1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2008 YIL 22 OKTYaBRDAGI PF-4042-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-noyabrda 1867-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 11-avgustdagi 50 va 82-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1995, 18.08.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 7-avgustdagi 29, 85-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi haqidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2008-yil 16-avgust, roʻyxat raqami 1843 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 338-modda) qarori 2008-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-oktabr,
59-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-oktabr,
105-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 59, 105-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2008-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) ish haqi oyiga — 28 040 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 55 550 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 55 550 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga — 33 645 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (28 040 soʻm x 8 = 224 320 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (28 040 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 55 550 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 28 040 soʻmdan 101 000 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 92 583 soʻm 33 tiyingacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 55 550 soʻm miqdorda, III guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (224320 soʻm);
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (28 040 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yil yilga qadar
1169,2483
1994-yil 1-iyuldan
574,5317
1971-yil
1139,4989
1994-yil 1-avgustdan
470,9841
1972-yil
1111,1943
1994-yil 1sentyabrdan
409,4530
1973-yil
1075,6511
1994-yil 1-noyabrdan
317,6938
1974-yil
1003,4947
1995-yil 1-yanvardan
317,6938
1975-yil
981,474
1995-yil 1-martdan
160,8249
1976-yil
960,4148
1995-yil 1-sentabrdan
123,8322
1977-yil
933,7586
1996-yil 1-yanvardan
123,8322
1978-yil
902,3632
1996-yil 1-apreldan
92,0527
1979-yil
884,5915
1996-yil 1-sentabrdan
64,2359
1980-yil
861,8935
1997-yil 1-yanvardan
64,2359
1981-yil
845,6661
1997-yil 1-iyuldan
44,7236
1982-yil
845,5691
1998-yil 1-yanvardan
44,7236
1983-yil
830,017
1998-yil 1-iyuldan
32,5537
1984-yil
829,9221
1999-yil 1-yanvardan
26,6608
1985-yil
819,8747
1999-yil 1-avgustdan
20,7677
1986-yil
810,0235
2000-yil 1-avgustdan
13,5246
1987-yil
790,8974
2001-yil 1-avgustdan
9,6615
1988-yil
738,8333
2002-yil 1-apreldan
8,4016
1989-yil
693,0486
2002-yil 1-avgustdan
7,3044
1990-yil
625,4349
2003-yil 1-maydan
6,0871
1991-yil
431,5733
2004-yil 1-avgustdan
4,6827
1992-yil 1-yanvardan
127,6005
2005-yil 1-maydan
3,9016
1992-yil 1-iyuldan
59,6932
2005-yil 1-oktabrdan
3,2512
1992-yil 1-oktabrdan
28,6908
2006-yil 1-iyuldan
2,7094
1993-yil 1-yanvardan
21,156
2006-yil 1-noyabrdan
2,2579
1993-yil 1-apreldan
15,1683
2007-yil 1-avgustdan
1,8063
1993-yil 1-iyundan
6,4734
2007-yil 1-noyabrdan
1,6421
1993-yil 1-iyuldan
4,1569
2007-yil 1-dekabrdan
1,5052
1993-yil 1-sentabrdan
3,1881
2008-yil 1-apreldan
1,3440
1993-yil 1-noyabrdan
1,9351
2008-yil 1-sentabrdan
1,1200
1994-yil 1-yanvardan
1,4495
2008-yil 1-noyabrdan
1,0600
1994-yil 1-martdan
0,8695
2008-yil 1-dekabrdan
1,0000
1994-yil 1-iyundan
0,5805
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 450-modda)