1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKi BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XOʻJALIKLARINI YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1345-2]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 348-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1345-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7 va 51-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-sonli qarori (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-yil, 17-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.