1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DAVLAT QOʻMITASI
Qarori
Davlat aksiyalar paketi (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-sentabrda 1410-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli, 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli, 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli qarorlariga muvofiq, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ishonchli boshqaruvga beriladigan davlat ulushlaridan samarali foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi qaror kiladi:
1. Davlat aksiyalar paket (ulushlari)ni ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.