

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1495215" id="onLBC-1495215">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6452"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;</span></div><div id="LBC6953"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1495215" id="onLS-1495215">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1495241" id="-1495241"><a href="/files/1494452.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1495242" id="-1495242">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1495265" id="-1495265">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1495267" id="-1495267">SIGIRLAR VA NASL BUQALARNI PARVARISH QILISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1495270" id="-1495270">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1977]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1495272" id="-1495272"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495274" id="-1495274">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli <a href="/mact/-323963">qarori</a> bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495275" id="-1495275">1. Sigirlar va nasl buqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish <a href="/mact/-1495215#-1495285">qoidalari</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495277" id="-1495277">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1495279" id="-1495279">Vazir v.b. A. XAITOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495280" id="-1495280">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495282" id="-1495282">2009-yil 2-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1495283" id="-1495283">24/B-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1495285" id="-1495285"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1495286" id="-1495286">Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 2-iyundagi 24/B-sonli <a href="/mact/-1495215">buyrugʻiga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1495287" id="-1495287">Sigirlar va nasl buqalarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1495289" id="-1495289"><strong>QOIDALARI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1495290" id="-1495290"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699219" id="edi-7699219"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495292">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699219" id="-7699219"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699220" id="-7699220">Mazkur Qoidalar sigirlar va nasl buqalarni parvarish qilish bilan shugʻullanadigan xodimlar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699221" id="-7699221">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681257">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495294" id="-1495294">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495295" id="-1495295">1. Ushbu Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, sigirlar va nasl buqalarni (bundan keyingi oʻrinlarda mollar deb yuritiladi) parvarish qilish bilan shugʻullanadigan korxonalar, shu jumladan qishloq xoʻjaligi korxonalari (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) tomonidan qoʻllanishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699222" id="edi-7699222"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=05.11.2023 00#-6505604">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699222" id="-7699222"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699223" id="-7699223">2. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699224" id="-7699224">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681259">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495299" id="-1495299">3. Mollarni parvarish qilishda mehnatni muhofaza qilish xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati, bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa, mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495300" id="-1495300">II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495302" id="-1495302">1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699226" id="edi-7699226"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-7699225">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699226" id="-7699226">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681261">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699229" id="edi-7699229"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495313">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699229" id="-7699229"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699230" id="-7699230">5. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-545128#-845187">nizomga</a> muvofiq amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699231" id="-7699231">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681262">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495314" id="-1495314">2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriqlar berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495316" id="-1495316">6. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda kasbiy-texnik tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7353237" id="-7353237"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining </em><a href="/mact/6265799">V boʻlimi</a><em>.</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699227" id="edi-7699227"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495318">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699227" id="-7699227">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681261">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699228" id="edi-7699228"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495320">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699228" id="-7699228">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681261">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495321" id="-1495321">3-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699232" id="edi-7699232"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495323">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699232" id="-7699232"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699233" id="-7699233">9. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699234" id="-7699234">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681264">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699235" id="edi-7699235"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495325">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699235" id="-7699235"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699236" id="-7699236">10. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2046010#-2046163">nizom </a>(roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699237" id="-7699237">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681265">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699238" id="edi-7699238"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495326">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699238" id="-7699238"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699239" id="-7699239">11. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonaga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699240" id="-7699240">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681265">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699241" id="edi-7699241"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495328">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699241" id="-7699241"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699242" id="-7699242">12. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699243" id="-7699243">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681268">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699244" id="edi-7699244"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495329">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699244" id="-7699244"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699245" id="-7699245">13. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxona maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699246" id="-7699246">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681269">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495330" id="-1495330">14. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699247" id="edi-7699247"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495332">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699247" id="-7699247"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699248" id="-7699248">15. Xodimlar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699249" id="-7699249">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681271">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7699250" id="edi-7699250"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-1495333">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7699250" id="-7699250"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7699251" id="-7699251">16. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7699252" id="-7699252">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 14-2025/B-sonli <a href="/mact/-7680353?ONDATE=12.08.2025 00#-7681272">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3661, 11.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495334" id="-1495334">4-§. Kasbiy tanlov</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495336" id="-1495336">17. Korxonalarda kasbiga koʻra saralash oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495337" id="-1495337">18. Agressiv, yomon xulqli va yuqumli kasallik bilan kasallangan mollarga (bundan keyingi oʻrinlarda xavfli boʻlgan ishlarni bajarishda deb yuritiladi) xizmat koʻrsatishda maxsus kurslarni tamomlagan shaxslarning ishlashiga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495338" id="-1495338">19. Barcha ishchilar xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishish oldidan bunday ishlarni xavfsiz amalga oshirishlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari, talablar bilan tanishishlari, ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495340" id="-1495340">20. Ish beruvchi xavfli boʻlgan ishlarning oldini olishni tashkil etishda va xavfsiz oʻtkazishda belgilangan tartibga amal qilishi uchun toʻla javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495341" id="-1495341">21. Ish beruvchi kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatishi, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495343" id="-1495343">5-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495344" id="-1495344">22. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495346" id="-1495346">23. Har bir korxona amaldagi tarmoqqa mos keladigan xavfi yuqori sharoitlarda bajariladigan ishlar roʻyxatini tuzib chiqishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495347" id="-1495347">24. Mollarni parvarishlash jarayonida quyidagi xavfli va zararli omillar taʼsir qilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495349" id="-1495349">harakatlanuvchi mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish uskunalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495351" id="-1495351">termik xavf (60<sup>0</sup> S dan yuqori suv, bugʻ va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495353" id="-1495353">yuqori yoki past harorat, havo haroratini ikki tomonlama (yelvizak) boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495354" id="-1495354">ishlash joyida yetarlicha yorugʻlik boʻlmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495356" id="-1495356">belgilangan meʼyordan ortiq yuk koʻtarish va tashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495357" id="-1495357">kimyoviy xavf (kimyoviy moddalar taʼsiri, yuvish uchun va dezinfeksiya qiluvchi moddalarni koʻzga, nafas organlariga va terining himoyalanmagan joylariga taʼsiri);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495358" id="-1495358">elektr tokidan shikastlanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495360" id="-1495360">biologik xavf (brutsellyoz, tuberkulyoz, leptospiroz, oqsil, kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan va jahldor mollar bilan aloqada boʻlish, tajriba oʻtkazish mobaynida mikroorganizmlarni yuqtirish).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495361" id="-1495361">25. Mollarni parvarishlash, kasalliklarning oldini olish va davolashda xavfli va zararli omillar inson organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495362" id="-1495362">26. Mollarni parvarishlashda insonlar va mollarga xos boʻlgan kasalliklar (tuberkulyoz, brutsellyoz, leptospiroz va boshqa yuqumli kasalliklar) bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495364" id="-1495364">27. Mollarni parvarishlashda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishlashga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495365" id="-1495365">28. Agressiv va yomon xulqli mollar saqlanadigan molxona yoki bokslar tepasiga ogohlantiruvchi belgi qoʻyish shart. Bu belgi sariq rangli yozuv bilan yozilib, harflarning balandligi 35 mm, kengligi 16 mm va qalinligi 3 mm boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495366" id="-1495366">29. Bogʻloqsiz (erkin) saqlanadigan mollarni parvarishlash jarayonida ularning harakatini cheklab qoʻyadigan asbob va uskunalardan foydalanish kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495374" id="-1495374">6-§. Himoya qilish vositalarini qoʻllash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495379" id="-1495379">30. Ish beruvchi tomonidan xodimlarni zararli va xavfli omillar taʼsiridan himoya qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495380" id="-1495380">31. Qoʻllaniladigan himoya vositalari vazifasiga koʻra, xavfsiz mehnat sharoitlarini, ishlab chiqarish muhitidagi zararli va xavfli omillar darajasini (havo muhiti va yorugʻlikni) meʼyoriy holatga keltirishi yoki mavjud ishlab chiqarish omillari taʼsiridan bevosita himoya qilishni tashkil etishni taʼminlashi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495381" id="-1495381">32. Xodimlarni maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash — namunaviy meʼyorlarga mos ravishda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495382" id="-1495382">33. Shaxsiy himoya vositalarini saqlash, berish va qabul qilish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495384" id="-1495384">34. Ish vaqtida himoya kiyimi tugmalari mahkam qadalgan, yeng manjetlari bilaklargacha zich qamrab olgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495385" id="-1495385">35. Ehtiyot moslamalari qoʻllashni talab qiladigan ishlarni bajarishda meʼyorlarda nazarda tutilganidan qatʼi nazar, ishlovchilarga ehtiyot chorasi sifatida berilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495386" id="-1495386">36. Korxona maʼmuriyati: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495388" id="-1495388">a) barcha zarur himoya vositalarining mavjudligi, sozligi va belgilangan meʼyorlar talablariga muvofiqligini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495389" id="-1495389">b) himoya vositalarini qoʻllashni (oʻrnatish, butlash va foydalanish)ni nazorat qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495391" id="-1495391">v) himoya vositalarini taʼmirlash va sozlab turishni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495392" id="-1495392">g) maxsus kiyimlarni vaqtida yuvish va tikib-chatish, changdan tozalashni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495393" id="-1495393">d) zaharli va xavfli moddalar nisbatan koʻp ajralib chiqadigan sharoitlarda ishlovchilarning shaxsiy himoya vositalarini gaz va infeksiyadan tozalashni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495394" id="-1495394">e) shaxsiy himoya moslamalari ishdan chiqishining oldini olishni (respirator filtrlarini almashtirish, alohida qismlar va hokazolarni almashtirishni) taʼminlashi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495395" id="-1495395">III. Mollarni parvarish qilishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495396" id="-1495396">1-§. Umumiy talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495397" id="-1495397">37. Mollarni parvarish qilish bilan bogʻliq ishlar quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495398" id="-1495398">mollarni parvarish qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495399" id="-1495399">yuqumli kasalliklar bilan kasallangan mollarga (brutsellyoz, tuberkulyoz, kuydirgi va boshqalar) xizmat koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495400" id="-1495400">mollarni transport vositalariga ortish va tushirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495401" id="-1495401">bosim ostida ishlaydigan texnikada xizmat koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495402" id="-1495402">quduqlarda ishlash, suyuq goʻnglarni tozalash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495403" id="-1495403">38. Sogʻish apparatlarida ishlash, sutga dastlabki ishlov beradigan va ozuqa sexi uskunalarida ishlashga elektr xavfsizligi malakasiga ega boʻlgan xodimlarga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495404" id="-1495404">39. Yangi qabul qilingan xodimlar 12 — 14 kun mobaynida rahbarlar (brigadirlar yoki boshqa rahbarlar) nazorati ostida boʻlib, keyin mustaqil ishlashga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495406" id="-1495406">40. Xodim oʻz vazifasini bajarishda boshqa kishining yordamiga muhtoj boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495408" id="-1495408">41. Xodimlar mexanizmlar, mashina va uskunalar bilan ishlaganda, ularni ishga tushirish va toʻxtatishda, oʻrnatish va oʻlchov asboblarini nazorat qilishda hamda ishlab chiqarish signalizatsiyasidan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya qilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495411" id="-1495411">42. Xodimlar ish jarayonida nosoz texnika va asbob-uskunalardan foydalanmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495412" id="-1495412">43. Xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi uchun quyidagilarga amal qilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495413" id="-1495413">ovqat yeyishdan oldin va ish tugagandan soʻng sanitar va maxsus kiyimlarni yechib ajratilgan joyga ilib qoʻyishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495414" id="-1495414">hojatxonaga borishdan oldin sanitar buyumlarni yechish va undan keyin qoʻlni yuvishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495416" id="-1495416">qoʻlni 0,2%-li xlorli ohak eritmasida chayib, sovun bilan issiq suvda yuvishi va shaxsiy sochiqda artishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495419" id="-1495419">44. Xodim oʻzini yomon his qilganda, harorati koʻtarilganda, terisi kesilganda va yiringli yoki boshqa teri kasalliklari paydo boʻlganda, korxona rahbarini xabardor qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495422" id="-1495422">Korxona rahbari shifokor kelgunga qadar jarohatlangan kishilarga birinchi yordam koʻrsatilishini tashkil qilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495424" id="-1495424">2-§. Sigirlarni parvarishlashda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495426" id="-1495426">45. Xodimlar sigirlarni oziqlantirish, sugʻorish, sogʻish, goʻngni yigʻishtirish ishlarini bajarishda sigirlarni saqlashning kun tartibiga rioya qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495428" id="-1495428">46. Sigirlar turgan joyga “Ehtiyot boʻling! Sigir shoxlaydi” yoki “Ehtiyot boʻling, Sigir tepadi” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgilar osilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495430" id="-1495430">47. Sigirlarga qoʻpol muomala qilmaslik kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495432" id="-1495432">48. Sigirlarni oziqlantirish va sugʻorish ozuqa yoʻlagi orqali amalga oshirilishi va ularning turgan joyiga oʻtmaslik kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495434" id="-1495434">49. Sigirlar turar joyiga ikki kishi boʻlib kirish, himoyachi (ikkinchi kishi) qoʻlida hayvonni qoʻrqitadigan jihoz boʻlishi shart (elektr qoʻrqitgich, tayoq).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495436" id="-1495436">50. Sigirlar yoʻq paytida yoki ular boʻlganda koʻchma chegara bilan ajratib qoʻyilgan holda ularning yotish joylari tozalanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495438" id="-1495438">51. Ochiq goʻng chiqarish jihozlari bilan ishlash paytida, sigirlarni tashqariga chiqarish va kiritish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495440" id="-1495440">52. Birinchi bor tuqqan sigirlarni (gʻunajinlar) parvarishlash va sogʻishga oʻrgatishda qaysar sigirlardan ehtiyot boʻlish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495441" id="-1495441">53. Buzoqlarni ona sigirlar yonida oʻstirganda yuvvosh sigirlarni tanlab olish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495443" id="-1495443">54. Sigirlar tugʻish paytida ular tagi va goʻng ariqchalariga toʻshama solib, sirgʻanishi mumkin boʻlgan joylarni tuzatish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495445" id="-1495445">55. Sigirlarning boshi va oyogʻiga juda yaqin turmaslik kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495447" id="-1495447">56. Sigirlar tugʻishiga yordam berish paytida arqonni qoʻlga oʻrab olmaslik kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495449" id="-1495449">3-§. Naslli buqalarni parvarishlash, urugʻ olish va saqlashda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495596" id="-1495596">57. Naslli buqalarni (bundan keyingi oʻrinlarda buqa deb yuritiladi) parvarishlashda ehtiyotkorlik bilan ishlarni bajarish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495597" id="-1495597">58. Buqaning turar joyini (ikki tomonga tortiladigan boshvogʻi sozligini, zanjirning har bir halqasini butligini, burun halqasi va uni shoxga biriktirilganligini, yoʻnaltirish tayoqchasi sozligini va buqani saqlash uchun kerak boʻlgan barcha boshqa jihozlar sozligini) tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni darhol bartaraf etish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495599" id="-1495599">59. Buqani yetaklash tayoqchasining uzunligi kamida 2 metr boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495600" id="-1495600">60. Buqani nazorat qilish (uning joyiga kirmay) ozuqa yoki chiqarish yoʻlagi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495602" id="-1495602">61. Buqa yuradigan yoʻlakcha va yashash maydoni quruq, toza va boshqa narsalardan holi boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495603" id="-1495603">62. Buqadan urugʻ olishga yoki yayratishga olib boradigan yoʻlakda holi joylar va himoya toʻsiqlari boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495605" id="-1495605">63. Agarda buqa bezovta boʻlsa, sababini aniqlab uni tinchlantirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495606" id="-1495606">64. Buqani erkalab muomala qilish kerak, ammo harakatlar aniq va keskin boʻlishi lozim. Sekin, noaniq, ishonchsizlik harakatlari buqada odamga hamla qilish refleksini kuchaytiradi. Buqa bilan qoʻpol muomala qilish, kun tartibi va yayratish meʼyorining buzilishi unda qoʻrs feʼl va himoya refleksini rivojlantiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495608" id="-1495608">65. Buqani barcha muolajalari sanitar kiyim-kechagida amalga oshirilib, keyin uni maxsus kiyim-kechakka almashtirib olish lozim. Buqani parvarish qiluvchi xodimlar ogʻriqli muolajalarda qatnashmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495609" id="-1495609">66. Yangi xodimni ishga oʻrgatish urugʻ olish kuni amalga oshirilmasligi kerak. Urugʻ oluvchi 10 — 12 kundan keyin buqaga qarashi, mazali ozuqalar bilan buqani siylashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495610" id="-1495610">67. Buqani tagini va oʻzini tozalash uchun kalta boshbogʻga oʻtkazib qoʻshimcha zanjir bilan ozuqa yoʻlak tomonga bogʻlash zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495612" id="-1495612">68. Juda jahldor, feʼli buzuq buqalarga qarashda (bu toʻgʻrida ogohlantiruvchi belgilar osilgan boʻlishi kerak) uning koʻzi ustiga toʻsiq kiydirilib, shoxlarining uchiga yogʻoch taxtacha bogʻlab qoʻyish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495613" id="-1495613">69. Buqani binodan olib chiqishda barcha eshiklar berkitilishi, yoʻlakda ortiqcha narsalar boʻlmasligi hamda yoʻlda yoki yoʻlakda qarama-qarshi tomonga boshqa buqalar harakat qilmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495615" id="-1495615">70. Buqa va sigirlarni tashqariga bir vaqtda chiqarmaslik kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495616" id="-1495616">71. Buqani turar joyidan boʻyin halqasi bilan birlashtirilgan boshbogʻdan ushlab yetaklash tayoqchasi orqali burun halqasidan yengil tortgan holda tashqariga olib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495618" id="-1495618">72. Yetaklovchi tayoqchasiz, burun halqasi orqali yetaklash va buqaning kallasiga yaqin joyda yurish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495619" id="-1495619">73. Buqalarni maxsus maydonchalarda yayratish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495621" id="-1495621">74. Faqat feʼli yaxshi buqalarni guruhlab yayratishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495622" id="-1495622">75. Yayratish tugagandan keyin buqa oʻz joyiga bogʻlanadi va ozuqa yoʻlagi tomonga ikkita boshvoq bilan bogʻlanadi, shundan keyin yoʻnaltirish tayoqchasi boʻshatiladi. Burun halqasi qayish orqali shoxiga biriktiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495624" id="-1495624">76. Buqa ishchi kiyimi rangiga qarab hujum qilsa, kiyimni almashtirish yoki buqani boshqa joyga oʻtkazish yoki qarovchini almashtirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495625" id="-1495625">77. Buqalarda urugʻ maxsus jihozlangan xonalarda olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495626" id="-1495626">78. Urugʻ olishda osoyishtalik taʼminlanishi va begona shaxslar boʻlmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495627" id="-1495627">79. Manejga ikkitadan koʻp buqani kiritish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495628" id="-1495628">80. Urugʻ olishga tayyorlanish paytida buqa tomonga egilish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495629" id="-1495629">81. Manejdan buqani u toʻliq tinchlangandan keyin olib ketish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495630" id="-1495630">82. Urugʻlar muzlatilganda faqat soz Dyuar idishlari ishlatiladi. Dyuar idishi buzilsa, uni azot va urugʻdan boʻshatib, uch kun davomida yaxshi havo yuradigan, berk xonada saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495631" id="-1495631">83. Dyuar idishlari saqlanadigan joyda begona shaxslar turishi man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495632" id="-1495632">84. Suyuq azot bilan ishlaganda yuz niqobi va koʻzni himoyalovchi vositadan foydalaniladi. Qoʻlqop katta boʻlib qoʻldan oson yechilishi, shim yoki kombinezon etik ustiga tushirilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495633" id="-1495633">85. Suyuq azot bilan yakka ishlashga ruxsat berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495635" id="-1495635">86. Dyuar idishi suyuq azot bilan ulov idishidan shlang yordamida toʻldirilish paytida, shlang idish tagiga tegib turishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495636" id="-1495636">87. Dyuar idishini boshqa idishdan suyuq azot bilan toʻldirish keng voronka orqali amalga oshiriladi, chunki chetlariga toʻkilib ketmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495648" id="-1495648">88. Dyuar idishiga suyuq azot quyish paytida uning ichida harorat tashqi haroratga teng boʻlsa, kam-kam, sekin quyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495650" id="-1495650">89. Dyuar idishini tez toʻldirish natijasida suyuqlik idishdan chiqib ketishi va oqibatda nafasni boʻgʻishi yoki kuydirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495652" id="-1495652">90. Favqulodda suyuq azot toʻkilib ketsa, eshikni sekin ochish va xonadan odamlarni chiqarib, shamollatish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495653" id="-1495653">91. Dyuar idish ogʻzidan azot quyish paytida qarash taqiqlanadi. Uning toʻlganini uning ogʻzida azot sachrashidan bilish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495655" id="-1495655">92. Dyuar idishi faqat maxsus qopqoq yordamida berkitiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495657" id="-1495657">93. Dyuar idishlarini koʻchirish yoki tashishda ularni tushib ketishi yoki qattiq silkinishidan ehtiyot boʻlish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495658" id="-1495658">94. Dyuar idishidan foydalanishda quyidagilar man etiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495660" id="-1495660">idish yaqiniga isitish asboblarini qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495662" id="-1495662">tayyorlovchi zavod sertifikatisiz azotni ishlatish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495664" id="-1495664">Dyuar idishi 12-marta qayta toʻldirishdan keyin idishni sovuq useri bilan yuvmasdan ishlatish (idish ichida suyuqlik toʻliq toʻkiladi, idish yana suyuq azot bilan toʻldiriladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495665" id="-1495665">Dyuar idishidan boshqa suyuqliklar uchun idish sifatida foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495666" id="-1495666">idish ichini organik kelib chiqishga ega eski latta bilan artish (faqat sunʼiy soch va parolondan tayyorlangan choʻtkalar yordamida yuvishga ruxsat etiladi).</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495667" id="-1495667">4-§. Mollarni yaylovda boqishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495668" id="-1495668">95. Yaylovda mollarni boqishdan oldin, yaylovni begona jismlardan (sim, tosh, tikanli butalar va hokazo) tozalash, chuqurlarni va eski quduqlarni koʻmish yoki oʻrab qoʻyish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495669" id="-1495669">96. Mollarni sugʻorish joylarini koʻzdan kechirish va tayyorlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495670" id="-1495670">97. Suv berish idishi keng, biroz pastga qaratilgan boʻlishi, botqoqsiz, choʻkmaydigan va yorilishdan saqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495671" id="-1495671">98. Mollarni yaylovda boqishda guruhlarni bir jinsli va bir yoshli qilib podaga ajratish lozim. Goʻsht yoʻnalishida boqiladigan mollar podalarida emizadigan sigirlar va sut ichirish davridagi buzoqlar boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495672" id="-1495672">99. Yaylovdagi umumiy podada naslli buqalarni boqish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495673" id="-1495673">100. Yirik shoxli mollarni yozgi davrda yaylovda saqlaganda naslli buqalarni buqaxonada yoki molxonadagi alohida joyda bogʻlangan holda saqlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495675" id="-1495675">101. Yozgi yaylovda naslli buqa uchun alohida joy yoki stanok ajratiladi. Bu joyda oxur va sugʻorish idishi boʻlishi kerak, buqa u yerda bogʻloq yoki bogʻloqsiz saqlanadi. Quyosh nurlaridan va yogʻingarchilikdan saqlanish uchun maxsus bostirma-shiypon tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495677" id="-1495677">102. Mollarni boqishda ularni boshqarish uchun charmdan yasalgan qamchidan foydalaniladi. Qamchi oʻrniga turli xil kesadigan, qadaladigan va oʻtkir narsalar, kalta tayoqlar, rezina shlang va boshqa asboblardan foydalanish mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495679" id="-1495679">103. Mollarni yaylovda boqish uchun kamida ikki kishi boʻlishi va oʻrgatilgan, tishlamaydigan otlardan foydalaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495680" id="-1495680">5-§. Ozuqalarni tarqatishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495682" id="-1495682">104. Chorvachilik binolariga kirishda va undan chiqishda darvozani toʻliq ochilganligi va eshiklarni ochiq turishini taʼminlovchi moslamani (fiksator) ishchi holatga keltirilganligi nazorat qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495683" id="-1495683">105. Statsionar ozuqa tarqatgichni ishga tushirishdan oldin signal berib yoki yoritgich moslamasi orqali ogohlantirish berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495685" id="-1495685">106. Statsionar ozuqa tarqatgichni ishga tushirishda unga belgilangan miqdordan ortiqcha ozuqa va yod narsalarni (yogʻoch, tosh, metall narsalarni) tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495687" id="-1495687">107. Ochiq ozuqa transportyorlariga xizmat koʻrsatishda faqat maxsus jihozlangan koʻpriklar orqali transportyorning narigi tomoniga oʻtish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495689" id="-1495689">108. Ozuqa tarqatgich transportyorning trosli-shaybali, aralashtirgich va qirgʻich qismiga ozuqa tiqilib qolsa transportyor oʻchirilib, yogʻoch yoki plastmassali moslama yordamida tozalanadi. Bunda transportyorni ishga tushirish pultiga “Yoqilmasin! Odam ishlayapti” degan ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495690" id="-1495690">109. Sepiluvchan ozuqani tarqatishda ish zonasini chang boʻlib ketishdan asrash uchun uskunani germetikligini va ventilyatsion qurilmaning ishlashini nazorat qilib borish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495692" id="-1495692">110. Ot-aravada ozuqani tarqatishda aravani toʻxtatib, yerga tushiladi soʻngra ozuqa tarqatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495693" id="-1495693">111. Qoʻl aravada ozuqani tashishda quyidagi ketma-ketlikka va xavfsizlik choralariga amal qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495695" id="-1495695">aravaga yuk ortishda uni tekis joyga yaxshilab oʻrnatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495697" id="-1495697">yukni shunday ortish kerakki, qoʻl aravani harakatlantirganda u yonboshga agʻdarilib ketmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495698" id="-1495698">qoʻl aravasi oxurdan oʻtishda, eshikdan kirishda qoʻlni jarohatlamasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495699" id="-1495699">6-§. Mollarni sugʻorishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495700" id="-1495700">112. Mollarni erkin suv ichirish uchun suv oxurlari mavjud boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495701" id="-1495701">113. Suv oxurlaridan suv oqmaydigan, tuzatilgan holatda foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495702" id="-1495702">114. Suv oxurlarini turli iflosliklardan tozalashda tozalagichlardan foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495703" id="-1495703">115. Suv oxurlarni mollar yoʻq vaqtda suv bilan toʻldirib qoʻyish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495704" id="-1495704">116. Harakatlanadigan suv oxur, suv ichirish vaqtida toʻxtalishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495705" id="-1495705">7-§. Sigirlarni sogʻish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495706" id="-1495706">117. Sigirlarni sogʻishdan oldin sogʻish apparatlarining sogʻishga yaroqligini va toʻgʻri yigʻilganligini tekshirib koʻrish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495707" id="-1495707">118. Sogʻish uskunalaridan foydalanishdan oldin uning yaroqliligi tekshirib koʻrilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495708" id="-1495708">119. Shisha naychalarida teshik va yorilgan joylari boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495709" id="-1495709">120. Sigirlarni sogʻish tinch muhitda amalga oshirilishi lozim. Sigirlarga muloyim va ishonchli munosabatda boʻlish kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495710" id="-1495710">121. Sigirlarni sogʻishdan oldin qoʻlni tirsakgacha albatta iliq suvda sovin bilan yuvish va toza shaxsiy sochiq bilan artish hamda maxsus sanitariya kiyimlarini (xalat, oq roʻmolcha va boshqa) kiyish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495712" id="-1495712">122. Sogʻish apparatini yaroqsiz holatga kelganlarini almashtirish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495713" id="-1495713">123. Vakuum darajasini va vakuum oʻtkazgichni tekshirib koʻrib, zarur hollarda ularni talab darajasiga keltirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495714" id="-1495714">124. Sogʻish apparatini vakuum oʻtkazgichiga ulaganda sut chelagining qopqogʻi zich yopilganligiga ishonch hosil qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495715" id="-1495715">125. Pulsator faoliyatini ishlashi aniqlik bilan tekshirib koʻrilishi va uning ishlashi sogʻish apparatining texnik hujjatiga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495716" id="-1495716">126. Sigirning yelini sogʻishdan oldin koʻz bilan koʻrib chiqilishi, yelin va soʻrgʻichlar iliq suv bilan artilishi va uqalash oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495717" id="-1495717">127. Yelinni sogʻishga tayyorlash sigirlarda ogʻriq hissini paydo qilmasligi kerak. Soʻrgʻichlarda yoriqlar kuzatilganda, ularga vazelin yoki antiseptik vositalar surkalishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495718" id="-1495718">128. Yilning past haroratli sovuq kunlarida sogʻish stakanlari iliq suvda isitilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495719" id="-1495719">129. Sigir sogʻishni boshlashdan avval, sogʻish chelagi uning yon tomoniga qoʻyilishi va sogʻish apparati vakuum oʻtkazgichiga ulanganidan soʻng vakuum krani ochilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495720" id="-1495720">130. Sogʻish stakanlarini yelin soʻrgʻichlariga kiygizishda sigirning orqa oyoqlari va dumi bilan urishidan ehtiyot boʻlish lozim. Bunda notinch sigirlar boylangan joyning tepasida maxsus ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495721" id="-1495721">131. Sut sut idishlariga maxsus aravachalarda tashilishi lozim. Agar ular qoʻlda tashiladigan boʻlsa, ikki kishi koʻtarishi talab etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495722" id="-1495722">132. Sigirlarni sogʻish jarayonida ozuqa tarqatish, goʻng chiqaruvchi transportyorni ishlatish man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495723" id="-1495723">133. Sigirlarni mashinada sogʻishni amalga oshirishda asbob-uskunalarda nosozlik kuzatilsa, texnik xodimga murojaat qilish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495724" id="-1495724">134. Sogʻish uskunasining tipiga qarab sogʻish apparatlari, sut oʻtkazgich quvurlar, sut jihozlari ulardan foydalanish yoʻriqnomalari talablariga binoan yuvilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495725" id="-1495725">135. Sigirlarni qoʻl bilan sogʻishda ular oyogʻi, dumi va shoxi bilan shikast yetkazishi mumkinligini hisobga olish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495726" id="-1495726">136. Sigirlarni qoʻlda sogʻishda sogʻuvchilarning boʻyiga mos keladigan oʻtirgʻichlardan, sigirlarni oyoqlarini va dumini xavfsiz holatga keltiradigan moslamalardan foydalanish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495727" id="-1495727">137. Har bir sigir sogʻib boʻlingandan keyin qoʻl sovun bilan yoki dezinfeksiya eritmalari bilan yuvilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495728" id="-1495728">8-§. Yosh mollarni isitish va nurlatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495729" id="-1495729">138. Buzoqlarni isitish va nurlatish lozim, yuqori dozada elektr tokidan foydalanish xizmat koʻrsatuvchi xodimni himoyalanmagan tana qismlarini kuyishiga olib keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495730" id="-1495730">139. Uzoq muddatli ultrabinafsha lampalaridan foydalanilgandan keyin binolar shamollantirilib, azot va azot oksidi toʻplanishini oldi olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495731" id="-1495731">140. Ultraqizil lampalar yerdan 1,6-1,7 m dan past boʻlmagan balandga oʻrnatilishi va yonuvchi ashyolardan 0,6 m dan yaqin boʻlmasligi lozim (yogʻoch toʻsiqlar va daraxt qipiqlari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495732" id="-1495732">141. Nurlantiruvchi qurilmani balandligini meʼyorlash paytida elektr tarmogʻidan oʻchirilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495733" id="-1495733">142. Ultrabinafsha lampalari yoniq holatida binolarni, qurilma va seksiyalarni tozalash hamda ozuqa tarqatish man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495734" id="-1495734">143. Binolardagi ultrabinafsha va infraqizil lampalari ishlash vaqtida bevosita ishtirok etishda V-1, V-2, V-3 yoritgich filtrli himoyalovchi koʻzoynaklar qoʻllanilishi hamda maxsus kiyimlarning barcha tugmalari qadalgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495735" id="-1495735">144. Ultrabinafsha lampa darz ketishi natijasida oqqan simob soʻrib oluvchi rezina moslama orqali olinishi hamda lampa singan joyini 1% li marganets kaliy ishqori (MgCa) bilan yuvish lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495736" id="-1495736">IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5638330" id="edi-5638330"><a href="/mact/-1495215?ONDATE=11.07.2009 00#-5638325">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5638330" id="-5638330"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5638332" id="-5638332">145. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5638334" id="-5638334">146. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5638338" id="-5638338"><em>(145 va 146-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/mact/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5543013">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7353245" id="-7353245"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining </em><a href="/mact/5451089">49-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1495739" id="-1495739">V. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1495740" id="-1495740">147. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1495741" id="-1495741">Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495742" id="-1495742">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495743" id="-1495743">2009-yil 22-aprel</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1495744" id="-1495744">Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495745" id="-1495745">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495746" id="-1495746">2009-yil 22-aprel</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1495747" id="-1495747">Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495748" id="-1495748">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495749" id="-1495749">2009-yil 22-aprel</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1495750" id="-1495750">Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495751" id="-1495751">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1495752" id="-1495752">2009-yil 22-aprel</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1495268" id="-1495268">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 319-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.06.2023-y., 10/23/1977-1/0394-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
