toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
XALQ BADIIY HUNARMANDCHILIGI VA SOVGʻALAR ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2186]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Xalq badiiy hunarmandchiligi va sovgʻalar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun ‎ mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-dekabr,
204-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-dekabrdagi 204-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Xalq badiiy hunarmandchiligi va sovgʻalar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar xalq badiiy hunarmandchiligi va sovgʻalar ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar xalq badiiy hunarmandchiligi va sovgʻalar ishlab chiqarish korxonalariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish boʻyicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
10. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish asbob-uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
16. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
17. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni belgilangan talablarga muvofiq rejalashtirishga, tashkillashtirishga va xavfsiz bajarishga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
20. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
21. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asbob-uskunalari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda asbob-uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
24. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
25. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
26. Xodimlar maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan belgilangan tartibda bepul taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
27. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
28. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
29. Bosim ostida ishlovchi asbob-uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.

(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqart irish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)

Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 23-oktabrdagi 41-2019-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2186-1 13.11.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2186-1/4018-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 23-oktabrdagi 41-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2186-1 13.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2186-1/4018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
37. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
38. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
39. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
40. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
41. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
42. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
43. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
44. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
48. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
49. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
50. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
51. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
52. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
53. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
54. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
55. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
56. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
57. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
58. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
59. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
60. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
61. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C va ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.
62. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
63. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
65. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
66. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
13-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
69. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
70. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritish tarmoqlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
71. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
72. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (asbob-uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
73. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
74. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
75. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Asbob-uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
1-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
76. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
77. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
78. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
79. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
80. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
81. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
82. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
83. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va asbob-uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
84. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
85. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qatʼiy rioya etishlari talab etilishi kerak.
86. Mazkur Qoidalarga asosan har bir tashkilotlarda elektr xavfsizligi boʻyicha IV va V guruhga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs tayinlanishi lozim. U tashkilotda elektr xoʻjaligining umumiy holati boʻyicha javobgar hisoblanadi.
87. Tashkilotda bosh energetik lavozimi boʻlgan taqdirda, elektr xoʻjalik boʻyicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
88. Elektr xoʻjalik boʻyicha javobgar shaxs boʻlmagan tashkilotlarda elektr asbob-uskunalaridan foydalanish man etiladi.
89. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud boʻlmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrikni oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
90. Tashkilotlarda elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgar shaxs quyidagilarni taʼminlashi shart:
elektr qurilmalarning ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy taʼmirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini.
91. Tashkilot elektriklari elektr kuchlanish ostida boʻlgan asbob-uskuna, jihoz va kabellar bilan ishlaganda elektr tokidan jarohat olishdan muhofaza qiluvchi asosiy (izolyatsiya qiluvchi shtangalar, izolyatsiya qiluvchi dastali qisqichlar, dielektrik qoʻlqop va etiklar, dielektrik gʻilofli asbob-uskunalar) va qoʻshimcha saqlagichlar (izolyatsiya qiluvchi tagliklar, rezina gilamchalar) hamda himoya vositalari bilan taʼminlanishlari shart.
92. Tashkilot elektr xoʻjaligida yuqori elektr kuchlanish ostida boʻlgan qurilmalar, kabellar bilan ishlashda saqlagichlarsiz ishlash qatʼiyan man etiladi.
93. Elektr kuchlanish taʼsirida boʻlgan elektrotexnika qurilmalarining izolyatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi holatlarining oldini olish maqsadida qurilmalarni toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyish talab qilinadi.
94. Asbob-uskunalar elektr tarmogʻida izolyatsiyaning buzilishi oqibatida elektr tokining asbob-uskuna metall qobigʻiga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan elektrdan shikastlanishlarning oldini olish uchun elektr qurilmalar yerlangan yoki nollangan boʻlishi shart.
95. Koʻchma yoritish asbob-uskunalari 36 V elektr toki manbaidan ishlaydigan boʻlishi zarur.
3-§. Koʻrgazma va savdo zallariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
96. Ekspozitsion va savdo zallarining qurilishi mavjud qurilish loyihalari va mazkur Qoidalar meʼyorlariga mos ravishda amalga oshirilishi lozim.
97. Ekspozitsion va savdo zallari tortiluvchi shamollatish tizimi zaruriy hollarda esa konditsioner bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
98. Zal pollari tekis, eshikdan oʻtish joylari boʻsagʻasiz va tozalash uchun qulay boʻlmogʻi kerak.
99. Devorlar yorqin ranglarda boʻyalgan boʻlishi lozim.
100. Koʻrgazma uchun oʻrnatilgan barcha dekorativ buyumlar hamda eksponatlar ishonchli ilgaklarda yaxshi mahkamlangan boʻlishi lozim.
101. Eksponatlarni 2 m gacha boʻlgan balandlikka ilish oldindan tayyorlab qoʻyilgan ilgaklarga maxsus tirgakli narvonlarda ikki kishi amalga oshirishi lozim.
102. Ekspozitsion va savdo zallari har kuni tozalanishi kerak.
4-§. Hunarmandchilik mahsulotlariga ishlov berishda xavfsizlik talablari
103. Hunarmandchilik mahsulotlariga ishlov berish xonalari yorugʻ, yaxshi havo aylanadigan (almashadigan) mahalliy shamollatish tizimiga ega boʻlishi kerak.
104. Xonalar sunʼiy shamollatish tizimi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, tabiiy shamollatish sharoiti (ochiladigan derazalar, tuynuklari)ga ega boʻlishi lozim.
105. Toksik moddalar bilan ishlashda shamollatish tizimi va respiratorlardan foydalanish lozim.
106. Changlanuvchi vositalarni ishlatish (gips, bronza, aluminiy, boʻyoqlar va boshqalar), shuningdek ularning ustki qismlarini silliqlash himoya koʻzoynaklari va respiratorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
107. Kimyoviy moddalarni hidlash yoki qoʻlga surtib koʻrish orqali bilish taqiqlanadi.
108. Xlorofos yoki boshqa zaharli moddalarni ishlatishda maxsus kiyimlar (xalat, himoya koʻzoynagi, rezina qoʻlqoplar, respirator)dan foydalanish lozim.
109. Xlorofos qorishmasi teriga tegib ketsa, uning qurishini kutmasdan darhol suv bilan yuvib tashlash lozim.
110. Xlorofos va boshqa zaharli moddalar bilan ishlab boʻlgandan soʻng idish va anjomlar sovunlab yuvilishi va alohida xonada, qulflanadigan shkafda saqlanishi lozim.
111. Xlorofosni ishlatib boʻlgach qoʻllarni yaxshilab sovunlab yuvish lozim.
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga hamda ish oʻrinlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
112. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarini masʼul shaxs koʻzdan kechirganidan soʻng ishlatishga ruxsat etiladi.
113. Asbob-uskunalarni rostlash va moylash ishlari asbob-uskuna ishlashdan butunlay toʻxtaganidan soʻng amalga oshirilishi lozim.
114. Sex, uchastka, ustaxona boshliqlari quyidagilarni nazorat qilishlari lozim:
xodimlarni soz, oʻtkirlangan va ishlab chiqarishning tegishli sharoitlariga mos asbob-uskunalar bilan taʼminlanishini;
asbob-uskunalarning oʻz maqsadi boʻyicha ishlatilishini;
asbob-uskunalarning toʻgʻri saqlanishi va sinchkovlik bilan koʻrikdan oʻtkazilishini va nosoz asbob-uskunalardan foydalanmaslikni.
115. Asbob-uskunalarni saqlash uchun har bir stanok va dastgoh yonida ish sharoiti boʻyicha zarur quti yoki shkafchalar boʻlishi kerak.
116. Asbob-uskunalarni olib yurish uchun maxsus gʻiloflar, sumka yoki qutilardan foydalanish lozim.
117. Asbob-uskunaga oʻrnatilgan detalni dastgoh ishlab turgan paytda qoʻl bilan ushlash taqiqlanadi.
118. Asbob-uskunalarning asosiy qismlarini ishonchli ushlash va qisish, shuningdek kesuvchi asbob-uskunaga materiallarni toʻgʻri uzatishi hamda uzatish paytida siljib va qiyshayib ketmasligini taʼminlashi kerak.
119. Asbob-uskunalarga detallarni oʻrnatish, qistirish va yechish qoʻlda bajariladigan moslamalar konstruksiyasi, koʻrsatilgan operatsiyalarni bajarish uchun toʻla xavfsizlikni, shuningdek qirindilarning erkin chiqishi va asbob-uskunalardan uni oson olib tashlanishini taʼminlashi kerak.
120. Har bir asbob-uskuna yoqish va oʻchirish uchun ishonchli moslamalarga ega boʻlishi, ular ish oʻrinlarida qulay va xavfsiz foydalanishni taʼminlashi hamda oʻz-oʻzidan ularning ishlab ketmaslik ehtimolining oldi olinishi lozim.
121. Asbob-uskunalarni yurgizish moslamalari uning tezkorligi va ravonligini taʼminlashi kerak.
122. Qayta ishlanayotgan detal va asbob-uskunalarni qotirish uchun barcha moslamalarning konstruksiyalari ishonchli qotirilishi va ish davomida oʻz-oʻzidan buralib chiqib ketmaslik ehtimolining oldi olinishi kerak.
123. Asbob-uskunalar ishlayotgan vaqtda uni tozalash, artish, sozlash yoki gaykalarni tortish, zanjirlarni kiydirish va iflos narsalarni olib tashlash taqiqlanadi.
124. Asbob-uskunalardagi qisqichlarning oʻqi orasidagi masofa ishlov berilayotgan detal oʻlchamiga muvofiq boʻlishi va qisqichlarning detalni ishonchli qisib turishini taʼminlashi kerak.
125. Asbob-uskunalardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
2-§. Ish oʻrinlarini tashkil etish va himoya vositalariga qoʻyilgan xavfsizlik talablari
126. Asbob-uskuna va moslamalardan ish oʻrinlarida foydalanish uchun ular qulay boʻlgan tartibda joylashtirilishi, doimiy yoki davriy qoʻllaniladigan asbob-uskunalar ishlovchining koʻrish doirasida va bir joyning oʻzida boʻlishi kerak.
127. Ish oʻrinlari asbob-uskunalarni va ish oʻrinlarini yigʻishtirish uchun jihozlar va ularni saqlash uchun moslamalar bilan taʼminlanishi kerak.
128. Xodimlarni harakatlanuvchi elementlardan jarohatlashini bartaraf etishi uchun barcha asbob-uskuna, dastgoh va mexanizm himoya toʻsiqlariga hamda saqlovchi moslamalarga ega boʻlishi kerak. Himoya toʻsiqlari va saqlovchi moslamalarga ega boʻlmagan asbob-uskuna, dastgoh va mexanizmlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
129. Himoya toʻsiqlari va saqlovchi moslamalar asbob-uskunaga va konstruksiyani koʻtarib turuvchi asosga bolt orqali ishonchli qotirilishi uchun oʻrnatish joyiga ega boʻlishi kerak.
130. Himoya toʻsiqlarining panjara oralari kengligi 10 mm dan kam boʻlmasligi, toʻrli toʻsiqlardagi katak oʻlchami 10 mm² dan koʻp boʻlmasligi kerak.
131. Kesuvchi asbob-uskunalarni almashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatish qulay boʻlishi uchun toʻsiqlar sharnirlar yordamida ochiladigan boʻlishi lozim.
132. Himoya toʻsiq elementlari talab darajasidagi mustahkamlikni taʼminlovchi metallardan tayyorlanishi kerak.
133. Himoya toʻsiqlarining panjarali qismlari aylanuvchi qismlardan 50 mm uzoqda joylashgan boʻlishi lozim.
134. Kesuvchi moslamalarni almashtirishga va texnik xizmat koʻrsatishga qulay boʻlishi uchun himoya toʻsiqlari oson ochiluvchi boʻlishi kerak.
135. Himoya toʻsiqlari ogohlantiruvchi ranglarga boʻyalishi va xavfsizlik belgilariga ega boʻlishi kerak.
3-§. Yogʻochni qayta ishlovchi dastgohlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
136. Yogʻochga qayta ishlov beruvchi dastgohning kesuvchi qismi blokirovka qilingan qoʻzgʻalmas toʻsiqqa ega boʻlishi lozim.
137. Disk va lenta arrada bitta tishi singan boʻlsa ham undan foydalanish taqiqlanadi.
138. Yogʻoch arralovchi ramaga 70 mm dan kichik kenglikdagi arra qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Disk arralarining va arra polotnosining yon tomondagi yuzasi tekis va yoriqsiz boʻlishi lozim.
139. Dastgoh stolidagi arraga moʻljallangan tirqishning eni 10 mm dan koʻp boʻlmasligi lozim.
140. Uzunligi 400 mm dan va eni 30 mm dan kam yoki qalinligi 30 mm dan yupqa boʻlgan materiallarni maxsus shablonsiz arralash man etiladi.
141. Koʻp shpindelli parmalash dastgohlarida parmaning toʻsiqlaridan asbob-uskunaning ishchi qismi koʻrinadigan boʻlishi lozim.
142. Uzatish mexanizmlarini yuboruvchi qismlari (valetslar, zanjirlar, itaruvchi tirgovichlar, ushlab oluvchilar, siquvchilar) ishonchli ushlab qolish va siqishni taʼminlashi kerak.
143. Frezer, fugoval, lentali arra, dumaloq arra, murakkab va boshqa yogʻochga qayta ishlov beruvchi dastgohlar mexanik uzatgichga ega boʻlmasa, avto uzatuvchi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
144. Detallar qirqimi 40 mm² dan kam boʻlganda maxsus moslamasiz frezerlash taqiqlanadi.
145. Hamma uzatish mexanizmlari himoya moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
146. Dastgohning harakatlanuvchi qismlari belgilangan chegaradan chiqib ketmasligi uchun unda tirgovichlari yoki harakatini chegaralovchi oʻchirgichlari boʻlishi lozim.
147. Dastgohlarda detallarga ishlov berish uchun, ular ishonchli qisish va ushlagichlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
148. Mexanik uzatishi bor frezer dastgohlar, shu jumladan karusel-frezer va nusxalovchi frezer andozalarni stolga qotirish uchun moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi, andozalar oʻz navbatida ishlov berilayotgan detallarni ishonchli mahkamlanishini taʼminlashi lozim.
149. Stollar, yoʻnaltiruvchi lineykalar va andozalarning ish yuzalari oʻyilmagan, yorilmagan va boshqa nuqsonlarsiz boʻlishi lozim.
150. Dastgoh bir nechta kesuvchi asbob-uskunalarga ega boʻlsa, shulardan faqat bitta asbob-uskuna ishlashini taʼminlash uchun moslama qoʻllanishi lozim.
151. Ishchi vallarini va shpindellarini qotiradigan gaykaning yoʻnalishi kesuvchi asbob-uskunaning aylanishiga teskari boʻlishi lozim.
152. Yogʻochga ishlov beruvchi asbob-uskunaning elektryurgizgichlari va elektrapparatlari, asbob-uskuna qaysi sexda ishlatilishiga bogʻliq ravishda portlashdan himoyalangan yoki yopiq ishlangan boʻlishi lozim.
4-§. Tokarlik dastgohlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
153. Ishlov berilayotgan detallarni qotirish uchun aylanadigan qurilmalar (patron, planshet, xomutlar va boshqalar) silliq tashqi yuzaga ega boʻlishi kerak.
154. Sim chiviqli materiallarni qayta ishlash uchun moʻljallangan, koʻp shpindelli, bir shpindelli avtomatlar, tokar-revolver va boshqa stanoklar, sim chiviqlarni butun uzunligi boʻylab toʻsish uchun quvursimon toʻsiqlar bilan jihozlangan boʻlishi, bu toʻsiqlar tovush yutuvchi qurilmaga ega boʻlishi kerak.
155. Dastgohlarga qayta ishlov berish uchun uzatiladigan sim chiviqli materiallar qiyshaymagan boʻlishi kerak.
156. Dastgoh staninasining pastki qismi bilan togʻarasi oʻrtasidagi masofa qirindilarni bemalol va qulay olib tashlashga imkon berishi kerak.
157. Harakatlanuvchi kichik vallar va dastgoh vintlari maxsus toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi lozim.
158. Qayta ishlanayotgan detallarni dastgohlarda abraziv materiallarda arralash, sayqallash va tozalash maxsus moslamalarda (asbob-uskunalarda) va bu operatsiyalarning bajarilish xavfsizligini taʼminlaydigan uslublarda amalga oshirilishi lozim.
5-§. Frezer dastgohlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
159. Frezer dastgohlari tez harakatlanuvchi va ishonchli tormoz qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
160. Uzatma vallar, kardanli bogʻlanish, shpindelning chiqib turuvchi orqa uchi va frezer stanogi shompollari toʻsilgan boʻlishi kerak.
161. Maxsus va ixtisoslashtirilgan stanoklar, shuningdek universal stanoklar frezalari himoya toʻsiqlariga ega boʻlishi va bunday stanoklar moʻrt va chang chiqaruvchi materiallarni qayta ishlash uchun moʻljallangan boʻlib, guruhli yoki yakka soʻruvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
162. Dastgohga frezani oʻrnatish va almashtirishda qoʻlni kesib olishdan himoya qiluvchi maxsus moslama qoʻllanilishi lozim.
163. Yigʻilgan freza konstruksiyalari tishlarining ishonchli qotirilishi va ularning ish jarayonida tushib ketmasligining oldi olingan boʻlishi kerak.
164. Darz ketgan yoki tishlari singan diskli frezalarni qoʻllash taqiqlanadi.
165. Katta oʻlchamdagi frezalar maxsus gʻiloflar (idishlar)da saqlanishi va joyidan boshqa joyga gʻiloflarda koʻchirilishi kerak.
166. Aylanayotgan freza yaqinidan qirindilarni olib tashlash uchun xodimlarga yogʻoch dastakli, uzunligi kamida 250 mm boʻlgan maxsus supurgichlar (choʻtkalar) berilishi lozim.
6-§. Parmalovchi va yoʻnuvchi dastgohlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
167. Vertikal-parmalash va radial-parmalash dastgohlari oʻz-oʻzidan kronshteynning tushib ketishini oldini oluvchi qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
168. Parmalash dastgohlarida ishchi asbob-uskunalarni siqib turish moslamalari ishonchli qisilganligi, asbob-uskunaning aniq muvozanatini taʼminlashi va chiqib turgan qismlariga ega boʻlmasligi kerak.
169. Qayta ishlanayotgan detallar parmalash stolidagi (plitasiga) qistiriladigan moslamaga oʻrnatilishi lozim.
170. Dastgoh ishlayotgan vaqtda ishlov berilayotgan detallarni oʻrnatish va yechib olish toʻla xavfsizligini taʼminlovchi va faqat maxsus pozitsiyali moslamalar qoʻllangan holatlarda ruxsat etiladi. Koʻrsatib oʻtilgan moslamalar boʻlmasa, detallarni dastgoh ishlab turgan paytda oʻrnatish va yechib olishga ruxsat etilmaydi.
7-§. Metallni kesuvchi dastgohlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
171. Tunuka materiallarni qirqadigan qaychilar quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
qoʻzgʻalmas qaychi sathiga oʻrnatilgan, kesiladigan tunukalarni taxlash uchun moslama bilan (stollar, rolganglar va boshqalar);
xodimga kesiladigan chiziqni (joyni) aniq koʻrish imkonini beruvchi yoʻnaltiruvchi va saqlovchi chizgʻichlar bilan;
blokirovka qilingan yoquvchi mexanizmli hamda xodimning qoʻli pichoq va qisqich ostiga tushib qolishining oldini oladigan saqlovchi qurilmalar bilan.
172. Pichoq hududining toʻsuvchi (himoyalovchi) qurilmasi oldiga oʻrnatilgan gilotin qaychilarining silindrik qisqichlari aylanasi boʻylab maxsus himoya toʻsiqlari bilan berkitilgan boʻlishi lozim. Qisqichlarga qistirishning iloji boʻlmagan ingichka materiallarni kesish taqiqlanadi.
173. Qaychining pedali koʻchma boʻlishi kerak.
174. Yoyiladigan va qabul qiladigan qurilmalar hududidagi koʻp diskli qaychilar yoyiladigan qurilma va qaychida kesilib chiqqan mahsulot va chiqindilardan xodimlarning jarohatlanishini oldini oluvchi himoya toʻsiqlariga ega boʻlishi kerak.
175. Rolikli qaychilar kesiladigan metallning qalinligiga qarab oraliqlarini sozlash uchun qurilmaga, ishchining barmogʻi qaychi (rolik) ostiga tushib qolishidan saqlovchi moslamaga ega boʻlishi va ish sharoitiga muvofiq stollar hamda kesiladigan materiallarni qoʻyish uchun qurilmalarga ega boʻlishi kerak.
8-§. Randalash dastgohlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
176. Yogʻoch bilan ishlaydigan dastgohda avtouzatkich boʻlmasa, pichoq valining kesuvchi qismi himoya toʻsigʻi bilan yopilishi lozim.
177. Yoʻnaltiruvchi chizgʻich orqasida joylashgan pichoq valining ishsiz qismi har qanday holatda ham toʻliq yopiq boʻlishi kerak.
178. Pichoq vali tirqishi oldidagi stollarning chetlari poʻlatdan yasalgan, stol yuzasiga mahkamlangan uchi qiyshiq oʻtkir nakladkalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
179. Materialni qoʻl yordamida uzatish dastgohlarida uzunligi 400 mm, eni 30 mm dan yupqa boʻlgan yogʻoch materiallarni randalash maxsus kolodkalar – itargichlar yordamida amalga oshirilishi kerak.
180. Ishlov berishga tayyorlangan koʻp miqdordagi materiallarni bir vaqtning oʻzida randalash ishlari ishonchli qisqich moslamalar bilan taʼminlangan maxsus shablonlar orqali amalga oshirilishi lozim.
9-§. Parmalash dastgohlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
181. Detallarga ishlov berishda ishchining qoʻli shikastlanishining oldini olish uchun stanoklar ishonchli qisqich moslamlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
182. Keskich moslamaning mahkamlash jihozlari uning aniq ishlashini taʼminlashi lozim.
183. Parmalash dastgohlarining patronlari silindrik yuzaga boʻrtib chiqqan detallardan holi boʻlishi lozim va parma patron bilan birgalikda toʻsilishi zarur.
184. Koʻp shpindelli parmalash dastgohlarida parmalarning toʻsigʻi uning ishchi qismini koʻrib turish imkonini berishi lozim.
V. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
185. Tashkilot hududida ishlab chiqarishni yoki sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha buyruq chiqarilishi lozim. Buyruqda pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga asbob-uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxslar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.
186. Barcha asbob-uskunalarda tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi.
187. Asbob-uskuna va mexanizmlarni taʼmirlash hamda sozlash ishlari maxsus oʻqitilgan va yoʻriqnomadan oʻtgan, tegishli malakaga ega va bilimlari tekshirilgan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
188. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha xodimlari taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, ushbu sexda ishlarni xavfsiz olib borish uchun xodimlar xavfsizlik texnikasi boʻyicha kirish yoʻriqnomasidan oʻtkazilishi lozim. Yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
189. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishdan oldin mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomadan oʻtkazish ishlari pudratchi tashkilot tomonidan oʻtkazilishi lozim.
190. Pudratchi ishlayotgan hududda buyurtmachi tomonidan zararli va yonish xavfi boʻlgan moddalarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi kerak.
191. Asbob-uskuna va kommunikatsiyalarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirishdan oldin quyidagilar bajarilishi lozim:
elektr energiya taʼminotidan oʻchirish;
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan boʻshatish;
taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi, zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish.
192. Balandlikdagi ishlarda faqat tayanch yoki rezinali qoplamalar bilan taʼminlangan soz narvonlardan foydalanish lozim.
193. Taʼmirlash ishlari asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi – zavod tasdiqlagan taʼmirlash va foydalanish hujjatida belgilangan talablarga muvofiq olib borilishi lozim.
194. Asbob-uskuna taʼmirlangandan soʻng sinovdan oʻtkazilishi va ishlatib koʻrilishi zarur.
195. Sinov va ishlatib koʻrish davrida taʼmirlangan asbob-uskunada aniqlangan barcha nosozliklar jumladan, elektrodvigatel va tarmoq podshipniklarining qizish darajasi hamda moy oqishi bartaraf qilinishi kerak.
196. Asbob-uskuna taʼmirlanganidan soʻng foydalanishga yaroqliligi qabul qiluvchi komissiya tomonidan dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
197. Asbob-uskuna yigʻilgandan yoki taʼmirlangandan soʻng foydalanish uchun yoqishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:
odamlarni xavfsiz joyga oʻtkazish;
asbob-uskuna tashqarisi va ichidan begona buyumlarni olish;
himoya toʻsiqlari mavjudligi va mustahkamligini tekshirish;
harakatlanuvchi qismlarni moylash va sozlash;
himoya saqlovchi va nazorat oʻlchov asbob-uskunalarining sozligini tekshirish;
asbob-uskuna yigʻilishi toʻgʻriligini tekshirishda, oʻzaro bogʻliq harakatlanuvchi mexanizmlarni toʻliq siklida uning harakatlanuvchi qismini aylantirish;
asbob-uskunani boʻsh harakatda va ish yuklovi ostida sinash.
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
198. Tashkilotlarni (xonalarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
199. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(199-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi.
Yakuniy qoida
200. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 17-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 17-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 17-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. JABBOROV
2010-yil 17-dekabr
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 17-dekabr
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2010-yil 17-dekabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 17-dekabr
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 17-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 39-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 10/19/2186-1/4018-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)