1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
DAVLAT AKSIYALAR PAKETI (ULUSHLARI)NI DAVLAT ISHONCHLI BOSHQARUVGA BERISH BOʻYICHA TANLOVLAR OʻTKAZISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1410-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son va Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlarining ishonchli boshqaruvga berilayotgan davlat aktivlaridan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining qarori bilan tasdiqlangan Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni davlat ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalariga (2004-yil 16-sentabr, roʻyxat raqami 1410 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 416-modda) kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.