1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 18-avgustda 1995-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 24-noyabrdagi 72 va 113-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-noyabrdagi PF-4152-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2049, 26.11.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 59 va 105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1867, 2008-yil 5-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 44-45 son, 450-modda) qarori 2009-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-avgust,
50-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-avgust,
82-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2009-yil 11-avgust 50, 82-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2009-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) ish haqi — oyiga 33 645 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 66 660 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 66 660 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 40 375 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (33 645 soʻm x 8 = 269 160 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (33 645 soʻm)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 66660 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 33 645 soʻmdan 121 200 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 111 100 soʻmgacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 66 660 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yuqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 33 330 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Qolgan toifadagi pensionerlarning pensiyalarini qayta hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
pensiyalarni hisob-kitob qilish uchun yangi eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi olinadi (269 160 soʻm);
hisoblab topilgan oʻrtacha ish haqi pensiyani hisoblashda qabul qilingan pensioner ish stajining miqdoriga bogʻliq foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (33645 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yil yilga qadar
1461,5604
1994-yil 1-iyuldan
718,1646
1971-yil
1424,3736
1994-yil 1-avgustdan
588,7301
1972-yil
1388,9929
1994-yil 1sentyabrdan
511,8163
1973-yil
1344,5639
1994-yil 1-noyabrdan
397,1173
1974-yil
1254,3684
1995-yil 1-yanvardan
397,1173
1975-yil
1226,8425
1995-yil 1-martdan
201,0311
1976-yil
1200,5185
1995-yil 1-sentabrdan
154,7903
1977-yil
1167,1983
1996-yil 1-yanvardan
154,7903
1978-yil
1127,9540
1996-yil 1-apreldan
115,0659
1979-yil
1105,7394
1996-yil 1-sentabrdan
80,2949
1980-yil
1077,3669
1997-yil 1-yanvardan
80,2949
1981-yil
1057,0826
1997-yil 1-iyuldan
55,9045
1982-yil
1056,9614
1998-yil 1-yanvardan
55,9045
1983-yil
1037,5213
1998-yil 1-iyuldan
40,6921
1984-yil
1037,4026
1999-yil 1-yanvardan
33,3260
1985-yil
1024,8434
1999-yil 1-avgustdan
25,9596
1986-yil
1012,5294
2000-yil 1-avgustdan
16,9058
1987-yil
988,6218
2001-yil 1-avgustdan
12,0769
1988-yil
923,5416
2002-yil 1-apreldan
10,5020
1989-yil
866,3108
2002-yil 1-avgustdan
9,1305
1990-yil
781,7936
2003-yil 1 maydan
7,6089
1991-yil
539,4666
2004-yil 1-avgustdan
5,8534
1992-yil 1-yanvardan
159,5006
2005-yil 1 maydan
4,8770
1992-yil 1-iyuldan
74,6165
2005-yil 1-oktabrdan
4,0640
1992-yil 1-oktabrdan
35,8635
2006-yil 1-iyuldan
3,3868
1993-yil 1-yanvardan
26,4450
2006-yil 1-noyabrdan
2,8224
1993-yil 1-apreldan
18,9604
2007-yil 1-avgustdan
2,2579
1993-yil 1-iyundan
8,0918
2007-yil 1-noyabrdan
2,0526
1993-yil 1-iyuldan
5,1961
2007-yil 1-dekabrdan
1,8815
1993-yil 1-sentabrdan
3,9851
2008-yil 1-apreldan
1,6800
1993-yil 1-noyabrdan
2,4189
2008-yil 1-sentabrdan
1,4000
1994-yil 1-yanvardan
1,8119
2008-yil 1-noyabrdan
1,3250
1994-yil 1-martdan
1,0869
2008-yil 1-dekabrdan
1,2500
1994-yil 1-iyundan
0,7256
2009-yil 1-avgustdan
1,0000
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 376-modda)