1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.08.00 Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]
UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING TUZILMASIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, baʼzilarini esa oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 12-avgustdagi “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 137-II-sonli va “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 138-II-sonli qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 29-avgustdagi “Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarini birlashtirish hamda Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray tumanlari va Toshkent shahrining Hamza tumani hududlarini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 96-II-sonli va “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 97-II-sonli qarorlariga asosan:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudi tugatilsin.
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Toshkent tuman sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati tuman (shahar) sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M. Toxiriy zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 9-sentabr,
PF-4241-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 9-sentabrdagi PF-4241 -sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar