1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 23-OKTYaBRDAGI PF-3931-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-noyabrda 1736-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 20-martdagi 7, 27-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1780, 26.03.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2007-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 19-iyuldagi M-37 va 74-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (2007-yil 23-iyul, roʻyxat raqami 1699 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 29-30-son, 314-modda);
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42 va 97-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish haqida (2007-yil 29-oktabr, roʻyxat raqami 1699-1).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
M-43-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
99-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 5-noyabrdagi M-43, 99-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) eng kam ish haqi — oyiga 18630 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 36900 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 36900 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 22350 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (18630 soʻm x 8 = 149040 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (18630 soʻm)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 36900 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 18630 soʻmdan 67090 soʻm 91 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 61500 soʻm) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 36900 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (149040 soʻm);
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (18630 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yil yilga qadar
776,7870
1994-yil 1-yanvardan
0,9630
1971-yil
757,0230
1994-yil 1-martdan
0,5776
1972-yil
738,2190
1994-yil 1-iyundan
0,3856
1973-yil
714,6060
1994-yil 1-iyuldan
381,6886
1974-yil
666,6690
1994-yil 1-avgustdan
312,8970
1975-yil
652,0396
1994-yil sentyabrdan
272,0190
1976-yil
638,0490
1994-yil 1-noyabrdan
211,0590
1977-yil
620,3400
1995-yil 1-yanvardan
211,0590
1978-yil
599,4826
1995-yil 1-martdan
106,8436
1979-yil
587,6760
1995-yil 1-sentabrdan
82,2676
1980-yil
572,5966
1996-yil 1-yanvardan
82,2676
1981-yil
561,8160
1996-yil 1-apreldan
61,1550
1982-yil
561,7516
1996-yil 1-sentabrdan
42,6750
1983-yil
551,4196
1997-yil 1-yanvardan
42,6750
1984-yil
551,3566
1997-yil 1-iyuldan
29,7120
1985-yil
544,6816
1998-yil 1-yanvardan
29,7120
1986-yil
538,1370
1998-yil 1-iyuldan
21,6270
1987-yil
525,4306
1999-yil 1-yanvardan
17,7120
1988-yil
490,8420
1999-yil 1-avgustdan
13,7970
1989-yil
460,4250
2000-yil 1-avgustdan
8,9850
1990-yil
415,5060
2001-yil 1-avgustdan
6,4186
1991-yil
286,7146
2002-yil 1-apreldan
5,5816
1992-yil 1-yanvardan
84,7710
2002-yil 1-avgustdan
4,8526
1992-yil 1-iyuldan
39,6570
2003-yil 1 maydan
4,0440
1992-yil 1-oktabrdan
19,0606
2004-yil 1-avgustdan
3,1110
1993-yil 1-yanvardan
14,0550
2005-yil 1 maydan
2,5920
1993-yil 1-apreldan
10,0770
2005-yil 1-oktabrdan
2,1600
1993-yil 1-iyundan
4,3006
2006-yil 1-iyuldan
1,8000
1993-yil 1-iyuldan
2,7616
2006-yil 1-noyabrdan
1,5000
1993-yil 1-sentabrdan
2,1180
2007-yil 1-avgustdan
1,2000
1993-yil 1-noyabrdan
1,2856
2007-yil 1-noyabrdan
1,1000
2007-yil 1-dekabrdan
1,0000
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 455-modda)