toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan:
1. Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi hamda shtat birligining soni 1–3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2001-yilning 1-yanvaridan mavjud umumiy yurisdiksiya sudlari negizida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin hamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 4–6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari tashkil qilinsin xamda ularning tuzilishi va shtat birliklarining soni 7–8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;
tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi va sudyalardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan fuqarolik ishlarini koʻrib chiqadilar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻlib, oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqadilar;
tuman (shahar) jinoyat ishlari boʻyicha sudlari — sud raisi, sudyalar va xalq maslahatchilardan iborat boʻlib, qonun bilan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
4. Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar taalluqlidir.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida koʻzda tutilgan barcha ishlar hamda amaldagi qonun boʻyicha sudlarning ish yurituviga oʻtkazilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning, shuningdek harbiy sudlarning faoliyati ustidan sud nazoratini amalga oshiradi.
6. Belgilab qoʻyilsinki, umumiy yurisdiksiya sudlarining sudyalarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tayinlash (saylash) qonunda oʻrnatilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida sudlarni moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida;
sudlarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish haqida takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-avgust,
PF-2682-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF-3023-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 318-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 246-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2002-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 37-son, 318-modda)