toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012—2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ-1758-son qarorining bajarilishini taʼminlash, shuningdek qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish, ulardan foydalanish samaradorligini hamda koʻrsatiladigan servis va taʼmirlash xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri “Davtexnazorat” inspeksiyalarining tashkiliy tuzilmasi, shuningdek “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi xodimlarining soni 2—7-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar stavkalari 8-ilovaga muvofiq;
traktorlar, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalarining davlat raqami belgilari namunalari 9-ilovaga muvofiq;
traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar texnik pasportining, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonining namunalari 10—12-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning texnik holatini nazorat qiladi.
3. Quyidagilarga:
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasiga — traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning respublika davlat standartlariga javob beruvchi davlat raqami belgilarini va texnik pasportini, shuningdek traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini, qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini tayyorlash uchun buyurtmalarni joylashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan montaj qilish boshqarmasi huzuridagi “Uzavtomotobelgi” ShKga — traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning belgilangan namunadagi davlat raqami belgilarini tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga — traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning texnik pasportini, qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini, shuningdek traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonini maxsus himoyalangan qogʻozda tayyorlash vazifasi yuklansin.
4. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi:
2013-yil 1-aprelgacha — traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning markazlashtirilgan hisobini (elektron maʼlumotlar bazasini) shakllantirish uchun majburiy maʼlumotlar roʻyxatini tuzsin;
2013-yil 1-iyulgacha — traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning davlat raqami belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish va izlashning kompyuter dasturini joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 2013-yil 1-iyuldan 2017-yil 31-dekabrgacha davlat raqami belgilari, texnik pasport, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonining yangi namunalari amalga kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari taʼminoti xarajatlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi huzurida Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2013-yil 1-yanvardan boshlab “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar summasining 40 foizi “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini berish tartibi;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi;
traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar va ogohlantirish talonlari berish tartibi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Mashina va asbob-uskunalarning texnikaviy holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 6-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 1-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-dekabr,
345-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
3. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarkibiga kiradi.
4. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mashina va asbob-uskunalarning texnika holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Davtexnazorat” inspeksiyalari deb ataladi) hududiy boʻlinmalari kiradi.
“Davtexnazorat” inspeksiyalari tarkibiga qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha tuman va shahar inspektorlari kiradi.
5. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
II. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining vazifalari
6. Quyidagilar “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinalari hisobini yuritish (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatining qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno).
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
b) 1-ilovaga muvofiq:
2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnika holati, shuningdek ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya qilinishi;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga texnika xizmati koʻrsatish sifati;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilishning kafolat muddati mobaynida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
III. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining funksiyalari
7. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
a) traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan oʻtkazadi, ularga davlat raqami belgilarini va texnik pasportlarni, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasini beradi;
b) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
v) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish, taʼmirlash, saqlash va hisobdan chiqarish qoidalariga rioya etilishini tekshiradi;
g) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnik tayyorligini oshirish, ularni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlashni yaxshilash masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda ilgʻor tajribani yoyishga koʻmaklashadi;
d) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash va servis xizmatlari koʻrsatish qoidalarining buzilishi holatlari aniqlangan hollarda keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrgan holda koʻrsatmalar tuzadi;
e) traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun imtihonlar olinishini amalga oshiradi;
yo) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish va tiklashning imkoni yoʻqligi, shu jumladan avariyalar yoki tabiiy ofatlar oqibatida amortizatsiya muddatlari tugagunga qadar yaroqsiz holatga kelgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar toʻgʻrisida xulosalarni taqdim etadi;
j) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
IV. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining huquqlari
8. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
a) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning texnik holatini va ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash, taʼmirlash va hisobdan chiqarish qoidalariga amal qilinishini baholash uchun ishlab chiqarish obyektlari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarini tekshirish;
b) isteʼmolchilarning buyurtmanomasiga koʻra yuklab joʻnatishdan oldin qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash;
v) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarning egalaridan “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni soʻrash;
g) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar egalariga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berish;
d) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborish;
e) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy jazolarni qoʻllash.
V. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining javobgarligi
9. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi:
a) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari mavjudligi hisobini yuritishning toʻgʻriligi va toʻliqligi;
b) qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarining texnik koʻrikdan oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishi;
v) qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy jazolarni qoʻllashning toʻgʻriligi;
g) budjet mablagʻlaridan va “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan javob beradi.
10. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektorlari oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur tarzda bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
VI. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining faoliyatini tashkil qilish
11. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
12. “Davtexnazorat” inspeksiyalariga tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va egallab turgan lavozimidan ozod etiladigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha tuman va shahar inspektorlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish tegishli tumanlar va shaharlar hokimlari bilan kelishgan holda “Davtexnazorat” inspeksiyalarining boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat bosh nazoratchisi hisoblanadi.
“Davtexnazorat” inspeksiyalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, tegishli viloyatlar, Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat bosh inspektorlari hisoblanadi.
Tuman va shahar inspektorlari tegishli tumanlar va shaharlarning qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlariga ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni tekshirish uchun ruxsat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, “Davtexnazorat” inspeksiyalarining faoliyatini moliyalashtirish esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
15. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi huzurida Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
16. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari tomonidan:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarining har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi;
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinaga davlat raqami belgisi, texnik pasport, qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasi berilganligi;
imtihonlar olinganligi, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari berilganligi;
traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinasi, shuningdek asbob-uskunalarning hisobdan chiqarilganligi va qayta roʻyxatga olinganligi;
raqam belgisi, egasining yashash joyi oʻzgargan holatlarda traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning texnik pasportida, shuningdek qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasida yozuv amalga oshirilganligi uchun yigʻimlar undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Undiriladigan yigʻimlar “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamida toʻplanadi, shundan: yigʻimlarning 60 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkaziladi, qolgan 40 foizi esa Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobiga oʻtkaziladi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Jamgʻarma mablagʻlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirishga, shuningdek “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasiga yuklangan boshqa vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarning qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan xizmat xonalari, shuningdek “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hisobidan maxsus transport vositalari, moslamalar, asbob-anjomlar bilan taʼminlanadi.
18. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining qarorlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi tomonidan mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish mexanizmi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinishi kerak boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalar turlari
roʻyxati*
I. Qishloq xoʻjaligi texnikasi
1. Traktorlar
2. Traktor tirkamalari
3. Oʻziyurar mashinalar:
don oʻrish kombaynlari;
sholi oʻrish kombaynlari;
makkajoʻxori oʻrish kombaynlari;
paxta terish kombaynlari;
em-xashak oʻrish kombaynlari;
silos oʻrish kombaynlari.
4. Qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktorlar bilan ishlatiladigan mashinalarning jami):
plug;
chizel;
kultivator;
tekislagichlar;
borona;
mola;
seyalkalar;
purkagichlar;
ildiz sugʻuradigan mashinalar;
yigʻgich-presslagichlar;
skrepyerlar va boshqalar.
II. Meliorativ texnika
1. Ekskavatorlar
2. Buldozyerlar
III. Asbob-uskunalar
1. Oʻlchov asboblari
2. Qishloq xoʻjaligi texnikasining texnik servisi va ularni taʼmirlash uchun asboblar va moslamalar:
metallga ishlov beruvchi stanoklar;
payvandlash qurilmalari;
temirchilik presslash asbob-uskunalari;
elektr asboblar, gidrotizimlar, yoqilgʻi nasoslari va forsunkalar, dvigatellar, boshqaruv mexanizmlari diagnostikasi uchun qurilmalar.
Izoh. Nazorat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning, suv xoʻjaligi qurilishi va oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlarining texnikasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi
Jami xodimlar – 292 nafar,
shundan: boshqaruv xodimlari – 64 nafar;
qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektorlar – 200 nafar;
yordamchi xodimlar – 28 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
3-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi markaziy apparatining tuzilmasi
Jami xodimlar – 11 nafar,
shundan: boshqaruv xodimlari – 9 nafar;
yordamchi xodimlar – 2 nafar.
* Mutaxassislarni saqlab turish xarajatlari oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davtexnazorat” inspeksiyasi apparatining tuzilmasi
Jami xodimlar – 22 nafar,
shundan: boshqaruv xodimlari – 5 nafar;
tumanlar va shaharlarning qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektorlar – 15 nafar;
yordamchi xodimlar – 2 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
5-ILOVA
Viloyat “Davtexnazorat” inspeksiyasi apparatining tuzilmasi
Har bir viloyatda “Davtexnazorat” inspeksiyasining boshqaruv xodimlari 4 nafardan, yordamchi xodimlari – 2 nafardan iborat boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
6-ILOVA
Toshkent shahar “Davtexnazorat” inspeksiyasi apparatining tuzilmasi
Jami xodimlar – 3 nafar.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
7-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi xodimlarining soni
T/r‎

Nomi‎

Soni, jami‏‎ Shu jumladan:
boshqaruv xodimlari‎

qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha inspektorlar ‎

yordamchi xodimlar‎
1. “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining markaziy apparati 11 9 2
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 22 5 15 2
3. Andijon viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 21 4 15 2
4. Buxoro viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 23 4 17 2‎
5. Jizzax viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 22 4‎ 16 2‎
6. Qashqadaryo viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 25 4‎ 19 2‎
7. Navoiy viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 15 4‎ 9 2‎
8. Namangan viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 20‎ 4‎ 14 2‎
9. Samarqand viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 22 4‎ 16 2‎
10. Surxondaryo viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 26 4‎ 20 2‎
11. Sirdaryo viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 14 4‎ 8 2‎
12. Toshkent viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 20 4‎ 14 2‎
13. Fargʻona viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 24 4‎ 18 2‎
14. Xorazm viloyati “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 24 4‎ 18 2‎
15. Toshkent shahri “Davtexnazorat” inspeksiyasi‎ 3 2 1

Jami‎

292

64‎

200‎

28‎

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
8-ILOVA
“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorlari tomonidan undiriladigan yigʻimlarning stavkalari
T/r

Yigʻimning nomi

Eng kam oylik ish haqi miqdoridan yigʻim miqdori‎
1.‏ Har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun:‎
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalar‎ 0,18
qishloq xoʻjaligi mashinalari ‎ 0,10
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari ‎ 0,37
2. Traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinaga raqam belgisi berilganligi uchun‎ 0,9
3. Traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinaga texnik pasport berilganligi uchun ‎ 0,17
4. Qishloq xoʻjaligi mashinasiga guvohnoma berilganligi uchun 0,17
Izoh: yoʻqolgan raqam belgisi, texnik pasport va guvohnoma oʻrniga yangisi berilganligi uchun koʻrsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.
5.
Imtihonla� olish, traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari berilganligi uchun ‎
yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun ‎ 0,04
texnikani ekspluatatsiya qilish qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun 0,23
haydash koʻnikmalari qoidalari boʻyicha imtihonlar olinganligi uchun 0,23
guvohnoma berilganligi uchun ‎ 0,17
ogohlantirish taloni berilganligi uchun 0,08
Izoh: har bir takroriy imtihon uchun koʻrsatilgan summa 2 barobar miqdorda undiriladi; yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi va ogohlantirish talonlari oʻrniga yangilari berilganligi uchun koʻrsatilgan summa 5 barobar miqdorda undiriladi.
6. Traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinasi, shuningdek asbob-uskunalar hisobdan chiqarilganligi uchun 0,18‎
7. Traktor, traktor tirkamasi, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinasi qayta roʻyxatga olinganligi uchun 0,18
8. Yozuv amalga oshirilganligi uchun:
raqam belgisi, egasining yashash joyi oʻzgargan va boshqa holatlarda traktor, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalarning texnik pasportida‎ 0,17
raqam belgisi oʻzgargan hollarda traktor tirkamasining texnik pasportida, shuningdek egasining yashash joyi oʻzgargan va boshqa holatlarda qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasida‎ 0,08
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
9-ILOVA
Traktorlar, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalarining davlat raqami belgilari namunalari
I tip — yuridik shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnikasi, oʻziyurar mashinalariga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
II tip — jismoniy shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnikasi, oʻziyurar mashinalariga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
III tip — yuridik shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
IV tip — jismoniy shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
*Traktorlar, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga 1 va 3-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
10-ILOVA
Traktorlar, traktor tirkamalari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar texnik pasportining namunasi
Old tomoni
Orqa tomoni
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
11-ILOVA
Traktorchi-mashinist guvohnomasining
NAMUNASI
Old tomoni
Orqa tomoni
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qaroriga
12-ILOVA
traktorchi-mashinistni ogohlantirish talonining namunasi

Old tomoni

Orqa tomoni

1

1

1

2

2

2

3

3

3

Familyasi ______________________

Ismi __________________________

Otasining ismi _______________ning

_______ seriyali __________ raqamli

Traktorchi-mashinist guvohnomasiga berilgan

TOT № 000000

OGONLANTIRISN TALONI

______________________________

“Oʼzdavtexnazorat” inspektori

tomonidan berildi.

______ “____” _________________

M.Oʼ. _______________

imzo

Guvohnoma olib qoʼyilgan kundan boshlab 15 kun davomida boshqarish huquqini beradi.

Ogohlantirish taloni yoʼqotilganining oʼrniga yoʼl harakati va texnik ekspluatatsiya qoidalari boʼyicha bilimlar tekshirilgandan keyin beriladi.

A

B

C

D

E

F

4

4

4

5

5

5

OGONLANTIRILGANLIK NAQIDA BELGI QO`YISN

BO`YICNA BUZILGAN QOIDALAR RO`YXATI

1. o`rnatilgan tartibda texnik ko`rikdan o`tmagan;

2. o`ziga tegishli bo`lmagan yoki qalbaki yoxud o`zgartirilgan yoki o`zboshimchalik bilan yechib olingan davlat raqami belgisisiz;

3. tormoz tizimida yoki boshqaruv qismida yoki ajratish muftasida nosozlik bilan yoxud ruxsatsiz qo`shimcha jihozlanganda yoki tashqi shovqini meʼyordan ortiq bo`lgan;

4. ekspluatatsiya bo`yicha ko`zda tutilmagan joyda saqlagan;

5*. yo`l harakati qoidalari buzilgan holatlarda traktor, mashina traktor agregati, yo`l-qurilish, melioratsiya va o`ziyurar mashinalardan foydalanish.

Guvohnoma olib qo`yildi ____________

__________________________________________

__________________________________________

buzilgan qoida ko`rsatiladi

________yil “___” __________________________

__________________________________

olib qo`yuvchining lavozimi va familyasi

_____________________________________ ishini

ko`rib chiqish uchun ____yil “___” _____________

__________________________________________

inspeksiya (yol harakati xavfsizligi xizmati) nomi ko`rsatiladi

_________________________ga kelinsin

* O`rnatilgan tartib bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Yoʼl harakati xavfsizligi xizmati organlari nazorat qiladi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)