1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2008 YIL 21 IYuLDAGI PF–4014-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI HAQIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-avgustda 1843-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 59, 105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1867, 05.11.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi haqidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 20-martdagi 7 va 27-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqidagi (2008-yil 26-mart, roʻyxat raqami 1780 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 12-13-son, 80-modda) qarori 2008-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
29-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
85-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 7-avgustdagi 29, 85-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi haqida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2008-yilning 1-sentabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) eng kam ish haqi oyiga 25040 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar oyiga 49600 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa oyiga 49600 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 30040 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (25040 soʻm x 8 = 200320 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (25040 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I- va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 49600 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 24800 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I- va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 25040 soʻmdan 90181 soʻm 82 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 82666 soʻm 67 tiyingacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I- va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 46900 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 24800 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (200320 soʻm);
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (25040 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi haqida Yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yil yilga qadar
1043,9717
1994-yil 1-iyundan
0,5183
1971-yil
1017,4097
1994-yil 1-iyuldan
512,9747
1972-yil
992,1378
1994-yil 1-avgustdan
420,5215
1973-yil
960,4028
1994-yil 1sentyabrdan
365,5830
1974-yil
895,9774
1994-yil 1-noyabrdan
283,6552
1975-yil
876,3161
1995-yil 1-yanvardan
283,6552
1976-yil
857,5132
1995-yil 1-martdan
143,5937
1977-yil
833,7130
1995-yil 1-sentabrdan
110,5645
1978-yil
805,6814
1996-yil 1 yanvardan
110,5645
1979-yil
789,8138
1996-yil 1-apreldan
82,1899
1980-yil
769,5478
1996-yil 1-sentabrdan
57,3535
1981-yil
755,0590
1997-yil 1-yanvardan
57,3535
1982-yil
754,9724
1997-yil 1-iyuldan
39,9318
1983-yil
741,0866
1998-yil 1-yanvardan
39,9318
1984-yil
741,0019
1998-yil 1-iyuldan
29,0658
1985-yil
732,0310
1999yil 1-yanvardan
23,8043
1986-yil
723,2353
1999-yil 1-avgustdan
18,5426
1987-yil
706,1584
2000-yil 1-avgustdan
12,0755
1988-yil
659,6726
2001-yil 1-avgustdan
8,6263
1989-yil
618,7934
2002-yil 1-apreldan
7,5014
1990-yil
558,4240
2002-yil 1-avgustdan
6,5218
1991-yil
385,3333
2003-yil 1-maydan
5,4349
1992-yil 1-yanvardan
113,9290
2004-yil 1-avgustdan
4,1810
1992-yil 1-iyuldan
53,2975
2005-yil 1-maydan
3,4836
1992-yil 1-oktabrdan
25,6168
2005-yil 1-oktabrdan
2,9029
1993-yil 1-yanvardan
18,8893
2006-yil 1-iyuldan
2,4191
1993-yil 1-apreldan
13,5431
2006-yil 1-noyabrdan
2,0160
1993-yil 1-iyundan
5,7798
2007-yil 1-avgustdan
1,6128
1993-yil 1-iyuldan
3,7115
2007-yil 1-noyabrdan
1,4662
1993-yil 1-sentabrdan
2,8465
2007-yil 1-dekabrdan
1,3439
1993-yil 1-noyabrdan
1,7278
2008-yil 1-apreldan
1,2000
1994-yil 1-yanvardan
1,2942
2008-yil 1-sentabrdan
1,0000
1994-yil 1-martdan
0,7763
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 338-modda)