toggle_night_mode
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING
Qarori
AYRIM FANLAR CHUQUR O‘RGANILADIGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MUASSASALARINING IXTISOSLASHTIRILGAN SINFLARIGA, DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA’LIM MUASSASALARIGA O‘QUVCHILAR QABUL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 1-fevralda 2321-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 33-son, 312-modda) hamda 2011-yil 9-sentabrdagi 254-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 379-modda) qarorlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 27-martdagi 4/4, 01-11 q/q-sonli “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1950, 2009-yil 29-aprel) qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 232-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri T. SHIRINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-dekabr,
38-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-dekabr,
42 q/q-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38, 42 q/q-son qaroriga
ILOVA
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son “Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat umumta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlariga (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi deb yuritiladi) o‘quvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlatish tartibini belgilaydi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib o‘qitish belgilangan o‘quv fanlaridan muayyan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘quvchilar tanlov natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan qo‘shma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
II. Hujjatlarni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan test sinovlarini o‘tkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini ko‘rib chiqish Komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam bo‘lmagan toq miqdorda tashkil etilib, tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktab) direktori, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakili, umumta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda ota-onalarning vakillari kiritiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bevosita respublika yoki viloyat maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish hududiy organlari tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan Komissiya tarkibiga tegishli boshqarish organi vakili kiritiladi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Farzandlari ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha sinovda qatnashayotgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfiga o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 4-sinf o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfiga o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin 6-sinf o‘quvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
3. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi)ning rahbariyati tanlovni sifatli va raqobatli o‘tkazish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi gazetalarda) e’lon beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasiga hujjatlar har yili 1 — 30-iyun kunlari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha tanlovga buyurtma har yili O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yakunlangan kundan boshlab 5 kun muddat ichida Agentlikka taqdim etiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tanlovda ishtirok etish uchun o‘quvchilardan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim maktabi) direktori nomiga ariza qabul qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 5-mh-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 12-avgustdagi 11/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-2, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi uchun tanlovlar Agentlik tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan muddatda o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
7. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
III. Tanlov ishlarini o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
(8 — 15-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Test sinovi materiallari va metodikasi Agentlik tomonidan shakllantiriladi. Test savollarining murakkablik darajasi tegishliligi bo‘yicha ta’lim dasturlaridan kelib chiqib belgilanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
17. Test sinovlari umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida muassasada ta’lim olib boriladigan tilda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5 va 7-sinflariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘quvchilarni 5 va 7-sinfga qabul qilish uchun Agentlik tomonidan quyidagi fanlarning tegishliligi bo‘yicha bittasidan test sinovlari o‘tkaziladi:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
filologiya — muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
ijtimoiy fanlar — muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
aniq fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
tabiiy fanlar — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
xorijiy tillar — muassasada ta’lim olib boriladigan xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)dan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;
texnologiya — matematikadan 20 ta, muassasada ta’lim olib boriladigan til va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
20. O‘quvchilar Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida test sinovlariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘quvchilar ballar ketma-ketligi bo‘yicha belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
22. O‘quvchilarga tanlovlar o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan faqat ruchka va toza daftar olib kirishlariga ruxsat etiladi.
Tanlovlarga kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlovlar o‘tkazilmaydi.
23. Ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga tanlovlarda to‘plagan balining 10 foizi miqdorida imtiyoz sifatida qo‘shib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Prezident maktablariga saralash tanlovlarida qatnashib, ajratilgan qabul kvotasidan keyingi eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar orasidan ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarining 5-sinfiga va maktab-internatlarining 7-sinfiga qo‘shimcha qabul kvotasi doirasida o‘quvchilar saralash test sinovlari o‘tkazilmasdan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oilalarda yashayotgan, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj bo‘lgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda, Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga joylashtiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qo‘shimcha kvotalar ajratadi.
(23-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
24. O‘quvchilarning tanlovlardagi ko‘rsatkichlari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega bo‘ladi:
ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
kam ta’minlangan oilalarning farzandlari.
25. Tanlovlarning yakuniy natijalari 5 kun ichida Komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasidagi e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tanlovlarni o‘tkazish jarayonidan norozi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar Komissiyaga, maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish hududiy organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga, Agentlikka va uning joylardagi doimiy vakillariga murojaat etishlari mumkin. O‘quvchilar va ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar berilgan javoblardan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sudga murojaat etishlari mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
28. Tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar tanlov o‘tkazilgan yilning 25-avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori buyrug‘i asosida o‘quvchilar safiga kiritiladi.
IV. O‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish va bo‘sh o‘rinlarga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta’lim muassasasi yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval o‘qigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (o‘quvchining yashash joyi o‘zgargan taqdirda hududdagi boshqa maktabga).
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 24-avgustdagi 5-mh-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2022-yil 12-avgustdagi 11/QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-2, 09.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlovda ishtirok etib, tegishli fanlardan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ballar reytingi bo‘yicha ketma-ketlikda qabul qilinadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
Agar o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, ballar reytingi bo‘yicha navbatdagi yuqori ball to‘plagan o‘quvchi chaqirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandda belgilangan talablar faqatgina ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining 5-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasining (maktab-internatning) 7-sinfi o‘quv yilining birinchi yarim yilligi bo‘yicha qo‘llaniladi.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 14-mh-son va Davlat test markazining 2020-yil 30-noyabrdagi 04-QQ-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2321-1, 15.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son)
31. O‘quv yili tugaganda bo‘sh o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov e’lon qilinadi va o‘tkaziladi. Bunda tanlov o‘quvchining bitirgan sinf hajmidagi o‘quv fanlaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
V. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 22-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 5-son, 55-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2020-y., 10/20/2321-1/1627-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 09.09.2022-y., 10/22/2321-2/0827-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)