Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 16-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga asosan buyuraman:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarorni (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 26-noyabrdagi 24/13-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1345-1, 2004-yil 31-dekabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 5-iyundagi 21/6-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1345-2, 2010-yil 23-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/5-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1345-3, 2012-yil 22-iyun);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 26-avgustdagi 21/3-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
qarori (roʻyxat raqami 1345-4, 2017-yil 6-sentabr).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.