1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 10 IYuLDAGI PF-3880-SONLI “2007-YILNING 1 AVGUSTIDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 23-iyulda 1699-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 5-noyabrdagi M-43, 99-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” qarori (roʻyxat raqami 1736, 06.11.2007-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2006-yil 26-oktabrdagi M-1 va 93-sonli, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 12-oktabrdagi PF-3808-sonli “2006-yilning 1-noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (2006-yil 27-oktabr, roʻyxat raqami 1632 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 41-son, 410-modda) 2007-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
M-37-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-iyul,
74-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 19-iyuldagi M-37, 74-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) eng kam ish haqi — oyiga 15525 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 30750 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 30750 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 18625 soʻm.
2. 2007-yilning 1-oktabridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (15525 soʻm x 8 = 124200 soʻm).
(2-band Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42, 97-sonli qarori (roʻyxat raqami 1699-1, 29.10.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 447-modda)
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (15525 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 30750 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 15375 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 15525 soʻmdan 55909 soʻm 9 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 51250 soʻm) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 30750 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 15375 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionyerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
2007-yilning 1-oktabridan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (124200 soʻm).
(6-bandning ikkinchi xatboshi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42, 97-sonli qarori (roʻyxat raqami 1699-1, 29.10.2007-y.) tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 44-son, 447-modda)
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (15525 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF-3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga ILOVA
Pensiyalar qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Davrlar
Koeff.
Davrlar
Koeff.
1971-yilga qadar
647,3225
1994-yil 1-yanvardan
0,8025
1971-yil
630,8525
1994-yil 1-martdan
0,4813
1972-yil
615,1825
1994-yil 1-iyundan
0,3213
1973-yil
595,5050
1994-yil 1-iyuldan
318,0738
1974-yil
555,5575
1994-yil 1-avgustdan
260,7475
1975-yil
543,3663
1994-yil sentyabrdan
226,6825
1976-yil
531,7075
1994-yil 1-noyabrdan
175,8825
1977-yil
516,9500
1995-yil 1-yanvardan
175,8825
1978-yil
499,5688
1995-yil 1-martdan
89,0363
1979-yil
489,7300
1995-yil 1-sentabrdan
68,5563
1980-yil
477,1638
1996-yil 1-yanvardan
68,5563
1981-yil
468,1800
1996-yil 1-apreldan
50,9625
1982-yil
468,1263
1996-yil 1-sentabrdan
35,5625
1983-yil
459,5163
1997-yil 1-yanvardan
35,5625
1984-yil
459,4638
1997-yil 1-iyuldan
24,7600
1985-yil
453,9013
1998 yil 1-yanvardan
24,7600
1986-yil
448,4475
1998-yil 1-iyuldan
18,0225
1987-yil
437,8588
1999yil 1-yanvardan
14,7600
1988-yil
409,0350
1999-yil 1-avgustdan
11,4975
1989-yil
383,6875
2000-yil 1-avgustdan
7,4875
1990-yil
346,2550
2001-yil 1-avgustdan
5,3488
1991-yil
238,9288
2002-yil 1-apreldan
4,6513
1992-yil 1-yanvardan
70,6425
2002-yil 1-avgustdan
4,0438
1992-yil 1-iyuldan
33,0475
2003-yil 1-maydan
3,3700
1992-yil 1-oktabrdan
15,8838
2004-yil 1-avgustdan
2,5925
1993-yil 1-yanvardan
11,7125
2005-yil 1-maydan
2,1600
1993-yil 1-apreldan
8,3975
2005-yil 1-oktabrdan
1,8000
1993-yil 1-iyundan
3,5838
2006-yil 1-iyuldan
1,5000
1993-yil 1-iyuldan
2,3013
2006-yil 1-noyabrdan
1,2500
1993-yil 1-sentabrdan
1,7650
2007-yil 1-avgustdan
1,0000
1993-yil 1-noyabrdan
1,0713
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 314-modda; 44-son, 447-modda)