1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
1991-YILGAChA QURILGAN UY-JOYLARNING IChKI MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI VA UMUMIY FOYDALANISh JOYLARINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh IShLARINI MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 30-sentabrda 1408-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 84, 258-V-3, 2011-43, 01-1/479-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1408-3, 06.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlashni yakuniga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2006-yil 25-iyuldagi PQ-425-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining namunaviy ustavini hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi turar joyga moʻljallanmagan bino mulkdorlari oʻrtasidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2006-yil 30-maydagi 100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 22-son, 196-modda) asosanqaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2004-yil 20-avgustdagi 97, 258-V, 2004-53, 01-931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 14-sentabr, roʻyxat raqami 1408 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 37-son, 414-modda; 2005-yil 39-son, 196-modda) ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.