1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, boshqaruv va yordamchi xodimlari sonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-may,
267-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 267-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandida:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasining, Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari, Nukus va viloyat markazi boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari, viloyatga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar hamda tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddat xizmat qilganligi) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot toʻlanadi:
Uzoq muddat xizmat qilganligi uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent
1 yildan 3 yilgacha
0,3
3 yildan 5 yilgacha
0,6
5 yildan 10 yilgacha
0,8
10 yil va undan koʻp
1,0
”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 46-son, 414-modda):
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalarga muvofiq”;
“Toshkent shahri hokimligi bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan boshqarmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi”;
21-bandning ikkinchi xatboshiga “Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
v) quyidagi mazmundagi 4a, 4b, 4v, 4g, 4d, 4e, 4j, 4z, 4i va 4k-ilovalar qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4a-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4b-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Drenajlar va kollektorlarni taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4v-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Irrigatsiya xoʻjaligini va koʻkalamzorlashtirish obyektlarini taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4g-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Maxsus sugʻorish uskunalarini taʼmirlash va saqlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4d-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy avariya-dispetcherlik xizmati
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4e-ILOVA
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Shahar sunʼiy inshootlaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4j-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Shahar markaziy koʻchalaridan foydalanish, ularni saqlash va taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4z-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4i-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Kanallarni saqlash, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga 4k-ILOVA
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi
TAShKILIY TUZILMASI
g) 5-ilovaning “Lavozim va kasblar nomi” ustunining 17-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master”;
“Lavozim nomi” ustunining 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master”;
11-pozitsiya chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri hududidagi kanallarning sanitariya holatini yaxshilash va obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 16-oktabrdagi 282-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 343-modda)