toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining
Qarori
“1991-YILGAChA QURILGAN UY-JOYLARNING IChKI MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI VA UMUMIY FOYDALANISh JOYLARINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh IShLARINI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QAROR HAMDA UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1408-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-iyuldagi PQ-425-sonli “1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital taʼmirlanishini yakunlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 291-modda) va 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2004-yil 20-avgustdagi 97, 258-V, 2004-53, 01-931-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1408, 2004-yil 14-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 414-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2005-yil 12-avgustdagi 66, 258-V-1, 2005-44, 01-1/966-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1408-1, 2005-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 39-son, 301-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2006-yil 7-sentabrdagi 79, 258-V-2, 2006-38, 01-088-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1408-2, 2006-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 40-son, 399-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
84-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
258-V-3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
2011-43-son
Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XOLMUHAMEDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-dekabr,
01-1/479-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 14-modda)