1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.11.00 Xalqaro va xorijiy NNT;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida” 1993-yil 23-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining ishini tashkil etishda faol ishtirok etsin. Shu yil 1-iyulga qadar Jamgʻarma hamda uning respublika barcha mintaqalaridagi filiallarini tashkil etishda xamda ularning faoliyatida viloyat sogʻliqni saqlash boʻlimlari, pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti, akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutining ishtirokiga doir takliflarni ishlab chiqsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
5. “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 1 milliard soʻm ajratilsin. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlari, korxonalari, xoʻjaliklari va tashkilotlari Jamgʻarmaning Ustav vazifalarini bajarishga doir faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam bersinlar. Bu ish har bir rahbar va ijrochining vatanparvarlik burchi deb hisoblansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamgʻarmalar]
7. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma oʻz Ustav maqsadlari va vazifalariga qatʼiy mos keladigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari]
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
soliqlar, davlat boji, bojxona bojlari hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod etiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xalqaro aloqalarni amalga oshirishda, xorijdagi shunday jamgʻarmalar va boshqa turdosh tashkilotlar bilan aloqa oʻrnatishda, YUNISEF, Qizil Xoch, BMT missiyasi va boshqa xalqaro vakolatxonalar bilan bitimlar tuzishda “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga har tomonlama yordam bersin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 74-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. “Toshkentshahartranskorxona” uyushmasi Jamgʻarma maʼmuriyatini shartnoma asosida xizmat avtotransporti bilan taʼminlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa Jamgʻarmani uning buyurtmanomasiga binoan shahar va hukumat aloqa vositasi bilan taʼminlasin.
11. “Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-taʼminot tashkilotlari “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga zarur inventar va mebel ajratish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsinlar.
12. Ommaviy axborot vositalari “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya Jamgʻarmasi faoliyatini keng yoritsin, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi ijobiy tajribani targʻib qilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.