UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING AYRIMLARINI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA*
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-avgustdagi PF-3471-sonli va 2010-yil 9-sentabrdagi PF-4241-sonli farmonlari tahririda.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-sonli “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona shaharlarining tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan, umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari]
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Toʻqimachi va Fayzulla Xoʻjayev tuman sudlari, Samarqand viloyatining Bogʻishamol, Siyob va Temir yoʻl tuman sudlari tugatilib, ularning negizida jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro va Samarqand shahar sudlari tashkil qilinsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari]
2. Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Navoiy tuman sudi, Namangan viloyati Davlatobod tuman sudi, Fargʻona viloyati Qirguli tuman sudi tugatilsin.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.07.00 Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari]
3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Fayzulla Xoʻjayev tumanlararo sudi, Navoiy viloyatining Navoiy tumanlararo sudi, Samarqand viloyatining Temir yoʻl tumanlararo sudi tugatilib, ularning negizida fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro, Samarqand shahar sudlari va Romitan, Karmana tumanlararo sudlari tashkil qilinsin.
4. Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilishi hamda shtat birliklarining umumiy soni 1 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi bir oy muddat ichida qayta tashkil etilgan sudlarni sudya kadrlar bilan toʻldirish masalasi boʻyicha tegishli takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Fargʻona viloyat sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF–2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1, 4, 6 — 8-ilovalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF–3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-fevral,
PF-3400-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi umumiy yurisdiksiya sudlarining
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining
NAMUNAVIY TUZILIShI
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 42-son, 556-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400 sonli Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining