

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1458261" id="onLBC-1458261">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6452"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.08.00 Ayrim tarmoqlarda mehnatni muhofaza qilish;</span></div><div id="LBC6962"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1458261" id="onLS-1458261">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1458270" id="-1458270">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1458271" id="-1458271">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1458272" id="-1458272">YUQUMLI KASALLIKKA CHALINGAN HAYVONLARGA XIZMAT KOʻRSATISHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1458274" id="-1458274">[[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-martda 1923-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1458275" id="-1458275"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458276" id="-1458276">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son <a href="/mact/-323963">qarori</a> bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458277" id="-1458277">1. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish <a href="/mact/-1458261#-1458283">qoidalari</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458278" id="-1458278">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiritiladi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1458279" id="-1458279">Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458280" id="-1458280">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458281" id="-1458281">2009-yil 17-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1458282" id="-1458282">8/B-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1458283" id="-1458283"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-1458284" id="-1458284">Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 17-fevraldagi 8/B-sonli <a href="/mact/-1458261">buyrugʻi</a> bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1458285" id="-1458285">Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1458286" id="-1458286"><strong>QOIDALARI</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1458287" id="-1458287"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571184" id="edi-7571184"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458288">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571184" id="-7571184"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571185" id="-7571185">Mazkur Qoidalar yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571187" id="-7571187">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549493">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458289" id="-1458289">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458290" id="-1458290">1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha turdagi korxonalar (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458291" id="-1458291">2. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat maxsus vakolatli davlat idoralari, korxonaning rahbari va mehnatni muhofaza qilishga masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458292" id="-1458292">3. Odam va hayvonlar uchun xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklarga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458293" id="-1458293"><strong>brutsellyoz</strong> — brutsella mikrobi qoʻzgʻatadigan infeksion kasallik hisoblanib, sigir, qoʻy, choʻchqa uchun xarakterli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458294" id="-1458294">Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalarda brutsellyoz kasalligining oldini olish maqsadida maxsus dastur asosida emlash, davriy tibbiy koʻrik, dispanserizatsiya va boshqa tadbirlar oʻtkaziladi. Kasal hayvon organizmidan brutsellalar tashqi muhitga sut, siydik, jinsiy aʼzolardan keladigan suyuqliklar orqali yaylov, suv ichish manbalari, hovli, ferma, ogʻilxonadagi toʻshaklarga va kasal hayvonning terisi hamda junlariga tushadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458295" id="-1458295"><strong>kuydirgi</strong> — oʻta ogʻir oʻtuvchi infeksion kasallik boʻlib, qoramol, qoʻy, bugʻu, tuya, ot, choʻchqa va boshqa hayvonlarda uchraydi. Bu kasallik kuydirgi tayoqchalari tomonidan chaqiriladi. Kasallikning oldini olishda odam va hayvonlarni vaqtida emlash asosiy usul hisoblanadi. Kasal hayvonlar izolyatsiya qilinadi. Oʻlgan hayvonlar jasadi kuydiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458296" id="-1458296"><strong>leptospiroz</strong> — leptospira mikrobi qoʻzgʻatadigan infeksion kasallik boʻlib, odam va hayvonlarda uchraydi. Leptospiroz bilan yirik va mayda shoxli mollar, choʻchqa, ot va boshqa hayvonlar kasallanadi. Meditsina va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish, emlash va kemiruvchilarni oʻz vaqtida yoʻqotish tadbirlari kasallikning oldini olishda asosiy tadbirlar hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458297" id="-1458297"><strong>oqsil (ovsil)</strong> — virusli kasallik boʻlib, odamlarga, qoramol, tuya, ot, bugʻu, echki, qoʻy, choʻchqa va itlardan oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458298" id="-1458298">Kasallikning oldini olish uchun avvalo veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkaziladi. Chorvachilik bilan shugʻullanuvchi korxonalarda kasal hayvon aniqlansa, karantin eʼlon qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458299" id="-1458299"><strong>salmonellyoz</strong> — salmonella virusi qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik boʻlib, goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilgandan soʻng oshqozon ichak faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458300" id="-1458300">Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga, tozalikka rioya qilish va oshxona anjomlari (goʻsht chopish taxtasi, pichoq, bolta va boshqalar)ni toza saqlash lozim. Soʻyilgan hayvon yoki parranda goʻshtini veterinariya vrachi ruxsatisiz isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458301" id="-1458301"><strong>tuberkullyoz</strong> — uzoq vaqt davom etadigan infeksion kasallik hisoblanadi. Tuberkullyoz bilan yirik shoxli mollar, mayda shoxli mollar, parrandalar va choʻchqalar kasallanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458302" id="-1458302">Barcha ishchi xodimlar reja asosida tekshiruvlardan oʻtadi va shu bilan birga rengenoflyurografiya va immunobiologik reaksiyaga tekshirilib turishlari shart;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458303" id="-1458303"><strong>tulyaremiya</strong> — kemiruvchilar kasalligi boʻlib, kalamush, andatra, quyon, sugʻur va uy sichqonlarida uchraydi. Kasallik mikrobi kasal hayvonning siydigi va axlati orqali suvni, tuproqni, oʻtni va donlarni zaharlaydi. Agar tulyaremiya bilan kasallangan kemiruvchi aniqlansa, oʻsha tumanda joylashgan barcha fuqarolar emlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458304" id="-1458304"><strong>tenioz</strong> — invazion kasallik hisoblanadi. Odamning ingichka ichagida choʻchqa solityorining mavjud boʻlishi natijasida kelib chiqadigan kasallik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458305" id="-1458305"><strong>teniarinxoz</strong> — invazion kasalligi. Odam ingichka ichagida koʻp yillar davomida yashaydi. U tashqi muhitga odam organizmidan urugʻlarga toʻlib keyin fekaliy bilan birgalikda chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458306" id="-1458306"><strong>exinokokkoz va alveokokkoz</strong> — kasallikni odamlarda parazitar gelmintlar qoʻzgʻaydi. Exinokokkoz paraziti mayda sharsimon boʻlib, it, boʻri, tulki, shimol tulkisi va boshqa hayvonlarning ichagida yashaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458307" id="-1458307"><strong>qutirish</strong> — oʻtkir yuqumli virusli kasallik boʻlib, boʻri, tulki, daydi itlar va pashshalar kasallik manbai hisoblanadi. Bu kasallikka yirik va mayda shoxli hayvonlar, ot, tuya, choʻchqa, mushuk va odamlar taʼsirchan hisoblanadi. Viruslar kasal hayvon soʻlagida joylashgan boʻlib, u tishlagan vaqtida boshqa organizmga yuqadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458308" id="-1458308">II. Umumiy xavfsizlik talablari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458309" id="-1458309">1-§. Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil qilish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571219" id="edi-7571219"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458310">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571219" id="-7571219">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549508">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571244" id="edi-7571244"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458311">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571244" id="-7571244"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571265" id="-7571265">5. Korxonalarning rahbarlari va barcha xodimlari, shu jumladan yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571270" id="-7571270">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549509">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571272" id="edi-7571272"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458312">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571272" id="-7571272"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571274" id="-7571274">6. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-545128#-4179192">nizomga </a>muvofiq amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571278" id="-7571278">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549509">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458313" id="-1458313">2-§. Kasbiy tanlov</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458314" id="-1458314">7. Har bir korxonada oʻta xavfli sharoitlarda bajariladigan ishlar roʻyxati boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458315" id="-1458315">8. Barcha ishchilar oʻta xavfli boʻlgan ishlarni bajarishga kirishishdan oldin bunday ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtishlari, talablar bilan tanishishlari va ularni bajarishning xavfsiz usullarini oʻzlashtirib olgan boʻlishlari zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458316" id="-1458316">9. Oʻta xavfli ishlar bilan shugʻullanish belgilangan tartibga muvofiq korxona rahbari tomonidan tasdiqlanib, ruxsat etilgan xodimlar tomonidangina amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458317" id="-1458317">10. Korxona rahbari oʻta xavfli kasalliklarning oldini olishni tashkil etish va ishlarni xavfsiz oʻtkazishda belgilangan tartibga amal qilish uchun javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458318" id="-1458318">11. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilinganlarning kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarurat boʻlganda sinovdan oʻtkazish lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458319" id="-1458319">3-§. Xodimlar salomatligini nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458320" id="-1458320">12. Ish beruvchi muntazam ravishda ishchi-xodimlarning boshlangʻich davrdagi umumiy va kasb kasalliklarini aniqlash maqsadida ularning sogʻligʻini nazorat qilib borishi kerak.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571280" id="edi-7571280"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458321">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571280" id="-7571280"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571281" id="-7571281">13. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan ishchi-xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571282" id="-7571282">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549512">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571322" id="edi-7571322"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458322">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571322" id="-7571322"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571323" id="-7571323">14. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2046010#-2046163">nizom </a>(roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571324" id="-7571324">(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549513">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571393" id="edi-7571393"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458323">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571393" id="-7571393"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571395" id="-7571395">15. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571397" id="-7571397">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549513">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571399" id="edi-7571399"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458324">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571399" id="-7571399"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571402" id="-7571402">16. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning rahbariyati zimmasiga yuklanadi. Ishchi-xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571403" id="-7571403">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549517">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571409" id="edi-7571409"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458325">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571409" id="-7571409"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571412" id="-7571412">17. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571416" id="-7571416">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549518">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458326" id="-1458326">4-§ Ishchilarning jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458327" id="-1458327">18. Ishchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish uchun, ularni tegishli standartlar talablariga mos keluvchi shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458328" id="-1458328">19. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan bepul taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458329" id="-1458329">20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim boʻlgan ishchilar, ularning qoʻllanish usullarini, himoyalanish xususiyatlariga, amal qilish muddatlari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458330" id="-1458330">21. Ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458331" id="-1458331">a) meʼyoriy hujjatlar boʻyicha ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan shaxsiy himoya vositalarining miqdori va nomenklaturasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458332" id="-1458332">b) shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratning olib borilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458333" id="-1458333">v) qoʻllanilayotgan shaxsiy himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirilishini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458334" id="-1458334">g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishini (bir marta qoʻllaniladigan shaxsiy himoya vositalari bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458335" id="-1458335">22. Barcha xodimlarga berilgan shaxsiy himoya vositalari ishdan soʻng olinib maxsus shkafda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458336" id="-1458336">Shaxsiy himoya vositalari bilan belgilangan hududlaridan tashqarida yurishga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458337" id="-1458337">23. Barcha shaxsiy himoya vositalari veterinar tomonidan tavsiya etilgan dezinfeksiyalovchi moddalar bilan ishlov beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458338" id="-1458338">24. Himoya kiyimi ish vaqtida toʻla tugmalanishi, yeng manjetlari va barmoqlari qoʻl himoya vositasi bilan berkitilgan holda boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458339" id="-1458339">25. Ishchilarning sochlari maxsus bosh kiyim (beret, roʻmol va hokazo ) bilan berkitilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458340" id="-1458340">5-§. Chorvachilikda xavfli va zararli omillar va ulardan himoyalanish usullari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458341" id="-1458341">26. Korxonada hayvonlarga qarash, kasallikning oldini olish va davolash paytlari inson organizmiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillar roʻyxati boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458342" id="-1458342">27. Chorvachilik fermalari va komplekslarida insonlar va hayvonlar chalinadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslarning ishlashlari taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458343" id="-1458343">28. Hayvonlarga xizmat koʻrsatishda teri kasalliklari bilan kasallangan, shilingan va mayda yaralari bor xodimlar faqat shifokor ruxsati bilan ishlashga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458344" id="-1458344">29. Agressiv hayvonlar saqlanadigan ogʻilxona yoki bokslar tepasiga ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi shart. Bu belgi sariq rangli yozuv bilan yozilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458345" id="-1458345">30. Bogʻlanmay saqlanadigan hayvonlarga xizmat koʻrsatish jarayonida ularning harakatini cheklab qoʻyadigan asbob va uskunalardan foydalanish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458346" id="-1458346">31. Hayvondan odamga antropozoonos kasalliklarining yuqish usullari turli xil boʻladi. Ayrim kasalliklar hayvonlarga xizmat koʻrsatish jarayonlarida yuqishi mumkin. Boshqa holatlarda esa, hayvondan olinadigan mahsulotlar, sut, sut mahsulotlari, jun, goʻsht, teri orqali va parrandalar hamda odam va hayvonga hujum qiladigan qon soʻruvchi hasharotlar tomonidan ham bu kasalliklar yuqtirilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458347" id="-1458347">6-§. Ishchi-xodimlarning ishlab-chiqarish jarayoniga qatnashishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458348" id="-1458348">32. Ishga qabul qilingan ishchi-xodimlar ish joyida ishni boshlashdan oldin mehnatni muhofaza qilish yoʻl-yoʻrigʻidan oʻtishi kerak.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6705760" id="edi-6705760"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=15.10.2010 00#-1689627">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6705760" id="-6705760"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6705762" id="-6705762">33. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning <a href="/mact/-6533020#-6533976">roʻyxatiga </a>muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6705766" id="-6705766">(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli <a href="/mact/-6700003?ONDATE=20.12.2023 00#-6700615">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6705770" id="edi-6705770"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458350">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6705770" id="-6705770">(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli <a href="/mact/-6700003?ONDATE=20.12.2023 00#-6700621">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458351" id="-1458351">7-§. Dam olish va mehnat qilish tartibi</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5639059" id="edi-5639059"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458352">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5639059" id="-5639059"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5639060" id="-5639060">35. Ishning kun tartibi, ish haftasi, dam olish va tanaffus vaqti qonunchilik hujjatlariga asosan belgilanishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5639063" id="-5639063"><em>(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/mact/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5542451">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458353" id="-1458353">36. Ishlash va dam olish tartibini tuzayotganda ishning xususiyatini, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, mehnat turi va ogʻirlik darajasini ham inobatga olish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458354" id="-1458354">37. Dam olish va mehnat qilish tartibi bir necha turlardan iborat boʻlishi kerak. Gigiyena talablari, shaxsiy zaruriyatlar va dam olish uchun berilgan vaqt, mehnatning ogʻir va yengilligi, jismoniy va psixologik ish turlariga qarab har xil kasblar uchun mehnat va dam olish vaqtlari bilan belgilanishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458355" id="-1458355">III. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458356" id="-1458356">1-§. Umumiy talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458357" id="-1458357">38. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarga xizmat koʻrsatishni korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan guruh olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458358" id="-1458358">39. Yuqumli kasallikka chalingan hayvonlarni parvarishlash ishlariga profilaktik emlangan, shaxsiy xavfsizlik qoidalari bilan ishlash tartibini biladigan shaxslarga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458359" id="-1458359">40. Korxona rahbari kasallik aniqlangan taqdirda, darhol veterinariya va meditsina xodimlariga xabar berishi hamda kasal hayvonni izolyatsiya qilish choralarini koʻrishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458360" id="-1458360">41. Izolyatsiya qilingan hayvonlar saqlanadigan joyga ruxsat etilgan shaxslardan tashqari boshqa shaxslar kirishi taqiqlanadi. Har bir xonaga kirish yoʻlida dezatoʻshamalar qoʻyilib, dezatoʻshamalar yashiksimon holatda ichiga qirindi bilan toʻldiriladi va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan toʻyintiriladi .</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458361" id="-1458361">42. Dezatoʻshama holatini baholash, ularni tashkil qilish, toʻshamalarni almashtirish, ularga dezinfeksiyalovchi moddalarni quyish veterinariya xodimlariga yuklatiladi va korxonaga kirish-chiqish, poyabzallarni tekshirish, dezinfeksiya qilish ishlarini nazorat qilish korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458362" id="-1458362">43. Kasallik mavjud boʻlgan korxonalarda ovqatlanish, suv ichish va chekish taqiqlanadi. Ichimlik suvi ishchi xodimlar uchun maxsus bochkalarda qaynatilgan holda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458363" id="-1458363">44. Xoʻjaliklarda yuqumli kasallik bilan kasallangan hayvonlarni sutini sogʻish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458364" id="-1458364">2-§ Veterinariya-sanitariya chora-tadbirlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458365" id="-1458365">45. Veterinariya-sanitariya ishlari olib borilayotgan vaqtda begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5639081" id="edi-5639081"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458366">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5639081" id="-5639081"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5639083" id="-5639083">46. Dori vositalarini saqlash, tashish va ishlashda mehnatni muhofaza qilish qonunchilik hujjatlardan foydalaniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5639085" id="-5639085"><em>(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/mact/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5542451">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458367" id="-1458367">47. Transport vositalari va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish yuqori bosim ostida (25 — 35 atmosfera) olib boriladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7571421" id="edi-7571421"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458368">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7571421" id="-7571421"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7571422" id="-7571422">48. Transport vositalarini va idishlarni yuvish, dezinfeksiyalash va degazatsiya qilish alohida kameralarda oʻtkaziladi. Chiqindilar oqova suvlari tizimi orqali qoʻl mehnatisiz chiqarib yuborilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7571423" id="-7571423">(48-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli <a href="/mact/-7547689?ONDATE=29.05.2025 00#-7549520">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458370" id="-1458370">49. Yuvish, dezinfeksiya qilish, transportlarni degazatsiya qilish xonalariga ventilyatsiya oʻrnatiladi va har 10 — 15 daqiqada shamollatiladi. Kirish eshigi tepasiga “Kirish man etiladi” va “Xona tozalangan” deb yozilgan chiroqli peshlavhalar oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458371" id="-1458371">50. Hayvonlarni rektal tekshirish ishlari maxsus stanoklarda fiksatsiya qilingan holda amalga oshiriladi. Yuqumli kasalliklari mavjud boʻlgan nosogʻlom xoʻjaliklarda akusherlik qoʻlqopisiz rektal tekshirish oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458372" id="-1458372">51. Oʻlgan hayvon tanasini yorish maxsus (prozektoriy, seksiya zali) joylarda va hayvonlar qabristonida amalga oshiriladi. Oʻlgan hayvon tanasini boʻlaklaganda qon va boshqa suyuqliklarni atrofga sachratish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458373" id="-1458373">52. Oʻlgan hayvonlar tanasi maxsus jihozlangan bort va tagidan suyuqlik oʻtmaydigan transportlarda tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458374" id="-1458374">53. Oʻlgan hayvonlar tanasini yorish xonalarida devor va pol suv oʻtkazmaydigan, yaxshi yuviladigan, yengil dezinfeksiyalanuvchi jihozlar va qoʻshimcha ventilyatsiya, yuvinish xonasi, patmaterial saqlanadigan xonalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458375" id="-1458375">Eshik va kirish yoʻlaklari oʻlgan hayvonlar tanasini kirgizish uchun qulay boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458376" id="-1458376">54. Kuydirgi kasalligidan oʻlgan hayvonlar tanasini yorishdan oldin uning qonidan surtma tayyorlanib, mikroskopda tekshiriladi. Kuydirgi kasalligidan oʻlgan hayvon tanasi xavfsizlik choralari koʻrilgan holda kuydiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458377" id="-1458377">Kuydirilgan hayvon tanasini biotermik xandaklarga yoki hayvonlar qabristoniga 2 metr chuqurlikda koʻmish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458378" id="-1458378">55. Korxona rahbarining zimmasiga biometrik uskunalarning sozligi va obyektning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish javobgarligi yuklatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458379" id="-1458379">56. Oʻlgan hayvonlar tanasini yorish xonasi, asbob-uskunalar va maxsus ish kiyimlari tozalanib, zararsizlantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458381" id="-1458381">57. Dezinfeksiya va emlash ishlari aerozol generatori bilan bajarilayotganda yongʻinga qarshi birlamchi va shaxsiy himoya vositasi boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458382" id="-1458382">58. Dezinfeksiyalovchi uskunalarni ishlatish vaqtida ochiq havoda, shamol tegadigan tomonga oʻrnatilib, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda foydalaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458383" id="-1458383">59. Dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlatishda eritmalarning toʻkilishi, oqishi yoki boshqa zaharli moddalarning sochilishi hamda eritmalarni solish va chiqarishda nosoz monometrlarda ishlash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458384" id="-1458384">60. Dezinfeksiyalovchi dori vositalarini ishlatishdan oldin ularning hujjatlari, qayd qilish guvohnomasi va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligiga toʻliq ishonch hosil qilish shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458385" id="-1458385">61. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlar maxsus ajratilgan binolar va xonalarda saqlanishi, eshik va derazalar temir panjara bilan qoplangan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458386" id="-1458386">62. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlar seyf yoki temir shkaflarda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458387" id="-1458387">63. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning hisob-kitobi maxsus jurnallarda qayd qilib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458388" id="-1458388">64. Zaharli va kuchli taʼsir etuvchi moddalar bilan ishlashga veterinariya yoki farmatsevtika sohasida oliy, oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458389" id="-1458389">65. Hayvonlarni davolash ishlari oʻtkaziladigan xonalar asbob-uskunalar va preparatlar saqlanadigan shkaflar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458390" id="-1458390">IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5639086" id="edi-5639086"><a href="/mact/-1458261?ONDATE=28.03.2009 00#-1458391">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5639086" id="-5639086"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5639087" id="-5639087">66. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mazkur Qoidalarga rioya qilmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5639088" id="-5639088"><em>(66-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli </em><a href="/mact/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5542451">buyrugʻi </a><em>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1458392" id="-1458392">V. Yakuniy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1458393" id="-1458393">67. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1458394" id="-1458394">Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458395" id="-1458395">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458396" id="-1458396">2009-yil 5-fevral</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1458397" id="-1458397">Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458398" id="-1458398">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458399" id="-1458399">2009-yil 5-fevral</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1458400" id="-1458400">Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458401" id="-1458401">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1458402" id="-1458402">2009-yil 5-fevral</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1458273" id="-1458273">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 136-modda; 2010-y., 40-41-son, 349-modda; <em>Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; </em>20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
