1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2008 YIL 5 MARTDAGI PF-3972-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-martda 1780-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 7-avgustdagi 29, 85-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori(roʻyxat raqami1843, 16.08.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 5-noyabrdagi M-43 va 99-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash haqidagi (2007-yil 6-noyabr, roʻyxat raqami 1736 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 45-son, 455-modda) qarori 2008-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-mart,
7-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-mart,
27-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 20-martdagi 7, 27-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2008-yilning 1-aprelidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) eng kam ish haqi — oyiga 20865 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 41330 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 41330 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 25030 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (20865 soʻm x 8 = 166920 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (20865 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 41330 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 20665 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 20865 soʻmdan 75145 soʻm 46 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 68883 soʻm 33 tiyingacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 41330 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 20665 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionyerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (166920 soʻm);
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (20865 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yilga qadar
869,9764
1994-yil 1-martdan
0,6469
1971-yil
847,8414
1994-yil 1-iyundan
0,4319
1972-yil
826,7815
1994-yil 1-iyuldan
427,4789
1973-yil
800,3357
1994-yil 1-avgustdan
350,4346
1974-yil
746,6478
1994-yil sentyabrdan
304,6525
1975-yil
730,2634
1994-yil 1-noyabrdan
236,3793
1976-yil
714,5943
1995-yil 1-yanvardan
236,3793
1977-yil
694,7608
1995-yil 1-martdan
119,6614
1978-yil
671,4012
1995-yil 1-sentabrdan
92,1371
1979-yil
658,1782
1996-yil 1-yanvardan
92,1371
1980-yil
641,2898
1996-yil 1-apreldan
68,4916
1981-yil
629,2158
1996-yil 1-sentabrdan
47,7946
1982-yil
629,1437
1997-yil 1-yanvardan
47,7946
1983-yil
617,5722
1997-yil 1-iyuldan
33,2765
1984-yil
617,5016
1998-yil 1-yanvardan
33,2765
1985-yil
610,0258
1998-yil 1-iyuldan
24,2215
1986-yil
602,6961
1999yil 1-yanvardan
19,8369
1987-yil
588,4653
1999-yil 1-avgustdan
15,4522
1988-yil
549,7272
2000-yil 1-avgustdan
10,0629
1989-yil
515,6612
2001-yil 1-avgustdan
7,1886
1990-yil
465,3533
2002-yil 1-apreldan
6,2512
1991-yil
321,1111
2002-yil 1-avgustdan
5,4348
1992-yil 1-yanvardan
94,9408
2003-yil 1-maydan
4,5291
1992-yil 1-iyuldan
44,4146
2004-yil 1-avgustdan
3,4842
1992-yil 1-oktabrdan
21,3473
2005-yil 1-maydan
2,9030
1993-yil 1-yanvardan
15,7411
2005-yil 1-oktabrdan
2,4191
1993-yil 1-apreldan
11,2859
2006-yil 1-iyuldan
2,0159
1993-yil 1-iyundan
4,8165
2006-yil 1-noyabrdan
1,6800
1993-yil 1-iyuldan
3,0929
2007-yil 1-avgustdan
1,3440
1993-yil 1-sentabrdan
2,3721
2007-yil 1-noyabrdan
1,2218
1993-yil 1-noyabrdan
1,4398
2007-yil 1-dekabrdan
1,1199
1994-yil 1-yanvardan
1,0785
2008-yil 1-apreldan
1,0000
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 80-modda)