toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1083-son va “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarorlariga muvofiq qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylar qurilishini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
2. Yuridik shaxslarga o‘z xodimlarining uy-joy qurish bo‘yicha mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlang‘ich badallarni to‘lashni nazarda tutuvchi moliyaviy yordam ko‘rsatish, shuningdek ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni to‘lash yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish tavsiya etilsin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-may,
148-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risida
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, “Xalq banki” AT, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) tomonidan qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun maqsadli mablag‘lar hisobiga aholiga imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qo‘llanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka krediti — qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy joy yoki arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
maqsadli mablag‘lar — qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar va arzon uy-joylar qurish uchun imtiyozli asosda berilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, shu jumladan ular tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ustav kapitalini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar shuningdek xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar mablag‘lari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
yakka tartibdagi uy-joy — bitta yoki bitta yer uchastkasida joylashgan, ularga tegishli yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlariga ega bo‘lgan doimiy yashash, dam olish va xo‘jalik yuritishga mo‘ljallangan bir nechta uy-joy imoratlari (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi);
Oldingi tahrirga qarang.
arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) qarz oluvchining yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaxslar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
pudratchi — qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boshlang‘ich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
ipoteka — belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi ko‘chmas mulk garovi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun asosidagi ipoteka — kredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan ipoteka turi bo‘lib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
kredit shartnomasi — bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) o‘rtasida tuzilgan, qishloqda uy-joy qurilishi uchun beriladigan ipoteka ostida kredit berish to‘g‘risidagi shartnoma;
ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma — kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash to‘g‘risida tomonlarning bitimi;
to‘lovga qodirlik — qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish bo‘yicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan layoqati;
Oldingi tahrirga qarang.
omonat qo‘yilma — qurilayotgan arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni jamlash uchun ochiladigan maqsadli omonat qo‘yilma;
(2-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasi — bir yildan ortiq muddatli maqsadli jamg‘arma omonat qo‘yilmasi, u arzon uy-joy qurilishi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshlang‘ich badalni to‘lash uchun ochiladi, shuningdek ushbu qo‘yilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qo‘yuvchi tomonidan arzon uy-joylar qurishda uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida jamg‘arilgan taqdirda, arzon uy-joy qurish uchun imtiyozli ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi;
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
namunaviy loyiha — zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarini respublika mintaqalarining tabiiy-iqlim sharoitlarini va joyning relyefini, ijtimoiy-demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘llanib namunaviy arzon uy-joylar qurish uchun “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ loyihalash-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan holdagi yer uchastkasi rejasidan; uy-joyning poydevorlari, yerto‘lalari, qavatlari, kesimlari va fasadlarining rejalaridan; smeta-moliyaviy hisob-kitobdan iborat bo‘ladi.
(2-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yozma tavsiya — 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risida tuman hokimligi huzuridagi komissiyaning yozma tavsiyasi.
(2-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ipoteka kreditlari namunaviy loyiha asosida, belgilangan qurilish normalari va qoidalariga rioya etgan holda qishloq joylarda arzon uy-joy qurish maqsadlari uchun beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qarz oluvchining eri (xotini), yaqin qarindoshlari yoki boshqa jismoniy shaxs qarz oluvchi sifatida kreditni va uning bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashda qatnashish istagini bildirgan taqdirda ular birgalikda qarz oluvchilar, qarz oluvchi esa asosiy qarz oluvchi hisoblanadi. Bunda kredit shartnomasi asosiy qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilar bilan tuziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
5. Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish:
qarz oluvchi va pudratchi o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida;
qarz oluvchining o‘z kuchlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
6. Yer uchastkalarini yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berish Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
II. Ipoteka krediti berish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ipoteka kreditlari bir yildan iborat imtiyozli davr bilan 15 yilgacha muddatga beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ipoteka kreditlari uch yildan iborat imtiyozli davr bilan tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar uchun 25 yil muddatga beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 839-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/839/0131-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun bank tomonidan yillik 7 foiz miqdorida foiz undiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 11-yanvardagi PQ-1683-sonli qarori tahririda)
Foizlar qarz oluvchi tomonidan uning olgan ipoteka krediti to‘liq to‘langungacha kredit bo‘yicha qarzlarning amaldagi qoldig‘iga hisoblab qo‘shiladi.
10. Ipoteka kreditlari shartnoma asosida hamda qaytarilish, to‘liqlik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari bilan quyidagi talablarga javob beruvchi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lgan shaxslarga;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
arzon uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badal uchun mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslarga;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
arzon uy-joy qurishda yozma tavsiyaga ega bo‘lgan shaxslarga;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
kredit tashkilotlaridan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
11. Qarz oluvchi ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lash uchun o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda boshlang‘ich badal summasining bir qismi yoki uning jami summasi qarz oluvchining ish beruvchisi — yuridik shaxs yoki boshqa shaxs tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Pul mablag‘larini omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazish omonat qo‘yilma hisob raqamini ochish yuzasidan ariza asosida bankning qo‘yilma shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Bir yildan ortiq muddat bilan arzon uy-joy qurilishiga o‘tkazilgan qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda foizlar hisoblab yoziladi, ular har oyda kapitallashtirib boriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Omonat qo‘yilma hisob raqamini ochish va uning bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi bankning ichki qoidalari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan arzon uy-joy ipotekasi qarz oluvchining ipoteka kreditini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarining ta’minlanishi hisoblanadi.
Agar bank bilan qarz oluvchining kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yer uchastkasi bilan birga barpo etilayotgan arzon uy-joyga ipoteka qonun asosida vujudga keladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Bankning kredit komissiyasi (qo‘mitasi) qarori asosida ipoteka kreditini qo‘shimcha ta’minlash sifatida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning mulki bo‘lgan boshqa ko‘chmas mulk, va/yoki yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligi ham qabul qilinishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
15. Ipoteka kreditlari bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Beriladigan ipoteka kreditining miqdori qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) to‘lov layoqatini baholashdan va qurilayotgan arzon uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
III. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish tartibi
17. Ipoteka krediti olish uchun mijoz yashash joyidagi tuman (shahar) bank filialiga, u bo‘lmagan taqdirda bankning yaqin joydagi filialiga murojaat qiladi.
Ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilingandan keyin bank xodimi mijozga ipoteka krediti berishning barcha shartlarini tushuntiradi, ipoteka krediti berish yuzasidan buyurtmanomani rasmiylashtirish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar ro‘yxatini taqdim etadi va ipoteka krediti olish jarayonidagi taxminiy xarajatlar turlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ipoteka krediti olishda qarz oluvchi quyidagi xarajatlarni amalga oshirishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tasdiqlash uchun davlat boji, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk sug‘urtasi bilan bog‘liq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
baholovchi tashkilotning mol-mulk qiymatini baholash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lov (baholovchi tashkilot tomonidan baholashda);
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno.
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
18. Ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1) kredit olishning maqsadi, ta’minlanganligi, muddati va summasi ko‘rsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
2) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) pasportining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
3) yozma tavsiya;
(18-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
4) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga pul mablag‘lari qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Bankdagi omonat qo‘yilma hisob raqamidagi pul mablag‘larining umumiy summasi qurilayotgan arzon uy-joy smeta qiymatining 10 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
(18-bandning 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6) qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan uy-joy qurilishining namunaviy loyihasi nusxasi;
(18-bandning 6 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
(18-bandning 7-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
8) pudrat shartnomasining nusxasi (qurilish pudratchi tomonidan amalga oshirilgan taqdirda taqdim etiladi).
19. Quyidagilar qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
1) doimiy ish joyiga ega bo‘lganlar uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
xodimning oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda — ishlangan davr uchun) daromadlari to‘g‘risida qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) va oila a’zolari ishlaydigan korxona (muassasa) tomonidan belgilangan shaklda berilgan ma’lumotnoma;
(19-bandning 1-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band 1-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlar manbaiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun — ularning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar nusxalari.
(19-bandning 2-kichik kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Dehqon/fermer xo‘jaliklari boshliqlari hisoblanadigan yoki yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan fuqarolar oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalardan tashqari, shuningdek, agar ular amalga oshiradigan faoliyat turlari qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak bo‘lsa, faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va litsenziyaning nusxalarini ham taqdim etadilar.
20. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalar hamda ushbu Nizomning 18-19-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar qabul qilib olingandan keyin bank filiali kredit bo‘limining xodimi taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.
21. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni baholash qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi bitimga binoan amalga oshiriladi hamda garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk qiymatini kelishish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Uy qurish uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari mavjud bo‘lgan taqdirda qurilish materiallari qiymatini baholash baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
23. Bank filiali kredit bo‘limining ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ul xodimi tomonidan ushbu Nizomning 20-bandiga muvofiq o‘tkazilgan hujjatlarni o‘rganish va tekshirish natijalariga ko‘ra bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi)ga ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan xulosa kiritiladi.
24. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) kredit buyurtmanomasini va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni, shuningdek ushbu kredit buyurtmanomasi bo‘yicha bank filiali kredit bo‘limining xulosasini ko‘rib chiqib ipoteka krediti berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish yuzasidan buyurtmanomani ko‘rib chiqish muddati kredit olishga buyurtmanoma va ushbu Nizomning 18-bandida sanab o‘tilgan barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab 15 bank kunidan oshmasligi kerak.
25. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti olish yuzasidan buyurtmanoma ma’qullangan va shu bilan birga maqsadli mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda bank filiali shu kunning o‘zida bankning mintaqaviy filialiga va bosh bankka maqsadli mablag‘lar ajratish yuzasidan buyurtmanoma yuboradi.
Bank filialining buyurtmanomasi asosida bosh bank buyurtmanoma olingandan keyingi kundan kechikmay maqsadli mablag‘lar hisobiga so‘ralayotgan summani ajratadi.
26. Maqsadli mablag‘lar vaqtinchalik mavjud bo‘lmagan taqdirda bank filiali maqsadli mablag‘lar vaqtinchalik mavjud emasligi to‘g‘risida xabar olingandan keyin buyurtmanoma berganlarni bu haqda ushbu axborot olingandan keyingi kundan kech bo‘lmagan muddatda xabardor qiladi. Ayni bir vaqtda bank filiali tomonidan buyurtmanomasi bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ma’qullangan barcha buyurtmachilar ro‘yxatini, ularning kredit buyurtmanomalari bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ma’qullangan sanadan kelib chiqqan holda, kalendar bo‘yicha navbat tartibida tuzadi. Bunda jamg‘arilgan boshlang‘ich badali qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasida turgan qarz oluvchilarga ipoteka krediti navbatdan tashqari beriladi.
27. Bank filiali tomonidan ipoteka krediti olish uchun navbatda turganlar ro‘yxati tuziladi va u barchaning tanishishi uchun operatsiya zalining (idoraning) ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
Maqsadli mablag‘lar kelib tushgandan keyin ushbu mablag‘lar hisobiga ipoteka kreditlari berish maqsadli mablag‘lar hisobiga ipoteka krediti olish uchun buyurtmanoma kelib tushgan sanaga hamda kalendar bo‘yicha navbat ro‘yxatiga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
28. Ipoteka krediti berish to‘g‘risida kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ijobiy qaror qabul qilingandan keyin quyidagi izchillikda kredit shartnomasi tuziladi:
a) bank uch kun muddatda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi va uni kredit shartnomasi tuzish uchun taklif etadi;
b) bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) bilan kredit shartnomasi tuzadi (2-ilova);
v) qarz oluvchi o‘z hisobiga va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasini tuzishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
g) qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida qonun asosidagi ipotekani belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi shart. Bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq notarial guvohlantiriladigan va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan ipoteka shartnomasi tuzilishi mumkin (namunaviy shakli 3-ilovaga muvofiq).
(28-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Bankning ipoteka krediti berish bo‘yicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasini hamda sug‘urta polisini, shuningdek notarial tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelgan holatlar bundan mustasno, taqdim etgandan keyin paydo bo‘ladi. Ushbu shart kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
30. Bank filialining kredit komissiyasi (kredit qo‘mitasi) tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bank filiali qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini ko‘rsatgan holda yozma xulosani yuboradi.
Qarz oluvchi bank xulosasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan bankka qaytadan murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Arzon uy-joy qurilishi tugallangandan keyin qarz oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda arzon uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arzon uy-joydan foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin qarz oluvchi bir oy muddatda:
(31-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) bankka arzon uy-joydan foydalanish uchun ruxsatnomani taqdim etishi;
(31-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
b) qurilgan arzon uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi, shundan so‘ng bankka arzon uy-joyga ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etishi;
v) arzon uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatda yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilishi, shundan so‘ng bankka sug‘urta shartnomasini va sug‘urta polisini taqdim etishi shart. Bunda sug‘urta shartnomasida har yili to‘lanadigan sug‘urta mukofotini to‘lash nazarda tutilishi mumkin;
g) agar bank bilan qarz oluvchi ipoteka krediti tuzish to‘g‘risida o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa — bank bilan arzon uy-joy ipotekasi to‘g‘risida shartnoma tuzishi, uni notarial tasdiqlashi va ro‘yxatdan o‘tkazishi, so‘ngra bankka taqdim etishi shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
IV. Ipoteka krediti berish tartibi
32. Ipoteka krediti berish qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va kredit shartnomasida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida qurilish materiallari sotib olish uchun memorial order bilan ushbu hisob raqamidan pul mablag‘larini naqdsiz shaklda savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ayrim qurilish materiallarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun esa — pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
33. Ipoteka krediti berish bank tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi olingan vaqtdan boshlab bir bank kuni mobaynida amalga oshiriladi.
34. Uy-joyni qarz oluvchining o‘z kuchi bilan qurishda ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan ipoteka krediti summasining 20 foizigacha miqdorda naqd pul, shuningdek qarz oluvchining boshlang‘ich badal tarzidagi omonat qo‘yilmasida to‘plangan mablag‘lar beriladi.
35. Bank filiali tomonidan ipoteka kreditlarini berish ssuda hisob raqamidan qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank plastik kartochkasi alohida shartnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan qarz oluvchining nomiga beriladi. Shartnomada ushbu bank plastik kartochkasidan o‘tkazilgan mablag‘lardan faqat uy-joy qurishga qurilish materiallari sotib olish uchungina foydalanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ushbu bank plastik kartochkalaridan naqd pullar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchi har oyda bank filialiga bank plastik kartochkasi bilan o‘tkazilgan operatsiyalar to‘g‘risida hisobot topshirishi kerak. Hisobotga savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olingan tovarlarga berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yuk xatlari va boshqa hujjatlar hamda qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar majburiy ravishda ilova qilingan holdagi terminallar cheklari ilova qilinadi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hisobotga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan bank plastik kartochkasi vositasida hisob-kitoblar qilishda ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda bank plastik kartochkasi to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi, bank plastik kartochkasi hisob raqami yopiladi va bank plastik kartochkasi olib qo‘yiladi. Ipoteka kreditining belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismi yuzasidan kredit shartnomasida belgilangan miqdorlarda jarima solinadi va u muddatidan oldin undirib olinadi.
36. Qurilish qarz oluvchi va pudratchi o‘rtasidagi pudrat shartnomasi asosida, qarz oluvchiga uy-joyni foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan amalga oshirilgan taqdirda ishlar qiymatini to‘lash bosqichma-bosqich, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish va amalga oshirish jadvallariga muvofiq quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
 LexUZ sharhi
36-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-martdagi 60-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
a) ipoteka krediti umumiy summasining 50 foizigacha miqdordagi avans to‘lovi;
b) ipoteka krediti umumiy summasining 40 foizgachasi miqdorda joriy moliyalashtirish — bank xodimlari tomonidan joyiga borgan holda va belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib avans balans to‘lovidan belgilangan maqsadda foydalanish tekshirilgandan keyin;
v) ipoteka krediti umumiy summasining qolgan 11 foizi miqdorida uzil-kesil to‘lov — qurilish tugallangandan va uy-joy qabul qilib olish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingandan, shuningdek bank xodimlari tomonidan joyiga borgan holda (belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib) barcha oldingi to‘lovlardan belgilangan maqsadda foydalanganlik tekshirilgandan keyin 12 oy o‘tgach. Qurilish-montaj ishlarining yashirilgan nuqsonlari aniqlangan va pudratchi aniqlangan nuqsonlarni tuzatishni rad etgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar qarz oluvchi tomonidan ularni tuzatishga yo‘naltirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Qarz oluvchi tomonidan omonat qo‘yilmasida to‘plangan boshlang‘ich badal mablag‘lari birinchi navbatda arzon uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasida to‘plangan mablag‘lardan foydalanib bo‘lingandan keyin bank filiali tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi bo‘yicha ssuda hisob raqamidan ipoteka kreditlari ajratish boshlanadi.
V. Ipoteka kreditini to‘lash tartibi
38. Berilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar har kuni ipoteka krediti qoldig‘iga hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Asosiy qarzni to‘lash qarz oluvchi tomonidan har oyda, imtiyozli davr tugagandan keyin ipoteka kreditining butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
40. Ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash va uning bo‘yicha foizlarni to‘lash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlar va asosiy qarz kredit shartnomasiga ilova qilinadigan to‘lovlar jadvaliga muvofiq undiriladi.
41. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan foizlarni va ipoteka kreditini to‘lash quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
a) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan;
b) naqd pul o‘tkazgan holda;
v) qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning bankdagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqdsiz shakldagi pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan;
g) bank plastik kartochkalaridan pul mablag‘larini naqdsiz to‘lash yo‘li bilan;
d) naqdsiz shakldagi pul mablag‘larini qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ish beruvchisi tomonidan, moddiy yordam mablag‘lari va ipoteka kreditini to‘lash uchun ajratilgan boshqa mablag‘lar hisobidan o‘tkazish yo‘li bilan;
e) fermer xo‘jaliklarining yil yakuniga ko‘ra fermer xo‘jaligi boshlig‘ining shaxsiy tasarrufiga o‘tadigan daromadlari hisobidan o‘tkazish yo‘li bilan, agar u qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchilar deb hisoblangan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
j) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga.
(41-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lashni kredit shartnomasida belgilangan to‘lash muddati boshlangungacha yoki tugagungacha, kreditni muddatidan oldin to‘laganlik uchun vositachilik to‘lovisiz, muddatidan oldin amalga oshirishga haqlidir.
VI. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanish va uni o‘z vaqtida to‘lash monitoringini olib borish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
43. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring jarayonida bank arzon uy-joyni qurish jadvallariga va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanish, asosiy qarzni va uning bo‘yicha foizlarni to‘lash jadvallariga, garovga qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalariga, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka rioya etilishini nazorat qiladi.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monitoring jarayonida bank xodimi arzon uy-joy qurilayotgan joyga bevosita borgan holda, berilgan ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilishini o‘rganadi, shuningdek, zarurat bo‘lganda, kredit hisobiga arzon uy-joy qurish bo‘yicha bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchovlarini amalga oshiradi. Monitoring natijalariga ko‘ra berilgan ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik yoki hisobotlarda ko‘rsatilgan hajmlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmaganligi aniqlangan taqdirda bank boshqa maqsadlarda foydalanilgan kreditlarni undirib olish choralarini ko‘radi.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ga nisbatan bank tomonidan qo‘llaniladigan javobgarlik choralari kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
44. Asosiy qarz va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lanmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) bilan shaxsan uchrashish yo‘li bilan majburiyatlarning bajarilmaganligi sabablarini aniqlaydi va to‘lov muddati o‘tgan ipoteka krediti to‘lanishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rishni talab qiladi.
45. Agar ipoteka kreditini o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar zarur natijalarni bermasa hamda ipoteka kreditini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lamaslik xavfi paydo bo‘lsa bank filiali kredit berishni to‘xtatib turadi hamda berilgan ipoteka kreditini va hisoblab yozilgan foizlarni muddatidan oldin undirish chora-tadbirlarini ko‘radi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan ipoteka krediti va hisoblab yozilgan foizlar to‘lanmaganda yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganda, kredit shartnomasi va unga ilova qilingan to‘lash jadvali bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar doimiy ravishda buzilganda, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan undirishni qaratadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Kreditlar bo‘yicha hisob va hisobotlar
Oldingi tahrirga qarang.
47. Bankning maqsadli mablag‘lari hisobiga, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joy qurilishiga ipoteka kreditlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi qonunchilikda muvofiq yuritiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
48. Ipoteka kreditlari bo‘yicha qarzlarning hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda buxgalteriya hisob raqamlarida amalga oshiriladi.
49. Bank filiallari berilgan ipoteka kreditlari to‘g‘risida belgilangan shakl bo‘yicha hisobotlar tuzishi va ularni bosh bankka taqdim etishi kerak. Hisobotlar ma’lumotlari bankning ichki qoidalariga muvofiq tahlil va nazorat qilish uchun bosh bank tomonidan umumlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
‎Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ‎____-son
NAMUNAVIY SHARTNOMA ‎

__________________‎

200__ yil “___” ______________

(aholi punkti)‎

Oldingi tahrirga qarang.
_________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 200__ yil “___” _________ dagi ____-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________ filiali boshqaruvchisi __________, keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladi, bir tomondan va “___” yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, №_______, keyingi o‘rinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ___________ __________________ ikkinchi tomondan hamda va “___” yil __________ da berilgan pasporti seriyasi ______, №_______, keyingi o‘rinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ uchinchi tomondan, keyingi o‘rinda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
1. Shartnoma predmeti
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Bank Qarz oluvchiga/Birgalikda qarz oluvchilarga O‘zbekiston Respublikasi,_________ viloyati, _______ tumani, _________ aholi punktida umumiy maydoni ___kv. m, turar joy maydoni ___ kv. m bo‘lgan ___ta xonali __-uyni yakka tartibda qurish uchun ushbu shartnomada nazarda tutilgan shartlarda ___ (_________) so‘m miqdorida maqsadli ipoteka krediti mablag‘lari beradi, Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchilar esa kredit berishning umumiy qoidalariga (maqsadli xarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va to‘lanuvchanligiga) rioya etgan holda ipoteka kreditidan foydalanadi.
(1.1.-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
2. Asosiy tushunchalar
2.1. Ushbu shartnoma matni bo‘yicha keyingi o‘rinlarda uchraydigan barcha atamalar (agar kontekstdan boshqacha ma’no anglashilmasa) ushbu bo‘limda bayon qilingan ma’nolarni anglatadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka krediti — qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi arzon uy-joy qurilishiga barpo etiladigan uy-joy garovi ostida beriladigan uzoq muddatli kredit;
(2.1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
yakka tartibdagi uy-joy — bitta yoki bitta yer uchastkasida joylashgan, ularga tegishli yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlariga ega bo‘lgan doimiy yashash, dam olish va xo‘jalik yuritishga mo‘ljallangan bir nechta uy-joy imoratlari (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi);
Oldingi tahrirga qarang.
arzon uy joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
(2.1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birgalikda qarz oluvchilar — qarz oluvchining ipoteka krediti va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti yuzasidan birgalikda javob beradigan eri (xotini) hamda uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari) va boshqa jismoniy shaxslar;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
pudratchi — qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yoki arzon arzon uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan pudrat qurilish tashkiloti;
(2.1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
to‘lovga qodirlik — qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish bo‘yicha jami daromadlar tahlilidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan layoqati;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit bo‘yicha ta’minlash — belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan yakka tartibdagi arzon uy-joy garovi;
(2.1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar;
(2.1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka — belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan arzon uy-joyni ipotekasi uchun beriladigan ipoteka krediti olish maqsadidagi ko‘chmas mulk garovi;
(2.1-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonun asosidagi ipoteka — kredit shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchining majburiyatlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan ipoteka turi bo‘lib, bunda qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga olib keluvchi kredit shartnomasi qonun asosidagi ipotekaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun asos bo‘ladi.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma — kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash to‘g‘risida tomonlarning bitimi;
kredit bo‘yicha foizlar — kreditdan foydalanganlik uchun to‘lov;
imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun berilgan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit berilgan sana — ssuda hisob raqamidan qurilish materiallari sotib olish uchun — savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar va qurilish materiallari tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun — pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoxud belgilangan tartibda qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga, shuningdek qarz oluvchining o‘z kuchi bilan arzon uy-joyni qurishda — naqd pul mablag‘lari berishga mablag‘lar o‘tkazish sanasi;
(2.1-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
kreditni to‘lash sanasi — ipoteka krediti bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarning jami qoldig‘ini va asosiy qarz qoldig‘ini qoplaydigan, qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishiga olib keladigan oxirgi to‘lov tushgan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lov majburiyatlari — qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning ipoteka krediti bo‘yicha qarzlarni, uning bo‘yicha foizlarni ushbu shartnomada ko‘rsatilgan summada va muddatlarda to‘lash bo‘yicha hamda boshqa to‘lovlar (ipotekani rasmiylashtirish, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelishi holatlari bundan mustasno, sug‘urta qilish va shu kabilar bo‘yicha xarajatlari) majburiyatlari;
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarz — ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar, penyalar hamda qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan belgilangan muddatda to‘lanmagan boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha qarz summasi;
kredit bo‘yicha qarz — kreditning hammasi yoxud qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldig‘i, qarz oluvchiga ochilgan tegishli hisob raqamlaridagi qarz oluvchiga tegishli bo‘lgan ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.
3. Qarz oluvchining tasdiqnomasi
3.1. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:
Bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish huquqiga ega va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchining/birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘lishiga olib keladi;
(3.1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
agar Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchi to‘lovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir bo‘lmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblab yozilgan foizlarni, shuningdek boshqa to‘lovlarni muddatidan oldin to‘lanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonunchilikda belgilangan tartibda kreditni ta’minlash bo‘yicha va Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchining boshqa mol-mulkiga undirishni qaratishga haqlidir;
(3.1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24 bobi (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”), 41 bobi (“Qarz va kredit”).
chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit bo‘yicha har qanday ta’minlashni amalga oshirishga va foydalanishga va/yoki Bank tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga Bankni vakil qiladi.
4. Kredit qiymati va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. Qurilayotgan arzon uy-joyni umumiy smeta qiymati ____(___________) so‘mni tashkil qiladi.
(4.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Ipoteka krediti summasi ____(___________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining yoki arzon uy-joyni ____ foiziga tengdir.
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning boshlang‘ich badali ____(___________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining yoki arzon uy-joyni ____ foiziga tengdir.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi:
birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.
Izoh. 4.2-bandning uchinchi xatboshisi 2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi namunaviy shartnomalarga tadbiq etiladi.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
4.3. Ipoteka krediti bo‘yicha foizlar Bank tomonidan har kuni ushbu shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab amaldagi kunlar sonidan kelib chiqqan holda Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida Bank tomonidan hisobga olinadigan kredit summasi qoldig‘iga hisoblab qo‘shiladi.
5. Ipoteka krediti bo‘yicha ta’minlash
Oldingi tahrirga qarang.
5.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha berilgan kredit yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan arzon uy-joyni ipotekasi bilan belgilangan tartibda ta’minlanadi.
(5.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullari mavjudligi bir-biriga zid bo‘lmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi.
5.3. Zarurat bo‘lganda, undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashni qaratishning usullarini tanlash huquqi Bankda qoladi, u o‘z xohishiga ko‘ra talabni usullardan istalganiga qo‘yishi yoki majburiyatlarni bajarishni ta’minlashning barcha usullariga qo‘yishi mumkin.
5.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar kreditni ta’minlashni kredit summasining kamida 125 foizi darajasida tutish, shuningdek o‘z hisobiga va kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga ipoteka predmetini uning yo‘qolishi va shikastlanishi tavakkalchiliklarining to‘liq qiymatida bank foydasiga hal qilish majburiyatini oladilar.
5.5. Kreditning qaytaruvchanligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish bo‘yicha har qanday xarajatlarni Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar o‘z zimmasiga oladilar.
5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilovchi hujjatlar ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5.7. Arzon uy-joy qurilishi tugallangandan keyin qarz oluvchi qonunchilikda belgilangan tartibda arzon uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun ariza bilan murojaat qiladi. Arzon uy-joydan foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan keyin qarz oluvchi bir oy muddatda:
(5.7-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) bankka arzon uy-joydan foydalanish uchun ruxsatnomani taqdim etishi;
(5.7-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
b) qurilgan arzon uy-joyga mulk huquqini hamda qonun asosidagi ipotekani O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashi, shundan so‘ng bankka arzon uy-joyga ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini va qonun asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi shtamp qo‘yilgan kredit shartnomasini taqdim etishi;
v) arzon uy-joyni kredit shartnomasi amal qiladigan muddatda yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilishi, shundan so‘ng bankka sug‘urta shartnomasini va sug‘urta polisini taqdim etishi shart. Bunda sug‘urta shartnomasida har yili to‘lanadigan sug‘urta mukofotini to‘lash nazarda tutilishi mumkin;
g) agar bank bilan qarz oluvchi ipoteka krediti tuzish to‘g‘risida o‘zaro kelishuvga erishgan bo‘lsa — bank bilan arzon uy-joyni ipoteka shartnomasini tuzishi, uni notarial guvohlantirishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi, shundan keyin bankka taqdim etishi shart.
(5.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
6. Ipoteka krediti berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6.1. Kredit ikki (2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun — bir) yildan iborat bo‘lgan imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddat bilan beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.
(6.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6.2. Kredit berish Qarz oluvchiga alohida ssuda hisob raqami ochish va ushbu shartnomaning 6.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida to‘lovlarni naqdsiz shaklda bir kun muddatda o‘tkazish hamda qurilish materiallari sotib olish uchun ushbu hisob raqamidan pul mablag‘larini naqdsiz shaklda savdo tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ayrim qurilish materiallarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga, shuningdek bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun — pudratchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga, bank boshqaruvchisi, kredit bo‘limi boshlig‘i va kredit xodimi imzolagan farmoyishga binoan pudrat shartnomasida belgilangan shartlarda va muddatlarda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arzon uy-joyni Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning o‘z kuchi bilan qurishda ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan ipoteka krediti summasining 20 foizigacha miqdorda naqd pul, shuningdek qarz oluvchining boshlang‘ich badal tarzidagi omonat qo‘yilmasida to‘plangan mablag‘lar beriladi.
(6.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bank filiali tomonidan ipoteka kreditlarini berish ssuda hisob raqamidan qarz oluvchining bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘tkazish yo‘li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda bank plastik kartochkasi alohida shartnomani rasmiylashtirish yo‘li bilan qarz oluvchining nomiga beriladi. Shartnomada ushbu bank plastik kartochkasidan o‘tkazilgan mablag‘lardan faqat arzon uy-joyni qurishga qurilish materiallari sotib olish uchungina foydalanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ushbu bank plastik kartochkalaridan naqd pullar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(6.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
6.3. Bankning ipoteka krediti berish bo‘yicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan quyidagilar taqdim etilgandan keyin paydo bo‘ladi:
ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasi va sug‘urta polisi;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelish holatlari bundan mustasno.
(6.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
6.4. Qurilish pudrat usulida amalga oshirilgan taqdirda qurilish pudrat shartnomasi bo‘yicha pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini to‘lash bosqichma-bosqich, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish va amalga oshirish jadvallariga muvofiq qarz oluvchining yozma farmoyishi bo‘yicha quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ipoteka krediti umumiy summasining 50 foizigacha miqdordagi avans to‘lovi;
b) ipoteka krediti umumiy summasining 40 foizgachasi miqdorda joriy moliyalashtirish — bank xodimlari tomonidan joyiga borgan holda va belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib avans to‘lovidan belgilangan maqsadda foydalanish tekshirilgandan keyin;
v) ipoteka krediti umumiy summasining 10 foizi miqdorida uzil-kesil to‘lov — qurilish tugallangandan va uy-joy qabul qilib olish komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilib olingandan, shuningdek bank xodimlari tomonidan joyiga borgan holda (belgilangan maqsadda foydalanish dalolatnomasini tuzib) barcha oldingi to‘lovlardan belgilangan maqsadda foydalanganlik tekshirilgandan keyin 12 oy o‘tgach.
7. Ipoteka kreditini to‘lash tartibi
7.1. Kredit bo‘yicha qarzni to‘lash uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan yo‘naltiriladigan to‘lovlar quyidagi tartibda to‘lanadi:
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan foizlarni to‘lash;
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni to‘lash;
muddatli foizlarni to‘lash;
kredit bo‘yicha muddatli qarzlarni to‘lash;
Qarz oluvchining boshqa to‘lov majburiyatlarini to‘lash.
7.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lashni ushbu shartnomada belgilangan to‘lash muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirishga haqlidir.
Kredit muddatidan oldin to‘langan taqdirda Bank biron-bir qo‘shimcha vositachilik haqini undirmaydi.
7.3. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadigan ilova qilinadigan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan ipoteka kreditini va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni to‘laydilar. Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda to‘lash jadvali to‘lanmagan summalarni hisobga olgan holda o‘zgartiriladi.
7.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan ipoteka kreditini to‘lash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan boshqa daromadlar hisobiga naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan;
naqd pullarni o‘tkazgan holda;
qo‘yilmalar bo‘yicha hisob raqamlaridan mablag‘lar o‘tkazish yo‘li bilan;
bank plastik kartochkalaridan mablag‘lar o‘tkazish yo‘li bilan;
naqdsiz shakldagi pul mablag‘larini qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning ish beruvchisi tomonidan, moddiy yordam mablag‘lari va ipoteka kreditini to‘lash uchun ajratilgan boshqa mablag‘lar hisobidan o‘tkazish yo‘li bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullar bilan.
(7.4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7.5. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha istalgan summalarni to‘lash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda ushbu summalarni to‘lash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
8. Tomonlarning huquqlari
8.1. Bankning huquqlari:
8.1.1. Ushbu shartnomaning 6.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar qarz oluvchining aybi bilan u imzolangan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
8.1.2. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnomaning 5.7-bandi shartlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda Bank ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmaganda esa — kredit bo‘yicha ta’minlashni undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarda belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega.
(8.1-bandning 8.1.2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8.1.3. Kreditdan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshirish. Monitoring jarayonida Bank arzon uy-joyni qurish jadvallariga va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanish, asosiy qarzni va uning bo‘yicha foizlarni to‘lash jadvallariga, garovga qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalariga, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka rioya etilishini nazorat qiladi.
(8.1-bandning 8.13 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
8.1.4. Majburiyatlarni bajarmaslik holati boshlanganda Bank o‘z xohishiga ko‘ra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:
Qarz oluvchiga Majburiyatlarni bajarmaslik holati boshlanganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;
ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi qo‘shimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qarz oluvchidan kreditning hammasini yoki uning bir qismini ushbu shartnomada belgilangan tartibda muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (qonunchilikda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarish talabi) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(8.1.4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kredit bo‘yicha ta’minlashni undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda qaratish (agar ta’minlashni undirish tartibi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning tegishli shartnomalarida belgilangan bo‘lmasa, u holda kredit bo‘yicha ta’minlashni undirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
(8.1.4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonunchilikda bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, u holda ushbu shartnoma qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi);
(8.1.4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28 bobi (“Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish”).
kredit bo‘yicha foiz stavkasini ko‘paytirish (kredit o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda);
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.
(8.1.4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8.1.5. Bank kredit hisobiga bajarilgan arzon uy-joyni qurish bo‘yicha ishlarning nazorat o‘lchovini amalga oshirishga haqlidir.
(8.1.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8.1.6. Ushbu shartnoma bo‘yicha talab qilish huquqini buning uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning oldindan roziligini olmasdan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda o‘zgaga berishni amalga oshirish.
(8.1.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning huquqlari:
8.2.1. Bankda bo‘sh resurslar mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda ipoteka krediti berilishini talab qilish.
8.2.2. Ushbu shartnoma amal qiladigan davr mobaynida ushbu shartnomaning 1.1-bandida ko‘rsatilgan summa doirasida va maqsadlar uchun omonat qo‘yilma hisob raqamidan va ssuda hisob raqamidan to‘lovni amalga oshirish.
8.2.3. Ipoteka krediti summasining 20 foizi miqdoridagi kreditning bir qismini va omonat qo‘yilma hisob raqamida to‘plangan boshlang‘ich badalni naqd pul bilan olish.
8.2.4. Olingan kreditni to‘liq qaytargan va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lagan holda bank bilan ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.
9. Tomonlarning majburiyatlari
9.1. Bankning majburiyatlari:
9.1.1. Ipoteka krediti berish uchun Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan barcha zarur shartlar bajarilgach ushbu shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kredit berish.
9.1.2. Ssuda hisob raqamidan ushbu shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlar uchun mablag‘larni o‘tkazish to‘g‘risidagi Qarz oluvchining yozma topshiriqnomasini bir kun muddatda bajarish.
9.1.3. Qarz oluvchi tomonidan qurilish ishlari o‘z kuchi bilan bajarilgan taqdirda qarz oluvchining naqd pul berish to‘g‘risidagi topshiriqnomasini bir kun muddatda bajarish.
9.1.4. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarni kreditni yoki uning qolgan qismini berish, kreditni muddatidan oldin undirishni rad etish sabablari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.
9.2. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatlari:
9.2.1. Ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) bank kunigacha bo‘lgan muddatda bank xodimi bilan birgalikda kredit bitimini rasmiylashtirish, shu jumladan:
a) ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanishdan sug‘urta qilish shartnomasini tuzish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani tuzish, uni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qonun asosidagi ipoteka vujudga kelish holatlari bundan mustasno.
(9.2.1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
9.2.2. Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq berilgan kreditni o‘zlashtirish.
9.2.3. Kreditni va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni ilova qilinayotgan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oyda to‘lagan holda qaytarish.
9.2.4. Bank so‘roviga binoan Bank vakillariga ipoteka krediti hisobiga qurilgan uy-joyni, shu jumladan kreditga va ushbu shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatlari bajarilishiga taalluqli bo‘lgan har qanday boshqa mol-mulkni borib ko‘rish, shuningdek nazorat o‘lchovini amalga oshirish va kreditdan belgilangan maqsadda foydalanilishini tekshirish imkoniyatini ta’minlash.
9.2.5. Bank talabiga binoan ushbu shartnoma amal qiladigan butun davr mobaynida, Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun bo‘yicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish.
9.2.6. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda Bankka belgilanilmagan maqsadda foydalanilgan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘lash, bu uni/ularni kreditni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
9.2.7. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismidagi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan boshqa holatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot taqdim etish.
9.2.8. Ushbu shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar Bankning oldindan roziligisiz shartlari ushbu shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning majburiyatiga nisbatan ustuvor talab qilish huquqiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomonlarning kreditlarini va/yoki qarzlarini jalb qilmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(9.2.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son)
10. Majburiyatlarning bajarilmasligi holatlari
10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarning bajarilmasligi holati hisoblanadi:
kredit resurslaridan belgilangan maqsadda foydalanmaslik;
kredit resurslarini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmaslik;
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar kredit, foizlar va/yoki boshqa to‘lovlar bo‘yicha ushbu shartnoma, uning bo‘yicha to‘lovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar bo‘yicha belgilangan sanada to‘lovlarni amalga oshirilmaganligi;
Bankni ataylab haqqoniy bo‘lmagan hujjatlar taqdim etgan holda chalg‘itish;
kredit bo‘yicha Bankka Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan berilgan istalgan ta’minlashning qisman yoki to‘liq o‘z qimmatini yo‘qotganligi yoki nohaqiqiy bo‘lib qolganligi;
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning to‘lovga qodirligi yomonlashganligi yoki ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi;
Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning Bank oldidagi majburiyatlarining bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar;
ushbu shartnoma shartlarining buzilishi;
ushbu shartnoma bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartnomalar shartlarining (garov, ipoteka, kafolat, sug‘urta va shu kabilar) buzilishi.
11. Kreditni ta’minlashga undirishning qaratilishi
11.1. Tomonlar shunga kelishdilarki, Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank o‘z talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar vujudga kelgandan keyin, Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar va Bank o‘rtasida tuzilgan notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.
11.2. Bank undirishni ushbu shartnoma va ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma shartlarida nazarda tutilgan, garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mol-mulk hisobiga qondirish uchun majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.3. Majburiyatni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka undirishni qaratish Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar tomonidan to‘lovlarni kiritish muddatlari muntazam ravishda, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ko‘p buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
11.4. “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa — undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.5. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishda olingan summa Bank talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, Bank yetishmagan summani Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
12. Alohida shartlar
12.1. Bank o‘z xohishiga ko‘ra ushbu shartnoma bo‘yicha o‘zida Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilarga nisbatan mavjud bo‘lgan huquqlardan istalganini qo‘llanishi yoxud qo‘llanmasligi mumkin. Bank tomonidan ushbu huquqlarni qo‘llanmaslik yoxud qisman qo‘llanish ushbu huquqlardan voz kechilishini bildirmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qo‘llanishi mumkin.
13. Qo‘shimcha shartlar
Oldingi tahrirga qarang.
13.1. Qarz oluvchi/birgalikda qarz oluvchilar arzon uy-joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurganlik yoki qayta rejalashtirganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar va ushbu uyni o‘z hisobidan ilgarigi holatiga keltirishi shart.
(13.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 99-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
13.2. Arzon uy-joyni sotishga, o‘zgaga berishga, uni ijaraga topshirishga, undan tekin foydalanishga, ipoteka predmeti manzili bo‘yicha yaqin qarindoshlarini va uchinchi shaxslarni ro‘yxatga qo‘yishga kredit muddati mobaynida Bankning yozma roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
(13.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13.3. Ushbu shartnoma bo‘yicha tomonlarning mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan munosabatlarini tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga soladilar.
(13.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Fors-major holatlari
14.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarilmaganlik shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan ko‘ra olishmagan, oqilona choralar bilan bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan favqulodda tusdagi hodisalar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlarining oqibatlari hisoblansa, javobgarlikdan ozod etiladi.
14.2. Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlariga Tomon ta’sir ko‘rsatishi va ularning vujudga kelishi uchun javobgar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, masalan: zilzila, suv toshqini, yong‘in, shuningdek ish tashlash, Hukumat hujjatlari yoki davlat organlari qarorlari, ushbu shartnoma predmetini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi istalgan tusdagi harbiy harakatlar kiradi.
14.3. Yengib bo‘lmaydigan kuch holatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi to‘g‘risida yozma ravishda zudlik bilan xabardor qilishi shart, shu bilan birga istalgan Tomonning talabiga ko‘ra holatlarning boshlanishi faktini tasdiqlovchi, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
14.4. Agar shartnomaning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari uch oydan ko‘p vaqt davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Tomonlar belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilgan va bajarilmagan qismlari bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshiradilar.
15. Shartnomaning amal qilish muddati
15.1. Ushbu shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgungacha amal qiladi.
16. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
16.1. Kelishmovchiliklar va/yoki ushbu shartnomada nazarda tutilmagan nizoli vaziyatlar paydo bo‘lgan hollarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qilgan holda ularni muzokaralar yo‘li bilan hal etadilar. Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqish uchun sud organlariga beriladi.
(16.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17.1. Ushbu shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
(17.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17.2. Ushbu shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda, Tomonlar imzolagan qo‘shimcha bitim tarzida rasmiylashtiriladi.
17.3. Ushbu shartnoma Tomonlardan har biri uchun, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan uch nusxada tuzilgan.

Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari

Bank:‎

Qarz oluvchi:‎

Birgalikda qarz oluvchi:‎

‎__________________________

‎_____________________

‎______________________

(filialning to‘liq nomi)‎

(F.I.O., to‘liq)‎

(F.I.O., to‘liq)‎

__________________________‎

_____________________‎ ‎

______________________‎


‎__________________________‎


‎_____________________‎


‎______________________‎

(indeksi, manzili, telefoni)‎

(indeksi, manzili, telefoni)‎

(indeksi, manzili, telefoni)‎

__________________________‎ ‎

_____________________‎

______________________‎


‎__________________________‎


‎_____________________‎


‎______________________‎

(bank rekvizitlari)‎

(tug‘ilgan sanasi)‎

(tug‘ilgan sanasi)‎

__________________________‎

_____________________‎

______________________‎

(STIR)‎

(tug‘ilgan joyi)‎

(tug‘ilgan joyi)‎

__________________________‎

_____________________‎

______________________‎

(filial boshqaruvchisining F.I.O.)‎

(STIR)‎

(STIR)‎

________________‎

________________‎

_________________‎

(imzo)‎

(imzo)‎

(imzo)‎

M.O‘.‎

200_ yil “__” _________‎

200_ yil “__” ________ 200_ yil “__” _________‎
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
‎IPOTEKA TO‘G‘RISIDA ____-SON
NAMUNAVIY SHARTNOMA ‎

______________________‎

200__ y. “___” _________‎

(aholi punkti)‎

Oldingi tahrirga qarang.
“___” yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, №_______, keyingi o‘rinlarda “Ipotekaga qo‘yuvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ bir tomondan hamda Nizom va 200__ y. “__” ______dagi ___-son bosh ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi “Ipotekaga oluvchi” deb ataladigan _________________(bankning nomi) nomidan ______________ filialining boshqaruvchisi ______________ ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
1. Ipoteka tomonidan ta’minlanadigan majburiyat
1.1. Ushbu shartnoma Tomonlar o‘rtasida 200__ y. “____” ____________da tuzilgan ____-son Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda “kredit shartnomasi” deb yuritiladi) Ipotekaga qo‘yuvchining Ipotekaga oluvchi oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida tuzildi.
1.2. Kredit shartnomasi bo‘yicha Ipotekaga qo‘yuvchi Qarz oluvchi (Qarzdor), Ipotekaga oluvchi — Kredit beruvchi sifatida ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit beruvchi kredit shartnomasiga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarda Qarz oluvchiga arzon uy-joyni qurish uchun __________ (________________________) so‘m miqdorida ___ (_________) muddatga yillik ______ foizli ipoteka krediti berish majburiyatini oladi, Qarz oluvchi esa olingan ipoteka kreditini qaytarish va kredit shartnomasining qarzni qaytarish jadvaliga asosan unga 200__ y. “___” ____________gacha muddatda foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
1.3. Ipotekaga oluvchi kredit shartnomasidan kelib chiqadigan Ipotekaga qo‘yuvchiga o‘zining pul mablag‘lari talablari Ipotekaga qo‘yuvchining boshqa kreditorlaridan ustun darajada Ipotekaga qo‘yuvchining ushbu shartnoma bo‘yicha qo‘yilgan mol-mulki qiymatidan qondirilishi huquqiga ega.
2. Ipoteka tomonidan ta’minlanadigan talablar
2.1. Ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan ipoteka, agar Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari buzilgan taqdirda Ipotekaga oluvchiga berilishi kerak bo‘lgan quyidagi summalar:
qarzning asosiy summasini va kreditdan to‘liq foydalanganlik uchun foizlar to‘lash hisobiga;
Kreditga qo‘yuvchi tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari zarur darajada bajarilmaganda zararlarni va neustoyka (jarima, penya) to‘lash hisobiga;
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasiga muvofiq boshqalarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar tarzida;
garovga qo‘yilgan mol-mulkka undirishni qaratishga sabab bo‘lgan sud xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplash;
garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish xarajatlarini qoplash tarzida Ipotekaga oluvchiga to‘lanishini ta’minlaydi.
2.2. Ushbu shartnoma bilan Ipotekaga oluvchining talablari garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobiga ularni qondirish paytida qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha hajmda ta’minlanadi.
3. Ipoteka predmeti
3.1. Ipotekaga qo‘yuvchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun Ipotekaga oluvchiga quyidagi ko‘chmas mulkni garovga qo‘ydi:
Oldingi tahrirga qarang.
3.1.1. O‘zbekiston Respublikasi, _________ viloyati, __________ tumani, __________ aholi punktidagi -uyda joylashgan ___ kv. m maydondagi yer uchastkasida kredit hisobiga qurilayotgan umumiy maydoni ___ kv. m bo‘lgan, shu jumladan yashash maydoni ____ kv. m bo‘lgan yakka tartibdagi arzon uy-joy (keyingi o‘rinlarda “mulk” deb yuritiladi);
(3-bandning 3.1.1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
3.1.2. Ushbu shartnomaning 3.1.1-kichik bandida ko‘rsatilgan mol-mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini.
3.2. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk _____ yil “___” _________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ bo‘lgan Egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan va ____________ (mulk, doimiy foydalanish, umrbod meros qilib qoldiriladigan egalik) huquqini tasdiqlaydigan _____ yil “___” ___________da _______________ tomonidan berilgan seriyasi ___ raqami ______ bo‘lgan Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadigan egalik huquqi bilan Ipotekaga qo‘yuvchiga tegishlidir.
3.3. Mol-mulk Ipotekaga qo‘yuvchining egaligi va foydalanuvida qoladi.
4. Ipoteka predmetini baholash
4.1. Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulkning inventarizatsiya qiymati _____ (___________________) so‘mni tashkil etadi, bu ____________ tomonidan _____yil “___” ___________da berilgan -son ma’lumotnoma va ____________ tomonidan _____yil “___” ____________da berilgan ____-son ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
4.2. Shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk tomonlar kelishuviga ko‘ra _____ (_________________) so‘m miqdorida baholanadi.
5. Ipotekaga qo‘yuvchining huquq va majburiyatlari
5.1. Ipotekaga qo‘yuvchi quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Garovga qo‘yilgan mol-mulkka egalik qilish va undan belgilangan maqsadda foydalanish.
5.1.2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni vasiyat qilish.
5.2. Ipotekaga qo‘yuvchi quyidagilarga majbur:
5.2.1. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishi bo‘yicha xarajatlarni ko‘tarish.
5.2.2. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishini ta’minlash, shu jumladan uni uchinchi shaxslar tajovuzidan himoya qilish, yong‘indan, tabiiy ofatdan saqlash.
5.2.3. Garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilishi yoki shikastlanishining aniq xavfi bo‘lganda, bu to‘g‘rida Ipotekaga oluvchiga xabar berish.
5.2.4. Garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatining kamayishiga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
5.2.5. Ushbu shartnoma amal qilishi davrida Ipotekaga oluvchining garovga qo‘yilgan mol-mulkni ko‘zdan kechirishiga to‘sqinlik qilmaslik.
5.2.6. Ipotekaga oluvchiga unga garovga berilgan mol-mulk garov bilan ta’minlangan majburiyat to‘liq hajmda bajarilgunga qadar qayta garovga qo‘yilmasligiga kafolat berish.
5.2.7. Ipoteka predmetida bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida, ipoteka predmetiga uchinchi shaxslarning tajovuzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ipotekaga oluvchiga zudlik bilan xabar berish.
5.2.8. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar ixtiyoriga bermaslik va uni Ipotekaga oluvchining yozma roziligisiz ijaraga, boshqa foydalanishga bermaslik. Garovga qo‘yilgan mol-mulkning Ipotekaga oluvchining roziligi bilan Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanishga berilishi Ipotekaga qo‘yuvchini ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5.2.9. Qurilish tugallangandan keyin uy-joydan foydalanish uchun ruxsatnomani, uy-joyga egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani va kredit shartnomasida ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarning nusxasini Ipotekaga oluvchiga taqdim etish.
(5.2.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
5.3. Ipotekaga qo‘yuvchi ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkning tasodifiy yemirilishi va tasodifiy shikastlanishi xavfi bo‘yicha javob beradi.
6. Ipotekaga oluvchining huquqlari
6.1. Ipotekaga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
6.1.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkning hujjatlar bo‘yicha haqiqiy mavjudligini, ularning holatini va saqlash shartlarini tekshirish.
6.1.2. Ipotekaga qo‘yuvchidan garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qilish.
6.1.3. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qotilgan bo‘lsa yoki shu qadar shikastlanganligi oqibatida ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning bajarilishi jiddiy ravishda yomonlashgan taqdirda ipoteka bilan ta’minlash majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni talab qilish.
6.1.4. Qarz oluvchi (Qarzdor) tomonidan garov bilan ta’minlangan majburiyatlarning bir qismi bajarilgan taqdirda garovga qo‘yilgan barcha mol-mulkka bo‘lgan huquqni saqlab qolish.
6.1.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha talab qilish huquqini Ipotekaga qo‘yuvchining bunga oldindan roziligisiz boshqaga berish.
7. Ipotekaga oluvchining huquqlari kafolati
7.1. Ipotekaga qo‘yuvchi ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar hech kimga garovga qo‘yilmaganligi, sotilmaganligi, ijaraga topshirilmaganligi, foydalanish huquqi cheklanmaganligini, nizoda va taqiq ostida (xatlovda) emasligini, uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan erkin ekanligini kafolatlaydi.
8. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish
8.1. Ushbu shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk Ipotekaga qo‘yuvchi va _________________ Sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi 200__ yil “___” __________da tuzilgan ____-son sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilingan, bu 200__ yil “___” ______________dagi amal qilish muddati 200__ yil “___” ___________gacha bo‘lgan ____-son sug‘urta polisi bilan tasdiqlanadi.
8.2. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun o‘z talablari mol-mulk kimning foydasiga sug‘urta qilinganligidan qat’i nazar va qonunda belgilangan Ipotekaga qo‘yuvchining boshqa kreditorlarining foydasiga amalga oshirilgan boshqa shaxslarning talablaridan ustun darajada, qonunda belgilangan chiqarib tashlashlar bundan mustasno, bevosita sug‘urta qoplamasidan qondirilishi huquqiga ega.
9. Ipoteka predmetiga undiruvni qaratish
9.1. Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli yuzaga keladigan talablarni ushbu shartnomaning 2.1-bandida ko‘rsatilgan mol-mulk hisobiga qondirish uchun ushbu shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish huquqiga ega bo‘ladi.
9.2. Pul to‘lash muddatlari doimiy ravishda buzilganda, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ortiq buzilganda, ushbu shartnomaga ko‘ra garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruv qaratilishi mumkin.
9.3. “Ipoteka to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarni muddatidan oldin bajarishni talab qilish, ushbu talab bajarilmaganda esa — garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish huquqiga ega.
9.4. Ipotekaga oluvchining talabiga ko‘ra undiruv Ipotekaga oluvchi bilan Ipotekaga qo‘yuvchining notarial tasdiqlangan garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish to‘g‘risidagi bitimi asosida qaratiladi.
9.5. Ipotekaga oluvchi tomonidan garovga qo‘yilgan uy-joyga undiruvning qaratilishi va ushbu mol-mulkning sotilishi Ipotekaga qo‘yuvchining va ushbu uy-joyda birgalikda yashaydigan oila a’zolari, shu jumladan sobiq oila a’zolarining foydalanish huquqi to‘xtatilishi uchun asos hisoblanadi.
9.6. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa Ipotekaga oluvchining talabini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u yetmaydigan summani Qarzdorning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.
10. Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
10.1. Mazkur shartnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10.2. Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ‎
belgilangan tartibda _________________________________________________

‎‎(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

‎‎tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
(10.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10.3. Ushbu shartnomani va uning huquqlaridan kelib chiqadigan huquqlarni notarial tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq xarajatlar Ipotekaga qo‘yuvchi hisobidan to‘lanadi.
10.4. Ushbu shartnoma Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan kredit
‎‎shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar amal qiladi. Ipotekaga qo‘yuvchi kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin Tomonlar ipoteka to‘g‘risidagi qayd yozuvini qaytarib olish uchun ‎‎_________________________________________________________ga

‎‎(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)

‎‎birgalikda ariza beradilar.
11. Nizolarni hal etish
11.1. Ushbu shartnomani bajarish natijasida Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
11.2. Ipotekaga oluvchining talabi sudga murojaat etmasdan, ipoteka predmetiga undiruvni qaratish uchun asos yuzaga kelgandan keyin Ipotekaga qo‘yuvchi va Ipotekaga oluvchi o‘rtasida notarial tasdiqlangan bitim asosida qondiriladi.
11.3. Ipotekaga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan bitimni tuzishdan bosh tortgan taqdirda Ipotekaga oluvchi o‘z talabini sud tartibida qondirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
11.4. Ushbu shartnoma va unga qo‘shimcha bitimlar bilan tartibga solinmagan masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
(11.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Yakuniy qoidalar
12.1. Ushbu shartnoma Tomonlarning yozma kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12.2. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlarning tegishli tartibda vakolat berilgan vakillari tomonidan imzolangan, muhrlar bilan tasdiqlangan, notarial tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tomonlarning yozma shakldagi qo‘shimcha bitimlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday o‘zgartirishlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
(12.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12.3. Har ikki tomon tarafidan kelishilgan shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.
12.4. Ushbu shartnoma ___ varaqda, bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 5
(besh) nusxada, har bir Tomon uchun bir nusxadan tuziladi, bir nusxasi ______
‎_________________________ shahri ________________ manzilida joylashgan _____________________ notariusning yig‘majildida saqlanadi, ikki nusxasi
‎‎________________________________________________________ ga beriladi.

(ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning nomi)‎‎

12.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkni kelgusida ipotekaga qo‘yish taqiqlanadi.
12.6. Notarial idora ushbu shartnomani tasdiqlash bilan bir vaqtda ipoteka predmetini o‘zgaga berishni taqiqlab qo‘yadi.
12.7. Mol-mulk ushbu shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab ipotekaga berilgan deb hisoblanadi.

Tomonlarning manzili va rekvizitlari:

Ipotekaga qo‘yuvchi:‎
‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
Ipotekaga oluvchi:‎
‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________


‎Tomonlarning imzolari:

Ipotekaga qo‘yuvchi tomonidan‎

Ipotekaga oluvchi tomonidan‎

_________________________________‎

________________________________‎

(F.I.O.)‎

(lavozimi, F.I.O.)‎

_________________________________‎ ________________________________‎

(STIR)‎

(STIR)‎

__________________‎

____________________‎

(imzo)‎

(imzo)‎

200__ yil “__” __________ ‎ 200__ yil “__” ____________‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu shartnoma men tomondan O‘zbekiston Respublikasi, ___________ viloyati, ____________ shahri/tumani, ____________ ko‘chasi, ____-uyda joylashgan notarius ____________ tomonidan 200__ yil “___” _________ da tasdiqlandi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tomonlar shartnomani mening ishtirokimda imzoladilar. Shartnomani imzolovchilarning shaxsi, ularning muomalaga layoqatliligi, shuningdek “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy layoqati, uning vakili vakolatlari aniqlandi, garovga qo‘yilayotgan mol-mulkning mansubliligi tekshirildi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 657-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma _________________________________________________ da ‎

(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)‎

‎‎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Reyestrda ______-son bilan ro‘yxatga olindi.‎
______ so‘m miqdorida davlat boji undirildi.‎
Notarius __________________.‎
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 175-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 22-son, 259-modda, 44-son, 464-modda; 2010-y., 22-son, 175-modda, 44-45-son, 385-modda; 2012-y., 5-son, 41-modda; 2012-y., 11-son, 119-modda; 2013-y., 18-son, 235-modda; 2016-y., 52-son, 605-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/839/0131-son, 25.10.2018-y., 09/18/856/2093-son, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son: Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 15.12.2023-y., 09/23/657/0935-son)