

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;28.09.2020
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1028785" id="onLBC-1028785">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.10.00 Injenerlik xizmati. Uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va saqlash. Uy-joy fondini saqlab turish va taʼmirlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1028785" id="onLS-1028785">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1028787" id="-1028787">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1028788" id="-1028788">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1028789" id="-1028789">1991-YILGAChA QURILGAN KOʻP XONADONLI TURAR JOY BINOLARINING UMUMFOYDALANADIGAN JOYLARI VA MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI KAPITAL TAʼMIRLANIShINI YAKUNLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1028791" id="-1028791"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-5038158" id="-5038158">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-5019106?ONDATE=28.09.2020 00#-5020561">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028792" id="-1028792">Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimini isloh qilish Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mulkdorlarga tegishli turar joy fondini saqlashda ularning rolini oshirish, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital taʼmirlanishini oʻz vaqtida yakunlashni taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028793" id="-1028793">1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlash Jadvali ilovaga<a href="/mact/-1028785#-1028827">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1028827" id="-1028827">* Ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028794" id="-1028794">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar rahbarlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining raislari zimmasiga mazkur Jadvalning ijrosi boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028795" id="-1028795">2. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028796" id="-1028796">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari turar joy binolarini kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha bosh buyurtmachi, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari esa buyurtmachi hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028797" id="-1028797">xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizi miqdoridagi mablagʻlar depozit hisobvaraqlarda jamlanishini taʼminlash va kapital taʼmirlash yakunlangandan soʻng binolarni foydalanish uchun qabul qilib olish ishlarini tashkil etishga javobgardirlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028798" id="-1028798">1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlash faqat tanlov (tender) savdolari asosida shartnoma tuzish orqali, tanlov komissiyalari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillarini albatta kiritgan holda amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028799" id="-1028799">xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari turar joy binolarini foydalanish uchun qabul qilib olgandan soʻng uni saqlashni taʼminlash, profilaktika va taʼmirlash ishlarini olib borish, uylar atrofini yaxshi saqlash va aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni tashkil etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028802" id="-1028802">3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishtirokida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028803" id="-1028803">1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini puxta inventarizatsiya qilish boʻyicha xulosalar asosida har yili uylarning nuqsonlari koʻrsatilgan dalolatnomalar tuzsin hamda ularning shahar va tumanlar boʻyicha 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlashning aniq manzilli dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028804" id="-1028804">har yili tasdiqlanadigan manzillar roʻyxatiga 1991-yilgacha qurilgan turar joy binolarini kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining shirkatning depozit hisobvaraqlarida jamlangan 30 foizi miqdorida, jumladan homiylar mablagʻlari hisobiga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan moliyalashtirilishi sharti bilan kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028805" id="-1028805">koʻp xonadonli uy-joy fondida tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini (uylarni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarning baholangan roʻyxatini) hisobga olgan holda olib borilayotgan taʼmirlash-qayta tiklash ishlari ustidan nazoratni amalga oshirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028806" id="-1028806">4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, ilovaga muvofiq, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlashda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini qattiq nazoratga olsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028807" id="-1028807">5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028808" id="-1028808">2007—2010-yillarda tegishli yilga Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlashni moliyalashtirish uchun taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 70 foizi miqdorida mablagʻ ajratishni nazarda tutsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028809" id="-1028809">mazkur mablagʻlar turar joy binolarining muhandislik kommunikatsiyalari va tomini kapital taʼmirlashga qatʼiy yoʻnaltirilganligini nazarda tutgan holda, ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1727967" id="-1727967"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1028810" id="-1028810"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1948593" id="-1948593"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1948594" id="-1948594">6. 2007-yilning 1-yanvaridan 2014-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar va budjetga, davlat maqsadli fondlari hamda Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga, yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, majburiy ajratmalar toʻlashdan:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1948595" id="-1948595">(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli <a href="/mact/-1946998?ONDATE=25.01.2012 00#-1947027">Farmoni</a> tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1948589" id="edi-1948589"><a href="/mact/-1028785?ONDATE=25.07.2006 00#-1028811">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1948589" id="-1948589">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli <a href="/mact/-1722637?ONDATE=24.12.2010 00#-1723036">qaroriga</a> asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028812" id="-1028812">xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilari — xizmat koʻrsatish tashkilotlari uy-joy fondiga xizmat qilish va taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatganda ozod etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028813" id="-1028813">7. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlash Jadvalining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot berib borsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1028818" id="-1028818">8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1028821" id="-1028821">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1028822" id="-1028822">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1028823" id="-1028823">2006-yil 25-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1028825" id="-1028825">PQ-425-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1028790" id="-1028790">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 291-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
