1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.08.00 Injenerlik xizmati;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
1991-YILGAChA QURILGAN UY-JOYLARNING IChKI MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI VA UMUMIY FOYDALANISh JOYLARINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh IShLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-sentabrda 1408-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligining 84, 258-V-3, 2011-43, 01-1/479-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1408-3, 06.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-sonli “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 5-6-son, 30-modda) qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligining 2004-yil 20-avgustdagi 97, 258-V, 2004-53, 01-931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 14-sentabr, roʻyxat raqami 1408 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 414-modda) ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.