1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]
TOSHKENT SHAHRI VA TOSHKENT VILOYATIDA doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi LOZIM BOʻLGAN SHAXSLAR-OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI TOIFALARINING ROʻYXATI TOʻGʻRISIDA
(Qonun nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
1-modda. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati tasdiqlansin (ilova qilinadi).
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 15-sentabrdagi 179 (5346)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-sentabr,
OʻRQ-296-son
Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar—Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonuniga ILOVA
(ilova belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
ROʻYXATI
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
1. Qonunchilikka muvofiq olingan uy-joyga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
2. Qarindoshlar — oʻzlarining toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlarining doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga yoki xususiy mulki boʻlgan boshqa uy-joy maydoniga.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
4. Ota-onasi boʻlmagan voyaga yetmagan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz boʻlgan hamda oʻz oilasi boʻlmagan voyaga yetgan tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — oʻzlarining tugʻishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
6. Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
7. Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
8. Ilgari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar — doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
10. Qonunchilikka muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
(10-band Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga koʻra, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
(11-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
111. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida joylashgan davlat hokimiyati organlarida, davlat boshqaruvi organlarida, xoʻjalik birlashmalarida va boshqa davlat tashkilotlarida besh yil mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan bolalari).
(111-band Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan taʼminlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila aʼzolari (eri, xotini, shuningdek ularning oʻz oilasi boʻlmagan farzandlari).
Izoh:
1. Mazkur Roʻyxatning 2 (bundan xotini yoki eri, oʻz oilasiga ega boʻlmagan voyaga yetgan farzandlari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tugʻilgan yoxud nikohsiz tugʻilgan voyaga yetmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalar mustasno), 3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining bir kishi uchun uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi talablariga rioya etilsa, amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar mustasno.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 13-maydagi OʻRQ-616-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 375-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2020-y., 03/20/616/0580-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )