1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.19.00 Banklar va bank faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
MARKAZIY BANK TOMONIDAN BANK QONUNChILIGI VA BANK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLUVChI MEʼYORIY HUJJATLARNI BUZGANLIKLARI UChUN TIJORAT BANKLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN ChORA VA SANKSIYALAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 622-4]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 4-sentabrdagi 13/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3282, 16.09.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 26-dekabrda tasdiqlangan 74-sonli “Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan chora va sanksiyalar toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 622, 1999-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.