toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
buyrugʻi
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2452]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2019-yil 12-apreldagi 61-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2452-1, 01.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Z. RUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-aprel,
58-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻiga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) muvofiq qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Texnik koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasining hududiy boʻlimlari (bundan buyon matnda Davtexnazorat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
2. Davtexnazorat organlarida roʻyxatdan oʻtgan texnikalar yilda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
3. Texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdoridan:
traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18;
qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10;
mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 miqdorda yigʻim undiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2015-yil 23-iyuldagi 14-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2452-1, 29.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 402-modda)
II bob. Texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
4. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari Davtexnazorat inspeksiyasining qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori (bundan buyon matnda davlat inspektori deb yuritiladi) tomonidan tashkillashtiriladi.
5. Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi va texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiyaning tarkibi har yili 15-yanvargacha Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tegishli tumanlari (shaharlari) hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga Davtexnazorat organi tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali va tajribali mutaxassislar kiritiladi.
Davlat inspektori komissiya raisi hisoblanadi.
6. Davlat inspektori texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani texnik koʻrik oʻtkazish kunidan kamida oʻttiz kun oldin yuboradi.
7. Mulkdor bildirishnomani olgandan keyin texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
texnik koʻrik oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisidagi dalolatnomani toʻldirishi;
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etishi.
8. Davlat inspektori dalolatnomani olgandan soʻng oʻzining hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslaydi.
9. Boshqa tuman (shahar)larda foydalanilayotgan texnika ushbu manzildagi davlat inspektori tomonidan texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan davlat inspektorining soʻrovnomasiga asosan mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari va 11-bandiga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik koʻrik natijalarini texnika foydalanilayotgan joydagi davlat inspektori texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga yuboradi.
III bob. Texnik koʻrikdan oʻtkazish
10. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagilar koʻrib chiqiladi:
texnikalarning soni, ularning mavjudligi va roʻyxatdan oʻtganligi;
texnikaning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasining guvohnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarda ularning turi, rusumi, zavod raqami, dvigatel va davlat raqamlari belgisining muvofiqligi;
texnikaning texnik holati va jihozlarining sozligi.
11. Davlat inspektori texnik koʻrik natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq texnik koʻrik dalolatnomasini toʻldiradi.
12. Texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan davlat inspektori mulkdorga yozma koʻrsatma beradi va qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun oʻn kundan kam boʻlmagan muddatni belgilaydi.
Texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaydi.
Mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda davlat inspektori tuman (shahar) hokimligiga maʼlumot beradi.
13. Texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarning texnik pasporti va qishloq xoʻjaligi mashinasi guvohnomasining tegishli joyiga davlat inspektori “Texnik koʻrikdan oʻtdi” belgisini qoʻyadi va uni tasdiqlaydi.
IV bob. Yakuniy qoida
14. Mazkur Nizom “Oʻzagromashservis” uyushmasi va Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi bilan kelishilgan.
“Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi B. ABDUQODIROV
2013-yil 1-aprel
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
2013-yil 1-aprel
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎Texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi

‎‎

T/r.‎

Texnikaning nomi‎

Texnika rusumi‎

Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati‎

Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili‎

Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi‎

1.‎
2.‎
3.‎
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Texnik koʻrikdan oʻtishga taqdim etilayotgan texnikalar toʻgʻrisidagi

‎‎dalolatnoma ‎

T/r‎

Texnika‎‎

Texnikaning holati (soz, nosoz, ijarada*)‎‏

nomi‎

rusumi‎

ishlab chiqargan yili‎

zavod raqami‎

dvigatel raqami‎

texnik pasporti (guvohnomasi) raqami‎

davlat raqami‎

qishloq xoʻjaligi mashinasi inventar raqami

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

1.‎

2.‎

‎‎
‎‎Izoh: *texnikaning holati boʻyicha soz, nosoz, ijaraga berilgan boʻlsa, manzili koʻrsatilishi lozim.
‎‎
‎‎Mulkdor

‎‎‎‎___________

‎‎______________________

(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.)
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎TEXNIK KOʻRIK DALOLATNOMASI

‎‎

20__ yil “____”____________

T/r‎‏

Texnika

nomi‎

rusumi‎

ishlab chiqargan yili‎

zavod raqami‎

dvigatel raqami‎

texnik pasporti (guvohnomasi) raqami‎

davlat raqami‎

qishloq xoʻjaligi mashinasi inventar raqami‎

Texnikaning holati (soz, nosoz, ijarada*)‎‏

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

1.‎

2.‎

‎‎Dalolatnoma nusxasini oldim:

‎_________________ tuman (shahar) davlat

Mulkdor‎‎‎ _____

‎‎___________

‎‎inspektori

_____‎

_______________

(imzo) ‎

‎‎(F.I.O.)

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda; 2015-y., 30-son, 402-modda)