

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;11.02.2012
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1475703" id="onLBC-1475703">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7310"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;</span></div><div id="LBC7319"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish  va qayta tiklash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1475703" id="onLS-1475703">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1475723" id="-1475723">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi<br />Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1475724" id="-1475724">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1475725" id="-1475725">AYRIM FANLAR ChUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT UMUMTAʼLIM MUASSASALARiNING IXTISOSLAShTIRILGAN SINFLARiGA, DAVLAT IXTISOSLAShTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARIGA OʻqUVChiLAR QABUL QILiSh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA </div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1475754" id="-1475754">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 29-aprelda 1950-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1475726" id="-1475726"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-1952953" id="-1952953">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011-yil 26-dekabrdagi 38, 42 q/q-sonli “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-1952324?ONDATE=11.02.2012 00#-1952366">qaroriga</a> (roʻyxat raqami 2321, 01.02.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475727" id="-1475727">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-son qarorining <a href="/mact/-1382066#-1382090">5-bandiga </a>muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475728" id="-1475728">1. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-1475703#-1475738">nizom</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475729" id="-1475729">2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1475730" id="-1475730">Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1475731" id="-1475731">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1475732" id="-1475732">2009-yil 27-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1475733" id="-1475733">4/4-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1475734" id="-1475734">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1475735" id="-1475735">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1475736" id="-1475736">2009-yil 27-mart</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1475737" id="-1475737">01-11 Q/Q-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1475738" id="-1475738"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1475739" id="-1475739">Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 27-martdagi 4/4, 01-11Q/Q-sonli <a href="/mact/-1475703">qarori</a> bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1475740" id="-1475740">Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi <br /></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1476457" id="-1476457">NIZOM </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1475741" id="-1475741"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1475742" id="-1475742">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475743" id="-1475743">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi <a href="/mact/-819241">203-son </a>“Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2008-yil 7-avgustdagi <a href="/mact/-1382066">173-son </a>“Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (bundan keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan sinf deb yuritiladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlarga (bundan keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi deb yuritiladi) oʻquvchilar qabul qilish va ularni ushbu ixtisoslashtirilgan sinf hamda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasidan oʻqishdan chetlatish tartibini belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475744" id="-1475744">Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga tegishli sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirib oʻqitish belgilangan oʻquv fanlaridan muayyan qobiliyatini koʻrsata olgan oʻquvchilar tanlov natijalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan qoʻshma buyruq bilan belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1475745" id="-1475745">II. Hujjatlarni qabul qilish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475746" id="-1475746">1. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga hujjatlar 2-sinflar uchun 1-apreldan 20-maygacha, 5-sinflar uchun 25-maydan 20-iyungacha (shu kun ham) qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475747" id="-1475747">2. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, rasmiylashtirish, saqlash va tanlovda ishtirok etuvchi oʻquvchilar roʻyxatini shakllantirish hamda qabulga oid hisobotlarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida yoki umumtaʼlim maktablarida kamida 5 kishidan iborat qabul komissiyalari tuziladi. Qabul komissiyasi direktor, direktor oʻrinbosarlari, fan oʻqituvchilari va ota-onalar qoʻmitasi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475748" id="-1475748">3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabga joriy oʻquv yilida 1-sinfini tugatgan oʻquvchilar 2-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475749" id="-1475749">Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatiga joriy oʻquv yilida 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga tanlov asosida qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475750" id="-1475750">4. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati oʻquvchilar tanlovining sifatli va raqobatli oʻtkazishga erishish maqsadida tanlov boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475755" id="-1475755">5. Tanlovda ishtirok etish uchun oʻquvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475756" id="-1475756">a) ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori nomiga ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475757" id="-1475757">b) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475758" id="-1475758">v) №086-U shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475759" id="-1475759">g) 3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475760" id="-1475760">d) psixologik-pedagogik tashxis daftari asosida oʻquvchining qiziqishlari, oʻquv fanlarini oʻzlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475761" id="-1475761">e) turar joyidan maʼlumotnoma; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475762" id="-1475762">yo) isteʼdod va iqtidorini koʻrsatuvchi ishlaridan namunalar taʼlim sohasi boʻyicha (nashr etilgan yoki qoʻlyozma sifatida yozilgan sheʼrlar, hikoyalar, rasmlar va shu kabilar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475763" id="-1475763">6. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasida tasdiqlangan reja asosida murojaat qiluvchilar uchun doimiy ravishda maslahat berib boriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1475764" id="-1475764">III. Tanlov ishlarini oʻtkazish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475765" id="-1475765">7. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar Davlat test markazi tomonidan tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan test natijalariga hamda psixologik-pedagogik diagnostika xulosalari asosida tanlab olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475766" id="-1475766">8. Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475767" id="-1475767">Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475768" id="-1475768">9. Test sinovlari 2-sinfda 40 minut, 5-sinfda 60 minut davom etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475769" id="-1475769">Test sinovlari boshlanishiga qadar 20 daqiqagacha tushuntirish ishlari oʻtkaziladi, bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt meʼyoriga kirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475770" id="-1475770">10. 2-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475771" id="-1475771">filologiya: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475772" id="-1475772">matematika: matematikadan 15 ta, ona tili va oʻqishdan 5 ta, jami 20 ta test savoli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475773" id="-1475773">inson va jamiyat: ona tili va oʻqishdan 15 ta, matematikadan 5 ta, jami 20 ta test savoli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475774" id="-1475774">5-sinf qabuli uchun taʼlim sohalari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan quyidagi fanlardan test sinovlari oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475775" id="-1475775">filologiya: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475776" id="-1475776">ijtimoiy bilimlar: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475777" id="-1475777">matematika: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475778" id="-1475778">tabiiy bilimlar: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475779" id="-1475779">maʼnaviyat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli ;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475780" id="-1475780">sanʼat: ona tili va adabiyotdan 20 ta, matematikadan 10 ta, jami 30 ta test savoli; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475781" id="-1475781">texnologiya: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotidan 10 ta, jami 30 ta test savoli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475782" id="-1475782">sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari: matematikadan 20 ta, ona tili va adabiyotdan 10 ta, jami 30 ta test savoli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475783" id="-1475783">11. Oʻquvchilar qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida test sinovlariga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475784" id="-1475784">12. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat test markazi va tasarrufida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar hamkorlikda test sinov ishlarini tashkillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475785" id="-1475785">13. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilarni sinov (fanlardan test va psixologik test)dan oʻtkazish va tanlash 2-sinflar uchun 5-iyundan 20-iyungacha, 5-sinflar uchun 5-avgustdan 20-avgustgacha oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475786" id="-1475786">Test sinovlari ertalab soat 9.00 da yoki 14.00 dan boshlab oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475787" id="-1475787">Test sinovlariga kelmagan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha sinovlar oʻtkazilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475788" id="-1475788">14. Oʻquvchilarga test sinovlari oʻtkaziladigan binoga oʻzi bilan faqat ruchka va oq qogʻoz olib kirishlariga ruxsat etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475789" id="-1475789">15. Test sinovlari umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari doirasida hamda muassasaning oʻqitish tilida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475790" id="-1475790">16. Test sinovlarining (taʼlim sohalari boʻyicha fanlardan test sinovlari hamda psixologik-pedagogik diagnostikasi) har biridan alohida 70 foizdan kam boʻlmagan natija koʻrsatgan oʻquvchilar belgilangan kvotaga muvofiq qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475791" id="-1475791">17. Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga test sinovlarida ular toʻplagan ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475792" id="-1475792">18. Oʻquvchilarning test sinovlaridagi koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda quyidagilar imtiyozga ega boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475793" id="-1475793">ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475794" id="-1475794">koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarning farzandlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475795" id="-1475795">19. Tanlovning yakuniy natijalari 5 kun ichida eʼlon qilinadi, qabul komissiyasi tomonidan muassasaning koʻrsatkichlar doskasiga osib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475796" id="-1475796">20. Test sinovlaridan oʻtmagan oʻquvchilarning hujjatlari ota-onalarga qaytarib beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475797" id="-1475797">21. Tanlovni oʻtkazish jarayonidan norozi boʻlgan oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari Davlat test markaziga, uning joylardagi doimiy vakillariga, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475798" id="-1475798">22. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2-sinflar uchun 1-iyulga, 5-sinflar uchun 25-avgustga qadar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabi direktori buyrugʻi asosida oʻquvchilar safiga kiritiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1475799" id="-1475799">IV. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish va boʻsh oʻrinlarga qabul qilish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475800" id="-1475800">23. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yoki umumtaʼlim maktabining ustavida belgilangan ichki tartib-qoidalarni buzgan oʻquvchilar tuman va shahar hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar bilan kelishilgan holda pedagogik kengash qarori asosida avval oʻqigan sinfi yoki maktabiga qaytarib yuboriladi (oʻquvchining yashash joyi oʻzgargan sharoitda tegishli hududdagi boshqa maktabga). </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475801" id="-1475801">24. Ixtisoslashtirilgan sinf yoki ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida boʻshab qolgan oʻrinlarga tanlovda ishtirok etib, taʼlim sohalari boʻyicha tegishli fanlardan 70 foizdan ortiq natija koʻrsatgan, lekin oʻtish bali yuqori boʻlganligi sababli qabul qilinmay qolgan oʻquvchilar qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475802" id="-1475802">Agar oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan rad javobi olinsa, unda roʻyxat boʻyicha bu oʻquvchidan keyingi yuqori ball toʻplagan oʻquvchi chaqirilishi mumkin. Mazkur talabga faqatgina oʻquv yilining birinchi yarmi natijalari boʻyicha rioya etiladi. Oʻquv yili tugaganda esa boʻsh oʻrinlarni toʻldirish uchun qoʻshimcha tanlov eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1475803" id="-1475803">V. Yakuniy qoida </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1475804" id="-1475804">25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi. </div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1477444" id="-1477444">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 232-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
