toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni va “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni va “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 24-noyabrdagi PQ-4028-son qaroriga muvofiq, shuningdek qishloq joylarda yashovchi aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
784-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 784-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-banddagi “qishloq aholisiga” so‘zlari “aholiga” so‘zi bilan almashtirilsin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlang‘ich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
o‘n oltinchi va o‘n yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
omonat qo‘yilma — qurilayotgan arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badalni jamlash uchun ochiladigan maqsadli omonat qo‘yilma;
qurilish-uy-joy omonat qo‘yilmasi — bir yildan ortiq muddatli maqsadli jamg‘arma omonat qo‘yilmasi, u arzon uy-joy qurilishi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshlang‘ich badalni to‘lash uchun ochiladi, shuningdek ushbu qo‘yilmani ochgan jismoniy shaxslarga, omonatga qo‘yuvchi tomonidan arzon uy-joylar qurishda uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida jamg‘arilgan taqdirda, arzon uy-joy qurish uchun imtiyozli ipoteka krediti olishga ustunlik huquqini beradi”;
o‘n to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yozma tavsiya — 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ishtirok etmoqchi bo‘lgan ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi to‘g‘risida tuman hokimligi huzuridagi komissiyaning yozma tavsiyasi”;
v) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ipoteka kreditlari ikki yildan iborat (2020-yil 1-yanvardan boshlab bir yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi”;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi”;
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. 2020-yil 1-yanvargacha ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz miqdoridagi belgilangan foiz stavkasida va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.
2020-yil 1-yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi.
Foizlar qarz oluvchi tomonidan uning olgan ipoteka krediti to‘liq to‘langungacha kredit bo‘yicha qarzlarning amaldagi qoldig‘iga hisoblab boriladi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga”;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“arzon uy-joy smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdorida boshlang‘ich badal uchun mablag‘ga ega bo‘lgan shaxslarga”;
j) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Beriladigan ipoteka kreditining miqdori qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) to‘lov layoqatini baholashdan va qurilayotgan arzon uy-joyning smeta qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va u arzon uy-joy smeta qiymatining 90 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas”;
3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) yozma tavsiya”;
5-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) qarz oluvchining nomiga ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga pul mablag‘lari qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Bankdagi omonat qo‘yilma hisob raqamidagi pul mablag‘larining umumiy summasi qurilayotgan arzon uy-joy smeta qiymatining 10 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas”;
i) 19-bandning 1-kichik bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
k) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4.1-bandning birinchi xatboshisidan “Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin”;
4.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foiz stavkasi:
birinchi 5 yil davomida yillik 7 foiz stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
2020-yil 1-yanvardan boshlab ipoteka kreditlari birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi”;
Izoh. 4.2-bandning uchinchi xatboshisi 2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan Ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi namunaviy shartnomalarga tadbiq etiladi”;
6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.1. Kredit ikki (2020-yil 1-yanvardan boshlab tuzilgan shartnomalar uchun — bir) yildan iborat bo‘lgan imtiyozli davr bilan 20 yilgacha muddat bilan beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi”;
m) Nizomning barcha matnlari bo‘yicha “uy-joy yoki arzon uy-joy” so‘zlari tegishli ravishda “arzon uy-joy” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
ikkinchi xatboshidan “qishloq joylarda yashaydigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
b) 15-banddagi “2016-yil 24-noyabrdagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturida ariza beruvchi — quruvchining” so‘zlari “2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish Dasturida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Arzon uy-joy qurish uchun yakka tartibdagi quruvchi tomonidan ipoteka krediti olish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etiladi”;
g) 29-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilishi tugallanmagan obyekt bo‘yicha tanlov savdolari g‘olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda injiniring kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobiga, o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa alohida shartnoma asosida bankning mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir”;
1.1-bandda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining” so‘zlari “________________ning (bank nomi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4.2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin 5 (besh) bank kuni mobaynida Yakka tartibdagi quruvchi tomonidan uning nomiga ochilgan Bankdagi majburiy ulushli hisob raqamiga qurilayotgan uy-joyining boshlang‘ich qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi boshlang‘ich badal to‘lanmasligi”;
1.1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yakka tartibdagi quruvchi — tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”;
4.1-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(a) ________________ so‘m — Obyekt boshlang‘ich narxining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdoridagi boshlang‘ich badal”;
“b” kichik bandidagi “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining” so‘zlari “_________________ning (bank nomi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4.3-bandda:
“a” kichik bandidagi “___ foizidan (uy-joyning namunaviy loyihasiga ko‘ra 15 yoki 25 foizi ko‘rsatiladi)” so‘zlari “10 foizigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandidagi “va bank” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6.3-bandning ikkinchi xatboshidagi “navbatdagi” so‘zi “boshqa” so‘zi bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“_______________________(bankning nomi) nomidan Nizom va 20__ yil “___” ________ dagi ____-son bosh ishonchnoma asosida harakat qiladigan _______________________ filiali boshqaruvchisi __________________, keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladi, bir tomondan va 20__ yil “___” _____________da berilgan pasporti seriyasi _________, _______ raqamli, keyingi o‘rinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi _________________________, ikkinchi tomondan, hamda 20__ yil “___” _____________da berilgan pasporti seriyasi ______, _______ raqamli, keyingi o‘rinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ___________________, uchinchi tomondan, keyingi o‘rinda “Tomonlar” deb ataladilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar”;
2.1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
qarz oluvchi — qishloq joylarda arzon uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini qabul qiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi”;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
3.1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
4.1-bandning birinchi xatboshisidan “Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi foiz stavkasi belgilanadi:
dastlabki 5 yil mobaynida — yillik 7 foiz miqdorida va qolgan davrda — ushbu shartnoma tuzilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, aynan yillik ____ foiz miqdorida;
2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida”;
6.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6.1. Kredit ikki (2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — bir) yillik imtiyozli davr bilan 20 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi”;
6.2-banddan “ushbu shartnomaning 6.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilingan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7.3-banddan “Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda to‘lash jadvali to‘lanmagan summalar hisobga olingan holda o‘zgartiriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8.1-bandda:
8.1.2-kichik banddan “uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8.1.4-kichik band chiqarib tashlansin;
2.1-bandda:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
arzon uy-joy — 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar va to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar”;
oltinchi xatboshidan “qishloq joyda yashaydigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlang‘ich badal — Qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
6.1-banddagi “uch” so‘zi “ikki (2020-yil 1-yanvardan tuzilgan shartnomalar uchun — bir)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8.1.2-kichik banddan “uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
8.1.4-kichik band chiqarib tashlansin;
i) Nizomning barcha matnlari bo‘yicha “yakka tartibda imorat quruvchi” so‘zlari tegishli ravishda “yakka tartibdagi quruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2015-yilning 10-iyuldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi doirasida Islom taraqqiyot bankining jalb etilgan moliyaviy mablag‘laridan foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish va ularni qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
to‘rtinchi xatboshidan “qishloq joylarda yashovchi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
boshlang‘ich badal — qarz oluvchining arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) o‘z mablag‘lari yoki yuridik shaxs — qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi mablag‘lar”;
b) 21 va 23-bandlardagi “2012-yil 13-fevraldagi 37-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini” so‘zlari “2017-yil 26-apreldagi 243-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun pudrat tashkilotlarini hamda qurilish materiallari va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 25-bandning ikkinchi xatboshisidan “2015-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra amal qiluvchi eng kam oylik ish haqining 1000 baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 394-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning beshinchi va o‘ninchi xatboshilaridan “qishloq joylarda doimiy yashovchi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 25-banddan “g” kichik band chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovadan 5-pozitsiya chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 26-banddan “g” kichik band chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovadan 5-pozitsiya chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-sentabrdagi 730-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki:
hukmlar bekor qilinganda yoki o‘zgartirilganda, shuningdek, ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk obyektlarini bir qismi yoki butunicha xatlovdan o‘tkazish (ro‘yxatdan chiqarish) bekor qilinganda, ularni naturada qaytarish yoxud ularning qiymatini qoplab berish to‘g‘risidagi sud qarori qabul qilingan taqdirda, Toshkent shahar hokimligi mazkur obyektlarning belgilangan tartibda qaytarilishini yoki ularning qiymati Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishini ta’minlaydi;
mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk obyektlari talabgorlarga sotilishi yoki belgilangan tartibda berilishi mumkin, bunda sotishdan tushgan mablag‘lar, istisno tariqasida, to‘liq Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Davlat va jamiyat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)