toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“YER OSTI BOYLIKLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA MUVOFIQ NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-sonli “Yer qa’rini geologik o‘rganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagi:
Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-iyuldagi 220-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 30-son, 316-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Yoqilg‘i sanoati va energetika bo‘limiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 13-yanvar,
19-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qaroriga
1-ILOVA
Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi) to‘g‘risidagi Nizom talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda —O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari, shu jumladan, neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, inshootlar qurish va ulardan foydalanish, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni (kommunal-maishiy maqsaddagidan tashqari) chiqarib yuborish uchun kon ajratmalari berishning yagona tartibini belgilaydi.
Litsenziyaga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanishga berilgan maydoni va chuqurligiga ko‘ra cheklangan yer qa’rining geometriklashtirilgan uchastkasi kon ajratmalari deb ataladi.
Yer qa’ri kon ajratilishini tasdiqlovchi dalolatnoma (1-ilova) asosida foydalanish uchun beriladi. Dalolatnoma litsenziya egasi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar qa’ridan foydalanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydi*.
* Ushbu Nizomda kon ajratmasi deganda foydalanuvchiga foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun beriladigan ham ishlov berilgan, ham ishlov berilmagan yer qa’rining bir qismi tushuniladi (keyingi o‘rinlarda “kon ajratmasi” deb ataladi).
2. Nizom, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini loyihalashtiruvchi, quruvchi, foydalanuvchi va rekonstruksiya qiluvchi barcha yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Kon ajratmalari olingan litsenziyalarga muvofiq foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan korxonalargagina ushbu korxonalarda maxsus loyihalar va kon-texnika xizmatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, berilishi mumkin.
4. Ishlangan kon inshooti yoki yer qa’rining bir qismidan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoxud konlarda obyektlarni joylashtirish uchun foydalanishni mo‘ljallayotgan qazilma boyliklarni qazib olish bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchi ko‘rsatib o‘tilgan ishlar boshlangunga qadar unda foydali qazilma koniga ishlov berishga kon ajratmasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mazkur Nizomga muvofiq kon ajratmasi olishga majburdir.
5. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi, shu jumladan foydali qazilmalarni qazuvchi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlangan konlarida ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Yor osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish yoki foydali qazilmalarni qazib oluvchi ishlab turgan korxonaning ishlov berilgan konlaridagi obyektlarga joylashtirish uchun kon ajratmasi foydali qazilmalarni qazuvchi korxona ixtiyorida bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
6. Zararli moddalarni va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish uchun kon ajratmasi berishga istisno hollarda hamda har bir aniq holatda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot tashkilotining zararli moddalarni, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik imkoniyati yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish yoki oqova suvlarni yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan gorizontlarning aralashib ketuvchi jinslari va qatlam suvlari bilan birga qo‘shilishi haqidagi xulosasi zarurligi to‘g‘risidagi shart mana shunday shartlardan biri hisoblanadi.
7. Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yangidan qurilayotgan yer osti inshootlari uchun, shuningdek, mavjud kon ajratmasiga yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) zarurligini keltirib chiqaruvchi bunday inshootlarni rekonstruksiya qilish uchun kon ajratmasi loyiha hujjatlari tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan inshootlar qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) boshlanishidan oldin rasmiylashtirilishi kerak.
8. Mavjud kon ajratmasiga nisbatan yer qa’rining bir qismini kesish (qo‘shish) mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda yangi kon ajratmasi sifatida rasmiylashtiriladi.
9. Yer osti inshooti qurilishi foydali qazilmalar qatlami mavjud bo‘lgan maydonda yoki ilgari kon inshootlari bilan ishlangan jins qatlamida boshlangan taqdirda, uni so‘rovchi korxona yoki tashkilot kon ajratmasi rasmiylashtirilgunga qadar foydali qazilmalar joylashgan maydonda imorat qurish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olishi zarur.
10. Foydali qazilmalar qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini litsenziyasiz va kon ajratilmasisiz qurish va ulardan foydalanish, teng ravishda uning tashqarisida ham, yer osti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanadi va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanmasdan belgilangan tartibda to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
12. Yer osti boyliklaridan foydalanuvchining unga berilgan kon ajratmasini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berishi taqiqlanadi. Yer osti inshootining tegishliligi o‘zgargan taqdirda kon ajratmasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda yangi sifatida qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Korxonaning nomi o‘zgargan taqdirda faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejasi nusxasidagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
13. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari qurish maydonlarini tanlash komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi Qurilish me’yorlari va normalari hamda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshooti va obyektlar qurilishi uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi iltimosnoma hamda uning ajratilishi O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda korxona (buyurtmachi) tomonidan beriladi.
14. Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti inshootlari va obyektlari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) bo‘yicha ishlarni mablag‘ bilan ta’minlashga kon ajratmasini tasdiqlovchi litsenziya va dalolatnoma, shuningdek, davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi va ular olib qo‘yilishi bilan to‘xtatiladi.
II. Kon ajratmasiga nisbatan asosiy talablar
1. Kon ajratmasi yer qa’rining, geologik tuzilishning, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlarining zarur darajada batafsil o‘rganilgan qismigagina beriladi, undan foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish esa shu yaqin oradagi foydali qazilma konlari ishlanishini qiyinlashtirmaydi hamda kon ishlanmalariga, yer yuzasi va suv obyektlariga neft, gaz va boshqa moddalar va materiallarning ular saqlanishida suqilib kirishini, yer osti boyliklariga tashlanadigan oqova suvlar, yer qa’riga ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini istisno etadi.
2. Kon ajratmasi chegaralari tog‘ jinslarining siljishi va qulashi zonalarini, shuningdek, ushbu inshootlarning normal ishlab turishini ta’minlovchi saqlovchi va to‘suvchi tseliklarni hisobga olgan holda loyihalashtirilayotgan yer osti inshootining texnik chegaralari bilan belgilanadi.
Zararli moddalarni, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda kon ajratmasi konturi ularni qat’iy belgilangan chegaralarda lokalizatsiya qilish ta’minlanishi mumkin bo‘lgan yer qa’ri qismi bilan belgilanadi.
Gazni yer ostida saqlash uchun kon ajratmasi chegaralari bunday saqlash joyi qurilishi uchun loyiha hujjatlariga muvofiq bug‘ qatlamlari bilan tugallanadigan gazning eng ko‘p hajmda tarqalishi konturlari bilan, pyezometrik quduqlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa ushbu quduqlarni qamrab oluvchi konturlar bilan belgilanadi. Gazni yer ostida saqlash omborlari qurilishi uchun ular joylashgan bir maydonga to‘g‘rilangan bir yoki bir necha bug‘ qatlamlaridan, shuningdek ishlangan neft, gaz yoki suvli qatlamlardan (gorizontlardan) foydalanish mumkin.
Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash uchun kon ajratmasi chegaralarini belgilash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib yuborish aholi yashash joylari, xalq xo‘jaligi obyektlari, tabiiy obyektlar va boshqa obyektlar uchun belgilangan sanitariya zonalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
3. Foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan korxonalarning kon ishlanmalarida, shuningdek, foydali qazilma konlar yaqinidagi yer qa’ri uchastkalarida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun kon ajratmasi berish uchun foydalanilayotgan inshootlar va ishlanayotgan konlarning o‘zaro zararli ta’siri istisno etilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
4. Kon ajratmasi muddatsiz yoki muddatli foydalanishga beriladi.
Yer osti boyliklaridan muddatli foydalanishda kon ajratmasi litsenziya bilan belgilanadigan muddatga, gazni yer ostida saqlash va neftni yer ostida saqlash uchun 8 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Zarurat bo‘lganda kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin. Kon ajratmasining amal qilish muddati uzaytirilganda faqat kon ajratmasi dalolatnomasi va topografiya rejalaridagi yozuvlar qayta rasmiylashtiriladi.
5. Korxonalar, binolar, inshootlar, shaharlar va boshqa aholi yashash joylari, kurortlar, o‘rmonzorlar, qo‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari, daryolar, suv havzalari, tarix, madaniyat va san’at yodgorliklari, qimmatli qishloq xo‘jaligi ekinlari, chegara polosalari, aerodromlar, maxsus vazifalarga mo‘ljallangan poligonlar, begonalashtirish polosalari, qal’alar va mustahkamlangan rayonlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar qa’ridan kon ajratmasi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari va davlat nazorati organlari bilan kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
III. Kon ajratmasi loyihasining mazmuni
1. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun kon ajratmasi loyihasi quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
tushuntirish xati;
kon ajratmasining uch o‘lchamli chegaralarini va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash;
so‘ralayotgan kon ajratmasi chegaralarida yuza topografik rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari.
Tushuntirish xatida:
kon ajratmasi so‘rashdan maqsad, uning ma’muriy joylashgan o‘rni, yer osti inshootini loyihalashtirgan va kon ajratmasi loyihasini tayyorlagan tashkilotning nomi ko‘rsatilishi;
so‘ralayotgan kon ajratmasi ustidagi hudud to‘g‘risidagi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yer maydonlari, daryolar, ko‘llar va boshqa suv obyektlari, aholi yashash joylari va sanoat obyektlari, alohida imoratlar va inshootlar, shuningdek, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer qaysi toifaga kiritilganligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilishi;
kon ajratmasi doirasida, shuningdek, unga tutashib ketgan zonalarda yer qa’ri uchastkasining qisqacha geologik tavsifi berilishi, shu jumladan, ushbu uchastkaning geologik tuzilishi, kon-texnika va gidrogeologik sharoitlari hamda ularning o‘rganilganligi darajasi ifodalanmog‘i;
uning uchun kon ajratmasi so‘ralayotgan yer osti inshooti qurilishi mo‘ljallanayotgan joydagi foydali qazilmalar konlari, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda va foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ridan foydalanish uchun berilgan aralash kon ajratmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilishi zarur.
Kon ajratmasi tugatilgan, konservatsiya qilingan yoxud foydali qazilmalarni qazish bo‘yicha ishlab turgan korxonaning ishlangan konlari uchun so‘ralayotgan hollarda ushbu korxona to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumot, shu jumladan, kon yuzasini ochish va ishlash tizimi sxemasi, foydalanilishi kerak bo‘lgan kon ishlanmalari va burg‘ulash quduqlarining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda keltiriladi;
kon ajratmasini olish zarurligi asoslaniladi;
yer osti inshootidan foydalanishda bajarilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar bayon qilinadi.
Kon ajratmasi chegaralari va o‘lchamlari hisob-kitobini asoslash kon ajratmasiga kiritiladigan yer osti makonining hajmi belgilangan holda maydon bo‘yicha ham, vertikal belgilar bo‘yicha ham amalga oshirilishi kerak.
Yuzaning topografiya rejasi, geologiya xaritalari va kesimlari nusxalari ularni tuzish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar talablariga javob berishi kerak.
Neft, gaz hamda boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun kon ajratmasi loyihalarida, shuningdek, ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgan gorizontning ustki qatlami va etagi bo‘yicha tarkibiy xaritalar ham bo‘lishi kerak.
Topografiya rejasining nusxasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
tayanch geodeziya tarmog‘i punktlari, o‘rmonzorlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarining konturlari, aholi yashash joylari, kon inshootlari, suv obyektlari, yo‘llar, yuza va yer osti kommunikatsiyalari, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklari, alohida imoratlar va inshootlar, ularning necha qavat ekanligi, kon inshootlari va burg‘ulash quduqlarining og‘zi, foydali qazilmalar konlari va aralash kon ajratmalari joylashgan chegaralar hamda loyihadagi ajratma chegaralari.
Varaqning bo‘sh qismida reja to‘ldirilgan sana, gorizontal yassilikda kon ajratmasi proyeksiyasi maydoni ( ming kv.m), grafik jihatdan reja va kesimlar bilan belgilanadigan so‘ralayotgan kon ajratmasi burchak nuqtalari yoki o‘ziga xos nuqtalarining x, y, z koordinatlari kattaligi ko‘rsatiladi.
Varaqning yuqori o‘ng tomonida kon ajratmasi berilganligini tasdiqlovchi yozuv uchun joy qoldiriladi.
Topografiya rejasi nusxasi masshtabi foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallanayotgan yer qa’ri uchastkasining o‘lchamiga bog‘liq ravishda tanlanadi va u 1:5000 masshtabdan mayda bo‘lmasligi kerak. Ancha katta maydonga va uzunlikka ega bo‘lgan yer osti inshootlari uchun rejalarni 1:5000 masshtabdan 1:25000 masshtabgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Foydali qazilmalar qazib olish bo‘yicha tugatilgan, konservatsiya qilingan yoki ishlab turgan korxonalarning ishlatilgan kon inshootlaridan foydalanish uchun kon ajratmasi loyihalariga ushbu korxonalar kon inshootlari rejalari qo‘shimcha ravishda kiritiladi va ularda foydalanish mo‘ljallanayotgan inshootlar ko‘rsatiladi.
Zarur bo‘lganda kon ajratmasi chegaralari tarkibiy xaritalarda va vertikal kesimlarda ham ko‘rsatiladi.
2. Kon ajratmasi muddatsiz foydalanish uchun rasmiylashtirilganda topografiya rejasining ikki nusxasi sintetik plyonkalarda yoki uzoq vaqt saqlash uchun yaroqli bo‘lgan boshqa materiallarda tayyorlanishi kerak.
Kon ajratmasini 10 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtirishda topografiya rejasi nusxasi qog‘ozda tayyorlanishi mumkin.
Kon ajratmasi chegaralari tushiriladigan tarkibiy xaritalar va vertikal kesimlar nusxalariga ham shunday talablar qo‘yiladi.
3. Yer ajratmasi loyihasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
yerdan foydalanuvchining kon ajratmasi berishga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
manfaatdor korxona yoki tashkilotning foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshooti barpo etilishi zarurligi va mumkinligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy organi bilan kelishilgan qarori;
korxona yoki idoraning ishlangan kon inshooti yoki yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan kelishilgan qarori;
unda geologik tuzilish, kon-texnika va gidrogeologiya sharoitlari o‘rganilganligi darajasi aks ettirilgan holda hududiy geologiya ishlab chiqarish birlashmasining kon ajratish loyihasi bo‘yicha xulosasi;
yuqori turuvchi tashkilotning (bo‘ysunishiga ko‘ra) kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining kon ishlanmalarining loyihada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarni zararsizlantirish va foydali suratda ishlatishning texnik jihatdan imkoni yo‘qligi haqidagi, shuningdek, zararli moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari yoki oqova suvlarning ularni ko‘mish yoki chiqarib tashlash mo‘ljallanayotgan aralashib ketadigan jinslar va gorizontlarning qatlam suvlari bilan birga qo‘shilib ketishi to‘g‘risidagi xulosasi;
tasarrufida foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha ishlab turgan yoxud konservatsiya qilingan korxona bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchining kon ishlanmalarini foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun boshqa yer qa’ridan foydaluvchiga berishga roziligi;
sanitariya nazorati organining xulosasi.
Izoh. Gaz, neft, boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish, oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun inshootlar qurilishi mo‘ljallanayotganda kon ajratmasi loyihalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mahalliy organining xulosasi ilova qilinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasi berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
4. Kon ajratmalari loyihalari va ularga ilovalar tegishli tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari tomonidan imzolanadi.
IV. Kon ajratmasi berish tartibi
1. Litsenziya olgan korxona O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga buyurtmanoma yuboradi. Buyurtmanomada korxonaning nomi, uning qaysi idoraga bo‘ysunishi va manzili, so‘ralayotgan kon ajratmasining joylashgan o‘rni va u nima maqsad uchun so‘ralayotganligi ko‘rsatiladi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi uchun ekspertiza o‘tkazilganligi va loyiha tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Buyurtmanomaga yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanadigan korxonaning rahbari yoki yuqori turuvchi tashkilot (bo‘ysunishiga ko‘ra) rahbari imzo chekadi.
Buyurtmanomaga ilovalar bilan birgalikda ikki nusxada kon ajratmasi loyihasi ilova qilinadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasi loyihasini ko‘rib chiqadi va buyurtmanoma olingandan keyin 30 kundan kechikmay u bo‘yicha qaror chiqaradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Zarur bo‘lganda kon ajratmasi loyihalari kon ajratmasini olishdan manfaatdor korxonaning vakili ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi:
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda topografiya rejasiga yozuvlar to‘g‘ri yozilganligi va so‘ralayotgan kon ajratmasi chegaralarining asoslanganligi;
kon ajratmasi loyihasi mazmunining mazkur Nizom talablariga muvofiqligi, loyihaga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlarning mavjudligi;
kon ajratmasi so‘ralayotgan yer osti inshootining loyihasi,uning berilayotgan yer qa’ri uchastkasidan kompleks foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shuningdek, ishlovchilarning va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, atrof tabiiy muhitni, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha loyiha yechimlarining to‘liqligi va asoslanganligiga oid qismi.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining kon ajratmasi berish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qarori manfaatdor tashkilotlarga ma’lum qilinadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining qaroridan norozi bo‘lingan taqdirda ushbu qaror ustidan ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi kerak.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
5. Kon ajratmasi berish kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma berilishi bilan, shuningdek, topografiya rejasi nusxasining yuqoridagi o‘ng burchagidagi yozuv bilan 1 va 2-ilovalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarining imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Izoh. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomalarning bosmaxona usulida tayyorlangan va o‘chirib-yozishlarsiz qo‘lda tushda to‘ldirilgan blanklarda berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6. Kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomaning va kon ajratmasining rasmiylashtirilgan birinchi nusxasi korxonaga beriladi, ushbu hujjatlarning ikkinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasida saqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan kon ajratmalarini hisobga olish 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha Kon ajratmalarini hisobga olish daftarida amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
V. Kon ajratmasini olgan korxonaning vazifalari
1.Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasi berilgan korxona quyidagilarga majburdir:
yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish;
kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlari o‘rganilishi to‘liqligini ta’minlash;
yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini tashkil etish, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlarini tuzish;
tog‘ jinslarining siljishini, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan mavjud yer usti inshootlari va qurilayotgan hamda foydalanilayotgan yer osti inshootlari obyektlarining deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish;
yer osti inshootlari qurilishi yoki rekonstruksiya qilinishi chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan qazilma boyliklarni saqlash va ularning hisobini yuritish;
kon ishlanmalarining holati, kon ajratmasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlanishini muntazam kuzatishni va nazorat qilishni tashkil etish;
ishlovchilar va aholining salomatligi va hayoti xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatisiz kon ajratmasi hududi ustida binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash;
yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash;
yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda, bir yilda kamida bir marta amalga oshirish;
nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.
VI.Yer qa’ridan foydalanish huquqini to‘xtatish asoslari va tartibi
1.Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatilishi, birmuncha vaqt to‘xtatilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin.
2. Yer qa’ridan foydalanish huquqi, agar yer qa’ridan foydalanuvchi:
kon ajratmasi berilgandan so‘ng bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan u taqdim etilgan maqsadlarda foydalanishga kirishmasa;
atrof tabiiy muhitga va kishilarning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning yo‘l qo‘yiladigan normalaridan ortiqcha bo‘lsa;
yer qa’ridan u berilgan maqsadlarga nomuvofiq holda foydalansa;
yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilishning boshqa qoidalari buzilgan taqdirda to‘xtatilishi, birmuncha vaqt to‘xtatilishi yoki cheklab qo‘yilishi mumkin.
3. Bunday qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomani bekor qiladi hamda litsenziyani olib qo‘yish masalasini qo‘yadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
4. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanuvchi korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganida kon ajratmasi dalolatnomasi korxonani konservatsiya qilish yoki tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma rasmiylashtirilganidan keyin 30 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga qaytariladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
VII. Mazkur Nizom talablari qanday bajarilayotganligini nazorat qilish
1. Mazkur Nizom bilan belgilangan kon ajratmasini rasmiylashtirish, uni o‘z vaqtida olish va uning saqlanishi tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchi korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi, korxonani loyihalashtirishda esa loyiha bosh muhandisiga va loyihalashtirish tashkiloti rahbariga yuklanadi.
Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchi korxonalarning rahbarlari mansabdor shaxslari kon ajratmasini tasdiqlovchi dalolatnomada bayon qilingan majburiyatlarning bajarilishi uchun ham javobgar bo‘ladilar.
Yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
2. Yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanuvchilarda kon ajratmasi dalolatnomasi mavjudligi, kon ajratmasi hujjatlari to‘liq va to‘g‘riligini nazorat qilishni, shuningdek, kon ajratmasi doirasida yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish chog‘ida yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilishni o‘z vakolatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Nizomga 1-ILOVA

‎‎

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi) Gosudarstvennaya inspeksiya po nadzoru za geologicheskim izucheniyem nedr, bezopasnim vedeniyem rabot v promishlennosti, gornom dele i kommunalno-bitovom sektore pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan “Sanoatgeokontexnazorat”

Kon ajratmasini tasdiqlovchi

DALOLATNOMA‎‎

Toshkent shahri

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

199_ yil “__” ____da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi_________________________________________
________________________________________________________________ ga

‎‎(tashkilot yoki korxonaning to‘liq nomi va uning mansubligi)

_______________________________________maqsadlarida foydalanish uchun‎‎

(kon ajratmasi berilganligining maqsadi)

rejada burchak (o‘ziga xos) nuqtalar bilan_______________________________‎‎
_____________________________________shuningdek, tarkibiy xaritalar va

(nuqtalar raqami)

vertikal kesimlarda________________________________________________

(xaritalar va kesimlar raqami)

belgilangan chegaralarda kon ajratmasi berdi. Rejada belgilangan kon ajratmasi proyeksiyasining maydoni va yer osti kengligining hajmi_________________________________________________________ni‎‎

(ming kv.m, ming kub m - yozuv bilan)

tashkil etadi.
Kon ajratmasi ___________________________________________________‎‎

(qishloq, tuman, viloyat, respublika nomi)‎

_____________________________________________________da joylashgan.

Mazkur dalolatnoma ikki nusxada tuzildi, 199___yil _______________da ___________ tartib raqami bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi reyestriga kiritildi.‎‎

(1-ilovaning jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Korxona ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasida quyidagilarni bajarishga majburdir:
yer osti inshootlari qurilishi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar boshlanishidan bir oy oldin bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasini xabardor qilish;
(1-ilovaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
yer qa’ridan faqat ular berilgan maqsadlarda foydalanish;
kon ajratmasi va unga tutashib ketgan zonalar doirasida yer qa’ri uchastkasining geologik tuzilishi, kon-texnika, gidrogeologik va boshqa sharoitlarning to‘liq o‘rganilishini ta’minlash;
yer osti ishnootlari qurilishi va ulardan foydalanish jarayonida kon ishlarining marksheyder ta’minlanishini, shuningdek, geologik va marksheyder hujjatlari tuzilishini tashkil etish;
tog‘ jinslari siljishi, mavjud yer usti inshootlari va obyektlari, ehtimol tutilgan deformatsiya zonasida joylashgan qurilayotgan va foydalanilayotgan yer osti inshootlari deformatsiyasini kuzatishni tashkil etish;
yer osti inshootlari qurish yoki ularni rekonstruksiya qilish chog‘ida qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan, vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni saqlab qolish va ularning hisobini yuritish;
kon ishlanmalarining holati, kon ajratmasi bilan belgilangan ko‘milgan zararli moddalar va ishlab chiqarish chiqindilari, shuningdek, chiqarib tashlangan oqova suvlarning zararsizlantirilishi chegaralarining saqlab qolinishini doimiy kuzatish va nazorat qilishni tashkil etish;
xodimlarning salomatligi va hayoti uchun xavfsizligini, yer qa’rini va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlarini, binolar va inshootlarni kon ishlarining zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining ruxsatisiz kon ajratmasi ustidagi hududga binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
(1-ilovaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
qo‘riqxonalar, tabiat, tarix va madaniyat yodgorliklarining yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarning zararli ta’siridan saqlanishini ta’minlash;
yer qa’ridan foydalanish chog‘ida buzilgan yer uchastkalarining xavfsiz holatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini ta’minlash;
yer osti gaz omborxonalaridan foydalanish chog‘ida haydalayotgan gazning kon ajratmasidan tashqariga harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
yer osti gaz omborxonalari va quduqlarning germetikligini nazorat qilishga oid tadbirlarni muntazam ravishda, bir yilda kamida bir marta amalga oshirish;
nogermetik quduqlardan foydalanishga, shuningdek, gazning boshqa gorizontlarga oqishiga hamda uning yer yuzasiga oqib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Agar yer qa’ridan foydalanuvchi unga kon ajratmasi berilgandan keyin bir yil davomida yer qa’ri uchastkasidan u taqdim etilgan maqsadlarda foydalanishga kirishmasa kon ajratmasi dalolatnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi va “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasiga qaytarilishi kerak.
Korxona konservatsiya qilinganda yoki tugatilganda yer qa’ri uchastkasidan foydalanish bo‘yicha ishlar to‘xtatilgan kunda to‘ldirilgan geologiya va marksheyder hujjatlarining asl nusxalari 10 kun muddatda yuqori turgan tashkilotga topshirilishi, marksheyder rejalari, geologiya xaritalari va usti ochiq konlar nusxalari esa mana shu muddatda manfaatdor korxonalarga, tashkilotlarga, shu jumladan, konservatsiya qilinayotgan yoki tugatilayotgan korxonaning yer qa’ridan foydalanuvchi qo‘shni korxonalarga berilishi kerak.
Kon ajratmasi dalolatnomasi kon-geologik va marksheyder hujjatlarining nusxalari olinganligi to‘g‘risida tashkilotlarning tilxatlari nusxalari bilan birgalikda korxona konservatsiya qilinishi yoki tugatilishi haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng 15 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga topshiriladi.
(1-ilovaning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Muhr o‘rni‎

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi raisi

________________________________‎
(imzo, ismi va otasining ismi, familiyasi)‎
_ _ _ _ _ _‎
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Nizomga 2-ILOVA
Topografik reja nusxasidagi yozuv namunasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan

______________________________________________________ga

(yer qa’ridan foydalanuvchining nomi va uning qaysi idoraga bo‘ysunishi)

_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

(kon ajratmasi nima maqsadda berilganligi)

maqsadlarida yer qa’ridan foydalanish uchun kon ajratmasi berildi.

Berilgan kon ajratmasi____________________________________________

(kon ajratmasining ma’muriy holati, manzili)

da mazkur rejada __________________________________________

(nuqtalarning raqami)

nuqtalari bilan belgilangan chegaralarda joylashgan, bunda quyidagilardan foydalanilishi kerak:
____________________________________________________________

(obyektlar sanaladi, ularning yer yuzasiga chiquvchi proyeksiyasi maydoni, kon ajratmasining yuqori va quyi chegaralari chuqurligi)

Kon ajratmasi dalolatnomasi 199___yil “___” ____________da ________ tartib raqami bilan O‘zbekiston RespublikasiSanoatgeokontexnazoratdavlat inspeksiyasi reyestriga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi raisi

_______________________________________________________

(imzo, ismi va otasining ismi, familiyasi)

(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Nizomga 3-ILOVA
Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer qa’ri uchastkasi kon ajratmalarini
HISOBGA OLISh DAFTARI (REESTRI)
Kon ajratmasining reyestr raqami Kon ajratmasi berilgan sana‎ Kon ajratmasi joylashgan joy‎ Kon ajratmasi olgan korxonaning nomi, manzili va uning qaysi idoraga bo‘ysunishi‎ Kon ajratmasi nima uchun berilganligi‎ Kon ajratmasining maydoni va hajmi, ming kv.m ming kub m‎ Izoh (korxona konservatsiya qilinganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risida va sababi ko‘rsatilgan holda kon ajratmasi olib qo‘yilganligi to‘g‘risida belgi)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

Izoh: Daftar raqam qo‘yib chiqilgan, ip o‘tkazib bog‘langan va u “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-iyuldagi 220-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 30-son, 316-modda)