800‎
Boshqa turlar (ombor, ofis, dorixona, paynet va h. k.)‎ 1 kv. metr uchun‎ 1 200‎ 1 000‎ 800‎
Izoh:
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda, bir joy (savdo oʻrni) oʻlchami 1-1,2 pogon metr deb belgilanadi va shu oʻlchamdan ortiq oʻrin uchun qoʻshimcha ravishda har bir savdo oʻrni uchun belgilangan toʻlov miqdorida joy haqi undiriladi.
2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollari aralash holda sotilganda, toʻlov sotiladigan mahsulot turlari boʻyicha belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha undiriladi.
IV. Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2012-yil 24-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 111-modda)