toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AYRIM FANLAR ChUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT UMUMTAʼLIM MUASSASALARINING IXTISOSLAShTIRILGAN SINFLARI, DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Umumtaʼlim maktablaridagi iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirish hamda davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 9-sentabr,
254-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-son qaroriga
ILOVA
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan ogʻzaki va yozma sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish Komissiyasi tuziladi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi).
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi vakili hamda umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari kiritiladi.
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori Komissiya raisi hisoblanadi”.
2. 8-bandning ikkinchibeshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Quyidagilar:
oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 1-sinf oʻquvchilarini Komissiya tomonidan tegishli fanlar boʻyicha ogʻzaki va yozma sinovdan oʻtkazish;
1-sinfni tamomlagan oʻquvchilarning qobiliyatlarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlarining vakillari ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligining hududiy organlari tomonidan oʻtkaziladigan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish mezonlari hisoblanadi.
Tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan ogʻzaki va yozma sinovlar hamda psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi boshlangʻich taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi”.
3. 10-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlarining vakillari ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligining hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 13-bandning uchinchi xatboshidagi “8” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
5. 14-bandidagi “test sinovi va” soʻzlari “tegishli fanlar boʻyicha oʻtkazilgan ogʻzaki va yozma sinovlar (yoki test sinovi) hamda psixologik-pedagogik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 19-bandidagi “qayta ixtisoslashtiriladi” soʻzlari “aylantiriladi” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 379-modda)