1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QO‘MITASI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
So‘nggi yillarda xususiylashtirish shakl va uslublarini takomillashtirish, korxonalarni to‘liq va aksiyalarning davlat paketlarini xususiy mulkka sotish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar iqtisodiyotning amaldagi barcha sohalarida mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirish jarayonlarini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun shart-sharoit yaratdi. Davlat aktivlari va aksiyalar paketlarini nolga teng qiymat bo‘yicha sotish keyingi yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilish amalga oshirildi.
Shu bilan birga, Davlat mulki qo‘mitasi va uning joylardagi organlari faoliyatini jiddiy yaxshilash talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari asosiy e’tiborni mayda, ikkinchi darajali masalalarga qaratib, xususiylashtirishning muhim strategik yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli darajada tashabbuskorlik ko‘rsatmayapti, fond bozorini kengaytirish va qimmatli qog‘ozlar bozori, ayniqsa ikkilamchi bozorni rivojlantirishni faollashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmayapti.
Bozorda monopol mavqega ega bo‘lgan, katta investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar oqimiga, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga ehtiyoj sezayotgan yirik kompaniyalarni xususiylashtirish bo‘yicha yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda. Ko‘plab xolding va aksionerlik kompaniyalarning nizom jamg‘armalarida aksiyalarning davlat paketlari ulushi asossiz ravishda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining xususiylashtirilgan korxonalarda davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha faoliyati qo‘yilgan talablarga mutlaqo javob bermaydi. Davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchilarining ishlari yuzaki tashkil qilingan bo‘lib, amalda “direktorlar korpusi” aksionerlik jamiyatlarini boshqarish tizginini o‘z qo‘llarida ushlab turibdi. Malakaviy talablar va kuzatuv kengashlari ishlarini baholashni tartibga soluvchi me’yoriy bazaning yo‘qligi aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini faol rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish borasida jiddiy kamchiliklar mavjud. Tizim xodimlarini attestatsiya qilish natijalari mutaxassislar, ayniqsa hududiy bo‘linmalar rahbarlarining malakasi pastligini ko‘rsatdi. Bu qo‘mita oldiga qo‘yilgan vazifa va funksiyalar qoniqarsiz bajarilishining asosiy sabablaridan biridir.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada faollashtirish, davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek Davlat mulki qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi rahbariyatining zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
Davlat mulki qo‘mitasi organlari ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishni ta’minlashga doir tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha kompleksi (R. Azimov) tasdiqlangan tadbirlarni belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Qayd etilgan tadbirlar ijrosi natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga muntazam ma’lumot berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda davlat mulki ulushiga ega xo‘jalik yuritish jamiyatlaridagi kuzatuv kengashlari faoliyati, ular tomonidan 2005-yilgi biznes-rejalarning bajarilishini, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan 2006-yilgi biznes-rejalar mavjudligini atroflicha tahlil qilsin.
Biznes-rejalarning asosiy ko‘rsatkichlari bajarilmagan yoki joriy yil uchun samarali biznes-rejalar mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu xo‘jalik yuritish jamiyatlaridagi ishonchli davlat vakillari yoki kompaniyalar boshqaruvchilarini almashtirishni, ijrochi direktorlarni belgilangan tartibda lavozimidan ozod etishni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
a) Vazirlar Mahkamasida har yili tasdiqlanadigan jadval asosida Kuzatuv kengashlari raislari va davlat aktivlariga ega yirik kompaniyalar rahbarlarining kompaniyalarning ahvoli va ularni rivojlantirish to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam tinglashni ta’minlasin va natijalarga ko‘ra ularning ishlarini baholasin, javobgarlikning ma’muriy choralarini qo‘llasin va davlat organlarining Kuzatuv kengashidagi a’zolari hamda kompaniyalar rahbarlarini egallab turgan lavozimidan ozod etsin;
b) bir oy muddatda davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin. Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilsin:
davlat aktivlarini xususiy mulkka sotishni amalga oshirish mexanizmini aniq belgilash;
oldi-sotdi shartnomalari va yangi mulkdorning, jumladan, investitsiya majburiyatlari, korxonaning xususiylashtirishdan keyingi barqaror faoliyat yuritishi, obyektni xarid qilish paytida taqdim etilgan biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarishi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan mas’uliyatini belgilovchi tomonlarning o‘zaro majburiyatlari haqidagi shartnomalar moddalarining aniq mazmun-mohiyatga egaligi;
obyektlar va korxonalarni ular joylashgan yer maydonlari bilan birga xususiylashtirish;
aksiyalarni yangi mulkdorga faqat u qiymatini to‘liq to‘laganidan va investitsiya majburiyatlarini bajarganidan so‘ng mulk qilib berish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:
“Davinkom” davlat investitsiya firmasini tugatish va uning funksiyalarini Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparatining birja va birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalariga va uning hududiy boshqarmalariga berish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tekshirish institutini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish markaziga aylantirish;
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
bir oy muddatda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda hududiy boshqarmalar rahbarlari va mutaxassislarining vazifalarini, xususiylashtirish bo‘yicha hududiy dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, davlat mulki boshqaruvi samaradorligini ta’minlash, investorlar zimmasidagi investitsiya majburiyatlarini bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini aniq belgilashga alohida e’tibor qaratsin;
hay’atning oylik yig‘ilishlarida alohida hududiy boshqarmalar va ularning bo‘limlari rahbarlarining yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlar samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglab borishni amaliyotga joriy etsin, bunda ularga nisbatan qat’iy javobgarlik choralari, shu jumladan egallab turgan vazifasidan ozod etishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-iyundagi 303-sonli “Davinkom” investitsiya firmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va 2003-yil 24-iyuldagi 325-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqqan holda qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 26-aprel,
PQ–335-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 17-son, 140-modda; 2008-y., 39-son, 393-modda, 44-45-son, 440-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2011-y., 22-23-son, 223-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)