Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarini (OʻzR AQ-91) tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 29-sentabrda 1723-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olib buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan vaqtdan boshlab Davavianazorat boshligʻining 2000-yil 18-oktabrdagi 170-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qilish qoidalari”ni (FEAPQ-2000) tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 12-sentabr,
141-son
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya
qoidalari (OʻzR AQ-91)
(qoida nomi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, Xalqaro standartlarga (Xalqaro FAsi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga 2, 6-ilovalar, 1944-y.) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvoz qilish aviatsiya qoidalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
I. Mazkur qoidalarda qoʻllaniladigan taʼriflar, qisqartirishlar
1-§. Atamalar
Absolyut balandlik — oʻrtacha dengiz sathidan (MSL) maʼlum bir nuqta sifatida olingan obyekt yoki nuqta sathigacha boʻlgan vertikal masofa.
Aviakompaniya, aviakorxona — muntazam xalqaro havo qatnovlarni amalga oshiruvchi yoki shu sohada oʻz xizmatlarini taklif etuvchi har qanday aviatransport korxonasi.
Aviatsiya xavfsizligi — fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi, shuningdek jalb qilinadigan inson va moddiy resurslar.
(1-paragrafning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Noqonuniy aralashish harakatlari — fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar yoki harakatlarni sodir etishga urinishlar boʻlib, ushbu harakatlar bilan cheklanmagan holda quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
havo kemalarini qoʻlga olish;
ekspluatatsiyada boʻlgan havo kemasini ishdan chiqarish;
havo kemasida yoki aerodrom hududida odamlarni garovga olish;
havo kemasi bortiga, aeroportga yoxud aeronavigatsiya vositalari yoki xizmati joylashgan joyga zoʻravonlik bilan kirish;
havo kemasi bortiga yoki aeroport hududiga jinoiy maqsadlarda ishlatish uchun moʻljallangan qurol, xavfli moslamalar yoki materiallarni olib kirish yoki joylashtirishga urinish;
oʻldirish, jiddiy shikast yetkazish, atrof-muhitga yoki mulkka jiddiy zarar yetkazish maqsadida ekspluatatsiyada boʻlgan havo kemasidan foydalanish;
havo kemasining detallari va komponentlarini ishdan chiqarishga qaratilgan, halokatga olib kelishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat, qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik;
parvozdagi yoki yerdagi havo kemasini, yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, fuqaro aviatsiyasi xodimlarini, aeroportdagi jamoatchilikni, fuqaro aviatsiyasi inshootlari yoki xizmatlarining joylashgan joylari xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyadigan notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlarni yetkazish.
(1-paragrafning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Aviatsiya hodisasi — havo kemasidan foydalanish, unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq yoki har qanday bosqichda parvozni taʼminlash va amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday hodisa.
Avariya holati — bu:
a) ekipajga nisbatan psixofiziologik bosimning sezilarli darajada oshib ketishi;
b) havo kemasi (parvoz xarakteristikasi) chidamliligi va boshqaruvining sezilarli darajada yomonlashuvi bilan ifodalanadigan eng soʻnggi cheklovlarga erishilishiga (oshib ketishiga) va/yoki hisobga olingan vaziyatlarga olib keladigan alohida holatdir.
Tijorat aviatsiyasi — yoʻlovchilarni, yuklarni, pochtani (haq evaziga yoki yollab) tijorat maqsadlarida havoda tashish, shuningdek maxsus aviatsiya ishlarini bajarish bilan bogʻliq parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemalari.
Umumiy maqsadlardagi aviatsiya — tijorat maqsadlarida havoda tashish va maxsus aviatsiya ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan parvozlarni amalga oshiruvchi fuqaro havo kemalari.
Avariya xabari; avariya xizmati — tegishli tashkilotlarni qidiruv-qutqaruv xizmati yordamiga va shunday tashkilotlarga kerakli yordam koʻrsatishga muhtoj havo kemalari haqida ogohlantirish taqdim etish xizmati.
Aerodrom (gidroaerodrom) — yuzasi toʻliq yoki qisman havo kemalarining qabul qilib olinishi, joʻnatilishi va harakatlanishi uchun moʻljallangan yer yoki suv yuzasidagi maʼlum bir hudud (har qanday bino, inshoot va uskunalar bilan birgalikda).
Baza aerodromi — havo kemalarini asosiy turish joyi boʻlgan va buning uchun zarur inshootlarga ega boʻlgan aerodrom.
Vaqtinchalik aerodrom — yilning maʼlum bir davri mobaynida havo kemalarining parvozini taʼminlash uchun moʻljallangan, statsionar inshoot va uskunalarga ega boʻlmagan, ammo belgilagan tartibda hisobga olinadigan aerodrom.
Togʻ aerodromi — aerodrom nazorat nuqtasidan 25 km (14 d.mili) radiusda 500 metr (1650 fut) va undan ortiq balandliklarga ega boʻlgan notekis relyefda joylashgan aerodrom, shuningdek dengiz sathidan 1000 metr (3300 fut) va undan ortiq balandlikda joylashgan aerodrom.
(1-paragrafning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Belgilangan aerodrom — parvoz rejasida va parvoz uchun topshiriq (vazifalar) koʻzda tutilgan qoʻnib oʻtish aerodromi sifatida koʻrsatilgan aerodrom.
Aerodromda parvoz qilish doirasi (koʻtarilish va qoʻnish hududida parvoz qilish sxemasi) — koʻtarilish, qoʻnishga kirish uchun pasayish, qoʻnishni kutish, aerodrom ustida parvoz qilish uchun aerodrom hududida belgilangan parvoz yoʻnalishi.
Aerodromda harakatlanish — aerodromning manevr qilish maydonidagi barcha harakatlar, shuningdek barcha havo kemalarining aerodrom hududidagi harakati. Havo kemalarining aerodrom hududidagi harakati deganda havo kemasining aerodromda parvoz qilish doirasidagi harakati tushuniladi.
Aerodrom dispetcherlik punkti — aerodromdagi harakatni dispetcherlik xizmati bilan taʼminlash uchun moʻljallangan organ.
Aerodrom dispetcherlik xizmati — aerodromdagi harakatlarga dispetcherlik xizmatini koʻrsatish.
Aeronavigatsiya maʼlumoti — aeronavigatsiya maʼlumotlarini saralash, tahlil etish va formatlash natijasida olingan maʼlumot.
Aeronavigatsiya yoqilgʻi zaxirasi — belgilangan yoʻnalishga rioya qilmaslik, shamol tezligining kuchayishi, zaxiradagi aerodromga yuborish va boshqa vaziyatlar tufayli parvoz rejasi oʻzgargan hollarda kerak boʻladigan, uchish aerodromidan qoʻnish aerodromigacha hisoblangan yoqilgʻidan ortiq zaxira yoqilgʻi miqdori.
Aeroport — havo kemalarini qabul qilib olish, joʻnatish va havodagi tashishga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan, ushbu maqsadlar uchun aerodrom, aerovokzal va boshqa yer usti inshootlariga va kerakli uskunalarga ega boʻlgan inshootlar kompleksi.
Bagaj — ekspluatant bilan kelishuvga binoan havo kemasi bortida tashiladigan yoʻlovchilarning va ekipajning shaxsiy buyumlari.
Barometrik balandlik — standart atmosfera boʻyicha ushbu bosimga mos aks ettirilgan absolyut balandlik oʻlchamlaridagi atmosfera bosimi.
Xavfsiz ilojsiz qoʻnish — amalga oshirilishi natijasida HK (samolyot/vertolyot)dagi yoki yuzadagi shaxslarga ziyon yetmasligini taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgandagi ilojsiz qoʻnish yoki avariya qoʻnishi.
Xavfsiz balandlik — havo kemasi yer (suv) yuzasi yoki undagi toʻsiqlar bilan toʻqnashib ketmasligidan kafolatlangan parvozning minimal ruxsat etiladigan balandligi.
Parvozlar xavfsizligi — parvozlarni insonlarning hayoti va sogʻligʻi uchun tahdid solmaydigan qilib bajarish imkoniyatiga ega ekanligini anglatuvchi havo transportining va aviatsiya ishlarining majmui.
Silkinish — uyurmaviy atmosferada parvoz vaqtida havo kemasining betartib koʻchishi (kuchsiz silkinish — yuklanish ±1,0g gacha boʻlganda, kuchli — ±1,0g va undan ortiq boʻlganda, qoʻnish konfiguratsiyasida kuchsizida yuklanish — ±0,3-0,4g, kuchligida — ±0,4g dan ortiq).
Bort uskunalari — havo transporti bortida parvozlar vaqtida foydalanish uchun moʻljallangan predmetlar, shu jumladan, birinchi yordam koʻrsatish vositalari va avariya-qutqaruv uskunalari, bort jihozlar va koʻchma ehtiyot qismlar bundan mustasno.
Bort jihozlar — parvoz chogʻida havo kemasi bortida foydalanish yoki sotish uchun moʻljallangan, isteʼmolga tayyor predmetlar, shu jumladan bort oziq-ovqatlari.
Bort oʻzi yozish qurilmasi — aviatsiya hodisasini tekshirishni amalga oshirish uchun qoʻshimcha manba sifatida havo kemasi bortiga oʻrnatiladigan har qanday oʻzi yozadigan uskuna.
Boshqarilmaydigan uchuvchisiz aerostat — erkin parvoz etadigan, kuchli qurilmaga ega boʻlmagan, uchuvchisiz boʻlgan havo kemasi (gaz balloni).
Katta samolyot — maksimal sertifikatlangan uchish massasi 5700 kg.dan yuqori boʻlgan samolyot.
Samolyot — havodan ogʻir havo kemasi boʻlib, kuch qurilmasi orqali harakatga keltiriladi va uning parvozdagi koʻtarish kuchi parvozning ushbu sharoitlarida harakatsiz qoladigan yuzalarda asosan aerodinamik reaksiyalar hisobiga paydo boʻladi.
(I bobning 1-paragrafi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) asosan qirq beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
Vertolyot — havodan ogʻir havo kemasi boʻlib, vertikal holatda joylashgan oʻqlar atrofida dvigatel yordamida aylanadigan bitta yoki bir nechta asosiy vintning havo bilan reaksiyalari hisobiga parvoz taʼminlanadi.
(1-paragrafining qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
Vertodrom — toʻliq yoki qisman vertolyotlarning kelishi, joʻnatilishi va harakatlanishi uchun moʻljallangan aerodrom yoki inshoot yuzasidagi maʼlum bir belgilangan hudud yuzasi.
Samolyotning koʻtarilishi — parvozning samolyotning yurishidan boshlab yerdan uzilishigacha oʻzida qamrab olib, parvoz qilish konfiguratsiyasiga oʻtish bilan tugaydigan bosqichi.
Koʻtarilish masofasi — HK start nuqtasidan boshlab gorizontal yoʻnalishda start nuqtasi sathidan 10,7 metr (35 fut) balandlikka koʻtarilguncha bosib oʻtgan masofa.
(1-paragrafning qirq sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Vektorlash — HHFB (HHB) bilan kelishilgan holda radiolokatsion nazorat ostida maʼlum kursni (dispetcher tomonidan beriladigan trayektoriyalar) koʻrsatish orqali belgilanadigan yoʻnalish.
Qoʻnishga vizual kirish (1, 2 va 3-klass HK uchun) — uskunalar boʻyicha qoʻnishga oʻtish tugamay turib qoʻnishga kirish UQY va uning moʻljallari bilan vizual kontaktda davom etishi.
Parallel UQYga qoʻnishga vizual kirish (Side step approach) — Parallel UQ oʻqlari orasidagi masofa 300 m.dan kam boʻlmagan sharoitda parallel UQYga uskunalar boʻyicha qoʻnishga oʻtishni tugallash uchun bajariladigan vizual manevr.
Vizual parvoz — HKning fazodagi holati va joylashish oʻrni gorizont va yerusti moʻljallari hamda boshqa HK, obyektlar va toʻsiqlar bilan gorizontal va vertikal boʻyicha oʻzaro joylashishi ekipaj tomonidan vizual amalga oshiriladigan parvoz.
Vizual meteorologik sharoitlar — oʻrnatilgan minimumlarga mos keladigan yoki ulardan ortadigan, koʻrish uzoqligi oʻlchovlarida ifodalangan, bulutlargacha boʻlgan va bulutlarning pastki chegarasi balandligigacha boʻlgan oraliqdagi masofa.
Uchish-qoʻnish yoʻlagi — havo kemalarining qoʻnishi va uchishi uchun moʻljallangan, quruqlikdagi aerodromning maʼlum bir toʻgʻri burchakli qismi.
Koʻrish imkoniyati — atmosfera shartlari bilan aniqlanadigan va masofa birliklari bilan ifodalanadigan, chiroqlar yordamida yoritilmagan, sezilarli darajadagi obyektlarni kunduzi hamda chiroqlar yordamida yoritilgan, sezilarli obyektlarni kechasi koʻrish va aniqlash imkoniyati.
Parvozdagi koʻrish imkoniyati — parvoz yoʻnaltirilgan tarafning havo kemasi uchuvchi kabinasidan turib koʻrinishi.
Yerdagi koʻrish imkoniyati — vakolatli kuzatuvchi tomonidan maʼlum qilinadigan aerodromdagi koʻrish imkoniyati.
Vertikal koʻrish imkoniyati — yer yuzasidan vertikal holatda pastda, yer yuzasidagi obyektlar koʻrinarli boʻladigan maʼlum bir joygacha boʻlgan maksimal masofa.
UQYda koʻrish imkoniyati (UQYda koʻrish imkoniyati uzoqligi) (RVR) — UQY oʻq chizigʻida turgan havo kemasi kabinasidan UQY sathidagi markirovka belgilari yoxud UQY chegaralarini yoki oʻq chizigʻini belgilovchi chiroqlar koʻrinadigan masofa.
Qoʻnishdagi koʻrish imkoniyati — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrish moʻljallarining (yerdagi moʻljallar) qoʻnayotganda havo kemasi kabinasidan koʻrinishi.
Samoviy holat — samoviy hududning maʼlum bir hududida bir vaqtning oʻzida havo kemalari va boshqa obyektlarning gorizontal va vertikal oʻzaro joylashuvi (havo trassasida, MHY, ulardan tashqari yoʻnalishda, aerodrom hududida, aviatsiya ishlari hududida).
Samoviy harakatga xizmat koʻrsatish samoviy hududi — parvozlarning aniq bir koʻrinishi amalga oshiriladigan va buning uchun havodagi harakatlarga xizmat koʻrsatish va parvoz qoidalari belgilab qoʻyilgan, maʼlum bir hajmdagi, harf bilan belgilab qoʻyilgan havo hududi. Samoviy harakatga xizmat koʻrsatish samoviy hududi havo hududi A-G klassdagi AQSlarga boʻlinadi.
Havo trassasi — nazorat ostidagi yoʻlak koʻrinishidagi havo hududi (yoki uning qismi).
Havodagi harakat — parvozdagi yoki aerodrom manevr maydonida harakatlanayotgan barcha havo kemalari.
Havo kemasi — atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro taʼsiri hisobiga ushlab turiladigan har qanday uchish apparati, yer yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsir bundan mustasno. Ushbu qoidalarda, agar maʼlum bir havo kemasi turi koʻrsatilmagan boʻlsa, “Havo kemasi” tushunchasi ham “samolyot”, ham “vertolyot”ni anglatadi.
(1-paragrafining oltmish oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
Halokatga uchragan havo kemasi — qulashi chogʻida jiddiy shikastlangan yoki butunlay buzilib ketgan, shuningdek aerodromdan tashqarida (aerodromdan boshqa joyda) ilojsiz qoʻngan havo kemasi.
Halokatga uchrayotgan havo kemasi — havo kemasining oʻziga yoki uning bortidagi odamlarga bevosita xavf solib turgan tahdidni ekipaj oʻzining harakatlari bilan bartaraf etishi mumkin boʻlmagan sharoitda qolgan havo kemasi.
Sharqiy ishlab chiqarish havo kemalari — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan havo kemalari.
Gʻarbiy ishlab chiqarish havo kemalari — Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan havo kemalari. gʻarbiy ishlab chiqarish havo kemalarining HK PFQ va ekspluatatsiya boʻyicha texnik hujjatlari qoida tariqasida ingliz tilida nashr etilgan boʻladi, ekipajining minimal tarkibi — ikkita uchuvchidan iborat.
Samolyotning parvozi vaqti — samolyotning uchish chogʻidagi harakatlanishi yoki joriy startda toʻxtovsiz uchishda dvigatellar ishlash tartibining ortishidan boshlanadigan hamda qoʻnishdagi yurib borish toʻxtagunicha boʻlgan muddat.
Vertolyotning parvoz vaqti — vertolyotning koʻtarilishda yurishi boshlanishidan (vertikal koʻtarilishda “Shag-gaz” olinishi boshlangan vaqtdan) qoʻnganda yurishi toʻxtaguncha (vertikal qoʻnishda “Shag-gaz” qoʻyilguncha) oʻtgan vaqt.
Yukni tushirish — havo kemasi yerga qoʻnganidan soʻng uning bortidan yuklarni, pochtani, bagajni va bort zaxirasini tushirilishi, aynan shu toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnalish yana davom etuvchi yuklar, pochta, bagaj va bort zaxirasi bundan mustasno.
Havo kemasidan tushirish — havo kemasi qoʻnganidan keyin aynan shu toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnalish boʻyicha harakatlanuvchi ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilardan boshqa barcha shaxslar uni tark etishi.
Majburiy qoʻnish — rejaga asosan parvozni amalga oshirishga imkoniyat bermaydigan sabablarga koʻra aerodromga yoki aerodromdan boshqa joyga qoʻnish.
Bulutlar quyi chegarasining balandligi — osmonning yarmidan ziyod qismini qoplab olgan va 6000 metr (20000 futdan) past boʻlmagan balandlikda joylashgan, eng quyidagi bulutlar qatlamining quyi chegarasi bilan yer yoki suv yuzasi oraligʻidagi vertikal masofa. Bulutlarning quyi chegarasini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda vertikal koʻrish imkoniyatlariga rioya qilish zarur.
Absolyut oʻtish balandligi — havo kemasining ayni bir vertikal tekislik yoki undan pastroq boʻlgan balandlikdagi holatini absolyut balandlik qiymatlarida ifodalaydigan absolyut balandlik.
(1-paragrafning yetmish yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Qaror qabul qilish balandligi (QQB, DA/DH) — qoʻnishga qatʼiy kirish yoki, havo kemasi sardori qoʻnishga kirishni davom ettirish uchun zarur boʻlgan moʻljallar bilan vizual kontaktga erishmaganligi sababli, yoxud havo kemasining fazodagi holati tufayli uning harakati parametrlari xavfsiz qoʻnishni taʼminlamasa, ikkinchi aylanaga kirish uchun belgilangan absolyut yoki nisbiy balandlik.
Qoʻnishga kirishni vizual toʻxtatish balandligi — havo kemasining fazodagi holati yoki uning harakat parametrlari xavfsiz qoʻnishni taʼminlamaydigan hollarda ikkinchi aylanaga kirish uchun qoʻnishga vizual kirish sxemasida koʻrsatilgan balandlik. QKVTB har qanday holatda UQYda belgilangan, ikkinchi aylanaga kirish balandligidan pastda boʻlishi mumkin emas.
Davlat aviatsiyasi — Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yurituvida boʻlgan aviatsiya.
(1-paragrafning saksoninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Roʻyxatga oluvchi davlat — havo kemasi reyestriga kiritilgan davlat.
Ekspluatant davlat — ekspluatantning asosiy faoliyat joyi joylashgan, agar ekspluatant bunday joyga ega boʻlmasa, ekspluatant doimiy keladigan davlat.
Yuk — havo kemasi bortida tashilayotgan har qanday mulk, pochta, bort zaxira va kuzatib boriladigan yoki notoʻgʻri joʻnatilgan bagaj bundan mustasno.
Aholisi zich hudud — shaharga yoki aholi punktiga nisbatan qoʻllanadi —istiqomat qilish, tijorat faoliyati yuritish yoki dam olish uchun foydalaniladigan har qanday hudud.
Standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimi (QNN) — barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasida oʻrnatilganda aerodromning (punktning) barometrik balandligi uning absolyut balandligi bilan mos keladigan atmosfera bosimi.
(1-paragrafning sakson oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Kirib kelish dispetcherlik punkti (KDP) — bir yoki bir nechta aerodromlarga keluvchi yoki ulardan uchib ketuvchi nazorat qilinuvchi parvozlarga dispetcherlik xizmatini koʻrsatish uchun moʻljallangan organ.
Dispetcherlik hududi — yer yuzasi ustidan belgilangan chegaradan yuqoriga qarab choʻzilib, nazorat qilinadigan havo hududi.
Havo harakatlariga dispetcherlik xizmati koʻrsatilishi — samoviy harakatni boshqarish. Samoviy harakatni boshqarish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) toʻqnashuvlar sodir boʻlishini oldini olish:
havo kemalari oʻrtasida;
samoviy harakatlanishni tartibga solish va tezlashtirish;
b) samoviy harakatlanishni tartibga solish va tezlashtirish.
Dispetcherlik maʼlumoti — dispetcherlik xizmatini koʻrsatuvchi organ tomonidan HK ekipajiga meteorologik sharoitlar, samoviy holat, radiotexnika uskunalarning ishlashi, aerodromning ahvoli va parvozni amalga oshirish uchun kerakli boshqa maʼlumotlarning uzatilishi.
Dispetcherlik hududi — yer yuzasidan yuqoriga qarab, belgilangan yuqori chegaralargacha choʻzilib yotgan, nazorat qilinadigan havo hududi.
Uchib kelishga dispetcherlik xizmati koʻrsatilishi — uchib kelayotgan yoki uchib ketadigan, nazorat qilinuvchi havo kemalariga dispetcherlik xizmatini koʻrsatish.
Kun — quyosh chiqishidan quyosh botgunicha boʻlgan davr (sutkaning qismi).
Yuk ortish maydonchasi — aerodromdagi yoki qoʻnish maydonidagi havo kemalariga yuk ortish yoki tushirish uchun, shuningdek yuklarni tashqi ilgichlarga ilish yoki ilgichlardan tushirish uchun maxsus moslashtirilgan yer uchastkasi. Yuk ortish maydonchasi mazkur havo kemasining HK PFQlarida va mazkur aviatsiya ishlari texnologiyasida koʻrsatib oʻtilgan talablarga javob berishi shart.
Parvozga topshiriq — havo kemasi, ekipaji va parvozning maqsadi toʻgʻrisida lozim boʻlgan maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi, belgilangan shakldagi hujjat.
Zaxira aerodromi — HKning texnik tasnifiga va foydalanishning har qanday vaqtida ish holatida boʻladigan, xizmat koʻrsatishning muhim turlari va vositalarini oʻz ichiga olgan, moʻljallangan aerodromgacha uchib borish imkoni boʻlmasa yoki maqsadga muvofiq boʻlmasa yoxud unda qoʻnish imkoni boʻlmasa HK uchib borishi mumkin boʻlgan aerodrom.
Zaxira aerodromlariga quyidagilar taalluqli boʻladi:
uchishdagi zaxira aerodromi — HK uchib chiqqanidan soʻng bunga zarurat tugʻiladigan boʻlsa, HK uchib chiqqan aerodromga qaytib qoʻnishning iloji boʻlmasa HK qoʻnishni amalga oshirishi mumkin boʻladigan zaxira aerodromi;
yoʻnalishdagi zaxira aerodromi — yoʻnalish boʻyicha parvozi chogʻida bunga zarurat tugʻilganida HK qoʻnishni amalga oshirishi mumkin boʻlgan aerodrom;
nazarda tutilgan joydagi zaxira aerodromi — belgilangan aerodromda qoʻnishni amalga oshirishning iloji boʻlmaganda yoki bu maqsadga muvofiq boʻlmaganda HK qoʻnishi mumkin boʻladigan aerodrom.
(1-paragrafning yuzinchi — bir yuz toʻrtinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Zaxira aerodromiga ketish mumkin boʻlgan maksimal vaqt — yoʻnalishdagi qandaydir nuqtadan yoʻnalishdagi zaxira aerodromigacha uchish vaqti bilan ifodalangan maksimal masofa.
(1-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan bir yuz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Zaxira vertodrom — agar dastlab nazarda tutilgan vertodromda qoʻnishni amalga oshirish maqsadga nomuvofiq boʻlgan holda vertolyot uchib borishi mumkin boʻlgan, rejada koʻrsatilgan vertodrom.
Uchish amalga oshirilgan vertodrom zaxira vertodrom boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Qoʻnishga kirish — parvozning parvoz konfiguratsiyasi balandligidan qoʻnishga kirish konfiguratsiyasining UQY sathidan 15 metr (50 fut) (kirish tezligi 200 km/soat (110 uz) boʻlgan samolyotlar uchun 9 metr (30 fut)) gacha boʻlgan bosqichi.
(1-paragrafning bir yuz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Uskunalar boʻyicha qoʻnishga kirish — UPQ, oʻrnatilgan sxema boʻyicha, SQB dispetcheri boshqaruvi va nazorati ostida radio texnika vositalari (RTV)dan foydalanib bajariladigan kirish.
Vizual parvoz qoidalari (VPQ) boʻyicha qoʻnishga kirish — parvozning VPQ qoidalariga rioya qilgan holda belgilangan VPQ minimumlarida vizual bajariladigan bosqichi.
Koʻtarilish va qoʻnish hududi — aerodrom sathidan aeronavigatsiya axborotlari toʻplamida (AIP) va (yoki) aerodrom hududida parvozni amalga oshirish yoʻriqnomasida belgilangan balandlikkacha boʻlgan hamda havo kemalarining koʻtarilish va qoʻnishda manyovr qilishini taʼminlaydigan yondosh hududlarni oʻz ichiga olgan havo hududi.
(1-paragrafning bir yuz oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Kutish hududi — havo kemalari keyingi dispetcherlik ruxsatlarini kutishi uchun qoida tariqasida, aerodrom (aerouzel) RNN ustida belgilangan, maʼlum bir hajmdagi havo hududi.
Qoʻnishga kirishning soʻnggi bosqichi va koʻtarilish hududi (FATO) — qoʻnishga kirish manevrining muallaq osilish yoki qoʻnishgacha boʻlgan soʻnggi bosqichi va koʻtarilish manevri boshlanishi belgilangan hudud. FATO 1-klassli uchish-texnik xarakteristikalariga ega vertolyotlar tomonidan foydalanilishi lozim boʻlgan hollarda bu belgilangan hudud uzilgan parvoz hududini oʻz ichiga oladi.
Yerga tegish va yerdan uzilish hududi (TLOF) — vertolyot qoʻnish yoki yerdan uzilishni bajarishi mumkin boʻlgan yuklanishni koʻtaruvchi maydoncha.
Taqiqlangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan, uning chegaralarida havo kemalarining parvozlarni amalga oshirishi taqiqlangan havo hududi.
Aerodromning harakatlanish hududi — aerodromda harakatlanish xavfsizligini taʼminlash uchun aerodrom atrofida belgilangan hajmlarda ajratilgan havo hududi.
Parvozlarni amalga oshirishi cheklangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan, uning chegaralarida havo kemalarining parvozlarni amalga oshirishi maʼlum shartlar bilan cheklangan havo hududi.
Oʻtish hududi — mahalliy havo yoʻli hududidagi havo hududi hamda uchish va qoʻnish hududidan tashqari, aerodrom (aerouzel) doirasidagi havo hududi.
Samoviy harakatni boshqarish hududi — samoviy harakatni boshqarish organi oʻz funksiyalarini amalga oshiradigan, belgilangan hajmdagi havo hududi.
Samoviy harakatlanishning intensivligi — bir vaqt birligida samoviy harakatni boshqarish hududidan (havo hududi sektori, trassasi, mahalliy havo yoʻli, trassa qismi (uchastkasi), aerodrom hududi) oʻtib ketadigan havo kemalari miqdori.
Harakat toʻgʻrisida maʼlumot — samoviy harakatni boshqarish organlarining uchuvchilarga ularning toʻqnashib ketishlarini oldini olishi uchun yordam beruvchi, boshqa maʼlum va kuzatuvdagi havo kemalari toʻgʻrisida maʼlumot.
Holat — aviatsiya hodisasidan tashqari, havo kemasidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan, havo kemasidan foydalanishga taʼsir koʻrsatuvchi yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday hodisa.
Katastpofik vaziyat — uning yuzaga kelishida insonlar halok boʻlishining oldini olish amalda mumkin boʻlmay qoladigan alohida vaziyat.
HK parvozining tasniflanish tezligi — sertifikatlangan maksimal qoʻnish massasida qoʻnish konfiguratsiyasida erkin tushish parvozi vaqtidagi tezlikdan 1, 3-marta katta tezlik.
Havo kemasi komandiri — ekspluatant tomonidan yoki umumiy foydalanishidagi aviatsiyada havo kemasi egasi tomonidan komandir vazifasini bajarish va parvozning xavfsiz bajarilishiga javobgar etib tayinlangan uchuvchi.
Tijorat parvozlari (havodagi tijorat tashish) — yollash yoki toʻlov evaziga yoʻlovchilarni, yukni yoki pochtani tashish uchun havo kemasining parvozi.
Kompensatsiyalovchi yoqilgʻi zaxirasi — meteo sharoitlar prognozi va yoqilgʻi-oʻlchov tizimi xatoliklari, shuningdek, yoqilgʻining haqiqiy sarf qilinishi hisoblanganidan farq qilgan taqdirda yoqilgʻi toʻldirish va hisob-kitoblardagi ehtimoliy noaniqliklarni kompensatsiyalash uchun moʻljallangan yoqilgʻining tarkibiy qismi.
Nazorat qilinuvchi hudud — uchish maydonining uchish-qoʻnish yoʻlagi, uchish yoʻlkasining (polosa) rejalashtirilgan qismi, tormozlanishning yakuniy yoʻlkasi (polosa) va erkin hududni oʻz ichiga oluvchi qismi.
Aerodromning nazorat nuqtasi — aerodromning geografik joylashuvini anglatuvchi shartli nuqta.
Nazorat punkti (moʻljal) — havo kemasining joylashgan oʻrni unga nisbatan maʼlum qilinishi lozim boʻlgan, maʼlum bir geografik moʻljal.
Nazorat balandligi — oʻtish eshelonida bosim aerodrom bosimiga oʻtkazilganida yoki dengiz sathi darajasiga keltirilgan minimal bosimga oʻtkazilganida havo kemasining balandlik oʻlchagichi shkalasi koʻrsatishi lozim boʻlgan balandlik. Nazorat balandligi aeroportning shturmanlik xizmati hisoblanadi, qoʻnishga kirishdan oldin eshelondan pastlash parvozida HK bortiga uzatiladi (nazorat balandligi darajasi HK ekipajiga togʻli aerodromga qoʻnish vaqtida uzatiladi).
Nazorat qilinadigan parvoz — dispetcherlik ruxsati mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladigan har qanday parvoz.
Konsultativ samoviy hududi — chegaralari doirasida samoviy harakatlarga konsultativ xizmat koʻrsatiladigan, maʼlum belgilangan yoʻnalish yoki maʼlum bir hajmdagi havo hududi.
Samoviy harakatga konsultativ xizmat koʻrsatish — konsultativ havo hududida uskunalar boʻyicha parvoz qoidalari boʻyicha parvozlar rejasi boʻyicha parvozlar bajarayotgan havo kemalarining optimal eshelonlashishini taʼminlash maqsadida koʻrsatiladigan xizmat.
Konsultativ yoʻnalish — samoviy harakatga konsultativ xizmat koʻrsatiladigan belgilangan yoʻnalish.
Nazorat qilinadigan samoviy hudud — havo hududining havo hududining tasniflanganligiga mos ravishda dispetcherlik xizmati bilan taʼminlangan maʼlum bir qismi. Nazorat qilinadigan havo hududi — A, V, S, D va E klasslardagi samoviy harakatga xizmat koʻrsatadigan havo hududini anglatuvchi umumiy atama.
Nazorat qilinuvchi aerodrom — aerodromdagi harakatlar dispetcherlik xizmati bilan taʼminlangan aerodrom. “Nazorat qilinuvchi aerodrom” atamasi mazkur aerodromdagi harakatlar dispetcherlik xizmati bilan taʼminlanganligini anglatadi, ammo dispetcherlik hududi mavjud boʻlishi shartligini anglatmaydi.
Yoʻnalish — havo kemasi boʻylama oʻqining shimoliy yoʻnalishdan (haqiqiy, magnit, kompas yoki shartli meridian), darajalarda oʻlchanadigan burchakka farqlanuvchi yoʻnalishi.
Yoʻl chizigʻi — istalgan nuqtadagi yoʻnalishi shimoliy yoʻnalishdan (haqiqiy, magnit, kompas yoki shartli meridian), darajalarda oʻlchanadigan burchak bilan ifodalanuvchi havo kemasi parvozi trayektoriyasining yer sathiga proyeksiyasi.
Havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi — havo kemasi, uning tizimlari va uskunalarining uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanmada nazarda tutilgan, ekipaj tomonidan parvoz vazifasini bajarishda amalga oshiriladigan, dvigatellarning yoqilishidan to uchirilgunicha boʻlgan ishlar majmuasi.
Ekipajning uchish tarkibi — parvozlarda havo kemasining mazkur turi va/yoki uning uskunasini ekspluatatsiya qilishga huquq beruvchi maxsus guvohnomaga va tayyorgarlikka ega ekipaj aʼzolari.
Uchish maydoni — aerodromning erkin hudud, burilish yoʻlakchasi, perronlar, toʻxtash joylari va alohida maqsadlar uchun maxsus ajratilgan maydoniga ega bir yoki bir nechta yoʻlkalar joylashgan qismi.
Uchish yoʻlagi — aerodromning uchish-qoʻnish yoʻlagini va agar ular nazarda tutilgan boʻlsa, havo kemalarining uchishi va qoʻnishini, UQY tashqarisiga chiqib ketgan havo kemalari shikastlanishi xavfini kamaytirishni, uchish va qoʻnish vaqtida uning ustidan uchib oʻtib ketayotgan havo kemalarining xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan, yakuniy tormozlanish yoʻlkalarini oʻz ichiga oluvchi qismi. Uchish yoʻlagining oʻlchami har bir aerodrom uchun ushbu aerodromdagi parvozlarni amalga oshirish yoʻriqnomasida belgilab qoʻyiladi.
Xalqaro aeroport — davlat tomonidan oʻzining hududida xalqaro samoviy tashishni amalga oshiruvchi havo kemalarni qabul qilish va joʻnatish uchun ajratilgan, bojxona, immigratsiya, sanitariya, karantin (hayvonlar va oʻsimliklar tashilganda) va boshqa shunga oʻxshash tartibotlar amalga oshiriladigan har qanday aeroport.
Meteorologiya maʼlumoti — haqiqiy va kutilayotgan meteorologik vaziyatga aloqador meteorologik maʼlumot, tahlil, prognoz va boshqa har qanday xabar.
Belgilangan chegara — havo hududida havo trassasiga, mahalliy havo yoʻli, koridor, parvoz yoʻnalishiga perpendikulyar joylashgan, oʻrni burchak va uzoqlik oʻlchanuvchi radionavigatsiya RNNdan yoki alohida uzatish radiostansiyasidan oʻrnatilish joyi, marker mayogʻidan aniqlanadigan veptikal tekislik. Bu tekislikni uchib oʻtgach, xavfsiz balandlikdan (eshelondan) past boʻlmagan havo kemasi harakatini tashkil qilish dispetcheriga qoʻnishga kirish uchun pastlashishga ruxsat berishga, ekipajga pastlashishga huquq beriladi.
Samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishi — samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadlarida harakat oqimini yoʻnaltirish uchun moʻljallangan, belgilangan yoʻnalish. “Samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatishning yoʻnalishi” atamasi tegishli holatlarda havo trassasini, konsultativ yoʻnalishni, nazorat qilinadigan yoki nazorat qilinmaydigan yoʻnalishni, uchib kelish yoki uchib ketish yoʻnalishini va h.k. ifodalash uchun qoʻllaniladi.
Samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishi oʻz ichiga samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishining indeksi, yoʻlning asosiy nuqtalargacha (yoʻlning nuqtalari) boʻlgan yoki orqaga qaytish yoʻnalishidagi chizigʻi, asosiy nuqtalar orasidagi masofa, eshitishlarni uzatishga nisbatan boʻlgan talablar, shuningdek samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatishni vakolatli organning tegishli qaroriga asosan, eng pastki xavfsiz absolyut balandlikni oluvchi yoʻnalish — texnik talablar bilan aniqlanadi.
Joy — togʻlar, tepaliklar, choʻqqilar, vodiylar, suv, abadiy muzlik va qor toʻplami kabi tabiiy elementlarni oʻzida qamragan yer yuzasi, toʻsiqlar bundan mustasno. Amaliy maqsadlarda, maʼlumotlarni olish usuliga bogʻliq ravishda joy quruq yer, qoplama sirti, yoki ular orasidagi biror narsadan oʻtuvchi yuza sifatida tasavvur qilinadi va “birinchi qaytaruvchi yuza” deyiladi.
Togʻli joy — notekis relyefli, 25 km (14 d.mili) radiusda nisbiy balandlik oʻzgarishi 500 metr (1650 fut) va undan ortiq boʻlgan, shuningdek dengiz sathidan 1000 metr (3300 fut) va undan ortiq boʻlgan joy.
(1-paragrafning bir yuz elliginchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Qirlik joy — notekis relyefli, 25 km (14 d.mili) radiusda nisbiy balandlik oʻzgarishi 200 metrdan 500 metrgacha (660 futdan 1650 futgacha) boʻlgan joy.
(1-paragrafning bir yuz ellik birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Tekislik joy — 25 km (14 d.mili) radiusda nisbiy balandlik oʻzgarishi 200 metrgacha (660 futgacha) boʻlgan joy.
(1-paragrafning bir yuz ellik ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Mahalliy havo yoʻllari (MHY) — mahalliy havo aloqalarini amalga oshirishda barcha idoralarning havo kemalari parvozlarni amalga oshirishi uchun moʻljallangan, balandligi va kengligi boʻyicha chegaralangan, havo hududidagi koridor.
Toʻsiqlar ustidan uchib oʻtishning minimal xavfsiz balandligi — toʻsiq ustidan uchib oʻtish mezonlariga rioya qilish uchun foydalaniladigan uchish-qoʻnish yoʻlagi ostonasidan yoki tegishli hollarda aerodromdan minimal nisbiy balandlik. Toʻsiq ustidan uchib oʻtish balandligi uchish-qoʻnish yoʻlagi ostonasidan, qoʻnishga noaniq kirilgan hollarda aerodrom sathidan yoki uchish-qoʻnish yoʻlagi ostonasidan hisoblanadi, agar undagi farqlanish kamida 2 metrdan (7 futdan) kam boʻlsa. Qoʻnishga vizual kirilgan holda toʻsiq ustidan uchib oʻtish balandligi aerodrom balandligidan hisoblanadi.
(1-paragrafning bir yuz ellik toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Minimal pastlashish balandligi (MPB) — qoʻnishga noaniq kirish yoki qoʻnishga vizual kirish sxemasida koʻrsatilgan, moʻljallari bilan vizual kontaktsiz yanada pastlashish mumkin boʻlmagan balandlik. MPB aerodromning balandlashish nuqtasidan yoki uchish-qoʻnish yoʻlagi ostonasi balandlashishidan hisoblanadi, agar undagi farqlanish kamida 2 metrdan (7 futdan) kam boʻlsa. Qoʻnishga vizual kirilgan holda MPB aerodrom balandligidan hisoblanadi.
(1-paragrafning bir yuz ellik beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Aepodpom minimumi — aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagi va qaror qabul qilish balandligi (bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat boʻlganda) mazkur rusumli havo kemalariga koʻtarilish va qoʻnishni bajarishga ruxsat etiladigan minimal koʻrish masofasi.
(1-paragrafning bir yuz ellik oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Aepodpomning mashq minimumi — aerodrom uchish-qoʻnish yoʻlagi va qaror qabul qilish balandligi (bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat boʻlganda) mazkur rusumli havo kemalariga mashq parvozlarni bajarishga ruxsat etiladigan minimal koʻrish masofasi.
(1-paragrafning bir yuz ellik yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Havo kemasi minimumi — uchish-qoʻnish va qaror qabul qilish balandligi (bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat boʻlganda) mazkur rusumli havo kemalariga koʻtarilish va qoʻnish imkonini beruvchi minimal koʻrish masofasi.
(1-paragrafning bir yuz ellik sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Aviatsiya ishlarida koʻrish minimumi — maʼlum bir aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsat etiladigan koʻrish imkoniyati va bulutlar pastki chegarasining yoʻl qoʻyiladigan minimal oʻlchami.
Aviatsiya ishlari hududi minimumi — maʼlum fizik-geografik sharoitlarda, maʼlum turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsat etiladigan koʻrish imkoniyati va bulutlar pastki chegarasining yoʻl qoʻyiladigan minimal oʻlchami. Joyning kengligi, dengiz (togʻ) sathidan balandligi, joyni qoplab turgan yuzaning xususiyatiga (qor bilan qoplangan, moʻljalsiz) va uning yoritilganlik darajasiga (kunduzgi vaqt, gʻira-shiralik) qarab belgilanadi.
Havo kemasi komandirining minimumlari — uchish-qoʻnish yoʻlagi va qaror qabul qilish balandligida (bulutlar quyi chegarasining balandligida, zarurat boʻlganda) komandirga maʼlum turdagi havo kemasida VPQga asosan uchish, qoʻnish yoki parvoz qilishga ruxsat etiladigan, yoʻl qoʻyiladigan minimal koʻrish imkoniyatlari.
(1-paragrafning bir yuz oltmish birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Uchish-qoʻnish yoʻlagida kutish joyi — aerodrom dispetcherlik punktidan boshqacha koʻrsatma boʻlmaganida, havo kemalari va transport vositalari toʻxtab kutib turadigan maʼlum bir joy.
Uncha katta boʻlmagan (yengil) samolyot — sertifikatlangan maksimal uchish massasi 5700 kg.dan 750 kg.gacha boʻlgan samolyot.
Qoʻnishning noaniq moʻljali va qoʻnish:
a) yon tarafni koʻrsatuvchi uskunalardan foydalanib, ammo vertikal koʻrsatuvchilardan foydalanmagan holda qoʻnishga kirish va qoʻnish;
b) yon tarafni koʻrsatuvchi va vertikal koʻrsatuvchi, ammo qoʻnishga aniq kirishish uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan, uskunalardan foydalanib, qoʻnishga kirishish va qoʻnish.
Tun — quyosh botishidan chiqishigacha boʻlgan vaqt (sutkaning qismi).
Ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari — parvozga topshiriqni bajarish vaqtida maʼlum xizmat vazifalarini bajarishga huquq beruvchi guvohnomaga va maxsus tayyorgarlikka ega, havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi bilan bogʻliq boʻlmagan ekipaj aʼzolari (bortkuzatuvchilar, yuk havo kemalari bortoperatorlari va parvoz topshirigʻiga kiritilgan aviatsiya personalining boshqa shaxslari).
Samoviy harakatga xizmat koʻrsatish (SʼHXK) — umumiy atama, tegishli holatlarda parvoz-axborot xizmatini, avariyadan ogohlantirishni, samoviy harakatga maslahat xizmati koʻrsatishni, samoviy harakatga dispetcherlik xizmatini (hududiy dispetcherlik xizmati, kirib kelishga dispetcherlik xizmati yoki aerodrom dispetcherlik xizmati) anglatadi.
Umumiy hisoblangan oʻtish vaqti — uskunalarga asosan uchishning belgilangan vaqti samoga koʻtarilishdan to hisobga olingan belgilangan nuqtadan oʻtish bilan uskunalarga asosan qoʻnishni moʻljallash yoki agar boshqarish qurilmalari samolyot bilan ulanmagan holda — belgilangan aeroport ustidan uchib oʻtishni talab qiluvchi vaqt, tashqi manzaraga asosan nazariy uchishning — belgilangan vaqti samoga koʻtarilishdan to belgilangan aeroport ustidan uchib oʻtishni talab etuvchi vaqt.
Shamol tezligi boʻyicha cheklov — maʼlum turdagi havo kemasiga xavfsiz tarzda uchishi va qoʻnishiga imkon beruvchi yon tomonlama va toʻgʻridan esayotgan shamol tezligining, shuningdek mazkur turdagi aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsat etiladigan shamol tezligining cheklangan birligi.
Muzlash — tayyora qismlarida muz qatlamining paydo boʻlishi ( 0,5 mm/min juda sekin, 0,5 dan 1mm/min oʻrtacha, 1 mm/min ortigʻi qattiq muzlashga oʻtadi).
Xavfli hudud — hududida maʼlum vaqt davomida havo kemalari parvozi uchun xavf tugʻdiruvchi faoliyat olib borilishi mumkin boʻlgan belgilangan oʻlchamlardagi havo kengligi.
Xavfli yaqinlashish — havo kemalarining oʻzaro va boshqa moddiy obyektlar bilan transport aviatsiyasi va aviatsiya ishlari uchun hujjatlarda belgilangan oraliq masofaning yarmigacha boʻlgan masofagacha parvoz topshirigʻida nazarda tutilmagan yaqinlashuvi natijasida toʻqnashib ketish xavfi yuzaga kelishi mumkinligi.
Alohida holat — parvozlar vaqtida yuzaga keladigan, noqulay faktorlar taʼsiri yoki ularning birgalikdagi taʼsiri oqibatida parvoz xavfsizligini susayishiga olib keladigan holat.
Xavfli yuklar — havoda tashish vaqtida mulklar, ekipaj va yoʻlovchilar sogʻligʻi, xavfsizligiga sezilarli darajada xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan buyumlar va moddalar.
Samoviy harakatlarga dispetcherlik xizmatini koʻrsatuvchi organ; samoviy harakatni boshqarish organi — tegishli holatlarda hudud dispetcherlik markazi, yaqinlashish dispetcherlik punkti yoki aerodrom dispetcherlik punktini anglatuvchi umumiy atama.
Samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatuvchi organ — tegishli holatlarda samoviy harakatlarga dispetcherlik xizmati, parvoz maʼlumotlari markazi yoki samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni toʻplash punkti kabi maʼnolarni anglatuvchi umumiy atama.
Chetga chiqish — havo kemasining HHFB (SʼHXK) organi tomonidan sanksiyalanmagan holda havo trassasi, mahalliy havo yoʻnalishi, belgilangan yoʻnalish, havo koridori yoki aviatsiya ishlari hududidan tashqariga chiqishi.
Nisbiy balandlik — maʼlum bir nuqtadan boshqa bir nuqta sifatida olingan obyekt yoki nuqtagacha boʻlgan vertikal masofa.
Yoʻlovchi — havoda tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida olib ketilayotgan shaxs (ekipaj aʼzolari bundan mustasno).
Perron — yoʻlovchilarni oʻtqazish yoki tushirish, pochta yoki yuklarni ortish yoki tushirish, yoqilgʻi quyish, havo kemalari turishi yoki texnik xizmat koʻrsatish maqsadida havo kemalarini joylashtirish uchun ajratilgan quruqlikdagi aerodromning maʼlum maydoni.
Parvozlar xavfsizligiga bogʻliq boʻlgan xodimlar — oʻz vazifalari va funksiyalarini lozim darajada bajarmasliklari natijasida aviatsiya parvozlarini xavf ostida qoldirishi mumkin boʻlgan shaxslar, jumladan ekipaj aʼzolari, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatuvchi personal va SʼHB dispetcherlari, boshqa sanab oʻtilmagan shaxslar.
Parvoz rejasi — samoviy harakatlarni boshqarish organi tomonidan taqdim etilgan, havo kemasining koʻzda tutilgan parvozi yoki parvozning bir qismi haqidagi maʼlum bir maʼlumotlar.
Yuk ortish — maʼlum bir yoʻnalish bilan tashish uchun yuklarni, pochtani, bagajni va bort zaxirani havo kemasi bortiga joylashtirish jarayoni, mazkur toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnalishning bundan oldingi bosqichida ortilgan yuklar, pochta, bagaj va bort zaxira bundan mustasno.
Qoʻnish maydoni — havo kemalari qoʻnishi va uchishi uchun moʻljallangan ishchi maydonning bir qismi.
(1-paragrafning bir yuz sakson sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
VPQ boʻyicha parvoz — vizual parvoz qoidalari asosida amalga oshiriluvchi parvoz.
Uskunalar boʻyicha parvoz qoidalari (UPQ) boʻyicha parvoz — uskunalar boʻyicha parvoz qilish qoidalariga asosan amalga oshiriladigan parvoz.
Umumiy maqsadlardagi aviatsiya havo kemasining parvozi — havo kemasining maxsus aviatsiya ishlari bilan bogʻliq tijorat havo tashuvi yoki parvozidan tashqari parvozlari.
Uchish-axborot xizmati koʻrsatilishi — maqsadi parvozlarni xavfsiz va samarali amalga oshirishni taʼminlash bilan bogʻliq maslahat va axborotlarni taqdim etish xizmati.
Harakatlanish maydoni — aerodromning havo kemalarini burish, qoʻnishi va uchishi uchun moʻljallangan qismi, perron bundan mustasno.
Qoʻnish maydonchasi — yer, suv va muz maydonlari oʻz oʻlchami va sharoiti bilan HK bexavotir qoʻnishiga javob beradigan, uchuvchilar tomonidan tanlanadigan maydon, havodan (samodan) qoʻnish maydonchasi belgilash HKning UEKsiga asosan bajariladi.
Aerodromning koʻtarilishi — uchish-qoʻnish yoʻlagi eng baland nuqtasining dengiz sathiga nisbatan balandligi. Bir qancha uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud boʻlganda koʻproq ahamiyatga molik boʻlgani tanlanadi.
Uchish-qoʻnish yoʻlagining balandligi — dengiz sathiga nisbatan UQY yuzasi ustining koʻtarilishi.
Uskunalardagi meteorologik sharoit (UMSH) — koʻrish uzoqligi oʻlchamlarida, bulutlargacha boʻlgan masofa va bulutlar pastki chegarasi balandligida aks etgan meteorologik sharoit. Ushbu oʻlchamlar vizual meteorologik sharoitlar uchun belgilangan minimumlardan past.
Uskunalar boʻyicha parvoz — havo kemasining hududiy holati va uning joylashgan oʻrni ekipaj tomonidan toʻliq yoki qisman uchuvchi va navigatsiya uskunalari asosida aniqlaniladigan holda amalga oshiriladigan parvoz.
Ekipajning parvoz vaqti — dvigatel (dvigatellar)ning uchish maqsadida oʻt oldirilishidan to parvoz tamom boʻlgach ularni oʻchirishgacha boʻlgan umumiy vaqt.
Parvozdagi ish vaqti — ekipaj aʼzolarining parvoz oldi tayyorgarligidan boshlab parvozdan soʻnggi ishlargacha boʻlgan, parvoz topshirigʻini bajarish bilan bevosita bogʻliq ish vaqti.
EDTO (extended diversion time operation) kritik muhim tizimi — HK tizimi boʻlib, uning ishlashi yomonlashsa EDTO parvozlari xavfsizligiga jiddiy taʼsir oʻtkazishi mumkin yoki uning toʻxtovsiz ishlashi EDTO parvozlarini amalga oshirishda uchish va qoʻnishda juda muhim oʻrin tutadi.
(1-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan ikki yuzinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
(1-paragrafning ikki yuz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Qoʻnish maydoni — ishchi maydonning havo kemalari uchishi va qoʻnishi uchun moʻljallangan qismi.
Qoʻnishga kirishishning taxminiy vaqti — dispetcherlik xizmati organining hisob-kitoblari boʻyicha kelayotgan havo kemasi qoʻnishga kirishishni amalga oshirish uchun kutish hududini tark etish vaqti. Kutish hududidan chiqib ketishning haqiqiy vaqti qoʻnishga kirishni amalga oshirish uchun beriladigan dispetcherlik ruxsatiga bogʻliq.
Zaxiradagi aerodromgacha uzaytirilgan vaqt bilan bogʻliq boʻlgan parvozni amalga oshirish (EDTO) — ikki yoki undan ortiq gaz turbinali dvigatelli HKlarining yoʻnalishdagi zaxira aerodromigacha boʻlgan vaqt ostona vaqtidan oshgan vaqtdagi har qanday parvozi.
(1-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan ikki yuz toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Taqdim etilgan parvoz rejasi — uchuvchi, ekspluatant yoki uning vakolatli vakili tomonidan havo harakatini boshqarish boʻlinmalariga foydalanish uchun taqdim qilingan soʻnggi parvoz rejasi.
(1-paragrafning ikki yuz toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Xabarlarni uzatish punkti — maʼlum bir geografik moʻljal, unga nisbatan havo kemasining joylashgan oʻrni maʼlum qilinishi mumkin.
Samoviy harakatga xizmat koʻrsatishga aloqador boʻlgan xabarlarni toʻplash punkti — parvoz oldidan taqdim etiladigan parvoz rejalari va samoviy harakatga xizmat koʻrsatishga aloqador boʻlgan xabarlarni toʻplash maqsadida tashkil etiladigan organ.
Samoviy harakatga xizmat koʻrsatishga aloqador boʻlgan xabarlarni toʻplash punkti alohida organ sifatida tashkil etilishi yoki samoviy harakatga xizmat koʻrsatuvchi yoki aeronavigatsiya axborotlari bilan xizmat koʻrsatuvchi kabi organlar bilan birlashishi mumkin.
UQY ostonasi — havo kemalarining qoʻnishi uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan UQY uchastkasining boshi.
Chegaralangan vaqt — Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzaviatsiya” agentligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan ekspluatant tomonidan oʻrnatilgan yoʻnalishdagi zaxira aerodromigacha boʻlgan vaqt bilan ifodalangan masofa.
(1-paragrafining ikki yuz oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
Qoʻnish oraliq masofasi — HK 15 metr (50 fut) (tezligi 200 km/s (110 uz) dan kam HK uchun 9 metr (30 fut) balandlikdan batamom toʻxtagunga qadar bosib oʻtgan masofa.
(1-paragrafning ikki yuz oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Moʻljalni yoʻqotish — HK ekipaji parvoz topshirigʻini bajarish maqsadida parvoz yoʻnalishini aniqlash uchun oʻzining joylashgan oʻrnini lozim boʻlgan aniqlikda bilmaslik va belgilay olmaslik holati.
Vizual parvozlar qoidalari (VPQ) — ekipajning samoviy holat va parvoz tartibining qisqa muddatli oʻzgarishlarini vizual kuzatuvi orqali havoda hamda yer (suv) yuzasida havo kemasi bilan boshqa moddiy obyektlar oʻrtasida belgilangan oraliq masofani tutib turishni nazarda tutuvchi qoidalar.
Uskunalar boʻyicha parvozlar qoidalari (UPQ) — parvozlarni Havo kemalari harakatini tashkil qilish organlari tomonidan majburiy nazorat ostida va ular tomonidan havo kemalari oʻrtasida eshelonlashishning belgilangan oraliq masofalari taʼminlangan holda uchuvchi-navigatsiya uskunalari boʻyicha parvozlar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qoidalar.
Tekshiruv — ekspertiza yoʻli bilan hamda obyektiv dalillar taqdim etish orqali belgilangan talablar bajarilganligini tasdiqlash.
Isbot qilinishi mumkin boʻlgan, haqqoniy, faktlarga asoslangan va kuzatish, oʻlchash, sinab koʻrish yoki boshqa vositalar orqali olingan maʼlumotlar dalil boʻla oladi.
Tekshiruvchi — mazkur turdagi havo kemasida parvozlar uchun ruxsatga ega boʻlgan va ekipaj tarkibiga oʻqitish, ekipaj aʼzolari (aʼzosi) kasbiy tayyorgarligini va oʻzaro harakatini tekshirish, shuningdek parvozlar xavfsizligini taʼminlovchi belgilangan qoida va normalarga amal qilinishi yuzasidan inspektorlik tekshiruvi oʻtkazish maqsadida ekipaj tarkibiga kiritilgan komandir-uchuvchi, yoʻriqchilar tarkibidagi shaxs.
Tekshiruvchining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi hamda uning ekipaj tarkibiga kiritilish tartibi uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻllanmalarda belgilab qoʻyilgan.
Ilojsiz xabarlar punkti (IXP) — tepasidan uchib oʻtayotganida havo kemasi ekipaji dispetcherga (ODHK organiga) xabar qilishi shart boʻlgan havo trassasidagi geografik nuqta (moʻljal).
Yetib kelishning hisoblangan vaqti — HK belgilangan vaqtda belgilangan nuqtadan qoʻnish moʻljalini boshlashi (aerodrom nuqtasi, uzoqlikdan boshqarish, radiomayoq va boshqalar).
Parvoz maʼlumotlari hududi — doirasida parvoz-axborot maʼlumotlari va avariya xabari xizmati taʼminlanadigan, maʼlum oʻlchamlardagi havo hududi.
Hududiy dispetcherlik markazi — oʻzining yurisdiksiyasida boʻlgan dispetcherli hududida nazorat qilinuvchi parvozlarga dispetcherlik xizmatini taʼminlash uchun moʻljallangan organ.
Hududiy dispetcherlik xizmati — dispetcherlik hududlarida nazoratdagi parvozlarga dispetcherlik xizmatining koʻrsatilishi.
Aviatsiya ishlari hududi (uchastkasi) — balandligi va (yoki) maydoni bilan chegaralangan havo boʻshligʻi uchastkasi, bu yerda: HK belgilangan normativ hujjatlarga asosan balandlik va yoʻnalish boʻyicha HK aviatsiya ishlarini amalga oshiradi.
Aerodrom hududi — gorizontal va vertikal tekisliklarda belgilangan chegaralardagi aerodrom va unga tutashgan joylar ustidagi havo hududi.
Uchishning moʻljallangan masofa (UMM) — tezlik olishning moʻljallangan masofa va erkin hudud uzunligining jami, agar u koʻzda tutilgan boʻlsa.
Uzilgan uchish moʻljallangan masofa (UUMM) — moʻljallangan tezlanish masofa va oxirgi tormozlanish masofa yigʻindisi, agar u koʻzda tutilgan boʻlsa.
Uchish masofa — masofa oʻqi uchishni bajarayotgan HKning talabini qanoatlantiradigan yoʻl oʻlchami.
Moʻljallangan qoʻnish masofa — masofa oʻqi HK kelib qoʻngandan keyin bosib oʻtadigan yoʻlni taʼminlaydi.
Tormozlash jihozi olinishining vaqti — HK uchish bilan bogʻliq harakatni boshlash vaqti.
Zaxira yoqilgʻi — parvoz rejasi bekor boʻlgan, undan voz kechilgan hollarda HK va uchish sharoitlari uchun haqiqiy va hisoblab chiqilgan xususiyatlaridagi nomuvofiqliklarni qoplash uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi.
Toʻqnashib ketishning oldini olish boʻyicha tavsiyalar — uchuvchiga toʻqnashib ketishning oldini olishda yordam berish maqsadida manevr paytida uchuvchiga samoviy harakatlarni boshqarish organi tomonidan taqdim etiladigan tavsiyalar.
Parvozlarni bajarish boʻyicha qoʻllanma — ekspluatatsiya xodimlari oʻz vazifalarini bajarishida foydalanishi uchun qoida, yoʻriqnoma va tavsiyalarni oʻzida jamlagan qoʻllanma.
Uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma — oʻzida uchuvchi ekipaj aʼzolariga havo kemasini xavfsiz ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotni, yoʻriqnomani hamda belgilangan chegaralari doirasida havo kemasi parvozlarga yaroqli deb topilishi lozim boʻlgan cheklovlarni jamlagan va parvozlarga yaroqlilikni tasdiqlashga taalluqli boʻlgan qoʻllanma.
Havo kemasining uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaning bir qismi hisoblanadi.
Yoʻnalish yoʻlakchalari (YY) — aerodromda HK harakatlanishi uchun belgilangan yoʻl va aerodromning yoʻlaklarini bir-biri bogʻlovchi yoʻllar, shu jumladan:
a) toʻxtash bekatiga boruvchi yoʻlakcha — HK harakatlanish yoʻlining toʻxtash bekatiga olib boruvchi bir boʻlagi;
b) perron yoʻlakchalari — perronda joylashgan va perron orqali yoʻnalishni taʼminlash uchun moʻljallangan yoʻlakcha tizimining qismi;
v) tezlik bilan chiquvchi yoʻlakcha — UQY bilan bogʻlangan boʻlib, kelib qoʻngan HKga tezda UQYni tark etishga imkon beradi, shu bilan bir qatorda UQYda turish vaqtini kamaytiradi.
Havo yoʻlakchalari — havoda vertolyotlarni boshqarish uchun moʻljallab belgilab qoʻyilgan trayektoriya.
Boshqaruv — HK oʻz yuritkichidan foydalangan xolda aerodromdagi harakati.
Havoda boshqaruv — vertolyotning yer taʼsiridan foydalangan holda aerodromda harakati 37 km/soatdan kam boʻlgan tezlanishda yerga nisbatan 8 metr balandlikda (25 fut) yer taʼsiri va tashqi osilgan yukni hisobga olgan holda harakati.
Ketish (qaytish) chegarasi — HK zaxira aerodromga yetib borganda yoki belgilangan nuqtaga yetib borganda aerodrom uchish doirasida HKning kamida 30 minut uchishi uchun yoqilgʻi zaxirasining mavjud boʻlishi.
Erkin hudud (EH) — havo kemasining dastlabki balandlikni olishidan belgilangan joygacha boʻlgan balandlikni olishigacha lozim boʻlgan uchastka sifatida tanlangan yoki tayyorlangan, tezlik olishning hisobga olingan masofa oxiriga kelib taqalgan, aeroport xizmati nazorati ostida boʻlgan, yer yoki suv yuzasidagi toʻgʻri burchakli uchastka.
Maʼlumot uzatish liniyasi orqali “dispetcher-uchuvchi” aloqasi (CPDLC) — SʼHB maqsadlarida liniyadan foydalangan holda maʼlumotlarni uzatish uchun uchuvchi va dispetcher oʻrtasidagi aloqa vositasi.
Maʼlumotlarni uzatish liniyasi orqali aloqa — maʼlumot uzatish liniyasi orqali maʼlumot almashish uchun moʻljallangan aloqa koʻrinishi.
Aeronavigatsiya maʼlumoti toʻplami — davlat tomonidan chiqarilgan yoki sanksiyalangan, mazkur davlat havo hududidagi aeronavigatsiya uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan uzoq muddatli aeronavigatsiya maʼlumotlarini oʻzida mujassamlashtirgan nashr.
Shamol harakati — havodagi shamolning kuchi va tezligining oʻzgarishi, tepaga va pastga yoʻnalgan havo harakati (30 m (100 fut) balandlikda 2 m/sek. (4 uz) sekin, 2 — 4 m/sek. (4 — 8 uz) oʻrtacha, 4 — 6 m/sek. (8 — 12 uz) kuchli va 6 m/sek.dan ortiq (12 uz) juda kuchli).
(1-paragrafning ikki yuz qirq toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Ekspluatant sertifikati — havo kemasiga mulkdorlik asosida, ijara shartlarida yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish huquqini beruvchi rasmiy hujjat.
Murakkab meteo sharoit — koʻrish imkoniyatlari 2000 metr va undan kam va (yoki) bulutlar pastki balandligi chegarasi 200 metr (660 fut) va undan past, ularning umumiy miqdori 3-4-oktandan ziyod.
(1-paragrafning ikki yuz ellik birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Halokat signali (SOS — telegpafniki; “Halokatga uchrayapman”, “MEYDEY” — padiotelefonniki) — havo kemasi va undagi yoʻlovchilar hamda ekipajga bevosita xavf tahdid solib turganda va shoshilinch yordam kerak boʻlgan hollarda uzatiladigan xalqaro signal.
Shoshilinch signal (“BBB” — telegpafda, “PAN” padiotelefonda) — havo kemasi va undagi yoʻlovchilar hamda ekipaj uchun xavf ehtimoli mavjud boʻlganda uzatiladigan signal.
Signal maydonchasi — yerdagi signallarni joylashtirish uchun qoʻllaniladigan aerodromdagi maydoncha.
Tegishli vakolatli organ:
a) ochiq dengiz ustidagi parvozga nisbatan: roʻyxatga olish davlatining tegishli vakolatli organi.
b) ochiq dengiz ustidagi parvozga nisbatan: ustidan uchib oʻtilayotgan hududga nisbatan suverenitetga ega davlatning tegishli vakolatli organi.
Tegishli vakolatli organ SʼHHK — tegishli havo kengligi chegarasida samoviy harakatlanishga xizmat koʻrsatishni taʼminlash majburiyati yuklangan davlat tomonidan belgilab qoʻyilgan vakolatli organ.
Maxsus aviatsiya ishlari — havo kemasi parvozi vaqtida qishloq xoʻjaligi, qurilish, suratga olish, topografik sxema, kuzatish va patrul qilish, qidirish va qutqarish, samoviy reklama va boshqa sohalardagi maxsus xizmatlar turlarini bajarish uchun foydalaniladigan parvozlar.
VPQ boʻyicha maxsus parvoz — VPQ boʻyicha parvoz, samoviy harakatlarni boshqarish organi ruxsati bilan dispetcherlik hududida VMUda boʻlgan meteorologik sharoitlarga nisbatan past boʻlgan meteo sharoitlarda parvozni amalga oshirish.
Uchish yoʻlagining rejalashtirilgan qismi (UYRQ) — UQY qoʻshimcha qoʻshilgan yoʻlaklar boʻlib, HKni avariya holatida lat yeyishdan asraydi.
Standart atmosfera bosimi — bosimning belgilangan oʻlchami 760 mm.sm.ust. (1013.2 mbar.)
Uskunalar boʻyicha qoʻnishga kirish — HKni yerdagi va havodagi toʻsiqlardan olib oʻtish uchun belgilangan sharoitda kutish maydonida yoki yoʻnalish yoʻlida belgilangan vaziyatning oʻzgarishi.
Koʻrsatilayotgan balandlik — balandlik oʻlchash uskunasining eshelon oʻzgarish yoki qoʻnadigan aerodrom bosim oʻlchamiga oʻtish munosabati bilan dengiz sathiga nisbatan koʻrsatmasi. Balandlik HK uchuvchilari tomonidan balandlik koʻrsatma oʻlchovini toʻgʻriligini solishtirish maqsadida taqsimlash xizmatiga beriladi.
Parvozning joriy rejasi — keyingi dispetcherlik ruxsatlariga asosan oʻzgarishi mumkinligi hisobga olingan parvoz rejasi.
Texnik xizmat koʻrsatish — havo kemasining uchishga yaroqliligini saqlash uchun, alohida hamda birgalikda bajarilishi mumkin boʻlgan, kapital taʼmirlash, taʼmirlash, tekshirish, almashtirish, defektni modifikatsiyalash yoki bartaraf etish kabilar.
Koʻchish nuqtasi — nuqta, HKning boshqaruv maydonidagi harakatida HKning orqasidagi nazorat nuqtasining HKning oldindagi nazorat nuqtasiga koʻchishi.
Qoʻnishning toʻgʻri bajarilishi va qoʻnish — minimum belgilangan hollarda HK uskunalaridan foydalanib yon tomonlama va qiyalik koʻrsatmalarni aniq bilgan holda qoʻnishni moʻljallash va qoʻnish.
Ikkinchi doiraga ketish nuqtasi — qoʻnishga kirish sxemasidagi nuqta boʻlib, toʻsiq ustidan balandlikning minimal zaxirasini taʼminlash uchun ikkinchi doiraga ketish sxemasi boʻyicha uchish boshlanishi lozim.
Qoʻnish yoʻnalishini koʻrsatish belgisi — qoʻnishga boʻlgan yoʻnalishning nazorat belgilash moslamasi.
Aviakompaniya vakili —aviakompaniya maʼmuriyati nomidan HK, uchuvchilar, passajirlar, pochta, bagaj va yuklarga nisbatan belgilangan shartni bajaruvchi javobgar shaxs.
Havo harakatini boshqarish (HHB) — SXB belgilanishiga qarab.
Umumiy oʻlchov birligi — HK parvozidagi qiya tekislikda nisbat balandligini, haqiqiy balandlikni va eshelonni belgilovchi oʻlcham tushunchasi.
Koʻrinishli uchishlar — havodagi HK ilojsiz bajaradigan harakatlari, uning tezlikka va holatiga bogʻliq oʻzgarishlar.
Uchuvchilar ekipaji aʼzosi — guvohnomaga ega ekipaj aʼzosi, HK parvozi paytida HK organlarini boshqarish vazifasi yuklangan shaxs.
Ekipaj aʼzosi — bu maʼmuriyat tomonidan HKda belgilangan vazifani bajarish uchun tayinlangan shaxs.
HK ekipaji — uchish vaqtida HKni boshqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli tartibda maʼlum bir vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar.
Eksperimental aviatsiya — aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlar uchun moʻljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi.
Oʻtish esheloni — absolyut oʻtish balandligidan yuqorida parvoz qilish uchun foydalanish mumkin boʻlgan eng quyi parvoz esheloni.
(1-paragrafning ikki yuz yetmish sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Uchish esheloni — 1013,2 mbar bosim kattaligiga kiritilgan doimiy atmosfera bosimining yuza qismi boʻlib, boshqa bunday yuza qismlardan belgilangan bosim oraliqlariga farq qiladi.
Ekspluatant — HKni ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yoki ushbu sohada oʻz xizmatlarini taklif etuvchi shaxs, tashkilot yoki korxona.
Maxsus aviatsiya ishlari bilan shugʻullanuvchi ekspluatant — qishloq xoʻjaligi, qurilish, aerosuratga olish, kuzatuv va qoʻriqlash, shuningdek sanitariya va qutqaruv uchishlari kabi avariya operatsiyalarini bajarish uchun tijorat aviatsiyasi ekspluatatsiyasi bilan shugʻullanuvchi shaxs, tashkilot yoki korxona.
a) uchishda, UQYda uzoqlikning koʻrinishi masofa bilan chegaralangan;
b) absolyut va nisbiy balandlikda qaror qabul qilishda balandlik oʻlchamlarida, tegishli ekspluatatsiya toifalarida ifodalanadigan qoʻnishga kirishish va qoʻnish;
v) UQYdan koʻrish uzoqligi kattaliklarida va qaror qabul qilishning absolyut va nisbiy balandliklarida ifodalanadigan vertikal koʻrish orqali qoʻnishga kirishish va qoʻnish;
g) noaniq qoʻnishga kirishish va qoʻnishda oʻq yoʻlakchasida gorizontal koʻrinish oʻlchamini hisobga olgan holda minimal absolyut va nisbiy balandlik oʻlchamini koʻzda tutish kerak;
Uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). Uchuvchisiz uchadigan apparat oʻzida odatda yaxlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan havo kemalarini birlashtiradi.
(1-paragrafning ikki yuz sakson sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatori — uchuvchisiz uchadigan apparatni bevosita boshqaruvchi shaxs.
(1-paragrafning ikki yuz sakson toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
2-§. Mazkur Qoidalarda qoʻllaniladigan qisqartishlar
ADP — Aepodpom dispetcherlik punkti
AAT — Aeronavigatsiya axborotlari toʻplami
AMSF — Aviatsiya meterologik stansiyasi (fuqaro)
AMM — Aviatsiya metropologik markazi
AYOZ — Aeronavigatsiya yoqilgʻi zaxirasi
UMA — Umumiy maqsadlardagi aviatsiya
AQG — Avariya-qutqaruv guruhi
AQS — Avariya-qutqaruv stansiyasi
ATB — Aviatsiya-texnik bazasi
AKI — Aviatsiya-kimyoviy ishlari
TOBT — Toʻqnashishlardan ogohlantiruvchi bort tizimi
HHK — Harbiy havo kuchlari
BPCHB — Bulutlarning pastki chegara balandligi
UQY — Uchish-qoʻnish yoʻlagi
QQB — Qaror qabul qilish balandligi
HK — Havo kemasi
HT — Havo trassasi
FA — Fuqaro aviatsiyasi
YOMM — Yoqilgʻi-moylash materiallar
QDP — Qayrilishlarning dispetcherlik punkti
SʼHB YAT — Samoviy harakatini boshqarishning yagona tizimi (MDHda)
HHFB YAT — Havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi (Oʻzbekiston Respublikasida)
UUB — Uchish-uslubiy boʻlim
MHY — Mahalliy havo yoʻli
METAR; ROFOR; SPESI; TAF — Xalqaro meteorologiya kodlari
MAK — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi
NOTAM — aerodrom holati, radiotexnika vositalari, qoʻnish tizimlari va boshqalar haqida uchuvchilarga maʼlum qilish
“PAN” — Zudlik signali
VPQ — Vizual parvoz qoidalari
QDP — Qoʻnish dispetcheri punkti
KPQ — Koʻrinishli parvoz qoidalari
UPQ — Uskunalar boʻyicha parvoz qilish qoidalari
RVR — UQYda uzoqlik koʻrinishi
HK HK PFQ — Havo kemalarini uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma
(2-paragrafning oʻttiz sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
RTU — Radiotexnik uskunalar
RTV — Radiotexnik vositalar
MAI — Maxsus aviatsiya ishlari
“SOS” (“MEYDEY”) — falokat signali
SSQ — Samolyot soʻzlashuv qurilmasi
TA — Transport aviatsiyasi
SʼHB — Samoviy harakatlarni boshqarish
HHFB — Havo hududidan foydalanilishini boshqarish
OʻM — Oʻquv markazi
OʻMM — Oʻquv-mashgʻulot markazi
MUVEK — Markaziy uchish-shifokorlik ekspert komissiyasi
MDICHX — Markaziy dispetcherlik-ishlab chiqarish xizmati
MXB — minimal xavfsizlik balandligi
ANM — Avianavigatsiya boshqaruvi markazi
RTJAE — Radiotexnik jihozlari va aloqalarini ekspluatatsiyasi
USB — Uchuv-sinov boʻlinmalari
FPL — flayt-plan
RLS — radilovakion stansiya
AUR — alohida uzatish radiostansiyasi
QQI — qidiruv-qutqaruv ishlari
HXB — havo harakati boshqarmasi
HK PFQ — havo kemasi parvozidan foydalanish qoʻllanmasi
QTU — qoʻnish tizimi uskunalari
RTUAF — radiotexnik uskunalar va aloqadan foydalanish
SʼHHKO — samoviy harakatlarga xizmat koʻrsatish organi
ANM — “Oʻzaeronavigatsiya” markazi
ANX — aeronavigatsiya xizmati
TSQ — tibbiy sanitariya qismi
MAX — muhandislik aviatsiya xizmati
PQAQT — parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish taʼminoti
QVK — qoʻnishga vizual kirish
AXPAY — aerodrom hududida parvozni amalga oshirish yoʻriqnomasi
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan qisqartmalar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
(2-paragrafning sakson toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
II. Umumiy qoidalar
1. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya qilish, parvozlar xavfsizligini taʼminlash, davlat, tijorat tashkilotlari va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tijorat hamda umumiy ahamiyatdagi FA faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi FA faoliyatini amalga oshirish boʻyicha asosiy normativ hujjat hisoblanib, tijorat parvozlari va umumiy ahamiyatdagi aviatsiya parvozlarini tashkil qilish, taʼminlash va bajarish, shuningdek havodagi harakatni boshqarish qoidalarini tartibga soladi. Yuqorida zikr etilgan masalalar boʻyicha boshqa barcha normativ hujjatlar ushbu Parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va chop etiladi.
3. Qoidalar davlat, tijorat, jamoat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi eksperimental va FA, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat aviatsiyasi va boshqa davlatlar aviatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi havo trassalari, mahalliy havo yoʻllari, belgilangan yoʻnalishlar va aerodromlar eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari hududlaridagi parvozlarda tatbiq etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
4. Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqaro va eksperimental havo kemalariga ularning oʻz davlatlaridan tashqarida boʻlgan vaqtlariga ham, basharti havo kemasi turgan davlat qoidalarida boshqa shartlar talab etilmasa, tatbiq etiladi.
5. Qoidalar fuqaro tijorat aviatsiyasi uchun va umumiy ahamiyatdagi FA uchun ham yagonadir va barcha aviatsiya xodimlari uchun uning bajarilishi majburiydir.
6. Aviatsiya xodimlari Qoidalarning oʻzlariga tegishli qismini bilishlari va bajarishlari shart.
7. Qoidalarni buzgan aviatsiya xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy, moddiy, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 116-moddasi.
8. Odamlarning hayotini saqlab qolish yoki tabiiy ofatlar bilan bogʻliq parvozlarni tashkil qilishda uchuvchilar boʻlinmasining komandirlari kechiktirib boʻlmaydigan vaziyatlar yuzaga kelganda oʻzlarining javobgarliklari ostida ushbu Qoidalarda bayon etilgan tartib va parvoz qoidalaridan va parvoz hamda ish vaqtidan chetga chiqishga haqlidirlar.
Koʻrilgan tadbirlar toʻgʻrisida ushbu lavozimdagi shaxslar zudlik bilan oʻzlarining bevosita rahbarlariga va “Oʻzaviatsiya” agentligiga xabar qilishlari shart.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
9. Fuqaro havo kemalari parvozlari xavfsizligini taʼminlash, fuqaro havo kemalarining, fuqaro aerodromlarining va ulardagi asbob-uskunalarning ularni Oʻzbekiston Respublikasida foydalanishga yaroqliligini aniqlaydigan normalarga muvofiqligi boʻyicha davlat nazoratini “Oʻzaviatsiya” agentligi amalga oshiradi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi FA parvozlari milliy (davlat) tanish belgisi va roʻyxat belgisi hamda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan ramzi qoʻyilgan havo kemalarida bajarilishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
11. Milliy (davlat) tanish belgisi (Oʻzbekiston Respublikasi uchun — “UK”) milliy ramzlar seriyasidan tanlab olinadi, u Xalqaro elektr aloqalari birlashmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazayotgan davlat uchun ajratilgan tanitadigan shartli radiochaqiriq belgilariga kiritilgan boʻlishi kerak. Davlat belgisi haqida Xalqaro FA tashkiloti xabardor qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-7, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 243-modda)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-7, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 243-modda)
14. Fuqaro havo kemalarini Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida roʻyxatga olish hamda ularning roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomdagi Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma pasportiga muvofiq amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
15. Fuqaro havo kemasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga kiritilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomdagi Fuqaro havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma pasportiga asosan fuqaro havo kemasiga qayd etiladigan davlat tanish va roʻyxat belgilari tayinlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-7, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 243-modda)
17. Fuqaro havo kemasi quyidagi hollarda davlat reyestridan oʻchiriladi:
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
b) havo kemasi belgilangan tartibda boshqa davlatga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga oʻtkazilsa.
18. Fuqaro havo kemasi havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi amaldagi normalariga javob bersagina foydalanishga qoʻyiladi.
Shu munosabat bilan:
a) yangi konstruksiyadagi (yangi rusumdagi) havo kemasi zavod, sertifikatsiya sinovlaridan oʻtishi kerak, agar oʻtkazilgan sinovlar natijasida havo kemasi havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi amaldagi normalariga javob berishi aniqlansa, unga havo kemasi turining uchishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi;
b) qabul qilingan konstruksiyadagi har bir havo kemasi belgilangan tartibda zarur sinovlardan va tekshiruvlardan oʻtkaziladi, bu sinov va tekshirishlar asosida uchishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi;
v) havo kemasi taʼmirlansa yoki foydalaniladigan joyga qismlarga ajratilgan holda olib kelinsa, shuningdek ushbu HK nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemalari davlat reyestrida birinchi marta roʻyxatdan oʻtayotgan boʻlsa, belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazilishi kerak.
19. Har bir havo kemasining undan foydalanish jarayonida uchishga yaroqlilik normalariga javob bera oladigan holatda saqlash masʼuliyati ushbu havo kemasining egasi, undan foydalanadigan korxona, muassasa va tashkilotga yuklanadi.
20. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomdagi Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati pasportiga muvofiq beriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
21. Davlat roʻyxatidan oʻtmagan va uchishga yaroqlilik toʻgʻrisida amaldagi guvohnomaga ega boʻlmagan, shuningdek davlat-roʻyxat tanish belgilari qoʻyilmagan havo kemalarining parvoz qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (man etiladi), zavod, ekspluatatsiya va sertifikatsiya sinovlari oʻtkaziladigan havo kemalari bundan mustasno.
22. Parvozni bajarish uchun fuqaro havo kemasida quyidagi kema hujjatlari boʻlmogʻi lozim:
a) havo kemasining davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma;
b) havo kemasining parvozga yaroqlilik sertifikati;
j) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 83bis-moddasiga muvofiq bitimning qisqacha tavsifining rasmiy tasdiqlangan ingliz tilidagi nusxasi (elektron yoki chop etilgan shaklda).
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
Parvozni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi FA havo kemasida boʻlishi lozim boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar roʻyxati ushbu Qoidalarning 8-ilovasida belgilab berilgan.
23. HKlari parvoz parametrlarini qayd etadigan uskunalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
24. Maksimal sertifikatlangan uchish massasiga qarab havo kemalari 1, 2, 3, 4-klasslarga boʻlinishi mumkin (mazkur Qoidalarning 11-ilovasi).
25. Xalqaro tasniflashga koʻra maksimal sertifikatlangan uchish massasiga qarab havo kemalari:
a) uchish massasi 5700 kg.dan yuqori boʻlgan katta samolyotlar;
b) uchish massasi 5700 dan 750 kg.gacha boʻlgan uncha katta boʻlmagan samolyotlar;
v) uchish massasi 750 dan 450 kg.gacha boʻlgan, bitta porshenli dvigateli boʻlgan juda yengil samolyotlar;
g) uchish massasi 450 kg va undan kam boʻlgan, oʻta yengil samolyotlarga boʻlinadi.
26. Parvoz masofasiga qarab samolyotlar:
a) uzoq masofaga parvoz qiladigan — 6000 km va undan koʻp;
b) oʻrta masofaga parvoz qiladigan — 2500 dan 6000 km.gacha;
v) yaqin masofaga parvoz qiladigan — 1000 dan 2500 km.gacha;
g) mahalliy havo yoʻllarida — 1000 km.gacha masofaga parvoz qiladigan samolyotlarga boʻlinadi.
27. Yoʻldosh turbelentlik taʼsirini hisobga olib havo kemalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
a) maksimal uchish massasi 136 t. va undan yuqori boʻlgan ogʻir havo kemalari;
b) maksimal uchish massasi 136 t.dan past va 7 t.dan katta boʻlgan oʻrtacha havo kemalari;
v) maksimal uchish massasi 7 t. va undan past boʻlgan yengil havo kemalari.
271. Jihozlanishiga koʻra, havo kemalari quyidagilarga boʻlinadi:
a) asosiy havo kemasi — uchish, qoʻnish uchun yaqinlashish va kutilgan sharoitlarda qoʻnishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan minimal jihozlar toʻplamiga ega havo kemasi;
b) qayta jihozlangan havo kemasi — uchish, qoʻnish uchun yaqinlashish va muayyan sharoitlarda qoʻnishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha uskunalar bilan jihozlangan havo kemasi.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
28. Minimumlarni va aeroportlar sxemalarini hisoblash va eʼlon qilish uchun maksimal sertifikatlangan qoʻnish massasida pasayish tezligidan 1,3-marta oshadigan tezligiga asoslangan havo kemalarining ICAO toifalari boʻyicha tasniflanishidan foydalaniladi (mazkur Qoidalarning 12-ilovasi).
IV. Havo kemasi ekipaji
1-§. Asosiy talablar
29. Fuqaro havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlaridan iborat boʻladi.
30. Ekipaj tarkibi havo kemasining turi, klassi va vazifa, maqsadi va undan foydalanish sharoitlari hisobga olinib belgilanadi.
31. Havo kemasining ekipaji toʻliq boʻlmaganda uning parvoz qilishi taqiqlanadi.
32. Parvozda havo kemasini boshqarishni bitta uchuvchi taʼminlasa va kemada ekipajning boshqa aʼzolari talab etilmasa, bunday havo kemasining ekipaji havo kemasining komandiridan iborat boʻladi.
33. Ekipajning uchuvchilar tarkibidan iborat minimal tarkibi havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmada koʻrsatiladi.
2-§. Ekipajning uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari
34. Ekipajning uchuvchilar tarkibiga uchuvchilar tarkibi guvohnomasiga ega boʻlgan, shuningdek ushbu turdagi havo kemasini va undagi uskunalarni boshqarish uchun zarur boʻlgan tayyorgarlik va tajribaga ega shaxslar: uchuvchilar, shturmanlar, maxsus ishlarni bajaradigan bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortradistlar va bortoperatorlar kiradi.
35. Ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga havo kemasidan parvozda foydalanish va uni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifalarni bajarmaydigan ekipaj aʼzolari: bortkuzatuvchilar, yuk HK bortoperatorlari va parvoz maqsadiga qarab parvoz topshirigʻiga kiritilgan boshqa mutaxassislar kiradi.
36. Ekipaj tarkibiga uchuvchilar yoki ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlari tarkibiga kirmaydigan shaxslarni kiritish man etiladi.
37. Ekipaj tarkibiga kiradigan shaxslar, egallagan lavozimlaridan va ish tajribalaridan qatʼi nazar, maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari va parvozga tayyorgarliklari tekshirib koʻrilishi shart.
38. Uchuvchilar tarkibi va ekipajning xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining salomatliklari belgilangan talablarga javob berishi kerak. Salomatligi boʻyicha parvoz ishlariga yaroqlilik FA tibbiy-uchish ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
39. Uchuvchi ixtisosligiga va maʼlum turdagi havo kemasini mustaqil boshqarish uchun zarur boʻlgan tayyorgarlik va tajribaga ega boʻlgan shaxsgina havo kemasining komandiri boʻlishi mumkin.
40. Havo kemasining komandiri oʻz boʻlinmasining komandiriga va yuqori turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) boʻysunadi.
41. Havo kemasining komandiri ekipajning butun faoliyatini boshqaradi, kemada qatʼiy intizom va tartib saqlanishini, parvoz qoidalariga va kemadan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi, shuningdek kemadagi odamlarning xavfsizligini taʼminlash, kemaning va mol-mulkning asralishi uchun zarur choralarni koʻradi.
42. Havo kemasi komandirining buyruqlari kema ichidagi barcha shaxslar tomonidan soʻzsiz bajarilishi kerak.
43. Uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslarning, shuningdek boshqa aviatsiya xodimlarining tayyorgarlik darajasi va ish tajribasiga qarab, ularga klass beriladi va tegishli guvohnoma (sertifikat) topshiriladi.
44. Ekipaj aʼzolari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida belgilangan forma kiyimida boʻlishlari, oʻzlari bilan amal qiluvchi guvohnomani olib yurishlari va uni vakolatli mansabdor shaxslar talab qilganda koʻrsatishlari lozim.
45. Ekipajning har bir aʼzosi parvoz topshirigʻini bajarishdan oldin (bajarish vaqtida) maʼmuriyat (HK komandiri) tomonidan belgilangan dam olish tartibiga rioya etish uchun shaxsan javobgar.
46. Korreksiyalovchi linzalardan foydalanadigan ekipaj aʼzolari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida oson olinadigan joyda saqlanadigan zaxira korreksiya linzalari jamlamasiga ega boʻlishlari kerak.
47. Ekipaj aʼzolarining bagaji bagaj, yuk, pochta tashishning belgilangan qoidalariga muvofiq joylashtiriladi.
48. Havo kemasining komandiri:
a) meteorologik va aeronavigatsiya vaziyatlarini hisobga olgan holda havo kemasining parvoz qilishi uchun yoqilgʻi quyish sarfini uzil-kesil aniqlashga;
b) havo kemasining fazoga koʻtarilishi, parvozi va qoʻnishi haqida, shuningdek parvozni tugallash va parvoz boshlangan punktga qaytish yoki ilojsiz qoʻnish haqida uzil-kesil qaror qabul qilishga.
Parvoz xavfsizligiga yaqqol xavf tugʻilganda, shuningdek kema ichidagi yoʻlovchilar hayotini saqlab qolish niyatida parvoz rejasidan, havo transporti qatnovini taʼminlovchi idora koʻrsatmalaridan va parvoz topshirigʻidan chetga chiqqan holda, ammo belgilangan parvoz qoidalariga iloji boricha rioya etgan holda bunday qaror qabul qilinishi mumkin. Kema komandiri koʻrilgan tadbirlar toʻgʻrisida kemaning bevosita rahbari boʻlmish havo kemalari qatnovini taʼminlovchi organga zudlik bilan xabar qilishi shart;
v) havo kemasi ichidagi har qanday shaxsga oʻz vakolatlari doirasida soʻzsiz bajarilishi lozim boʻlgan buyruq berishga;
g) xatti-harakatlari bilan parvoz xavfsizligiga bevosita tahdid solayotgan shaxslarga nisbatan barcha zarur choralarni koʻrishga haqli. Havo kemasi eng yaqin aerodromga qoʻngan zahoti kema komandiri bunday shaxslarni kemadan chiqarib yuborishi, agar jinoyat belgilari mavjud qilmish sodir etgan boʻlsalar, ularni tegishli organlarga topshirishi mumkin;
d) parvoz xavfsizligini hamda havo kemasini qoʻndirishni taʼminlash uchun zarur boʻlsa, parvoz paytida yonilgʻini toʻkib tashlash, qoʻl yuki, yuk va pochtani tashlab yuborishga haqli. Ilojsiz qoʻnish hollarida havo kemasi komandiri oʻz vakolatlarini tegishli organlarga topshirguniga qadar kema ichida boʻlgan barcha shaxslarning xatti-harakatlariga rahbarlik qiladi;
e) ob-havo belgilangan minimumdan past boʻlganda, boshqa aerodromgacha parvozlarni davom ettirishga imkon bermaydigan (yonilgʻi yetishmovchiligida, aviatsiya texnikasining holati tufayli va b.) havo kemasini qoʻndirishga;
j) havo kemasi ichidagi barcha shaxslardan parvoz xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq qoidalarni soʻzsiz bajarilishini talab etishga;
z) zaruriyat boʻlganda uchish, oraliq va manzil aeroportlarida HK yuklanmasining nazorat oʻlchovini amalga oshirishga;
i) parvoz vaqtida zarurat boʻlganda yoʻlovchilarning qoʻl yuki va bagajini tekshirishga, mustasno tariqasida esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yoʻlovchilarni shaxsan tekshirishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksinig 9-bobi.
k) ekipaj aʼzolariga tavsifnoma berishga haqli.
Havo kemasi komandiriga shunday qaror qabul qilishga olib kelgan sharoitlar va (yoki) vaziyatdan kelib chiqqan holda qoʻnish uchun ikkinchi marta aylanib uchish boʻyicha daxlsiz huquq berilgan. Ikkinchi marta aylanib qoʻnish boʻyicha manevr qoidasiga koʻra, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmada aniqlangan minimal yoʻl qoʻyiladigan balandlikdan, xavfsizlikka tahdid tugʻilganda — minimal balandlikdan qatʼi nazar, boshlanishi kerak.
49. Havo kemasi komandiri:
a) parvozning xavfsiz bajarilishini taʼminlash darajasida uchishi va samolyotni boshqarish texnikasini bilishga;
b) ekipaj aʼzolarining kasbiy tayyorgarlik darajasini bilishi, ularning malakasini oshirish uchun choralar koʻrishga;
v) belgilangan talablarga muvofiq parvozdan oldingi dam olish tartibiga va parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida ish tartibiga rioya etishga;
g) yerda va parvoz vaqtida ekipaj aʼzolarining ishini tashkil etishga;
d) uchish uchun va parvoz vaqtida qaror qabul qilish uchun meteorologik va aeronavigatsion vaziyatni toʻgʻri baholay olishga;
e) parvoz topshirigʻini oʻzi va ekipaj aʼzolari bajara olmaydi, deb hisoblasa yoki uni bajarish xavfsizligi uchun ishonchi komil boʻlmasa uni bajarishdan bosh tortishga;
j) samolyot parvoz uchun yaroqliligiga, u tegishli tarzda roʻyxatdan oʻtkazilganligiga va havo kemasida buni tasdiqlovchi fuqaro HK davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi amaldagi guvohnoma va uchishga yaroqlilik sertifikati mavjudligiga ishonch hosil qilishga;
z) parvozlarni bajarish vaqtida HK bortida ushbu Parvoz qilish qoidalariga (Oʻzbekiston Respublikasi AQ-91) ega boʻlishga;
i) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq havo kemasining holati va parvozga shayligini, uning toʻgʻri yuklanganligini, yukning toʻgʻri taqsimlanganligini va ishonchli mahkamlanganligini nazorat qilishga;
k) ehtiyotkorlik qoidalarini, radioaloqa frazeologiyasi va radioaloqa olib borish qoidalarini bilish va rioya etishga;
l) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasini qoʻngandan keyin va toʻxtab turish joyiga olib borib qoʻygandan soʻng koʻrikdan oʻtkazishga;
m) ekipajda parvozni (parvozlarni) tahlil qilishga majbur.
50. Agar parvozdagi havo kemasiga xavf tahdid solsa yoki kema halokatga uchrayotgan yoxud uchragan boʻlsa, kema komandiri odamlarning hayotini va sogʻligʻini saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishi shart. Ekipajning barcha aʼzolari odamlarni qutqarishda ishtirok etishlari shart.
51. Halokatga uchragan havo kemasini saqlab qolishni taʼminlash maqsadida kema komandiri havo kemasining ekspluatant nomidan kema, bagaj, yuk, pochtani transportirovka qilish toʻgʻrisida bitim tuzishi va vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqa choralarni koʻrishi mumkin.
52. Boshqa havo kemasi yoki dengiz kemasidan falokat signali olgan, yoki halokatga uchrayotgan yoxud uchragan havo kemasini, yoxud xavf ostida qolgan odamlarni uchratgan havo kemasi komandiri oʻziga ishonib topshirilgan havo kemasi, yoʻlovchilari va ekipajiga zarar yetkazmaydigan darajada ularga yordam koʻrsatishi, kartada falokat joyini belgilashi va havo transporti qatnovini boshqarish organiga falokat toʻgʻrisida xabar bermogʻi shart.
a) Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, ushbu Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi uchun;
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
b) havo kemasi bortidagi yoʻlovchilar sonining tashish hujjatlarida koʻrsatilgan songa mosligi uchun (bortkuzatuvchining dokladiga koʻra);
v) har bir parvozning xavfsiz tugashi va havo kemasini oʻzi shaxsan boshqarishi yoki ikkinchi uchuvchiga boshqaruvni berganligidan qatʼi nazar, parvoz topshirigʻining bajarilishi uchun;
g) belgilangan parvoz tartibi va samolyotni boshqarish aniqligiga rioya etilishi uchun;
d) qabul qiladigan qarorlarining asosliligi uchun;
e) parvoz paytida va yerda havo kemasida aniqlangan nosozliklar, havo kemasining yoki uning tizimlari ishidagi chetga chiqishlar toʻgʻrisidagi izohlarni bort daftariga oʻz vaqtida kiritilishi, bort daftarida koʻrsatilgan yonilgʻi qoldigʻi miqdorining havo kemasini topshirish vaqtida undagi amalda mavjud boʻlgan yonilgʻi miqdoriga mosligi uchun;
j) ekipaj aʼzolariga berilgan tavsifnomalarning xolisonaligi uchun javobgardir.
54. Ikkinchi uchuvchi havo kemasi komandiriga va yuqori turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) boʻysunadi.
55. Ikkinchi uchuvchi:
a) havo kemasi komandiri sogʻligʻi holati yoki boshqa sabablarga koʻra parvoz vaqtida oʻz majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda parvozni xavfsiz bajarilishini taʼminlash darajasida uchishi va samolyotni boshqarish texnikasini bilishga;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishga;
v) parvozga tayyorgarlik koʻrish va parvoz vaqtida qaror qabul qilish uchun meteorologik va aeronavigatsion vaziyatni toʻgʻri baholay olishga;
g) oʻzini parvoz topshirigʻini bajara olmaydi deb hisoblasa yoki uni bajarish xavfsizligi uchun ishonchi komil boʻlmasa uni bajarishdan bosh tortishga;
d) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq havo kemasining holati va parvozga shayligini, uning toʻgʻri yuklanganligini, yukning toʻgʻri taqsimlanganligini va ishonchli mahkamlanganligini nazorat qilishga;
e) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq ikkinchi uchuvchiga yuklatilgan boʻlsa, fazoga koʻtarilishdan oldin avariya va yuk lyuklarini, yonilgʻi quyish baklarini bekitishi, havo kemasi fyuzelyajining eshiklarini yopishga;
j) ehtiyotkorlik qoidalarini, radioaloqa frazeologiyasi va radioaloqa olib borish qoidalarini bilish va rioya etishga;
z) parvoz vaqtida havo kemasi komandiriga havo kemasi aviatsiya texnikasi va asbob-uskunalaridagi barcha chetga chiqishlar va nosozliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida bildirishga va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini berishga;
i) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq qaror qabul qilish balandligidan qoʻnish uchun ikkinchi marta aylanib uchib kelishni bajarishga, basharti bunga qadar havo kemasi komandiri tomonidan qoʻnish haqida yoki ikkinchi marta aylanib kelib qoʻnish haqida qaror qabul qilinmagan, ekipajga xabar qilinmagan boʻlsa;
k) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasini qoʻngandan keyin va toʻxtab turish joyiga olib borib qoʻygandan soʻng koʻrikdan oʻtkazishga va HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirishga majbur.
56. Havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq ekipajida shturman nazarda tutilmagan HK larida parvoz kartalari, maʼlumot materiallari, shturman hujjatlari va aeronavigatsiya axborotlari hujjatlari mavjud boʻlishi uchun javobgarlik ikkinchi uchuvchiga yuklatiladi (FIRST OFFICER).
57. Ikkinchi uchuvchi:
a) tegishli tayyorgarlikdan oʻtgandan soʻng HK komandirining ruxsati bilan parvozning barcha bosqichlarida havo kemasini boshqarishga;
b) havo kemasi komandiri sogʻligi holati yoki boshqa sabablarga koʻra parvoz vaqtida oʻz majburiyatlarini bajara olmaganda va bu majburiyatlarni bajarishni ikkinchi uchuvchi oʻz zimmasiga olgan holatlarda, havo kemasi komandiri huquqlarini parvozda qoʻllashga haqli.
58. Ikkinchi uchuvchi:
a) Mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) yukni havo kemasining belgilangan markaziga va parvoz massasiga rioya etgan holda joylashtirish va mahkamlash (havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq aniqlanadigan majburiyatlariga muvofiq);
v) rulni boshqarish va parvoz vaqtida ehtiyotkor boʻlishi;
g) havo kemasi komandiri tomonidan qoʻnish haqida yoki ikkinchi marta aylanib kelib qoʻnish haqida qaror qabul qilinmagan, ekipajga xabar qilinmagan boʻlsa qaror qabul qilish balandligida oʻz vaqtida va toʻgʻri harakat qilishi;
d) havo kemasi komandiri tomonidan berilgan parvoz parametrlarini tutib turish;
e) komandirning ruxsati bilan, yoki havo kemasining komandiri sogʻligʻi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra parvoz vaqtida oʻz vazifalarini bajara olmagan taqdirda havo kemasini boshqarganda parvozning xavfsiz tugashi;
j) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarishi uchun javobgardir.
59. Shturman havo kemasi komandiriga va yuqori turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) boʻysunadi.
60. HK shturmani:
a) havo kemasi uskunalari va navigatsiya asbob-uskunalarini, navigatsiya vositalaridan foydalanish usullarini bilishga va belgilangan yoʻnalishlar va parvoz sxemalari boʻyicha samolyot boshqarilishini taʼminlashga;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishga;
v) parvozga tayyorgarlik koʻrish va parvoz vaqtida qaror qabul qilish uchun meteorologik va aeronavigatsion vaziyatni toʻgʻri baholay olishga;
g) oʻzini parvoz topshirigʻini bajara olmaydi deb hisoblasa yoki uni bajarish xavfsizligi uchun ishonchi komil boʻlmasa uni bajarishdan bosh tortishga;
d) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq havo kemasining uskunalari va navigatsiya asbob-uskunalarining holati va parvozga shayligini nazorat qilishga;
e) parvoz vaqtida havo kemasi komandiriga barcha chetga chiqishlar va nosozliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida bildirishga va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini berishga;
j) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasini qoʻngandan keyin va toʻxtab turish joyiga olib borib qoʻygandan soʻng koʻrikdan oʻtkazishga va HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirishga majburdir.
61. Shturman:
a) mutaxassislardan havo kemasi uskunalarida va navigatsiya asbob-uskunalarida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishni talab qilishi;
b) samolyotni boshqarish maqsadlari uchun yerdagi radionavigatsiya vositalari ishiga buyurtma berishga haqli.
62. Shturman:
a) Mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) navigatsiya asbob-uskunalarini soz holda qabul qilish va havo kemasi bortida shturmanlik jihozlari mavjudligi;
v) belgilangan parvoz tartibi va samolyotning aniq boshqarilishi;
g) havo kemasi bortida parvozni bajarish uchun zarur boʻlgan parvoz kartalari, maʼlumot materiallari, shturman hujjatlari va aeronavigatsiya axborotlari hujjatlari mavjud boʻlishi;
d) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarilishi uchun javobgardir.
63. Bortmuhandis (bortmexanik) havo kemasi komandiriga va yuqori turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) boʻysunadi.
a) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va HKni parvozda va texnik ekspluatatsiya qilish boʻyicha boshqa yoʻriqnomalarga muvofiq havo kemasidan foydalanish qoidalarini bilishi va bajarishi;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishi;
v) oʻzini parvoz topshirigʻini bajara olmaydi deb hisoblasa yoki uni bajarish xavfsizligi uchun ishonchi komil boʻlmasa uni bajarishdan bosh tortishi;
g) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq havo kemasini parvozga tayyorlashni amalga oshirishi;
d) havo kemasi komandiriga HK dvigatellari va tizimlaridagi barcha chetga chiqishlar va nosozliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida bildirishi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini berishi;
e) parvoz vaqtida yuzaga kelgan va bartaraf etish mumkin boʻlgan nosozliklarni tuzata olishi;
j) havo kemasi komandirining dvigatellarni va havo kemasi tizimlarini boshqarish boʻyicha buyruqlarini oʻz vaqtida bajarishi;
z) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasini qoʻngandan keyin va toʻxtab turish joyiga olib borib qoʻygandan soʻng koʻrikdan oʻtkazishi va HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirishi;
i) texnik hujjatlarni rasmiylashtirishi, parvozdan keyin bort daftariga aviatsiya texnikasi ishi boʻyicha va koʻrik natijalariga koʻra izohlarni oʻz vaqtida kiritishi, havo kemasini belgilangan tartibda topshirishi.
65. Bortmuhandis (bortmexanik) mutaxassislardan havo kemasida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etishni va havo kemasini shtat asbob-uskunalari, zarur ashyolar va kema hujjatlari bilan taʼminlashni talab qilish huquqiga ega.
66. Bortmuhandis (bortmexanik) quyidagilar uchun:
a) Mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) havo kemasini soz va parvoz uchun shay holda qabul qilish;
v) havo kemasidan yerda va parvozda foydalanish qoidalariga rioya;
g) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga va ekipaj ish texnologiyasiga muvofiq, avariya va yuk lyuklarini, yonilgʻi quyish baklarini bekitish, havo kemasi fyuzelyaji eshiklarini;
d) havo kemasi bortida belgilangan kema hujjatlari, avariyadan qutqaruv vositalari, parvoz uchun yetarli miqdorda yonilgʻi, moy, suyuqliklar va gazlar boʻlishi;
e) havo kemasi komandiriga aviatsiya texnikasidagi nosozliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida bildirish;
j) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarishi uchun javobgardir.
67. Bortradist havo kemasi komandiriga va yuqori turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) boʻysunadi..
68. Bortradist:
a) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasidagi elektr-, radio-, va yorugʻlik-texnik asbob-uskunalaridan foydalanishni bilish va ulardan foydalanishga, bort radiovositalari va ikki tomonlama radioaloqa ishini taʼminlashga;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishga;
v) oʻzini parvoz topshirigʻini bajara olmaydi deb hisoblasa yoki uni bajarish xavfsizligi uchun ishonchi komil boʻlmasa uni bajarishdan bosh tortishga;
g) toʻliq hajmda parvozga tayyorgarlik koʻrishga;
d) havo kemasidagi elektr-, radio-, va yorugʻlik-texnik asbob-uskunalarining holatini va parvozga shayligini nazorat qilishga;
e) havo kemasi komandiriga HHB organlari koʻrsatmalarini va meteorologik axborotni oʻz vaqtida yetkazishga;
j) havo kemasi komandiriga HK elektr-, radio-, va yorugʻlik-texnik asbob-uskunalaridagi barcha chetga chiqishlar va nosozliklar toʻgʻrisida oʻz vaqtida bildirishga va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini berishga;
z) havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq havo kemasini qoʻngandan keyin va toʻxtab turish joyiga olib borib qoʻygandan soʻng koʻrikdan oʻtkazishga va HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirishga majbur.
69. Bortradist aviatsiya muhandislari tarkibi mutaxassislardan havo kemasida aniqlangan HK elektr-, radio-, va yorugʻlik texnik asbob-uskunalaridagi nosozliklarni bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.
70. Bortradist quyidagilar uchun:
a) Mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) bort radiovositalarining parvoz chogʻida ishonchli ishlashi va ikki tomonlama barqaror radioaloqaning tutib turilishi;
v) qabul qilingan dispetcherlik koʻrsatmalari, meteorologik va boshqa maʼlumotlarning havo kemasi komandiriga oʻz vaqtida va aniq bildirilishi;
g) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarilishi uchun javobgardir.
71. Bortkuzatuvchi bevosita va yuqori turuvchi boshliqlarga, parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida esa havo kemasi komandiriga boʻysunadi.
72. Bortkuzatuvchi:
a) havo kemasidagi avariyadan qutqarish va maishiy asbob-uskunalardan foydalanishni bilishga va ularning holatini nazorat qilishi, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq ulardan foydalanishga;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishga;
v) yerda xizmat koʻrsatish boʻyicha agentdan tashuv hujjatlarini aviakompaniya qoidalariga muvofiq qabul qilib olish va yuk hamda “NOTOS” shakli boʻyicha maxsus toifadagi bagaj mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrashga, HK komandiriga bortda maxsus yuk mavjudligi toʻgʻrisida axborot berishga majbur. Tijorat yuklamasini HK bortiga joylashtirish va undan tushirishda bortkuzatuvchining majburiyatlari doirasi aviakompaniya qoidalari orqali aniqlanadi;
g) yuklama sxemasiga, markazlashtirish grafigiga va yigʻma-yuklama vedomostiga yoki HK komandirining koʻrsatmasiga muvofiq yoʻlovchilarning joylashishini nazorat qilishga;
d) yoʻlovchi salonida qoʻl yuki (bagaj)ning aviakompaniya qoidalariga muvofiq joylashtirilishini nazorat qilishga, bunda avariyada chiqish yoʻllari va unga oʻtish yoʻlaklarining bekilib qolmasligiga eʼtibor qaratishga;
e) havo kemasining sanitariya holatini nazorat qilishga, yoʻlovchi saloni va ish joyida tozalik va tartibni saqlashga;
j) havo kemasi komandiriga maishiy buyumlarning nosozligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishga;
z) yoʻlovchilar tomonidan havo kemasi bortida oʻzini tutish qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga, bu qoidalarning buzilganligi toʻgʻrisidagi barcha axborotlarni havo kemasi komandiriga oʻz vaqtida bildirishga;
i) yoʻlovchilar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, havo kemasi komandirining koʻrsatmasiga (ruxsatiga) koʻra ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishga;
k) parvoz tugagandan soʻng HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirish, oʻz ishini baholash va yoʻnalishning hujjatlarini rasmiylashtirishga;
l) HK bort daftariga maishiy asbob-uskunalarning parvoz davomidagi ishi toʻgʻrisida yozib qoʻyish, maishiy asbob-uskunalarni va bortdagi jihozlarni belgilangan tartibda topshirishga majbur.
73. Bortkuzatuvchi:
a) yerda joylashgan xizmat xodimlaridan havo kemasini parvozga tayyorlash vaqtida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab etishga;
b) havo kemasi bortidagi yoʻlovchilardan havo kemasida oʻzini tutish qoidalarini aniq bajarishni talab etishga haqli.
74. Bortkuzatuvchi:
a) mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) yoʻlovchilarning yuklama sxemasiga, markazlashtirish grafigiga va yigʻma-yuklama vedomostiga yoki HK komandirining koʻrsatmasiga muvofiq joylashishi;
v) yoʻlovchi salonida qoʻl yuki (bagaj)ning aviakompaniya qoidalariga muvofiq joylashtirilishi, bunda avariyada chiqish yoʻllari va unga oʻtish yoʻlaklarining bekilib qolmasligiga;
g) yoʻlovchilarning havo kemasi bortida oʻzini tutish qoidalariga rioya etishlari boʻyicha choralar koʻrish;
d) yoʻlovchilar tomonidan havo kemasi bortida oʻzini tutish qoidalarining buzilganligi toʻgʻrisida havo kemasi komandiriga oʻz vaqtida bildirish;
e) yoʻnalish hisobot hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi;
j) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarishi uchun javobgar.
75. Yuk HK bortoperatori bevosita va yuqori turuvchi boshliqlarga, parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida esa havo kemasi komandiriga boʻysunadi.
76. Bortoperator:
a) havo kemasining yuk kabinasi (yuk boʻlmasi)dagi asbob-uskunalarni bilish va ulardan havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanmaga muvofiq foydalanish, yuklarni ortish, joylashtirish va mahkamlash qoidalarini, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini bilishga;
b) parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etishga;
v) tashuv hujjatlariga va markazlashtirish grafigiga muvofiq yuklarning borligi, joylashtirilishi va mahkamlanganligini va upakovkasining sozligini nazorat qilishga;
g) havo kemasi komandiriga asbob-uskunalarning nosozligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishga;
d) havo kemasi va uning bortida joylashgan yukning butligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishga;
e) parvoz tugagandan soʻng HK komandiriga oʻz mulohazalarini bildirish, oʻz ishini baholashga;
j) havo kemasidan yukni tushirib boʻlgandan soʻng yoʻnalishning hujjatlarini rasmiylashtirishga;
z) HK bort daftariga havo kemasining yuk kabinasidagi asbob-uskunalarning ishi toʻgʻrisida yozib qoʻyish, bort asbob-uskunalarini va bortdagi jihozlarni belgilangan tartibda topshirishga majbur.
77. Bortoperator:
a) muhandislik-aviatsiya xizmati xodimlaridan havo kemasining yuk kabinasi (yuk boʻlmasi)dagi asbob-uskunalardagi nosozliklarni bartaraf etishni talab etishga;
b) tashuvlarni tashkil qilish xizmati xodimlaridan yuklarning markazlashtirish grafigiga muvofiq joylashtirilishi va mahkamlanishini, yuklarning upakovkasi buzilgan boʻlsa ularni tuzatishni talab etishga haqli.
78. Bortoperator:
a) mazkur Qoidalar, havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma va boshqa normativ hujjatlarning oʻziga tegishli qismlari boʻyicha talablarning bajarilishi;
b) yuklarning tashuv hujjatlariga va markazlashtirish grafigiga muvofiq joylashtirilishi va mahkamlanganligi;
v) hisobot hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi;
g) parvoz topshirigʻini bajarish vaqtida oʻz xizmat majburiyatlarini, HK komandirining buyruqlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarilishi uchun javobgar.
79. Maxsus ishlarni bajaradigan uchuvchi-kuzatuvchilar, bortoperatorlar, shuningdek ekipaj tarkibiga kiritilgan boshqa mutaxassislar parvoz vaqtida havo kemasi komandiriga boʻysunadilar va lavozim yoʻriqnomasiga binoan oʻz vazifalarini bajaradilar.
80. Ekipaj tarkibiga uchuvchilar tarkibidan bittadan ortiq boʻlmagan stajyor qoʻshilishi mumkin.
81. Stajyor havo kemasi komandiriga, yuqori turuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri komandirlarga (boshliqlarga) va bevosita uning stajirovkasi bilan shugʻullanuvchi ekipaj aʼzosiga boʻysunadi, ular stajyorning oʻz funksional vazifalarini toʻliq va toʻgʻri bajarilishi uchun javobgar boʻladilar.
82. Parvozga tayyorgarlik koʻrish vaqtida va parvozda stajyor qaysi lavozimda stajirovka oʻtayotganligi va kimning ish oʻrnini egallaganiga qarab, oʻsha ekipaj aʼzosining funksional vazifalarini bajaradi.
83. Stajyor havo kemasi komandiri bilan kelishgan holda qaysi lavozimda stajirovka oʻtayotganligiga qarab, bevosita uning stajirovkasi bilan shugʻullanayotgan shaxs tomonidan berilgan doirada oʻsha ekipaj aʼzosining huquqlaridan foydalanadi.
84. Stajyorning oʻz funksional vazifalarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri bajarilishi, stajyor tomonidan qabul qilinadigan qarorlar uchun javobgarlik bevosita uning stajirovkasi bilan shugʻullanuvchi ekipaj aʼzosi zimmasida boʻladi.
85. Havo kemasining har bir ekipaj aʼzosi:
a) parvoz vaqtida yuzaga kelgan havo kemasi tizimlarini ekspluatatsiya qilishning belgilangan normalaridan, uchish texnikasidan chetga chiqishlar yoki ularning buzilishi va ularga rioya etilmayotganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va eshittirib ekipajni ogohlantirishga;
b) parvoz nihoyasiga yetkazilganidan soʻng oʻzining buyruq beruvchi rahbariyati (buyruq beruvchi uchuvchilar) tarkibiga parvozni bajarish vaqtida ekipaj tomonidan yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar yoki buzilishlar toʻgʻrisida xabar bildirishga majbur.
86. Havo kemasi ekipajiga yetkazilgan zararni qoplash Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
87. Ekipajning barcha aʼzolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurtalangan boʻlishi zarur.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksinig 110-moddasi.
V. Aerodromlar va aeroportlar
88. Yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochtani tashish maqsadida parvozni amalga oshiradigan havo kemalariga xizmat koʻrsatish uchun, shuningdek boshqa maqsadlarda aerodromlar va aeroportlar tashkil etiladi.
89. Oʻzbekiston Respublikasi FA tasarrufidagi fuqaro aerodromlari “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan yuritish yuklatilgan FA aerodromlari davlat reyestriga kiritilishi shart.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
90. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aerodromlarini FA aerodromlari davlat reyestriga kiritish va davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan aerodromlarning foydalanish uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi sertifikatga asosan amalga oshiriladi.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
91. Aerodromlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi, shuningdek muvaqqat aerodromlarni, aviatsiya ishlarini taʼminlash uchun aerodromlar va qoʻnish maydonchalarini hisobga olish tartibi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
92. Hamkorlikda joylashish va hamkorlikda foydalanish aerodromlarini davlat roʻyxatiga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadi.
93. Har qanday fuqaro aerodromi aerodromlarning foydalanishga yaroqliligi borasidagi normalarga javob bersagina foydalanishga qoʻyiladi.
94. Fuqaro aerodromlaridan foydalanishga ruxsat berish “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
95. Fuqaro va eksperimental aviatsiya havo kemalarining hamkorlikda joylashishi va hamkorlikda foydalanishi, fuqarolik aerodromlarida parvozlarni tashkil qilish va bajarish tartibi, aerodrom hududida parvozlarni bajarish mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan yoʻriqnomaga, aerodromlar aerouzellarga birlashtirilganda esa — mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga koʻra belgilanadi.
96. Aerodrom atrofida parvozlarni bajarish boʻyicha yoʻriqnoma parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarga muvofiq davriy tekshiruvdan oʻtkazilib turilishi kerak. Tekshirish amaldagi roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va aerodromlarning foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi guvohnomani uzaytirish jarayonida oʻtkaziladi.
97. Havo kemalarining aerodrom atrofida parvozlarni bajarishi uchun zarur maʼlumotlar aeronavigatsiya axborotlari (ANA) hujjatlarida eʼlon qilinadi.
98. Aerodromlarni qurish va qayta qurish tegishli vazirlik va idoralar bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilishi kerak.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 6-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3495, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son)
99. Aerodrom hududida binolar, inshootlar, aloqa liniyalari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish, radiotexnika liniyalari va HKlari parvoziga xavf tugʻdirishi yoki aerodromlarning radiotexnik aloqalarining normal ishlashi uchun xalaqit berishi mumkin boʻlgan boshqa obyektlarni joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomdagi Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma pasportiga muvofiq amalga oshiriladi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
100. Havo kemalari harakatining intensivligi, aviatashuvlar hajmiga qarab aeroportlar beshta klassga boʻlinadi: 1, 2, 3, 4 va 5. 5-klassdan past boʻlgan barcha aeroportlar tasniflanmagan aeroportlarga kiradi.
101. Aeroportlarning joylashishi, rejalashtirilish va tasniflanishi FA aeroportlarini texnologik loyihalash normalari orqali aniqlanadi (ICAO 9184-hujjati. 2002-y. № 3).
102. FA aerodromlari:
a) uchish-qoʻnish yoʻlaklari turiga koʻra — sunʼiy qoplamali, gruntli, gidroaerodromlar, qor va muzli;
b) foydalanish xususiyatiga koʻra — doimiy va vaqtinchalik, kunduzgi va tunu kun ishlaydigan;
v) maqsadiga koʻra — trassa uchun, zavod, oʻquv va aviatsiya ishlarini bajarish uchun;
g) joylashishi va ekipajlar tomonidan parvozda trassa boʻylab foydalanishiga koʻra — bazaviy, oraliq, uchish, qoʻnish va zaxira;
d) dengiz sathiga koʻra joylashish balandligi va relyefi xususiyatiga koʻra — togʻli va tekislikda joylashgan;
e) foydalanishga qoʻyilishi boʻyicha qoʻnish uchun minimum boʻyicha — toifalangan va toifalanmagan aerodromlarga boʻlinadi.
103. Standart sharoitlarda sunʼiy qoplama uzunligiga qarab aerodromlar A, B, V, G, D, E klasslariga boʻlinadi.
VI. Parvozlar tasnifi
104. Fuqaro havo kemalarining parvozlar uchish sharoitlari va samolyotni boshqarish, hududi, balandligi, fizik-geografik sharoitlar va sutka vaqtiga qarab tasniflanadi.
105. Parvozlar maqsadga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
a) transport parvozlari — yoʻlovchi, yuk, pochta va bagajni tashish uchun;
b) aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha — FAdan xalq xoʻjaligi tarmoqlarida foydalanishda, shuningdek aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya tadbirlarini oʻtkazish uchun;
v) oʻquv parvozlari — kursantlar va oʻquv yurtlari tinglovchilarini oʻqitish uchun;
g) mashq va tekshiruv parvozlari — uchuvchilar tarkibini mashq qildirish va malakasini tekshirish uchun;
d) metodik parvozlar — havo kemalari harakatining ratsional trayektoriyalarini izlash va havo kemasini boshqarish metodlarini aniqlash, uchuvchilar tarkibini oʻqitish dasturlari va metodikalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, yoʻriqchilik ishiga qoʻyilgan uchuvchilar tarkibining metodik tayyorgarligini tekshirish;
e) tadqiqot (ilmiy) — ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun;
j) sinov (nazorat-sinov) — havo kemasini yoki unga oʻrnatilgan dvigatellar va asbob-uskunalarni sinash uchun;
z) yerdagi tizimlar va RTVni uchirib koʻrib sinovdan oʻtkazish — radiotexnik vositalar, yerdagi navigatsiya qoʻnish tizimlarini tekshirish, sozlash uchun;
i) havo kemalarini uchirib sinab koʻrish (HK nazorat parvozlari) — havo kemasi tizimlari va agregatlarining yerda tekshirish mumkin boʻlmagan ishini parvozda sinab koʻrish uchun;
k) boshqa joyga oʻtkazish — havo kemalarini taʼmirlashga (taʼmirlashdan) olib borish, yangi joylashish joyiga yoki ish joyiga yetkazish;
l) namoyish parvozlari — aviatsiya texnikasini koʻrsatish, aviatsiya yutuqlarini tashviqot qilish uchun (aviasalonlar-koʻrgazmalar);
m) qidiruv-qutqaruv va avariyadan qutqarish — halokatga uchragan ekipaj, yoʻlovchilar, uchuvchi apparatlar, daryo va dengiz kemalarini izlash va yordam koʻrsatish uchun, shuningdek tabiiy ofatlarda.
106. Uchish va samolyotni boshqarish sharoitlariga koʻra parvozlar:
a) vizual parvozlar;
b) uskunalar boʻyicha parvozlarga boʻlinadi.
107. Qoʻnishni boshlash:
a) VPQ boʻyicha qoʻnishni boshlash;
b) vizual qoʻnishni boshlash;
v) uskunalar boʻyicha qoʻnishni boshlash sxemalaridan foydalangan holda qoʻnishga boʻlinadi.
Vizual qoʻnishni boshlash, odatda uskunalar boʻyicha qoʻnishni boshlashning davomi boʻlib, belgilangan qoidalarga koʻra amalga oshiriladi va qoʻnishdan oldingi toʻgʻri chiziqqa kirish uchun koʻz bilan kuzatgan holda manevr bajarishni nazarda tutadi.
108. Uskunalar boʻyicha qoʻnishni boshlash sxemalaridan foydalangan holda qoʻnishga kirishish quyidagilarga boʻlinadi:
a) qoʻnish uchun noaniq kirish;
b) qoʻnish uchun aniq kirish;
109. Bajarilish hududiga qarab parvozlar quyidagilarga boʻlinadi:
a) aepodpom (aepouzellar) — aepodpom payonida (aepouzelda);
b) tpassa boʻylab — havo trassalari va mahalliy havo yoʻllari boʻylab;
v) maydon boʻylab — aviatsiya ishlarini bajarish hududlarida;
g) yoʻnalish-trassa boʻylab — bitta parvozda belgilangan yoʻnalish va havo trassasi (MHY) boʻylab bajariladi.
110. Parvozlar balandligiga koʻra:
a) cheklangan past balandliklarda — 200 metrgacha mahalliy relyeflar va suv havzalari ustidan oʻtadigan parvozlar;
b) kichik boʻlmagan — 200 metrdan baland va 1000 metrgacha mahalliy relyeflar va suv havzalari ustidan oʻtadigan parvozlar;
v) oʻrtacha balandliklarda — dengiz sathidan 1000 metrdan va 4000 metrgacha balandlikda;
g) yuqori balandliklarda —dengiz sathidan 4000 metrdan va 12000 metrgacha balandlikda;
d) stpatosfepada — dengiz sathidan 12000 metrdan ortiq balandlikda amalga oshiriladigan parvozlarga boʻlinadi.
111. Fizik-geografik sharoitlarga koʻra:
a) tekislik va past-baland joylar ustidan oʻtadigan;
b) togʻli joylar ustidan;
v) choʻl joylardan oʻtuvchi;
g) suv havzalari ustidan;
d) uch va undan ortiq soat poyasi kesishgan joylardan oʻtuvchi parvozlarga boʻlinadi.
112. Parvoz sutkaning qaysi vaqtida bajarilishiga qarab quyidagilarga boʻlinadi:
a) kunduzgi — quyosh chiqishi va botishi oraligʻida bajariladigan parvozlar;
b) tungi — quyosh botishi va tong otishi oraligʻida bajariladigan parvozlar;
v) oraliq — havo kemasi uchishidan qoʻnishiga qadar boʻlgan vaqtda kunduzgi parvozdan tungi parvozga yoki aksincha oʻtiladi.
VII. Minimumlar
113. Parvozlar xavfsizligi va muntazamligini taʼminlash uchun quyidagi minimumlar belgilanadi:
a) aepodpom minimumlari;
b) havo kemasi minimumlari;
v) havo kemasi komandirining minimumlari;
g) aviatsiya ishlari minimumlari.
114. Fazoga koʻtarilish uchun aerodrom minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrinishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, zarurat boʻlganda — bulutlar pastki chegarasining ushbu turdagi havo kemasida parvozni bajarishga ruxsat etiladigan balandligi.
115. Qoʻnish uchun aerodrom minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning va ushbu turdagi havo kemasining qoʻnishiga ruxsat etiladigan, qaror qabul qilishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, pasayishning minimal balandligi (bulutlar pastki chegarasining balandligi, zarurat boʻlganda).
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
116. Aerodromning vizual qoʻnishni boshlash minimumi — ushbu aerodromda mazkur turdagi havo kemasida vizual kuzatib qoʻnishga ruxsat etiladigan minimal pasayishning, koʻrishning va bulutlar pastki chegarasi balandligining minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
117. Fazoga koʻtarilish uchun aerodrom mashq minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, zarurat boʻlganda — bulutlar pastki chegarasining ushbu turdagi havo kemasida mashq parvozlarini bajarishda uchishga ruxsat etiladigan balandligi.
118. Qoʻnish uchun aerodrom mashq minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning va ushbu turdagi havo kemasining mashq parvozlarida qoʻnishga ruxsat etiladigan, qaror qabul qilishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, pasayishning minimal balandligi (bulutlar pastki chegarasining balandligi, zarurat boʻlganda).
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
119. Fazoga koʻtarilish uchun havo kemasi minimumi — ushbu turdagi havo kemasida fazoga koʻtarilishni xavfsiz amalga oshirishga imkon beradigan balandligi belgilangan boʻlsa, uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning, bulutlar pastki chegarasining minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
120. Qoʻnish uchun havo kemasi minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning va ushbu turdagi havo kemasining xavfsiz qoʻnishiga imkon beradigan, qaror qabul qilishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, pasayishning minimal balandligi (bulutlar pastki chegarasining balandligi, zarurat boʻlganda).
(120-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
121. Havo kemasining vizual kuzatib qoʻnishni boshlash minimumi — mazkur turdagi havo kemasida vizual kuzatib xavfsiz qoʻnishiga imkon beradigan minimal pasayishning, koʻrishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
122. Fazoga koʻtarilish uchun havo kemasi komandirining minimumi — ushbu turdagi havo kemasining komandiriga fazoga koʻtarilishga ruxsat etiladigan balandligi belgilangan boʻlsa, uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning, bulutlar pastki chegarasining minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
123. Qoʻnish uchun havo kemasi komandirining minimumi — uchish-qoʻnish yoʻlagida koʻrishning va ushbu turdagi havo kemasi komandiriga qoʻnishga ruxsat etiladigan qaror qabul qilishning minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi, pasayishning minimal balandligi (bulutlar pastki chegarasining balandligi, zarurat boʻlganda).
(123-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
124. Qoʻnish uchun VPQga koʻra havo kemasi komandirining minimumi — ushbu turdagi havo kemasi komandiriga vizual bajariladigan parvozlar bajarishga ruxsat etiladigan koʻrinishning, bulutlar pastki chegarasining minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
125. Aviatsiya ishlari minimumi — ushbu ish turi uchun belgilangan parvozlarni bajarish qoidalarini (VPQ, UPQ) qoʻllagan holda aviatsiya ishlarini bajarishga ruxsat etiladigan koʻrishning, bulutlar pastki chegarasining minimal yoʻl qoʻyiladigan darajasi.
126. Murakkab meteorologik sharoitlarda parvozlarning xavfsizligini va samaradorligini taʼminlash uchun qoʻnish va qoʻnishlar uchun aniq kirishning ICAO boʻyicha toifalari oʻrnatiladi:
a) ICAO I toifasi — qoʻnish uchun aniq kirish va uskunalar boʻyicha qoʻnish uchun qaror qabul qilish balandligi kamida 60 metr (200 fut) va (yoki) koʻrish uzoqligi kamida 800 metr yoxud uchish-qoʻnish yoʻlakchasidagi koʻrish uzoqligi kamida 550 metr boʻlganda;
b) ICAO II toifasi — qoʻnish uchun aniq kirish va uskunalar boʻyicha qoʻnish qaror qabul qilish balandligi 60 metrdan (200 futdan) kam, lekin 30 metrdan (100 futdan) koʻp va uchish-qoʻnish yoʻlakchasidagi koʻrish uzoqligi kamida 300 metr boʻlganda;
v) ICAO IIIa toifasi — qoʻnish uchun aniq kirish va uskunalar boʻyicha qoʻnish qaror qabul qilish balandligi 30 metrdan (100 futdan) kam yoki qaror qabul qilish balandligi cheklanmagan va uchish-qoʻnish yoʻlakchasidagi koʻrish uzoqligi kamida 175 metr boʻlganda;
g) ICAO IIIv toifasi — qoʻnish uchun aniq kirish va uskunalar boʻyicha qoʻnish qaror qabul qilish balandligi 15 metrdan (50 futdan) kam yoki qaror qabul qilish balandligi cheklanmagan va uchish-qoʻnish yoʻlakchasidagi koʻrish uzoqligi 175 metrdan kam, lekin 50 metrdan koʻp boʻlganda;
d) ICAO IIIs toifa — qoʻnish uchun aniq kirish va uskunalar boʻyicha qoʻnish qaror qabul qilish balandligi va uchish-qoʻnish yoʻlakchasidagi koʻrish uzoqligi cheklanmaganda.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
127. Agar qaror qabul qilish balandligi (QQB) va UQYda koʻrish uzoqligi turli toifalarda boʻlsa, unda ushbu parvozni qaysi toifaga kiritish QQB boʻyicha yoki UQYda koʻrish uzoqligi boʻyicha aniqlanishi mumkin. Parvoz past minimumli toifa boʻyicha bajariladi.
128. Aerodromlar, havo kemalari, havo kemalari komandirlari, aviatsiya ishlari turlari uchun shamol tezligi boʻyicha cheklovlar belgilanishi mumkin.
129. Har bir muayyan holatda fazoga koʻtarilish uchun (qoʻnish, yoʻnalish boʻylab parvoz qilish, aviatsiya ishlari hududi boʻyicha) qaror qabul qilishda aerodromlar, havo kemalari, havo kemalari komandirlari, aviatsiya ishlari turlari minimumlaridan kelib chiqqan holda, ularning eng yuqorisi boʻyicha minimum aniqlanadi.
130. Yaqindagi radiomarkerli uzatmali radiostansiyada (YARUR) meteokuzatishlar boʻlmaganda bulutlarning pastki chegarasi balandligida qoʻnish uchun minimum oshadi:
a) RQT boʻyicha — bulutlarning pastki chegarasi balandligi boʻyicha 30 metr (100 fut) va UQYda koʻrish uzoqligi boʻyicha 500 metrgacha;
(130-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
b) QTU boʻyicha — bulutlarning pastki chegarasi balandligi 200 metrgacha (600 futgacha) (kamida) va UQYda koʻrish uzoqligi minimum boʻyicha, lekin kamida 2500 metr boʻlganda.
(130-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
131. Qoʻnish tizimlari bilan jihozlangan aerodromlarda meteorologik kuzatishlar uchish boshlanish joyi yaqinida va bulutlarning pastki chegarasi balandligi 200 metr (660 fut) va undan kam boʻlgan yaqinlikdagi radiomarkerli uzatmali radiostansiyada (YARUR) oʻtkaziladi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
132. Qoʻnish tizimlari bilan jihozlanmagan aerodromlarda kuzatish boshqaruv-dispetcherlik punktida olib boriladi. Pastki minimum bulutlar balandligi boʻyicha 200 metrdan (660 futdan) oshadigan aerodromlarda yaqinlikdagi radiomarkerli uzatmali radiostansiyada (YARUR) kuzatish oʻtkazilmaydi.
(132-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
133. Havo kemalarining uchishi va qoʻnishi xalqaro meteominimumi ICAOning II va III-toifalari boʻyicha taʼminlanadigan aerodromlarda bulutlarning pastki chegarasini kuzatish yaqinlikdagi radiomarkerli uzatmali radiostansiyada (YARUR) oʻtkaziladi.
134. Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari bilan xalqaro qatnovlarni bajarishda foydalaniladigan xorijiy aerodromlar uchun uchish va qoʻnish minimumlari belgilanadi, ular hududida aerodrom joylashgan davlat tomonidan belgilangan minimumlardan past boʻlmasligi kerak, yanada pastroq minimum oʻrnatish uchun davlatning roziligi boʻlgan hollar bundan mustasno.
VIII. Havo trassalari, mahalliy havo yoʻllari va belgilangan yoʻnalishlar
135. Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozlar havo trassalari, mahalliy havo yoʻllari va belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi.
136. Havo trassalari, mahalliy havo yoʻllari va belgilangan yoʻnalishlarning yoʻnalishlari, kengligi, shuningdek parvozlar eshelonlari (balandligi) parvozlar xavfsizligi talablariga rioya etgan holda va tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
137. Havo trassalari va mahalliy havo yoʻllari havo kemalari parvozlarining xavfsizlik talablariga javob berishi aniqlangandan keyingina foydalanishga qoʻyiladi.
138. Havo trassasining kengligi qoidaga koʻra 10 km (5 d.mili) qilib belgilanadi.
(138-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
139. Havo trassalarining baʼzi bir uchastkalarida havo kemalari parvozlari uchun havo trassalari va MHYning boshqa parvozlar bilan band boʻlmagan davri uchun toʻgʻrilangan yoʻnalishlari belgilanishi mumkin.
140. Mahalliy havo yoʻllari qoidaga koʻra pastki samoviy hududlarda belgilanadi va ikki toifaga boʻlinadi:
a) birinchi toifa — kengligi 10 km (5 d.mili) boʻlgan ajratilgan eshelonlarda parvozlar uchun;
(140-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
b) ikkinchi toifa — pastki eshelondan quyidagi balandliklarda vizual bajariladigan parvozlar qoidalari boʻyicha parvozlar uchun. Ikkinchi toifa MHY kengligi joyning relyefi va undagi sunʼiy toʻsiqlarni hisobga olgan holda 4 km.gacha (2 d.miligacha) belgilanadi.
(140-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
141. Trassadan tashqari (MHY tashqari) parvozlarni vizual bajariladigan parvozlar qoidalari boʻyicha bajarishda yoʻnalish kengligi quyidagicha belgilanadi:
a) eshelonlarda — yoʻnalish oʻqidan ikkala tomonga qarab 5 km.dan (3 d.milidan);
(141-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
b) pastki eshelondan quyida — yoʻnalish oʻqidan ikkala tomonga qarab 2 km.dan (1 d.milidan).
(141-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
142. Havo trassalaridan va MHY dan tashqaridagi parvozlar yoʻnalishlari aerodromlarda balandlikka chiqish va tushish trayektoriyalari bilan, shuningdek poligonlar hududidagi otishma chiziqlari va moʻljalga kirish yoʻnalishlari bilan kesishmasligi kerak.
143. Yoʻnalishni tanlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan cheklov normalarini hisobga olish kerak.
(143-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
144. Oʻzbekiston Respublikasining havo trassalari va mahalliy havo yoʻllari HMQ va HHK qoʻmondonligi tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus roʻyxatga kiritiladi va har bir havo trassasiga hamda mahalliy havo yoʻli uchastkasiga quyidagilar belgilanadi:
a) burilish punktlari koordinatlari;
b) nomi;
v) magnit-yoʻl burchagi (MYB);
g) masofa;
d) kenglik;
e) parvozning pastki xavfsiz eshelonlari (balandligi);
j) ruxsat etilgan parvoz eshelonlari (balandligi).
IX. Parvoz ishlarini tashkil etish
145. Parvoz ishlarini tashkil etish — turli tarmoqlar, tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning ehtiyojlarini qondirish boʻyicha parvozlar xavfsizligi, muntazamligi va iqtisodiy samaradorligini taʼminlagan holda havo tashuvlarini va aviatsiya ishlarini bajarish uchun parvoz ishlarini rejalashtirish va uchuvchilar boʻlinmalari hamda havo kemalari ekipajlarini boshqarish boʻyicha tadbirlar tizimi.
146. Parvoz ishlarini tashkil etish oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
a) parvoz ishlarini rejalashtirish;
b) uchuvchilar tarkibini kasbiy tayyorlash;
v) havo kemalari ekipajlarini shakllantirish;
g) uchuvchilar tarkibini parvozga qoʻyish;
d) ekipajlarni dastlabki va parvozdan oldingi tayyorgarligi;
e) uchuvchilar tarkibining ishini tekshirish;
j) ekipaj tarkibini tekshiruvchilar bilan birga parvoz;
147. Parvoz ishlarini tashkil etish ushbu Qoidalar, “Oʻzaviatsiya” agentligining yoʻriqnomalari, buyruqlari, koʻrsatmalari, ekipaj aʼzolarini tayyorlash dasturlari va boshqa normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(147-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
148. Buyruq beruvchi-uchuvchilar tarkibi aviakorxonalar (aviakompaniyalar) va ularning tarkibiy boʻlinmalarida parvoz ishlarini tashkil etish holati va parvozlar xavfsizligi darajasi uchun shaxsiy javobgardir.
149. Har bir ekipajning parvozlarini nazorat qilish parvoz axborotlarini tahlil qilish materiallaridan foydalangan holda har oyda kamida bir marta uchuvchilar boʻlinmasining buyrugʻiga muvofiq komandir-uchuvchilar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
150. Nazorat majburiy tartibda quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
a) mashq va nazorat parvozlarini ekipaj tarkibida tekshiruvchi (uchuvchi) bilan birga bajarish vaqtida;
b) liter yoʻnalishlarini bajarishda;
v) havo kemasi komandiri tomonidan birinchi mustaqil parvozni bajarishda;
g) boʻlinmalarning va ATB buyruq beruvchi — uchuvchilar tarkibi buyurtmasiga koʻra;
d) ekipaj ishida havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma, parvoz qilish qoidalari va HHB talablari buzilganligi aniqlangan hollarda;
e) havo kemalari komandirlarining talabiga koʻra.
151. Taqdim etiladigan parvoz axborotlarining oʻz muddatida berilishi va sifati uchun javobgarlik parvoz maʼlumotlarini dastlabki ishlashni amalga oshiradigan xizmatlar rahbarlari zimmasida boʻladi. Olingan maʼlumotlar boʻyicha pirovard xulosani komandir-uchuvchilar tarkibi beradi.
X. Havo kemalari parvozlarini taʼminlash
1-§. Parvozlarni taʼminlash turlari
152. Havo kemalari parvozlarini taʼminlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish;
b) meteorologik taʼminot;
v) parvozlarni aeronavigatsiya maʼlumotlari bilan taʼminlash;
g) aeronavigatsion (shturmanlik) taʼminoti;
d) muhandislik-aviatsiya taʼminoti;
e) aerodrom taʼminoti;
j) elektr-yoritish texnik taʼminoti;
z) radiotexnik taʼminot;
i) havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi xizmatlar bilan taʼminlash;
k) ornitologik taʼminot;
l) tibbiy taʼminot;
m) aviatsiya xavfsizligini taʼminlash;
n) qidirish va avariyadan qutqarish taʼminoti;
o) ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati bilan taʼminlash.
153. Parvozlarni taʼminlash aviakorxonalar (aviakompaniyalar) xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi FAda parvozlarni taʼminlash turlari boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etiladi.
154. Havo kemalari parvozlarini taʼminlovchi xizmatlarning mansabdor shaxslarining majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklari xizmatlar toʻgʻrisidagi nizomlar, lavozim yoʻriqnomalari va ularning ish texnologiyalariga muvofiq belgilanadi.
2-§. Havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish (HXHK)
155. Havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro aviatsiyasida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish Aviatsiya qoidalari (Oʻz R AQ-71) (roʻyxat raqami 2194, 2011-yil 10-fevral), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2011-y., 6-son, 55-modda) va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq tashkil etiladi.
(155-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
156. Havo transporti harakatiga xizmat koʻrsatish SʼHB YAT HHHK organlari tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) havo transporti qatnovini rejalashtirish va muvofiqlashtirish;
b) havo transporti qatnovini boshqarish;
v) havo kemalari ekipajlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat.
157. Quyidagilar HXXK ning vazifalari boʻlib hisoblanadi:
a) nazorat qilinadigan samoviy hududdagi HKlarning oʻzaro toʻqnashuvini oldini olish;
b) manyovrlash maydonida HKlari bilan ushbu maydonda mavjud boʻlgan toʻsiqlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni oldini olish;
v) havo transporti qatnovi oqimini tezlashtirish va bir maromda tartibga solish;
g) parvozlarning amalga oshirilishi xavfsizligini va samaradorligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan konsultatsiya va maʼlumotlarni taqdim etish;
d) qidiruv-qutqaruv xizmatlari yordamiga muhtoj boʻlgan HKlari toʻgʻrisida tegishli tashkilotlarga xabar berish, bunday tashkilotlarga zarur yordam koʻrsatish.
(157-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
158. Nazorat qilinadigan samoviy hududda UPQ boʻyicha barcha parvozlar va nazorat qilinadigan samoviy hududning maxsus hududlarida VPQ boʻyicha bajariladigan barcha parvozlar va nazorat qilinadigan aerodromlardagi aerodrom harakatlarida havo transporti qatnovi uchun xizmat koʻrsatiladi.
159. HXHK organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklari ularning lavozim yoʻriqnomalarida koʻrsatilgan.
160. Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro va eksperimental aviatsiya parvozlarining gidrometeorologik taʼminotini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi Xalqaro FA toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 3-ilovasi (1944-y.), JMTning (Jahon meteorologik tashkiloti) texnik reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvozlarining meteorologik taʼminoti (OʻzR AQ-180)” aviatsiya qoidalari, “Fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini ekspluatatsiyaga yaroqlilik meʼyorlari (OʻzR AQ-153)” Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalari hamda har bir muayyan aeroport uchun ishlab chiqilgan parvozlarning meteorologik taʼminoti boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil qiladi.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
161. Parvozlarning meteorologik taʼminotining toʻliqligi, sifati va oʻz vaqtida koʻrsatilishi uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi zimmasida boʻladi.
162. FAni meteorologik taʼminlashdan (xizmat koʻrsatishdan) maqsad havo kemalari ekipajlariga, havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish organlariga va parvozlarni rejalashtirish va taʼminlash bilan bogʻliq aviakorxonalar (aeroportlar)ning mansabdor shaxslariga parvozlarning xavfsizligi, muntazamligi va samaradorligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan meteorologik axborotni yetkazishdan iborat.
163. Aviatsiya ehtiyojlari uchun moʻljallangan meteorologik axborot iloji boricha qisqa va oson talqin etiladigan boʻlishi kerak.
164. Muntazam meteokuzatishlar parvozlar davrida har 30 daqiqada, parvozlar yoʻqligida — har bir soatda oʻtkaziladi.
165. Maxsus meteokuzatishlar aeroportning meteorologik organi tomonidan ishlab chiqilib, HXHK tegishli organlari va boshqa manfaatdor xizmatlar bilan kelishiladigan ob-havo sharoitlarining yomonlashuvi yoki yaxshilanishi toʻgʻrisidagi mezonlar roʻyxatiga muvofiq oʻtkaziladi.
166. Aerodrom meteorologik organlaridan olingan kuzatish maʼlumotlari, bunday organ boʻlmaganda esa FA mutaxassislari kuzatuvlari natijasida olingan maʼlumotlar havo kemalarini fazoga koʻtarilishi, qoʻnishi, qabul qilish, chiqarish va parvozi toʻgʻrisida qaror qabul qilishga asos boʻladigan aerodromlardagi haqiqiy ob-havo haqidagi rasmiy maʼlumotlar hisoblanadi.
167. Havo kemasining fazoga koʻtarilishi va qoʻnishi uchun eng oxirgi meteorologik axborot lozim boʻlganda HHB dispetcherining soʻrovnomasiga koʻra aeroportning meteorologik organi tomonidan beriladi.
168. Havo kemalari ekipajlarini uchishdan oldin taʼminlash uchun moʻljallangan meteorologik axborot quyidagilardan iborat boʻlmogʻi lozim:
a) uchish, qoʻnish va zaxira aerodromlari boʻyicha muntazam va tanlab qilinadigan maxsus yigʻma ob-havo maʼlumotlari;
b) uchish aerodromi, parvoz yoʻnalishi va regionlari boʻyicha ogohlantirishlar va SIGMET axborotlari;
v) havo kemalari bortidan xabar;
g) shamol, balandlikdagi havo harorati, tropapauza balandligi, tez harakat qiladigan oqimlar toʻgʻrisidagi joriy va prognoz kartalari;
d) MRL axboroti;
e) yerning meteorologik yoʻldoshlaridan olingan fotosuratlar.
169. Ogʻzaki meteorologik maslahat ekipaj talabiga koʻra oʻtkaziladi.
170. Aeroportda “Dispatch” meteorologik xizmati mavjud boʻlganda, havo kemasi ekipajini parvozdan oldingi tayyorgarligi davrida meteorologik taʼminlash shu xizmat dispetcheri orqali amalga oshiriladi. Dispetcher aeroportning meteorologik xizmatidan ushbu Qoidalarning 168-bandida nazarda tutilgan, parvozni bajarish uchun zarur boʻlgan meteoaxborotni oladi, bu haqda maxsus jurnalga qayd qilib, oʻz imzosini qoʻyadi.
171. Zaruriyat boʻlganda havo kemasi ekipaji bevosita aeroportning meteorologik xizmati vakilidan ogʻzaki meteorologik maslahat va/yoki buyurtma boʻyicha yoʻriqnoma olishi mumkin.
172. Havo kemasi ekipaji parvozdan oldingi tayyorgarlik jarayonida ob-havo sharoitlarining rivojlanish tendensiyalarini va parvoz uchun xavfli meteohodisalar hududini aylanib oʻtish imkoniyatlarini hisobga olgan holda fazoga koʻtarilish toʻgʻrisida asoslangan qaror qabul qilish maqsadida uchish, qoʻnish, zaxira aerodromlarida va havo trassasida (yoʻnalish, parvoz hududi boʻyicha) meteosharoitlarni tahlil etishi shart.
173. Havo kemalari ekipajlari amal qilish muddati qoʻshimcha 30 daqiqani hisobga olgan holda hisob-kitob vaqtidan kam boʻlgan asosiy va zaxira aerodromlari prognozlari boʻyicha uchib keta olmaydi.
174. Parvozdagi havo kemalarining ekipajlari HXHK organlari va radioeshittirishlar (ATIS, VOLMET, SVCH va OVCH radiokanallari) orqali meteorologik axborot bilan taʼminlanadi.
175. HK qoʻngandan soʻng uning komandiri (ikkinchi uchuvchi yoki shturman) manzil aeroportining meteorologik xizmatiga parvoz davomida kuzatilgan ob-havo toʻgʻrisida xabar qilishi va uchish aeroportidan meteohujjatlar olgan boʻlsa, ularni topshirishi shart.
176. Aviatsiya ishlari hududlari boʻyicha parvozlarning meteorologik taʼminotini parvozlarning meteotaʼminoti boʻyicha, chegaralari aviakorxonalar (aeroportlar) va AMSF rahbarlari tomonidan aniqlanadigan parvoz hududlari (dengiz, koʻl hududi) boʻyicha yoʻriqnomada nazarda tutilgan hajmda Aviatsion meteorologik stansiya tomonidan amalga oshiriladi.
177. Ekspluatant meteorologik xizmatni quyidagi hollarda parvozlarni meteorologik taʼminlash xarakterini oʻzgartirish zarurati toʻgʻrisida oʻz vaqtida (8 sutkada) xabardor qiladi:
a) agar yangi xalqaro yoki ichki aviayoʻllar ochilishi yoki yangi turdagi ish turi bajarilishi rejalashtirilayotgan boʻlsa;
b) agar muntazam qatnovlar jadvaliga uzoq vaqt davom etadigan xarakterdagi oʻzgarish kiritilayotgan boʻlsa;
v) parvozlarni meteorologik taʼminlash xarakteriga taʼsir etadigan boshqa oʻzgarishlar rejalashtirilayotgan boʻlsa
179. Parvozlarning aeronavigatsion (shturmanlik) taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari “Fuqaro aviatsiyasidagi aeronavigatsiya”ga (Adliya vazirligining 2011-yil 8-noyabrdagi 24/14-11046/6-son xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
(179-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
5-§. Parvozlarni aeronavigatsiya maʼlumotlari bilan taʼminlash
180. Parvozlarni bajaradigan HK ekipajlarini va parvozlarni taʼminlash bilan bogʻliq aviatsiya xodimlarini aeronavigatsion axborotlar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari “FAda aeronavigatsiya axboroti xizmatlari”ga (Oʻzbekiston Respublikasi AQ-174) (AQ SAI FA-2003) muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
181. Ekspluatantning HK ekipajini uchish, qoʻnish, oraliq qoʻnish, zaxira aerodromlari, parvozlarni bajarish yoʻnalishi yoki hududi boʻyicha aeronavigatsiya axborotlari (toʻplamlar, parvoz-radionavigatsiya kartalari, aeronavigatsiya vaziyatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi xabarnomalar va NOTAM, dastlabki navigatsiya hisob-kitoblari) bilan taʼminlashni bevosita ekspluatantning aeronavigatsiya axboroti xizmati (parvozlarni aeronavigatsion taʼminlash xizmati, aeronavigatsion axborot byurosi, shturmanlik xizmati) yoki shartnoma asosida boshqa ekspluatantning shunga oʻxshash xizmati (bajaruvchi) amalga oshiradi.
182. Aeronavigatsion taʼminlash xizmati ANA isteʼmolchilarini aviakorxonalar va aeroportlardan tushadigan maʼlumotlar — aeronavigatsiya vaziyatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida tuzatishlar va xabarnomalar (NOTAM) chop etish va tarqatish yoʻli bilan oʻz vaqtida xabardor qilishi kerak.
6-§. Parvozlarni muhandislik-aviatsiya taʼminoti
183. Parvozlarni muhandislik-aviatsiya taʼminoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) havo kemalarini belgilangan normativlarga muvofiq soz holda tutish;
b) aviatsiya texnikasining ishlamay qolishi va nosozliklarining sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olish boʻyicha tadbirlarni tatbiq etish;
v) havo kemalariga oʻz vaqtida va sifatli texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash;
g) aviatsion-texnik tayyorgarlik oʻtkazish, aviatsiya xodimlarining aviatsiya texnikasidan foydalanish masalalari boʻyicha texnik bilimlari va amaliy koʻnikmalarini takomillashtirish;
d) aviatsiya texnikasining yerda butligini saqlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.
184. Parvozlarni muhandislik-aviatsiya taʼminoti FA aviatsiya texnikasidan texnik foydalanish va taʼmirlash boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
185. Havo kemalarining aerodromlarda va qoʻnish maydonchalarida parvozlarni bajarishida muhandis-texnik tarkib boʻlmaganda, havo kemasiga operativ texnik xizmat koʻrsatishning minimal shakli oʻrniga HK PFQ tomonidan oʻrnatilgan hajmdagi ekipaji bilan koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin. HK texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha alohida operatsiyalar va ish turlari ekipajning maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan aʼzosi tomonidan bajarilishi mumkin. Koʻrik natijalari va nosozliklarni bartaraf etish vaqtida bajarilgan ishlar havo kemasining bort daftariga yoki unga teng boʻlgan bort hujjatiga yozib qoʻyiladi.
186. Aerodromda ushbu turdagi havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ruxsatnomasi boʻlmagan muhandis-texnik tarkib boʻlganda, HKni uchishga tayyorlash ekipaj rahbarligi va nazorati ostida ana shu MTT mutaxassislari tomonidan tashkil etiladi.
187. Havo kemasi ishdan chiqqan yoki nosoz qismlari bilan, agar ular parvoz xavfsizligiga taʼsir koʻrsatmasa va maxsus roʻyxatda nazarda tutilgan boʻlsa (HK PFQ yoki MEL), parvozga qoʻyilishi, shu jumladan bazaviy aeroportgacha parvozga qoʻyilishi mumkin. Bitta dvigateli ishdan chiqqan koʻp dvigatelli havo kemasini dvigatelni almashtirish uchun olib borish mumkinligi (agar bu HK PFQda koʻzda tutilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi qarorni “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori qabul qiladi. Parvozni bajarish toʻgʻrisidagi uzil-kesil qarorni havo kemasi komandiri qabul qiladi.
(187-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
188. Havo kemasini, bort mol-mulkini, hujjatlarni va YOMM qoldigʻini Aviatsion-texnik bazadan parvozni bajarish uchun ekipajga topshirish va texnik xizmat koʻrsatish uchun ekipajdan ATBga topshirish, shuningdek bir ekipajdan boshqasiga topshirish havo kemasi bort daftariga yoki unga tenglashtirilgan boshqa bort hujjatiga qayd etish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Havo kemasining saqlanishi uchun javobgarlik bort daftarida havo kemasini qabul qilish boʻyicha oxirgi marta imzo chekkan shaxs zimmasida boʻladi.
189. Javobgarlik quyidagicha yuklatiladi:
a) bort mol-mulki va HK bortida avariya vaziyatlarida foydalaniladigan, ekipaj kabinasiga joylashtirilgan va HK bort daftaridagi maxsus roʻyxatga kiritilgan aslahalarni qabul qilish-topshirish uchun javobgarlik — bortmuhandis (bortmexanik, uchuvchi) zimmasiga;
b) yoʻlovchi salonidagi maishiy va avariyadan qutqarish asbob-uskunalarini qabul qilish-topshirish uchun javobgarlik — katta bortkuzatuvchi (brigadir) zimmasiga;
v) yuk HKdagi maishiy, avariyadan qutqarish, maxsus, yuklash-tushirish va shvartovka asbob-uskunalarini qabul qilish-topshirish uchun javobgarlik — katta bortoperator zimmasiga;
g) avariyadan qutqarish asbob-uskunalarining HK ga joylashtirilish, butligi va texnik holati uchun javobgarlik — parvozlarni avariyadan qutqarish taʼminoti xizmati yoki muhandislik-aviatsiya xizmati mansabdor shaxsi zimmasiga yuklatiladi.
7-§. Parvozlarning aerodrom taʼminoti
190. Parvozlarning aerodrom taʼminoti oʻz ichiga aerodromlarning uchish maydonini va qoʻnish radiomayoq tizimi hududini doimiy ekspluatatsiyaga tayyor holatda tutib turish boʻyicha tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi.
191. Parvozlarning aerodrom taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari” (Oʻzbekiston Respublikasi AQ-153) talablariga muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
192. Aerodromlarning uchish maydonining texnik holati, doimiy ekspluatatsiyaga tayyor holatda tutib turish, uchish maydonida HK harakatini xavfsiz tashkil etish, aerodrom hududida qurilishni kelishish va qurilish talablarini bajarish boʻyicha javobgarlik aeroport direktori zimmasida boʻladi. Uchish maydonini parvozga tayyorlash uchun javobgarlik aerodrom xizmati zimmasida, aerodromning UQY holati boʻyicha parvozlarga yaroqliligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun, HK qabul qilishni va chiqarishni toʻxtatish, tiklash va cheklash uchun javobgarlik aerodromning parvozlar boʻyicha rahbari yoki uning oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
193. Uchish maydonidagi ishlar faqatgina parvoz boʻyicha rahbarning ruxsati bilan, aerodrom xizmati bilan bunday ishlarni oʻtkazishni kelishgandan soʻng, bunday ishlarni bajaradigan xizmatning javobgar shaxsi rahbarligi ostida bajarilishi mumkin.
194. Parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida nazorat qilinadigan hududda va burilish yoʻlakchasida ishlaydigan barcha maxsus transport va oʻziyurar mexanizmlar quyidagilar bilan jihozlanishi shart:
a) sutkaning qaysi vaqti boʻlishidan qatʼi nazar, yoqib qoʻyiladigan, shuʼla tarqatadigan chiroqlar;
b) sutkaning qorongʻi vaqtida va koʻrish yomonlashgan sharoitlarda (2000 metrdan kam) yoqib qoʻyiladigan gabarit chiroqlar;
v) buksirovka trosslari.
195. Shuʼla tarqatadigan chiroqlar va gabarit chiroqlar bilan jihozlanmagan (yoki nosoz), shuningdek ishni amalga oshiradigan xizmatning javobgar shaxsi mashinasi kuzatuvisiz maxsus transport va oʻziyurar mexanizmlarning ish vaqtida (aeroport ish tartibi boʻyicha) nazorat qilinadigan hududda va burilish yoʻlakchasida turishi taqiqlanadi.
196. Xizmatlarning javobgar shaxsi va parvoz boʻyicha rahbar (dispetcher)ning radiotelefon aloqasi avtomatik nazorat tovush yozish apparaturasiga yozib olinishi lozim.
197. Parvoz boʻyicha rahbar (dispetcher)ning ruxsatisiz nazorat qilinadigan hududda va burilish yoʻlakchasida turish taqiqlanadi.
198. Nazorat qilinadigan hududda va burilish yoʻlakchasida ish olib boriladigan vaqtda radioaloqa vositalari, shuʼla tarqatadigan chiroqlar, sutkaning qorongʻi vaqtida va koʻrish yomonlashgan sharoitlarda (2000 metrdan kam) gabarit chiroqlarni oʻchirib qoʻyish taqiqlanadi.
199. Mashinalar parvoz boʻyicha rahbar (dispetcher) bilan ikki tomonlama radioaloqani taʼminlaydigan radioaloqa vositalari bilan, ish olib borayotgan xizmatning javobgar shaxslari mashinalari esa qoʻshimcha ravishda qoʻndirish dispetcherining ish chastotasidagi radioaloqasini eshitish uchun radiostansiya bilan jihozlanishi lozim.
200. Havo kemalari, maxsus transport, mexanizatsiya vositalari va odamlarni joylashtirish va ularning harakati har bir aeroportda aeroport direktori tomonidan tasdiqlanadigan parvozlarni bajarish boʻyicha yoʻriqnoma va tegishli sxema boʻyicha aniqlanadi.
8-§. Parvozlarni elektr-yoritish texnik taʼminoti
201. Parvozlarni elektr-yoritish texnik taʼminoti quyidagilarni nazarda tutadi:
a) elektr-yoritish texnik vositalarni soz holatda tutish;
b) elektr-yoritish texnik vositalardan foydalanishni rejalashtirish, shuningdek ularga texnik xizmat koʻrsatish;
v) elektr-yoritish texnik vositalarning ishdan chiqishi va buzilishini hisobga olish va tahlil qilish, ularning ishonchliligini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish.
202. Parvozlarni elektr-yoritish texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari” (OʻzR AQ-153) (Adliya vazirligining 2010-yil 21-iyuldagi 6-24/23-6084/6-son xulosasi bilan texnik hujjat deb topilgan) talablariga muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
(202-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
9-§. Parvozlarning radiotexnik taʼminoti
203. Parvozlarning radiotexnik taʼminoti quyidagilarni nazarda tutadi:
a) HHB organlarini zarur radiotexnik vositalar, aloqa vositalari va havo kemalari harakatini nazorat qilish vositalari bilan taʼminlash;
b) yerdagi radiotexnik vositalardan (RTV) texnik foydalanishni tashkil qilish va ularni soz holatda tutib turish;
v) RTV va aloqa vositalaridan foydalanishni rejalashtirish, shuningdek ularga texnik xizmat koʻrsatish;
g) RTV va aloqa vositalarning ishdan chiqishi va buzilishini hisobga olish va tahlil qilish, ularning ishonchliligini oshirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
d) RTJAE bazasi muhandis-texnik tarkibini RTVdan texnik foydalanishga tayyorlash va foydalanishga ruxsat berish.
204. Parvozlarning radiotexnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya qoidalari “Parvozlarni radiotexnik taʼminlash va aviatsiya elektraloqasi” talablariga muvofiq tashkil qilinadi va oʻtkaziladi.
205. Parvozlarni radiotexnik taʼminlash uchun HHB avtomatlashtirilgan tizimlari, trassa va aerodrom lokatorlari, raidiotexnik tizimlar va navigatsiya vositalari, radiomayoq qoʻnish tizimlari, qoʻnish tizimi uskunalari (QTU), radiopelengatorlar, havodagi va yerdagi elektraloqa vositalaridan foydalaniladi.
206. RTV va aloqa vositalaridan parvozlarni taʼminlash uchun foydalanishga normativ hujjatlar talablariga muvofiq ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazib, foydalanish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgandan soʻng ruxsat etiladi. Bundan tashqari, barcha radiotarqatuvchi qurilmalarda ulardan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma boʻlishi shart.
207. Parvozlarning RTV taʼminoti parvoz rahbari (dispetcheri) koʻrsatmasiga koʻra yoqiladi:
a) havo trassalari boʻylab parvozlarni nazorat qilish uchun RTV (ORL-T, VOR/DME, ARP va boshqalar) HK nazorat qilinadigan hududda turgan barcha rejalashtirilayotgan yoki amaldagi davr uchun, agar aeronavigatsiya axborotlari hujjatlarida ularning boshqacha ish tartibi aniqlanmagan boʻlsa;
b) aerodrom hududi vositalari (ORL-A, VOR/DME, OPRS, DPRM) — havo kemasi qoʻnishi, uchishi, uchib oʻtishining hisoblangan vaqtidan 30 daqiqa oldin;
v) qoʻnish tizimi (RMS, OSP) — havo kemasi qoʻnishining hisoblangan vaqtidan 30 daqiqa oldin;
g) parvozlarni RTV taʼminlash — avariya vaziyatlarida — meteosharoitdan qatʼi nazar, barcha hollarda va ekipaj talabiga koʻra qoʻnishni boshlashni taʼminlash uchun.
Ish starti oʻzgargan hollarda radiotexnik uskunalar va aloqadan foydalanish (RTUAF) bazasi smena muhandisi parvoz rahbariga RTVning yangi startlar boʻyicha ishga tayyorligi toʻgʻrisida bildirishi shart.
208. Parvozlarni RTV taʼminoti parvoz rahbari (dispetcheri) koʻrsatmasiga koʻra aerodromga yetib kelgan havo kemasi yurib borib toʻxtagandan soʻng, shuningdek dispetcher bilan aloqa tugagandan soʻng uchib kelgan havo kemasi ekipaji yaqinlashib kelganda boshqa havo kemalari uchib kelmaganda va uchib ketmaganda oʻchiriladi.
209. Aviatsiya havo aloqasi vositalari oʻzining aeronavigatsiya axboroti hujjatlarida eʼlon qilingan amal qilish davrida uzluksiz ishlashi lozim.
210. Qoʻnish punkti dispetcherining ish joyi (doira, SDP, KDP, MVL) qoʻnish tizimi obyektlarining (RMS, OSP) ishdan chiqishidan xabar beruvchi avtomat ovoz va yorugʻlik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
211. RTUAF bazasi katta smena injeneri RTV nosozligi va ishdan chiqqanligi haqida HKlari ekipajiga yetkazish uchun zudlik bilan parvozlar rahbariga (dispetcherga) xabar berishi lozim.
212. Dispetcherlar (parvozlar rahbarlari) va havo kemalari ekipaji oʻrtasidagi radioaloqa almashuvi, HHB dispetcher punktlarining oʻzaro aloqada boʻluvchi mansabdor shaxslarning soʻzlashuvlari, ekipaj va dispetcherlarning meteomaslahatlari, parvozdan oldin shturmanlik nazoratidan oʻtish, shuningdek meteouzatishlar radiokanallari boʻyicha uzatiladigan axborot avtomat magnit ovoz yozish roʻyxatidan oʻtishi shart. Ovoz yozish materiallari:
a) 1 va 2-klass aeroportlarida kamida 5 sutka davomida;
b) boshqa aeroportlarda 3 sutka davomida saqlanishi shart.
213. MV diapazonida parvozlar va havo elektroaloqasini taʼminlash RTV ekspluatatsiya parametrlari davriy ravishda amaldagi normalarga muvofiqligini aniqlovchi parvoz nazoratidan oʻtib turishi kerak.
214. RTV va aloqa vositalarining parvozdagi tekshiruvi amaldagi qoʻllanmalar, dasturlar va parvoz tekshiruvi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan metodikalarda aniqlangan davriylikda va hajmda oʻtkaziladi. Parvoz tekshiruvlarini oʻtkazish muddatlariga rioya etilishini nazorat qilish ANM (SUAN) ga yuklatiladi.
215. Parvozlarni RTV taʼminlash ish sifatining har oylik tekshiruvi aeroportlarda parvozlarni boshqarish rahbarining koʻrsatmasiga binoan parvozlarni bajaradigan ekipaj tomonidan amalga oshiriladi. Tekshiruv natijalari havo kemalari komandirlarining aeroportlarning qoʻnish va radionavigatsiya uskunalari ishi toʻgʻrisidagi mulohazalar daftariga yozib qoʻyiladi, ushbu daftarga koʻrsatilgan kamchiliklar boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi qayd kiritiladi.
216. Parvozlarni RTV taʼminlashni texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash (rekonstruksiya) maqsadida oʻchirish tasdiqlangan reja boʻyicha oʻtkaziladi. RTUAF bazasi mansabdor shaxslari aeronavigatsiya axborotlari ANX orqali oʻtish muddatlarini hisobga olgan holda kechiktirmasdan parvozlarni RTV taʼminlash ishining vaqtincha toʻxtatilishi toʻgʻrisida axborot berishlari kerak.
217. Parvozlar rahbari (dispetcher) RTUAF bazasi muhandis-texnik xodimlariga parvozlarni RTV taʼminlashni qisqa vaqtda oʻchirish (30 daqiqagacha) talab etiladigan tezkor texnik xizmat koʻrsatishni bajarish uchun vaqt berishi kerak.
218. Tezkor texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlar bajarilmagan RTVdan foydalanish taqiqlanadi.
10-§. Parvozlarni havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi xizmatlar bilan taʼminlash
219. Parvozlarni havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi aviakompaniya xizmatlari va agentlari (vakillari) bilan taʼminlash tijorat yuklanishdan maksimal foydalanish, havo transporti orqali tashishlarni xavfsiz bajarish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
220. Parvozlarni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, ushbu Qoidalar va havo transporti orqali tashishlarni tashkil qilishni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
221. Parvozlarni havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi xizmatlar quyidagilar bilan taʼminlaydi:
a) parvozlarning xavfsizligi va muntazamligi, yoʻlovchilarga va yuk joʻnatuvchi mijozlarga yuqori sifatli xizmat koʻrsatish;
b) havo kemalari tijorat yuklamasini hisoblash va komplektovka qilish;
v) havo kemalarining sentrovkasi va yuklamasini hisob-kitob qilish;
g) yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochta tashishlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibi;
d) sentrovka grafigiga muvofiq havo kemasiga yukni ortish va tushirish;
e) mexanizatsiya vositalarining havo kemalari oldiga xavfsiz borishi va ortga qaytishi (bevosita havo transporti tashuvlarini tashkil qiluvchi xizmatlar tomonidan parvozlarni taʼminlashda);
j) tashish va ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirish va ularni havo kemasiga yetkazish;
z) xavfli yuklarni tashilishi ustidan nazorat (butun yoʻnalish boʻyicha tonnajning bron qilinishi, tashish hujjatlarining rasmiylashtirilishi, upakovka va markirovkaning bir-biriga muvofiqligi, xavfli yuklarni qabul qilish (topshirish), saqlash, yuklash (tushirish) ustidan).
222. Havo kemalari sentrovkasini hisob-kitob qilishni sentrovka boʻyicha dispetcher (u boʻlmaganda — ikkinchi uchuvchi) havo kemasidan parvozda foydalanish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq amalga oshiradi.
223. Havo kemalarida yuklash-tushirish ishlariga rahbarlikni yuklama boʻyicha dispetcher (u boʻlmaganda — ekipaj aʼzolari oʻzaro harakat boʻyicha yoʻriqnoma va ish texnologiyasiga muvofiq) amalga oshiradi.
224. Havo kemasiga roʻyxatdan oʻtgan va aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtgan yoʻlovchilar, xalqaro qatnovlarda esa bunga qoʻshimcha ravishda bojxona va chegara nazoratidan oʻtgan yoʻlovchilar qoʻyiladi.
225. Uchish uchun kelmagan yoʻlovchilarning bagaji havo kemasidan olinishi kerak. Havo kemasining uchish uchun kelmagan yoʻlovchining bagaji bilan birga uchib ketishi taqiqlanadi.
226. Sentrovkaning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegarasini taʼminlash maqsadida tashuvchi (havo kemasi komandiri) yoʻlovchiga havo kemasi salonida berilgan joyni oʻzgartirish huquqiga ega.
227. Yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarish va undan tushirish parvozlarni havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi xizmatlar va bortkuzatuvchilar (ekipaj aʼzosi), shuningdek ularga bogʻliq boshqa idoralarning xodimlari rahbarligida va nazorati ostida amalga oshiriladi.
228. Havo kemasi bortidagi yoʻlovchilarning soni (5 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, xalqaro yoʻnalishlarda 2 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari) bogʻlov kamarlari bilan jihozlangan oʻrindiqlar soniga muvofiq boʻlishi, lekin ushbu rusumdagi havo kemalari uchun belgilangan normadan ortiq boʻlmasligi kerak.
229. Havo kemalarini uchishga tayyorlashda parvozlar xavfsizligini taʼminlash va tashishlarni tashkil etish masalalari aeroportlarning tegishli xizmatlari tomonidan, parvoz vaqtida esa havo kemasi komandiri tomonidan hal qilinadi.
230. Parvozlarni havo transporti orqali tashishni tashkil etishni amalga oshiruvchi xizmatlar va aeroportning ularga bogʻliq boshqa xizmatlari xodimlari parvozlarni taʼminlashda belgilangan tashkiliy va texnologik tadbirlarga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
231. Tashishlarni tashkil qilish xizmati boʻlmagan boshqa idoralarning aerodromlarida va vaqtinchalik aerodromlarda ularning funksiyalari havo kemasi komandiri zimmasiga yuklatiladi. Boshqa davlatlar aeroportlarida tashishlarni tashkil qilish masalalarini hal etish aviakompaniya vakolatxonalariga (yoki ularning agentlariga) yuklatiladi.
232. Yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochtani havo transporti orqali tashish havo kemalari ekspluatantlari tomonidan “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan havo yoʻllari boʻyicha amalga oshiriladi.
(232-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
233. Havo transporti orqali tashish shartnomasiga koʻra ekspluatant (tashuvchi) yoʻlovchi va uning bagajini manzil punktigacha olib borib qoʻyishni oʻz zimmasiga oladi. Yoʻlovchini havo transportida tashish shartnomasi va uning shartlari aviachipta orqali, bagaj topshirilganligi — bagaj kvitansiyasi (normadan ortiqcha yuk boʻlganda esa — pullik bagaj kvitansiyasi) orqali tasdiqlanadi.
234. Yukni yoki pochtani havo transporti orqali tashish shartnomasiga koʻra tashuvchi unga joʻnatuvchi tomonidan ishonib topshirilgan yukni yoki pochtani manzil punktigacha yetkazishni va vakolatli shaxsga (oluvchiga) topshirishni zimmasiga oladi, joʻnatuvchi esa yukni yoki pochtani tashish uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlashni oʻz zimmasiga oladi. Yukni (pochtani) havo transporti orqali tashish shartnomasi, uning shartlari va yuklarning (pochtaning) tashishga qabul qilinganligi yuk xati (pochta yuk xati) bilan tasdiqlanadi.
11-§. Parvozlarning ornitologik taʼminoti
235. Parvozlarning ornitologik taʼminoti havo kemalarining qushlar bilan toʻqnashishining oldini olishga qaratilgan.
236. Parvozlarning ornitologik taʼminoti FAda parvozlarni ornitologik taʼminlash boʻyicha belgilangan talablarga muvofiq tashkil etiladi.
237. Parvozlarning ornitologik taʼminoti aerodromlarda (aerodrom hududida), yoʻnalishlarda (parvoz hududida) ornitologik xavf yuzaga kelganligi va (yoki) vaziyat murakkablashganligi toʻgʻrisida ekipajlar diqqatiga yetkazishni, aerodromlarda qushlarning toʻplanishiga imkon tugʻdiruvchi sharoitlarni bartaraf etishga, shuningdek ularni haydashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishni nazarda tutadi.
238. Parvozlarning ornitologik taʼminoti aeroport xizmatlari va komplekslari tomonidan har bir aeroport uchun alohida ishlab chiqiladigan va aeroport direktori tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnomaga binoan amalga oshiriladi.
12-§. Parvozlarning tibbiy taʼminoti
239. Parvozlarning tibbiy taʼminoti aviatsiya xodimlarining sogʻliqlarini saqlash va mustahkamlash, ish qobiliyatlarini oshirish va havo kemalari ekipajlari aʼzolarining va havodagi harakatni boshqaruvchi dispetcherlarning sogʻligʻi bilan bogʻliq aviatsiyadagi noxush voqea va hodisalarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi FAning aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida nizom (2002-yil 2-noyabr, roʻyxat raqami 1186) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
240. Parvozlarning tibbiy taʼminoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) aviatsiya xodimlarini salomatliklari boʻyicha talablarga javob berishlarini aniqlash uchun tibbiy-uchish ekspert hayʼatida (TUEH, MTUEH) kasbiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
b) komissiyalararo davrda dinamik (dispanser) kuzatish va davolash-profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish maqsadida aviatsiya mutaxassislarini davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
v) havo kemalari ekipajlari aʼzolarini parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
(240-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
g) yoʻlovchilarga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish va koʻrsatish;
d) FA havo kemalarida ekipaj aʼzolariga va yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish uchun tibbiy vositalar majmuasi (bort aptechkalari) bilan taʼminlanganligi ustidan nazorat olib borish;
e) havo kemalari, obyektlar, ish joylari, maxsus aslahalar va qutqaruvchi vositalarning sanitariya-gigiyena holati ustidan nazoratni amalga oshirish.
241. Parvozlarning tibbiy taʼminotini Oʻzbekiston Respublikasi FA tibbiy muassasalari amalga oshiradi.
242. Parvozlarning tibbiy taʼminoti boʻyicha bevosita tadbirlar oʻtkazish bilan tibbiy muassasalarning va aviatsiya korxonalarining rahbarlari, shifokorlar, oʻrta tibbiy xodimlar oʻzlariga tegishli qismi boʻyicha shugʻullanadilar.
243. Aviatsiya xodimlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va parvozlarning xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq shifokorlar:
a) asosiy klinik mutaxassisligi boʻyicha mutaxassis sertifikatiga va aviatsiya meditsinasi sohasida tayyorgarlikka, shuningdek FAda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi;
b) har uch yilda asosiy davolash mutaxassisligi boʻyicha, rais va tibbiy uchish ekspert hayʼati shifokor-ekspertlari esa — shifokorlik-uchish ekspertizasi boʻyicha malakalarini oʻz vaqtida oshirishi;
v) oʻz kasbiy yoʻnalishi, huquqlari va majburiyatlari boʻyicha zarur hujjatlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi FAda amal qiluvchi asosiy qonunlarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, ushbu Qoidalar, HK ekipaji aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqti boʻyicha ekspluatant talablarini bilishi;
g) tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladigan shaxslarning professional faoliyati sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlarini ishlab chiqarish sharoitlarida, shu jumladan parvoz davomida yilida kamida oʻn soat, havodagi harakatni boshqarish markazlarida va trenajyorlarda (ICAOning tavsiyalari boʻyicha) oʻrganish;
d) kuzatiladigan kontingentning mehnat, dam olish, ovqatlanish va jismoniy tayyorgarlik tartibiga rioya etishlari ustidan nazorat olib borish;
e) kuzatuv ostidagi shaxslarning sogʻliqlarini saqlash va ish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan tashkiliy, profilaktik va davolash-diagnostika xarakteridagi zarur tadbirlarni oʻtkazish;
j) aviatsiya va klinik meditsina masalalariga bagʻishlangan xalqaro va davlat kongresslarida, konferensiyalarda va seminarlarda qatnashish, ularda qatnashganligini tasdiqlovchi sertifikatlarni taqdim etish;
z) uchuvchilar, dispetcherlar va yerda xizmat koʻrsatuvchi tarkib bilan aviatsiya psixofiziologiyasi va meditsina masalalariga bagʻishlangan mashgʻulotlarni muntazam oʻtkazib turish.
244. Har xil turdagi parvozlarni tibbiy taʼminlash boʻyicha umumiy tadbirlar quyidagilardan iborat:
a) havo kemalari ekipajlari aʼzolarining va HHB dispetcherlarining ish vaqti va dam olish vaqtining normalashtirilganligi ustidan tibbiy nazorat;
b) toʻlaqonli parvozdan oldingi (smenadan oldingi) dam olish taʼminlanishi ustidan nazorat;
v) uchuvchilar tarkibining vitaminlar qabul qilgan holda ratsional va balansli ovqatlanishi;
g) salomatligi yuzasidan kasbiy majburiyatlarini bajarishga qoʻyilishi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi tibbiy xulosa olish maqsadida aviatsiya xodimlarining TUEH (MTUEH)da tibbiy koʻrikdan oʻtishi;
d) aviatsiya xodimining aviatsiya korxonasi (aviakompaniya) shifokori huzurida dinamik kuzatuvda boʻlishi va navbatdagi tibbiy koʻrikdan soʻng kasbiy majburiyatlarini bajarishga qoʻyilishi toʻgʻrisida tibbiy xulosani rasmiylashtirish;
e) parvozdan oldingi koʻrikdan oʻtkazib, tegishli hujjatlarda parvozga qoʻyilishi toʻgʻrisida xulosa berish;
(244-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
j) parvozdan oldingi (smenadan oldingi) dam olish yetarli boʻlmaganda yoki sifatsiz boʻlganda, charchash (oʻta charchash) aniqlanganda, oʻtkir yoki surunkali kasalliklarda, zaharlanishda, shu jumladan alkogol bilan zaharlanishda, shuningdek aviatsiya shifokori qabulida navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoki TUEH (MTUEH) tibbiy koʻrigidan oʻtmagan shaxslarni, havo kemasi ekipaji aʼzolarini parvozdan (dispetcherlarni — HHB boʻyicha ishdan) chetlatish;
z) oʻz vaqtida davolash, reabilitatsiya va dispanser kuzatuvini oʻtkazish maqsadida kasallikning dastlabki belgilarini, xavf omillarini, organizmning funksional rezervlari va kasbiy ish qobiliyatlari pasayganligini aniqlash;
i) turli mintaqaviy-geografik hududlarga qatnovlarni amalga oshiradigan ekipaj aʼzolarining kiyimlarini tibbiy jihatdan nazorat qilish;
k) aviatsiya xodimlarini parvozga jismoniy va psixofiziologik tayyorlash;
l) ekipaj aʼzolari bilan va HHB dispetcherlari bilan aviatsiya meditsinasi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish.
245. Parvozda ishtirok etuvchi ekipaj aʼzolarini parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish havo kemasi uchishiga ikki soatdan koʻp boʻlmagan vaqt qolganda aeroport sogʻliqni saqlash punkti feldsheri tomonidan oʻtkaziladi. Parvoz olti soat va undan koʻp vaqtga ushlanib qolgan hollarda parvozdan oldingi tibbiy koʻrik takroran oʻtkaziladi. Parvozdan oldingi tibbiy koʻrik toʻgʻrisida belgi parvoz topshirigʻida qayd etiladi. Ish kuni davomida bir necha parvozlarni amalga oshiradigan ekipaj aʼzolarini parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kuniga bir marta birinchi parvozdan oldin oʻtkaziladi. Zaxiradagi ekipajlar zaxiraga tushishdan oldin va uchish vaqtiga qadar olti soatdan ortiq vaqt oʻtsa, uchishdan oldin yana bir marta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(246-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
247. Parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun kelgan aviatsiya mutaxassisi:
a) FA mutaxassisi guvohnomasini va TUEH (TSQ) maʼlumotnomasini koʻrsatishi;
b) sogʻliqni saqlash punkti feldsheriga oʻzining holati va parvozdan oldingi dam olish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bildirishi shart.
248. Quyidagilar parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtmaydilar:
a) birinchi va ikkinchi klassli havo kemalari ekipajlari;
b) FA shtatdagi (yoki xizmat safariga yuborilgan) tibbiy xodimlari boʻlmagan vaqtinchalik aerodromlarda aviatsiya ishlarida band boʻlgan havo kemalarining ekipajlari (klassidan qatʼi nazar).
Bunday hollarda parvozga qoʻyish masalasini HK komandiri ekipaj aʼzosining oʻzini qanday his etayotganligi, parvozdan oldingi rejimga rioya etganligi toʻgʻrisidagi ogʻzaki soʻrov asosida hal qiladi va bu haqda parvoz topshirigʻiga qaror qabul qilgan vaqtni koʻrsatgan holda qayd etib qoʻyiladi.
249. Mazkur Qoidalarning 248-bandida koʻrsatilgan HK ekipajlari aʼzolari uchun parvozdan oldingi tibbiy koʻrik quyidagicha tashkil etilishi va oʻtkazilishi mumkin:
a) aviakompaniya rahbarining koʻrsatmasiga binoan;
b) HK komandirining yoki aviakompaniyaning vakili (xorijdagi) koʻrsatmasiga binoan aviamutaxassis sogʻligʻiga koʻra parvoz topshirigʻini bajara olishiga shubha paydo boʻlganda.
250. FA tibbiyot xodimiga (HK komandiriga) oʻzining ahvoli va parvozdan oldingi dam olish tartibiga rioya etganligi toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlar berish aviamutaxassis tomonidan ushbu Qoidalarni buzish sifatida malakalanadi.
251. Ekipaj aʼzolari, parvozlar rahbarlari, HHB dispetcherlari mehnat qobiliyatining buzilishiga olib keladigan holatda yoki kasal boʻlsa, shuningdek ekipaj aʼzolari parvozdan oldingi tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortsa, ularning parvoz qilishiga (HHB) qoʻyilmaydi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
252. Parvozdan (smenadan) oldingi tibbiy koʻrik hajmi tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda va qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish natijasida kengaytirilishi mumkin.
253. Shifokor (feldsher) tomonidan parvozdan oldingi yoki havo kemasi komandiri tomonidan parvozdan oldingi tayyorgarlik vaqtida aniqlangan alkogol (narkotik moddalar) taʼsiridagi mastlik holati, shuningdek alkogol (narkotik moddalar) taʼsiridagi mastlikning qoldigʻi mavjud boʻlgan holat ushbu aviamutaxassis tomonidan parvoz bajarilishiga mutlaqo qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi. Har bir aniqlangan holat boʻyicha xizmat surishtiruvi oʻtkazilib, aybdorlar Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(253-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
254. Oʻzbekiston Respublikasi FA HK ekipajlari aʼzolarining ish vaqti va dam olish vaqti davomiyligi HK ekspluatant (egasi) talablari bilan tartibga solinadi. Joylashish joyidan tashqarida ekipaj aʼzolarining mehnat va dam olish tartibiga rioya etishlari uchun javobgarlik havo kemasi komandirining zimmasida boʻladi.
255. Kasallik, jarohat olish yoki bir oydan ortiq vaqt davom etgan parvoz ishlaridan (HHB) tanaffusdan soʻng (xizmat safari, oʻqish, taʼtil, vaqtincha uchish bilan bogʻliq boʻlmagan ishga oʻtkazish), shuningdek aviatsiya hodisasidan (noxush hodisadan) soʻng aviamutaxassis shifokor (uchuvchilar otryadining yoki TUEH shifokori) koʻrigidan oʻtishi shart, shifokor uni parvozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
256. Havo kemalari bort va avariya aptechkalari bilan, xalqaro parvozlarni va chegara hududlarida parvozlarni bajaradigan HK esa ekipaj uchun qoʻshimcha aptechkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ekipaj aʼzolari oʻz-oʻziga va bir-birlariga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishni bilishlari lozim.
257. Joylashish joyidan tashqarida ekipaj aʼzolarini tibbiy himoya qilish boʻyicha profilaktik tadbirlar majmuasining bajarilishini tashkillashtirish havo kemasi ekipajini xizmat safariga yuborayotgan uchuvchilar boʻlinmasining bevosita rahbariga yuklatiladi.
258. Aviatsiya xavfsizligining asosiy vazifasi yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolarini, yerda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni, shuningdek havo kemalari va FA obyektlarini yerda yoki parvozda amalga oshiriladigan noqonuniy aralashish harakatlaridan himoya qilish va qoʻriqlashdan iborat. Bunga tadbirlar majmuasini bajarish hisobiga, davlat darajasida, shuningdek aviakompaniya (aeroport) darajasida odamlar va moddiy resurslarni jalb etish hisobidan erishiladi.
(258-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
259. Aviatsiya xavfsizligi sohasidagi tadbirlar, qoidalar va tartibotlarni, shuningdek ularni bajarish tartibini aniqlab beradigan asosiy hujjatlar boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi, shuningdek aviakompaniyalar va aeroportlarning aviatsion xavfsizlikni taʼminlash dasturlari hisoblanadi.
(259-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
260. Havo kemalari ekipajlari aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining noqonuniy aralashish harakatlaridan aviatsiya xavfsizligini taʼminlash milliy dasturi, shuningdek aviakompaniyaning aviatsion xavfsizlikni taʼminlash dasturining oʻzlariga tegishli qismlari bilan tanishgan boʻlishlari kerak. Barcha aviatsiya xodimlari maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak.
(260-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
261. Aviatsion xavfsizlikni taʼminlash uchun javobgarlik:
(261-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
b) aviakompaniya darajasida — aviakompaniya rahbari;
v) aeroport darajasida — aeroport rahbari;
g) parvozni bajarish vaqtida havo kemasida — havo kemasi komandiriga yuklanadi.
262. FAda aviatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
a) FA obyektlarida joriy qilinadigan rejim-qoʻriqlash tadbirlari;
b) yoʻlovchilar, havo kemalari ekipajlari aʼzolari, aeroport xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek qoʻl yuki, bagaj, yuk, pochta, bort aslahalari va havo kemalarini aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan oʻtkazish;
v) havo kemalarini himoya qilish choralari;
g) xodimlarni aviatsiya xavfsizligi masalalari boʻyicha tayyorlash.
263. Aeroportlarda, aerodromlarda va aviakorxonalarda normativ hujjatlar talablariga muvofiq kirish va obyektning ichki tartibi belgilab qoʻyiladi.
A, B, V, G va D klasslardagi aerodromlar va aviakorxonalarning muhim obyektlari begona kishilarning, transport vositalarining va jonivorlarning xizmat hududiga nazoratsiz kirib olish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaydigan toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
264. Aviatsiya xavfsizligi nazorati aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan maxsus yoʻriqnoma va texnologiya talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
265. Yoʻlovchi va yuk tashuvlarini amalga oshiradigan havo kemalarini tekshiruvdan oʻtkazish ular turgan joylarda, yoʻlovchilarni kemaga chiqarib boshlashdan va bagajni (yukni) ortib boshlashdan oldin ekipaj aʼzolaridan birining yoki muhandislik-aviatsiya xizmati xodimi ishtirokida oʻtkaziladi.
266. Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga muvofiq yoʻlovchilarning roziligidan qatʼi nazar, yoʻlovchilar, qoʻl yuki va bagaj aviatsiya xavfsizligi tekshiruvidan oʻtkazilishi mumkin.
267. Havo kemalari doimiy, ishonchli qoʻriqlanishi lozim.
268. Havo kemalarining qoʻriqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
a) ATBda texnik xizmat koʻrsatilayotganda — aviakorxona ATB (MAX) vakili tomonidan;
b) aerodromlarning toʻxtab turish joylarida — toʻxtab turish joyidagi navbatchi yoki harbiylashtirilgan (qorovul) qoʻriqchi tomonidan;
v) davomiyligi ikki soatgacha boʻlgan qisqa muddatli turish joylarida va ekipaj tarkibida bortmuhandis (bortmexanik) boʻlganda, shuningdek aeroportdan tashqarida ilojsiz qoʻnishlarda — havo kemasining komandiri koʻrsatmasi boʻyicha ekipaj aʼzolari tomonidan, ekipaj tarkibida bortmuhandis (bortmexanik) boʻlmaganda, saqlash uchun ATB (MAX) javobgar xodimiga topshiriladi, chet ellardagi aeroportlarda esa —– navbatdagi uchish uchun toʻxtab turish joyidagi muddatdan qatʼi nazar, aviakompaniya vakili tomonidan;
g) vaqtinchalik aerodromlarda va qoʻnish maydonchalarida — buyurtmachining qoʻriqlashi ostida, texnik xizmat koʻrsatilayotganda esa — maxsus yoʻriqnoma talablariga muvofiq aviatexnik tomonidan.
269. Havo kemalarining aerodromning toʻxtab turish joyida saqlanishi uchun javobgarlik bort daftarida va havo kemalarini qoʻriqlashga yoki xizmat koʻrsatish uchun qabul qilish-topshirish daftarida oxirgi imzoni qoʻygan mansabdor shaxs (toʻxtab turish joyi boʻyicha navbatchi, ekipaj aʼzosi, harbiylashgan qoʻriqlash qorovuli, aviakompaniyaning xorijiy aeroportdagi vakili) zimmasida boʻladi.
270. Havo kemasini ekipajga topshirish faqatgina qabul qilishni amalga oshirayotgan ekipaj aʼzosida FA mutaxassisining amaldagi guvohnomasi va ushbu havo kemasini olishga ruxsat beradigan hujjat (parvoz topshirigʻi) boʻlgandagina amalga oshiriladi.
271. Doimiy qoʻriqlanadigan havo kemalariga parvozlarni bajarish ruxsat etiladi. Havo kemasi qoʻriqlanmagan hollarda, aviatsion-muhandislik xizmatining vakillari uni maxsus “Mazkur HK turlarini koʻrikdan oʻtkazish joylarining roʻyxati”da belgilangan hajmda koʻrikdan oʻtkazishlari va bort daftari va karta-naryadda koʻrik natijalari haqida tegishli yozuvlarni qoldirishlari shart.
14-§. Parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish taʼminoti
272. Parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish taʼminoti — halokatga uchragan havo kemasi yoʻlovchilari va ekipajini qidirish va qutqarish, jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni halokat yuz bergan joydan evakuatsiya qilish boʻyicha zudlik bilan va samarali qidirish hamda avariyadan qutqarish ishlarini tashkil etish va bajarishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir.
273. Parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish taʼminoti quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) qidirish-qutqarish kuchlari, vositalari va havo transporti harakatiga xizmat koʻrsatish organlari navbatchiligini tashkil qilish;
b) falokatga uchraganlik haqidagi signallarni qabul qilish va qidiruv-qutqaruv xizmatini va u bilan birga harakat qiladigan tashkilotlarni xabardor qilishni tashkil etish;
v) havo kemalari ekipajlarini avariya vaziyatlarida harakatlanishga va avariyadan keyin yerga (suvga) qoʻngandan soʻng ekstremal sharoitlarda yashashga tayyorlashni tashkil etish;
g) havo kemalarini bort avariyadan qutqarish vositalari bilan butlash, yoʻlovchilar va ekipajni individual hamda guruh boʻlib foydalaniladigan avariyadan qutqarish jihozlari bilan taʼminlash;
d) yoʻlovchilar bilan asosiy avariyadan qutqarish jihozlarining turgan joyi va ulardan foydalanish qoidalari, avariya vaziyatlarida qanday xatti-harakat qilish toʻgʻrisida yoʻriqnoma oʻtkazish;
e) qidiruvchi havo kemalarini, qidirish-qutqarish xizmati mutaxassislarini va aviakorxonalarning avariyadan qutqarish komandalarini maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish;
j) halokatga uchragan havo kemasi yoʻlovchilari va ekipajini qutqarish boʻyicha qidirish va avariyadan qutqarish operatsiyalarini tashkil qilish va oʻtkazish;
z) tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlarda aholiga yordam koʻrsatishni tashkil qilish.
274. Parvozlarni qidirish va avariyadan qutqarish taʼminotini (PQAQT) tashkil etish uchun havo transporti harakatiga xizmat koʻrsatish organlarining joylashishini, parvozlar intensivligini, aeroportlarning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadigan aviakorxonalarning (aeroportlarning) QAT uchun javobgar hududlari tashkil etiladi.
275. Har bir aeroport aeroportning javobgarlik hududida qidirish va avariyadan qutqarish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma va qutqarish operatsiyalari oʻtkazilganda boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish rejasi ishlab chiqiladi.
276. Parvozlarni qidirish-qutqarish kuchlari va vositalarining doim tayyor holda turishi, javobgar hudud doirasida qidirish va qutqarish ishlarining oʻz vaqtida olib borilishi uchun javobgarlik aeroportlarning rahbarlariga yuklatiladi.
(277-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-7, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 243-modda)
278. Barcha davlatlar havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari, qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini joylashtirish, qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda tekin taʼminot va xizmat koʻrsatiladi.
15-§. Parvozlarni ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati bilan taʼminlash
279. Parvozlarni ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati bilan taʼminlash ushbu Qoidalar va Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati (MICHDX) toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
280. Ishlab chiqarishni (havo transportida tashish va aviatsiya ishlari) tezkor boshqarish jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
a) ishlab chiqarish jarayoni toʻgʻrisida axborot toʻplash;
b) parvozlarning sutkalik rejasi va smenalarning sutkalik topshirigʻi bajarilayotganligi ustidan nazorat;
v) parvozlar rejalaridan chetga chiqishlar sabablarini tahlil qilish;
g) operatsiyalarga boʻlib bajariladigan ishlarda operatsiyalar, havo kemalarini joʻnatishga va yetib kelishiga tayyorlashning texnologik grafiklari bajarilishini nazorat qilish, ularning buzilish sabablarini tahlil etish;
d) parvozlarning sutkalik rejalari bajarilishidan chetga chiqishlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida tezkor tartibga solish va rejalashtirish;
e) havo transportida tashish, aviatsiya ishlari rejasini bajarish va xalqaro yoʻnalishlardagi, MDH davlatlari va mahalliy havo yoʻllaridagi parvozlarning muntazam bajarilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston aviakorxonalari (komplekslari) va aeroportlarining ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatlari faoliyatiga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish.
281. Quyidagilar ishlab chiqarishni tezkor boshqarishni amalga oshiradi va parvozlarning muntazamligi va tejamkorligi sharoitida aviatsiya ishlari va tashishlar rejasi bajarilishini tezkor taʼminlash uchun javobgar boʻladi:
a) milliy aviakompaniyada — markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati (MAK MICHDX);
b) boshqa aviakompaniyalarda, shuningdek aviakorxonalarda (1—3 klassli aeroportlarda) — korxonaning ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati (KICHDX);
v) aviakorxonalarda (4-klassli aeroportlarda) va biror idora hisobida turadigan aeroportlarda operativ boshqarish funksiyasi aviakorxona (aeroport) rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan mutaxassisga yuklatiladi.
MAK komplekslari va xizmatlari uchun MAK MICHDXning koʻrsatmalarini bajarish majburiydir.
282. Parvozlarning sutkalik rejasi kelgusi sutkadagi ishlab chiqarish vazifalarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, aviakompaniya HK harakatining tasdiqlangan jadvaliga, uchuvchilar boʻlinmasining reja-naryadiga, parvozlarning dastlabki rejalariga va aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmalarga, samoviy hududdan foydalanuvchilarning harakat jadvaliga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi FA aerodromlarida uchish va qoʻnish amalga oshirilishiga asoslanib tuziladi.
283. Parvoz kuni arafasida aeroportlarning sutkalik parvozlar rejasi taʼminlanishi (kelishilishi) uchun MAK MICHDX, HBB YAT BM (havo transporti harakatini boshqarishning yagona tizimi bosh markazi) xabar berish tabeliga muvofiq boshqa manzillarga yuboriladi.
284. Parvoz kuni arafasida MAK MICHDX aeroportlarning sutkalik rejalari jadvali, uchuvchilar boʻlinmasining reja-naryadi, Oʻzbekiston Respublikasi FA aeroportlarining sutkalik rejalariga asoslanib parvozlarning yigʻma sutkalik rejasini tuzadi va MAKda tasdiqlanadi.
285. MAK MICHDX HK harakati jadvaliga, aeroportlarning sutkalik rejalariga asoslanib xalqaro, liter, nazorat ostidagi va jadvaldan tashqari yoʻnalishlarning yigʻma sutkalik rejalarini tuzadi.
286. Parvozlarning sutkalik rejasini sifatli va oʻz vaqtida tuzilishi uchun javobgarlik ADP (aviakorxona (aeroport) rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan mutaxassisga), KICHDX, MAK MICHDXga yuklatiladi.
287. Ishlab chiqarish-dispetcherlik organlarining bir-biri bilan va oʻzaro hamkorlik qiluvchi xizmatlar (organlar) bilan aloqani tashkil etish aloqa tashkilotining tasdiqlangan sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi.
XI. Havo kemalarining parvozi
1-§. Asosiy talablar
288. Havo kemalarining havo trassalari, XHY, belgilangan yoʻnalishlar, HHB dispetcheri tomonidan berilgan trayektoriyalar boʻyicha, aviatsiya ishlari olib boriladigan hududlarda, shuningdek aerodrom (aerouzel) hududlaridagi parvozlari:
a) uskunalar boʻyicha parvozlar qoidalari (UPQ);
b) vizual boshqariladigan parvozlar qoidalari (VPQ);
v) vizual (koʻz bilan chamalab) qoʻnishni boshlash qoidalari boʻyicha bajariladi.
2-§. Uskunalar boʻyicha parvozlar qoidalari
289. Uskunalar boʻyicha parvozlar qoidalari:
a) parvozlarni uchish-navigatsiya uskunalari boʻyicha HHB organlari tomonidan doimiy ilojsiz nazorat ostida bajarilishini;
b) HHB organlari dispetcherlari tomonidan havo kemalari orasidagi eshelonlashning belgilangan intervallari taʼminlanishini nazarda tutadi.
b) pastki samoviy hududlarda haqiqiy tezligi 550 km/soat (297 uz) boʻlgan parvozlarda;
(290-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
v) pastki samoviy hududlarda haqiqiy tezligi 550 km/soat (297 uz) va undan past boʻlgan parvozlarda, agar VPQ qoʻllanilmasa;
(290-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
g) shtora qoʻllaniladigan parvozlarda qoʻllaniladi.
291. UPQ boʻyicha parvozlar berilgan eshelonlarda (balandliklarda) vertikal, boʻylama va yonlama eshelonlash qoidalariga muvofiq berilgan parvoz tartibiga, belgilangan yoʻnalishga (HT XHY) yoki dispetcher tomonidan vektorlashtirish paytida beriladigan trayektoriyaga qatʼiy rioya etgan holda bajariladi.
292. UPQ boʻyicha parvozlar bajarilganda havo kemasi komandiri quyidagilar uchun javobgardir:
a) aerodrom hududidan chiqish sxemasiga, berilgan eshelonga (balandlikka), parvoz yoʻnalishiga, pasayish va qoʻnish uchun kirish sxemasiga, vektorlashtirish paytida beriladigan trayektoriyaga va parvoz parametrlariga rioya etilishi uchun;
b) havo kemasining haqiqatda joylashgan oʻrni, parvoz balandligi va sharoitlari haqida aniq va oʻz vaqtida axborot berilishi uchun;
v) HHB organi dispetcherining koʻrsatmalarini aniq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun.
293. Havo kemasi parvozining bajarilishini boshqarayotgan HHB organi dispetcheri quyidagilar uchun javobgardir:
a) parvozning xavfsiz eshelonining toʻgʻri tayinlanishi uchun;
b) vertikal, boʻylama va yonlama eshelonlashning belgilangan intervallari taʼminlanishi uchun;
v) mavjud vositalar va ekipajning dokladlari boʻyicha ekipaj tomonidan berilgan eshelon (balandlik) va parvoz yoʻnalishi, aerodrom hududidan chiqish sxemasi, pasayish va qoʻnish uchun kirish sxemasi, vektorlashtirish paytida beriladigan trayektoriyaga rioya etilayotganligini nazorat qilish uchun;
g) ekipajga havo, meteorologik va ornitologik vaziyat toʻgʻrisida, radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda esa berilgan eshelon (balandlik) va parvoz yoʻnalishi, aerodrom hududidan chiqish sxemasi, pasayish va qoʻnish uchun kirish sxemasi, vektorlashtirish paytida beriladigan trayektoriyadan chetga chiqishlar haqida oʻz vaqtida axborot berish;
d) havo kemasining qoʻshni HHX hududiga kirish sharoitlarini kelishish uchun;
e) havo kemalari ekipajlariga beriladigan koʻrsatmalar va tavsiyalarning asoslanganligi uchun.
3-§. Vizual boshqariladigan parvozlar
294. Vizual boshqariladigan parvozlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) ekipaj tomonidan boshqa havo kemalarining parvozlarini koʻrib kuzatish yoʻli bilan belgilangan intervalni tutib turish;
b) havo kemasida soatiga 300 km (162 uz) tezlikda parvoz qilib, oldindagi joylar va toʻsiqlarni koʻrib kuzatgan holda haqiqiy xavfsiz balandlikni tutib turish va tekislikdagi hamda past-balandlikdagi sunʼiy toʻsiqlarni aylanib oʻtish.
(294-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
a) 6100 metrdan past (eshelon raqami 200) samoviy hududda va haqiqiy tezligi soatiga 550 km.dan (297 uz.dan) ortiq boʻlmagan parvozlarda pastki xavfsiz eshelongacha va pastki xavfsiz eshelondan quyida soatiga 450 km.dan (245 uz.dan) ortiq boʻlmagan tezlikda;
(295-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
296. Bulutlar soni parvoz balandligidan quyida 1-2 oktantdan (FEW) oshmaydigan hollarda bulutlar ustidan VPQ boʻyicha parvozlarga ruxsat etiladi. Bunday hollarda bulutlarning yuqori chegarasi bilan havo kemasigacha boʻlgan masofa 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmasligi kerak.
(296-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
297. VPQ boʻyicha parvozlar mazkur Qoidalarning 13-ilovasida berilgan talablarga muvofiq sharoitlarda bajariladi.
298. Soatiga 300 km. (162 uz) va undan past tezlikda VPQ boʻyicha tekislik hamda past-balandlikdagi yoʻnalish boʻyicha parvoz qilayotgan havo kemalariga oldinda havo kemasi kursi boʻyicha koʻrinib turgan sunʼiy toʻsiqlarni, qoidaga koʻra, toʻsiqdan kamida 500 metr (0,3 d.mili) oʻngdan aylanib oʻtishga ruxsat beriladi.
(298-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
299. Oldinda uchib ketayotgan havo kemasini quvib oʻtish oʻng tomondan kamida 500 metr (0,3 d.mili) interval bilan bajarilishi kerak.
(299-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
300. Oldinda uchib ketayotgan havo kemasiga uning kursidan kamida 70 darajaga farq qiladigan kurs bilan yaqinlashayotgan havo kemasi quvib oʻtayotgan havo kemasi hisoblanadi.
301. Doira boʻylab parvozlar bajarilayotganda bir xil turdagi havo kemalarini quvib oʻtish taqiqlanadi. Tezligi yuqori boʻlgan havo kemalari tezligi past boʻlgan havo kemalarini doiraning ichki tomonidan uchinchi burilishda va kamida 500 metr (0,3 d.mili) interval bilan quvib oʻtishi mumkin.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
302. Havo kemalari kesishadigan kurslar boʻylab bitta eshelonda (balandlikda) parvoz qilayotganda ularning komandirlari chap tomonda havo kemasini koʻrsa — parvoz balandligini balandliklar farqi havo kemalarining xavfsiz tarqalib ketishini taʼminlaydigan darajagacha pasaytirishi, oʻng tomondan koʻrganda esa — balandlikni shu darajagacha oshirishi kerak.
303. Agar parvoz balandligini oʻzgartirishning iloji boʻlmasa (havoning bulutligi, eng past balandlikda parvoz etilayotganligi yoki boshqa cheklovlar tufayli), komandirlar havo kemalarini xavfsiz tarqalib ketishini taʼminlab ularni burib yuborishlari kerak.
304. Mahalliy havo liniyalari boʻyicha parvozlar qarama-qarshi kurslar (yoʻnalishlar) boʻyicha past eshelondan ham past balandlikda tarqatilgan yoʻnalishlar boʻylab amalga oshiriladi. Yondan eshelonlashtirishni taʼminlashning iloji boʻlmasa, balandlik boʻylab eshelonlashtirish yoki bir tomonlama harakatlanish tashkillashtiriladi.
305. Qarama-qarshi kurslarda nazarda tutilmagan holda yaqinlashish sodir boʻlganda har bir komandir kemalar chap bortlari bilan tarqalib ketish uchun oʻz havo kemasini oʻng tomonga burishi kerak.
306. Meteorologik sharoitlar HPQga muvofiq parvoz uchun qoʻyilgan talablarga mos kelmaydigan darajaga qiymatlarga qadar yomonlashsa, havo kemasining komandiri:
a) uchib chiqqan aerodromga qaytishga yoki eng yaqin zaxira aerodromda qoʻnishga;
b) agar parvozni bajarish topshirigʻining maqsadi komandirni tayyorlash boʻlsa va havo kemasining hamda havo trassasining (MHY) jihozlanishi bunga toʻsqinlik qilmasa, UPQ boʻyicha parvoz qilishga oʻtishga majbur.
307. Vertolyot komandirlari, bundan tashqari, havodan turib tanlangan maydonchalarga qoʻnishlari mumkin. Vertolyot komandiri oʻz harakatlari haqida IIB organiga xabar berib turishi kerak.
308. Parvozni UPQga koʻra amalga oshirishga oʻtganda havo kemasining komandiri oʻz harakatlarini va parvoz eshelonini (balandligini) HHB organi bilan muvofiqlashtirishi va bu organning dispetcheri havo kemalari orasidagi belgilangan oraliq masofani taʼminlashi shart.
309. Havo kemasi qoʻqqisdan VPQga koʻra parvozlar uchun belgilangan minimumdan ham pastroq minimum sharoitlariga tushib qolguday boʻlsa, vizual parvozga oʻtish maqsadida uskunalar belgilagan xavfsiz balandlikdan ham pastroqqacha pasayish ruxsat etilmaydi (taqiqlanadi). Bunday holda havo kemasining komandiri parvozni bajarishni uskunalarga koʻra amalga oshirishga oʻtishi, 180 darajaga burilishi, uchib chiqqan aerodromiga qaytishi, yoki eng yaqin aerodromda qoʻnishi shart. 180 darajaga burilib boʻlingach, vizual parvozga oʻtishning iloji boʻlmasa, komandir pastki xavfsiz eshelon balandligini egallashga oʻtishi va keyingi harakatlarini HHB organining dispetcheri bilan muvofiqlashtirishi shart.
310. Koʻrish masofa 3000 metrdan kam boʻlganda, VPQ boʻyicha parvozni boshqarish dasturlar boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan va UPQ boʻyicha parvoz etish huquqiga ega boʻlgan havo kemalarining komandirlariga ruxsat etiladi. UPQ boʻyicha parvoz etish huquqiga ega boʻlmagan havo kemalarining komandirlari havo kemasi tabiiy ufq chizigʻiga qarab parvozni boshqarish ehtimolini yoʻqqa chiqargan sharoitlarga qoʻqqisdan tushib qolguday boʻlsa uskunalarga qarab uchish boʻyicha yetarlicha tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishlari kerak.
311. VPQ boʻyicha parvozlar bajarilganda havo kemasi komandiri:
a) haqiqiy xavfsiz balandlikka rioya etilishi;
b) parvoz yoʻnalishiga, aerodrom hududidan chiqish sxemasiga va qoʻnish uchun kirish sxemasiga aniq rioya etilishi;
v) meteosharoitlar belgilangan darajadan koʻra yomonlashganda parvoz boshlangan aerodromga (zaxiradagi aerodromga) qaytish yoki UPQ boʻyicha parvozga oʻtish toʻgʻrisida oʻz vaqtida qaror qabul qilishi va bu haqda HHB organiga bildirilishi;
g) havo kemasining haqiqatda joylashgan oʻrni va parvoz sharoitlari haqida ishonchli axborot berilishi;
d) HHB organi dispetcherining koʻrsatmalarini aniq va oʻz vaqtida bajarilishi;
e) qoidalar va VPQ boʻyicha parvozning berilgan shartlarini bajarilishi uchun javobgar.
312. Havo kemasining VPQ boʻyicha parvozining bajarilishini bevosita boshqarayotgan HHB organi dispetcheri:
a) parvozning balandligini (eshelonini) toʻgʻri tayinlanishi;
b) havo kemasi fazoga koʻtarilayotganda vaqt intervallariga rioya etilishi;
v) ekipajga havo, meteorologik va ornitologik vaziyat toʻgʻrisida oʻz vaqtida axborot berish;
g) ekipaj UPQ boʻyicha parvozga oʻtganda xavfsiz eshelon (balandlik) tayinlash va havo kemalari orasidagi belgilangan intervallarning taʼminlanishi;
d) havo kemasining qoʻshni HHX hududiga kirish sharoitlarini kelishish;
e) radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda ekipajga havo kemasining turgan oʻrni toʻgʻrisida aniq va oʻz vaqtida axborot berilishi uchun javobgar.
4-§. Qoʻnishni vizual boshlash qoidalari
313. Qoʻnishni vizual boshlash qoidalari quyidagilarni nazarda tutadi:
a) qoʻnisholdi toʻgʻri chizigʻiga chiqish uchun vizual manyovrlarni amalga oshirish uchun belgilangan hududi ichida aerodrom atrofida vizual manyovrlarni amalga oshirish;
b) qoʻnish kursiga aylanib (yetarlicha) burib olgunga qadar belgilangan minimal pasayish balandligiga rioya qilish;
v) UQY va (yoki) uning moʻljallari bilan doimiy vizual kontakt oʻrnatish va saqlab turish;
g) UQY va (yoki) uning moʻljallari bilan vizual kontakt yoʻqolgan taqdirda koʻnishga vizual kirishishning istalgan nuqtasidan UPQ boʻyicha ikkinchi doiraga kirishning belgilangan sxemasiga oʻtish bilan birga ikkinchi doiraga kirish.
314. QVK 1, 2, 3-klass havo kemalarida qoʻllaniladi.
315. Qoʻnishni vizual boshlash quyidagi vaziyatlarda bajariladi:
a) qoʻnishning radiotexnik vositalari bilan jihozlanmagan, shuningdek bunday vositalari ishlamay qolgan aerodromlarda;
b) aerodromning radiotexnik vositalar bilan jihozlanishidan qatʼi nazar, yoqilgʻini va parvoz vaqtini tejash, aerodromning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida;
v) parvoz vaqtida alohida hodisalar roʻy berganda iloji boricha tezroq qoʻnishni amalga oshirish uchun;
g) uchuvchilar tarkibiga qoʻnishni vizual boshlashni amalga oshirishni mashq qildirish maqsadida.
316. Qoʻnishni vizual boshlash xavfsizligini taʼminlash uchun, ichida QVKning munimumlarini va pasayishning minimal balandliklarini hisoblayotganda toʻsiqlarni hisobga olgan holda manyovrlarni vizual amalga oshirish hududi belgilanadi. Qoʻnishni vizual boshlash hududi aerodromning mazkur toifadagi OʻKlari qoʻnishi uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan har bir UQY boshlanishi markazlaridan tortilgan yoylar bilan cheklanadi, bu yoylar ularga oʻtkazilgan urinmalar bilan tutashtiriladi. Bu yoylarni minimal radiuslarining son qiymatlari, havo kemalarining toifalariga bogʻliq ravishda mazkur Qoidalarning 14-ilovasida keltirilgan. Jadvalda qoʻnishga vizual kirishishdagi ruxsat etilgan maksimal tezlikning cheklovlari alohida ustun shaklida keltirilgan.
317. QVK uchun sxema tuzganda toʻsiqlar hisobga olinadi, pasayishning minimal balandliklari va minimumlar hisoblab chiqiladi.
318. QVK qoidalariga koʻra parvoz etish tasdiqlangan dasturlar boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan uchuvchilarga ruxsat etiladi.
319. QVK qoidalariga koʻra parvoz etayotganda HKK quyidagilar uchun javobgardir:
a) qoʻnishga vizual kirishish nuqtasiga qadar uskunalarga koʻra pasayish va qoʻnishni boshlash sxemasiga rioya etilishi;
b) manyovrlarni vizual amalga oshirish va qoʻnish hududining ichida UQY va (yoki) uning moʻljallari bilan vizual kontakt paytida vizual manyovrlarni bajarish;
v) qoʻnish kursiga qaytarib burish boshlangunga qadar manyovrlarni vizual amalga oshirganda, agar UQY va (yoki) uning moʻljallari bilan vizual kontakt oʻrnatilmagan boʻlsa, pasayishning belgilangan minimal balandligiga rioya etish;
g) UQY va (yoki) uning moʻljallari bilan vizual kontakt yoʻqolganda yoki belgilangan manyovrlarni vizual amalga oshirish hududidan tashqariga chiqib ketilganda oʻz vaqtida ikkinchi doiraga ketish.
320. Oʻzining boshqaruvi ostida havo kemasining parvozi QVK qoidalariga koʻra amalga oshiralayotgan HHB organining dispetcheri:
a) havodagi vaziyat va meteosharoitning tahlili asosida QVK qoidalari boʻyicha bajarish imkoniyatlarini aniqlanishi;
b) radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda ekipaj tomonidan uskunalarga koʻra pasayish va qoʻnishni boshlash sxemasiga QVK nuqtasiga qadar rioya etilishini nazorat qilinishi;
v) radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda manyovrlarni vizual bajarishning belgilangan hududiga kirishni nazorat etilishi va QVKni bajarishga ruxsat berilishi.
QVKga ruxsat berilishi QVKni bajarayotganda belgilangan manyovrlarni vizual amalga oshirish hududi doirasida uchishni, UPQ boʻyicha qoʻnishni amalga oshirayotgan samolyotlar va QVKni bajarayotgan samolyot orasidagi oraliq masofalarga rioya etilishini anglatadi;
g) radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda ekipaj tomonidan ikkinchi doiraga ketish sxemasiga rioya etilishini nazorat qilinishi;
d) ekipaj oʻz vaqtida havo, meteorologik va ornitologik sharoitdan xabardor etilishi uchun javobgardir.
5-§. Uchib ketish va uchib kelish qoidalari
321. Havo kemasi komandiri:
a) ekipajning parvozni bajarishga tayyorligi;
b) havo kemasining sozligi;
v) meteovaziyatni tahlil qilish;
g) dispetcherning uchish, qoʻnish va zaxira aerodromlari holati, havodagi vaziyat va parvozni taʼminlash toʻgʻrisidagi axborotlarga asoslangan holda fazoga koʻtarilish haqida qaror qabul qiladi.
322. ADP dispetchepi (brifing xizmat koʻrsatiladigan aeroportlardan tashqari) parvozlar rejasiga va havo kemasi komandirining uchish toʻgʻrisida qabul qilgan qaroriga asosan ekipajga quyidagi hollarda fazoga koʻtarilishga dispetcherlik ruxsatini beradi:
a) uchish (qoʻnish) aerodromining texnik holati belgilangan talablarga javob bersa;
b) zaxira aerodromining texnik holati belgilangan talablarga javob bersa;
v) havodagi vaziyat parvozni bajarishga toʻsqinlik qilmay, amaldagi va prognoz qilinayotgan ob-havo esa uchish uchun belgilangan minimumdan past boʻlmasa;
g) yoʻnalish boʻyicha, qoʻnish va zaxira aerodromlaridagi ob-havo prognozi belgilangan talablarga javob bersa;
d) ekipaj bajariladigan parvozga tayyorgarlik koʻrishning toʻliq hajmda bajarilganligi haqida axborot bersa.
323. Agar uchish, qoʻnish va (yoki) zaxira aerodromlarida, shuningdek yoʻnalish boʻyicha (aviatsiya ishlari olib boriladigan hudud boʻyicha) meteosharoitlar uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan havo kemasi fazoga koʻtarilgunga qadar ushbu aerodromlar (yoʻnalishlar) uchun oʻrnatilgan minimumdan pastga tushgan boʻlsa, dispetcher axborotni olgandan soʻng bu haqda ekipajga xabar berishi shart. Havo kemasining komandiri esa uchish imkoniyatlarini yana bir bor baholab koʻrishi kerak.
324. Agar uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan havo kemasi fazoga koʻtarilgunga qadar boʻlgan vaqt ichida dispetcher ushbu HK parvoziga taalluqli cheklovlar, man etishlar yoki ogohlantirishlar toʻgʻrisida axborot (xabarnoma, NOTAM va h. k.) olsa, bu haqda ekipajga xabar berishi shart. Havo kemasining komandiri esa uchish imkoniyatlarini takroran baholab koʻrishi kerak.
325. Fuqaro aerodromlaridan FA havo kemalarining fazoga koʻtarilishi, shuningdek FA havo kemalarining belgilangan yoʻnalish (aviatsiya ishlari bajariladigan hudud) boʻylab parvozlarni bajarishi yoki harbiy aerodromda qoʻnishi haqida dispetcherlik ruxsatnomasi ADP dispetcheri tomonidan SʼHFB YAT RM harbiy sektori bilan kelishilgan holda beriladi.
326. Havo kemasi komandiri meteorologik vaziyatni tahlil qilib:
a) parvoz boshlanadigan aerodromda amaldagi va prognoz qilinadigan ob-havo uchish uchun belgilangan minimumdan past boʻlmasa;
b) parvoz yoʻnalishida aylanib oʻtish mumkin boʻlmagan meteohodisalar mavjud boʻlmasa;
v) manzil aerodromida amaldagi va qoʻnish payti uchun (± 30 daqiqa) prognoz qilinadigan ob-havo 15-ilovadagi jadvalda keltirilgan variantlardan biriga toʻgʻri kelsa va ushbu Qoidalarning 32—34-bandlari va 15-ilova jadvali talablariga javob beradigan zaxiradagi aerodrom mavjud boʻlsa.
g) ikkita kuch qurilmasiga ega HK uchun bitta dvigatel ishlamay qolganda yoʻnalishning istalgan nuqtasidan 60 daqiqadan oshmaydigan vaqt davomida yetib boriladigan zaxira aerodromi mavjud boʻlsa. Tanlangan aerodromlar ushbu turdagi HKni qabul qilishga yaroqli boʻlishi va hech boʻlmaganda bitta uskunalar boʻyicha qoʻnishni boshlash tizimiga ega boʻlishi kerak. Bu aerodromda qoʻnish payti uchun (± 30 daqiqa) prognoz qilinadigan ob-havo minimumdan past boʻlmasligi kerak;
d) ikkita gaz turbinali dvigatelga ega HKda EDTO qoidalari boʻyicha parvoz qilinganda, zaxiradagi aerodromlarni tanlash ekspluatantning EDTO (EDTO MANUAL) boʻyicha parvoz qilish haqidagi qoʻllanmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(326-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
e) havodagi vaziyat parvozni bajarish uchun toʻsqinlik qilmasa UPQ boʻyicha uchish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
327. Ushbu Qoidalarning 15-ilovasidagi jadvalning 1-varianti boʻyicha parvoz qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotganda qoʻnish aerodromidan olingan amaldagi ob-havo toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻpi bilan bir soat oldin olingan boʻlishi kerak.
Parvoz davomiyligi 2 soatgacha davom etganida:
a) shamolning tezligi va yoʻnalishi belgilangan cheklashlarga muvofiqligi uning kuchayishini hisobga olgan holda aniqlanadi;
b) UQYdagi koʻrish uzoqligiga amal qilishga ruxsat etiladi.
Bunda, agarda UQYdagi koʻrish boʻyicha fazoga koʻtarilish toʻgʻrisida qaror kechasi qabul qilinadigan boʻlsa, manzil (zaxira) aerodromiga qoʻnish esa kunduzi amalga oshiriladigan boʻlsa, UQYdagi koʻrish darajasi kunning qorongʻi paytidan yorugʻ paytiga oʻtish vaqtida pasayishini hisobga olish kerak.
328. Manzil va zaxira aerodromlarida UPQ boʻyicha parvozni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda quyidagilar hisobga olinmaydi:
a) uchib kelish vaqtiga prognoz qilinadigan meteohodisalar;
b) uchib kelish vaqtiga prognoz qilinadigan shamolning kuchayishi;
v) bulutlarning pastki chegarasi balandligi, agar ularning amaldagi va (yoki) prognoz qilinadigan soni 3-4 oktantdan (SCT) oshmasa;
g) uchib kelish vaqtiga prognoz qilinadigan koʻrishning vaqtincha yomonlashuvi (TEMPO) va (yoki) bulutlar pastki chegarasining pasayishi.
Agar manzil (zaxira) aerodromiga yetib kelish vaqti koʻrishning va (yoki) bulutlarning pastki chegarasi balandligi oʻzgarishining prognoz qilinadigan vaqtiga (VESMG) toʻgʻri kelsa, UPQ boʻyicha uchish toʻgʻrisida qaror qilinganda ularning eng past koʻrsatkichlari hisobga olinadi.
329. UPQ boʻyicha parvozlarda manzil uchun zaxira aerodrom sifatida shunday aerodrom tanlanishi mumkinki, unda uchib kelish vaqtiga kelib quyidagilar prognoz qilinayotgan boʻlsa:
a) bulutlarning pastki chegarasi balandligi minimumdan 50 metr (165 fut) va koʻrish uzoqligi 500 metr baland boʻlsa;
b) bulutlarning pastki chegarasi balandligi 90 metrdan (300 futdan) va koʻrish uzoqligi 1000 metrdan kam emas — agar aerodrom toifalashtirilgan minimum boʻyicha foydalanishga qoʻyilgan boʻlsa, komandir va HK esa ushbu toifaga mos keladigan tegishli toifa yoki minimum boʻyicha parvozlarga qoʻyilgan boʻlsa;
v) bulutlarning pastki chegarasi balandligi minimumdan 100 metr (330 fut) va koʻrish 1000 metrdan baland — tanlangan zaxira aerodromi manzil aerodromidan koʻpi bilan 50 km (27 d.mili) masofada joylashgan boʻlsa.
(329-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
330. Parvoz boshlangan aerodromda meteosharoitlar unga qoʻnish uchun belgilangan minimumdan past boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra unga qaytib kelishning iloji boʻlmasa, uchib ketish uchun zaxira aerodromi tanlanishi kerak.
331. Uchib ketish uchun zaxira aerodromi shunday tanlanishi kerakki, undagi haqiqiy ob-havo va uchib kelish vaqtidagi ob-havo qoʻnish uchun belgilangan minimumdan past boʻlmasligi, parvoz boshlangan aerodromdan ungacha uchib borish masofasi barcha hollarda quyidagicha boʻlishi lozim:
a) ikkita dvigatelga ega HK uchun: 1 ta toʻxtab qolgan dvigateli bilan kreyser tezligidagi parvoz vaqti 1 soat ekvivalentidan uzoq boʻlmagan masofa, HK foydalanish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq, amaldagi uchish ogʻirligidan foydalanib shtil sharoitlariga va standart ob-havo sharoitlariga moslashgan sharoitda;
b) uchta va undan ortiq dvigatelga ega HK uchun: kreyser tezligidagi parvoz vaqti 2 soat ekvivalentidan uzoq boʻlmagan masofa, HK foydalanish boʻyicha qoʻllanmaga muvofiq, amaldagi uchish ogʻirligidan foydalanib shtil sharoitlariga va standart ob-havo sharoitlariga moslashgan sharoitda;
v) zaxira aerodromiga ketish mumkin boʻlgan maksimal vaqt doirasida joylashgan HK uchun: mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan masofa boʻyicha mezonlarga javob beradigan aerodrom mavjud boʻlmagan, birinchi zaxira aerodromi amaldagi uchish ogʻirligini hisobga olib zaxiradagi aerodromgacha ketadigan maksimal vaqt doirasida joylashgan sharoitda.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
332. Ushbu Qoidalarning 329-bandiga muvofiq, agarda aerodrom dastlabki tayyorgarlik vaqtida oʻrganilgan boʻlsa va trenajyorda undagi pasayish va qoʻnish uchun kirish sxemasiga muvofiq mashgʻulot oʻtkazilgan boʻlsa, hamda havo kemasi komandiri 1-klassli uchuvchi boʻlsa togʻ aerodromi zaxira sifatida tanlanishi mumkin.
333. Quyidagi hollarda HK komandiriga zaxira aerodromi yoki parvoz boshlangan aerodromga ketish chegarasini hisobga olib uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi beriladi:
zaxiradagi aerodrom belgilanganda;
ketish chegarasidan manzil yoki zaxira aerodromigacha boʻlgan parvoz davomiyligi hisob-kitob boʻyicha ikki soatdan oshmasa;
HK ekipajiga qoʻnish davrida metereologik sharoit va parvozni amalga oshirish xususiyati hamda yoʻnalishdagi qoʻnish aerodromi haqidagi maʼlumot taqdim etilganda.
Ekspluatant tomonidan HKlarning parvoz-dispetcherlik kuzatuvi, parvozni amalga oshirish uchun xodimlar va uchuvchilar tayyorlash dasturi hamda ekspluatatsiya protsedurasi ustidan ekspluatatsiya nazorati oʻrnatiladi.
(333-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
334. Havo kemasi komandiri UPQ boʻyicha zaxira aerodromisiz uchish uchun qaror qabul qilish huquqiga ega, agarda:
a) manzil aerodromida shu turdagi havo kemalari qoʻnishi uchun yaroqli ikkita bir-biri bilan kesishmaydigan uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud boʻlsa;
b) manzil aerodromida amaldagi va uchib borish vaqtiga prognoz qilinadigan koʻrish darajasi minimumdan (qoʻnish uchun foydalaniladigan ikkala UQY uchun ham belgilangan sistema boʻyicha kattasi) 2000 metr va bulutlarning pastki chegarasi 150 metrdan (500 futdan) baland boʻlsa;
(334-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
v) manzil aeroportiga yetib kelgan vaqtda havo kemasi bortidagi yonilgʻi miqdori hisob-kitob boʻyicha doira balandligi boʻylab kamida bir soat parvoz qilishga yetarli darajada boʻlsa.
335. VPQ boʻyicha parvozni bajarish uchun havo kemasi komandiri quyidagi sharoitlarda uchish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
a) parvozning boshlanishi, manzil va zaxira aerodromlarida amaldagi ob-havo HK komandirining minimumiga mos kelsa va VPQ boʻyicha parvozlarda koʻzda tutilgan darajadan past boʻlmasa;
b) yoʻnalish boʻyicha (aviatsiya ishlari oʻtkaziladigan hududda), manzil va zaxira aerodromlarida prognoz qilinadigan koʻrish darajasi va bulutlarning pastki chegarasi havo kemasi komandirining va VPQ boʻyicha parvozlarda koʻzda tutilgan minimumdan past boʻlmasa; shamol prognozi uning kuchlanishini hisobga olmaganda — belgilangan cheklovlar doirasida;
v) yoʻnalish boʻyicha (aviatsiya ishlari oʻtkaziladigan hududda) aylanib oʻtish mumkin boʻlmagan meteohodisalar prognoz qilinmagan boʻlsa.
336. Ob-havoning meteokuzatuvlarini amalga oshiradigan Oʻzgidromet tezkor organlari va FA xodimlari boʻlmagan qoʻnish maydonchalarida qoʻnib oʻtib bajariladigan maxsus aviatsiya ishlarida havo kemasi komandiri aviatsiya ishlari oʻtkaziladigan hududdagi (qoʻnish punktidagi) meteosharoitlar prognoziga asoslanib uchish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
337. VPQ boʻyicha uchish uchun qaror qabul qilinganda quyidagi parvozlar uchun joy relyefi va undagi sunʼiy toʻsiqlar (ushbu Qoidalarning 294 va 298-bandlari talablarini hisobga olgan holda) hisobga olinadi:
a) birinchi toifadagi MHY boʻyicha parvozlar uchun va yoʻnalish oʻqidan ikkala tomonga qarab 5 km (3 d.mili) kenglikdagi eshelonlardagi trassadan tashqari (MHYdan tashqari) parvozlarda;
(337-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
b) ikkinchi toifadagi MHY boʻyicha parvozlar uchun va yoʻnalish oʻqidan ikkala tomonga qarab 2 km (1 d.mili) kenglikdagi eshelonlardan pastdagi trassadan tashqari (MHYdan tashqari) parvozlarda.
(337-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
338. Zaxira aerodromi boʻlmaganda manzil aeroportga yetib kelish vaqtida koʻrish uzoqligi belgilangan minimumdan 500 metr va bulutlarning pastki chegarasi balandligi 50 metr (165 fut) baland boʻlsa VPQ boʻyicha uchish uchun qaror qabul qilishga ruxsat etiladi.
(338-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
339. VPQ boʻyicha uchish uchun qaror qabul qilishda manzil va zaxira aeroportiga yetib kelish vaqti uchun prognoz qilinadigan koʻrish uzoqligi va (yoki) bulutlarning pastki chegarasi balandligining oʻzgarishi VESMG va TEMRO indekslaridan foydalangan holda ularning eng past darajasi hisobga olinadi.
340. VPQ boʻyicha uchish uchun qaror qabul qilishda parvoz yoʻnalishi, parvoz boshlanadigan, manzil va zaxira aerodromlarida agar bulutlarning parvoz balandligidan pastdagi amaldagi va prognoz qilinadigan soni 1-2 oktantdan oshmasa (FEW), ularning pastki chegarasi balandligi hisobga olinmaydi.
341. Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy havo liniyalarida parvozlar bajarilganda quyidagi hollarda havo kemasi komandiriga HK bortidan turib radio orqali uchish uchun qaror qabul qilishga, HHB organi dispetcheriga esa radio orqali HK ekipajiga uchish uchun dispetcherlik ruxsati berishga ruxsat etiladi:
a) uchish uchun qaror qabul qilinib boʻlingandan soʻng meteosharoitlar va boshqa sabablar tufayli yoʻnalishning joʻnashi kechiktirilgan boʻlsa va uni qaytadan rasmiylashtirish talab etilsa;
b) oraliq va (yoki) oxirgi aeroportlarda qoʻngandan soʻng, toʻxtab turish vaqti 1 soatdan kam boʻlsa;
v) yozgi bir kun mobaynida bitta ekipaj bilan boshlangʻich va oxirgi aeroportlardan takroran uchilganda.
Bunda quyidagi talablar bajarilishi shart:
a) ekipaj radio orqali HHB organi dispetcheridan quyidagi axborotlarni olgan boʻlishi:
uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun uchish, manzil va zaxira aerodromlaridagi belgilangan talablarga javob beradigan amaldagi va (yoki) prognoz qilinayotgan ob-havo haqida;
uchish, manzil va zaxira aerodromlarida, shuningdek ob-havo vaziyatida parvozni bajarish uchun toʻsqinlik qiladigan oʻzgarishlar yoʻqligi toʻgʻrisida.
b) HHB organi dispetcheri radio orqali HK komandiridan quyidagi axborotlarni olgan boʻlishi:
kutilayotgan parvozga tayyorgarlikning toʻla hajmda bajarilganligi toʻgʻrisida;
HK bortidagi yonilgʻi miqdori, uchish massasi va sentrovka toʻgʻrisida;
uchish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida;
v) HK komandiri va HHB organi dispetcherining muloqoti avtomatik magnitli tovush yozish apparaturasida yozib olinishi kerak.
Radio orqali uchish uchun qaror qabul qilinganligi uchun javobgarlik havo kemasi komandirining zimmasida boʻladi.
(342-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
342. Yoʻnalishdagi zaxira aerodromigacha boʻlgan vaqt chegaralangan vaqtdan oshgan ikki yoki undan ortiq gaz turbinali dvigatelli HKning har qanday parvozi zaxira aerodromigacha uzaytirilgan vaqt bilan bogʻliq boʻlgan parvozni amalga oshirish (EDTO) hisoblanadi.
Bunday parvozlarni amalga oshiradigan HK uchun chegaralangan vaqt va zaxira aerodromiga ketish vaqti ekspluatant tomonidan belgilanadi. Bunda dvigatel tizimining ishonchliligi, EDTO parvozi uchun HK turining uchishga yaroqliligi haqidagi guvohnoma, EDTO texnik xizmat koʻrsatish dasturi hisobga olinishi hamda vaqt chegarasi boʻlmasligi kerak.
Parvoz vaqti chegaralangan vaqtdan oshgan taqdirda, agar zaxira aerodromi yaroqliligi belgilangan boʻlsa va oxirgi maʼlumot ulardagi sharoit kutilgan vaqtda oʻrnatilgan talablarga javob berishini koʻrsatsa, parvoz davom ettiriladi. Agar ushbu aerodromlarga kutilgan vaqtda xavfsiz kirish uchun sharoitda qandaydir toʻsqinliklar boʻlsa, zaxiradagi amaliyot rejasi qabul qilinadi.
(342-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
6-§. Barometrik balandlik oʻlchagichning shkalasini oʻrnatish qoidalari
343. Quyidagi hollarda havo kemasi parvozining barometrik balandligi hisobi yuritiladi:
a) aerodrom hududida, aerodromdagi parvozlar doirasi chegarasida, absolyut oʻtish balandligida va pastda — standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimi (QNN) yoki soʻrov asosida aerodromdagi atmosfera bosimi (QFE) qiymati boʻyicha;
(343-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
b) yoʻnalish boʻylab pastki eshelondan quyidagi balandlikda — dengiz sathiga keltirilgan yoʻnalishdagi (yoʻnalish uchastkasidagi) minimal atmosfera bosimi boʻyicha;
v) oʻtish eshelonida va undan balandda — 760 mm.sm.ust. (1013,2 Mbap) standart atmosfera bosimi boʻyicha.
344. Eshelonda parvoz qilish uchun barometrik balandlik oʻlchagichining shkalasini standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimi (QNN) yoki aerodromdagi atmosfera bosimi (QFE) qiymatidan 760 mm. s. ust.ga (QNE (1013,2 mbarga)) teng bosimga oʻtkazish absolyut oʻtish balandligi kesib oʻtilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.
(344-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
345. Qoʻnishni boshlash oldidan barometrik balandlik oʻlchagichining shkalasini 760 mm. s. ust.dan (QNE (1013,2 mbardan) qoʻnish aerodromining standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimi (QNN) yoki soʻrov asosida aerodromdagi atmosfera bosimi (QFE) qiymatiga HHB organi dispetcherining yanada pasayish toʻgʻrisidagi ruxsatidan soʻng oʻtish eshelonida amalga oshiriladi.
(345-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
346. Yoʻnalish boʻylab parvozda quyi eshelondan past balandlikda barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasini standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimidan (QNNdan) yoki aerodromdagi atmosfera bosimidan (QFEdan) yoʻnalish boʻyicha dengiz sathiga keltirilgan minimal atmosfera bosimiga oʻtkazish fazoga koʻtarilish zonasidan va qoʻnish zonasidan (parvozlarning aerodrom doirasidan) chiqqandan keyin amalga oshiriladi.
(346-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
347. Aerodromga yaqinlashganda quyi eshelondan past balandlikda barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasini yoʻnalish boʻyicha dengiz sathiga keltirilgan minimal atmosfera bosimidan standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimiga (QNNga) yoki soʻrov asosida aerodromdagi atmosfera bosimiga (QFEga) oʻtkazish fazoga koʻtarilish zonasiga va qoʻnish zonasiga kirganda (aerodrom doirasidagi parvozlarda) amalga oshiriladi.
(347-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
348. Aviatsion meteorologik stansiyasi (fuqarolik) boʻlmagan tekislik yoki past-baland joyda joylashgan aerodromdan uchishdan oldin ekipaj strelkasi aerodromning absolyut balandligiga teng balandlik qiymatida oʻrnatilishi kerak boʻlgan barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasi boʻyicha keltirilgan bosimni aniqlaydi.
349. Togʻli aerodromlarda UQY sathidagi atmosfera bosimida, oʻrnatilishi mumkin boʻlgan qiymatning oxirgi darajasidan kichik qiymatlarda barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasida:
a) fazoga koʻtarilishdan oldin dengiz sathiga keltirilgan aerodrom bosimining qiymatini oʻrnatish kerak. Bunday holda balandlik oʻlchagichning koʻrsatkichi unga nisbatan berilgan balandlikni tanlash uchun “shartli nol” sifatida qabul qilinadi;
b) qoʻnishdan oldin dispetcher ekipajga aerodromning absolyut balandligini va aerodromning dengiz sathiga keltirilgan atmosfera bosimini xabar qiladi, ekipaj uni balandlik oʻlchagichda oʻrnatadi va balandlik oʻlchagichlar parvozning absolyut balandligini, qoʻnish paytida esa — aerodromning dengiz sathidan balandligini koʻrsatishini hisobga olib qoʻnishni boshlaydi.
7-§. Parvozning xavfsiz balandligini aniqlash va ushlab turish
350. UPQ va VPQ boʻyicha parvozlarning aniq xavfsiz balandligi joylarning relyefi va undagi sunʼiy toʻsiqlar balandligiga, havo kemasi parvozining tezligi, qoʻllaniladigan qoidalar va parvoz hududiga qarab, samolyotni boshqarish aniqligi va navigatsiyadagi qoʻyimlar, balandlik oʻlchagichlarning balandliklarni oʻlchashdagi xatoliklar, atmosfera turbelentligi sharoitida parvoz trayektoriyasidan mumkin boʻlgan ogʻishlar va ornitologik vaziyatni hisobga olgan holda belgilanadi. Parvozning aniq xavfsiz balandliklari mazkur Qoidalarning 16-ilovasidagi jadvalda keltirilgan. Parvozning xavfsiz balandligi hisob-kitobi mazkur Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan.
351. Aniq xavfsiz balandlikdan past boʻlmagan balandlikda parvozni taʼminlash uchun uskunali xavfsiz parvoz balandligi hisob-kitobi amalga oshiriladi.
352. Aerodrom doirasi boʻylab parvoz balandligi (doira balandligi) ushbu aerodromda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomaga binoan aniqlanadi.
353. Har bir aerodrom uchun uskunalar boʻyicha minimal xavfsiz parvoz balandligi belgilanadi, u avariya vaziyatlarida qoʻnishni boshlash sxemasi chegarasidan chiqishda pasayish uchun foydalanilishi mumkin va joy relyefi va undagi sunʼiy toʻsiqlarning eng yuqori nuqtasidan 300 metr (1000 fut) balandlikda, aerodromning nazorat nuqtasidan 46 km (25 d.mili) radiusda haqiqiy parvoz balandligining minimal zaxirasini taʼminlashi kerak. Agar joy relyefidagi balandliklar farqi undagi sunʼiy toʻsiqlarni hisobga olgan holda 100 metrdan (330 futdan) oshmasa, butun aerodrom hududi uchun yagona minimal xavfsiz balandlik belgilanadi. Balandliklar orasidagi farq katta boʻlsa, aerodrom hududi sektorlarga boʻlinadi va har bir sektor uchun minimal xavfsiz balandlik oʻrnatiladi.
(353-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
354. Yaqinlashish hududida xavfsiz parvoz balandligi va qiymati oʻtish esheloniga teng yoki baland boʻlgan minimal xavfsiz balandlik dengiz sathiga keltirilgan atmosfera bosimi boʻyicha hisoblanadi.
355. Yaqinlashish hududida xavfsiz balandlikni, doira balandligini va MXBni hisoblashda koʻp yillik kuzatishlar natijasi boʻyicha aerodromning oʻrtacha yillik harorati va atmosfera bosimining minimal qiymatidan foydalaniladi. Ushbu balandliklar aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomada va aeronavigatsiya axborotlari toʻplamlarida koʻrsatiladi.
356. Pastki xavfsiz eshelon balandligi 760 mm.sm.ust. (1013,2 mbar) boʻyicha parvozning xavfsiz balandligini hisoblab, olingan qiymatni yaqinlikdagi yoʻldosh eshelon balandligiga qadar oshirish orqali aniqlanadi.
357. Parvoz bajarilayotganda ekipaj balandlik oʻlchagichlarga tuzatishlar kiritilishini hisobga olishi shart.
358. Xavfsiz parvoz balandligini hisoblashda joy relyefining va sunʼiy toʻsiqlarning oshishini hisobga olish yoʻlagi quyidagicha boʻlishi lozim:
a) uchish va qoʻnish zonasida yoʻnalish oʻqidan ikki tomonga qarab:
UPQ boʻyicha parvozlarda 10 km.dan (5 d.milidan);
VPQ boʻyicha parvozlarda 5 km.dan (3 d.milidan);
b) aerodrom hududlari chegaralarida, kirish, chiqish yoʻlaklarida, shuningdek belgilangan yoʻnalishlarda:
UPQ boʻyicha parvozlarda va radiolokatsion nazorat boʻlganda yoʻnalish oʻqidan ikki tomonga qarab 10 km.dan (5 d.milidan), radiolokatsion nazorat boʻlmaganda 25 km.dan (14 d.milidan);
VPQ boʻyicha parvozlarda yoʻlak kengligi chegarasida;
v) havo trassalari, 1-toifali MHY va belgilangan yoʻnalishlarda (aerodrom hududidan tashqari):
UPQ boʻyicha parvozlarda yoʻnalish oʻqidan ikki tomonga qarab 25 km.dan (14 d.milidan);
VPQ boʻyicha parvozlarda yoʻlak kengligi chegarasida (MHY, belgilangan yoʻnalishlarda);
g) VPQ boʻyicha trassadan tashqari (birinchi va ikkinchi toifadagi MHYdan tashqari) parvozlar bajarilganda:
eshelonlarda yoʻnalish oʻqidan ikki tomonga qarab 5 km.dan (3 d.milidan);
quyi eshelondan pastda yoʻnalish oʻqidan ikki tomonga qarab 2 km.dan (1 d.milidan).
(358-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
359. HKning VPQ boʻyicha pastki eshelondan quyida soatiga 300 km (162 uz) va undan past tezlikdagi parvozlarida tekislik va past-baland joylardagi sunʼiy toʻsiqlar balandligi hisobga olinmaydi.
(359-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
360. Ekspluatantga hududida parvoz bajariladigan davlat tomonidan, yoki ekspluatantning davlati tomonidan minimal absolyut parvoz balandligi belgilangan yoʻnalishlarda minimal absolyut parvoz balandliklarini belgilash ruxsat etiladi, bunda ular bu davlat tomonidan belgilangan qiymatlardan kichik boʻlmasligi shart.
361. VPQ boʻyicha xavfsiz balandliklardagi parvozlar, pastki eshelondan quyidagi parvozlardan tashqari, faqatgina HHB organlari va havo kemasi oʻrtasida uzluksiz ikki tomonlama aloqa boʻlgandagina tashkil etiladi, bunda pastki xavfsiz eshelon albatta boshqa havo kemalaridan boʻshatilishi kerak.
8-§. Eshelonlash qoidalari
362. Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida xavfsiz parvozlarni taʼminlash uchun havo kemalari vertikal, boʻylama va yonlama eshelonlashning minimal yoʻl qoʻyiladigan intervallari oʻrnatiladi.
363. Boshqa davlatlarning samoviy hududida xalqaro parvozlarni bajaradigan havo kemalarini eshelonlash ushbu davlatlarda amal qiluvchi parvozlarni bajarish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
364. Eshelonlash tizimlarida farq boʻlganda eshelonlar almashinuvi davlat chegaralarini (ochiq dengiz ustida HHB hudud chegaralarini) kesib oʻtish 30 km (16,2 d.mili) dan kam boʻlmagan holatda amalga oshiriladi, bunda HHB dispetcherining koʻrsatmasi boʻyicha qarama-qarshi kelayotgan havo kemalari oʻrtasidagi vertikal eshelonlashning intervallari taʼminlanishi shart.
(364-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
365. Vertikal eshelonlash intervallari quyidagicha oʻrnatiladi:
a) 30 eshelondan (900 metr) 410 eshelongacha (12500 metr) — 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmagan;
b) 410 eshelon (12500 metr) va undan yuqori eshelon — 600 metrdan (2000 futdan) kam boʻlmagan;
v) tovushdan yuqori tezlikda parvozlarni bajaradigan HK bilan boshqa HK oʻrtasida — 1200 metr (4000 fut).
(365-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
366. Quyi eshelondan pastdagi parvozlarda quyi eshelonlar bilan parvoz balandligi oʻrtasidagi vertikal masofa 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmasligi kerak.
Quyi eshelondan pastdagi balandliklarda HKlarining VPQ boʻyicha tezligi soatiga 300 km/soatdan (162 uz.dan) ortiq boʻlmagan parvozlari har 150 metrda (500 futda), tezligi soatiga 300 km/soatdan (162 uz.dan) ortiq parvozlarda va boshqa barcha holatlarda — har 300 metrda (1000 futda) eshelonlanadi.
(366-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
367. Doira boʻylab parvoz balandligi bilan kutish hududidagi quyi balandlik orasidagi vertikal masofa 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmasligi kerak.
(367-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
368. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududida vertikal eshelonlashtirish yarim doira tizimida mangit meridiani boʻyicha ushbu Qoidalarning 21-ilovasida koʻrsatilgan sxemaga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Parvoz eshelonlari ekipaj aʼzolari va havo transporti qatnovini boshqarish organlariga eshelon nomerlari bilan birga beriladi.
(368-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-noyabrdagi 143-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-2, 07.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 503-modda)
369. Parvozning umumiy yoʻnalishi oʻzgarishi tufayli yoʻnalishning burilish punktida eshelon almashganda, yangi eshelonni egallash dispetcherning ruxsati bilan, ushbu Parvoz qilish qoidalarida belgilangan intervallarga rioya etgan holda belgilangan punktga 20 km (10,8 d.mili) yetmasdan bajarilishi kerak.
(369-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
370. Agar trassaning (yoʻnalishning) aksar uchastkalarida berilgan yoʻl davomidagi magnit burchaklari bitta yarim aylana doirasida, boshqa uchastkalarda esa boshqa doira chegarasida joylashsa, unda butun havo trassasi (yoʻnalishi) uchun parvozlar xavfsizligi choralariga rioya etgan holda yagona eshelonlar belgilanishi mumkin.
(370-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-noyabrdagi 143-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-2, 07.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 503-modda)
371. Aerodrom hududida (aerouzelda) va kutish hududlarida vertikal eshelonlash yoʻl davomidagi berilgan parvoz burchaklaridan qatʼi nazar, belgilangan intervallarga muvofiq amalga oshiriladi.
372. VPQ boʻyicha parvozlarda boʻylama eshelonlashning minimal intervallari bitta eshelonda (balandlikda) bir yoʻnalish boʻylab ketayotgan havo kemalari uchun — 2 km (1 d.mili).
(372-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
373. VPQ boʻyicha parvozlarda boʻylama eshelonlashning minimal intervallari boshqa HK band qilib turgan parvoz eshelonini (balandligini) kesib oʻtish chogʻida, shuningdek bitta eshelondagi boshqa HKning parvoz yoʻnalishini kesib oʻtishda quyidagicha boʻlishi kerak:
a) parvoz tezligi soatiga 300 km (162 uz) va undan past boʻlgan HKlari uchun — 2 km (1 d.mili);
b) parvoz tezligi soatiga 301 — 550 km (163 — 297 uz) boʻlgan HKlari uchun — 5 km (2,7 d.mili).
(373-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
374. UPQ boʻyicha va VQK qoidalari boʻyicha parvozlarda, uzluksiz radiolokatsion nazorat mavjud boʻlganda, bitta eshelonda (balandlikda) bitta yoʻnalish boʻylab ketayotgan HKlari oʻrtasida boʻylama eshelonlashning minimal intervallari quyidagicha boʻlishi kerak:
a) havo trassalarida, MHY va belgilangan yoʻnalishlarda — 30 km (16,2 d.mili);
b) yaqinlashish zonalarida — 20 km, (10,8 d.mili) HHB ATdan foydalanilganda — 10 km (5,4 d.mili);
v) uchish va qoʻnish zonasida — uchish ogʻirligi 136 tonna va undan katta boʻlgan HKlarining ortidan ketayotgan barcha HKlari uchun 10 km (5,4 d.mili), boshqa barcha hollarda 5 km (2,7 d.mili).
(374-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
375. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat qoʻllanilganda boʻylama eshelonlashning minimal intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:
a) bitta eshelonda (balandlikda) bitta yoʻnalishda ketayotgan HKlari oʻrtasida:
rayon dispetcherlik xizmatida (HXXK yoʻnalishlarda va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) — 30 km (16,2 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 20 km (10,8 d.mili);
yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida (yaqinlashish zonasida)) — 20 km (10,8 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 10 km (5,4 d.mili);
aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) 136 tonna va undan ortiq uchish ogʻirligiga ega boʻlgan HKlaridan keyin boshqa HKlari uchun — 10 km (6 d.mili), boshqa barcha holatlarda — 5 km (2,7 d.mili);
b) HKlari orasida boshqa band qilib turgan qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish chogʻida:
rayon dispetcherlik xizmatida (yoʻnalishlarda va yoʻnalishlardan tashqari) — 10 km.li (5,4 d.mili) intervalga rioya etgan holda 30 km (16,2 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 30 km (16,2 d.mili), HK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini taʼminlash sharti bilan;
yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida, yaqinlashish zonasida) –30 km (16,2 d. mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda –20 km (10,8 d.mili), HK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini taʼminlash sharti bilan;
aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) 20 km (10,8 d.mili). HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda 30 km.li (16,2 d.mili) intervalga rioya etgan holda –15 km (8 d.mili), HK ajrashish vaqtida oʻrnatilgan vertikal eshelonlar intervallarini taʼminlash sharti bilan;
v) HKlari orasida boshqa HK band qilib turgan yoʻldosh eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish chogʻida:
rayon dispetcherlik xizmatida (HXXK yoʻnalishlarda va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) va yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida, yaqinlashish zonasida) — 20 km (10,8 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 10 km (5,4 d.mili);
aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) — 10 km (5,4 d.mili);
g) bitta eshelonda (balandlikda) kesishadigan yoʻnalishlar boʻylab ketayotgan HKlari oʻrtasida (kesishish burchaklari 45°dan 135°gacha va 225°dan 315°gacha boʻlganda), shuningdek kesishish (balandlik) boshqa HK bilan band boʻlgan eshelonni kesib oʻtishda:
rayon dispetcherlik xizmatida (HXXK yoʻnalishlarda va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) — 40 km (21,6 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 30 km (16,2 d.mili);
yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida, yaqinlashish zonasida) — 30 km (16,2 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanilganda — 20 km (10,8 d.mili);
aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) — 10 km (5,4 d.mili).
(375-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
376. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat usuli qoʻllanilmaganda havo kemalari oʻrtasida minimal vaqt intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:
a) bitta yoʻnalishda va bitta eshelonda (balandlikda) boʻlganda:
rayon dispetcherlik xizmatida (HXXK yoʻnalishlarida va ulardan tashqari yoʻnalishlarda), yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom, yaqinlashish zonasida) — 10 daqiqa;
aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) qoʻnishni boshlash boʻyicha manevr bajarilayotganda — 3 daqiqa;
b) boshqa havo kemasi bilan band yoʻldosh yoki qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish chogʻida kamida 10 daqiqa.
(376-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
377. UPQ boʻyicha parvozlarda radiolokatsion nazorat usuli qoʻllanilmaganda, bitta eshelonda (balandlikda) kesishadigan yoʻnalishlar boʻylab ketayotgan havo kemalari oʻrtasida (kesishish burchaklari 45°dan 135°gacha va 225°dan 315°gacha boʻlganda), boshqa XK yoʻnalishini kesib oʻtish chogʻida minimal vaqt intervali kamida 10 daqiqa boʻlishi lozim.
(377-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
378. UPQ boʻyicha parvozlarda, aerodrom hududida uzluksiz radiolokatsion nazorat yoʻq boʻlganda, bitta balandlikda bittadan ortiq havo kemasi boʻlmasligi kerak.
379. VPQ boʻyicha bitta balandlikdagi parvozlarda yonlama eshelonlashning minimal intervallari:
a) oldinda ketayotgan HKni quvib oʻtishda — 500 metr (0,3 d.mili);
b) qarama-qarshi kelayotgan HK parvozida — 2 km (1 d.mili);
v) quyi eshelondan past MHY boʻyicha parvozlardagi ajratilgan yoʻnalishlarda — 5 km (2,7 d.mili).
(379-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
380. UPQ boʻyicha parvozlarda, radiolokatsion nazorat qoʻllanilganda yonlama eshelonlashtirishning minimal intervallari quyidagicha boʻlishi lozim:
a) yoʻldosh HK bilan band boʻlgan eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish chogʻida:
rayon dispetcherlik xizmatida (havo trassalarida, zonal navigatsiya yoʻnalishlarda, MHY va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) va yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida, yaqinlashish zonasida) — 10 km (5,4 d.mili);
aerodrom dispetcherlik xizmati (uchish va qoʻnish zonasida) — 10 km (5,4 d. mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan uskunalar kompleksidan foydalanilganda — 5 km (2,7 d.mili);
b) boshqa HK band qilib turgan qarama-qarshi eshelonni (balandlikni) kesib oʻtish chogʻida:
rayon dispetcherlik xizmatida (havo trassalarida, zonal navigatsiya yoʻnalishlarda, MHY va ulardan tashqari yoʻnalishlarda) — 30 km.li (16,2 d.mili) boʻylama intervalga rioya etgan holda 10 km (5,4 d.mili), HHB avtomatlashtirilgan tizimi yoki avtomatlashtirilgan uskunalar kompleksidan foydalanilganda — 10 km (5,4 d.mili);
yaqinlashish dispetcherlik xizmatida (aerodrom hududida, yaqinlashish zonasida) va aerodrom dispetcherlik xizmatida (uchish va qoʻnish zonasida) — 10 km (5,4 d.mili);
v) parallel havo trassalarining oʻqlari oʻrtasida masofa — 50 km (27 d.mili).
(380-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
381. Uzluksiz radiolokatsion nazorat mavjud boʻlmaganda UPQ boʻyicha parvozlarda yonlama eshelonlashga yoʻl qoʻyilmaydi (amalga oshirilmaydi).
9-§. Parvoz eshelonini (balandligini) oʻzgartirish va havo trassalarini kesib oʻtish qoidalari
382. HHB organi dispetcherining ruxsati bilan xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda belgilangan eshelonni (balandlikni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
383. Birinchi navbat huquqiga ega boʻlgan havo kemasi oʻz kursi va tezligini saqlab qoladi.
384. Berilgan eshelonda (balandlikda) parvozni amalga oshirayotgan havo kemasi komandiri ushbu eshelonni egallashni soʻrayotgan havo kemasi oldida ustunlikka ega (boshqa barcha teng sharoitlarda). Bitta eshelonda parvoz bajarilayotganda uzoqroqqa uchayotgan havo kemasi eshelonni (balandlikni) saqlashda ustunlikka ega (boshqa barcha teng sharoitlarda).
385. Havo kemasi bilan band eshelon, agar eshelonlashning boshqa turini qoʻllashning iloji boʻlmasa, birinchi havo kemasi ekipajining balandlikni pasaytirganligi yoki balandlikka koʻtarilganligi toʻgʻrisida bildirganidan soʻng boshqa havo kemasiga berilishi mumkin.
386. Boshqa havo kemasining eshelonni yoki havo trassasini (MHY, belgilangan yoʻnalishni) egallashi yoki kesib oʻtishi bilan bogʻliq ruxsat bergan HHB organi dispetcheri xavfsiz intervallarni taʼminlashi shart.
387. Berilgan eshelonda parvoz xavfsizligiga tahdid paydo boʻlganda (xavfli meteosharoitlarga toʻqnash kelinganda, aviatexnika ishdan chiqqanda va b.) havo kemasi ekipajiga eshelonni mustaqil ravishda oʻzgartirish huquqi beriladi, bunda havodagi harakatni bevosita boshqarayotgan HHB organiga zudlik bilan xabar berilishi shart.
388. Yangi eshelonni egallagan komandir HHB organi bilan kelishgan holda havo kemasini havo trassasiga yoki MHYga olib chiqadi.
389. Havo trassalariga kirish, ulardan chiqish va ularni kesib oʻtish oldindan kelishilgan eshelonlarda (balandliklarda) va uchastkalarda gorizontal parvoz tartibida amalga oshiriladi.
390. Havo trassasini (MHY) kesib oʻtish yoki unga kirish uchun eshelonning (balandlikning) boshqa havo kemasi bilan band boʻlgan joyi uning chegarasidan kamida 10 km (5 d.mili) uzoqlikda boʻlishi kerak.
(390-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
391. Havo trassasiga (MHY) kirish uchun havo kemasining komandiri uning chegaralariga yaqinlashishdan kamida 5 daqiqa oldin havodagi harakatni bevosita boshqarishni amalga oshiradigan HHB organi dispetcheridan ruxsat va parvozni davom ettirish uchun shartlar olishi kerak.
392. Agar uchish aerodromi havo trassasi (MHY) yaqinida joylashgan boʻlsa, uni kesib oʻtish uchun ruxsat va uning shartlari HHB tegishli organlari bilan kelishiladi va havo kemasi komandiriga bevosita parvozdan oldin beriladi. Trassani kesib oʻtish ikkala HHB organlari nazorati ostida amalga oshiriladi va havo kemasi komandiri albatta ulardan birining dispetcheri bilan radioaloqada boʻladi.
393. Havo kemasi tomonidan bir necha havo trassalari yoki MHY navbati bilan kesib oʻtilganda, havodagi harakatni bevosita boshqarishni amalga oshiradigan HHB organi kesib oʻtish hududida havo kemasi komandiriga bir necha havo trassasini kesib oʻtish uchun birdaniga ruxsat berishi mumkin.
10-§. Aerodrom hududida va kutish hududida parvoz qilish qoidalari
394. Aerodrom hududida parvozlar mazkur aerodrom uchun belgilangan koridorlar va sxemalar boʻylab AHPAY (ANM)ga koʻra yoki vektorlashtirishda HHB organining dispetcheri belgilab bergan trayektoriyalar boʻylab amalga oshiriladi.
395. Aerodrom hududida parvozlarning aerodrom doirasi belgilanadi. Doira boʻylab parvozlarning balandligi mahalliy sharoitlar, parvozning xavfsiz balandligi va havo kemalarining turlaridan kelib chiqib belgilanadi.
396. Havo kemalarining havoga koʻtarilishi va qoʻnishi orasidagi minimal vaqt intervali quyidagicha qilib belgilanadi:
a) bitta UQYdan yoki oʻqlari orasidagi masofa 1000 metrdan kamroq boʻlgan parallel UQYlaridan bajarilayotgan parvozlarda — 45 sek.;
b) oʻqlari orasidagi masofa 1000 metr va undan koʻproq boʻlgan parallel UQYlaridan bajarilayotgan parvozlarda — 30 sek.
397. Fazoga koʻtarilish bitta UQYdan yoki oʻqlari orasidagi masofa 1000 metrdan kamroq boʻlgan parallel UQYlaridan bajarilayotganda minimal vaqt intervali quyidagicha qilib belgilanadi:
a) oʻrtacha va ogʻir havo kemalarining ketidan fazoga koʻtarilayotgan yengil havo kemalari uchun — 3 daqiqa;
b) ogʻir havo kemalarining ketidan fazoga koʻtarilayotgan oʻrtacha va ogʻir havo kemalari uchun — 2 daqiqa;
v) qolgan barcha hollarda — 1 daqiqadan kam emas.
398. UQY oʻrta qismidan yoki oʻqlari orasidagi masofa 1000 metrdan kam boʻlgan parallel UQY oʻrta qismidan fazoga koʻtarilganda, UQY boshidan fazoga koʻtarilayotgan oʻrtacha va ogʻir havo kemalarining ketidan uchayotgan yengil havo kemalari va ogʻir havo kemalarining ketidan uchayotgan oʻrtacha havo kemalari uchun minimal vaqt intervali 4 daqiqa etib belgilanadi.
399. Qoʻnish bitta UQYga yoki oʻqlari orasidagi masofa 1000 metrdan kamroq boʻlgan parallel UQYlariga bajarilayotganda minimal vaqt intervali quyidagicha qilib belgilanadi:
a) oʻrtacha va ogʻir havo kemalarining ketidan qoʻnayotgan yengil havo kemalari uchun — 3 daqiqa;
b) ogʻir havo kemalarining ketidan qoʻnayotgan oʻrtacha va ogʻir havo kemalari uchun — 2 daqiqa;
400. UPQ boʻyicha eng yaqin masofadan qoʻnishga kirishga (qoʻnishga kirish sxemasi boʻyicha parvoz qisman bajarilmagan hollarda) burchak-masofa oʻlchagich va/yoki yoʻldosh sistemasini qoʻllab radiolokatsiya nazorati amalga oshirilgan hollarda ruxsat beriladi.
(400-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
401. Havo kemalarining qoʻnishga kirishish uchun navbatlarini tartibga solish uchun maxsus ajratilgan RNN yoki yerdagi xos moʻljallar ustida kutish hududlari belgilanadi.
402. Kutish hududida parvozlar eshelonlar qoidalariga muvofiq eshelonlarning belgilangan sxemalari boʻyicha amalga oshiriladi.
(403-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
404. Kutish hududidagi parvozlar ANM hujjatlarida chop etilgan sxemalarga muvofiq ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga koʻra bajariladi. Kutish hududidan navbatdan tashqari chiqish dispetcherning koʻrsatmasi boʻyicha amalga oshiriladi.
405. Parallel yoki qariyb (15 darajagacha) parallel UQYlaridan uskunalar boʻyicha bogʻliq boʻlmagan fazoga koʻtarilish va qoʻnishlar uchun foydalanilishi mumkin, agarda:
a) har ikkala UQYdan faqat fazoga koʻtarilish uchun foydalanilayotgan boʻlsa (bogʻliq boʻlmagan fazoga koʻtarilish);
b) bitta UQYdan faqat fazoga koʻtarilish uchun, boshqasidan esa ham fazoga koʻtarilish ham qoʻnish uchun foydalanilayotgan boʻlsa (yarim aralash operatsiyalar);
v) har ikkala UQYdan faqat qoʻnish uchun foydalanilayotgan boʻlsa (bogʻliq boʻlmagan qoʻnish);
g) har ikkala UQYdan ham fazoga koʻtarilish, ham qoʻnish uchun foydalanilsa (aralash operatsiyalar).
406. Bir vaqtda amalga oshirilayotgan bogʻliq boʻlmagan parallel fazoga koʻtarilishlar parallel UQYlaridan bajarilishi mumkin, agarda:
a) UQYlarining oʻq liniyalari orasidagi masofa 1000 metr va undan koʻproq boʻlsa;
b) yoʻl chiziqlari bevosita fazoga koʻtarilgandan keyin bir-biridan kamida 15 darajaga ajralib ketsa;
v) aniqlik darajasi havo kemalarini UQYning boʻsagʻasidan 2 km masofa va undan ham uzoqroqdan boshlab alohida-alohida tanib olish imkoniyatini beradigan radiolokator mavjud boʻlsa va havo harakatiga xizmat koʻrsatish protsedurasi yoʻl chiziqlari kerak boʻlgan darajada bir-biridan ajralib ketishini taʼminlasa;
g) ikkinchi doiraga ketish sxemasi nizoli vaziyatlar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi (fazoga koʻtarilgandan soʻng balandlikni oshirishning belgilangan trayektoriyasi va ikkinchi doiraga ketishning belgilangan trayektoriyalari orasidagi burchak kamida 15 darajani tashkil etsa).
407. Bir vaqtda amalga oshirilayotgan bogʻliq boʻlmagan qoʻnishlar parallel UQYlarida bajarilishi mumkin, agarda:
a) UQYlari oʻqlarining orasidagi masofa 1000 metr va undan koʻproq boʻlsa;
b) havo kemalari qoʻnishga kirishishni toʻgʻri chiziqdan bajarishsa;
v) har bir UQY uchun alohida qoʻnish radiolokatori mavjud boʻlsa;
g) har ikkala UQYga qoʻnishga kirishish uskunalar boʻyicha qoʻnish tizimiga koʻra bajarilayotgan boʻlsa;
d) havo kemalarining bortiga UQYning ajratib olish raqami va kurs radiomayogʻining chastotasi xabar qilinadi (xabar ATIS tizimi boʻyicha uzatilishi mumkin);
e) ikkinchi doiraga ketish sxemasi nizoli vaziyatlar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi va har bir UQYga qoʻnishni boshlanishlarini bittadan QDP dispetcherlari nazorat qilishi taʼminlanadi;
j) qoʻnish kursiga qoʻshimcha burish nuqtalarining (toʻrtinchi qaytarib burish) uzoqligi bir-biridan kamida 5 km.ga (3 d.miliga) farq qiladi.
(407-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
408. Bogʻliq boʻlgan qoʻnishlar parallel UQYlarida bajarilishi mumkin, agar:
a) UQYlari oʻq chiziqlarining orasidagi masofa 1000 metrdan kam boʻlmasa;
b) havo kemalari qoʻnishga kirishishni toʻgʻri chiziqdan bajarishsa;
v) qoʻnish radiolokatori mavjud boʻlsa;
g) har ikkala UQYga qoʻnishga kirishish uskunalar boʻyicha qoʻnish tizimiga koʻra bajarilayotgan boʻlsa;
d) havo kemalarining bortiga qoʻnishga kirishish har ikkala UQYda ham bajarilayotganligi xabar qilinsa (xabar ATIS tizimi boʻyicha uzatilishi mumkin);
e) ikkinchi doiraga ketish sxemasi nizoli vaziyatlar kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaydi (fazoga koʻtarilgandan soʻng balandlikni oshirishning belgilangan trayektoriyasi va ikkinchi doiraga ketishning belgilangan trayektoriyalari orasidagi burchak kamida 30 darajani tashkil etadi);
j) GKN boʻyicha vertikal eshelonlashtirish taʼminlanadi va qoʻnishni boshlaydigan havo kemalarining orasidagi masofa kamida 4 km.ni (2 d.milini) tashkil etadi.
(408-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
11-§. Parvoz uchun isteʼmol qilinadigan yonilgʻi miqdorini aniqlash qoidalari
410. Isteʼmol qilinadigan yonilgʻi miqdori PFQ talablariga muvofiq aeronavigatsiya, meteorologik vaziyatlardan, parvozning rejalashtirilayotgan sharoitlari va parvoz rejasi oʻzgartirilgan hollarda yonilgʻining aeronavigatsion zaxirasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
411. Ekspluatant isteʼmol qilinadigan yonilgʻi miqdorini aniqlash metodikasi va protsedurasini ishlab chiqadi va ularni aviakompaniyaga kiritadi.
412. Isteʼmol qilinadigan yonilgʻi miqdorini aniqlash uchun umumiy talablar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) HKning haqiqiy yonilgʻi sarfini hisobga olgan holda PFQ hisob maʼlumotlarini;
b) kutilayotgan meteorologik sharoitlar;
v) uchish, manzil, zaxira aerodromlari, parvoz yoʻnalishi boʻyicha aeronavigatsion protseduralar.
413. Parvoz bajarilishidan oldin HK bortida quyidagilarni oʻz ichiga oladigan yonilgʻining isteʼmol miqdori boʻlishi kerak:
a) Q (yer) — uchirish, boshqarish, yordamchi kuch qurilmalari ishiga sarflanadigan yonilgʻi miqdori;
b) Q (yoʻnalish) — uchish boshlanishidan manzil aeroport qoʻnishga qadar parvozni taʼminlaydigan yonilgʻi miqdori;
v) Q (rez) — kompensatsion yonilgʻi zaxirasi va ekspluatant tomonidan aniqlangan qoʻshimcha yonilgʻidan iborat rezerv yonilgʻi.
Parvoz uchun isteʼmol qilinadigan yonilgʻi miqdorini aniqlash qoidalari mazkur Qoidalarning 9-ilovasida keltirilgan.
414. Oʻzbekiston Respublikasining chegara oldi polosasining samoviy hududiga quruqlik va suv ustida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutashgan kengligi 25 km (14 d.mili) boʻlgan samoviy hudud kiradi.
(414-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
415. Chegaraga tutash samoviy hududlarda aloqa vositalari bilan jihozlanmagan havo kemalarining parvozi ruxsat etilmaydi.
416. Chegaraga tutash polosalardagi parvozlarga havo kemalarining ekipajlari ular mazkur hududda parvozlarning oʻziga xosliklarini oʻrganib chiqqanliklaridan, ularning bu oʻziga xosliklarni va tashuvni bilishlari tekshirib koʻrilgandan soʻng ruxsat etiladi.
417. Havo kemasining ekipaji chegaraga tutash polosadagi parvozga tayyorgarlik koʻrish jarayonida quyidagilarni oʻrganishi va yaxshi bilishi shart:
a) mazkur hududdagi davlat chegarasi va chegaraga tutash polosaning aniq chizgʻisini;
b) joy relyefini va xos boʻlgan radiolokatsion va vizual moʻljallarni;
v) aloqa va radionavigatsiya vositalarining joylashishi va ish tartibini, cheklov pelenglarining qiymatini;
g) HHB va HM organlari bilan aloqa olib borish tartibini;
d) parvoz yoʻnalishi boʻylab meteorologik sharoitni;
418. Chegara oldi polosa samoviy hududida parvozlarni amalga oshirishda belgilangan yoʻnalishdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, parvoz xavfsizligini taʼminlash xollari bundan mustasno. Agar havo kemasi HXXK yoʻnalishidan yoki koʻzda tutilgan yoʻnalishdan bilmagan holda chetga chiqib ketsa, HXXK organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini buzish holatini oldini olish uchun zarur choralarni koʻrishlari va eng yaqin havo hujumidan mudofaa organini darhol xabardor qilishlari lozim.
(418-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
419. Chegaraga tutash polosada joylashgan aerodromlar, havo trassalari va MHY aloqaning radiotexnik vositalari va havo kemalarining harakatini va ekipajlar tomonidan parvozlar qoidalariga rioya etilishini samarali nazorat qilish va boshqarish uchun kerak boʻlgan vositalar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
13-§. Toʻqnashishlardan ogohlantirishning bort tizimlari (TOBT) bilan jihozlangan havo kemalariga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalar
420. Mazkur Qoidalarning 423—429-bandlarida bayon etilganlarning hech biri havo kemasi komandiri tomonidan asosli qarorlar qabul qilinishiga va havo harakatidagi mojaroli vaziyatlarni hal etish yoki ehtimolli toʻqnashuvning oldini olish uchun optimal harakatlarni tanlash va amalga oshirish boʻyicha oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qila olmaydi.
421. Mazkur Qoidalar havo kemasi komandirini toʻqnashuvning oldini olish boʻyicha eng samarali harakatlarni qabul qilinishi uchun, jumladan TOBT uskunalari tomonidan beriladigan tavsiyalariga muvofiq toʻqnashuvning oldini olish boʻyicha manevrlarni qabul qilish boʻyicha javobgarlikdan ozod etmaydi.
422. Havo kemasi boshqa havo kemasi bilan toʻqnashuv xavfi tugʻilishi mumkin boʻlgan masofaga yaqinlashmaydi.
423. Parvoz trayektoriyasi oʻzgarishi haqidagi RA olingan holda uchuvchilar:
a) RAning koʻrsatmalariga rioya etgan holda zudlik bilan harakat qilishadi, agar bu samolyot parvozining xavfsizligiga tahdid tugʻdirmasa;
b) RAni, hatto u HHB organining maʼlum bir manevrini bajarish boʻyicha koʻrsatmasiga zid boʻlsada, bajarishadi;
v) RA da koʻrsatilgan yoʻnalishga qarama-qarshi yoʻnalishda manevrlarni amalga oshirishmaydi;
g) uchuv ekipajiga tushadigan ishchi nagruzkani inobatga olgan holda iloji boricha tezroq tegishli HHB organini RA haqida, jumladan dispetcherlik xizmatining soʻnggi koʻrsatmasi yoki ruxsatidan istalgan cheklanishning yoʻnalishi haqida xabardor qilishadi;
d) RAning istalgan oʻzgartirilgan koʻrsatmalarni zudlik bilan bajarishadi;
e) parvoz trayektoriyasining oʻzgarilishini toʻqnashuv xavfini hal qilish boʻyicha tavsiyalarga (RA) rioya etish uchun kerak boʻlgan minimum bilan cheklashadi;
j) toʻqnashuv xavfi hal etib boʻlingach HHB organining koʻrsatmasi yoki ruxsatida belgilangan sharoitlarni zudlik bilan qayta tiklashadi;
z) joriy dispetcherlik ruxsatida belgilangan sharoitlarni tiklayotganda HHB organini xabardor etadi.
424. Yonga qulash, shamolning siljishi va signalizatsiya tizimining yerning yaqinligi toʻgʻrisida ogohlantirishi TOBT tavsiyalariga nisbatan ustunlikka ega.
425. Havo kemasi toʻqnashuv xavfini hal qilish boʻyicha tavsiyalarni (RA) bajarishi munosabati bilan dispetcherning ruxsatlariga rioya etishni toʻxtatgan zahotiyoq, mazkur havo kemasi va toʻqnashuv xavfini hal etish boʻyicha tavsiyalarga muvofiq boshlangan manevrlarni bajarish bevosita taalluqli boʻlgan boshqa havo kemalari orasida eshelonlashtirishni taʼminlash boʻyicha javobgarlik dispetcher zimmasidan soqit qilinadi.
426. Ekipajdan TOBT tizimi ishlaganligi toʻgʻrisida va HK ekipaji tomonidan berilgan tavsiyalarga (RA) muvofiq qoʻllanilayotgan choralar haqida maʼlumot olgach HHB punktining dispetcheri bu haqda oʻzining javobgarlik hududidagi boshqa HK ekipajlarini zudlik bilan xabardor qilishi shart.
427. Dispetcher barcha aloqador havo kemalarining eshelonlashtirilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatni quyidagi hollarda yana oʻz zimmasiga oladi:
a) dispetcher uchuvchilar ekipajidan uning havo kemasi parvozning yana joriy dispetcherlik ruxsatiga muvofiq bajarayotganligi haqida xabar olganligini tasdiqlasa;
b) dispetcher uchuvchilar ekipajidan uning havo kemasi parvozning joriy dispetcherlik ruxsatiga muvofiq bajarishni yangitdan boshlaganligi haqida xabar olinganligini tasdiqlasa va uchuv ekipaji tomonidan tasdiqlangan alternativ dispetcherlik ruxsatini bersa.
428. RAning berilishi yoki TOBT tizimining boshqa bir sezilarli ishlashidan keyin uchuvchilar va dispetcherlar havo harakati davomidagi noxush hodisa toʻgʻrisida hisobot tayyorlashlari kerak.
429. Ekspluatatsiya shartlari, RA va TA boʻyicha cheklovlar, ekipaj ichidagi oʻzaro harakatlar tartibi noxush hodisa haqidagi hisobot va boshqa protseduralar ekspluatant tomonidan belgilanadi va aviakompaniyalarga kiritiladi.
XII. Parvozlarni bajarish
1-§. Asosiy talablar
430. Parvozlarni bajarishda ekipaj aʼzolari ushbu Qoidalarga, PFQ, ekipaj ish texnologiyasi va oʻzaro hamkorlik boʻyicha yoʻriqnomasiga, shuningdek parvozlarning bajarilishini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga amal qilishlari shart.
431. Havo kemasining har bir parvozi belgilangan tartibda tasdiqlangan parvoz rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
432. HK komandiriga parvozni amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat parvoz topshirigʻi hisoblanadi.
433. Havo kemasining parvozi tegishli HHX organining parvozga ruxsati boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
434. Havo kemasining uchishi, fazoga koʻtarilishi va qoʻnishi quyidagi belgilangan minimumlarning eng yuqorisi boʻyicha qabul qilinadi:
a) havo kemasi komandirining;
b) aerodromning;
v) havo kemasining.
435. Havo kemasining komandiriga belgilangan minimumlardan pastroq meteosharoitlarda qoʻnishni amalga oshirish man etiladi, ilojsiz qoʻnish holatlari (radioaloqaning yoʻqotilishi, yonilgʻi yetishmasligi, aviatsiya texnikasining ishdan chiqishi va b. shu kabi parvozni boshqa aerodromgacha davom ettirishga imkon bermaydigan sharoitlar) bundan mustasno.
436. Uchuv ekipajining aʼzolari parvozni bajarayotib oʻz ish oʻrinlarida oʻrindiqlarining kamarlarini taqib olgan boʻlishlari shart. Xizmat koʻrsatuvchi shaxslar fazoga koʻtarilish va qoʻnishni amalga oshirilayotganda kamarlarini taqib olishlari shart. Yoʻlovchilar rulni burab chiqishni boshlashdan parvoz esheloniga (balandligiga) koʻtarilgunga qadar va pasayishni boshlashdan toʻxtash joyiga rulni burab kirgunga qadar shuningdek havo kemasi komandirining talabiga binoan boshqa barcha hollarda kamarlarini taqqan boʻlishlari shart. Parvoz topshirigʻini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslarning ekipaj kabinasida boʻlishi taqiqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga ekipaj kabinasiga HK komandirining ruxsatiga binoan kirishi mumkin.
437. Ekipaj aʼzolarini bogʻlab qoʻyish tizimida yelka kamarlari ham nazarda tutilgan HKda ekipaj aʼzolari (uchuvchilar tarkibi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar) HKning fazoga koʻtarilishi va qoʻnishni bajarayotganda mazkur kamarlarni ham taqishi shart.
438. Havo kemasining komandiriga qulay parvoz sharoitlari boʻlgan payt ish joyini qisqa muddatga qoldirish ruxsat etiladi. Bunday holda havo kemasini ikkinchi uchuvchi boshqaradi. Ekipajning boshqa aʼzolari esa oʻz ish oʻrinlarida boʻlishlari shart. Ekipaj kabinasidan chiqish qisqa muddatda, lekin ekipajning faqat bir aʼzosiga, alohida vaziyatlarda esa havo kemasining qaroriga binoan ruxsat etiladi. Yoʻlovchilarni tashiyotganda ekipaj kabinasining eshigi butun parvoz davomida (parvozdan oldin ekipaj oʻz oʻrinlarini egallagan fursatdan boshlab parvozdan soʻng dvigatellar oʻchirilgunga qadar) qulflash moslamasi bilan bekitilishi shart. U havo kemasi komandirining ruxsati bilangina ochilishi mumkin.
439. Ekipaj aʼzolari oʻz ish oʻrinlarini faqat havo kemasi komandirining ruxsati bilangina qoldirishlari mumkin. Parvoz davomida ekipaj aʼzolari ovqatlanishi vaqti va ketma-ketligini havo kemasi komandiri belgilaydi. Ikkala uchuvchi ham bir vaqtda ovqatlanishi man etiladi.
440. Havo kemalarining PFQ belgilangan chegaralarda ekipaj aʼzolari parvozning navbatdagi bosqichini bajarishga tayyorgarlikni nazorat tekshiruvlari kartasi boʻyicha tekshirib koʻrishlari shart.
441. Parvoz bajarilayotganda uchuvchilardan biri havo kemasining fazodagi holatini doimiy ravishda nazorat qilib borishi shart.
442. Havo kemalarining ekipajlari va HHB organlari dispetcherlari orasida radiosoʻzlashuv fuqarolik aviatsiyasidagi parvozlarni bajarishdagi va HHBdagi belgilangan radiosoʻzlashuv frazeologiyasiga muvofiq rus yoki ingliz tillarida olib boriladi.
443. Rulni burash, balandlikka koʻtarilish, pasayish, qoʻnishga kirishish va qoʻnish bosqichlarida ekipaj aʼzolari kabina ichidagi barcha xizmat soʻzlashuvlarini (dokladlarini) mikrofonlar (laringofonlar) orqali SSU boʻyicha olib borishadi (agar ularning ish joylari SSU bilan jihozlangan boʻlsa). Parvozni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlar va soʻzlashuvlarni olib borish man etiladi.
444. Parvoz davomida ekipaj kabinasi derazalarining pardalarini yopib qoʻyish man etiladi, pardani yopish oʻquv va mashq parvozlarida uchuvchilar kreslolaridan birida ochiq parda yonida tekshiruvchi (oʻrgatuvchi uchuvchi) boʻlish hollari bundan mustasno.
445. Butun parvoz davomida, ayniqsa havo trassalarining kesishish (tutashish) joylarida ekipaj sergak boʻlishi, uzluksiz tashqi radiosoʻzlashuvni kuzatishi va havo kemasi boʻlgan hududidagi havo sharoitini tahlil qilib borishi shart.
446. Kunduzi va kechasi parvoz davomida havo kemasining mavjudligini belgilash, shuningdek qushlar bilan toʻqnashishning oldini olish maqsadida faralar yoqilgan boʻlishi mumkin.
447. Ekipaj HHX dispetcheriga parvoz yoki rulni burash sharoitlarining murakkablashuvi, kuzatilayotgan xavfli meteorologik hodisalar, havo kemalari va boshqa moddiy obyektlar bilan xavfli yaqinlashuvlar haqida zudlik bilan xabar berishi shart.
448. Havo harakatini boshqarish organi dispetcherining soʻroviga binoan ekipaj uni parvoz sharoitlari haqida xabardor qilishi shart.
(449-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
450. Butun parvoz davomida HK sahnida HK konstruksiyasida nazarda tutilmagan va samolyot uskunalarining ishlashiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan antennali radioelektron uskunalardan foydalanish man etiladi (MAIlarni bajaradigan HK bundan mustasno).
451. Uchish va qoʻnish paytida yoʻlovchilar saloni va avariya chiqish joylari orasida joylashgan pardalar ochilgan va mahkamlangan holatda boʻlishi shart.
(451-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
452. ATIS axborot tizimi bilan jihozlangan aeroportlarda start oldi va qoʻnish oldi tayyorgarligi jarayonida ekipaj axborotlarni tinglab borishi va uchib chiqayotganda bu haqda yerda yurish va start olish dispetcheriga doklad qilishi shart.
2-§. Shatakka olib tortish, dvigatelni yurgizish, yerda yurish
453. Kabinada ish oʻrinlarini egallab boʻlgach ekipaj havo kemasi komandirining rahbarligi ostida ekipaj aʼzolarining parvozga tayyorliklari haqidagi dokladi bilan yakunlanadigan startoldi tayyorgarligini oʻtkazadi.
454. Havo kemasining aerodrom boʻylab harakatlanishi (shatakka olib tortilishi, yerda yurishi) HHB organi dispetcherining ruxsatiga binoan amalga oshiriladi. Harakat markali razmetka chiziqlari boʻylab mazkur aerodromda belgilangan harakat sxemasiga muvofiq va HHB organi dispetcheri bilan uzluksiz ikki tomonlama aloqa mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi.
455. Havo kemasini shatakka olib tortilishi shatakka olib tortish uchun belgilangan qoidalarga muvofiq ekipajning albatta MAXning shatakka olib tortish uchun masʼul shaxsi bilan SSQ yoki radio orqali ikki tomonlama aloqasi boʻlgan holda amalga oshiriladi.
456. Shatakka olib tortishning xavfsizligi uchun MAXning shatakka olib tortishni boshqarayotgan xodimi masʼuldir.
457. Dvigatellarni yurgizib yuborish HHB organi dispetcherining ruxsatiga koʻra turish joylarida, YEY uchastkalarida yoki mazkur aerodromda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan maxsus jihozlangan maydonchalarda amalga oshiriladi.
458. Havo kemasining dastlabki start tomon yerda yurib borishini boshlashdan avval ekipaj, qoida tariqasida quyidagi maʼlumotlardan iborat dispetcher ruxsatini olishi shart:
a) ruxsat etilgan manzil aerodromi;
b) havo trassasining nomi yoki aerodrom hududidan chiqishning yoʻnalishi;
v) aerodrom hududidan chiqishning belgilangan sxemasining nomi (SID), agar chiqish sxemasining nomi boʻlmasa yoki u oʻzgartirilgan boʻlsa — trassaga (belgilangan yoʻnalishga) chiqish manyovrini bajarish boʻyicha maʼlumotni;
g) birinchi ruxsat etilgan balandlikni yoki parvoz eshelonini;
d) javob beruvchining ish tartibi va kodini;
e) uchishdan keyingi radioaloqaning birinchi chastotasi;
j) parvozning dastlabki bosqichidagi oʻziga xosliklar, jumladan cheklovlar va taqiqlar, bilan bogʻliq boshqa muhim tezkor maʼlumotlarni.
459. Ekipajga quyidagi hollarda samolyotni yerda yurgizish man etiladi, agarda:
a) tormozlash tizimidagi bosim belgilangan chegaralardan past yoki tormozlar nosozligining belgilari boʻlsa;
b) HHB organi dispetcherining va (yoki) HKni chiqarishni (kutib olishni) taʼminlovchi MAX masʼul xodimining ruxsati olinmagan boʻlsa;
v) yerda yurib chiqishning xavfsizligi toʻsiqlarning mavjudligi, HKning turish joyi va (yoki) yerda yurish yoʻlaklarining qoniqarsizligi tufayli taʼminlanmagan boʻlsa.
460. Toʻxtab turish joyidan yerda yurib chiqish MAX havo kemasini chiqarib yuborishga javobgar masʼul xodimining signallari boʻyicha amalga oshiriladi.
461. Toʻxtab turish joyiga yerdan yurib kirish kuzatib borish (perron) boʻyicha navbatchining yoki MAXni kutib oluvchi xodimining signallari boʻyicha amalga oshiriladi. HKlarining yerdagi harakatlarini boshqaruvchi signallar mazkur Qoidalarning 7-ilovasida koʻrsatilgan.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar ekipaj tomonidan yerdan yurish qoidalari bajarilganda, havo kemasining xavfsiz yerdan yurib chiqishi (kirishi) uchun javobgardirlar.
462. Agar havo kemasi toʻxtab turish joyiga markirovka belgilariga muvofiq qoʻyilmagan boʻlsa havo kemasining komandiri bu haqda darhol HHB organining dispetcherini xabardor qilishi kerak.
463. Koʻrish masofa 400 metrdan kamroq boʻlsa yoritish signalli qurilmalar va radiostansiya bilan jihozlangan kuzatuv avtomashinalari yerdan yurib borishda havo kemalariga yetakchilik qiladi.
Boshqa holatlarda kuzatuv avtomashinalari havo kemalariga ekipajning talabiga binoan yetakchilik qiladi.
464. Kuzatuv avtomashinasi yetakchilik qilib borayotganda (ekipaj yerdan yurib borish qoidalariga rioya etgan hollarda) havo kemasini yerdan yurib borishining xavfsizligiga kuzatib borish boʻyicha navbatchi javobgardir.
465. Havo kemasini aerodrom boʻyicha harakatlanishini boshqaruvchi dispetcher quyidagilar uchun javobgardir:
a) cheklovlar haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga;
b) sharoitlar haqidagi koʻrsatmalarga va belgilangan sxema boʻyicha harakatlanish uchun ruxsat berilishiga;
v) havo kemalarining oʻzaro joylashuvi (jumladan koʻrish uzoqligi cheklangan sharoitlarda (400 metrdan kamroq) bitta yoʻnalish boʻylab harakatlanayotganlari) haqidagi maʼlumotlarga. HHB organining dispetcheri boʻlmagan aerodrom va maydonchalarda yerdan yurish yoʻnalishini tanlash va harakatlanish xavfsizligi uchun javobgarlik havo kemasi komandirining zimmasidadir.
466. Yerdan yurishning boshlanishida havo kemasining komandiri tormozlarning ishlashini tekshirib koʻrishi kerak.
467. Yerdan yurishni havo kemasining komandiri yoki uning koʻrsatmasiga binoan ikkinchi uchuvchi bajaradi.
468. Ekipaj aʼzolari yerdan yurib borayotganda atrofdagi vaziyatni kuzatib borishlari va komandirni toʻsiqlar haqida ogohlantirishlari kerak.
469. Yerdan yurish yoʻnalishida toʻsiqlarni aniqlaganda yoki toʻsiqqacha boʻlgan xavfsiz masofa toʻgʻri aniqlanganligiga shubha qilganda havo kemasining komandiri yerdan yurishni toʻxtatishi va HHB organining dispetcheriga xabar berishi kerak.
470. Yerdan yurishning tezligi havo kemasining komandiri tomonidan YEYning (UQYning, gruntning) holatiga, toʻsiqlarning mavjudligiga va koʻrish sharoitlariga qarab tanlanadi. Joydan qoʻzgʻalayotganda va yerdan yurib borishda dvigatelning (dvigatellarning) ish tartibini tanlayotib HK komandiri gaz oqimining boshqa havo kemalariga va obyektlarga taʼsirini ularga shikast yetmaydigan qilib hisobga olishi kerak.
471. Havo kemasidagi aeronavigatsion chiroqlar (ANCH) kechasi shatakka olib tortishda, yerdan yurib borayotganda va parvozda, shuningdek kunduzi shatakka olib tortishda va yerdan yurib borayotganda koʻrinish yomon boʻlgan sharoitlarda (2000 metrdan kamroq) yoqilgan boʻlishi kerak. Yerdan yurish faralari yerdan yurganda kechasi va kunduzi ham, agar koʻrish sharoitlari yomon boʻlsa (2000 metrdan kam), yoqilgan boʻlishi kerak.
472. Lipillab turuvchi mayoqlar kechayu kunduz yerdan yurishdan oldin dvigatellar yurgizilgandan boshlab havo kemasi parvozdan soʻng yerdan yurib kelgach ular toʻxtatilganga qadar, HK PFQga muvofiq, yoqilgan boʻlishi shart.
473. HHB organi dispetcherining ruxsatisiz yerdan yurib borayotganda (shatakka olib tortilayotganda) UQY va YEYni kesib oʻtish (egallash) taqiqlanadi.
474. Havo kemalari yerdan bir-biriga qarab yurib kelayotgan ularning komandirlari harakatlanish tezligini eng minimaligacha kamaytirishlari va oʻng tomondan harakatlanib chap bortlari bilan bir-biridan uzoqlashishlari kerak.
475. Kesishuvchi kurslarda bir-biriga yaqinlashayotganda boshqa havo kemasini oʻng tomondan koʻrayotgan komandir yerdan harakatlanishni toʻxtatishi kerak.
476. Biror-bir mansabdor shaxs HK komandirini yerda harakatlanishni toʻxtatish, shuningdek yerda harakatlanishning istalgan bosqichidan, jumladan ijro startidan, qaytish haqidagi qarorining asosli ekanligiga qarshi chiqish huquqiga ega emas.
3-§. Fazoga koʻtarilish
477. Fazoga koʻtarilish HHB organi dispetcherining ruxsatini olgandan soʻng amalga oshiriladi. HHB organi dispetcheri boʻlmagan aerodromda (qoʻnish maydonchasida) fazoga koʻtarilish havo kemasi komandirining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
478. HHB organi dispetcherining fazoga koʻtarilish uchun ruxsati quyidagilarni bildiradi:
a) UQY yuza qismi normativ talablarga javob beradi;
b) uchayotgan havo kemasi uchun xavfsiz interval taʼminlangan;
v) uchish polosasida toʻsiqlar yoʻq;
g) dispetcher parvozlar xavfsizligiga tahdid tugʻdiruvchi hodisalar toʻgʻrisida xabar berdi, ekipaj qabul qildi;
d) UQYdagi koʻrish uzoqligi va (yoki) bulutlar pastki chegarasining balandligi aerodromning ushbu toifadagi HK uchishi uchun oʻrnatilgan minimumidan past emas;
e) ruxsat olgandan soʻng dispetcherdan boshqa koʻrsatma tushmagan boʻlsa, ekipajga dispetcherlik ruxsatiga muvofiq balandlikni egallashga ruxsat etilgan.
479.Dispetcher HK ekipajini quyidagilar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qiladi:
a) UQYdagi koʻrish uzoqligi 2000 metr va undan past va (yoki) bulutlar pastki chegarasining balandligi (vertikal koʻrinish) 200 metr (660 fut) va undan past qiymatga oʻzgarganda;
(479-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
b) yerdagi shamolning yoʻnalishi va kuchayishini hisobga olgan holda tezligi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
v) UQY yuza qismining holati va UQY da ishqalanish koeffitsiyentining qiymati oʻzgarganda;
g) parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi hodisalar toʻgʻrisida;
d) kuchli yogʻin-sochin sharoitida meteorologik koʻrish 600 metr va undan past boʻlganda (YUIO boʻyicha koʻrish hisobga olinmaydi);
e) UQY oxiridagi koʻrish uzoqligi, agar u UQY boshidagi va oxiridagi koʻrish uzoqligi qiymatidan kichik boʻlsa (uning uzunligi 2000 metrdan ortiq boʻlganda).
480. Fazoga koʻtarilishni havo kemasi komandiri yoki parvoz topshirigʻida nazarda tutilgan boʻlsa, ikkinchi uchuvchi bajaradi.
481. Ekipaj quyidagi hollarda fazoga koʻtarila olmaydi (fazoga koʻtarilish taqiqlanadi):
a) fazoga koʻtarilish xavfsizligiga tahdid tugʻdiradigan xavfli meteohodisalar yoki qushlarning toʻplanishi mavjud boʻlsa;
b) kuchli yogʻin-sochin sharoitida meteorologik koʻrish 600 metr va undan past boʻlgan sharoitlarda (YUIO boʻyicha koʻrish hisobga olinmaydi), shamol siljishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi tizim bilan jihozlangan HKdan tashqari;
v) UQY dagi koʻrish uzoqligi va (yoki) bulutlar pastki chegarasining balandligi (vertikal koʻrinish) belgilangan minimumdan past boʻlganda;
UQY uzunligi 2000 metr va undan kam boʻlganda UQY boshi va oxiridagi koʻrish uzoqligi qiymatlaridan kichigi UQY koʻrish uzoqligi deb qabul qilinadi. UQY uzunligi 2000 metrdan uzun boʻlganda UQY boshi va oʻrtasidagi koʻrish uzoqligi qiymatlaridan kichigi UQY koʻrish uzoqligi deb qabul qilinadi.
g) yerdagi yoʻnalishi va kuchayishini hisobga olgan holda shamolning tezligi, shuningdek UQY yuza qismining holati va UQYda ishqalanish koeffitsiyentining qiymati ushbu turdagi HK uchun PFQda belgilangan cheklovlarga mos kelmaydi;
d) HK yuzasi muz, qirov yoki qor bilan qoplangan boʻlsa;
e) uchish massasi va (yoki) havo kemasi sentrovkasi Havoga koʻtarilishning haqiqiy sharoitlari uchun yoʻl qoʻyiladigan chegaradan oshsa;
j) boshqa HK ikkinchi doiraga ketsa;
z) oldinda uchuv yoʻlagida toʻsiqlar boʻlsa.
482. Qoidaga koʻra havo kemasining fazoga koʻtarilishi UQY boshidan amalga oshiriladi. Quyidagi sharoitlarda HKning havoga koʻtarilishi UQY boshidan amalga oshirilmasligiga ruxsat etiladi:
a) agar bu ushbu aerodromdagi Parvozlarni bajarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa;
b) parvoz boshlanishi chogʻida kuchli yurish boshlanish joyidan uchish yoʻlagining mavjud xarakteristikasi HKning amaldagi fazoga koʻtarilish massasi uchun va fazoga koʻtarilish sharoitlari uchun talab etilganlarga mos kelsa.
483. HKning Havoga koʻtarilishi yoʻldosh shamol boʻlgan vaqtda ushbu aerodromdagi parvozlarni bajarish va mazkur turdagi HK PFQ uchun yoʻriqnomada koʻzda tutilgan boʻlsa ruxsat etiladi.
484. Agar havo kemasi havoga koʻtarilish vaqtida berilgan yoʻnalishdan chetga chiqib ketgan boʻlsa va kuchli yurishning davom ettirilishi xavfsizlikni taʼminlamasi havoga koʻtarilish toʻxtalishi lozim. HKning hisoblanganidan past tezlikda yerdan uzilishi man etiladi.
485. Dvigatel ishlamay qolganda yoki boshqa parvozning xavfsizligiga tahdid soluvchi nosozliklar paydo boʻlganda qaror qabul qilish kerak boʻlgan tezlikkacha yetib borilmagan boʻlinsa, havoga koʻtarilish darhol toʻxtatilishi kerak.
486. Biror-bir mansabdor shaxs HK komandirining qaror qabul qilish tezligiga yetguniga qadar havoga koʻtarilishni toʻxtatish haqidagi qarorining asosli ekanligiga qarshi chiqish huquqiga ega emas.
487. HKning Havoga koʻtarilishi tunggi paytda qoida boʻyicha yoqilgan faralar bilan amalga oshiriladi. Agar faralar yoqilganida koʻrinishni yomonlashtiradigan yorugʻlik ekrani paydo boʻlsa, HKning komandiri qaroriga koʻra havoga koʻtarilish oʻchirilgan faralar bilan bajarilishi mumkin.
488. Havo kemasining kuchli yugura boshlash paytidan 200 metr (660 fut) yuqoriga koʻtarilgunga qadar ekipaj va HHB organining dispetcheri radioaloqaga kirishmasligi kerak. Parvozlarning xavfsizligiga tahdid tugʻilayotgan hodisalar bundan mustasno.
(488-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
489. Havoga koʻtarilgandan soʻng balandlikka koʻtarilish toʻgʻri chiziq boʻylab quyidagidan kam boʻlmagunga qadar amalga oshiriladi:
a) 50 metr (165 fut) — aviatsiya ishlarini bajarishda HKlarida, agar bu turdagi ishlar uchun ishchi balandlik 50 metr (165 fut) va undan pastroq etib belgilangan boʻlsa;
b) 100 metr (330 fut) — doira boʻylab uchish tezligi 300 km/soat (162 uz) va undan kamroq boʻlgan HKlarida;
v) 200 metr (660 fut) — doira boʻylab uchish tezligi 300 km/soatdan (162 uz.dan) ortiq boʻlgan HKlarida.
(489-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
490. Agar bu parvozlarni amalga oshirish yoʻriqnomasida koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, aerodrom va HKda uzoqlikni oʻlchash uskunalari mavjud boʻlgan taqdirda birinchi qaytarib burib olishni PFQga muvofiq belgilangan uzoqlikda va ruxsat etilgan minimal balandlikda bajarish mumkin.
491. Havoga koʻtarilish amalga oshirib boʻlingach 200 metr (660 fut) yoki parvozning belgilangan balandligigacha koʻtarilib boʻlingandan keyin HK ekipaji HHBning tegishli organi bilan radiotelefon aloqasini oʻrnatadi (agar uning uchish balandligi 200 metrdan (660 futdan) past boʻlsa).
(491-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
492. Absolyut oʻtish balandligini kesib oʻtayotganda ekipaj barometrik balandlik oʻlchagichlarning bosim shkalasini simob ustuni boʻyicha 760 mm.ni (1013,2 mbap) hisoblashga oʻtkazishi va balandlik oʻlchagich koʻrsatmalarini taqqoslab chiqishi shart.
(492-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
493. Parvozning belgilangan esheloniga (balandligiga) koʻtarilish HHB organi dispetcherining koʻrsatmasiga binoan belgilangan chiqish sxemasiga, vektorlashtirishdagi berilgan parvoz trayektoriyasiga muvofiq ravishda parvoz yoʻnalishi boʻylab (HT, MHY) amalga oshiriladi.
494. Belgilangan yoki HHB organi dispetcheri tomonidan tayinlangan chegaraga qadar berilgan eshelonni (balandlikni) egallashning imkoni boʻlmasa, ekipaj bu haqda oʻz vaqtida HHB dispetcheriga xabar berishi kerak.
495. Berilgan eshelongacha koʻtarilib boʻlgach ekipaj HHB organi dispetcheriga uni egallaganligi haqida doklad qilishi va balandlik oʻlchagichlarning koʻrsatkichlarini solishtirib chiqishi kerak.
5-§. Yoʻnalish boʻylab parvoz
496. Ekipaj havo trassasining (ish oʻtkaziladigan rayonning) belgilangan kengligi doirasida parvozni bajarishi, parvozning berilgan eshelonini (balandlikni) tutib turishi va doimo oʻz havo kemasining joylashgan oʻrnini bilishi kerak.
497. Yoʻnalishni, eshelonni (balandlikni) kontrol moʻljallarni uchib oʻtish vaqtini oʻzgartirish parvozni bevosita boshqarayotgan HHB organi dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
498. Berilgan yoʻnalishdan chetga chiqish va parvozning eshelonini (balandlikni) oʻzgartirish faqatgina xavfli meteo hodisalarni aylanib oʻtish hollarida, zaxira aeroportida qoʻnishda, aviatsiya texnikasi ishdan chiqqanda yoki majburiy qoʻnishda parvozni bevosita boshqarayotgan HHB organi dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
499. Yoʻnalish boʻylab parvozda xavfli meteo hodisalarni aylanib oʻtish mumkin boʻlmagan hollarida, HK komandiri HKni parvoz uchun xavfli hududdan zudlik bilan olib chiqishi, parvoz boshlangan punktga qaytishi yoki qoʻnish uchun yaroqli boʻlgan eng yaqin aerodromda qoʻnishi, qabul qilgan qarori toʻgʻrisida HHB dispetcheriga xabar qilishi lozim.
500. Moʻljal aerodromgacha parvozni davom ettirishga imkon bermaydigan sabablarga koʻra oʻz vaqtida parvoz boshlangan punktga qaytish yoki zaxira aerodromga qoʻnish HK komandirining toʻgʻri qarori sifatida baholanishi kerak.
501. Agar moʻljal aerodromga qoʻnish meteosharoitlar yomonlashganligi yoki boshqa sabablarga koʻra mumkin boʻlmasa HK komandiriga amaldagi ob-havo minimumdan past boʻlmagan boshqa aerodromga yoʻl olishga ushbu aerodromga yetib borish paytida doira balandligi boʻylab kamida 30 minut parvoz qilishga yetarli darajada amaldagi yonilgʻi miqdorining qoldigʻi boʻlganda ruxsat etiladi.
502. Agar HK bortidagi yoqilgʻi miqdori yoki aeronavigatsiya yoxud meteorologik vaziyat manzil aeroportidan qaror qabul qilish balandligidan zaxira aerodromiga uchishni taʼminlay olmasa, HK komandiriga:
a) yonilgʻi olish uchun eng yaqin oraliq aerodromga qoʻnish;
b) zaxira aerodromiga ketish chegarasiga qadar uchish huquqi beriladi.
503. Agar:
a) manzil aerodromidagi amaldagi va prognoz qilinayotgan ob-havo minimumdan past boʻlmasa;
b) manzil aerodromining HKni qabul qilishga texnik tayyorligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan boʻlsa, ketish chegarasidan turib manzil aerodromiga qadar parvozni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
504. Ekipaj HHB organi dispetcherini ketish chegarasini uchib oʻtishning hisoblab koʻrilgan vaqti, shuningdek manzil aerodromiga qadar parvozni davom ettirish yoki zaxira aerodromiga ketish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilishi kerak.
505. Manzil aerodromida (zaxira aerodromida) meteosharoitlar yomonlashganligi yoki havo kemalarini qabul qilish toʻxtatilganligi toʻgʻrisida xabar olinganda havo kemasi parvozini bevosita boshqarayotgan HHB organi dispetcheri zudlik bilan bu haqda ekipajga havo kemasi ketish chegarasini bosib oʻtgunga qadar xabar berishi kerak.
506. Havo kemasi komandiriga aeronavigatsion va meteorologik vaziyatlarni tahlil qilish asnosida parvoz davomida zaxira aerodromlarini tanlash huquqi beriladi.
507. Qoʻnish aerodromida murakkab meteorologik sharoitlar boʻlganda HHB organi dispetcheri havo kemasi ekipajidan qoʻnish uchun minimumni, zaxira aerodromi va QQBda yonilgʻi qoldigʻini soʻrashi mumkin.
508. HHB organi dispetcherining soʻroviga javoban havo kemasi ekipaji unga qoʻnish uchun minimumni, zaxira aerodromi va QQBdagi soatda va daqiqalarda yonilgʻi qoldigʻi toʻgʻrisida bildirishi shart.
6-§. Aerodromga yaqinlashish va qoʻnish
509. Parvoz eshelonidan (balandligidan) pasayishdan oldin yoki havo kemasining qoʻnish aerodromi hududiga kirishiga qadar (quyi eshelondan pastdagi parvozlarda) ekipaj havo kemasining komandiri rahbarligi ostida qoʻnishdan oldingi tayyorgarlikni oʻtkazadi, bu tayyorgarlikning hajmi qoʻnilishi lozim boʻlgan muayyan sharoitlardan kelib chiqqan holda komandir tomonidan aniqlanadi.
510. UQY (qoʻnish kursi) oʻzgarganda yoki oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirishni (aniqlik kiritishni) talab etadigan sharoitlar yuzaga kelganda ekipaj tomonidan nazorat tekshiruvi kartasi boʻyicha operatsiyalarni bajarish yuzasidan qoʻshimcha tayyorgarlik va qayta tekshirish oʻtkazilishi kerak.
511. Havo kemasining parvozning berilgan eshelonidan (balandlikdan) pasayishi ekipajning soʻrovi boʻyicha va HHB organi dispetcherining ruxsati bilan ekipajning pasayishni boshlagani toʻgʻrisidagi dokladi bilan bajariladi.
512. Aerodrom hududiga kirishda havo kemasining ekipaji HHB organi dispetcheriga yetib kelish marshruti, parvoz balandligi toʻgʻrisida bildirishi hamda undan uchish va qoʻnish hududiga kirish uchun pasayish shartlarini olishi kerak.
513. Zudlik bilan qoʻnishi lozim boʻlgan havo kemasiga qoʻnish uchun navbatsiz kirish taʼminlanadi.
514. Bir xil turdagi ikkita havo kemasining bir vaqtning oʻzida vizual qoʻnish uchun kirishida birinchi boʻlib qoʻnish uchun ustunlik oldinda, chapda yoki pastroqda boʻlgan havo kemasiga beriladi. Yengilroq havo kemasining ekipaji undan ogʻirroq boʻlgan havo kemasiga birinchi boʻlib qoʻnish imkoniyatini berishi shart.
515. Qoʻnish uchun kirishdan oldin havo kemasining ekipaji:
a) qoʻnish aerodromidagi meteosharoitni tahlil qilishi va HHB dispetcheriga oʻzining qarori va tanlangan kirish tizimi toʻgʻrisida xabar qilishi;
b) oʻtish eshelonida barometrik balandlik oʻlchagich bosimining shkalasini standart atmosfera boʻyicha dengizning oʻrtacha darajasiga keltirilgan aerodrom bosimiga (QNN) yoki soʻrov asosida aerodromdagi atmosfera bosimiga (QFE) oʻtkazishi, togʻli aerodromlarda aerodromdagi atmosfera bosimi (QFE) boʻyicha qoʻnishga kirayotganda, HHB organining dispetcheriga joriy balandlik haqida xabar berishi;
(515-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
v) doira balandligida HK PFQga muvofiq radiobalandlik oʻlchagich oʻrnatishi shart.
516. HHB organi boʻlmagan qoʻnish maydonchalarida parvoz qilganda qoʻnish uchun kirgan havo kemasining komandiri:
a) maydonni koʻzdan kechirish va havodan turib uning holati va yaroqliligini aniqlash maqsadida nazorat kirishini bajarishi;
b) oʻzi joylashgan rayondagi dispetcherlik punkti aloqa chastotasida qoʻnish joyi va magnit kursini bildirishi shart.
517. Agar qoʻnish aerodromida:
a) yerdagi shamolning yoʻnalishi va kuchayishini hisobga olgan holda tezligi shuningdek UQY yuza qismining holati va UQYda ishqalanish koeffitsiyentining qiymati ushbu turdagi HK uchun PFQda belgilangan talablarga javob bersa;
b) UQYda koʻrish uzoqligi minimumdan past boʻlmasa;
v) bulutlarning quyi chegarasi balandligi (vertikal koʻrinish, zarurat boʻlganda) minimumdan past boʻlmasa HK ekipajiga toifalanmagan minimumlar bilan aniq tizimlar boʻyicha va noaniq tizimlar boʻyicha oʻtish eshelonidan pasayish va qoʻnish uchun kirishga ruxsat etiladi.
(517-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
(518-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
519. Dispetcher HK ekipajini quyidagilar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qiladi:
a) UQY uzunligi 2000 metr va undan kam boʻlganda va (yoki) bulutlar pastki chegarasining balandligi (vertikal koʻrinish, zarurat boʻlganda) 200 metr (660 fut) va undan kam boʻlganda koʻrish uzoqligi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
(519-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
b) yerdagi shamolning tezligi toʻgʻrisida, uning yoʻnalishi va kuchayishini hisobga olgan holda;
v) UQY yuza qismining holati va UQYda ishqalanish koeffitsiyentining qiymati oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
g) parvozlarning xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi hodisalar toʻgʻrisida;
d) kuchli yogʻin-sochin sharoitlarida 1000 metr va undan kam uzoqlikdagi meteorologik koʻrinishlar (YUIO boʻyicha koʻrinish hisobga olinmaydi);
e) UQY oxiridagi koʻrish uzoqligi, agar u UQY boshidagi va oʻrtasidagi koʻrish uzoqligi qiymatidan kichik boʻlsa (uning uzunligi 2000 metrdan uzun boʻlganda).
UQY ning uzunligi 2000 metr va undan kam boʻlganda UQYdagi koʻrish uzoqligi etib UQYning ikkala uchidagi koʻrish uzoqligining ikkala qiymati ichidagi past qiymat qabul qilinadi. UQYning uzunligi 2000 metrdan uzun boʻlganda UQYning boshi va oʻrtasidagi koʻrish uzoqligining ikkala qiymati ichidagi past qiymat qabul qilinadi.
(520-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
521. PBP boʻyicha qoʻnishga kirishda havo kemasi ekipaji qaror qilish balandligiga qadar uchib oʻtishda qoʻnish uchun ruxsat olishi kerak. Vizual qoʻnish qoidalari va vizual parvoz qoidalari boʻyicha qoʻnish uchun kirishda ekipaj HHB organi dispetcheriga UQY bilan qoʻnish uchun vizual kontakt oʻrnatilganligi toʻgʻrisida bildirishi va qoʻnishga kamida 1000 metr qolganda qoʻnish uchun ruxsat olishi kerak.
522. Qoʻnishdan oldingi parvoz paytida HK komandiri quyidagi vaziyatlarda pasayishni toʻxtatishi va ikkinchi doiraga ketishi kerak:
a) xavfli meteosharoitlar kuzatilganda yoki qoʻnish uchun xavf tugʻdiruvchi qushlar toʻdasi paydo boʻlganda;
b) kuchli yogʻingarchilik sharoitida meteorologik koʻrish uzoqligi 1000 metrdan kam boʻlganda (OVI boʻyicha qoʻrish uzoqligining qiymati hisobga olinmaydi), shamolning siljishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi tizim bilan jihozlangan HK bundan mustasno;
v) qoʻnish uchun kirishning tanlangan tizimida bortdagi va yerdagi radiotexnik vositalarning beqaror ishlashi kuzatilganda, yaqinlashish mashʼallari yoki yerdagi moʻljallar bilan vizual kontaktlar oʻrnatilmaganda;
g) pasayish glissadasini ushlab turish uchun dvigatellar (dvigatel) ish tartibini nominalgacha oshirish talab etilsa (gʻarbda ishlab chiqarilgan HK uchun shamolning siljishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi tizim ishlab ketganda);
d) ekipaj QQBgacha qoʻnishning ushbu Qoidalarning 425-bandida keltirilgan qiymatlaridan past amaldagi sharoitlari toʻgʻrisida xabar olganda, yoxud bir yoki bir necha meteorologik elementlar boʻlmaganda, hattoki yerdagi moʻljallar bilan ishonchli aloqa oʻrnatilgan boʻlsa ham;
(522-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
e) yaqinlashish mashʼalalari yoki boshqa moʻljallar bilan ishonchli aloqa oʻrnatilgunga qadar qoʻnish kursi boʻyicha yerga xavfli yaqinlashish toʻgʻrisida signalizatsiya ishlab ketganda;
j) uzoq privodli radiomarkerli radiostansiyadan uchib oʻtilgach kurs boʻyicha (glissada) chetga chiqishlar va (yoki) vertikal tezlik yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshib ketganda;
z) qaror qilish balandligiga qadar yaqinlashish mashʼallari yoki yerdagi moʻljallar bilan zarur vizual kontaktlar oʻrnatilmaganda;
k) qaror qilish balandligiga (UQY) yetib borgunga qadar HKning samodagi holati yoki uning harakati parametrlari qoʻnishning xavfsizligi taʼminlanmasa;
l) qaror qilish balandligidan PFQga muvofiq ketish balandligining minimal yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan darajasigacha pasayishda yaqinlashish mashʼallari yoki yerdagi moʻljallar bilan vizual kontaktlar yoʻqolganda;
m) qoʻnish uchun hisob-kitoblar uni bajarishning xavfsizligini taʼminlamasa.
523. Hech bir mansabdor shaxs HK komandirining ikkinchi doiraga ketish haqidagi qarorini muhokama qilishga, ayniqsa buning uchun unga maʼmuriy taʼsir choralarini koʻrishga haqli emas.
524. Quyidagi hollarda havo kemasi komandiriga qoʻnish uchun takroriy kirishlarni bajarish, dispetcherga esa takroriy kirish uchun ruxsat berish huquqi beriladi:
a) takroriy kirishdan soʻng qolgan aeronavigatsion yonilgʻi zaxirasi QQBdan zaxira aerodromiga ketishni taʼminlasa;
b) yerdagi shamolning yoʻnalishi UQY va kuchayishini hisobga olgan holda tezligi, shuningdek UQY yuza qismining holati va UQYda ishqalanish koeffitsiyentining qiymati belgilangan cheklashlardan oshmasa;
v) UQY da koʻrish uzoqligi minimumdan past boʻlmasa;
g) bulutlarning quyi chegarasi balandligi (vertikal koʻrinish, zarurat boʻlganda) minimumdan past boʻlmasa.
(524-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
525. Aniq tizimlar boʻyicha qoʻnish uchun kirish bajarilganda UQYdan uchib oʻtish HK PFQda belgilab berilgan qiymatdan past boʻlmasligi va ekipaj aʼzolarining oʻzaro xatti-harakati va ish texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan tartib bajarilishi kerak. Ekipaj HKni qoʻndirishni qoidaga koʻra, yerga qoʻnish hududida PFQga va ekipaj aʼzolarining oʻzaro xatti-harakati va ish texnologiyasi boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq HK hisoblab topilgan qoʻnish ogʻirligi bilan belgilangan normativlar doirasida amalga oshiradi.
526. Talab qilinadigan qoʻnish distansiyasi HK qoʻnish massasini hisobga olgan holda amaldagi meteosharoitlar va UQY holatiga qarab hisoblanadi. Bunday hisob-kitob HKning UQY ishchi uzunligi chegarasida toʻxtashini nazarda tutadi.
527. Havo kemalarini tunda qoʻndirish qoidaga koʻra yoqilgan faralar bilan bajariladi. Nur ekrani hosil qiluvchi tuman va boshqa meteo hodisalarda faralardan foydalanish tartibini havo kemasi komandiri belgilaydi.
528. Havo kemasi ekipaji toʻxtab turish joyiga qarab burishni HHB organi dispetcherining buyrugʻi boʻyicha aerodromda burilishning belgilangan sxemasiga muvofiq amalga oshiradi.
XIII. Aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha parvozlar
1-§. Umumiy qoidalar
529. Aviatsiya ishlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi tomonidan manfaatdor tashkilotlar yoki alohida fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu qoidalarga, havo kemalarining PFQga muvofiq amalga oshiriladi.
530. Shartnomaga buyurtmachining aviatsiya ishlarini bajarish tartibi va qoidalarini belgilab beradigan normativ hujjatlardagi qoidalarga zid talablarini kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
531. Boshqa aviakorxonalarda (boʻlinmalarda), shu jumladan boshqa davlatlar hududida aviatsiya ishlarini bajarishda parvozlar shu korxonalardagi (boʻlinmalardagi) Yoʻriqnomalar boʻyicha, ular boʻlmaganda esa ekipaj boʻysunadigan boʻlinma rahbari (komandiri) tomonidan ishlab chiqilgan va hududida parvozlar bajariladigan korxona (boʻlinma) rahbari bilan kelishilgan Yoʻriqnoma boʻyicha bajariladi.
532. Boshqa davlatlar hududida aviatsiya ishlarini bajarish xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan parvoz qilish uchun tegishli ruxsat asosida buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha bajarilishi mumkin va hududida parvozlar bajariladigan xorijiy davlatning Havo qonunchiligi va Parvoz qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak.
533. Aviatsiya ishlarini bajarish uchun parvozlar maydon va yoʻnalishli parvozlarga boʻlinadi, ularning maqsadi, bajarilish qoidalari va texnologiyasiga qarab quyidagi koʻrinishlarga boʻlinadi:
a) transport-aloqa parvozlari;
b) havo kemasidan suratga olish;
v) oʻrmon aviatsiya ishlari;
g) qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlari;
d) dengiz kemalari va dengiz burgʻulovchi uskunalaridan turib;
e) aholiga tibbiy yordam koʻrsatish va sanitariya tadbirlarini oʻtkazish uchun;
j) aviatsiya-kimyo ishlari;
z) eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazish uchun;
i) parashutistlarni desantlash;
k) ekskursiya parvozlari.
534. Havo kemasidan suratga olish quyidagilarga boʻlinadi:
a) joylarni maxsus fotoapparatura bilan suratga olish maqsadida aerosuratga olish parvozlari;
b) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng past balandliklarda qidirish-suratga olish parvozlari, shu jumladan geofizik suratga olish uchun chiqib turadigan, trosga osib qoʻyiladigan apparatura bilan;
v) yerni asboblar bilan distansion zondlash uchun aerosuratga tushirish parvozlari va kichik, oʻrta va yuqori balandliklarda barometrik balandlik oʻlchagich boʻyicha doimiy balandlikni ushlab turgan holda atrof muhitning holati ustidan nazorat;
g) aerovizual parvozlar, havo kemasi bortida buyurtmachining kuzatuvchisi bilan birgalikda, obyektlarni vizual tadqiq qilish va joylardagi vaziyatni kuzatish maqsadida (elektr uzatish liniyalarini, aloqa liniyasi, gaz quvurlari, neft quvurlari, ariqlar, kanallar, yoʻllarni patrullashtirish, baliq va hayvonlar zaxirasini tekshirish, yovvoyi hayvonlarni yoʻqlamadan oʻtkazish va otish, muzli razvedka va b.)
535. Aviatsiya ishlarini bajarish qoidaga koʻra VPQga koʻra bajariladi. Radiotexnik navigatsiya vositalari bilan jihozlangan belgilangan trassalar va yoʻnalishlarda PBP bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
536. Ishni boshlashdan oldin havo kemasi komandiri ob-havo maʼlumotlarini olishi, haqiqiy ob-havo sharoitini aniqlashi va parvozni bajarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
537. Yerdagi kanallar boʻyicha ob-havo maʼlumotlarini olish imkoniyati boʻlmasa, 1000 soatdan ortiq mustaqil uchgan va trassadan tashqari parvozlarga havodan turib maydon tanlash huquqi berilgan holda ruxsat etilgan havo kemasi komandiriga uning minimumidan past boʻlmagan ob-havoda radio orqali ob-havo maʼlumotini olish uchun fazoga koʻtarilishga ruxsat etiladi.
538. Aviatsiya ishlarini bajarishda havo kemasi komandiri u joylashgan hududda havodagi harakatni boshqarishni amalga oshiradigan HHB organi dispetcheri bilan kamida ikki soatda bir marta radioaloqada boʻlib turishi kerak.
539. Texnologiyada nazarda tutilgan hollarda ayrim turdagi aviatsiya ishlarida havo kemasi ekipaji tarkibiga buyurtmachining amaldagi uchuvchilik guvohnomasiga ega mutaxassislari (uchuvchi-kuzatuvchilar, shturmanlar, bortoperatorlar va b.) kiritilishi mumkin.
540. Parvoz topshirigʻiga kiritilgan mutaxassislar parvozdan oldingi tayyorgarlik ishlariga belgilangan uchish vaqtidan kamida 1 soat oldin kirishadilar.
541. Ishlab chiqarish ehtiyojlari boʻlganda (ishni tashkil etish, nazoratni amalga oshirish, texnik yordam koʻrsatish uchun va b.) uchuvchilar boʻlinmasi komandirining ruxsati bilan havo kemasi bortiga fuqaro aviatsiyasi mutaxassislari ularni ekipaj tarkibiga kiritmasdan turib olinishi mumkin. Koʻrsatilgan shaxslar xizmat chiptalariga ega boʻlishlari va HK komandiri tomonidan parvoz topshirigʻining orqa tomoniga yozib qoʻyilishlari kerak.
542. Aviatsiya ishlari parvozlari ekipaj tomonidan havodan turib doimiy va tanlangan aerodromlarda (vaqtincha va doimiy), qoʻnish maydonchalarida bajariladi.
Qoʻnish maydonchalarining holati, jihozlari va oʻlchamlari ushbu turdagi havo kemasi uchun qoʻyiladigan maxsus talablarga javob berishi kerak.
543. Doimiy, shuningdek havodan turib tanlangan qoʻnish maydonchalarida parvozlar faqatgina qoʻnish maydonchalarini havodan turib tanlash huquqi berilgan ekipajlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
544. Bir necha marotaba (kuniga 2-martadan koʻp, 2 va undan ortiq kun mobaynida) havo kemasining fazoga koʻtarilishi va qoʻnishi amalga oshiriladigan joylardagi aviatsiya ishlari rayonida tegishli markirovka, shamol yoʻnalishini koʻrsatkichlar, yongʻin xavfsizligi va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlanadigan qoʻnish maydonchalari jihozlanadi.
545. Qoʻnish maydonchalari buyurtmachining vakillari tomonidan aviatsiya xodimlarining nazorati ostida yer usti izlanishlari yoʻli orqali yoki ekipaj tomonidan havodan turib tanlash yoʻli bilan tanlanadi, bunda aviakorxona va buyurtmachi tashkilotning aniq bir majburiyatlari namunaviy nizomlar asosida aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha shartnomalarda belgilab qoʻyiladi.
546. Qoʻnish maydonchasini havodan turib tanlash parvozlariga quyidagilar kiradi:
a) parvoz jarayonida havo kemasining oldindan tayyorlanmagan joylarga qoʻndirilishi, shuningdek vertolyotda aerodromdan tashqarida osilib turish tartibida bajariladigan operatsiyalar;
b) buyurtmachi tomonidan tayyorlangan radioaloqa vositalari mavjud boʻlmagan va parvozlar ustidan rahbarlik amalga oshirilmaydigan vaqtinchalik aerodromlarga va qoʻnish maydonchalariga qoʻniladigan parvozlar;
v) radioaloqa vositalari mavjud boʻlmagan va parvozlar ustidan rahbarlik amalga oshirilmaydigan vaqtinchalik vertodromlarga va qoʻnish maydonchalariga qoʻniladigan, vertolyotlarda bajariladigan birlamchi (kun davomida) parvozlar.
547. Markirovka va tegishli asbob-uskunalarga ega qoʻnish maydonchalari buyurtmachining va ekspluatantning vakillaridan iborat komissiya tomonidan qabul qilinadi. Mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq komissiya tomonidan qabul qilingan qoʻnish maydonchalariga xomaki chizmalar va parvozlarni bajarish boʻyicha yoʻriqnomalar tuziladi.
548. Qoʻnish maydonchalarini qabul qilish va hisobga olish tartibi aviakompaniya rahbariyati tomonidan har bir turdagi havo kemasi va ish turi uchun aerodromlar va qoʻnish maydonchalari uchun tegishli normalar, standartlar va talablar asosida alohida belgilanadi.
549. Qoʻnish maydonchalariga qoʻnish faqatgina ular ekipaj tomonidan havodan turib majburiy koʻrikdan oʻtkazish va uning holati ekipaj tomonidan baholanganidan keyingina bajariladi. Qoʻnish maydonchasini koʻrikdan oʻtkazish tartibi havo kemasining har bir turi uchun PFQ boʻyicha aniqlanadi.
550. Qoʻnish uchun qoʻnish maydonchasiga kirishda ekipaj HHB organiga qoʻnish toʻgʻrisida xabar beradi. Qoʻnish maydonchasidan fazoga koʻtarilganda ham bu haqda tegishli xabar beriladi.
551. Buyurtmachining buyurtmasiga koʻra havo kemasida tashiladigan yoʻlovchilar va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida belgilangan tashish qoidalariga muvofiq hujjatlar orqali rasmiylashtirilgan boʻlishi kerak.
552. Maʼlum turdagi havo kemasi PFQda belgilangan yuklama yoʻl qoʻyiladigan darajasi, uchish, qoʻnish massasi va havo kemasi sentrovkasiga rioya etish uchun javobgarlik HK komandiri zimmasida boʻladi. Yukning haqiqiy ogʻirligi va xususiyatlari yuk xatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi uchun javobgarlik buyurtmachining zimmasidadir.
553. Havo kemasining ekspluatanti ishlab chiqarish ehtiyojlari boʻlganda (ishni tashkil etish, nazoratni amalga oshirish, texnik yordam koʻrsatish uchun va b.) va boʻsh joy mavjud boʻlib, HK buyurtmachining yuki bilan toʻliq yuklanmaganda tashish qoidalariga muvofiq hujjatlar orqali rasmiylashtirilgan mutaxassislarini va yukini tashishi mumkin.
554. Qurilish-montaj, yuklash-tushirish ishlarida va yuklarni tashqari tomondan osib qoʻyib tashilganda, buyurtmachi maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, yuklarni tashishga tayyorlash texnologiyasiga va ishni bajarish texnologiyasiga amal qilinishi uchun javob berishi lozim boʻlgan xodimini ish rahbari etib tayinlashi shart.
555. Aviatsiya ishlari boʻyicha parvozlar parvoz topshirigʻiga va buyurtmachi tomonidan berilgan buyurtmaga qatʼiy amal qilgan holda bajariladi. Yovvoyi hayvonlarni ovlash va otish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun buyurtmalar faqatgina tegishli ekologiya va iqlim oʻzgarishi organlarining ruxsatnomasi mavjud boʻlgandagina qabul qilinadi.
(555-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
556. Aerodromdan tashqarida oldindan moʻljallab qoʻnish bajarilganda havo kemasi komandiri qoʻnishga kirishdan oldin qoʻnish koʻzda tutilayotgan joyni uning oʻlchamlarini, qiyaligini va sathining holatini baholash maqsadida koʻrikdan oʻtkazishi kerak. Koʻrikdan oʻtkazish toʻsiqlar ustidan 100 metrdan (330 futdan) kam boʻlmagan balandlikdan boshlanishi va qoʻnishning tanlangan yoʻnalishi boʻylab 10 metrdan (35 futdan) kam boʻlmagan balanlikkacha pasayishi kerak.
(556-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
557. HHB organi dispetcheri oraliq aeroportlarni va havo kemalari ekipajlarini aviatsiya ishlarini bajarish rayonidagi vaziyat haqida xabardor qilib turishi shart.
2-§. XK ekipajlarini aviatsiya ishlarini bajarish uchun tayyorlash, tuzish va shakllantirish
558. Aviatsiya ishlarini bajarish uchun yuboriladigan komandir, yoʻriqchi, uchuvchi va xizmat koʻrsatuvchi tarkib ish koʻrinishlariga tasdiqlangan dasturga asosan nazariy va amaliy tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim Ekipajlarni parvozlarga qoʻyish uchish otryadi komandirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
559. Baza aerodromidan tashqarida parvozlarni tashkil etuvchi komanda tarkibi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
a) ishlarni ushbu qoidalar, HK PFQ, qoʻllanmalar, texnologiyalar va ish koʻrinishlari boʻyicha yoʻriqnomalar talablariga muvofiq tashkil etishni;
b) ekipajlarga normal dam olish va maishiy sharoitlarni;
v) ekipaj ishi yuzasidan tadrijiy nazoratni.
560. Ekipajlarni tuzishda va parvozlarni rejalashtirishda boʻlinmalarning uchuvchi-komandir tarkibi ekipajning doimiy tarkibini taʼminlash va ekipaj aʼzolarini ularning ruhiy-ijtimoiy mutanosibligi asosida, shuningdek ularning ishdagi amaliy tajribalarini inobatga olib, shaxsiy xususiyatlari maqsadga muvofiq holda mos kelishini taʼminlashga harakat qilishi lozim.
561. Ekipajning son tarkibi HK PFQ talablariga mos kelishi lozim.
562. Aviatsiya ishlarini bajarish uchun ekipaj tuzishda ekipaj tarkibiga kiritiladigan mutaxassislar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
a) uchuvchi tarkib boʻyicha — uchish boʻlinmasi komandiri tomonidan;
b) muhandis-texnik tarkib boʻyicha — ATB boshligʻi tomonidan;
v) boshqa mutaxassislar boʻyicha — aviatsiya ishlarini bajarishda ushbu mutaxassis ishtirok etadigan boshqa xizmatlarning rahbarlari tomonidan;
g) buyurtmachining amaldagi uchish guvohnomalariga ega boʻlgan va ekipaj tarkibiga kiritilgan mutaxassislari boʻyicha — buyurtmachi tashkilotlar rahbarlari tomonidan tayyorlanadi.
563. Boʻlinma uchuvchi-komandir tarkibi buyurtmachining mutaxassislarida ushbu aviatsiya ishlarini bajarish uchun ruxsati borligini tekshirishi va ularning parvozlarga dastlabki tayyorgarlikda ishtirok etishini tashkil etishi shart.
564. HK ekipaji tarkibi, MTT va buyurtmachi mutaxassislarini inobatga olgan holda, uchish boʻlinmasi komandiri tomonidan biriktiriladi.
565. Yangidan kiritilayotgan ekipajni tuzishda HK komandiri HK ushbu turida va ish turida mehnat tajribasiga ega, yuzaga kelgan vaziyatda toʻgʻri va aniq qarorlar qabul qilishda amaliy yordam koʻrsata oladigan ekipaj aʼzolarini tanlab olishi lozim.
566. Baza aerodromidan tashqarida aviatsiya ishlarini bajarish uchun yigʻma boʻlinmalarni tuzishda aviakompaniya UUB ularning tizimini, tarkibini belgilaydi va keyinchalik aviakompaniya boʻyicha buyruq tayyorlash va chiqarish uchun maʼlumotlar taqdim etish bilan uchuvchi-komandir tarkibi tayyorgarligiga uslubiy rahbarlik qiladi. Aviakompaniyada yigʻma boʻlinmani taʼminlash aviatsiya ishlarini tashkil etish va bajarilishini taʼminlovchi xizmatlar oʻzaro aloqasi texnologiyasi asosida amalga oshiriladi.
3-§. Aviatsiya ishlari bajarilishida uchish ishlarini tezkor boshqarishni tashkil etish
567. FA aviakompaniyasi (boʻlinmasi) aviatsiya ishlarini bajaruvchi ekipaj ishi yuzasidan doimiy boshqaruvni tashkil etadi, ularga tezkor yordam koʻrsatadi va uchish-ishlab chiqarish va aviatsiya texnikasining ekspluatatsiyasini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini doimiy nazorat qilishni taʼminlaydi.
Shu maqsadda aviakorxona, boʻlinma va xizmatlarning parvozlarni taʼminlovchi komandir — rahbarlik va uchuvchi — komandir tarkibi ish joyiga doimiy chiqishlar tashkil etiladi.
568. Uchuvchi — komandir tarkib uchish faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar, koʻrsatmalar, buyruqlar, parvoz xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlarni ekipajga oʻz vaqtida yetkazishi lozim Alohida eʼtibor ishlarni tashkil etishga, ekipajlarga, ayniqsa aviatsiya ishlarini birinchi marta bajarayotganlarga amaliy yordam koʻrsatishga qaratish lozim
569. Uchuvchi-komandir tarkibga ish joyini tark etishga faqat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganidan soʻng va uchishni tashkil etilishi ishlarning ushbu koʻrinishini tartibga soluvchi hujjatlar talablariga toʻliq mos keltirilganida ruxsat etiladi.
570. Aviatsiya ishlari bajarilishidagi muhokamalar HK komandiri tomonidan uchish kuni tugashi bilan parvozlarni bajarish sifatini, parvozlarni taʼminlovchi xizmatlarning oʻzaro munosabatini baholash, shuningdek ekipaj aʼzolarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish va aviatsiya hodisalarini profilaktika qilish maqsadida oʻtkaziladi.
571. Uchuvchi-komandir tarkibi ekipajlar va uchuvchi boʻlinmalarda muhokamalar oʻtkazilishi sifati ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim.
4-§. Aviatsiya-kimyoviy ishlarni (AKI) bajarish boʻyicha parvozlar
572. Aviatsiya-kimyoviy ishlar changlantirish, sachratish, sochiluvchan va suyuq materiallarni sepish, kimyolash vositalari, shuningdek oʻsimliklarni biologik himoya qilish entomafaglari bilan jihozlangan HKdan foydalanish boʻyicha ishlar koʻrinishidan biri hisoblanadi va belgilangan talablar boʻyicha bajariladi.
573. AKI ishlarini bajarishdan oldin quyidagilar kiruvchi tayyorgarlik ishlari bajariladi:
a) koʻzda tutilayotgan ish hajmlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlovchi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan samolyot va vertolyotlarning kerakli sonini tayyorlash;
b) uchish va texnik tarkibni saralash va oʻqitish;
v) zaxira texniklar va uchuvchilarni, shu jumladan smenali ekipajlar ishi uchun, ayniqsa erta bahordagi ommaviy AKI ishlari davrida tayyorlash;
g) aerodromlarni tanlash va jihozlash;
d) qishloq xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
e) AKI uchun aviatsiya-texnik va aerodrom mulklarini va jihozlarini, shuningdek toʻldirish inventarlari, individual vositalari va boshqa maxsus buyumlarni tayyorlash;
j) dispetcherlik punktlarini (AKI DP), ishlarni tashkil etish boʻyicha tayanch bazalarini tashkil etish, AKI ekipajiga tezkor rahbarlik qilish, nazorat va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tayanch bazalarini tashkil etish.
574. Qishloq xoʻjaligi aerodromlaridan parvozlarni bajarish usullari va shakllari boʻyicha ekipajni joylashtirish buyurtmachi bilan kelishilgan holda quyidagicha boʻlishi mumkin:
a) ekipajlar parvozlarni har biri oʻz ishchi aerodromidan amalga oshiradigan individual joylashuv;
b) ekipajlar bir aerodromda joylashtiriladigan, parvozlarni esa ularning har biri oʻz ishchi aerodromidan amalga oshiradigan guruh boʻlib joylashuv;
v) aerodromda bir nechta HK ishi uchun parvozlar xavfsizligiga javob bersa, bir nechta ekipajlar bir ishchi aerodromidan parvozlar bajariladigan hamkorlikdagi joylashuv.
5-§. AXR bajarishga uchish va texnik tarkibni tayyorlash va ruxsat berish
575. Har yili AKI ishlar boshlanishidan oldin, komandir, uchuvchi va muhandis-texnik tarkib maxsus nazariy va amaliy tayyorgarlikdan oʻtadi.
576. Nazariy tayyorgarlik quyidagi tartibda oʻtadi:
birinchi marta AKI qoʻyilayotgan komandir va uchuvchi tarkib maxsus tashkil etilgan kurslarda, OʻM (OʻMM) tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha toʻliq hajmda dastlabki tayyorgarlikdan oʻtadi.
577. Komandir va uchuvchi tarkib AKI ishlarni bajarishga tasdiqlangan maxsus dasturlar asosida uchish boʻlinmalarida yerdagi va uchish tayyorgarligi oʻtkazilganidan soʻng ruxsat etiladi.
578. AKI ishlarini bajarish aviatsiya texnikasiga xizmat koʻrsatishga birinchi marta qoʻyilayotgan aviatexniklar (aviamexaniklar) tajribali aviatexnika-brigadiri (aviamexanik) rahbarligida ushbu HKga xizmat koʻrsatish boʻyicha ikki haftalik stajirovkadan oʻtishi lozim.
579. Uchuvchi va muhandis-texnik tarkib AKI ishlarini bajarishga ruxsati:
a) uchuvchi tarkib boʻyicha — uchuvchi boʻlinma komandiri;
b) muhandis — texnik tarkib boʻyicha — ATB boshligʻi buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
580. AKIga uchishdan oldin uchish otryadi komandiri quyidagilarga majbur:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi ekipajning birlamchi tayyorgarligini oʻtkazish (belgilangan muddatlarga muvofiq):
1) oldinda turgan AKI vazifalarini tushuntirish;
2) kerakli hujjatlarni tanlash va tayyorlash;
3) qishloq xoʻjaligi apparaturalari oʻrnatilgan texnikada uchish xususiyatlarini oʻrganish;
4) AKI bajarish barcha bosqichlarida, konkret sharoitlarga nisbatan, parvozning holatlarida ekipaj aʼzolarining oʻzaro harakati;
b) HK uchish-texnik maʼlumotlarini, qishloq xoʻjaligi apparaturalari toʻgʻri oʻrnatilganligi va ish qobiliyatini tekshirish maqsadida HK ekipaji tomonidan toʻliq uchish massasi bilan nazorat uchib oʻtishni taʼminlash. Uchib oʻtish vaqtida topilgan kamchiliklarni bartaraf etish;
v) ekipajni tuzilgan shartnomalarga binoan AKI bajarish shartlari bilan tanishtirish;
g) ekipajlarga AKI ishlarini bajarish hududida parvozga topshiriq berish, ularni kerakli normativ hujjatlar va maʼlumotnoma adabiyotlari bilan, shuningdek ishlab chiqarish va uchish hujjatlari blanklari bilan taʼminlash;
d) joy relyefiga eʼtibor qaratgan holda, ekipaj bilan bajariladigan ishlar hududini oʻrganish;
e) ekipajlarga mavjud aerodromlar (qoʻnish maydonchalari) va ularning ahvoli haqida batafsil maʼlumotlarni berish, ularda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha chizmalar va yoʻriqnomalarni oʻrganish;
j) ekipajlarni bajariladigan ish hududidagi meteorologik sharoitlar, radio va oʻtkazgichli aloqa taʼminoti tartibi, baza aerodromidan ish joyiga va ortga, bir aerodromdan boshqasiga uchish xususiyatlari bilan tanishtirish;
z) AKI bajarishda xoʻjaliklardan YOMM olish va saqlash tartibi bilan tanishtirish.
6-§. Aviatsiya-kimyoviy ishlarni bajarishda parvozlarni bajarish qoidalari
581. AKI bajarishda parvozlarni bajarish ruxsat etiladigan minimumlar har bir HK uchun uchish komandiri tomonidan uning tayyorgarligi, uchish ish tajribasi, bajariladigan ish koʻrinishi va ishlar hududidagi joy relyefidan kelib chiqib belgilanadi.
582. Aviatsiya ishlarini bajarish boʻyicha parvozlar tekislik va tepalik joylarda koʻrish uzoqligi 3000 metrdan kam boʻlmaganda va bulutlar pastki chegarasi 150 metrdan (500 futdan) past boʻlmaganda, shuningdek togʻ oldi, togʻli va parvozning eng chet nuqtasi togʻ choʻqqilaridan 5 km dan (2,7 d.milidan) kam boʻlmagan uzoqlikda boʻlgan platolarda VPQ boʻyicha amalga oshiriladi.
(582-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
583. Togʻ choʻqqilaridan 5 km zonadagi uchastkalarga, shuningdek dengiz sathidan 2000 metr (6600 fut) balandlikda joylashgan togʻli platolarga ishlov berishga koʻrish uzoqligi 5000 metr va bulutlar pastki chegarasining balandligi 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmaganda, bulutlar pastki chegarasining balandligi parvoz balandligidan 100 metrdan (330 futdan) kam boʻlmasligini taʼminlagan holda ruxsat etiladi.
(583-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
584. 2-klassdan past boʻlmagan malakaga, 500 soatdan kam boʻlmagan AKI parvozlariga va havodan qoʻnish maydonchalarini tanlashga ruxsat etilgan HK komandirlariga haqiqiy BPCHB HKK minimumidan 100 metr (330 fut) yuqori va koʻrish 5 km.dan kam boʻlmaganida, bunda ob-havo prognozida shamol tezligi mazkur HK turi uchun ruxsat etilganidan kuchayib ketmasa, parvoz qilish uchun mustaqil qaror qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunday topshiriq uchuvchi otryad komandiri tomonidan parvoz topshirigʻiga yozib qoʻyiladi.
(584-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
585. Ishlar hududidagi uchuvchi-komandir tarkibga belgilangan minimumlardan past boʻlmagan haqiqiy ob-havoda, ikkita zaxira aerodromi yoki prognoz qilingan ob-havo HK komandiri minimumidan bulutliligi 50 metr (165 fut) va koʻrish 500 metr yuqori boʻlgan bitta aerodrom boʻlganida oʻziga boʻysunuvchi ekipajlarga parvozlarni bajarishga ruxsat berish huquqi beriladi. Uchuvchi-komandir tarkibdagi uchishga ruxsat bergan shaxs butun parvoz davomida ob-havo oʻzgarishini kuzatib borishga va u yomonlashganida parvozlarni taqiqlashga majbur.
(585-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
586. Uchastkaga ishlov berishda parvoz balandligi bajarilayotgan ish turining texnologiyasiga muvofiq belgilanadi.
587. Quyoshning gorizont uzra balandlik burchagi 15 darajadan kam, bunda kurs burchagi esa 30 darajadan kam boʻlsa uchastkalarga ishlov berish, shuningdek uchish va qoʻnishlarni bajarish taqiqlanadi. Quyosh botganidan soʻng parvozlar taqiqlanadi.
588. Ochiq yaqinlashuv uchastkalarida parvozning ishchi tartibi samolyotlar uchun ishlov berilayotgan uchastka chegaralaridan 200 metr, vertolyotlar uchun — 25 metr uzoqlikda oʻrnatiladi.
589. Gorizontal tekislikda burilishlar AKI qoʻllanmasi talablariga muvofiq bajariladi.
590. Vertolyotda ishlov berilayotganda uchastka qoyalarining burchaklari 45 darajadan yuqori boʻlmasligi, bunda kirish marshrutlari gorizontallar boʻylab joylashishi kerak.
591. Samolyotda ishlov berilayotganda qoyalar boʻylab pastga parvoz faqat alohida holatlarda, qoyalar burchaklari 5-6 darajadan oshmaganda va pastlikdan chiqishda toʻsiqlar boʻlmaganda ruxsat etiladi.
592. Uchastka chegaralarida turgan toʻsiqlar uzra 10 metrdan (35 futdan) kam boʻlmagan balandlikda, yuqori voltli EUT ustidan esa 20 metrdan (70 futdan) kam boʻlmagan balandlikda uchib oʻtishga ruxsat etiladi.
(592-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
593. Elektr uzatish va samoviy aloqa tarmoqlari kesishgan uchastkalar ustidan uzatgichlar boʻylab shamol esayotgan tomonidan parvoz etishga:
a) shamol tezligi 5 m/s.gacha (10 uz.gacha) va 8 m/s (16 uz) boʻlganda, uzatgichlardan 50 metrdan kam boʻlmagan masofada;
b) shamol tezligi 6 — 8 m/s (12 — 16 uz) boʻlganda, uzatgichlardan 100 metrdan kam boʻlmagan masofada ruxsat etiladi.
(593-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
7-§. AKI parvozlarini bajarishda HK komandirining javobgarligi
594. AKI amalga oshirishda HK komandiriga quyidagilar taqiqlanadi:
a) sochilayotgan materialning chiqishini kuzatish uchun orqaga qarash va belgilangan orqani koʻrsatuvchi oynasiz ishlash;
b) gorizont ustida quyoshning balandligi 15 darajadan kam, quyosh kurs burchagi 30 darajadan kam boʻlganida uchastkaga ishlov berish, uchish va qoʻnish;
v) sochiluvchi material toʻkishda ushlanib qolishlarning oldini olish maqsadida evolyutsiyani bajarish;
g) aholi punktlari ustidan parvozni amalga oshirish;
d) HK bortiga topshiriqni bajarishga aloqador boʻlmagan shaxslarni olish;
e) uchish maʼlumotlarini yigʻish vositalarini yoqmasdan parvozni bajarish;
j) parvoz yakunlangunicha joyini tark etish.
595. HK komandiri SʼHB organi dispetcheriga parvozlarni boshlanishi, bajarilishi sharoitlari (kamida 2 soatda bir marta) va ishlar yakunlanganligi haqida maʼlum qilib turishga majbur.
8-§. Havoda suratga olish boʻyicha parvozlar
596. Suratga olish parvozlari deyilganda parvoz davomida HK bortiga oʻrnatilgan maxsus apparaturalar yordamida “buyurtmachi” mutaxassislari foydali qazilma konlarini topish uchun, atrof muhit nazorati va ilmiy-tekshirish maqsadlarida yerni masofadan turib zondlashi tushuniladi. Parvozlar belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
597. Barcha toifalardagi suratga olish parvozlari maxsus qarorlar asosida amalga oshiriladi. “Buyurtmachi” havoda suratga olishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Qurolli kuchlari birlashgan shtabining tezkor-strategik rejalashtirish, muvofiqlashtirish va oʻzaro hamkorlik bosh boshqarmasidan ruxsat oladi.
598. Havoda suratga olishga “buyurtmachi” bilan shartnoma tuzgan FA korxonasi ushbu ish turini bajarish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishishi lozim.
(598-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
599. Shaharlarni havodan suratga olish uchun ruxsat olishni kelishish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
600. Suratga olish parvozlari ularni bajarish sharoitlaridan (haqiqiy parvoz balandligi, HK boshqarish xususiyatlari, dvigatellar ish rejimlari) kelib chiqib quyidagicha boʻlinadi:
601. Qidiruv-suratga olish parvozlari bu — yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng kichik balandliklarda oʻzgaruvchan profil bilan (berilgan haqiqiy balandlikni doimiy ushlagan holda — joy relyefi va toʻsiqlar ustidan suzib), dvigatellarning belgilanmagan ish tartibida, vertikal tezlik ± 2 m/s (± 4 uz) dan ortiq boʻlgan holatdagi parvozdir.
(601-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
602. Qidiruv-suratga olish parvozlari 3 va 4-toifa samolyotlarida va barcha toifadagi vertolyotlarda bajariladi.
603. Qidiruv suratga olish parvozlarini bajarishda yoʻl qoʻyiladigan minimal balandlik mazkur Qoidalarning 17-ilovasida keltirilgan jadvalda koʻrsatilgan.
604. Parvoz balandligini ushlab turish radiobalandlik oʻlchagich (“koʻtarilish” va “yumalatish” uslubi) yoki radiobalandlik oʻlchagich va barometrik balandlik oʻlchagich (gorizontal boʻyicha parvozlarda) koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
605. Tekisliklarda 100 metr (330 fut) va togʻlarda 200 metr (660 fut) haqiqiy balandlikda quyoshning kurs burchagi 30 darajadan kam boʻlganda, agar quyosh balandligi gorizont uzra 15 darajadan kam boʻlsa, suratga olish parvozlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
(605-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
606. Suratga olish yoʻnalishlari amalga oshirilishi davomida navbatdagi yoʻnalishga kirish uchun qayrilishlar toʻsiqlar uzra haqiqiy balandlik 50 metrdan (165 futdan) kam boʻlmaganida bajarilishi kerak. Agar yoʻnalish parvozning pastroq balandligida yoyilgan boʻlsa, qayrilishdan oldin 50 metr (165 fut) balandlikka erishilishi kerak, keyingi yoʻnalishga oʻtilganidan soʻngra kerakli haqiqiy parvoz balandligigacha pastlash mumkin.
(606-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
607. Qayrilishlar samolyotlar uchun krenning 30 daraja burchagi vertolyot va qoʻyib yuboruvchi moslamaga ega samolyotlar uchun esa 20 darajadan ortiq boʻlmagan burchakda amalga oshirilishi kerak.
608. Havo kemasi komandiri quyidagilarni bajarishi shart:
a) suratga olish yoʻnalishidagi parvozda berilgan rejimni qatʼiy ushlab turishi (kurs, balandlik, tezlik);
b) vertikal manevrlarni bajarishda belgilangan samoviy tezlikni qatʼiy nazorat qilish;
v) murakkab parvozlarni amalga oshirishda, ayniqsa togʻlarda, yuzaga kelgan holatga va oʻz imkoniyatlariga toʻgʻri baho berish, agar manevrni amalga oshirish muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonchi boʻlmasa uni amalga oshirishni boshlamasligi.
609. Yer fizik maydonini oʻrganish turidan kelib chiqib qidiruv-suratga olish parvozlari quyidagi turlarga ajratiladi:
a) aeromagnit (aeromagnit razvedka) — geomagnit maydon va uni tashkil qiluvchilarni oʻlchash uchun, shu jumladan, ularning tuzilishini xaritalashtirish va foydali qazilmalar konlarini razvedka qilish uchun;
b) aerogammaspektrometrik suratga olish — togʻ jinslari tarkibida uran, toriy, kaliy tarkibini va ularning mutanosibligini aniqlash imkonini beruvchi koʻp kanalli gamma spektrlar yordamida tabiiy radioaktiv elementlarning gamma nurlanishini spektoral oʻrganish uchun amalga oshiriladi. Aerogammaspektrmetriya parvozlari eng kichik balandliklarda (75 metrgacha) (250 futgacha) samolyot yoki vertolyotga belgilangan balandlikni doimiy ushlab turish bilan amalga oshiriladi;
(609-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
v) aeroelektr razvedka suratga olish — koʻproq sulfid rudalar va yer osti suvlari konlarini qidirishda, shuningdek tizimli tektonik izlanishlarda qoʻllaniladi. Aeroelektr razvedkani amalga oshirishda parvozlar 60 metrdan 100 metrgacha (200 futdan 330 futgacha) boʻlgan haqiqiy balandlikda amalga oshiriladi.
(609-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
10-§. Aero suratga olish parvozlari
610. Aero suratga olish parvozlari yerni geologik xaritalash, masofadan zondlab boshqarish, shuningdek atrof muhit holatini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Parvozlar barometrik balandlik oʻlchagich boʻyicha balandlikni doimiy ushlab turish yoki balandlikni aero suratga olish qoʻllanmasi asosida oʻzgartirish orqali kichik, oʻrta va katta balandliklarda amalga oshiriladi.
611. Aero suratga olish parvozlari belgilangan hududdagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi. Suratga olish yoʻnalishi, parvoz balandligi, yoʻnalishlar oʻrtasidagi oraliq masofaning kattaligi va parvozning boshqa oʻlchamlari buyurtmachi tomonidan beriladi.
11-§. Aerovizual parvozlar
612. Aerovizual parvozlar buyurtmachining havo kemasida kuzatuvchilari bilan obyektlarni vizual tekshirish va joydagi holatni vizual kuzatish (aloqa liniyalari, gaz-neft quvurlari, daryo, kanal avtomagistrallar, yovvoyi hayvonlarni qayta sanoq qilish va hokazolar) maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Parvozlar kichik va oʻrta balandliklarda amalga oshiriladi.
613. Aerovizual parvozlar VPQga binoan toʻsiqlar uzra 50 metrdan (165 futdan) kam boʻlmagan balandlikda amalga oshiriladi.
(613-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
614. Buyurtmachining kuzatuvchisi obyektni har tomonlama sinchiklab koʻzdan kechirishi uchun toʻsiqlar uzra 10 metrgacha (35 futgacha), yuqori voltli elektr uzatish tarmoqlarini koʻzdan kechirishda esa toʻsiqlar uzra 20 metrdan (70 futdan) kam boʻlmagan balandlikda parvozni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(614-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
615. Aerovizual parvozlar VPQga asosan yoʻnalish boʻyicha belgilangan hududda toʻsiqlar uzra 50 metrdan (165 futdan) kam boʻlmagan balandlikda amalga oshiriladi.
(615-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
616. Buyurtmachining kuzatuvchisi lokal obyektni, joy uchastkasini har tomonlama sinchiklab koʻzdan kechirishi uchun HKni toʻsiqlar uzra 10 metrgacha (35 futgacha), yuqori voltli elektr uzatish tarmoqlarini koʻzdan kechirishda esa toʻsiqlar uzra 20 metrdan (70 futdan) kam boʻlmagan balandlikkacha pastlashiga ruxsat etiladi.
(616-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
12-§. Oʻrmon aviatsiya ishlarida parvozlar
617. Oʻrmon ishlarida parvozlar quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) oʻrmonni aviatsiyada qoʻriqlash;
b) oʻrmonlarni tekshirish va hisobga olish;
v) oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlariga xizmat koʻrsatish.
618. Oʻrmonlarni aviatsion qoʻriqlash va tekshirish parvozlari tegishli hududda VPQ asosida amalga oshiriladi. Yongʻin aniqlangan hollarda kuzatuvchi-uchuvchi topshirigʻiga binoan, SʼHB organini xabardor qilgan holda, havodan turib tanlangan maydonchaga qoʻnishga ruxsat etiladi.
619. Yongʻinlar uzra parvozni amalga oshirishda yongʻinning chetroq qismida, daraxtlarning uchlari ustida, HK uchun 200 metrdan (660 futdan), vertolyotlar uchun 100 metrdan (330 futdan) past boʻlmagan balandlikkacha pastlashga ruxsat etiladi.
(619-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
620. Yongʻin oʻchogʻi ustida, shuningdek VPQda belgilangandan kam boʻlgan koʻrishdagi tutunli hududlardan uchish taqiqlanadi.
b) qattiq chayqalish holatlarida notekis togʻ yonbagʻirlariga 300 metrdan kam boʻlgan masofagacha yaqinlashish;
v) vimpelni tashlashni havo kemasi komandiri tomonidan shaxsan amalga oshirilishi;
g) eʼtiborni jalb etish maqsadida maʼlumotlarni qabul qilish punkti ustida xavfsiz balandlikdan pastda evolyutsiyani amalga oshirish.
622. Yongʻinni faol oʻchirish boʻyicha toʻkish moslamalaridan foydalanish, sunʼiy yogʻingarchilik chaqirish, parashutlarni qoʻllash, tushirish moslamalari, shuningdek yuklarni tashlash va portlovchi moddalarni yetkazish oʻrmon aviatsiya ishlari boʻyicha qoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
623. Oʻrmon aviatsiya ishlarida parvozlar aerovizual parvozlarning koʻp koʻrinishlaridan biri hisoblanadi.
624. Samoviy suratga olishlarni amalga oshirish uchun minimumlar, topshiriqni bajarish maqsadi va xarakteridan kelib chiqib, suratga olish parvozlari turlari boʻyicha qoʻllanma va ushbu Qoidalar talablariga asosan belgilanadi.
625. Suratga olish parvozlarini amalga oshirish uchun ob-havo minimumlari mazkur Qoidalarning 18-ilovasi jadvalida keltirilgan.
13-§. Uchuvchi tarkibni suratga olish ishlarini amalga oshirishga tayyorlash va ruxsat berish
626. Uchuvchi tarkib berilgan havo kemasi turida berilgan parvozlarga UTTD talablariga muvofiq tegishli nazariy va uchish tayyorgarlikdan oʻtgandan soʻng suratga olish ishlariga qoʻyiladi. Ekipaj trassadan tashqari parvozlar va havodan turib qoʻnish maydonchasini tanlashga qoʻyilgan boʻlishi lozim.
627. Uchish tarkibi suratga olish ishlari (parvozlari)ga qoʻyilishi uchun lozim boʻlgan, UTTD bilan belgilangan, uchish tayyorgarligi hajmi uchuvchi otryad komandiri tomonidan quyidagilarga asoslanib oshirilishi mumkin:
a) ekipaj har bir aʼzosining tayyorgarlik darajasi (bunday parvozlarni amalga oshirishda tajribaga egami yoki birinchi marta qoʻyilayaptimi);
b) suratga olish parvozlari orasida tanaffuslarning uzunligi;
v) oldindagi ishlarning murakkabligi darajasi va boshqa faktorlar.
14-§. Aerofoto suratga olish parvozlari
628. Aerofoto suratga olish parvozlari aerofoto suratga olish uskunalari bilan jihozlangan havo kemasida joyni suratga olish maqsadida amalga oshiriladi.
629. Aerofoto suratga olish uchastkasi ustidan parvoz belgilangan balandlikda, standart atmosfera bosimida 760 mm.sm.ust. (1013,2 mbar) bajariladi.
630. Uchastkadan uchastkaga uchish, shuningdek suratga olish balandligini oʻzgartirish SʼHB organi dispetcherining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
631. Aerofoto suratga olishni avtouchuvchini yoqqan holda bajarishda havo kemasi komandiri parvoz tartibi ushlab turilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlagan holda, avtouchuvchini boshqarishni aerofoto suratga oluvchi-shturmanga topshirishi mumkin.
15-§. Qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlarida parvozlar
632. Qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlarida parvozlarga quyidagilar taalluqlidir: qurilish konstruksiyalari, truba oʻtkazgichlarni montaj va qayta montaj qilish, yuklash-tushirish operatsiyalarini hamda vertolyot osilib turishi va koʻchishi bilan bogʻliq boshqa ishlarning bajarilishi.
633. Qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlarida parvozlar ushbu Qoidalar hamda ushbu ishlarni bajarishga ruxsat etilgan komandir-uchuvchi tarkib tomonidan ishlab chiqilgan va aviakorxona (aviakompaniya) rahbari tomonidan tasdiqlangan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarish yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
634. Qurilish-montaj va yuklash-tushirish ishlari VPQga muvofiq bulutlarning pastki chegarasi 150 metrdan (500 futdan) kam boʻlmaganida va koʻrish imkoniyatlari 2000 metrdan kam boʻlmaganida bajarilishi mumkin.
(634-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
635. Agar ob-havo prognozi qurilish-montaj va yuklash-ortish ishlarini bajarish minimumlariga mos boʻlmasa, unda ish bajarish hududidagi komandir-uchuvchi tarkibidagi shaxsga ekipajlarga parvozlarni boshlashga ruxsat berish huquqi beriladi, 2-klassga ega havo kemasi komandirlariga esa, agar haqiqiy koʻrish holati 3000 metrdan kam boʻlmasa, bulutlar pastki chegarasi 200 metr (660 fut) va undan ortiq boʻlsa, mustaqil ravishda parvozlar uchun qaror qabul qilish ruxsat etiladi.
(635-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
636. Aviatsiya ishlarini bajarishda (qurilish-montaj ishlari va yuklash-tushurish operatsiyalari qoʻnish maydonchasidan 2 kilometr radiusda bajarilayotganda) vertolyotlarga KHKda nazarda tutilgan aeronavigatsiya zaxirasi bilan, lekin kamida 30 daqiqaga yetadigan, yonilgʻi bilan parvozlarni bajarishiga ruxsat etiladi.
16-§. Transport-aloqa ishlarida parvozlar
637. Transport-aloqa parvozlari havo kemalarini aloqa uchun, yoʻlovchilarni, buyurtmachining yuklari va dastgohlarini tashish uchun foydalanadigan ilmiy va xoʻjalik tashkilotlarining turli ekspeditsiyalarga xizmat koʻrsatishi uchun amalga oshiriladi.
638. Transport-aloqa parvozlari Parvoz qoidalariga muvofiq kunduzi VPQ va UPQ, kechasi UPQ asosida MHY havo yoʻlaklari va belgilangan yoʻnalish boʻyicha bajariladi.
639. Yuklarni tashish havo kemasi fyuzelyajida va tashqi ilgaklaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tushirish havo kemasi parvozi chogʻida yoki qoʻnganida, shuningdek vertolyotlarda osilib turish tartibida, tashlash usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
640. Yuklarni tashlash parashutlar bilan yoki ularsiz amalga oshirilishi mumkin. Yuklarni parashutlarda tashlash 150 metrdan (500 futdan) kam boʻlmagan balandlikda amalga oshiriladi. HKlardan yuklarni parashutsiz tashlashga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
tekis joyda 25 metrdan (80 futdan) past boʻlmagan balandlikda;
tepalikli joylarda 50 metrdan (165 futdan) past boʻlmagan balandlikda;
togʻli joylarda 100 metrdan (330 futdan) past boʻlmagan balandlikda.
Yuklarni vertolyotlardan tashlashga har qanday geografik sharoitlarda ham 25 metrdan (80 futdan) kam boʻlmagan balandlikda tashlashga ruxsat etiladi.
(640-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
641. Vertolyotlarda tashqi ilgaklarida yuk bilan parvoz etish aholi punktlarini aylanib oʻtish orqali bajariladi.
642. 1-klass vertolyotlarida transport-aloqa parvozlari mazkur Qoidalarning 19-ilovasidagi jadvalda keltirilgan ob-havo minimumlarida bajariladi. VPQ boʻyicha bulutlar uzra parvoz ularning soni parvoz balandligidan 3-4 oktan (SCT) past boʻlmaganida ruxsat etiladi. Bunda bulutlarning yuqori chegarasidan havo kemasigacha boʻlgan oraliq masofa 300 metrdan (1000 futdan) kam boʻlmasligi lozim.
(642-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
643. Tashqi ilgakda tashilayotgan yuk quyidagi holatlarda tashlanishi kerak:
a) osilib turganda, agar dvigatel (dvigatellar) quvvatining maksimalidan foydalanilganda, vertolyot esa oʻz-oʻzidan pastlashadi;
b) chang (qor) koʻtarilishi holatlarida ekipaj yer bilan vizual aloqani yoʻqotganida;
v) vertolyot tezlik olishi yoki tormozlanishi paytida yuk yerga yoki toʻsiqqa tegishida;
g) yukning parvoz xavfsizligiga tahdid etadigan holda chayqalishida;
d) ilojsiz qoʻnish holatida yuk bilan qoʻnish imkoni boʻlmasa;
e) dvigatel (dvigatellar) boʻysunmay qolganida;
j) vertolyot komandiri qarori bilan boshqa holatlarda.
17-§. Dengiz kemasi va dengiz parmalash moslamasidan parvoz qilish
644. Dengiz kemasi va dengiz parmalash moslamasidan parvoz qilish ushbu Qoidalar va dengiz kemasi va DPM parvoz qilish yoʻriqnomasiga asosan faqat maxsus tayyorgarlik koʻrgan ekipaj bilan amalga oshiriladi.
645. Vertolyot dengiz kemasi bortidan joy olganidan keyin ekipaj dengiz floti kemasida xizmat nizomi qoidalarini bajaradi.
646. Dengiz kemasi bortidan joy olgan vertolyotda parvozlarni amalga oshirish kema kapitani topshirigʻi bilan amalga oshiriladi. Vertolyot komandiri uchish uchun qaror qabul qiladi va parvoz xavfsizligi uchun javobgar hisoblanadi.
647. Dengiz kemasidan parvozni bajarishda 2-klassdan kam boʻlmagan toifaga, vertolyotlarda mustaqil uchgan vaqti 2000 soatdan kam boʻlmagan havo kemasi komandirlari uskunalar orqali berilgan ob-havo haqida haqiqiy maʼlumotlar boʻlmaganida, maʼlum bir koʻz bilan aniqlangan ob-havoda quyidagi hollarda parvozni bajarish haqida qaror qabul qilishi mumkin:
a) koʻrish imkoniyatlari 5000 metrdan kam boʻlmagan, bulutlar pastki chegarasi balandligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilanganidan 100 metr (330 fut) baland boʻlganida;
(647-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
b) ob-havo prognozida shamolning kuchayishi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan va ushbu havo kemasi turi uchun HK PFQda belgilangan normalardan ortiq kuchayishi nazarda tutilmasa. Bunda vertolyot komandiri butun parvoz davomida ob-havoning oʻzgarishini kuzatib borishi va agar uning oʻzgarishi koʻrsatib oʻtilganidan yomonlashadigan taqdirda parvozni toʻxtatishi lozim.
Bunday ruxsat uchish otryadi komandiri tomonidan uchish topshirigʻiga yozib qoʻyilishi kerak.
648. Dengiz kemasidan parvoz ikki tomonlama barqaror radio aloqani va yoʻnalish ustidan dengiz kemasida oʻrnatilgan radio texnik vositalardan (RTV) foydalangan holda nazorat qilishni taʼminlaydigan uzoqlikkacha ruxsat etiladi.
649. DPMlardan parvoz belgilangan yoʻnalish boʻyicha ikki dvigatelli vertolyotlarda amalga oshiriladi. Qirgʻoqdan 30 km (16,2 d.mili) uzoqlikdagi va RTV bilan jihozlanmagan DPMdan parvoz qilish taqiqlanadi.
(649-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
650. Radiusi 2 km va undan kam boʻlgan hududda DPMlardan parvozlar ushbu hududda faqat bitta vertolyot boʻlishi lozim tarzida tashkil etiladi.
651. Parvoz oldi tayyorgarligi vaqtida havo kemasi ekipaji haqiqiy ob-havo holati maʼlumotlari, dengiz kemasi chayqalishi parametrlari, yoʻnalish boʻyicha va DPM hududida dengiz yuzasining holati haqidagi maʼlumotlar bilan taʼminlanadi. Shamol tezligi va chayqalish parametrlarining chegara normalari DPMda parvoz qilish yoʻriqnomasi bilan belgilanadi.
652. DPM va dengiz kemasida parvozlar VPQ boʻyicha koʻz koʻrishi 2000 metrdan va bulutlar pastki chegarasi balandligi 150 metrdan (500 fut) kam boʻlmagan ob-havo sharoitlarida amalga oshiriladi.
(652-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
18-§. Aholiga tibbiy yordamini koʻrsatish va sanitariya chora-tadbirlari oʻtkazish boʻyicha parvozlar
653. Sogʻliqni saqlash tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi parvozlar quyidagilarga ajratiladi:
a) zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish uchun amalga oshiriladigan shoshilinch parvozlar;
b) rejadagi maslahatlar uchun tibbiyot xodimlarini, tibbiy yuklarni yetkazish va boshqa sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq parvozlar.
654. Aholiga tibbiy yordamini koʻrsatish va sanitariya chora-tadbirlari oʻtkazish boʻyicha parvozlar buyurtmalarga binoan amalga oshiriladi va ushbu Qoidalar asosida bajariladi.
655. Parvozning ikkala yoʻnalishda ham shoshilinch bajarilishi darajasi boʻlim komandiri tomonidan buyurtmaga asosan parvoz topshirigʻida koʻrsatiladi.
656. Insonlar hayotini saqlab qolish bilan bogʻliq boʻlgan alohida holatlarda FA aviakorxonasi, boʻlimi komandiri tomonidan, ekipajning boʻysunuvida boʻlishidan qatʼi nazar, tibbiy yordamni koʻrsatish uchun parvozlarni, hujjatlarni keyinchalik rasmiylashtirish sharti bilan, yozma buyurtmasiz amalga oshirishga topshiriq berishga ruxsat etiladi. Bunda ekipajning ushbu parvoz topshirigʻini bajarish uchun tayyorgarligi nazarda tutilishi shart.
657. Sogʻliqni saqlash tashkilotlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha shoshilinch parvozlar, ob-havo minimumlarida mazkur Qoidalarning 20-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq, SʼHB organi bilan kelishgan holda havo trassalari, MHY va belgilangan eng qisqa yoʻnalishlarda bajariladi.
658. Sogʻliqni saqlash tashkilotlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha parvozlar kunduzi VPQ va UPQ, kechasi esa UPQ boʻyicha bajariladi. Maʼlum qilinishi mumkin boʻlmagan, alohida holatlarda, uchish boʻlimi komandiri, havo kemasining roziligi bilan oʻzining shaxsiy javobgarligida, keyinchalik oʻzi koʻrgan choralari haqida oʻzining bevosita boshliqlari va “Oʻzaviatsiya” agentligiga maʼlumot taqdim etish sharti bilan parvozlarni mazkur Qoidalarga, shuningdek uchish va ish vaqti normalariga boʻysunmagan holda tashkil etish huquqiga ega.
(658-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
659. Tungi parvozlar uchun jihozlanmagan aerodromlar va maydonchalardan shoshilinch uchishlar, tekislikda va tepalik joylarda, tong otishi bilan boshlash va qorongʻu tushguniga 30 daqiqa qolganida tugatishga, togʻli joylarda quyosh chiqishi bilan boshlash va quyosh botishi bilan tugatishga ruxsat etiladi.
660. Shoshilinch parvozlarni amalga oshirishda havo kemalariga tunda faqat tungi parvozlar uchun jihozlarga ega aerodromlarga yoki qoʻnish maydonchalariga qoʻnishga ruxsat etiladi.
661. Agar havo kemasining qoʻnishi kunduzi havodan turib tanlangan maydonchada amalga oshirilgan boʻlsa, kechasi undan uchishga faqatgina zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq oʻta zarur boʻlgan holatlarda ruxsat etiladi. Bunday holatda havo kemasi komandiri maydonchani yorugʻlik belgilari bilan jihozlash va xavfsiz uchishni amalga oshirishga tayyorlash choralarini koʻrishi lozim.
662. Kechasi va kunduzi shoshilinch parvozlarni amalga oshirishga UPQ boʻyicha parvozlarga qoʻyilgan, maxsus tayyorlangan ekipajlar (uchuvchilar) qoʻyiladi.
663. FA barcha aeroportlari (aerodromlari) tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha shoshilinch parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalariga xizmat birinchi navbatda koʻrsatiladi.
664. Shoshilinch parvozlarda havo kemalariga yoʻnalish davomida va qoʻnish nuqtasida ob-havoning haqiqiy holati haqidagi maʼlumotlarsiz, taxminiy prognoz boʻyicha uchishni bajarishga ruxsat etiladi.
665. Ilojsiz qoʻnish holatlarida ekipaj bemorlarni va tibbiy yukni yaqin atrofdagi kasalxonaga yetkazishi, boshqa havo kemasi qoʻnishi uchun joy tayyorlash boʻyicha choralar koʻrishi lozim.
19-§. Tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha parvozlar
666. Tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha parvozlar, agar parvozlarni bajarish texnologiyasi va qoidalari ushbu Qoidalar, HK PFQ va FA uchish ishlarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga zid boʻlmaganda ekspluatant tomonidan bajariladi.
667. Tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun parvozlar dasturi aviakorxona bilan kelishilgan va ilmiy (ilmiy ishlab chiqarish) tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
668. Tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun parvozlar kunduzi VPQ va UPQ, kechasi UPQ boʻyicha amalga oshiriladi.
669. Ishlarning ushbu turini bajarishga aviatsiya ishlarida kerakli tajribaga ega boʻlgan, koʻproq tayyorlangan ekipajlarga ruxsat etiladi.
670. Tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish uchun belgilanadigan ob-havo minimumlari ishning koʻrinishidan, havo kemasi turidan, aerodromning RTV vositalari bilan jihozlanganligi va uchuvchi tarkibning tayyorgarlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Ushbu holatda ekspluatatsiya minimumlari ushbu aerodrom uchun belgilangan minimumdan kam boʻlishi mumkin emas.
20-§. Parashutchilarni tashlash boʻyicha parvozlar
671. Parashutchilarni tashlash boʻyicha parvozlar ob-havoning aniq sharoitlarida qoʻllaniladigan parvozlarni amalga oshirish boʻyicha texnologiyalar, yoʻriqnomalar va mazkur qoidalarga muvofiq bajariladi. Bu parvozlar aviakorxona (aviakompaniya) boshqaruv-uchuvchi tarkibi tomonidan ishlab chiqiladi va rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
672. Uchuvchilar tarkibi parashutchilarni tashlash ishlariga havo kemasining mazkur rusumi boʻyicha Uchuvchilar tarkibini tayyorlash dasturining talablariga muvofiq tegishli nazariy, yerda va parvoz tayyorgarligi boʻyicha mashgʻulotlardan keyin ruxsat etiladi.
673. Parashutchilarni tashlash parvozlari kunduzi foydalanishga belgilangan tartibda qabul qilingan aerodromlar va uchish-qoʻnish maydonchalaridan koʻz bilan koʻrib parvoz qilish qoidalariga asosan bajariladi.
674. HKK uchishga qaror qilish vaqtida quyidagi chegaralanishlarni inobatga olishi shart:
a) bulutlar pastki chegarasining balandligi parashut bilan sakrashni bajarish balandligidan 100 metr (330 fut) baland boʻlishi kerak;
b) sakrashlarning minimal balandligi — 700 metr (2300 fut) boʻlishi kerak. 700 metrdan (2300 futdan) past boʻlgan balandlikdan sakrash har bir alohida hollarda faqat sakrashlar boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Ruxsatlar “HKK maʼlumotlar jurnali”da rasmiylashtiriladi.
(674-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
675. Parashutchilar guruhining barcha aʼzolari HK komandirining boshchiligida, buyurtmachi vakilining ishtirokida texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqdan oʻtishlari zarur. Texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqning oʻtkazilishi “HKK maʼlumotlar jurnali”da qayd etiladi. Texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqdan oʻtmagan hollarda parvozlar taqiqlanadi.
21-§. Aviatsiya ishlari parvozlarni bajarilishini nazorat qilinishini taʼminlashning xususiyatlari
676. Aviatsiya ishlari boʻyicha parvozlarni tashkillashtiruvchi komandir-rahbar tarkib va FA aviakorxonalari (aviakompaniyalari) xizmatlari, boʻlimlari, qismlari bazadan uchishda:
a) ishni ushbu qoida, havo kemasi HK PFQ, ish turlari boʻyicha tegishli qoʻllanmalar asosida tashkillashtirishni;
b) ekipajga normal maishiy sharoitlar va dam olishini yaratishni;
v) ekipaj ishi yuzasidan muntazam nazoratni taʼminlaydilar.
677. Muntazam nazorat quyidagilarga nisbatan tashkil etiladi:
a) xavfsizlik maqsadlarida parvoz qoidalarini bajarilishi va tezkor maʼlumot, shuningdek parvozlarni tartibga soluvchi koʻrsatmalarni barcha havo kemalari ekipajlariga oʻz vaqtida yetkazilishi;
b) ishlarni bajarish texnologiyasiga rioya etish;
v) havo kemalarining belgilangan normalarga muvofiq sozligi va butlanganligi;
g) aerodromlar (vertodromlar), qoʻnish maydonchalari va ularning uskunalari holati va parvozlarga yaroqliligi;
d) tezkor parvoz rejasi bajarilishi.
678. Nazorat qilishdan maqsad kamchiliklarni bartaraf etish va aviatsiya ishlarining barcha koʻrinishlari boʻyicha ishlarni tashkil etish, taʼminlash va bajarishni yoʻriqnomalar va texnologiyalar talablariga muvofiqlashtirish hisoblanadi.
22-§. Vertolyotlarda parvozlar
679. Vertolyotlarda yoʻlovchilarni tashish maqsadida parvozlar aerodromlarga (qoʻnish maydonchalariga) qoʻnish bilan bajariladi.
680. Pochtani, yuklarni tashishda, shuningdek aviatsiya ishlarini bajarishda (shu jumladan xizmat yoʻlovchilari va buyurtmachi yoʻlovchilarini tashish) havodan turib tanlangan maydonchaga qoʻnish uchun ruxsat etiladi.
681. Togʻ choʻqqilarida, oraligʻida, yonbagʻrida, bino tomida, koʻtarilgan platformalarda, dengiz (daryo) kemasi palubasida, suzuvchi parmalash moslamalarida jihozlangan vertodrom yoki qoʻnish maydonchalaridan parvozlar ushbu Qoidalar, HK PFQ va vertodrom yoki har bir turdagi maydonchada parvozni amalga oshirish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
682. Bir vaqtning oʻzida samolyotlar va vertolyotlar foydalanadigan aerodromlarda vertolyotlarning alohida starti uchun maxsus jihozlangan maydonchalar boʻlishi mumkin.
683. Samolyotlar va vertolyotlarning birgalikdagi parvozlarini tashkil etish mazkur aerodromda parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tartibga solinadi.
684. VPQ boʻyicha uchishga qaror qabul qilinganida, havodan qoʻnish maydonchasini tanlash huquqi bilan parvozlarga qoʻyilgan vertolyot komandiriga buyurtmachining parvozlarni amalga oshirish yoʻriqnomasiga ega boʻlgan qoʻnish maydonchalarini zaxira qoʻnish maydonchalari sifatida foydalanishga ruxsat etiladi.
685. Vertolyot dvigateli (dvigatellari) ishga tushirishdan oldin, aylanadigan parragiga qator boʻlib tortilib ketadigan buyumlar parrak chetlaridan kamida bir parrak diametri doirasida uzoqlikka olib qoʻyilishi kerak.
686. Dvigatelni (dvigatellarni) aylanuvchi tizim bilan birgalikda qoʻshish va sinab koʻrish faqat kema komandiriga ekipaj tarkibi toʻliq boʻlgan holda ruxsat etiladi. Bogʻlab mustahkamlab qoʻyishga maxsus jihozlangan maydonchalarda, shuningdek dengiz (daryo) kemalari palubalarida ishonchli bogʻlab qoʻyish taʼminlanganida, dvigatelni (dvigatellarni) aylanuvchi tizim bilan birga qoʻshish va sinab koʻrishga vertolyot komandiriga, shuningdek bort-mexanik va maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va bunga ruxsati boʻlgan MAX shaxslariga ruxsat etiladi.
687. Vertolyot yer ustida boshqarilganda, aylanuvchi vintlar parraklarining uchidan toʻsiqqacha boʻlgan minimal masofa aylanuvchi vint diametrining yarmidan kam boʻlmasligi kerak.
688. Dengiz (daryo) kemasi palubasida, koʻtarilgan platforma va boshqa maxsus maydonchalarda joylashgan vertolyotning aylanuvchi vintlar parraklari uchidan toʻsiqqacha boʻlgan minimal masofa har bir rusumdagi maydonchadan parvozlar bajarish yoʻriqnomalari bilan tartibga solinadi va shu maydonchalar konstruksiyalari bilan taʼminlanishi kerak.
689. Har bir koʻtarilishdan oldin vertolyot sardori tortish zaxirasi, ogʻirlik markazining joylashishi, boshqaruv organlarining sozligini va koʻtarilish uslubini tekshirish uchun havoda nazorat tartibida muallaq turishini bajarishi kerak. Muallaq turish balandligini koʻtarilish uslubi va bajariladigan ishlar turiga qarab vertolyot sardori belgilaydi.
690. AKIda parvoz qilganda, shuningdek oʻquv-mashq parvozlar bajarilganda, nazorat muallaq turish parvozlardan oldin va har safar yonilgʻi quyilganidan keyin amalga oshiriladi. Nazorat muallaq turishdan keyin yerga qoʻnish shart emas.
691. Muallaq turganda, 10 metrgacha (35 futgacha) balandlikda koʻchilganda, vertolyot koʻtarilayotganda va qoʻnayotganda aylanuvchi vintlar parraklarining uchidan boʻlgan masofa kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
(691-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
a) havo kemalarigacha — vint diametridan ikki marta katta;
b) boshqa toʻsiqlargacha — vint diametridan ikki marta kichik, biroq kamida 10 metr;
v) dengiz (daryo) kemasi palubasida, koʻtarilgan platforma va boshqa maxsus maydonchalar ustida joylashgan toʻsiqlargacha — mazkur rusumli vertolyot uchun maydonchalar markirovkasiga muvofiq.
692. Agar gruntning holati yoki vertolyot konstruksiyasi qayrilishni bajarishga yoʻl bermasa, harakatlanish 10 metr (35 fut) boʻlgan balandlikda bajariladi.
(692-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
693. Muallaq turish va 10 metrgacha (35 futgacha) balandlikda parvoz qilish vertolyot sardorining minimumiga bogʻliq ravishda koʻrish masofasi 500 metrdan kam boʻlmaganda va bulutlar balandligi 50 metrdan (165 futdan) past boʻlmaganda ruxsat etiladi.
(693-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
694. Vertolyot turgan joyidan uchishiga yoki qoʻnishiga quyidagi shartlarda ruxsat etilishi mumkin:
a) vertolyot boshqa havo kemalari uchishi yoki qoʻnishiga xalal bermasa;
b) ushbu Qoidalarning 691-bandi talablari bajarilsa;
v) aylanuvchi vintlar yerdagi moʻljallar bilan vizual aloqani yoʻqotib qoʻyilishiga sabab boʻladigan chang-toʻzon koʻtarilishiga olib kelmasa.
695. Balandlikka koʻtarilayotganida va qoʻnishga kirishda toʻsiqlar ustidan 10 metrdan (35 futdan) kam boʻlmagan balandlikda, HK ustidan esa aylanuvchi vintning ikki diametridan kam boʻlmagan balandlikda uchib oʻtishga ruxsat etiladi.
(695-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
696. Havodan turib tanlangan, yuzasi hali nomaʼlum boʻlgan maydonchaga qoʻnish uni yerda koʻzdan kechirilgandan, uning qoʻnishga yaroqliligi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi. Maydonchani koʻzdan kechirish va baholash ekipaj aʼzolaridan biri yoki maxsus tayyorlangan MAX xodimi tomonidan bajariladi. Ekipaj aʼzolaridan birini tushirish osilib turish tartibida amalga oshiriladi, vertolyotni qoʻnishi esa uning ruxsati va ishorasiga asosan amalga oshiriladi.
697. Qoʻnish imkoniyati boʻlmagan taqdirda vertolyotni yuklash yoki yuklarni tushurish mazkur vertolyot turining HK PFQga ekipaj aʼzolaridan birining yoki maxsus tayyorgarlik koʻrgan MAX xodimining rahbarligi ostida osilib turish tartibida bajariladi.
698. Havo yostiqchasi taʼsiridan tashqari hududda vertolyotning osilib turish tartibini qoʻllashni talab etadigan ishlar, shuningdek havoda turib tanlangan, murakkab relyefli yoki qor (chang) toʻzoni koʻtarilishi mumkin boʻlgan maydonchalarga qoʻnish yoki ulardan uchish, havo yostiqchasi taʼsir etmaydigan hududda osilib turish tartibida manyovr qilish imkonini beradigan parvoz massasi bilan bajarilishi lozim.
699. Qoʻnish maydonchasida qor (chang) mavjud boʻlganida qor (chang) toʻzoni yuzaga kelishini kamaytiradigan yoki yuzaga kelishini istisno etadigan choralar koʻrilishi shart.
700. Uchishda osilib turishdan oldin qor (chang) toʻzoni hosil boʻlgan hollarda, ekipaj yerdagi moʻljallarning qatʼiy koʻrinishi paydo boʻlguniga qadar qor (chang) toʻzonini aylanayotgan vintdan haydashi lozim.
701. Qor (chang) qoplagan maydonchaga qoʻnishda osilib turish havo yostiqchasi taʼsir etmaydigan hududda amalga oshiriladi. Pastlashni davom ettirishga va qoʻnishni amalga oshirishga yerdagi moʻljallar bilan doimiy aloqa boʻlgan taqdirda ruxsat etiladi.
702. Osilib turganda moʻljallarni koʻrish yoʻqolgan taqdirda ekipaj vertolyotni toʻzondan yuqoriga olib ketishi lozim. Qor (chang) toʻzonida yerdagi moʻljallarni koʻrish imkoniyati boʻlmaganida osilib turish, uchish va qoʻnish taqiqlanadi.
703. Vertolyotning suv yuzasi ustida osilib turishi kamida aylanadigan vintning bir diametri balandligida amalga oshirilishi mumkin. Balandlik radiobalandlik oʻlchagich bilan yoki suv yuzasida suzib yurgan buyumlarga vizual chama bilan aniqlanadi.
704. Suvdagi odamlarga yordam koʻrsatishda ularni aylanayotgan vint oqimi bilan urmaslik va suzish vositalaridan tushirib yubormaslik uchun odamlarni bortga olishda pastlash va osilib turish vertikal holatda bajariladi.
705. Parvoz chogʻida minimumdan past ob-havo sharoitlari va xavfli meteo hodisa tufayli vertolyot komandiriga havodan turib tanlangan maydonchaga qoʻnishga ruxsat etiladi. Ushbu maydonchadan uchishga vertolyot komandiriga haqiqiy ob-havo sharoiti minimumlarga muvofiq boʻlganida ruxsat etiladi. Vertolyot komandiri oʻzining harakatlari toʻgʻrisida SʼHB organini ogohlantiradi.
706. UQY qismida, koʻrishni minimum belgidan ham yomonlashtiradigan, meteohodisa yoki ishlab chiqarish tutuni mavjud boʻlganida, vertolyot komandiriga SʼHB organi dispetcheri bilan kelishilgan holda UQYning meteosharoit belgilangan minimumlarga mos keladigan qismida qoʻnish va uchish uchun ruxsat etiladi. Ushbu holatlarda parvoz xavfsizligi uchun javobgarlik vertolyot komandiri zimmasida boʻladi.
707. Togʻli joyda parvozlar yoʻnalishi jarlik boʻylab amalga oshirilishiga ruxsat etiladi, bunda jarlikning parvoz balandligidagi minimal kengligi 500 metrdan kam boʻlmasligi va lozim boʻlgan taqdirda 180 darajaga qayrilish imkonini taʼminlashi lozim. Qayrilishlarni amalga oshirishda aylanuvchi vint parraklari uchidan togʻ qoyasigacha boʻlgan masofa 50 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
23-§. Xavfsizlik talablari
708. Ekipaj aʼzolari va yerdagi xizmat koʻrsatuvchi tarkib (aviatexniklar, zaharli kimyoviy vositalarni yuklovchilar va boshqalar) tomonidan oʻz funksional vazifalarini bajarishlarida quyidagi asosiy xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlari noqulay taʼsir etishi mumkin:
a) harakatlanayotgan havo kemasi, maxsus avtotransport va oʻzi yurar mexanizmlar;
b) samolyot va vertolyotlarning aylanayotgan va havo vintlari;
v) aviadvigatel (aviadvigatellar) ishlab chiqargan gazlar oqimi va ularga tushib qolgan buyumlar (toshlar, qum va boshqalar);
g) yuqori sirpanchiq (samolyot, toʻxtash joyi, bort trapi va aerodrom yuzasining yumshab qolishi va yogʻlanib ketganligi oqibatida);
d) havo kemasi va uning uskunalarining chiqib turgan qismlari (havo vinti, antennalarning oʻtkir uchlari, yopilmay qolgan lyuk va lyukchalarning chetlari va boshqalar);
e) aerodrom yuzasidagi buyumlar (shlang, kabel, yerdagi trosslar va mahkamlash moslamalari);
z) havoning yuqori darajada changlashishi va ifloslanishi (ayniqsa sochilib ketadigan va suyuq zaharli ximikatlarni yuklashda);
i) toʻkilgan YOMM va zaharli suyuqliklar;
k) shovqin va vibratsiyaning yuqori darajasi;
l) jismoniy va ruhiy emotsional ortiqcha yuklar;
m) yongʻin va portlashning xavfli faktorlari.
709. Aviatsiya xodimlariga xavfsizlik talablari XK ekspluatanti tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksinig 9-bobi.
24-§. Tezkor aerodromdagi (maydonchadagi) ishlarga jalb qilinadigan yerdagi xodimlar (ishchilar — yuklovchilar, transport vositalari haydovchilari, signalchilar va qorovullar) ishiga nisbatan xavfsizlik talablari
710. Ish boshlashdan oldin jamoaning barcha aʼzolari (ishchilar — yuklovchilar, transport vositalari haydovchilari, signalchilar, qorovullar) ular tomonidan oʻz vazifalarini bajarishlari, ximikatlarni yuklash, ishlatilayotgan uchastkada signalizatsiyani qoʻllash, havo kemalarini qorovullik qoʻriqlanishi qoidalari, shuningdek texnika xavfsizligi qoidalariga va samolyot (vertolyot) oldida ishlashda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi toʻgʻrisida maxsus jurnalga imzo chekkan holda yoʻl-yoʻriq oladilar.
711. Yoʻl-yoʻriq KHK yoki uning koʻrsatmasiga asosan aviatexnik tomonidan buyurtmachi ishtirokida oʻtkaziladi. Agar jamoa ishchisi qandaydir sabab bilan yoʻl-yoʻriq olishga kelolmasa, buyurtmachi vakili uni almashtirish choralarini koʻradi. Ishchilar yoʻl-yoʻriq olmasdan turib HK xizmat koʻrsatishga qoʻyilmaydi.
712. Ximikatlarni tayyorlash va ularni havo kemasiga ortish boʻyicha ishlarni tashkil etishga javobgar (katta yuklovchi) aviatexnikning barcha koʻrsatmalarini bajaradi.
713. Har bir yuklovchining havo kemasi oldidagi ishchi oʻrinlari va aniq vazifalari yuklash ishlari boʻyicha katta ishchi bilan birgalikda aviatexnik tomonidan belgilanadi.
714. Havo kemasiga zaharli ximikatlarni yuklashda havo kemasi qoplamasi va kabinasiga tushishini oldini olish uchun juda ehtiyotkorlik bilan, xodimlar zaharli ximikatlar taʼsirida boʻlishi vaqtini qisqartirish va havo kemasi yuklangan holda turishi vaqtini minimumlargacha kamaytirish maqsadida minimal qisqa muddatda amalga oshirish lozim boʻladi.
715. An-2 samolyotiga suyuq ximikatlar yuklash dvigatelning kichik aylanmalarida bajarilishiga ruxsat etiladi, sochiluvchan ximikatlar yuklanishida dvigatel oʻchirilgan boʻlishi shart.
716. Mi-2 va K-26 vertolyotlariga suyuq ximikatlar yuklashda aylanuvchi vintlari toʻxtatilmasligi mumkin, changsimon ximikatlar yuklashda esa vintlar toʻxtatiladi.
717. Yuklovchilar har kuni ish tamom boʻlganidan soʻng havo kemasini, maxsus apparaturalarni va yuklash mexanizatsiyasi vositalarini ximikatlar qoldiqlaridan tozalaydilar va lozim boʻlgan taqdirda suv bilan yuvadilar, aerodrom uskunalari va yuklash maydonchasini tartibga keltiradilar, ximikat qoldiqlarini omborga olib qoʻyadilar.
718. Haydovchi (traktorchi):
a) oʻziyurar (harakatlanuvchi) yuklovchi (transport) vositasini boshqarishga ruxsatnomaga (guvohnomaga) ega boʻlishga;
b) ishini faqat qoʻllanilishi orqali ishchi jamoa va havo kemasi xavfsizligi taʼminlanadigan, shuningdek ximikatlarni yoʻqotilishiga yoʻl qoʻymaydigan yoʻnaltiruvchi qoʻlqoplar bilan jihozlangan soz holdagi yuklovchi (moslamalar) bilan bajarishga;
v) havo kemasiga yaqinlashish va aerodromda harakatlanish faqat belgilangan tartibda aviatexnik ruxsati bilan bajarishga;
g) oʻziyurar (harakatlanuvchi) yuklovchi (transport) vositalarini ishlab turgan dvigateli bilan qoldirmaslikka majbur.
719. Yuklovchini (moslamani) havo kemasiga 50 sm.dan kam boʻlgan masofagacha yaqinlashtirish, shuningdek yuklovchining yuklash boʻyinchasini (transportyorni) havo kemasi baki uzra 30 sm.dan yaqin boʻlgan joyga oʻrnatish taqiqlanadi.
720. Signalchi — ishchi:
a) KHK ishlanayotgan uchastka ustidan toʻgʻri liniyali parvozni amalga oshirishi uchun aniq va toʻgʻri signallar berilishini taʼminlashga;
b) doim havo kemasi va purkovchining ishlashini kuzatib turishga;
v) samolyot unga 250—300 metr oraligʻida, vertolyot esa 70—100 metr oraligʻida yaqinlashganda, agar haydash butun uzunlik boʻyicha ishlangan boʻlsa, yangi joyga oʻtishi shart.
721. Signalchiga:
a) ishora bayrogʻini yer yuzasidan 3 metr balandlikka koʻtarish;
b) ochiq maydonlarga ishlov berilganida ishora qilish uchun tuproq uyumiga, balandlikka, mashina ustiga va boshqa baland joylarga chiqib olish;
v) ishlov berilayotgan joyga begona shaxslarni kirgizish taqiqlanadi.
722. Aviaximiya ishlari bajarilishi davomida havo kemalari, aerodrom jihozlari va yonilgʻi moylash materiallarini qoʻriqlash uchun uzluksiz qurolli qorovullik joriy etiladi.
723. Qorovul:
a) yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etishi;
b) havo kemalari toʻxtash joyida oʻt oʻchiruvchi vositalar (qum, kurak, oʻt oʻchirgich) mavjud boʻlishini nazorat qilishi;
v) havo kemalari toʻxtash joyini toza (yongʻin xavfsizligi nuqtai-nazaridan) saqlashi;
g) havo kemasi va yonilgʻi moylash mahsulotlari omboriga 50 metrgacha yaqinlikda chekishga yoʻl qoʻymasligi;
d) havo kemasi komandiri yoki aviamexanik ruxsatisiz begona shaxslarni samolyot (vertolyot), shuningdek aerodrom, YOMM ombori, ximikatlarni tayyorlash amalga oshiriluvchi yuklash maydonchasi yaqiniga keltirmasligi;
e) chorva mollarini aerodrom (maydoncha) hududida boqish yoki haydab oʻtish, shuningdek transportni aerodrom (maydoncha) orqali oʻtishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
724. Aerodromda belgilangan tartibga zid biror-bir holat aniqlangan taqdirda yoki yongʻin yuz berganida qorovul zudlik bilan qoʻriqlash uchun qabul qilib olgan qimmatliklarni saqlash choralarini koʻrishi va havo kemasi komandiri, aviatexnik va xoʻjalik rahbariga xabar qilishi shart.
XIV. Umumiy maqsadlardagi aviatsiya parvozlari
1-§. Umumiy qoidalar
725.Umumiy maqsadlardagi aviatsiyaga (UMA) begʻaraz asoslarda parvozlarni amalga oshiruvchi (tijorat havoda tashish va tijorat maqsadlarida maxsus aviaishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan) fuqaro havo kemalari kiradi. UMA havo kemalari katta, uncha katta boʻlmagan (yengil), juda yengil va oʻta yengil boʻlishi mumkin.
726. Umumiy maqsadlardagi aviatsiya fuqaro aviatsiyasi tarkibiga kiradi.
727. Havo kemalaridan begʻaraz maqsadlarda ekspluatant aeroklublar, uchish va texnik markazlar, tashkilotlar, havo kemalarining individual egalari UMA ekspluatantlari hisoblanadi.
728. Xalqaro standartlarga (Xalqaro fuqaro aviatsiyasi Konvensiyasiga 6-ilova II-qismi (1944-y.) muvofiq, umumiy maqsadlardagi aviatsiya fuqaro havo kemalari parvozlari tijorat aviatsiyasi fuqaro havo kemalari parvozlariga nisbatan quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:
a) kamroq tajribali va pastroq malakali ekipaj tomonidan;
b) ishonchliligi kamroq uskunalar bilan;
v) qatʼiyligi sustroq boʻlgan standartlarga muvofiq;
g) uchuvchi ekipaj, yoʻlovchilar va yerdagi shaxslar uchun koʻproq afzal boʻlgan xavfsizlik darajasini taʼminlagan holda, koʻproq erkin harakatlanish bilan.
729. Umumiy maqsadlardagi aviatsiya parvozlarini amalga oshirishda havo kemasi ekspluatatsiyasi uchun javobgarlik havo kemasi komandiri zimmasiga, tijorat havo tashuvlarida — ekspluatant zimmasiga yuklanadi.
2-§. Umumiy maqsadlardagi aviatsiya parvozlari qoidalari
730. Oʻzbekiston Respublikasi FAda tijorat aviatsiyasi uchun ham umumiy maqsadlardagi aviatsiya uchun ham parvozlar bajarilishi xavfsizligi, jumladan havo kemalariga nisbatan talablar (ularning jihozlari va uskunalari, uchishga yaroqliligini saqlash), HK komandiri va ekipajning boshqa aʼzolarini parvozlarga tayyorlash va qoʻyishga nisbatan, parvozlarga tayyorgarlik va ularni bajarishga nisbatan, shuningdek parvozlarni taʼminlashning barcha turlariga nisbatan umumiy parvoz qoidalari belgilangan. Ushbu talablar paraplanlar, deltaplanlar, motodeltaplanlar va motoparaplanlar ekspluatantlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(730-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 11-yanvardagi 106-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-9, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son)
XV. Oʻta yengil havo kemalarida parvozlarni bajarish xususiyatlari
731. Oʻta yengil havo kemalari (OʻYEHK)ga quruqlikda uchish variantidagi ogʻirligi 450 kg.dan ogʻir boʻlmagan (qoʻshimcha jihozlar oʻrnatilgan holda yoki gidrovarianti 495 kg.dan ogʻir boʻlmagan) oʻta yengil uchish apparatlari (kichik samolyotlar, deltalyotlar) kiradi.
(731-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 11-yanvardagi 106-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-9, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son)
732. OʻYEHK tijorat maqsadlarida ham begʻaraz asoslarda ham foydalanilishi mumkin. Davlat roʻyxati tanish belgilariga ega, uchish ekspluatatsiyasiga yaroqli va SʼHB organlari bilan aloqa vositalariga ega OʻYEHK parvoziga ruxsat etiladi.
733. OʻYEHK bortida uchish ekspluatatsiyasi boʻyicha qoʻllanma yoki boshqa bir ekspluatatsiya cheklovlariga oid hujjat boʻlishi lozim.
734. Havo kemasining bortida uchuvchining parvozni boshqarish qoʻllanmasi oʻrniga uchishga tayyorlash yoki aniq bir havo kemasida parvozni amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ham boʻlishi mumkin.
2-§. Uchuvchi havo kemasidan foydalanish qoʻllanmasiga qoʻyiladigan talablar
735. Uchuvchiga foydalanish boʻyicha beriladigan qoʻllanma UHKning umumiy kattaliklari, uning tuzilishi, oddiy va favqulodda holatlardagi uchuvchining harakat tartibi, parvoz-texnik imkoniyatlari (oddiy, noqulay ob-havo sharoitlari, jumladan yomgʻir, qor, yondan esuvchi shamol va h. k.) aniq va batafsil koʻrsatilishi lozim Bu uchuvchining havo kemasini xatarsiz boshqarishini taʼminlaydi.
736. Uchuvchining foydalanish qoʻllanmasi parvozlarni nazorat qilish boshqarmasi orqali tasdiqlanmagan boʻlsa, u holda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan uchuvchiga lozim boʻlgan axborotlar bilan taʼminlanishi talab etiladi.
(736-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
737. Uchuvchining foydalanish qoʻllanmasida UHKni parvozni amalga oshirish usullari, qoidalar, mashinaga texnik xizmat koʻrsatish, yonilgʻi va moy quyish talablari koʻrsatiladi.
738. UFQda UHKdan foydalanishda qoʻllanadigan chegaralovchi kattaliklar, texnik uskuna va jihozlardan xatarsiz foydalanish tartibi, aynan shu havo kemasida (oddiy parvoz, aviatsiya orqali bajariladigan ishlar, figurali va boshqa turdagi) parvozlarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtiladi.
739. Qoʻllanmada parvoz paytida bajariladigan manyovrlarni amalga oshirish tezligi, tezlik chegaralari, eng yuqori tezlik, markazlashtirish, yonilgʻi (turi, choʻkindi, eng yuqori va kamlik zaxirasi, sarflash normasi, ishlatilmaydigan qoldiq) harakatlantiruvchi mexanizmning kuchi, kattaliklari, eng balandlik chegarasi, aerodrom (maydon)ning hajmi va boshqa chegaralanishlar koʻrsatiladi.
3-§. Uchuvchi havo kemalarida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma
740. Oʻta yengil havo kemalari (OʻYEHK)dan tijorat maqsadlarida hamda pul toʻlamaslik asosida foydalanuvchi ekspluatantlar aviatsiya maʼmuriyati bilan kelishilgan Parvozlarni amalga oshirish qoʻllanmasiga (yoki MAIlarni bajarishda aviatsiya texnikasini ishlatish qoʻllanmasiga) ega boʻlishi zarur. Bu qoʻllanmalarda quyidagilar boʻlishi kerak:
a) parvozlarni bajarishga taalluqli boʻlgan xodimlarning umumiy vazifalari bayon qilingan yoʻriqnoma;
b) har bir bajariladigan parvoz uchun uchuvchilar ekipaji tarkibi, shu jumladan, havo kemasini boshqarish va parvoz vaqti davomida uning xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan ekipaj komandiri;
v) uchuvchilar ekipaji aʼzolari uchun bir yoki bir necha parvozlarni bajarish vaqtida yuzaga keluvchi charchash holatlari parvoz xavfsizligiga xavf tugʻdirmaydigan boʻlishi uchun yetarli darajada dam olish, uchish va parvoz qilish vaqti normalari;
g) parvozda va avariya holatlarida harakat qilish tartibi, shu jumladan ekipajning har bir aʼzosining parvoz vaqtida va avariya holatlaridagi vazifalarining bayoni;
d) avariya va qutqaruv jihozlarining asosiy roʻyxati, shuningdek ulardan foydalanish yoʻriqnomalari;
e) aviatsiya maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadigan minimal absolyut parvoz balandligini aniqlash usullari;
j) har bir aerodrom (vertodrom, uchish-qoʻnish maydonchalari va h. k.) uchun asosiy yoki zaxira sifatida foydalanish mumkin boʻlgan ekspluatatsiya minimumlari;
z) aloqani va havo harakatini boshqarish organi dispetcherini doimiy eshitib turish (agar imkoni boʻlsa), ikki tomonlama va shuningdek boshqa havo kemalari bilan aloqada boʻlish uchun radiochastotalardan foydalanish;
i) OʻYEHK bortida boʻlishi kerak boʻlgan navigatsiya va radiojihozlarning roʻyxati;
k) parvozning barcha sharoitlari, shu jumladan yoʻnalishda dvigatel (dvigatellar)ning toʻxtab qolishi ehtimolini inobatga olgan holda baklarda mavjud boʻlishi zarur boʻlgan yonilgʻi va moylarning hajmini hisobga olish boʻyicha aniq yoʻriqnoma;
l) biror uskuna, jihoz yoki tizimning ishdan chiqish hollarida parvozni davom ettirish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishga imkon beruvchi maʼlumot;
m) har bir parvozda ekspluatant zarur deb hisoblagan aloqa, navigatsiya, aerodromlar (uchish-qoʻnish maydonchalari) va boshqa vositalar toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar;
n) kisloroddan foydalanish shartlari, agar bunday sharoitlar yuzaga kelsa;
o) aviatsiya hodisalariga guvoh boʻlgan havo kemasi komandirlarining harakat qilish tartibi, shuningdek tirik qolganlar tomonidan ishlatiluvchi “yer-havo” koʻz bilan koʻrish (vizual) signallari;
p) asirga olingan uchish apparatlari uchuvchilarining harakat qilish tartibi, shu jumladan ularning asirga oluvchi va asirga olingan havo kemalari tomonidan foydalanilishi uchun koʻz bilan koʻrish (vizual) signallarini bilishi;
r) yuklar (shu jumladan xavfli yuklar)ni tashish boʻyicha, shuningdek avariya holatlaridagi harakatlarni oʻz ichiga olgan maʼlumot va yoʻriqnomalar;
s) avariya holatlarida OʻYEHKlaridan evakuatsiya qilish (tashlab chiqish) qoidalari;
t) bortda yoʻlovchilar boʻlgan vaqtda yonilgʻi quyish qoidalari, agar bunday zaruriyat yuzaga kelsa;
u) aviatsiya xavfsizligi, noqonuniy aralashish harakatlarining oldini olish;
f) mehnat xavfsizligi, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi xavfsizlik.
4-§. OʻYEHK ekipaji aʼzolari (aʼzosi)ni tayyorlash dasturi
741. OʻYEHK ekspluatanti “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan Yerda va parvozda ishtirok etuvchilarni tayyorlash boʻyicha dastur ishlab chiqadi va parvozda ishtirok etuvchi har bir ekipaj aʼzosini tayyorlaydi, ularning lozim darajada tayyor ekanliklarini kafolatlaydi.
(741-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
742. OʻYEHK ekspluatanti uchuvchi mutaxassislarning tayyorgarlikdan oʻtish sarf-xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.
743. Tayyorgarlik dasturida ekipaj aʼzolarining hamkorlikdagi, falokatli holatlar, favqulodda vaziyat, yongʻin, harakatlantiruvchi qism, tizimlar ishdan chiqqan vaqtlardagi harakatlari oʻquv jarayoniga kiritiladi. Tayyorgarlik dasturiga, shuningdek xavfli yuklarni tashish qoidalari ham kiritiladi.
744. Parvozni tashkil etuvchi har bir aviatsiya mutaxassisini oʻqitishda uning turli xatarli vaziyatlar sharoitidagi harakatlari uchun javobgarligi va boshqa mutaxassislar bilan oʻzaro bogʻliqligi inobatga olinadi.
745. Mutaxassislarni tayyorlash dasturi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilanadi va tayyorgarlik darajasi imtihon bilan baholanadi.
(745-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
5-§. OʻYEHKning uchuvchi xodimlari malakalarini tekshirish
746. OʻYEHK ekipaj aʼzolarining malakalarini tekshirish ekspluatant tomonidan amalga oshiriladi.
747. Malakalarni tekshirish ekspluatant tayinlagan yoʻriqchi-uchuvchi yoki “Oʻzaviatsiya” agentligi vakili tomonidan amalga oshiriladi.
(747-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
748. Uchuvchilarning malakalarini tekshirish bir yilda ikki marotaba, oraliq olti oydan oshmagan holda amalga oshiriladi.
749. Agar uchuvchi 12 oy mobaynida parvozga chiqmagan boʻlsa, uning malakasi ekspluatant tomonidan quyidagi dastur asosida qayta attestatsiyadan oʻtgandan soʻng mustaqil vazifa beriladi:
a) yoʻnalish boʻylab joylar va eng past balandlikni hamda asosiy va zaxira aerodromlarni bilish;
b) mavsumdagi metereologik sharoitni bilish;
v) OʻYEHKga texnik xizmat koʻrsatish qoidalari;
g) radio aloqa oʻrnatish tartibi va havo navigatsiyasi;
d) izlash va qutqarish qoidalari;
e) aholi zich joylar ustidan parvoz, mavjud toʻsiqlar, joylar topografiyasi, xabar beruvchi yorugʻlik vositalari, uchib kelish va parvoz qilish tartibi;
j) parvozni amalda bajarish va bort tekshiruvchisi ishtirokida qoʻnish.
750. Davriy tayyorgarliklar mustaqil tayyorgarliklar va yozma imtihondan oʻtkazish bilan, shuningdek boshqa shakllarda ham “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(750-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
6-§. OʻYEHKda parvozni amalga oshirish uchun minimal absolyut balandliklar
751. Ekspluatantga OʻYEHK uchun minimal absolyut balandlikni belgilashga ruxsat beriladi, biroq bu balandlik “Oʻzaviatsiya” agentligi belgilagan normadan past boʻlmasligi kerak.
(751-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
752. Ekspluatant minimal balandlikni aniqlashda quyidagilarni hisobga olishi shart:
a) OʻYEHKning turi, parvoz-texnik kattaliklarini;
b) uchuvchi ekipaj tarkibi, malaka va tajribalarini;
v) jihozlar, OʻYEHKdagi yoʻnalish boʻyicha parvozni nazorat qilib boruvchi yoki qoʻnish oldidan uchish trayektoriyasi hamda qoʻnish uchun ikkinchi marotaba aylanish lozimligini koʻrsatuvchi navigatsiya tizimini bilish;
g) qoʻnishga kirishish yoki ikkinchi aylanish yoʻnalishidagi tabiiy toʻsiqlar, ularni oshib oʻtishda yoʻl qoʻyiladigan absolyut nisbiy balandlikni inobatga olishi;
d) metereologik sharoitlar toʻgʻrisida xabar beruvchi vositalar;
e) ob-havo toʻgʻrisida aniq axborotga ega boʻlishi;
j) joyning oʻziga xosligi (masalan, keskin oʻzgarishlar);
z) noqulay metereologik sharoitlarga tushish ehtimoli (kuchli uyur-turbulentlik, pastlikka yoʻnalgan havo oqimi va h. k.) inobatga olinadi.
753. OʻYEHK havo haroratini belgilashda bulutning eng pastidagi qatlamni yerdan 400 metr (1300 fut), koʻrish masofasini kamida 5000 metr va yoʻnalishdagi parvozni toʻsiqdan kamida 50 metr (165 fut) balandlikda belgilash tavsiya etiladi. Parvozni amalga oshirishda yondan esuvchi shamolning taʼsiri, uchish, qoʻnish joyidagi maksimal sharoit (quruq, qattiq qatlam, qor qoplashi, namlik va h. k.) eʼtiborga olinadi.
(753-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
754. OʻYEHK boʻyicha tegishli tizimlar parvoz balandligini aniqlashi uchun yoʻnalish boʻyicha belgilanadigan absolyut balandlik zaxirasi haqida aniq axborotga ega boʻlishlari va bu axborotni parvozda boʻlgan UHK bortiga yetkazib turish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
755. OʻYEHK uchuvchisi, uning egasi yoki yollanma shaklda ekspluatant sifatida “Oʻzaviatsiya” agentligining ruxsati bilan chegaralangan hajmlarda texnik xizmat koʻrsatishi mumkin. Uchuvchi mashinaga yillik rejali xizmat koʻrsatish, agregatlarni nazoratdan oʻtkazish kabi ishlar maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan, aynan shu turdagi apparatlarga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
(755-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
8-§. OʻYEHK bexatar parvozi va ulardan foydalanish masalalari boʻyicha axborotlarni yetkazish
756. Ekspluatant har oyda uchuvchi mutaxassislarga parvozlarning bexatarligi va foydalanish xavfsizligi boʻyicha axborotlarni yetkazib turishi hamda uning tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim:
a) meteosharoit va uning (turbalentlik, shamol yoʻnalishi, muzlash va h. k.) uchish apparatlariga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar;
b) OʻYEHKdagi yonilgʻi uzatish tizimining ifloslanishi, asbob-uskunalarning sozligi, ayrim qismlarning ishlamay qolish ehtimoli masalalarini;
v) OʻYEHK tavsiya etilgan tezliklardagi parvozi chogʻida boshqarish, yon, tik ogʻishlar, aylanishlardagi holati tavsifnomasi;
g) baland togʻliklardagi aerodrom, issiq harorat, tuproq va shagʻalli uchish-qoʻnish yoʻlagi, tabiiy toʻsiqdan oshib oʻtishda balandlik zaxirasi, dvigatelllardan biri ishlamay qolgandagi harakat, yonilgʻini iqtisod qilish va h. k. toʻgʻrisida tavsifnoma;
d) uchish vaqti normalari, aeronavigatsiya toʻgʻrisidagi axborotlar toʻplami (ixtiyoriy shaklda), aviatsiya falokatlari, munozarali voqeliklar kabi OʻYEHKda xatarsiz foydalanishga qaratilgan maʼlumot.
XVI. Deltaplanlarda (motodeltaplanlarda) parvozlarni amalga oshirishning xususiyatlari
757. Deltaplan, paraplan, motodeltaplan, motoparaplanda uchish uchun havo boʻshligʻidan foydalanish ekspluatant sport tashkilotlari va alohida shaxslarning murojaatlariga koʻra tegishli vakolatli organlar tomonidan ruxsat beriladi.
(757-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 11-yanvardagi 106-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-9, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son)
758. Parvozlar ham tijorat (tijorat aviatsiyasi) ham sport maqsadlarida begʻaraz tartibda amalga oshiriladi.
759. Deltaplanlarda parvozlarni amalga oshirishda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida quyidagilar eʼtiborga olinishi lozim:
a) parvoz balandligi barqaror va havo oqimining yoʻnalishini izlab topish bilan yoʻnalishni boshqarish;
b) yoʻnalishning istalgan paytida meteosharoitning oʻzgarishiga qarab parvozni toʻxtatish;
v) parvoz rahbaridan havo oqimi toʻgʻrisida aniq axborot olish imkoniyati past boʻlganida uchuvchi sport apparatlarining yaltiroq, yengil qismining kamligi, radioaloqa nosozligi tufayli yoʻnalishda parvoz qiluvchilar bilan aloqa uzilishiga eʼtibor qaratish.
760. Motodeltaplanlarda yoʻnalishlardagi parvoz xavfsizligiga quyidagicha erishiladi:
a) yoʻnalishlardagi parvoz qatorlari xavfsizligini chegaralovchi hudud belgilab qoʻyiladi va ilojsiz qoʻnish maydoni hosil qilinadi;
b) deltaplanlar parvoz qiluvchi havo boʻshligʻida boshqa uchuvchi apparatlar parvozi taqiqlanadi;
761. Ekspluatant tomonidan motodeltaplanlarda parvozlarni tashkil qilish va ularni bajarish qoidalari belgilangan deltaplanlarda parvozlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qoʻllanma (deltaplanlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma) “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
(761-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
762. Motodeltaplanlardan tijorat maqsadlarida foydalanish boʻyicha masʼuliyat ekspluatantga, shaxsiy maqsadlarda (begʻaraz) esa — motodeltaplan uchuvchisining zimmasiga yuklatiladi.
763. Motodeltaplanni boshqarish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, motodeltaplanda uchuvchi-havaskor guvohnomasiga ega shaxslarga ruxsat beriladi.
XVII. Havo sharlari va aerostatlarda parvozni tashkil qilish va bajarish
1-§. Umumiy qoidalar
764. Havo sharlari va aerostatlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) boshqariluvchi, tijorat va begʻaraz asoslarda;
b) uchuvchi-boshqaruvchisiz, metereologiya, atmosfera, quyosh faolligini tadqiq qilish maqsadlarida va h. k.
765. Boshqarilayotgan havo shar (aerostat)larda davlat belgisi va roʻyxatdan oʻtgan tanib olish belgisi, uchishga yaroqliligi va SʼHB organlari bilan aloqa vositalari boʻlishi talab etiladi.
766. Havo shar (aerostat)lardan foydalanish uchun u qaysi davlat hududidan uchirilayotgan boʻlsa, shu davlat aviatsiya maʼmuriyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Uchuvchisiz havo shar (aerostat)lari parvozi parvoz amalga oshirilgan aeroportning amaldagi yoʻriqnomasi asosida bajariladi.
767. Uchuvchisi boʻlgan yoki boʻlmagan havo shari (aerostat)ning boshqa davlat havo chegarasi boʻylab parvozi shu davlatning ruxsati olingandan keyingina amalga oshiriladi. Bunday ruxsatnoma havo shari (aerostat) havoga koʻtarilmasdan havodagi parvoz ehtimoli boshqa davlat hududiga kirib qolishi mumkinligi aniqlangan paytdayoq olinishi kerak.
768. Havo shari (aerostat)dan roʻyxatdan oʻtkazgan davlat (davlatlar) belgilagan sharoitlarda foydalaniladi yoki shu parvoz davom etayotgan davlat talablariga rioya etiladi. Havo shari yoki aerostatning ochiq dengiz ustidan parvozi tegishli samoviy harakatga xizmat koʻrsatish organi (SʼHHKO) bilan oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2-§. Parvozlarni amalga oshirish
769. Uchuvchi havo sharlar (aerostatlar) parvozi SʼHHKOga belgilangan tartibda berilgan buyurtma asosida qoidalarga qatʼiy amal qilish orqali amalga oshiriladi.
770. Havo sharlari (aerostatlar) parvozi kunlik va joriy reja asosida bajariladi.
771. Havo sharlari (aerostatlar)da parvoz qiluvchi ekspluatant parvoz rejalashtirilgan kundan kamida 7 kun oldin SʼHHKOga bu haqda ariza bilan murojaat qiladi.
772. Arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
a) havo shari (aerostat)ni uchirishdan koʻzlangan maqsad yoki loyihaning (kod) xos nomlanishi;
b) ekspluatantning nomi va telefon raqami;
v) parvoz boshlanadigan va davom etadigan vaqt;
g) parvoz joyi;
d) parvoz tugashi moʻljallangan vaqt va taxminiy qoʻnish joyi. Parvoz davomiyligi uzoq va qoʻnish joyi noaniq boʻlsa, “uzoq davom etuvchi” birikmasi yoziladi;
e) havo shari (aerostat)ning roʻyxat raqami;
j) parvozning taxminiy yoʻnalishi;
z) hisob-kitobga koʻra parvoz balandligi koʻrsatiladi.
773. Ishlar uchun ekspluatant (korxona yoki tashkilot) buyrugʻi bilan masʼul qilib belgilangan shaxs parvoz oldidan parvozga ruxsat berilganligini aniqlaydi. Parvozga ruxsat beruvchi organga har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida parvoz boshlanishidan kamida 6 soat oldin, agar kosmik yoki quyoshdagi oʻzgarishlar tadqiq qilinayotgan boʻlsa, kamida 30 daqiqa oldin xabar qilinadi.
774. Uchuvchi havo shari (aerostat) parvozi boshlangan zahotiyoq tegishli SʼHHKga quyidagi maʼlumotlarni yetkazishi lozim:
a) parvozning amalga oshirilishi (maqsadi);
b) uchirilgan joy, xos nomi;
v) parvoz balandligiga chiqish vaqtining hisobi;
g) amalda parvoz boshlangan vaqt;
d) SʼHHK organlariga yuborilgan axborotlardagi har qanday oʻzgarishlar.
775. Parvoz jarayonida havo shari (aerostat)ning uchuvchisi parvoz balandligini oʻzgartirmoqchi boʻlsa va murojaatida tegishli parvoz hududida barcha balandliklarda parvoz qilish koʻrsatilmagan boʻlsa, u SXB organining dispetcheridan ushbu manyovr haqida ruxsat olishi lozim.
776. Havo shari (aerostat)ning uchuvchisi parvoz davomida SXB organining chastotasini tinglab boradi.
777. Uchuvchi rejalashtirilgan qoʻnish vaqtidan bir soat oldin SXB organiga quyidagi axborotlarni joʻnatadi:
a) shu paytdagi parvoz joyi;
b) parvoz esheloni (barometrik balandlik);
v) qoʻnish joyi va vaqtning hisobi.
778. Uchuvchi parvozni tugallab, bevosita pasayish oldidan SXB organiga oʻz xos nomini, qoʻnish joyi (hudud), qoʻnish vaqti haqida axborot beradi.
779. Parvoz yakunlanib yerga qoʻngandan 5 daqiqadan kechikmay uchuvchi radioaloqa orqali SXB organiga parvoz tugallanganligi haqida axborot beradi.
3-§. Umumiy foydalanish talablari
780. Havo shari (aerostat)ni boshqarish uchun shu kasb boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va havo shari (aerostat)da uchish huquqini beruvchi tegishli hujjatga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
781. Parvoz vaqtida havo shari (aerostat)da quyidagi hujjatlar va uskunalar boʻlishi kerak:
a) roʻyxatdan oʻtganlik haqida guvohnoma;
b) parvozga yaroqlilik toʻgʻrisida guvohnoma;
v) bort jurnali;
g) parvoz xaritasi;
d) bort radiostansiyalari ruxsatnomasi;
e) SʼHB organlari bilan aloqani taʼminlovchi bort radiostansiyalari;
j) balandlikni hisoblash va nazorat qilish uchun barometr (balandlik oʻlchovchi);
z) kompas.
4-§. Uchiriluvchi havo shari (aerostat)da parvozni bajarishda metotaʼminlash
782. Havo shari (aerostat)ni uchirishdagi minimal meteorologik sharoitlar tegishli organlar tomonidan turli hududlarning iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan yoʻriqnomalarda koʻrsatiladi.
783. Parvozni rejalashtirish koʻrish masofasi kamida 5000 metr, bulutlarni eng quyi qatlami 400 metrdan (1300 fut) kam boʻlmasligi toʻgʻrisidagi meteosharoit maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
(783-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
784. Parvozni amalga oshirish uchun yer usti qismida shamolning tezligi 5 m/sek.dan (10 uz.dan) past, bulutlar soni parvoz balandligidan quyida 3-4 oktantdan (SET) kam boʻlganda ruxsat beriladi.
(784-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
785. Havo shari (aerostat)da aholisi zich joylashgan yirik shaharlar va qishloqlar hududlari, shuningdek yerda odamlar toʻplanib turgan joylarda parvozlar 300 metrdan (1000 futdan) past boʻlmagan balandlikda amalga oshiriladi.
(785-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
786. Havo shari (aerostat)ning uchuvchisi parvoz yoʻnalishida havo shari va aerostat uchun xatarli boʻlgan metereologik sharoitlar (chaqmoq, doʻl, uyur, kuchli shamol tebranishi, muzlash, dovul, chang boʻroni va jala) haqida xabar olgan zahoti SXB organini ogohlantirgan holda zudlik bilan yaqinroqdagi yaroqli joyga qoʻnishi lozim.
5-§. Havo shari (aerostat)larning parvoz davomida qidiruv va qidiruv-qutqaruv ishlari
(787-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 77-N-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-7, 23.05.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 21-son, 243-modda)
788. Havo shari (aerostat)ning uchuvchisi “Rejim”, “Gilam” signaldan birini olganda bu signal qabul qilinganligini tasdiqlaydi va yerga xabar yetkazib, qoʻnishga kirishadi.
789. Yangidan havoga koʻtarilishi uchun SXB organlaridan qayta ruxsat olinadi.
XVII1 bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozlarini tashkil qilish va bajarish
(XVII1-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
7891. UUA parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qoʻllanma boʻlishi shart.
(7891-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
7892. UUA parvozi sutkaning yorugʻ vaqtida, oddiy meteosharoitlarda, toʻgʻri koʻrinish doirasida va UUA bilan doimiy vizual kontaktda boʻlganda bajariladi.
(7892-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
7893. UUAlarning parvozlari yerdagi boshqarish stansiya monitori orqali (boshqarish pultidan) doimiy nazorat qilgan holda oddiy meteosharoitlarda amalga oshiriladi.
(7893-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
7894. UUAni uchirish va qoʻndirish ochiq va yaqqol koʻrinadigan hududlarda, odamlar hamda bino va inshootlardan xavfsiz masofada amalga oshiriladi.
(7894-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
(7895-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 22-iyundagi 8-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-12, 12.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son)
a) odamlar, bino va inshootlar hamda transport vositalarigacha 30 m dan kam boʻlmagan masofada;
b) dam olish maskanlari, oʻyin maydonlari, sport va ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylargacha 150 m dan kam boʻlmagan masofada;
v) aerodromlar, vertolyot maydonlari, davlat idoralari, temir yoʻl va avtomobil vokzallarigacha (stansiyalarigacha) 5 km dan kam boʻlmagan masofada bajariladi.
(XVII1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
XVIII. Oʻquv va tayyorgarlik parvozlari
790. Oʻquv va tayyorgarlik parvozlari aerodrom hududi, parvoz yoʻnalishi, shuningdek, mazkur Qoidalar, oʻquv-parvoz dasturlari, uchuvchilarni tayyorlash dasturlari hamda FAning boshqa normativ hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
791. Oʻquv va tayyorgarlik parvozlari vaqtida havo kemasi bortida ikki nafardan ortiq oʻrgatilayotgan (oʻqitilayotgan) ekipaj yoki toʻrt nafardan ortiq uchuvchi boʻlmasligi kerak.
792. Parvoz paytida dvigatel (dvigatellar)ni oʻchirish yoki oxirgi rejim mashgʻulotlarida havo kemasida bitta oʻrgatilayotgan (oʻqitilayotgan) ekipaj boʻlishi lozim.
793. Oʻqitilayotgan kursantlar va tinglovchi-uchuvchilarning mustaqil parvoz qilishlari uchun havo kemasida yoʻriqchilik ishiga qoʻyilgan ekipaj aʼzolari (shturman, radist va bort mexanigi) boʻlishi kerak.
794. Kursant (tinglovchi)lar mustaqil parvoz qilishlarida uchuvchi-yoʻriqchi HHB punktida yoki ish joyni egallamagan holda HK bortida boʻlishi kerak.
795. Yoʻriqchi ekipajining tarkibi HK PFQning talablari va parvoz topshirigʻi maqsadiga koʻra belgilanadi. Oʻrgatuvchi (oʻrganuvchi) bortda kimning oʻrnini egallagan boʻlsa, oʻsha ekipaj aʼzosining vazifasini bajaradi.
796. Asosiy bazadan yordamchi bazaga parvoz bilan koʻchish chogʻidagi ekipajlar soni komandir tomonidan belgilanadi. Bortga parvozga yerda xizmat koʻrsatuvchi shaxs va xizmatchilarni olishga ruxsat beriladi. Parvozlarni rasmiylashtirish belgilangan parvoz qoidalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
797. Oʻquv parvozi hududi maʼlum bir moʻljal yoki radionavigatsiya nuqtasi ustida belgilanadi.
Bunday parvoz togʻlikdan holi, havo trassasi, havo koridori, uchib-qoʻnish masofasidan uzoq, parvoz xavfsizligini taʼminlaydigan boʻlishi lozim. Parvozlar hududi qoida tariqasida radiolokatsiya (radiopelengatsiya) nazorati ostida boʻlishi kerak.
798. Oʻquv parvozlari oʻtkazilayotgan hududdagi belgilangan balandliklarda SXB yoʻlovchisining ruxsatisiz uchib oʻtish taqiqlanadi.
799. Oʻrganish (oʻqitish)ni bajarish maqsadida parvoz mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun havo kemasini aerodromga uchirishda ekipaj topshiriqni bajarishi va radio orqali SXB organi dispetcherining ruxsatini olishi lozim, bunda:
a) topshiriqni bajarishga tayyorgarlik mazkur Qoidalar talablariga javob berishi;
b) mashgʻulotlar aerodromi va zaxiradagi aerodromda oʻzgarish yuz bermagan boʻlishi;
v) ob-havo maʼlumotidagi amal qilinuvchi vaqt tugamagan boʻlishi (maʼlumot radio orqali olinishi mumkin);
g) bortdagi yonilgʻi miqdori parvozni davom etkazish uchun yetarli boʻlishi lozim.
800. Uchuvchi-yoʻriqchi SXB organining dispetcheriga mashgʻulot talablari va hajmi, meteosharoit murakkablashgan holatlar mavjud boʻlganda zaxiradagi aerodromga joʻnash vaqti haqida axborot beradi.
801. Oʻquv va tayyorgarlik parvozlarining minimumi shu aerodrom uchun belgilangan yoʻriqnoma asosida belgilanadi.
802. Tayyorgarlik minimumlari boʻyicha parvozlarga uchuvchi-komandir va yoʻriqchilar tarkibining qoʻyilishi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(802-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
803. Aerodrom parvozlarida uchish va qoʻnish mashqlarini bajarish uchun amaldagi meteosharoitda mashqlar minimumidan past boʻlmagan sharoit, uchuvchi-yoʻriqchi va mazkur Qoida talablariga javob beradigan zaxira aerodromi boʻlishi talab etiladi.
804. Oʻquv mashgʻulotlariga moʻljallangan metoyesharoit yuzaga kelganida qoʻnish uchun ikkinchi marotaba aerodrom ustidan KQQB talablaridan kam boʻlmagan holda aylanib uchishga ruxsat beriladi.
805. Agar ekipaj tomonidan RUURni butunlay uchib oʻtmagan holatda ob-havo sharoiti mashqlar uchun moʻljallangan sharoitga mosligi toʻgʻrisida axborot olingan boʻlsa, u holda unga zudlik bilan qoʻnish huquqi beriladi.
806. Oʻquv va tayyorlov mashgʻulotlarini bajarayotgan havo kemalariga yoʻnalishlardagi yoʻnalishlar bilan bir xilda, aerodromdagi murakkab meteosharoitlarda esa, oʻzlashtirib olishi (tasdiqlashi) uchun birinchi galda xizmat koʻrsatiladi.
XIX. Havo kemalarini koʻchirishdagi parvozlar
807. Havo kemalarini taʼmirlash uchun yoki taʼmirdan keyin boshqa bazaga koʻchirish parvozlari mazkur Qoidalar talablariga binoan kunduzi yoki kechasi amalga oshiriladi.
808. HKni koʻchirish parvozlari uchun eng tajribali ekipaj tayinlanadi. Ekipaj parvoz oldidan tayyorlanadi.
809. Texnik talablarga javob bermaydigan HK faqat kunduzi, “Oʻzaviatsiya” agentligi boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(809-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
810. Koʻchirilayotgan HKlariga yoʻnalishlardagi yoʻnalishlar bilan bir xilda xizmatlar koʻrsatiladi.
811. Bir guruh HKlarini taʼmirlash va ortga — bazaga qaytarish uchun parvozga chiqarish aviakompaniya tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida amalga oshiriladi.
812. Guruh boʻlib parvozga chiqilganda guruh parvozlarni tashkil etish, uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, parvoz chogʻida meteosharoit yomonlashganda HKni uchib chiqilgan aerodrom yoki zaxira aerodromlariga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan guruh rahbari tayinlanadi.
813. Zarur hollarda har bir ekipaj mustaqil ravishda parvozni yoʻnalish boʻyicha davom ettirishi yoki zaxira aerodromga qarab yoʻnalishni oʻzgartirishi mumkin.
814. Koʻchish vaqtida har bir guruhda HKlar soni 10 tadan oshmasligi lozim. Parvoz vaqtida ular orasida barqaror ikki tomonlama radioaloqa saqlab turiladi. Ular orasida parvoz oraliq masofa va interval kamida 200 metr boʻlishi lozim.
Zarur hollarda guruh oldida 10 daqiqaga farq bilan boruvchi razvedkachi-samolyot ajratilishi mumkin.
815. 4-klassdagi HKlari va vertolyotlar guruhini koʻchirish VPQ boʻyicha quyidagi hollarda bajariladi:
a) tekislik va tepalikli joylarda koʻrish masofasi kamida 4 km va bulutlarning pastki chegarasi kamida 250 metr (820 fut) boʻlganda;
b) togʻli hududda relyef balandligi 2000 metrgacha (6600 futgacha), koʻrish masofasi kamida 5 km boʻlgan, bulutlarning pastki chegarasi relyefning eng baland nuqtasidan 500 metrdan past boʻlmaganida yoki relyefning balandligi 2000 metrdan (6600 futdan) baland boʻlgan, koʻrish masofasi 10 km dan kam boʻlmagan, bulutlarning pastki chegarasi relyefning eng baland nuqtasidan 700 metrdan (2300 futdan) past boʻlmaganda. Bunda HKdan bulutlarning pastki chegarasigacha boʻlgan vertikal oraliq masofa barcha holatlarda 100 metrdan (330 futdan) kam boʻlmasligi lozim.
(815-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
XX. Sinov va nazorat parvozlari (aylanib uchish)
816. HKlarni sinov parvozlariga jalb etish, uning dvigateli, boshqa tizim (uskunalar) mexanizmlarini sinash, shuningdek FA zavodlarida toʻla taʼmirdan chiqarilgandan keyin sinab koʻrish uchun amalga oshiriladi.
817. Nazorat parvozlari (aylanib uchish) taʼmirdan soʻng, dvigatel almashtirilgach yoki qismlari oʻzgartirilgan holatlarda, shuningdek radio yoritish texnikasi vositalari, aerodromga pastlash va qoʻnishga kirish sxemasining ishlashini, HK sozligini tekshirish va yaroqliligini aniqlash maqsadida FA belgilangan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
818. Sinov parvozlari (USB zavodlarda) ushbu Qoidalar asosida amalga oshiriladi.
XXI. Xalqaro parvozlar
1-§. Umumiy qoidalar
819. HKning boshqa davlat chegaralarini kesib oʻtishi bilan yoki boshqa davlat havo hududida amalga oshiriladigan parvozlar Xalqaro parvozlar deb tan olinadi.
820. Xalqaro parvozlarni belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan, ekspluatant guvohnomasiga ega va bunday parvozlarni amalga oshirishga litsenziyaga ega aviakorxonalar, tashkilotlar (aviakompaniyalar) amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
821. Xalqaro parvozlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) jadval asosida va jadvalga qoʻshimcha ravishda doimiy bajariladigan parvozlar;
b) epizodli (bir martalik): charter va maxsus parvozlar;
v) MDH davlatlariga bajariladigan parvozlar;
g) MDH davlatlaridan tashqariga bajariladigan parvozlar.
822. Xalqaro parvozlar chogʻida samoviy hududda vakolatli davlat organi tomonidan chiqarilgan va aeronavigatsiya axborotnomalarida eʼlon qilingan umumiy qoidalar amal qiladi.
823. Fuqaro HK xalqaro parvozlar belgilangan Xalqaro trassalar boʻylab amalga oshiriladi. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi har bir HK Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi va ushbu Qoidalar bilan belgilangan kema hujjatlariga ega boʻlishi lozim.
824. Shartnomalashgan MDH davlatlari havo hududlari Fuqaro aviatsiyasi va havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi bitimga (1991-y.) muvofiq, parvozlarni tashkil etish, bajarish va HK SʼHB maqsadlarida MDH yagona havo hududi sifatida qaraladi.
825. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Xalqaro parvozlar HK tomonidan shunday parvozlar uchun ochiq boʻlgan, chegara qoʻshinlarining nazorat-ruxsatnoma punktlari, bojxona muassasalari va sanitariya-karantin xizmatlariga ega aeroportlarda (aerodromlarda) amalga oshiriladi.
826. Xalqaro parvozlardan keyin va oldin HK ekipaji Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar hududidagi Xalqaro aeroportda (aerodromda) vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tegishli tartibotlardan oʻtadilar.
827. Oʻzbekiston Respublikasidan boshqa davlatlarga hamda boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi HKlariga, ularning ekipajiga va yoʻlovchilariga, shuningdek xalqaro Havo tashuvi bilan keltiriladigan va olib ketiladigan mulklarga tegishli davlatning hududi orqali oʻtish yoki hududiga kirish, hududidan olib oʻtish yoki olib kirish va ularning hududlari orqali tranzitda tegishli davlatlarning belgilangan kirish va chiqish qoidalari qoʻllaniladi.
828. Har bir Xalqaro parvozlar SʼHHK organlari orqali olingan ruxsatnoma (ATS CLEARENCE) asosida SʼHHK tomonidan taqdim etilgan parvoz rejasiga (flayt-plan) koʻra amalga oshiriladi.
829. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini havo kemalarida kesib oʻtish quyidagicha amalga oshiradi:
a) aeronavigatsiya maʼlumotlari hujjatlarida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish nuqtalaridan;
b) Hukumatlararo bitimlarida belgilangan havo koridorlari boʻyicha.
(829-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
830. Oʻzbekiston Respublikasi HK ekipajlari Xalqaro parvozlarni amalga oshirishda quyidagilarga amal qilishadi:
a) MDH havo kengliklarida:
MDH havo kengliklari qonunlari;
FA va MDH havo kengliklaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Xalqaro bitimga (1997-yil 27-dekabr);
Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan (1994-yil 21-yanvar) MDH davlatlari FA qoidalariga koʻra;
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, mazkur Qoidalar, agar ularning qoidalari MDH davlatlarida belgilangan qoidalarga zid boʻlmasa;
MDH davlatlari vakolatli organlari tomonidan tuzilgan tegishli shartnomalar va bajariladigan parvoz (aviatsiya xizmatlari)larga ruxsatnomalar;
MDH davlatlardagi aviatrassalarda aeronavigatsiya axborotlari toʻplami;
b) boshqa xorijiy davlatlarning havo kengliklarida:
Fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida xalqaro Konvensiya, xalqaro standartlar, tavsiya va ICAO tartibotlariga muvofiq (Chikago konvensiyasi 1944-y.);
qaysi davlat hududida amalga oshirilishiga qarab, oʻsha davlat qonunchiligi va parvoz qoidalari;
xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari bilan tuzilgan Xalqaro shartnomalarga koʻra havo aloqasi oʻrnatilishi va aviatsiya ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi hujjatlarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-apreldagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, mazkur Qoidalarga, agar ularning talablari xorijiy davlatlar tomonidan belgilangan qoidalarga zid boʻlmasa;
(830-bandning “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
Xalqaro trassalar boʻyicha aeronavigatsiya axborotlari toʻplami, shuningdek 1 va 2-klass NOTAMi, SNOUTAMi va sirkulyarlari aeronavigatsiya maʼlumotlariga asosan.
831. Oʻzbekiston Respublikasi aviakompaniyalari chet ellardagi oʻz faoliyatini xalqaro shartnomalar yoki xorijiy davlatlar ruxsatnomasiga muvofiq taʼsis etilgan vakilliklari (agentliklari) orqali amalga oshiradi.
832. Aviakompaniyaning vakolatlangan vakili (agenti) vakolatxonalar mavjud chet el aeroportida HK qabul qilish va chiqarishni tashkil etadi.
833. Xorijiy aeroportda HK parvoz oldi tayyorgarligi va HK ekipajining immigratsiya va bojxona nazoratidan oʻtishi shu davlatdagi kompaniya vakili (agenti) (aviakompaniya vakilligi (agentligi) boʻlsa) ishtirokida oʻtkaziladi.
834. HKga texnik xizmat koʻrsatish chet el aeroportlarida ruxsat etilgan muhandis-texnik tarkib tomonidan, qoida tariqasida, mahalliy aviakorxona bilan shartnoma tuzib (ATB) yoki ekspluatantning HK ekipajiga kiritilgan muhandis-texniklar tarkibi tomonidan amalga oshiriladi.
835. HKga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish ekspluatant — aviakorxona (HKning egasi) vakolatiga kiradi.
836. Chet el aeroportidan xalqaro parvozni amalga oshiruvchi HKlarga aviayonilgʻi quyish, tijorat yuklash va HK markazlashtirish uchun toʻlov ekipaj tomonidan amalga oshiriladi.
837. Aviakompaniya vakili (agenti) zimmasiga transportlarni HKga yaqinlashtirish, yuk ortish-tushurish ishlari, oʻz vaqtida YOMM yetkazib berish, HK dvigatelini oʻt oldirish joyigacha tirkab borish vazifalari yuklatiladi.
838. Chet el aeroportidagi HK parvozini taʼminlash aviakompaniya vakili (agenti) yoki u boʻlmaganida ekipaj tomonidan amalga oshiriladi.
839. HK komandiri tomonidan yoki uning koʻrsatmasiga binoan ekipajning boshqa aʼzosi tomonidan tuzilgan parvoz rejasi (flayt-reja) HK komandirning oʻzi tomonidan yoki aviakompaniya agenti (vakili) tomonidan uchish aeroporti dispetcheriga uchish vaqtidan 30 daqiqa oldin, agar davlatda oʻzgacha tartib belgilanmagan boʻlsa, taqdim etiladi.
840. Takrorlanuvchi parvoz rejalari nazarda tutilgan doimiy qatnovdagi HKlar uchun flayt-reja tuzilmaydi.
841. Belgilangan parvoz trassasi yoki havo kemasi turi jadvaliga bir marta oʻzgartirish kiritilsa, flayt-reja tuzilishi majburiydir.
842. Oʻzbekiston Respublikasi FAni aeronavigatsiya maʼlumotlari bilan taʼminlash Xalqaro parvozlarni bajarish uchun, shturmanlik xizmati tomonidan bevosida Oʻzbekiston Respublikasi aeroportidan uchishda amalga oshiriladi.
2-§. Ekipajni xalqaro parvozlarga tayyorlash va ruxsat berish
843. MDH davlatlari va ulardan tashqariga xalqaro parvozlarni amalga oshirish uchun “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan tarkibga ruxsat etiladi.
(843-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
844. Uchuvchilar, shturmanlar, bortradistlar, shuningdek ekipajning boshqa aʼzolarining xalqaro parvozlarga dastlabki tayyorgarligi, oʻzlariga taalluqli qismlari boʻyicha, sertifikatlangan OʻMlarda (OʻMM) maxsus kurslarda, quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
a) uchuvchi tarkibni ingliz tilidagi standart aviatsiya iboralarini, dispetcherlik ruxsatlarini tushunishga, yerdan va HK bortidan turli maʼlumotlarni olishga, savollar va javoblarni toʻgʻri tuzishga, shuningdek kartografiya va matnli maʼlumotlarni oʻqish va tushunishga oʻrgatish;
b) uchuvchi ekipaj aʼzolarini ob-havo haqida maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtirgan Xalqaro qoʻllanma va boshqa materiallardan foydalanishga oʻqitish;
v) ekipaj aʼzolarini xalqaro yoʻnalishlardagi parvozlarda qoʻllaniladigan radioaloqalarni olib borish xususiyatlariga oʻrgatish;
g) ekipaj aʼzolari sanitariya, bojxona va pasport qoidalarini oʻrganishi;
d) ekipaj aʼzolari uchuvchilik mutaxassisligiga muvofiq xalqaro aviayoʻnalishlar boʻyicha parvozlarga tayyorgarlik koʻrish va xavfsiz parvozlarni oʻtkazishda koʻnikmalar hosil qilish.
845. Ekipaj aʼzolarini uchuv stajirovkalari xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi uchish boʻlinmalarida (MDH davlatlariga parvoz qiluvchilar bundan mustasno) oʻtkaziladi.
846. Tekshiruvchining ekipaj aʼzosi xalqaro parvozni bajarishga tayyorligi toʻgʻrisidagi xulosasiga muvofiq aviakorxonada (aviakompaniyada) mutaxassisni xalqaro parvozga qoʻyish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Mutaxassisning uchish daftarchasiga va guvohnomasiga tegishli yozuv kiritib qoʻyiladi.
847. Mutaxassis Shimoliy Atlantika orqali “treklar” boʻyicha parvozlar qilish uchun tekshiruvdan oʻtkazilganida aviakorxonada (aviakompaniyada) tegishli buyruq chiqariladi hamda bu haqda uchish daftarchasiga tegishli yozuv kiritib qoʻyiladi.
848. Uchish, samolyot boshqarish texnikasi va yoʻnalish sharoitlarida keyingi 12 oy mobaynida MDH davlatlari va MDH davlatlaridan tashqariga, uchuvchi tarkibning tayyorgarligi va qoʻyilishidan kelib chiqib, amaliy ishlarini tekshirish natijalari xalqaro parvozlarni bajarish huquqini tasdiqlash boʻlib hisoblanadi.
849. MDH davlatlaridan tashqariga qilingan parvoz vaqtidagi tekshirish, MDH davlatlariga parvoz qilishdagi tekshirish deb hisobga olinadi.
850. Xalqaro parvozlarni bajarishga tayyorgarlik natijasida ekipaj aʼzolari quyidagilarni bilishlari shart:
a) havo xabari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asosiy talablarini;
b) Xalqaro standartlar, parvoz qoidalari, ICAO tavsiyalari va tartibotlarini;
v) Aeronavigatsiya axboroti toʻplamlarida, xaritalarda va ICAOning boshqa hujjatlarida qabul qilingan shartli belgilarni;
g) RF AMM tomonidan va boshqa xorijiy firmalar tomonidan (Djeppesen, Ros-Djepp va boshqalar) chiqariladigan Aeronavigatsiya axborotlari toʻplami, Saplimentlar, radionavigatsiya va aeronavigatsiya xaritalaridan foydalanish tartibini;
d) xorijiy aeroportlarda radio-yorugʻlik texnika vositalarining (tizimining) joylashishi va ulardan foydalanish tartibini;
e) xorijiy mamlakat havo hududida samoviy harakatga xizmat koʻrsatishni tashkil etishni;
j) uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va flayt-reja tuzish tartibini;
z) HK tanish signallaridan foydalanish va radio aloqa olib borish qoidalarini (“Skvok”, SRO), ATIS maʼlumotini olish tartibini;
i) xorijiy aeroportlarda UQY, MS, RD markirovkasi qoidalarini;
k) HK toʻxtash joyida va perronda beriladigan signallarni (“Marshall” signallari, “AGNES” yorugʻlik signallari);
l) HK qiruvchi tomonidan tutib olinganda beriladigan signallarni;
m) davlat chegaralarini bosib oʻtish tartibini;
n) parvozning turli bosqichlarida radio aloqa yoʻqolib qolganda ekipajning harakatlarini;
s) Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksida va “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan belgilangan xalqaro tashish qoidalarini;
(850-bandning “s” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
t) pasport, bojxona, karantin koʻriklaridan oʻtish tartibini.
851. Ekipajni u uchun yangi boʻlgan xalqaro havo trassasi boʻyicha mustaqil ravishda parvoz qilish uchun tayyorlash ushbu qoidalar va ROLR GA asosida amalga oshiriladi.
852. Aniq bir xalqaro parvozni amalga oshirish uchun tayyorgarlik koʻrishda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni oʻrganish nazarda tutiladi:
a) hududidan havo trassasi oʻtgan davlatlar uchun chiqarilgan aeronavigatsiya toʻplamlarida va AATda eʼlon qilingan xorijiy davlatlar havo hududida parvoz qoidalarini;
b) radionavigatsiya va aeronavigatsiya xaritalari boʻyicha parvoz yoʻnalishini;
v) 1 va 2-klass NOTAMlari va SNOUTAMlarini;
g) havo trassalari boʻyicha eshelonlashish xususiyatlarini;
d) havo hududida parvoz amalga oshirilayotgan davlatning iqlim sharoitlarini;
e) asosiy va zaxira aerodromlarning toʻrt harfli belgilarini.
3-§. Xalqaro avialiniyalarda parvozlarni amalga oshiruvchi uchuvchi ekipajning malakasini oshirish
853. Xalqaro parvozlar uchun ruxsatga ega uchuvchilar tarkibi umumiy va IKAO shkalasining 4 (toʻrtinchi)-darajasidan kam boʻlmagan aviatsiya ingliz tilini bilishi hamda tegishli sertifikatlarga ega boʻlishi shart.
(853-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
854. “Treklar” boʻyicha parvoz etish ruxsatiga ega ekipajlarning aʼzolari, har yili Shimoliy Atlantika havo hududida parvoz va amaliy ishlar boʻyicha bilimlarini tasdiqlashlari shart.
855. MDH davlatlaridan tashqariga xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi uchuvchi tarkib malakasini oshirish kurslari UM (UTS)larda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha, OLR boʻyicha qoʻllanmada nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi.
(855-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
4-§. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemasi ekipaji va komandirining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
856. Xorijiy davlatlar aeroportlarida HK komandiri aviakompaniya vakiliga (agentiga) maxsus tartibda boʻysunadi.
857. Xalqaro parvozlarni amalga oshirishda HK komandiri sharoitdan kelib chiqib, yoʻnalish boʻyicha parvozni toʻxtatib uchish nuqtasiga qaytish toʻgʻrisida yoki zaxira aerodromiga parvoz etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
858. Parvozlar xavfsizligiga aniq xavf mavjud boʻlganida, shuningdek HK bortidagi odamlar hayotini saqlab qolish maqsadlarida bunday qaror taqdim etilgan parvoz rejasini (flayt-reja) va SʼHB organi koʻrsatmasini buzgan holda qabul qilinishi mumkin. HK komandiri qabul qilingan qaror haqida zudlik bilan kema bevosita nazoratida boʻlgan SʼHB organiga maʼlum qilishi shart.
859. Xorijiy aeroportlarda toʻxtab qolish mumkin boʻlgan hollarda, xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi HK komandiriga Oʻzbekiston Respublikasi FAda belgilangan umumiy ish vaqti normalarini buzilmasligini inobatga olgan holda, parvozni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi beriladi.
860. Xorijiy aeroportlarda aviakompaniya vakili (agenti) va HK komandiri oʻsha davlat qonunlari va qoidalariga zid boʻlmaydigan tarzda, oʻzlariga berilgan huquq doirasida parvozlar xavfsizligiga tahdid qiluvchi harakatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha zaruriy choralarni koʻradilar.
861. Agar xalqaro parvozni amalga oshirayotgan HKga xavf tugʻilsa yoki agar kema halokatga uchrayotgan yoxud uchragan boʻlsa komandir odamlarning sogʻligʻi va hayotini, shuningdek kema va undagi mulklarni saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishi shart.
862. HK bortidagi odamlarni qutqarishda ekipajning barcha aʼzolari, lozim boʻlgan hollarda yoʻlovchilar ham qatnashishga majburdirlar.
863. Halokat yuzaga kelgan paytida ekipaj aʼzolaridan hech kim komandir ruxsatisiz HKni tark etishi mumkin emas.
864. Komandir eng oxirgi boʻlib HKni tark etadi.
865. Halokatga uchragan havo kemasi va undagi mulklar butligini saqlash maqsadida komandir Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi talablariga muvofiq HK, bagaj, yuk va pochtani saqlash boʻyicha tegishli choralar koʻrishga majbur.
866. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi HK komandiri quyidagilar uchun javobgar boʻladi:
a) havo hududida parvoz amalga oshirilayotgan davlatdagi parvoz qoidalarini bilish va ularni bajarishga;
b) oʻzlari turgan davlatda belgilangan immigratsiya, karantin, bojxona va pasport qoidalarini bilish va ularni bajarishga;
v) kema, yuk, bojxona, karantin va immigratsiya hujjatlari mavjud boʻlishi va toʻgʻri rasmiylashtirilishiga;
g) ekipaj aʼzolarining parvoz oldi dam olishlarini tashkillashtirilishiga;
d) oʻz majburiyatlarini sogʻligʻi yoki boshqa holatlar tufayli bajarish imkoniyatiga ega boʻlmagan har qanday ekipaj aʼzosini xorijiy aeroportdan uchirib yuborilishini taʼminlashga.
867. Ekipajning har bir aʼzosi chet davlatda boʻlish vaqtida oʻsha davlatning yurish-turish qoidalari, qonunlari va qoidalariga rioya etilishiga shaxsiy javobgar hisoblanadi.
868. Xalqaro parvozlarni charter (fraxtlash) asosida bajarishda HK komandiri parvoz uchun belgilangan vazifani bilishi va qatʼiyan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi asosida charter shartnomasi shartlari boʻyicha bajarishi shart.
869. Shovqinlar boʻyicha cheklovlar belgilangan aeroportlarda HK komandiri shovqinni cheklash boʻyicha talablarga HK PFQda yoʻl qoʻyilgan darajagacha amal qilish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
870. Xorijiy aeroportda uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda qoʻnish nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi aerodromda ob-havoning haqiqiy holati va prognozi belgilangan minimumlardan past boʻlsa, HK komandiri MDICHX bilan kelishilgan holda, ushbu Qoidalar talablariga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi zaxira aerodromga parvoz qilishlari mumkin.
871. Ushbu Qoidalar talablariga javob beradigan zaxira aerodrom mavjud boʻlgan taqdirdagina, qoʻnish aerodromida ayni vaqtdagi haqiqiy ob-havo sharoitlari haqida maʼlumot boʻlmagan taqdirda ham HK komandiri xorijiy aerodromdan uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
872. MDICHX bilan aloqa aviakompaniya vakili (agenti) tomonidan taʼminlanadi. MDICHX bilan aloqa boʻlmagan hollarda uchish toʻgʻrisida qaror komandir tomonidan qabul qilinadi.
873. HK ekipajiga, agar HK komandiri va ikkinchi uchuvchi VZPga qoʻyilgan boʻlsa, vizual kirish uchun belgilangan minimumlardan kam boʻlmagan ob-havo sharoitlarida qoʻnish uchun vizual kirishga ruxsat etiladi.
5-§. Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralarining xorijiy davlat bilan kesishishi va xorijiy davlatlar havo hududida parvozlarni bajarish (MDH davlatlaridan tashqari)
874. Xalqaro parvozlarni bajarish uchun meteorologiya sharoitlari HK uchishi va qoʻnishi uchun ob-havoning belgilangan kategoriya minimumlari va haqiqiy yoki prognoz qilinayotgan ob-havo maʼlumotlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
875. Xorijiy davlat havo hududida parvoz chogʻida HKlarni eshelonlashtirish oʻsha davlatning qoidalari asosida amalga oshiriladi.
876. IKAO qoidalariga asosan xalqaro havo yoʻllarida eshelonlashning yarim aylana va kvadpant tizimi qoʻllaniladi. U yoki bu davlatda qoʻllanadigan eshelonlashning tizimi toʻgʻrisida maʼlumotlar davlat aeronavigatsiya axborotlari toʻplamida (AIP) eʼlon qilinadi.
(876-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
877. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa qoʻshni davlatlar eshelonlash tizimi turlicha boʻlgan hollarda, qarama-qarshi havo kemalari oʻrtasida vertikal eshelonlashning intervallari majburiy taʼminlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga kamida 30 km (16,2 d.mili) qolganda eshelonlar almashtiriladi.
(877-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
878. Xalqaro parvozlarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemasi ekipajlari radio aloqani xalqaro standartlarga muvofiq ingliz tilida, SʼHB organi dispetcherlari va ekipaj oʻrtasida radio almashuvning belgilangan iboralarini qoʻllagan holda olib boradi.
879. HK ekipaji Oʻzbekiston Respublikasi havo hududiga uchib kirishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtishdan kamida 10 daqiqa oldin HXXK organiga oʻzining pozivnoyini, ikkilamchi obzorga oid radiolokator javobgarining kodi, Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini kesib oʻtishning parvoz esheloni (balandlik) va hisoblangan vaqtini maʼlum qiladi.
(879-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
880. Oʻzbekiston Respublikasi va chegaradosh davlatning HXXK organlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yerda aloqa kanallari mavjud boʻlgan taqdirda va boʻlmaganda Oʻzbekiston Respublikasi chegaralarini kesib oʻtishga ruxsat berish yoʻriqlari HXXK markazlari oʻrtasidagi bitimlarda koʻrsatiladi.
(880-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
881. Xalqaro parvozlar amalga oshirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksi talablariga muvofiq “Oʻzaviatsiya” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(881-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
882. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini radioaloqasiz kesib oʻtish havo kemalariga man etiladi, radioaloqaning parvozda uzilib qolishi bundan mustasno. Agar havo kemasi ruxsat berilgan tranzit parvozini amalga oshirayotgan boʻlsa (davlatning qoʻnish amalga oshirilmaydigan parvoz) yoki parvozni oxirgi nuqtasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsa, unga tayinlangan aeroportgacha parvozi uchun yoki berilgan parvoz rejasiga muvofiq zaxiradagi aerodromga qoʻnishi uchun eng koʻp qulaylik berish tartibi taqdim etiladi.
(882-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
883. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini belgilanmagan havo koridorlari (Davlat chegarasini kesib oʻtish nuqtasi) orqali kesib oʻtish zarur boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi HXXK organlari qoʻshni davlatlarning HXXK organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish sharoitlarini kelishib oladilar.
(883-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
884. Avariya, tabiiy ofat, havo kemasining ekipaj aʼzolari yoki yoʻlovchilariga tez tibbiy yordam koʻrsatish, HK va yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlash, ekipaj harakatlariga noqonuniy aralashuv kabi holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududiga majburiy kirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtish tartibini buzish deb hisoblanmaydi.
(884-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
885. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtishga majbur boʻlgan holatlarda HK komandiri, bu haqda darhol HXXK organiga xabar berishi lozim hamda keyin ushbu organning koʻrsatmalariga muvofiq harakat qilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi HXXK organi bu haqda samoviy hududdan foydalanish va boshqarish rayon markazining harbiy boʻlimini va havo mudofaasi qoʻshinlari organini darhol xabardor qiladi.
(885-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
886. Agar xalqaro parvozni bajarayotgan havo kemasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib oʻtgandan keyin parvozni davom ettira olmasa va havo kemasi ekipaji uchgan aerodromiga qaytishga qaror qilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qayta kesib oʻtish odatda kirib kelgan yoʻnalish boʻyicha bajariladi.
(886-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
887. Xorijiy davlat havo hududida radio aloqani yoʻqotgan Oʻzbekiston Respublikasi HK xorijiy davlatda shunday hollarda amal qilinishi lozim boʻlgan parvoz qoidalariga amal qiladi.
888. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini yoki Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish qoidalarini buzgan HK qoidabuzar HK deb topiladi va agar HXXK organlari talablariga boʻysunmasa majburan qoʻndiriladi.
(888-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
889. Qoʻnish toʻgʻrisida farmoyish olgan qoidabuzar HK oʻziga koʻrsatilgan joyda qoʻnishi lozim.
890. Qoʻndirilgandan va qoidabuzarlik sabablari aniqlangandan keyin qoidabuzar HKga keyingi parvozlariga ruxsat belgilangan tartibda SʼHB organlari tomonidan beriladi.
(891-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
892. Uchishdan absolyut oʻtish balandligiga yetib olishgacha boʻlgan balandlikni oʻlchash metrlar ishlatiladigan barometrik balandlik oʻlchagichlarda metrlarda, futlar ishlatiladigan barometrik balandlik oʻlchagichlarda esa futlarda bajarilishi lozim.
(892-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
(893-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
894. Berilgan eshelonni egallash havo signallari bort tizimi tarkibiga kiruvchi asosiy balandlik oʻlchagich KHK boʻyicha ICAO eshelonlarida balandlik oʻlchagich koʻrsatkich jadvali asosida, bu yoʻq boʻlgan HKlarida samolyot javob beruvchisiga chiqa oladigan elektromexanik balandlik oʻlchagichlarda bajariladi.
895. Eshelonni toʻgʻri egallanganligini va balandlik oʻlchov kanali ishi toʻgʻriligini nazorati bir birini takrorlovchi metr yoki funtda oʻlchovchi barometrik balandlik oʻlchagichlarda bajarilishi lozim boʻladi.
896. Tegishli eshelon egallanganidan keyin balandlik oʻlchagichning oʻrtacha koʻrsatkichlari belgilanadi.
(897-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
(898-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
6-§. Xalqaro aviayoʻllardagi parvozlarga dastlabki tayyorgarlikning xususiyatlari
899. Ekipajni parvozlarga dastlabki tayyorgarligi baza aerodromida uchish boʻlinmasining uchuvchi-komandir va yoʻriqchilar tarkibi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
900. Xorijiy aerodromdan parvozlar amalga oshirilganda dastlabki tayyorgarlik qoida tariqasida parvoz tayyorgarligi bilan birgalikda oʻtkaziladi.
901. Brifing tizimida bunday tayyorgarlik asosiy hisoblanadi. Bunda ekipaj tayyorgarlik koʻrishga parvozdan kamida 2 soat oldin yetib keladi.
902. Dastlabki tayyorgarlikni uchish kunida HK komandiri tashkil etadi va oʻtkazadi.
903. Yoʻnalishni oʻrganishda ekipaj aeronavigatsiya holati, belgilangan aerodrom va zaxira aerodrom, shuningdek trassa boʻylab joylashgan aerodromlar bilan, ilojsiz (avariya) qoʻnish holatiga nisbatan, tanishib chiqishi shart.
904. Qoʻnish uchun kirishda faqat mayoq VOR (NDB) nazarda tutilgan togʻli aerodromga parvoz tayyorgaligida ekipaj UQY yuzasiga HK toʻgʻri olib chiqishini maqbul tarzda taʼminlovchi boshqa nazorat va moʻljal vositalarini aniqlab olishi shart.
905. Havoda yaqinlashish cheklangan va qoʻnishga kirish noanʼanaviy sxemali (balandlikni egallash) togʻli aerodromlarga parvoz uchun ekipaj turlicha konfiguratsiyalarda, turlicha parvoz massalari uchun uskunalar boʻyicha minimal ruxsat etilgan uchish tezligi va kren burchagini aniqlab olishi va maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
906. Dastlabki tayyorgarlikda ekipaj bilan aviakompaniya agenti (vakili) yoʻq boʻlgan aeroport xizmatlari bilan oʻzaro hisob-kitoblar tartibini aniqlab olish zarur.
7-§. Xorijiy davlat aeroportida ekipajning parvozoldi tayyorgarligi xususiyatlari
907. Parvozoldi tayyorgarlik qoida tariqasida HK bortida HK komandiri rahbarligida tashkil etiladi va oʻtkaziladi, agar ushbu aerodromda boshqacha holat belgilangan boʻlmasa.
908. Parvoz oldi tayyorgarligida ekipaj aeroport maʼmuriyatidan yoki aviakompaniya vakili (agenti)dan oʻzida quyidagilarni mujassamlashtirgan parvoz axborotlari hujjatlarini olishlari zarur:
a) aeronavigatsiya maʼlumotlari axborotnomasi (NOTAM);
b) meteorologik maʼlumot materiallari;
v) tijorat yuklari toʻgʻrisida birlamchi maʼlumotlar.
909. HK komandiri ekipaj aʼzolari bilan birgalikda olingan maʼlumotlarni tahlil qiladi va meteorologik va aeronavigatsiya vaziyat toʻgʻrisidagi dastlabki hisob-kitoblardan kelib chiqib uchish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va flayt-reja taqdim etadi.
910. Texnologik jadval asosida yoʻlovchi va (yoki) yuklarni tashishda HK bortida quyidagi hujjatlar tuzilishi lozim:
a) bosh deklaratsiya;
b) yoʻlovchi (yuk) manifesti;
v) yigʻma yuklash vedomosti;
g) bojxona belgisiga ega yuk xatlari.
911. Uchish massasini hisoblash va HKni markazlashtirish HK komandiri nazorati ostida ikkinchi uchuvchi tomonidan bajariladi.
XXII. Alohida sharoitlardagi parvozlar
1-§. Asosiy talablar
912. Alohida sharoitlardagi parvozlarga quyidagilar kiradi:
a) muzlab qolgan hududlarda, momaqaldiroqli va kuchli jala yomgʻirlar, kuchli silkinishlarda, atmosfera elektr faolligi yuqori, shamol surishi, chang toʻzoni hududlarida parvozlar;
b) togʻli va kam moʻljalli joylarda, choʻl va suv yuzasidagi parvozlar;
(912-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
(912-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
913. Parvoz davomida xavfli meteorologik hodisalar hududiga yaqinlashganlik alomatlari yuzaga kelganida, yoki tegishli maʼlumot olinganida HK komandiri xavfli hududni aylanib oʻtish choralarini koʻrishga majbur.
914. Xavfli meteorologik hodisalar hududini aylanib oʻtish uchun yoʻnalishni yoki parvoz eshelonni (balandlik) oʻzgartirishga faqat parvoz bevosita boshqaruvida amalga oshirilayotgan SʼHB organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi, berilgan eshelonda parvozlar xavfsizligiga xavf tugʻilganida, HK komandiriga mustaqil ravishda eshelonni oʻzgartirish huquqi beriladi va bu haqda zudlik bilan SʼHB organiga maʼlum qilinadi. Bunday holatda HK komandiri parvoz eshelonini oʻzgartirmagan holda, qoida tariqasida HKni yoʻnalish oʻqidan 30 daraja oʻngga burishi, 20 km (10 d.mili) masofa bosib oʻtilganidan keyin HKni yana dastlabki kursiga olib chiqishi va bir vaqtning oʻzida balandlikni olingan eshelongacha oʻzgartirishi shart.
(914-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
915. Favqulodda vaziyatlarda pastlash qayrilish boshlangan vaqtdan zudlik bilan amalga oshiriladi.
916. Yangi eshelonni egallagach komandir SʼHB bilan kelishilgan holda HKni havo trassasiga olib chiqadi.
917. Parvozlarni togʻli va kam moʻljalli joylarda, choʻl va suv yuzasida amalga oshirishda HK bortida quyidagilar boʻlishi shart:
a) avariya radiostansiyasi;
b) oziq-ovqat va ichimlik suvi zaxirasi;
v) individual va guruh suzish vositalari (suv yuzasida parvoz qilishda);
g) signal vositalari;
d) qurol va qutqaruv buyumlari.
2-§. Muzlagan hududda parvozlar
918. Ehtimoliy muzlash hududiga kirgunga qadar parvozning barcha bosqichlarida barcha muzlashga qarshi tizim yoqilgan boʻlishi shart, agar HK PFQsida undan foydalanishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan boʻlmasa.
919. Bunday sharoitlarda ekspluatatsiya etishga ruxsat etilmagan HKlarida muzlash sharoitlarida parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
920. Agar ekipaj tomonidan muzlashga qarshi koʻrilgan choralar samarasiz boʻlib chiqsa va parvozni xavfsiz davom ettirishni taʼminlay olmasa, bunday hollarda HK komandiri SʼHB organi bilan kelishgan holda parvozni xavfsiz davom ettirish mumkin boʻlgan joyga chiqish uchun parvoz balandligini (yoʻnalishini) oʻzgartirishi yoki zaxira aerodromiga ketish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
3-§. Momaqaldiroq harakati va kuchli jala yogʻingarchiligi hududida parvozlar
921. Parvozda kuchli-quyuqlashgan va quyuq-yomgʻirli, momaqaldiroq oʻchoqlariga tutashuvchi bulutlar vizual topilgan hollarda ularni 10 km.dan (5,4 d.milidan) kam boʻlmagan masofada aylanib oʻtishga ruxsat etiladi.
(921-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
922. Koʻrsatilgan bulutlarni berilgan balandlikda aylanib oʻtish imkoniyati boʻlganida bulutlar ustidan yoki ostidan vizual parvozga ruxsat etiladi.
923. Bulutlar ostidan parvozni amalga oshirishga faqat kunduz kunlari VPQ talablari doirasida jala yogʻinlari hududidan tashqarida ruxsat beriladi, agar:
a) HK parvozi relyefli joylar va sunʼiy toʻsiqlar ustida haqiqiy xavfsiz balandlikdan kam boʻlmasa, ammo barcha hollarda tekislik va tepalikli joylarda 200 metrdan (660 futdan) va togʻli joylarda 600 metrdan (2000 futdan) kam boʻlmasa;
b) HKdan bulutlarning pastki chegarasigacha boʻlgan vertikal oraliq masofa 200 metrdan (660 futdan) kam boʻlmasa.
(923-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
924. Kuchli-quyuqlashgan va quyuq-yomgʻirli bulutlarning yuqori chegarasi ustidan parvoz ular ustidan kamida 500 metrga (1650 futga) balandlagan holda bajarilishiga ruxsat etiladi.
(924-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
925. Ekipaj aʼzolariga kuchli-quyuqlashgan, quyuq-yomgʻirli bulutlarga va kuchli jala yogʻingarchiligi mavjud hududga ataylab kirish taqiqlanadi.
926. Parvozda bort RLS orqali kuchli-quyuq va quyuq-yomgʻirli bulutlar topilganida ushbu bulutlarni yorugʻlikning yaqin chegarasidan 15 km.dan (8 d. milidan) kam boʻlmagan uzoqlikda aylanib oʻtishga ruxsat etiladi. Alohida momaqaldiroqli oʻchoqlarga ega frontal bulutlikni bort RLSda yorugʻlik chegarasi orasidagi masofa 50 km.dan (27 d. milidan) kam emasligi koʻrsatilgan joydan kesib oʻtish amalga oshirilishi mumkin.
(926-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
4-§. Kuchli silkinishlar hududida parvozlar
927. Kuchli silkinish ehtimoliy hududiga kirishda va toʻsatdan unga tushib qolinganida yoʻlovchilar (HK komandirining SBGM boʻyicha buyrugʻiga yoki “Kamarlarni taqish” tablosi yoqilishi bilan) bogʻlash kamarlari bilan oʻrindiqlarga bogʻlangan boʻlishlari shart.
928. Togʻli hududda VPQ boʻyicha, 900 metrdan (3000 futdan) kam boʻlgan balandlikdagi parvozlarda va HK kuchli silkinishlar hududiga tushib qolganida, HK komandiri SʼHB organi dispetcheri ruxsati bilan HKni bu hududdan balandlikka olish, uchish aerodromiga qaytish yoki zaxira aerodromiga yoʻnalish orqali olib chiqib ketishi shart.
(928-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
929. Bulutlar bilan bogʻliq boʻlmagan va vizual aniqlangan vertikal quyunlarni ekipaj uning koʻrinib turgan yon chegaralaridan 10 km (5,4 d.mili) uzoqlikdan aylanib oʻtishlari shart.
(929-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
930. Quyuq-yomgʻirli bulutlar bilan bogʻliq boʻlgan va vizual aniqlangan vertikal shamollar (quyunlar)ni ekipaj koʻrinib turgan yon chegaralaridan kamida 30 km (16,2 d.mili) uzoqlikda aylanib oʻtishlari lozim.
(930-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
931. Kuchli silkinishda qoʻnishga kirishi va qoʻnishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-§. Atmosferaning elektr faolligi yuqori boʻlgan hududlarda parvozlar
932. Quyidagilar HK kuchli elektrlanganligi alomatlari hisoblanadi:
a) quloqqa taqiladiganlarda shovqin va silkinishlar;
b) radiokompas strelkalarining tartibsiz tebranishi;
v) ekipaj kabinasi oynalarida uchqunlanish va kunning qorongʻu vaqtida qanotlar oxirining nurlanishi.
933. HK komandiri kuchli elektrlanish alomatlari paydo boʻlganida bu haqida SʼHB organiga maʼlum qiladi va dispetcherning xavfli hududdan chiqish toʻgʻrisida tavsiyalarini bajaradi, bunda albatta bitta UKV radiostansiyani oʻchirish, kechasi esa ekipaj kabinasi yoritgichlarini oʻchirish kerak.
934. Elektrlanish kuchli hududlarda parvoz balandligini oʻzgartirishni parvoz vertikal tezligi oshirilgan va kelish tezligi kamaytirilgan holda HK PFQ tavsiyalari asosida bajariladi. Bulutlar qatlamidan chiqqandan keyin (boshqa qatlamga kirishgunicha) davomiyligi 5 sekunddan kam boʻlmagan gorizontal maydoncha hosil qilish kerak boʻladi.
935. HK atmosfera elektri razryadi bilan urilgan hollarda ekipaj:
a) SʼHB organi dispetcheriga urilish fakti, meteo sharoit, parvoz balandligi va joyi haqida maʼlum qilishi;
b) dvigatellar ishlashi parametrlarini nazorat qilishi;
v) elektr jihozlar va uchuvchi-navigatsiya jihozlari ishlashini tekshirishi;
g) HK shikast yetmaganligini aniqlash maqsadida (oyna orqali, iloji boricha) koʻzdan kechirishi;
d) ishdan chiqishlar va nosozliklar aniqlanganda HK PFQ asosida harakat qilishi lozim
6-§. Shamol surilishi sharoitlarida parvozlar
936. Shamol surilishi sharoitlarida uchish va qoʻnishga kirishda:
a) HK PFQ tavsiyalariga asoslanib hisoblangan tezlikni oshirish;
b) kirish va vertikal tezlikning oʻzgarishi yuzasidan yuqori nazoratni amalga oshirish va hisoblangan parametrlar va parvoz trayektoriyasidan ogʻish yuzaga kelganidan zudlik bilan chora koʻrish;
v) qoʻnishga kirganida berilgan pastlash glissadasini saqlab turish uchun dvigatellar ishlashini nominalgacha oshirish va (yoki) RUUR uchib oʻtilgandan keyin pastlashning vertikal tezligi hisoblanganidan 3 m/s (6 uz) va undan ortiq oshib ketsa, uchish tartibidan foydalangan holda zudlik bilan ikkinchi aylanishga ketish va zaxira aerodromga qarab yoʻnalish lozim.
(936-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
937. Shamolning kuchli surilishi sharoitlarida uchish va qoʻnishga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-§. Chang-toʻzon sharoitlarda parvozlar
938. Yoʻnalishda chang-toʻzonga duch kelinganida ekipaj uni vizual aylanib oʻtishi yoki uning ustidan oʻtishi shart.
939. Kuchli chang-toʻzonda va kuchli silkinishlarda uchish va qoʻnishga kirishishga ruxsat etilmaydi.
8-§. Togʻli joylarda parvozlar
940. Togʻli joyda parvoz qilishga tayyorlanishda ekipaj qoʻshimcha ravishda:
a) yoʻnalish yoʻlagi ikkala tomonidan 50 km.dan (27 d. milidan) kam boʻlmagan kenglikda joy relyefini oʻrganishi, xaritaga tegishli balandliklarni, cheklovchi pelenglarni belgilashi va xavfli meteo hodisalarga duch kelinganida aylanib oʻtiladigan yoʻnalishlarni belgilashi;
(940-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
b) ilojsiz qoʻnish uchun foydalanish mumkin boʻlgan joylarni oʻrganish va xaritada belgilash;
v) komanda balandliklari boʻyicha uchish xaritasida joy profilini chizib qoʻyish va belgilash;
g) meteo sharoit va ehtimoliy kuchli koʻtarilish va pasayish havo oqimlari, shuningdek uchish-qoʻnish hududida kuchli orografik silkinishlarni tahlil etishi;
d) togʻlarda joylashgan aerodromlarning balandligini, ularda uchish-qoʻnish xususiyatlarini, togʻli aerodromlarda uchish va qoʻnishda barometrik balandlik oʻlchagichlardan foydalanishni, shuningdek HKning hisoblangan uchish-qoʻnish massasini bilishi shart.
(941-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
942. Togʻ kamari bosib oʻtilayotganda HK komandiri VPQ boʻyicha koʻtariluvchi va pastlovchi havo oqimlari mavjudligini inobatga olishi lozim. Agar togʻ kamariga yaqinlashishda pastlovchi havo oqimi kuzatilsa va gorizontal parvozni saqlab turish uchun dvigatellar (dvigatel) ishlashini nominaligacha oshirish talab etilsa, haqiqiy balandligi joy relyefidan 600 metr (2000 fut) baland boʻlgan togʻ kamarlarini uchib oʻtish taqiqlanadi.
(942-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
(943-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
944. Uzluksiz radiolokatsiya nazorati boʻlmaganida yoki bort navigatsiya jihozlari yaxshi ishlamaganida (ekipaj maʼlumotiga asosan) HK joylashgan oʻrnini aniqlash va keyinchalik qoʻnishga kirishga pastlashi uchun HK xavfsizdan past boʻlmagan balandlikda aerodromning RUUR (AUR) olib chiqiladi. Uzluksiz radiolokatsiya nazorati boʻlmaganida yoki bort navigatsiya jihozlari yaxshi ishlamaganida xavfsiz balandlikdan pastlash taqiqlanadi. Bu hollarda HK zaxira aerodromiga qarab yoʻnalishi lozim.
(944-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
945. Togʻli aerodromlarda parvozlarni faqat havo kemasi ustidan doimiy radiolokatsion nazorat taʼminlangan va xavfsiz parvoz balandliklari kafolatlanganda HHB dispetcheri tomonidan belgilangan trayektoriyalar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat beriladi.
(945-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
946. Togʻli joyda va aerodromda UPQ boʻyicha parvozdan VPQ boʻyicha parvozga oʻtish taqiqlanadi.
9-§. Kam moʻljalli va choʻl joylarda parvozlar
947. Choʻl va kam moʻljalli hududda parvozlarga tayyorgarlikda HK ekipaji qoʻshimcha ravishda:
a) xaritada yoʻnalish boʻyicha mavjud boʻlgan xarakterli moʻljallarni (karvon yoʻllari, daryo oʻzanlari, koʻllar, quduqlar), shuningdek umumiy moʻljal sifatida foydalanish mumkin boʻlgan uzoq moʻljallarni belgilashi;
b) moʻljallarni olib borish masalalari yuzasidan mazkur yoʻnalish boʻyicha tajribaga ega boʻlgan boshqa ekipajlar bilan maslahatlashishi;
v) oziq-ovqat va ichimlik suvi, avariya radiostansiyasi va signal vositalari mavjudligini tekshirishi shart.
10-§. Suv yuzasi uzra parvozlar
948. Suv yuzasida parvoz etishga:
a) ikki va undan ortiq dvigatelga ega HK va suvda qoʻnishga moslashtirilgan barcha HK;
b) bitta dvigatelga ega quruqlik HK qirgʻoq chizigʻidan ishlamay qolgan dvigatel bilan pastlash masofadan uzoq boʻlmagan joygacha ruxsat etiladi.
949. Suv yuzasidan parvozga qirgʻoqqacha boʻlgan masofa ishlamay qolgan dvigatel (dvigatellar) bilan qoʻnish rejalashtirilgan masofadan uzoq boʻlganida, shuningdek parvoz va qoʻnishga kirishish trayektoriyasi suvda qoʻnishni istisno etmasa, ekipajning barcha aʼzolari va yoʻlovchilarni qutqaruv jeleti bilan taʼminlashga ruxsat etiladi. Parvozning davomiyligi qirgʻoqdan 30 daqiqadan oshadigan barcha holatlarda HKlarda (turidan qatʼi nazar), individual qutqaruv vositalaridan tashqari HK PFQga muvofiq bortda mavjud boʻlgan barcha odamlarga hisoblangan, yashashni taʼminlaydigan vositalari bilan, guruh bilan suzish vositalari (shishiriladigan qutqaruv soli va ularga avariya zaxiralari), shuningdek ushbu Qoidalarning 917-bandida koʻrsatib oʻtilgan maxsus buyumlar boʻlishi shart.
950. Suv yuzasidan parvozlarga tayyorgarlikda ekipaj qoʻshimcha ravishda:
a) majburiy qoʻnish holati uchun qirgʻoq chizigʻini, suv va muz yuzasi holatini atroflicha oʻrganishi;
b) individual va guruh qutqarish vositalari, oziq-ovqat va ichimlik suvi zaxiralari, avariya radiostansiyasi va signal vositalari mavjudligi va toʻgʻri joylashtirilganligini tekshirishi;
v) suvga majburiy qoʻnish va suzish vositalaridan foydalanish qoidalarini oʻrganishi;
g) yoʻlovchilarni individual va guruh vositalaridan foydalanish va avariya qoʻnishda oʻzini tutish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
951. Qirgʻoq chizigʻi yaqinida VPQ boʻyicha parvozlar joy relyefining maksimal balandligini yoʻnalish oʻqining ikkala tarafidan ham 5 km (3 d. mili) kenglikdagi holatini hisobga olgan holda bajariladi.
(951-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
952. Dengiz yoki katta suv yuzasi tarafga parvozdan oldin HK komandiri ekipajning barcha aʼzolari bilan, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bilan birga, HK suvga qoʻndirilgan hollardagi harakatlar boʻyicha start oldi tayyorgarligini oʻtkazishi lozim.
11-§. Murakkab ornitologik sharoitlarda parvozlar
953. Murakkab ornitologik sharoit koʻplab qushlarning kunduzgi yoki mavsumiy koʻchishi yoki toʻplanishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin. Bunday sharoitlardagi parvoz bajarilishida qushlar bilan HK xavfli toʻqnashuvi natijasida alohida vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.
954. Parvozga qaror qabul qilishdan oldin HK komandiri SʼHB organi dispetcherida (yoki ATISdan) aerodrom hududidagi ornitologik vaziyat haqida maʼlumotni eʼtiborga olishi lozim.
955. Bajarish startida komandir SʼHB organi dispetcheridan maʼlumot olganida uchishni bajarish imkoniyatlarini hisobga olishi lozim. Bunday sharoitlarda parvoz yoqilgan faralar bilan amalga oshiriladi.
956. Yoʻnalish boʻyicha parvozda qushlar aniqlangan hollarda ekipaj ularni aylanib oʻtishi yoki ular ustidan uchishi kerak.
957. Qoʻnish aerodromiga yaqinlashishda, SʼHB organidan murakkab ornitologik holat haqida maʼlumot olingach yoki vizual holda qushlar aniqlangan hollarda ekipaj:
a) kuzatishni kuchaytirishi;
b) faralarni yoqishi;
v) dvigatel (dvigatellar) ishlashi parametrlari ustidan nazoratni kuchaytirishi;
g) lozim boʻlganda ikkinchi aylanishga ketishi lozim.
9571. Past va eng past balandliklarda parvozni amalga oshirishda havo kemasi komandiri hudud relefini va undagi sunʼiy toʻsiqlarni, balandlikni pasaytirish va koʻpaytirish maydonlarida parvozni bajarish tartibini bilishi, aloqa vositalarining va RTU cheklanish masofasini, yoqilgʻining ortiqcha harajatlanishini inobatga olishi kerak.
9572. Past va eng past balandliklardagi parvozda VPQ boʻyicha parvozni xavfsiz davom ettirib boʻlmaydigan meteosharoitlar bilan toʻqnashganda, UPQ boʻyicha parvozga oʻtilishi, xavfsiz balandlik yoki pastki xavfsiz eshelon egallanishi kerak hamda bu haqda HHB organi xabardor qilinishi kerak.
9573. Past va eng past balandliklardagi parvozdan berilgan eshelonni (balandlikni) egallash vaqtida barometrik balandlik oʻlchagichning bosim shkalasini standart atmosfera bosimiga oʻtkazish eshelonni (balandlikni) egallash harakati boshlangandan keyin amalga oshiriladi.
(XXII bob Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) asosan 12-paragraf bilan toʻldirilgan —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
9574. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi, havo hududidan foydalanuvchilarda HHFB organlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
9575. HKlarning aholi manzilgohlari ustidagi parvozi kunduzi VPQ boʻyicha belgilangan yoʻnalishlar va haqiqiy uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha aholi manzilgohlari ustidagi parvozning haqiqiy uchish balandligi 100 metrdan (330 fut) kam boʻlmasligi kerak.
9576. HKda nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda, shuningdek parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
9577. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga pasayish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishiga kirish uchun belgilangan nuqtada radiobalandlik oʻlchagich nazorati ostida barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
9578. Aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligiga koʻtarilish, aholi manzilgohlari ustida parvozni amalga oshirish yoʻnalishidan chiqish uchun belgilangan nuqtada barometrik balandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
9579. Ekipaj tomonidan aholi manzilgohlari ustida parvoz balandligini saqlab qolish radiobalandlik oʻlchagich orqali amalga oshiriladi.
95710. HHB organlari HKning (vertolyotlarning) ekipajlarini parvoz-axborot maʼlumotlari va avariya xabarlari bilan taʼminlaydi.
95711. Vertolyotlarning aholi manzilgohlari hududida joylashgan qoʻnish maydonchasiga (vertodromga) parvozi, parvoz balandligiga koʻtarilishi, qoʻnishga kirish uchun pasayishi, qoʻnishni amalga oshirishi ushbu maydonchaning (vertodromning) parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomasiga asosan amalga oshiriladi.
95712. Aholi manzilgohlari ustida parvozlar uskunalar boʻyicha 185 km/soatdan (100 uz) ortiq boʻlmagan tezlikda yoki HKni gorizontal holatda saqlab turish uchun HKning uchish qoʻllanmasida belgilangan minimal tezlikda amalga oshiriladi.
95713. Aholi manzilgohlari ustidagi yoʻnalishlarda HKni quvib oʻtish taqiqlanadi.
95714. Aholi manzilgohlari ustidagi ob-havo sharoiti belgilangan yoʻnalishlarni va/yoki uchish balandliklarini saqlab qolish imkonini bermasa, HK ekipaji parvoz topshirigʻini toʻxtatishi va uchish punktiga qaytishi yoki ob-havo sharoiti qoniqarli boʻlgan eng yaqin aerodromga (vertodrom, qoʻnish maydonchasiga) qaytish choralarini koʻrishi kerak.
95715. HK ekipajiga aholi manzilgohlari ustida parvozlarni amalga oshirish vaqtida HKning eshiklarini, lyuklarini, illyuminatorini ochish, shuningdek, parvoz topshirigʻida nazarda tutilmagan harakatlarni bajarish taqiqlanadi.
(13-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
XXIII. Parvozdagi alohida hodisalar
1-§. Asosiy talablar
958. Parvozdagi alohida holatlarga quyidagilar kiradi:
a) HK xavfli meteo holatlarga tushib qolishi;
b) dvigatel (dvigatellar) ishdan chiqishi;
v) HK tizimlarining parvoz rejasi yoki profilini oʻzgartirishga, shuningdek ilojsiz qoʻnishga olib keladigan tarzda ishdan chiqishi;
g) HKda yongʻin;
d) HK qatʼiy turishini, boshqaruvini yoʻqotish, chidamliligi buzilishi;
e) radio aloqani yoʻqotish (bort yoki yerdagi radio aloqa tizimlari ishdan chiqishi);
i) ekipaj aʼzolari (yoʻlovchilar) yaralanishi yoki sogʻligʻini toʻsatdan yomonlashuvi;
k) aerodromdan tashqarida ilojsiz qoʻnish;
l) qoʻnish aerodromi SʼHB va RTU hududida radiolokatsiya tizimi ishdan chiqishi;
m) avariya holatlarida parashutlar qoʻllanishi.
959. Parvozda alohida holatlar yuzaga kelgani toʻgʻrisida HK komandiri SʼHB organini zudlik bilan ogohlantiradi (halokat va shoshilinch signallar roʻyxati mazkur Qoidalarning 5-ilovasida keltirilgan). Asosiy kanal boʻyicha aloqani olib borish qiyinlashgan taqdirda 121,5 MGs. avariya chastotasiga oʻtiladi. Agar HK yoki undagi shaxslar xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi avariya holati mahalliy koʻrsatmalar yoki qoidalarni buzadigan harakatlarni amalga oshirilishini talab etsa, HK komandiri bu haqida tegishli mahalliy vakolatli organni (SʼHB) zudlik bilan ogohlantiradi. Insindent yuz bergan davlatning talabi bilan HK komandiri ushbu davlatning tegishli vakolatli organiga har qanday qoidabuzarlik haqida maʼlumot taqdim etadi. Bu hollarda HK komandiri 10 kunlik muddat ichida shunday maʼlumotlarning nusxasini oʻzining uchuv boʻlimi komandiriga ham taqdim etadi.
960. Halokat signali quyidagi hollarda yoqiladi:
a) dvigatel (dvigatellar) ishdan chiqqanida;
b) HKda yongʻin sodir boʻlganida;
v) qatʼiylik, boshqaruv yoʻqotilganida, chidamlilik buzilganida;
j) aerodromdan tashqarida ilojsiz qoʻnish bajarilganida;
z) avariya holatlarida parashutlar qoʻllanganida;
i) shoshilinch pastlaganda.
961. Parvozda alohida holatlar yuz berganida HK tizimlarini boshqarish HK PFQ talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
962. Ekipaj aʼzolari alohida holatlarda HK PFQ boʻyicha harakatlarni amalga oshirganlarida oʻzlarining harakatlari haqida HK komandiriga maʼlum qilishlari lozim.
963. Parvozni davom ettirish ekipaj va yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlamaydigan hollarda, HK komandiri aerodromdan boshqa joyda ilojsiz qoʻnishga yoki ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar parashutlar bilan taʼminlagan boʻlsa, HKni tark etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
2-§. HK xavfli meteorologik hodisalarga tushib qolishi
964. Parvoz uchun xavfli boʻlgan meteo hodisalarga quyidagilar kiradi:
a) uchish va qoʻnish aerodromlarida momaqaldiroq, doʻl, kuchli silkinish, shamolning kuchli esishi, muzlash, qattiq muzlatish, smerch, dovul, kuchli chang toʻzoni, kuchli jalali yogʻinlar, vulqon kuli;
b) parvoz yoʻnalishi boʻylab doʻl, momaqaldiroq, kuchli muzlash, kuchli silkinishlar.
965. Parvoz yoʻnalishi boʻylab xavfli meteo hodisalarga duch kelinganida HK komandiri ularni aylanib oʻtish choralarini koʻradi. Agar ularni yoʻnalishni yoki parvoz balandligini oʻzgartirish orqali aylanib oʻtish iloji boʻlmaganida ekipaj (uchuvchi) uchish aerodromiga qaytadi yoki yaqinroqdagi zaxira aerodromida qoʻnadi. Ushbu hollarda vertolyot komandiriga havodan turib tanlangan maydonchaga qoʻnishga ruxsat etiladi.
966. Bir dvigatelli HK dvigateli 100 metrgacha (330 futgacha) boʻlgan balandlikda (shuningdek, uchish vaqtida) ishdan chiqsa, HK komandiri toʻsiqlar bilan urilib ketishdan saqlangan holda, roʻparasida ilojsiz qoʻnadi.
(966-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
967. Agar dvigatel ishdan chiqishi 100 metrdan (330 futdan) ortiq boʻlgan balandlikda yuz bersa HK komandiriga ilojsiz qoʻnish uchun eng yaroqli boʻlgan maydonchani tanlashga ruxsat etiladi.
(967-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
968. Bir nechta dvigatelli HK dvigateli (dvigatellari) ishdan chiqqanda HK komandiri:
a) uchish aerodromida qoʻnish;
b) parvoz sharoitlarini yaxshilash uchun (agar imkoni boʻlsa) yonilgʻini bir qismini toʻkib yuborish yoki yuklarni tashlab yuborish;
v) dvigatellarning uchish tartibigacha boʻlgan barcha rejimlarini qoʻllash;
g) yoʻnalishli parvozlarda parvozni eng yaqin aerodromgacha (uning idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar) davom ettirish va unda qoʻnish huquqiga ega boʻladi.
969. Uch va undan ortiq dvigatelga ega HKlarda dvigatellardan birining ishdan chiqish alomatlari bilan (yongʻin bundan mustasno) oʻchib qolishi holatida HK komandiri, agar parvozni xavfsiz yakunlashga ishonsa, belgilangan aerodromgacha parvozni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi beriladi.
970. Agar ishlab turgan dvigatelda (dvigatellarda) parvozni davom ettirish imkoniyati boʻlmasa va parvoz xavfsizligiga real xavf tugʻilsa HK komandiri:
a) HK PFQ talablariga muvofiq zaruriy harakatlarni bajarishi;
b) halokat signalini yoqishi;
v) har qanday aerodromda, shuningdek uchish aerodromiga yoki agarda yuzaga kelgan aniq bir vaziyatda eng yaqin aerodromgacha uchib borishdan koʻra aerodromdan tashqari joyga qoʻnishda xavf kamroq boʻlsa, oʻsha yerda qoʻnishga majbur.
4-§. HK tizimlarining parvoz rejasi yoki profilini oʻzgartirishga, shuningdek majburiy qoʻnishga olib keladigan tarzda ishdan chiqishi
971. HK parvozda quvvatsiz qolganida ekipaj HK PFQ talablari asosida harakat qiladi.
972. Elektr quvvatlarning zaxira manbalaridan foydalanish imkoniyati boʻlmasa yoki ular boʻlmaganida HK komandiri:
a) VPQ boʻyicha parvozda yaqin aerodromda yoki aerodromdan tashqarida qoʻnadi;
b) UPQ boʻyicha parvozda vizual parvozga oʻtish choralarini koʻradi;
v) bulutlar ustidan parvozda, vizual parvozga oʻtish xavfsizligiga ishonch boʻlmaganida, biroq parvozni davom ettirishga texnik imkoniyatlar boʻlganida, vizual parvozga oʻtish imkoni mavjud hududga yoʻnaladi.
973. SʼHB organi dispetcheri HK bilan radio aloqa yoʻqolganini aniqlab va radiolokatsiya vositalari orqali uning yoʻnalishini aniqlab:
a) ushbu HK uning boshqa HK bilan yaqinlashib qolishini oldini oladigan tarzda SʼHB bilan taʼminlashi;
b) ushbu HK qoʻnishiga kirishida yordam koʻrsatish uchun oldinda boʻlishini tashkillashtirish imkoniyatlaridan foydalanish.
974. Shoshilinch pastlashni talab etadigan tarzda kabinaning germetikligi buzilgan hollarda ekipaj:
b) HK PFQ talablariga muvofiq harakatlangan holda, 150 eshelongacha (4550 metrgacha) yoki undan kam boʻlgan balandlikkacha, biroq har qanday hollarda ham parvoz hududidagi pastki xavfsiz eshelondan past boʻlmagan pastlikkacha shoshilinch pastlashishni amalga oshirishga kirishadi;
(974-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
v) halokat signallarini yoqadi;
g) yoʻlovchilar sogʻligʻi holatini tekshiradi va lozim boʻlganida ularga yordam koʻrsatadi;
d) belgilangan aerodromga yoki qoʻnish uchun yaroqli boʻlgan yaqin aerodromga yoʻnalish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5-§. Havo kemasida yongʻin
975. HKda yongʻin sodir boʻlganida ekipaj:
a) shoshilinch pastlashga oʻtadi va bir vaqtning oʻzida yongʻinni bartaraf etish boʻyicha barcha choralarni koʻradi;
b) halokat signalini yoqadi;
v) yuzaga keladigan vaziyatdan kelib chiqib yaqinroq aerodromgacha parvozni davom ettiradi, yoxud HK PFQ talablari boʻyicha harakatlanib, aerodromdan tashqarida qoʻnadi.
976. HKda yongʻin uchish bosqichida (uchishdan keyin balandlikni egallashda) yuzaga kelsa va uni bartaraf etish imkoni boʻlmasa, HK komandiri:
a) minimumlardan past boʻlgan ob-havo sharoitida ham uchish aerodromiga eng qisqa yoʻnalish boʻyicha qoʻnishga kirishni bajarish;
b) aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish yoʻriqnomasida nazarda tutilgan maydonchaga qoʻnish huquqiga ega boʻladi.
6-§. Havo kemasining qatʼiy turishi, boshqaruvi yoʻqolishi, chidamliligi buzilishi
977. HKning qatʼiy turishi, boshqaruvi yoʻqolishi, chidamliligi buzilganda HK komandiri halokat signalini yoqadi va HK PFQ talablariga muvofiq harakatlanadi.
7-§. Radio aloqani yoʻqotish (bortdagi va yerdagi radio aloqa tizimlarining ishdan chiqishi)
978. Agar 5 daqiqa davomida, radio aloqaning mavjud kanallaridan foydalanib, ularning har biri orqali bir necha marotaba chaqiriqlarga qaramasdan ekipaj (dispetcher) javob bermasa, radio aloqa yoʻqolgan hisoblanadi.
979. Radio aloqa yoʻqolganida HK komandiri “Halokat” signalini yoqadi va mavjud barcha vositalardan foydalanib SʼHB organi bilan bevosita yoki boshqa HKlar orqali aloqani tiklash choralarini koʻradi. Bunday holatlarda lozim boʻlganida 121,5 MGs avariya chastotasidan foydalanilishi mumkin.
980. Agar aloqani tiklash iloji boʻlmasa, qoida tariqasida HK komandiri vazifani bajarishni toʻxtatadi va uchish aerodromiga yoki zaxira aerodromiga qoʻnadi. Bunday hollarda HK komandiri uchish aerodromiga meteo sharoit minimumlardan past boʻlganida ham qoʻnish huquqiga ega.
(981-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
982. HK komandiri tomonidan belgilangan aerodromga parvoz qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, uchishda berilgan eshelon boʻylab harakatlanish lozim; qoʻnishga kirishish uchun pastlashishni qoʻnishga kirishning belgilangan sxemasi boʻyicha, RUURdan uchib oʻtilganidan keyin, yetib kelishning hisoblangan vaqtidan erta boʻlmagan holda boshlash kerak boʻladi. Bunda qoʻnish hisoblangan yetib kelish vaqtidan 30 daqiqadan kechiktirmagan holda amalga oshirilishi lozim.
983. Agar HK yetib kelishning hisoblangan vaqtidan 30 daqiqa oʻtgach qoʻnishni amalga oshirmagan boʻlsa, aloqa tiklanmagan boʻlsa va radiolokator ekranida koʻrinmasa, SʼHB organi aerodrom hududidagi odatiy samoviy harakatlanishni tiklaydi.
984. Ikkilamchi radiolokatsiya vositasi mavjud boʻlganida, aloqasiz harakatlanayotgan HKning haqiqiy parvoz esheloni aniq belgilanganida, butun havo hududini boʻshatmagan holda parvozlarning xavfsiz intervalini taʼminlashga yoʻl qoʻyiladi.
985. VPQ boʻyicha parvozda aloqa yoʻqotilganida HK komandiri belgilangan aerodromga VPQ boʻyicha berilgan eshelonda (balandlikda) yoʻnaladi. Belgilangan aerodromga VPQ boʻyicha parvozni davom ettirish imkoniyati boʻlmasa, ob-havo VPQ boʻyicha qoʻnishga yoʻl qoʻyadigan zaxira aerodromga yoʻnalish lozim.
986. HK ekipaji bilan aloqa yoʻqolganida SʼHB organi barcha mavjud RTVlarni ishga tushiradi, shuningdek qoʻshma dispetcherlik punktlari, PVO organlari, belgilangan aerodrom va zaxira aerodrom SʼHB organlarini HK bilan aloqa yoʻqolganligi haqida ogohlantiradi.
Boshqa HKlar harakatini boshqarish aloqa yoʻqotilgan HK bilan ularning yaqinlashuvini oldini oladigan tarzda olib boriladi.
987. SʼHB organi dispetcheri aloqa yoʻqolishi xarakterini HK ekipajiga kursni oʻzgartirish yoki halokat signalini yoqish (oʻchirish) komandalarini berish orqali aniqlaydi.
988. HK yetib kelishining hisoblangan vaqtiga SʼHB organi aerodrom hududi havo hududini balandlik aylanasidan berilgan eshelongacha boʻshatib qoʻyadi.
989. Radio aloqa yoʻqolganida SʼHBni taʼminlash uchun, shuningdek halokatga uchragan HK SʼHB, dispetcher oʻzining javobgarlik hududida radio sukut tartibini oʻrnatishi mumkin. Bu hollarda SʼHB organi dispetcherining komandasiga binoan HK ekipajlari:
a) barcha radio uzatishlarni toʻxtatishi, parvozda alohida holat yuzaga kelishi bundan mustasno, va buyruq aloqasi boʻyicha faqat qabul boʻyicha ishlashi;
b) SʼHB organi dispetcheri buyruqlarini tasdiqlashsiz bajarishi;
v) faqat SʼHB organi dispetcherining soʻrovi bilan aloqaga chiqishi;
g) SʼHB organi dispetcherining keyingi koʻrsatmasiga binoan balandlikni egallagach vertikal manyovrlarni toʻxtatishi.
990. Yerdagi radio aloqa vositalari ishdan chiqqanida SʼHB organi dispetcheri ish texnologiyasi boʻyicha zaxira vositalar va kanallardan foydalangan holda aloqani tiklash choralarini koʻradi yoki boshqaruvni boshqa SʼHB organiga topshiradi.
8-§. Moʻljalni yoʻqotish
991. Agar ekipaj ushbu sabab bilan belgilangan aerodromdan boshqa aerodromda ilojsiz qoʻnsa, moʻljal butunlay yoʻqotilgan hisoblanadi.
992. Agar HK ekipaji tomonidan mustaqil ravishda yoki yerdagi RTV yordamida berilgan yoʻnalishga keyinchalik belgilangan aerodromga qoʻnishi bilan chiqarilsa, moʻljal vaqtincha yoʻqotilgan hisoblanadi.
(993-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
v) SʼHB organiga moʻljalni yoʻqotganligi, qolgan yonilgʻi va parvoz sharoiti haqida maʼlum qilishi;
g) SʼHB organi ruxsati bilan HKni radiotexnik vositalar bilan topish mumkin boʻlgan eng maqbul balandlik yoki eshelonni egallashi;
d) ushbu holatlarda moʻljalni tiklashning eng oqilona usullarini qoʻllashi shart.
994. Moʻljalni tiklash iloji boʻlmagan hollarda, yonilgʻini butunlay yoqilishiga yoʻl qoʻymasdan, va qorongʻu tushguniga qadar, muddatidan oldinroq har qanday aerodromda yoki havodan tanlangan maydonchada qoʻnishi lozim.
(9941-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
9-§. Ekipajga (yoʻlovchilar) hujum, HK portlatish, yoqib yuborish xavfi
995. Ekipajga (yoʻlovchilar) hujum tahdidida yoki hujum qilinganida, shuningdek HK portlatish, yoqib yuborish xavfida HK komandiri va ekipaj aʼzolari iloji boricha halokat signalini uzatishlari, HK bortida yuzaga kelgan vaziyat haqida, oʻzining pozivnoylari, joylashgan oʻrni (koordinatlari), balandligi, parvoz kursi haqida maʼlum qilishi va gʻayriqonuniy aralashuvlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarda HK ekipaji uchun yoʻriqnomaga muvofiq yoki SʼHB organidan olingan tavsiyalarga muvofiq harakat qilishlari lozim.
10-§. Ekipaj aʼzolari (yoʻlovchilar)ning yaralanishi yoki sogʻligʻi holatining toʻsatdan yomonlashishi
996. Ekipaj aʼzolari (yoʻlovchilar)ning yaralanishi yoki sogʻligʻi holatining toʻsatdan yomonlashgan hollarda HK komandiri unga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etishi va sharoitdan kelib chiqib parvozni davom ettirish yoki toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
9961. Uchuvchilar ekipaji aʼzosi lazerli koʻrsatkichlardan kelib chiqishi taxmin qilingan yarqiragan nur bilan nurlangan taqdirda tegishli aviakompaniya tomonidan belgilangan koʻrsatmalarni bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarda kamida quyidagilar boʻlishi kerak:
HKni boshqarishni boshqa uchuvchiga topshirish;
avtopilot yoqilmagan boʻlsa, uni yoqish;
lazerli koʻrsatkich nuri uchuvchilar kabinasiga tushmasligi uchun imkoniyat doirasida HKning parvoz yoʻnalishini oʻzgartirish;
uchuvchilarning kabinasidagi ichki yorugʻlik manbaini yoqish.
Uchuvchilar ekipaji HKning lazerli koʻrsatkichdan nurlangan joyi va vaqti toʻgʻrisida mazkur hududni boshqarayotgan HHB dispetcheriga xabar beradi. HK qoʻngandan keyin HK komandiri ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq lazerli koʻrsatkichdan nurlanish hodisalari taxmini toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldiradi va lazerli koʻrsatkich bilan nurlantirilgan HK va uchuvchilar ekipaji aʼzolarining ahvoli toʻgʻrisida tegishli aviakompaniyaning uchish xizmati rahbariga va parvozlar xavfsizligi inspeksiyasiga xabar qiladi.
(9961-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 25-martdagi 19n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-5, 12.04.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 213-modda)
997. HK komandiri sogʻligʻi toʻsatdan yomonlashganida yoki u yaralanganida, u parvozni davom ettira olmasa, vazifani bajarish toʻxtatiladi, parvoz tugallangunicha HK komandiri vazifasini ikkinchi uchuvchi bajaradi.
998. Ekipaj aʼzolari (yoʻlovchilar) sogʻligʻi holatining oldindan yoki toʻsatdan yomonlashishi (yaralanganligi) oqibatida parvoz toʻxtatilganligi haqida axborot olganidan keyin SʼHB organi HK yaqin aerodromga chiqishini va navbatdan tashqari qoʻnishini tashkil etishi, ekipajga parvozni muvaffaqiyatli tamomlashi uchun maksimal yordam koʻrsatishi lozim.
11-§. Aerodromdan tashqarida majburiy qoʻnish
999. Parvozni davom ettirish ekipaj va yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlamaydigan hollarda HK komandiri aerodromdan tashqarida ilojsiz qoʻnish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. HK komandiri bunday qaror qabul qilgach (iloji boricha) SʼHB organi dispetcherini ehtimoliy qoʻnish joyi va vaqti haqida xabardor qilishi va halokat signalini yoqishi shart. Qoʻnish HK PFQga asosan amalga oshiriladi.
1000. Majburiy qoʻnish joyidan uchishga “Oʻzaviatsiya” agentligi direktori (yoki uni oʻrnini bosuvchi shaxs) HKda nosozlik bartaraf etilganidan keyin ruxsat beradi.
(1000-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
1001. Kutib turish mumkin boʻlmagan hollarda va yaqin aeroport bilan aloqa boʻlmaganida, HK komandiri atrofni shaxsan koʻzdan kechirgach va uni xavfsiz uchish uchun yaroqli deb topgach mustaqil ravishda uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Lozim boʻlgan hollarda toʻsiqlarni olib tashlash, yuklarni tashlab yuborish yoki yonilgʻini toʻkib tashlash choralari koʻriladi.
12-§. Aerodromda SʼHB va RTO hududida radiolokatsiya tizimlarining ishdan chiqishi
1002. SʼHB hududida radiolokatsiya tizimlari ishdan chiqqanligi toʻgʻrisida dispetcher xabarini olgan ushbu hududda parvozni bajarayotgan HK komandiri maksimal kuzatuvchanlikka (radiokuzatish) amal qilib, berilgan eshelon va tezlikda parvozni davom ettiradi.
1003. SʼHB organi bunday hollarda radio sukut tartibini kiritadi (lozim boʻlganida); radiolokatsion nazorat boʻlmaganidagi parvozlar uchun nazarda tutilgan eshelonlash intervalini qoʻllaydi va SʼHB hududidagi HK ekipajiga samoviy holatni yetkazib turadi, shuningdek barcha qoʻshma dispetcherlik punktlariga radiolokatsiya tizimlari ishdan chiqqanligi toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
1004. Belgilangan qoʻnish aerodromida RTU ishdan chiqqanida va meteorologik sharoitlar tufayli ushbu aerodromda vizual qoʻnishi iloji boʻlmaganida HK komandiri zaxira aerodromiga yoʻnaladi.
1005. Zaxira aerodromiga yoʻnalish iloji boʻlmasa (yonilgʻi yetishmasligi, texnik nosozlik va boshqalar) HK komandiriga ob-havo sharoiti qoʻnish aerodromida minimumdan past boʻlsa ham qoʻnish huquqi beriladi.
1006. Parvozlarni bajarishda, shuningdek tegishli sinov va oʻquv parvozlari uchun yoʻriqnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ekipajning barcha aʼzolari va parvozda ishtirok etuvchi barcha shaxslar, xavfsizlik jihozlari bor parashutlarga ega boʻlishlari shart.
(1006-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 13-iyuldagi 2n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-3, 09.08.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 32-son, 384-modda)
1007. Parashutlarning osilib turuvchi tizimlari butun parvoz davomida kiyib turilgan boʻlishi shart. Parvoz davomida parashutlarni yechishga faqat parashut taqqan holda maʼlum bir ishni bajarishga imkon boʻlmagan taqdirda ruxsat etiladi.
1008. Parvozda ilojsiz tashlab ketish qoidalari har bir HK turi uchun tegishli yoʻriqnoma bilan belgilanadi.
1009. Ekipaj HKni parashutlarda tark etishidan oldin, iloji boricha oʻzi aloqada boʻlgan SʼHB organi dispetcherini ogohlantiradi, oʻzining joylashgan oʻrnini maʼlum qiladi va halokat signalini yoqadi.
1010. HKni tark etishda (agar buni iloji boʻlsa) avtouchuvchini yoqish, glissada yoʻlagi boʻylab pastlaydigan holda kursni aholisi kam hududga toʻgʻrilash, tanish apparaturasi kodlangan moslamasini yoʻq qilish zarur.
1011. Ekipaj aʼzolari va bortdagi boshqa shaxslar HKni komandirning buyrugʻi bilan parashutlarda tark etadi. Komandir HKni eng oxirgi boʻlib tark etadi.
XXIV. Qidiruv va qutqaruv
1-§.Umumiy qoidalar
1012. Qidiruv va avariya-qutqaruv ishlari parvozlarni qidiruv va avariya-qutqaruv taʼminlanishining qismi hisoblanadi va quyidagilarni oʻzida mujassamlashtirgan:
a) navbatchi qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari uchishini (chiqishi) tashkil etish;
b) qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini boshqarish, ularni oʻzaro aloqasi va kuchaytirilishini tashkil etish;
v) halokatga uchragan HKlarni qidirish;
g) HKlardagi yongʻinlarni oʻchirish;
d) jarohatlanganlarni HKdan chiqarib olish va ularga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish;
e) odamlarni halokat joyidan, shuningdek davolash muassasalariga koʻchirish.
1013. Qidiruv va avariya-qutqaruv ishlariga boshqa vazirlik va idoralarning kuchlari va vositalari ham jalb etilishi mumkin.
1014. Joylardagi oʻzaro harakatlanishni aviakorxona rahbari ishlab chiqilgan rejalarga muvofiq tashkillashtiradi.
1015. Aeroport javobgarligi hududida halokatga uchragan HK ekipaji va yoʻlovchilarini, idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, aerodromda joylashgan tashkilotlar va boʻlinmalar vositalari va kuchlarini jalb etgan holda qidirish va qutqarishni tashkil etish va oʻtkazishga umumiy rahbarlik aerodrom rahbariga yuklatiladi.
1016. Ekspluatantlar HK bortida oʻzi uchib oʻtadigan hududdagi qidiruv-qutqaruv xizmatlariga taalluqli barcha kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishlarini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻradi.
2-§. Qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va bajarish
1017. QQI quyidagi hollarda bajariladi:
a) HK bortidan halokat signali olinganida;
b) agar HK hisoblangan uchib kelish vaqtidan keyin 10 daqiqa davomida yetib kelmasa, u bilan radio aloqa boʻlmasa;
v) agar HK ekipaji qoʻnishga ruxsat olgan va lekin belgilangan vaqtda uni amalga oshirmagan, u bilan radio aloqa boʻlmasa;
g) agar HK ekipaji belgilangan vaqtda aloqaga chiqmasa;
d) agar ekipaj maʼlumotlari yoki boshqa maʼlumotlarga koʻra HK ahvoli yoki yonilgʻining qolgan qismi parvozni xavfsiz yakunlashga kafolat bermasa;
e) agar havo trassasi (trassadan tashqarida) boʻylab parvozda aloqa yoʻqolgan va uning joylashgan oʻrnini 20 daqiqa davomida aniqlash iloji boʻlmaganda;
j) aeroport rahbari yoki yuqori rahbariyat koʻrsatmasi olingan boʻlsa.
1018. Halokatga uchragan HKni qidirish va qutqarishni oʻz vaqtida taʼminlash uchun:
a) qidiruv-qutqaruv HK ekipajlari;
b) aeroport avariya-qutqaruv guruhi (AQQG) va yerdagi qidiruv-qutqaruv guruhi;
v) samolyot va vertolyotlar, shuningdek yuqori oʻtish imkoniyatiga ega yer transporti;
g) samoviy harakatni boshqarish organi ishtirokida navbatchilik tashkil etiladi.
1019. Ekipajlarni, HKlarni va avariya-qutqaruv vositalarini navbatchilikka ajratilganligi haqidagi maʼlumotlar sutkalik parvozlar rejasiga kiritiladi va MDICHX va boshqa manfaatdor xizmatlar va idoralarga yetkaziladi.
1020. Navbatchilikka ajratilgan qidiruv HK qidiruv vositalari bilan jihozlangan boʻlishi va bortida qutqaruv jihozlari komplektlariga va mulklariga ega boʻlishi kerak.
Vertolyotlar, bulardan tashqari, qidiruv faralari va qutqariluvchi va qutqaruvchini koʻtarish uchun yuk koʻtarish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
1021. Aeroportlarda navbatchi HK va ularning ekipajlari uchun uchishga belgilangan tartibda tayyor turishni taʼminlovchi turish joyi ajratiladi.
1022. Navbatchilikka ajratilgan qidiruv HK uchish muddati yoz kunlarida signal olingan vaqtdan 30 daqiqadan, qishda esa 45 daqiqadan oshmasligi kerak.
1023. Qidiruvga uchishda HK bortida uch-toʻrt odamdan tashkil topgan qutqaruvchilar (kuzatuvchilar) guruhi, shuningdek tibbiyot xodimi boʻlishi lozim.
1024. Qidiruv-qutqaruv ishlarini oʻtkazish uchun, maxsus ajratilganlardan tashqari, vizual qidiruvni va evakuatsiya ishlarini bajarish uchun qidiruv-qutqaruv jihozlariga ega boʻlmagan HKlar, shuningdek qidiruv hududiga yuborish mumkin boʻlgan zaxira, sanitar, patrul va havodagi HKlar ham jalb etilishi mumkin.
1025. HK komandiri halokat haqida tegishli xabar olganda imkon doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) olingan xabarni tasdiqlaydi;
b) halokatga uchragan HKning joylashgan joyini qayd qiladi, agar bu toʻgʻrisida xabar qilingan boʻlsa;
v) radiostansiya tomonidan yuborilayotgan pelengni (yerdan havoga yuborilayotgan signal) aniqlaydi;
g) HKga xizmat koʻrsatuvchi tegishli organni xabardor qiladi;
d) oʻz ixtiyori bilan koʻrsatmalarni kutish chogʻida halokat toʻgʻrisida xabarda koʻrsatilgan joyga boradi.
1026. Halokat signalini yoki HK halokati toʻgʻrisida boshqa maʼlumotni olgan SʼHB organi dispetcheri bu haqda zudlik bilan parvozlar rahbariga (katta dispetcherga) maʼlum qilishi, samoviy va yerdagi qidiruv-qutqaruv hisoblariga trevoga eʼlon qilishi, halokatga uchrayotgan HK joylashgan oʻrnini aniqlashi, HK ekipajiga yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish yuzasidan yordam koʻrsatishi shart. Ehtimoliy halokat hududida uchib yurgan barcha HK ekipajlariga ikkita UKV radiostansiyalaridan birida 121,5 mGs avariya chastotasini eshitish koʻrsatmasini berishi shart.
1027. Qidiruv-qutqaruv ishlarini oʻtkazish jarayoniga uchuvchi-komandir tarkibdan qidiruv-qutqaruv ishlariga rahbar tayinlanadi.
3-§. Halokatga uchrayotgan havo kemasi ekipajining harakatlari
1028. Agar parvozdagi HKga xavf tahdid solsa yoki HK halokatga uchrayotgan yoki uchragan boʻlsa, HK komandiri odamlarning sogʻligʻi va hayotini, shuningdek kemani va undagi mulklarni saqlab qolishga qaratilgan choralar koʻrishi shart.
1029. Parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday avariya holatlarida HK ekipaji halokat signalini uzatishi va bir vaqtning oʻzida tanish jihozlarini yoqishi lozim.
1030. Halokat signali butun aviatsiya uchun bir xilda belgilanadi va radio telegrafda “SOS” (halokatga uchrayapman) harflari bilan, radiotelefonda ochiq matnda “Halokatga uchrayapman” (xalqaro parvozlarda “Meydey”) bilan anglatiladi.
1031. Halokat signali radiotelefon tartibida halokat vaqtida SʼHB organi dispetcheri bilan aloqada boʻlgan ishchi kanal chastotasida, shuningdek 121,5 mGs xalqaro avariya chastotalarida, dengiz xizmatlarida yordam soʻralganida radio telefon tartibida 2182 Kgs yoki 4125 kGs chastotalarida uzatiladi.
1032. Aerodromdan tashqarida ilojsiz qoʻnish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganida HK komandiri barcha ekipaj aʼzolarini ogohlantiradi, ularning keyingi harakatlari tartibi toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi. Ilojsiz qoʻnishda ekipaj qoʻngunga qadar yerdagi (suvdagi) radiostansiyalar bilan radio almashinuvni saqlab turadi, tanaffuslarda esa uzatgichni yoqilgan holda (nuqtani bosib) ushlab turadi. Pelenglash signalini uzatish avtomatik vositalari, agar ular boʻlsa, doimo yoqilgan boʻlishi lozim.
1033. Jabrlanuvchilar ularni qutqarish uchun barcha choralar koʻrilishini bilishlari lozim, HK ekipaji oʻzining harakatlari bilan oʻzlarini topilishiga koʻmaklashadilar.
1034. Aerodromdan tashqarida ilojsiz qoʻnishni amalga oshirgan HK ekipaji:
a) yoʻlovchilarni zudlik bilan HKdan koʻchirishi va 100 metrdan kam boʻlmagan xavfsiz masofaga olib borishi;
b) zararlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlashi;
v) oʻzining joylashgan oʻrnini belgilashi yoki aniqlashtirishi;
g) yaqinroqdagi aerodrom, yerdagi yoki samolyot radiostansiyasi bilan aloqa oʻrnatish boʻyicha choralar koʻrishi;
d) yongʻin yuz bergan hollarda ekipaj bortdagi va qoʻl ostidagi yongʻinni oʻchirish vositalari bilan uni bartaraf etishga harakat qilishi shart.
1035. HK komandiri HK majburiy qoʻnish joyidagi barcha ishlarga rahbarlik qiladi va (iloji boricha) sugʻurta hujjatlari rasmiylashtirilishini tashkil etadi.
1036. Majburiy qoʻnish hududida qolish yoki ketish qarorini HK komandiri qabul qiladi.
1037. Majburiy qoʻnish joyida qolishga quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
a) ekipaj tomonidan havoda yoki qoʻnish amalga oshirilganidan keyin halokat toʻgʻrisida yoki hodisa joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar uzatilganida (xabar qabul qilinganligi yoki qabul qilinmaganligi haqida tasdiq boʻlgan boʻlmaganligidan qatʼi nazar);
b) joylashgan oʻrni aniq belgilanmagan, joy notanish va yaqin aholi punktiga oʻtish qiyin va uning uzoqligi nomaʼlum (togʻlar, oʻrmon, qalin qor, botqoqlik va boshqalar) boʻlganida;
v) yoʻlovchilar va ekipajning bir qismi ular olgan jarohatlari tufayli mustaqil harakatlana olmasalar va ularni tashish uchun sogʻlom kishilar yetarli boʻlmasa;
g) joy ochiq boʻlib ularni havodan topish oson boʻlsa.
1038. Majburiy qoʻnish joyidan quyidagi hollarda ketish tavsiya etiladi:
a) joylashgan oʻrni aniq va yaqinlikdagi aholi punktiga bemalol yetib borish imkoniyati mavjud boʻlganida;
b) odamlar yurishga va yaralanganlarni tashishga qodir boʻlganida;
v) HK va undagi odamlarni qalin oʻt-oʻsimliklar tufayli topish mumkin boʻlmasa, signalizatsiya vositalari boʻlmasa;
g) tabiiy ofat (yongʻin, suv bosishi) oqibatida yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolari sogʻligʻiga bevosita xavf mavjud boʻlsa.
1039. Suv yuzasida ilojsiz qoʻnish amalga oshirilganida HKni tark etish faqatgina u toʻxtaganidan keyin HK komandirining ruxsati bilan amalga oshiriladi. HKni suvda tark etishda:
a) ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarga qutqarish vositalarini kiydirish va HKdan chiqib ketishda ularning gazga toʻldirish tizimini yoqish;
b) guruh suzish vositalarini suvga tushirish;
v) hammani HKdan sollarga yuborish. Yaradorlar va bolalar birinchi navbatda yuboriladi;
g) suzish vositalariga mavjud oziq-ovqat, suv va buyumlar zaxirasini ortish;
d) HK suvga choʻkishni boshlamasidan oldin, xavfsiz masofaga (kamida 100 metr) suzib ketish;
e) alohida sollardagi ekipaj aʼzolari bir-biriga yaqinroqqa suzib kelishi va sollarni (ikkita-uchta solni) 8—10 metr uzunlikdagi arqonlar bilan bir biriga bogʻlash lozim.
1040. Ekipaj aʼzolari xushdan ketishda, lat yeyishda, sinishda, nafas toʻxtab qolganida, boʻgʻilib qolishda, kuyishda, muzlab qolishda, qizib ketishda, zaharlanishda va boshqa holatlarda tibbiy yordam koʻrsatishga tayyor boʻlishi kerak. Agar HK yoʻlovchilari orasida tibbiyot xodimlari boʻlsa, ulardan jabrlanuvchilarga tibbiy yordam koʻrsatishda foydalanish lozim.
4-§. Aerodrom hududi va territoriyasida AQI tashkil etish va oʻtkazish
1041. Avariya-qutqaruv ishlari quyidagi hollarda tashkil etiladi va oʻtkaziladi:
a) halokatga uchrayotgan HK qoʻnishi haqida maʼlumot olinganida;
b) aviatsiya hodisasida;
v) HK koʻchirishni talab etadigan insidentlarda;
g) aholiga tabiiy ofatlarda yordam koʻrsatishda;
d) aviakorxona rahbarining koʻrsatmasiga asosan.
1042. Aerodrom hududi va territoriyasida avariya-qutqaruv ishlarini bajarish uchun aeroportning har bir smenasida harakati maxsus yoʻriqnoma bilan belgilanadigan avariya-qutqaruv komandasi tuziladi.
1043. AQG hisoblari boʻyicha sharoitdan kelib chiqib, quyidagi ogohlantirish signallari uzatiladi:
a) “trevoga” — aviatsiya hodisasi toʻsatdan yuz berganida yoki halokatga uchrayotgan HK ushbu aerodromda kutilayotgan qoʻnishiga kamida 30 daqiqa qolganida;
b) “tayyor turish” — halokatga uchrayotgan HK ushbu aerodromda kutilayotgan qoʻnishiga 30 daqiqa va undan ortiq vaqt qolganida;
1044. Avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazish uchun bevosita rahbarlik smena boshligʻi — avariya-qutqaruv ishlari rahbariga yuklatiladi (aeroport rahbarining smena boʻyicha oʻrinbosari yoki aeroport rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan boshqa shaxs).
1045. Aeroport rahbarining smena boʻyicha oʻrinbosari yoʻq boʻlgan aeroportlarda, rahbariyat yetib kelguniga qadar, avariya-qutqaruv ishlarini parvozlar rahbari (katta dispetcher) tashkillashtiradi.
XXV. Aviatsiya hodisalari va insidentlarini surishtirish
1046. Aviatsiya hodisalari va insidentlarini surishtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-noyabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
(1046-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
1047. Aviatsiya hodisalari va insidentlarini surishtirishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari va insidentlarini surishtirish qoidalari”ga muvofiq kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan aviatsiya hodisalari va insidentlarining oldini olish hisoblanadi. Surishtiruv faktik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil etishni, zaruriy tekshirishlarni oʻtkazishni, hodisa sabablarini aniqlash va profilaktika boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.
1048. Kimningdir javobgarligi yoki aybini aniqlash surishtirish vazifasiga kirmaydi.
1049. Kimningdir aybi yoki javobgarligi ulushini aniqlashga qaratilgan sud yoki maʼmuriy tartibda ishni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari va insidentlarini tekshirish qoidalari” asosida olib borilgan surishtiruvdan alohida oʻtkazilishi lozim.
1050. Aviatsiya hodisasi yuz bergan paytidan boshlab dastlabki harakatlarni oʻtkazish uchun javobgarlik hududida yoki territoriyasida aviahodisa sodir boʻlgan FA tashkiloti rahbari zimmasiga, u yetib kelguniga qadar esa HK komandiri zimmasiga yuklatiladi.
1051. Har bir FA tashkilotida “Oʻzaviatsiya” agentligi bilan kelishilgan holda, ushbu qoidalarni inobatga olib, harakatlar tartibini, aviatsiya hodisasi yuz berganida aniq bir mansabdor shaxslarning majburiyati va javobgarligini belgilovchi maxsus yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
(1051-band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2023-yil 27-fevraldagi 02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-11, 03.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son)
2-§. Aviatsiya hodisalari va nizolar sodir boʻlgandan keyin mansabdor shaxslarning dastlabki harakatlari
1052. Aviatsiya hodisasi yuzaga kelgan HKning ekipaji, boshqa fuqarolar, yuridik shaxslar, ijro hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari falokatga uchragan kemani, uning qism-parchalari, bortdagi va yer bilan bogʻliq nazorat vositalarini bort ichida yoki zarb natijasida tashqariga chiqib ketgan holatlarda saqlab qolish choralarini koʻrishlari lozim.
1053. Aviatsiya hodisalaridan keyin, aerodromdan tashqariga qoʻnishga majbur boʻlgan holatlarda HKning komandiri ekipaj aʼzolari bilan birgalikda HK PFQ talablari asosida yoʻlovchilarni qutqarib qolish va yongʻinni oʻchirish choralarini koʻradi.
1054. HK yonmayotganligiga ishonch hosil qilgan havo kemasining komandiri hodisa sodir boʻlgan hududdagi mansabdor shaxs yetib kelgunga qadar quyidagilarni bajarishga majbur:
a) zudlik bilan havo kemasini elektr manbaidan butunlay uzadi (agarda bu harakat evakuatsiya jarayoniga toʻsqinlik qilmasa) va bortdagi oʻziyozar mexanizmning oʻchirilganligiga ishonch hosil qiladi;
b) ekipaj kabinasidagi boshqaruv pulti va bortdagi oʻziyozar mexanizmlarning daxlsizligini taʼminlaydi;
v) tijorat yuklari va boshqa predmetlar daxlsizligini, yonilgʻi, moy va suyuqliklarning oqib ketmasligini taʼminlaydi;
d) havo kemasi hamda hodisa sodir boʻlgan joyni qoʻriqlashni tashkil qiladi;
e) yuzaga kelgan hodisadan yaqinroqdagi aviatsiya organi yoki mahalliy hokimiyat organlarini tezda xabardor qilish choralarini koʻradi.
1055. Salomatligining ogʻirligi tufayli HKning komandiri oʻz vazifalarini bajara olmasa, u holda bu vazifalarni ikkinchi uchuvchi yoki boshqa ekipaj aʼzolari mazkur talab va yuzaga kelgan sharoitga qarab amalga oshiradi.
1056. Hodisa sodir boʻlgan joyga FAning rahbari yoki avariyaviy-qutqaruv ishlari rahbari yetib kelgandan keyin, HK, undagi hamda hodisa sodir boʻlgan joydagi ashyoviy dalillarning saqlanishi uchun boʻlgan javobgarlik uning zimmasiga oʻtadi.
1057. Hududida yoki territoriyasida aviatsiya hodisasi yuz bergan FA aviakorxonasi rahbari sodir boʻlgan hodisa haqida xabarni olishi bilan tekshirish boʻyicha komissiya kelguniga qadar tegishli organlar bilan oʻzaro hamkorlikda:
a) lozim boʻlgan hollarda oʻzaro munosabatdagi idoralarni jalb qilgan holda, belgilangan tartibda qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazishni tashkil etadi;
b) yoʻlovchilarni va ekipajni qutqarish, yongʻinni oʻchirish (yoki uni oldini olish), ashyoviy dalillarni saqlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrishni aniqlash maqsadida hodisa joyiga keladi;
v) ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda, lozim boʻlganida shu hududda dislokatsiya qilingan harbiy qismlar bilan HK va uning ichidagi tarkibini (boʻlaklar ostidan jabrlanuvchilarni chiqarib olish lozim boʻlgan holatlar bundan mustasno) daxlsizligini taʼminlagan holda, hodisa joyini qoʻriqlashni tashkil etadi, aviatsiya hodisasi joyiga begona shaxslarning kirishini oldini olish choralarini koʻradi;
g) lozim boʻlganida HK asosiy qismlarini ular suratga olingandan va ular joylashgan oʻrni sxemasi tuzilgandan keyin qoldiqlarni yigʻishtirib olish uchun koʻrsatma beradi. Bunda iloji boricha HK qoldiqlarini sochib yuborish va ularga zarar yetkazishga yoʻl qoʻymaslik lozim;
d) maxsus hujjatlarda nazarda tutilgan hajmda ekipaj va lozim boʻlganda SʼHB organlari dispetcherlari va aviatsiya xodimlarining boshqa shaxslari sogʻligʻi holati yuzasidan tibbiy nazorat oʻtkazilishini tashkil etadi;
e) parvozni tayyorlash va taʼminlashga javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar va ekipaj aʼzolaridan tushuntirish xatlari oladi;
j) hodisa joyidagi bort hujjatlari va bort oʻzi yozish qurilmalarini saqlab qolish boʻyicha zaruriy choralar koʻradi. Agar bort oʻzi yozish qurilmalari agressiv suyuqlik yoki olov oʻchogʻi ichida boʻlsa, ularni zudlik bilan u yerdan olish lozim, maʼlumotlarni saqlab qolish uchun choralar koʻrgan holda, ularning olib qoʻyilgani va tashqi holati haqida dalolatnoma tuzish lozim. Boshqa holatlarda bort oʻzi yozish qurilmalarini olib qoʻyish taqiqlanadi. Bort oʻzi yozish qurilmalarini olib qoʻyish qoida tariqasida, huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi;
z) lozim boʻlgan hollarda hodisa joyiga tutash boʻlgan joylarda HK qoldiqlarining qidiruvini tashkil etadi va ularni topilgan joyida saqlab qolinishini taʼminlaydi;
i) aviahodisa guvohlarini, shuningdek avariya-qutqaruv ishlarini bajaruvchi shaxslarni aniqlashni, tekshirish boʻyicha komissiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish uchun ularning roʻyxati tuzilishini taʼminlaydi;
k) uchish, texnik va dispetcherlik hujjatlari olib qoʻyilishi va saqlanishini tashkil etadi;
l) tashqi muhit taʼsirida yoʻq boʻlib ketishi mumkin boʻlgan (muz yotqiziqlari, HK tashqi yuzasidagi kapotlar, HK yerdagi harakatining xarakterli izlari, UQY va boshqalar) alomatlarni hujjatlashtirib mustahkamlab qoʻyishni (suratga olish, video yozuv va sxemalar tuzish yoʻli bilan) tashkil etadi;
m) aviahodisa joyining dastlabki chizmalarini tuzadi;
n) ob-havoni navbatdan tashqari nazorat kuzatuvini tashkil etadi, agar aviahodisa aerodromdan tashqarida sodir boʻlgan boʻlsa, yaqin AMSF va meteostansiyalardan meteo maʼlumotlar toʻplashni taʼminlaydi;
o) lozim boʻlganda aviahodisa yuz bergan joyda radiologiya, kimyoviy va bakteriyaviy nazorat oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
p) aviahodisaga uchragan HK yonilgʻi quyilishi amalga oshirilgan sigʻimli idishlarni muhrlash (yonilgʻi quyuvchilar) va yonilgʻi quyishni taqiqlash toʻgʻrisida koʻrsatma beradi;
r) maxfiylik yozuviga ega maxsus qurilmalar va HK bortida boʻlgan parvoz hujjatlari butligini taʼminlaydi;
s) dispetcherlik magnitofonlari yozuvlari (magnit lentalari), qoʻnish radiolokatori indikatorlaridan foto roʻyxatga olgichlaridan fotoplyonkalarni, HK harakatlanishi grafiklarini, radio almashuv va radiotexnik vositalar ishi vaqtini hisobga olish apparati jurnalini; uchish kitobchalari, ekipaj barcha aʼzolarining uchish ish jildlari va tibbiy kitobchalari; HK, dvigatellar va agregatlar formulyarlari, texnik xizmatga defekt vedomostlar va kart-naryadlarni; HKni parvozga tayyorlashda yoki parvoz oldidan nosozlikni bartaraf etishda foydalanilgan uskunalar va nazorat apparaturalarini; quyilgan YOMM miqdori va sifatini, uchish maydoni holatini xarakterlovchi hujjatlarni; parvoz yoʻnalishi boʻyicha, aerodromda va hodisa hududidagi meteo sharoitni xarakterlovchi meteo hujjatlarni olib qoʻyilishi va muhrlanishini tashkil etadi;
t) keyinchalik surishtiruv jarayonida foydalanish uchun aviahodisa boʻlgan hududda aviahodisa vaqtiga yaqin boʻlgan vaqt davomida parvozlarni amalga oshirgan HKning bort nomerlarini yozib oladi, ushbu HKning nazorat bort oʻzi yozish qurilmalari maʼlumotlarini saqlab qolish boʻyicha choralar koʻradi;
u) lozim boʻlganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishgan holda, zararlangan HKni koʻchiradi. HKni tekshirish komissiyasi kelguniga qadar koʻchirishga agarda HK temir yoʻl, shosse, suv magistraliga qulagan boʻlsa va transport harakatlanishi va parvozlarga xalaqit bersa, yoʻl qoʻyiladi. Koʻchirish vaqtida HKni (uning parchalarini) ular hodisa joyida qay holda turgan boʻlsa oʻsha holicha saqlash boʻyicha choralar koʻriladi. Bunday hollarda HK yoki uning parchalari koʻchirilgunga qadar boʻlgan holati va turishi bir nechta tomonidan yerdan, lozim boʻlgan hollarda havodan, yoʻnaltiruvchi yoki detallashtirilgan foto suratga olish yoki video yozib olish usuli bilan yozib olinadi, HK yoki uning parchalari turishi va umumiy holati, yer (yer usti toʻsiqlari) bilan toʻqnashish burchagi aks ettiriluvchi dalolatnoma tuziladi, ekipaj kabinasida uskunalarning koʻrsatkichlari, qoʻshgichlarning, yoqqichlarning, boshqarish ushlagichlarining turishi rasmga olinadi yoki video yozuv orqali yozib olinadi, kabinani koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi;
f) lozim boʻlganida, HKlarni bevosita parvozlarga tayyorlash, parvozlarni taʼminlash va samoviy harakatni boshqarishni amalga oshiruvchi HK ekipajini, yerdagi xizmatlar xodimlarini oʻz vazifalarini bajarishidan chetlashtirish boʻyicha choralar koʻradi.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻz vazifalarini bajarishga tegishli rahbarning komissiya raisi bilan kelishilgan qaroriga muvofiq ruxsat etiladi;
x) aviatsiya hodisasidan oldidan HK parvozini bajarish va taʼminlash boʻyicha tegishli hujjatlar va maʼlumotlar butligini taʼminlash maqsadida HKning oxirgi uchgan aerodromi SʼHHK xizmatini, uning parvozi yoʻnalishi boʻylab joylashgan SʼHHK xizmatlari HK egasini (ekspluatantini) aviatsiya hodisasi fakti haqida xabardor qiladi;
s) Oʻzbekiston Respublikasi ijroya organlari bilan hamkorlikda zarar koʻrganlar va ularning qarindosh-urugʻlariga koʻmaklashish va yordam koʻrsatish guruhini va aviatsiya hodisasini tekshirish komissiyasi ishini tashkillashtirish guruhini shakllantiradi.
1058. Mansabdor shaxslarning aviatsiya hodisasidagi dastlabki harakatlari natijasida olingan barcha materiallar aviatsiya hodisasini tekshirish boʻyicha komissiyaga taqdim etilishi lozim.
1059. Komissiya yetib kelguniga qadar yerdagi va bortdagi magnitofonlarni ochish va eshitish, bort oʻzi yozgichlarini ochish va yozuvlarini rasshifrovka qilish taʼqiqlanadi va faqat komissiya raisining yoki komissiya raisi oʻrinbosarining qaroriga muvofiq uning ixtiyoriga topshirilgandan soʻng darhol amalga oshirilishi mumkin.
(1059-band Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 11-yanvardagi 106-N-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-9, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son)
1060. Halokatga uchragan HKni ishlab chiqargan, tayyorlagan, mulkdori (ekspluatanti) boʻlgan tashkilotlar, shuningdek taʼmirlash, samoviy harakatni boshqarish, texnik va aerodrom xizmatini koʻrsatish tashkilotlari rahbarlari aviatsiya hodisasi toʻgʻrisida maʼlumot olganida ushbu HK tegishlicha ishlab chiqilishi, sinab koʻrilishi, tayyorlanishi, taʼmirlanishi va ekspluatatsiyasi, uning parvozi taʼminlanishiga taalluqli boʻlgan hujjatlarni but saqlanishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
XXVI. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalarini qoʻllash uchun javobgarlik
1-§. Asosiy holatlar
1061. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va eksperimental aviatsiyasida ushbu parvoz qoidalari qoʻllanilishi yuzasidan javobgarlik tijorat maqsadlari yoki begʻaraz asoslarda boʻlishidan qatʼi nazar, parvozlarni taʼminlash va bajarishda ishtirok etuvchi aviatsiya xodimlari tarkibining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
1062. Ushbu parvoz Qoidalariga kiritilgan standartlar talablarining qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida parvozlar xavfsizligini taʼminlaydi.
1063. Ushbu Qoidalarning talablaridan hech biri HK komandiri vakolatlariga parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun berilgan vakolatlaridan foydalanishiga toʻsqinlik qila olmaydi.
3-§. Yakuniy qoidalar
1064. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzgidromet, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bilan kelishilgan:
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr
“Oʻzgidromet” bosh direktori V. CHUB
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr
“Oʻzbekiston Havo yoʻllari” MAK bosh direktori V. TYAN
Toshkent sh.,
2007-yil 11-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 1-ILOVA
Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
(Tuzilma sxemasi)
Yoʻriqnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1-boʻlim. Umumiy qoidalar
Aerodrom klassi, maqsadi, tegishliligi.
Aerodromda joylashgan aviatsiya qismlari va boʻlinmalari, ularning idoraviy tegishliligi, aerodromning katta aviatsiya boshligʻi qaysi aviatsiya qism yoki boʻlinmadan tayinlanganligi.
2-boʻlim. Aerodrom tasvirlanishi
Aerodromning yaqinida boʻlishi mumkin boʻlgan yirik aholi punktiga nisbatan joylashuvi. KTA geodeziya koordinatlari, aerodromning absolyut balandligi, soat kamari raqami, magnit moyilligi, oʻlchamlari, grunt va uchish maydonining qoplamasi, yogʻingarchilik boʻlganida uning foydalanishga yaroqliligi.
Qoplama turi, oʻlchamlari (uzunligi, kengligi, qalinligi), nishablik, shartli bir gʻildirakli tayanchga keltirilgan, mumkin boʻlgan maksimal kuch, PSN koʻrsatkichi, tormozlanishning yakuniy yoʻlkalar, uchish yoʻlkasining har bir UQY uchun rejalashtirilgan qismi.
Uzunligi 1800 metr va undan ortiq koʻp boʻlgan UQY uchun — UQY haqiqiy yoʻl burchagi 1 daqiqagacha boʻlgan aniqlikda, uchish va qoʻnishning magnit kurslari va ularga mos keladigan UQY ostonasi raqamlari.
UQY ostonalarining absolyut balandligi, zaxira UQY joylashuvi va oʻlchamlari.
RD, MS, texnik maydonchalar, aerodrom-texnik vositalari toʻxtash joylarining joylashuvi, oʻlchamlari va raqamlari.
Uzunligi 1800 metr va undan ortiq boʻlgan UQY uchun — IPU magistral RD 1 daqiqagacha boʻlgan aniqlikda, RD va MS uchun shartli bir gʻildirakli tayanchga keltirilgan, maksimal ruxsat etilgan kuch.
Vertolyot maydonchalarining joylashuvi, ularning oʻlchamlari, bir gʻildirakli tayanchga keltirilgan,maksimal ruxsat etilgan kuch, vertolyotlar turiga qarab uchish va qoʻnish uchun yaroqliligi.
Start va UQY, RD, MS markirovkalarini va samoviy yaqinlashuv yoʻlkalarini ajratish.
Har bir UQY yoʻnalishi uchun turli HK kategoriyalari uchishi va qoʻnishi uchun aerodrom minimumlari.
3-boʻlim. Aerodrom hududi
Chegara, joy relyefining qisqa tavsifnomasi, aerodromga yaqinlashishda va aerodrom hududidagi tabiiy va sunʼiy toʻsiqlar, chizmalardagi ularning markirovkasi va ularning aerodromga nisbatan balandligi va KTAga (azimut, uzoqlashish) nisbatan ularning joylashuvi, shuningdek pastlash va qoʻnishga kirish sxemalarida tegishli UQY ostonalariga nisbatan ular balandligi.
Parvoz chegaralari va eshelonlar (balandliklar) koʻrsatilgan holda samoviy hududning tuzilishi:
a) aerodrom hududlari (uchish, uskunalar boʻyicha parvoz, kutish, yuklarni tashlash, HK ilojsiz tark etish, yonilgʻini toʻkib yuborish va hokazolar);
b) maxsus hududlar (sinov parvozlari, yonilgʻini qoʻshimcha quyish, samoviy otishmalar va hokazolar);
v) havo trassalari qismlari (MHY) va ularni toʻgʻrilash yoʻnalishlari, havo trassalariga (MHY) chiqish (kirish) yoʻnalishlari, parvozlarning doimiy yoʻnalishlari (tomga, ancha kichik va kichik balandliklarda samolyotni tezlashtirish, ob-havoni bilish va boshqalar);
g) koridorlar;
d) cheklangan hududlar;
e) poligonlar, oʻquv markazlari, gidrometeorologiya jarayonlariga faol taʼsir etish, portlatish ishlari hududlari va aerodrom hududidagi havo hududining boshqa tuzilmaviy elementlari.
Aerodrom hududida qoʻnish maydonchalari, desantlash (qoʻnish) maydonchalari, aerostatlar, zond-sharlar, boshqa uchuvchisiz HK uchirilish punktlarining joylashuvi.
Zaxira aerodromlari va qoʻnish maydonchalarini magnitli yoʻl burchaklari va ulargacha boʻlgan masofaning joylashuvi, qoʻnish magnit kursi oʻlchamlari va ular foydalanilishi mumkin boʻlgan HK turlari.
Parvozlarni pastlash va qoʻnishga kirish sxemasi (aylana boʻylab, 180 darajali ikkita qayrilish bilan, chetdan, hisoblangan burchakka orqasi bilan aylanib va boshqalar) va aylana boʻylab 300 km/s (162 uz) va undan kam boʻlgan parvoz tezligiga ega, shuningdek 4-klass HK va vertolyotlar uchun uchib chiqishdan keyingi sxemalar boʻyicha bajarilish tartibi.
(4-boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Aerodrom hududida parvozning, oʻtish eshelonining, aylana boʻylab parvozning, oʻtishning minimal xavfsiz balandligi.
Aerodrom hududiga, aerodromli hududlarga, poligonlarga, desantlash (qoʻnish) maydonchalariga, doimiy yoʻnalish va boshqalarga kirish (chiqish) tartibi, cheklovchi pelenglarni koʻrsatgan holda, aerodrom hududiga kirish (chiqish) uchun turli meteorologiya sharoitlarida har bir UQY uchun minimal xavfsiz eshelon va boshqa zaruriy maʼlumotlar.
HK guruhlarini yigʻish va tarqatish tartibi. Qoʻnishga navbatdan tashqari kirish, qoʻnishga boshqatdan kirish yoki zaxira aerodromga ketish uchun harakatlarni bajarish tartibi.
Kichik va ancha kichik balandliklarda parvozlar tartibi. Ovozdan yuqori tezlikda, shipga va samolyotni tezlashtirishga parvozlar tartibi.
5-boʻlim. Parvozlarni boshqarish
Parvozlarni boshqarishni amalga oshiradigan SʼHB organlari; SʼHB hududlari; oʻzaro munosabatlar tartibi.
Parvoz etishga buyurtma berish va parvoz boshlangani hamda tugatilgani haqida xabardor qilish tartibi.
HK boshqaruvini olganda va topshirganda SʼHB organlari mansabdor shaxslarining harakatlari.
Oddiy va murakkab meteo sharoitlardagi parvozlarga (VPQ va PPP boʻyicha) rahbarlik qilish tartibi.
HK oʻrtasida uchish va qoʻnishning minimal ruxsat etilgan oraligʻi.
Aerodrom hududi orqali tranzit bilan harakatlanayotgan HK boshqarish tartibi.
HK radiolokatsiya va vizual nazorat tartibi.
Boshqa aerodromlardan kelayotgan HK qabul qilish (chiqarish) va taʼminlash masalalarini kelishish tartibi.
Birgalikda joylashish, hamkorlikda foydalanish aerodromlarida, boshqa idoralar HK uchun zaxira aerodrom sifatida doimiy ajratiluvchi aerodromlarda samoviy harakatlarni boshqarish tartibi.
HK zaxira aerodromiga yuborish tartibi.
Radiolokatsiya nazorati ostidan chiqib ketgan HK topish tartibi.
Aerodrom avariya tormoz uskunasidan foydalanish tartibi.
6-boʻlim. SʼHB organlari va ekipajning harakatlari
Xavfli meteo sharoitlar parvozlarda va parvozda alohida holat yuz berganida, shuningdek “Kover”, “Strela”, “Rejim” signali olinganidagi harakatlar.
7-boʻlim. Parvozlarni taʼminlash
Aeronavigatsiya maʼlumotlari bilan taʼminlash, meteorologiya va ornitologiya taʼminoti. Aerodrom hududining yil fasllarida iqlim va ornitologik holati haqida qisqacha tasnif. Ob-havoni samoviy va radiolokatsion kuzatishni tashkil etish. HK ekipajlarini haqiqiy ob-havo haqida xabardor qilish tartibi. Parvozlarni meteorologiya va ornitologiya taʼminoti boʻyicha meteorologiya boʻlinmalarining operativ oʻzaro harakatini tashkil etish.
Parvozlar RTO va aloqa vositalari bilan taʼminlanishi. Aloqa vositalari va parvoz RTO aerodromda joylashuvi (SʼHB, navigatsiya, aloqa, yorugʻlik texnik vositalar), ular ishlashi haqida maʼlumot. Parvozlar RTO va aloqa vositalaridan foydalanish tartibi. Parvozlar RTO va aloqa vositalari zaxiralari. Aerodrom SʼHB organlarining HK bilan radioaloqasini tashkillashtirish. RLS koʻrish hududlari va RSNB harakati hududlari. Zaxira va takrorlanuvchi vositalardan foydalanish tartibi.
Aviatsiya texnikasini tayyorlashni tashkil etish tartibi, muhandis-aviatsiyaviy taʼminlanishi. Aerodrom-texnik taʼminlanishi. UQY kecha va kunduz, shuningdek koʻrish cheklangan sharoitlarda koʻzdan kechirish tartibi. Aerodrom devorlari va uni parvozlar vaqtida oʻrab olish tartibi. Aerodromda odamlar, HK, aerodrom-texnik va transport vositalari harakatlanishi tartibi.
Tibbiy taʼminot.
Qidiruv-qutqaruv taʼminoti.
Qidiruv-qutqaruv taʼminoti uchun javobgarlik hududi.
Javobgarlik hududi qidiruv-qutqaruv ishlari rahbari.
Mazkur aerodromda navbatchilik uchun ajratilgan kuchlar va vositalar, ularning oʻrnashgan joyi va tayyorligi darajasi. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan HK haqida halokat signali yoki boshqa maʼlumot olinganida aerodromda oʻrnashgan aviatsiya qismlari (boʻlinmalari) rahbarlarining harakati. Aerodromda yoʻq boʻlganida navbatchi qidiruv kuchlari va vositalarini chaqirish tartibi.
8-boʻlim. Ilovalar
8.1. Balandlikni egallash va HKning yoʻnalishlarga va uchishning barcha yoʻnalishlar uchun hududlarga ketishi sxemasi.
8.2. Har bir UQY yoʻnalishi uchun pastlash va qoʻnishga kirish sxemasi.
8.3. Aerodrom SʼHB organlari uchun belgilangan, boshqaruvni topshirish chegaralari bilan, samoviy hududni boshqarish hududlari sxemalari.
8.4. SʼHB organlari va taʼminlovchi xizmatlar oʻrtasida aloqa sxemasi.
8.5. Aerodromda parvozlar RTO va aloqa vositalarining joylashuvi.
8.6. Gorizontal va vertikal tekisliklarda radiolokatsiya vositalarining koʻrinishi hududlari sxemasi.
8.7. HK aerodrom boʻylab harakati va toʻxtash joylari joylashuv oʻrni sxemasi.
8.8. Odamlar va yer usti transportini aerodrom boʻylab harakatlanishi sxemasi.
8.9. Vizual kuzatuvda gorizontal koʻrishni aniqlash uchun xarakterli moʻljallarning joylashuvi sxemasi.
8.10. Aerodrom hududida ornitologik vaziyatning sxemasi.
8.11. Aerodromning elektromagnit maydonlari va aviatsiya shovqinlari parametrlarining raqamlangan hududlari (fuqarolik-turar joy, madaniy-maishiy va sanoat qurilishi cheklangan hududlar) sxemasi.
Instruksiyaga aerodromda joylashgan aviatsiya va SʼHB tashkilotlarning xususiyatlari tufayli ehtiyoj tugʻilishiga qarab boshqa boʻlimlar va sxemalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 2-ILOVA
Aerouzel hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
(tizimli sxema)
Yoʻriqnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1-boʻlim. Umumiy qoidalar
Aerouzelga kiradigan aerodromlar, ularning klasslari, moʻljallanganligi va idoraviy tegishliligi, shuningdek qanaqa aviatsiya qismlari va boʻlinmalari joylashganligi.
2-boʻlim. Aerouzel hududi
Aerouzel hududi chegaralari va aerouzelga kiruvchi aerodromlarning uchish va qoʻnish hududlari. Foydalanilishi oʻzaro muvofiqlashtirilishni va kelishuvni talab etadigan aerodrom va maxsus hududlar, parvozlarning doimiy yoʻnalishi (shiftga, ancha kichik balandliklarda samolyotlarni tezligini oshirishga, ob-havoni kuzatishga va boshqalarga), aviatsiya poligonlari hududi va aerouzel hududi havo hududi tizimining boshqa elementlari.
3-boʻlim. Parvozlarni tashkil etish va bajarish
Aerouzel aerodromlarida joylashgan qismlar (boʻlinmalar) hududlari, poligonlar, desantlashtirish (qoʻnish) maydonchalari, havo yoʻnalishlari va boshqalarni taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi.
Qayerda zarurat boʻlsa aerouzel hududining pastki esheloni (oʻtish esheloni), aerouzel aerodromlari uchun yagona absolyut oʻtish balandligi.
(ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Havo trassalari va MHY uchastkalari va kesib oʻtish tartibi.
Aerouzel hududida moʻljalni, uning xarakterli xususiyatlarini inobatga olgan holda tiklash tartibi.
4-boʻlim. Parvozlarni boshqarish
Aerouzel aerodromlari SʼHB organlari, aerouzel bosh SʼHB organi va uning aerouzel boshqa SʼHHK organlari bilan oʻzaro faoliyati.
Parvozlarga buyurtma berish tartibi.
Kunduzi va kechasi oddiy va murakkab meteorologiya sharoitlarida samoviy harakatni boshqarish tartibi.
SʼHB hududlari, samoviy harakatni boshqarishni topshirish va qabul qilib olish chegaralarini taqsimlanishi. Rejalashtirish, muvofiqlashtirish va parvozlarni (samoviy harakatni) bevosita boshqarishda aerouzel SʼHB organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik.
Havo hududidan foydalanish va parvozlar tartibining belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish. HQH qoʻshinlari organlari bilan oʻzaro harakatlanish tartibi.
Aerouzel hududidan tranzit bilan oʻtadigan HK parvozini boshqarish tartibi.
SʼHB organi va ekipajlarning “Rejim”, “Strela”, “Kover” signallari olingandagi harakati tartibi.
5-boʻlim. Aloqa vositalari va parvozlar RTU
SʼHB organlari va aerouzel aerodromlari oʻrtasidagi aloqaning tashkil etilishi.
Aerouzelda aloqa vositalari va parvozlar RTU foydalanish tartibi. Aerouzel RLS koʻrish hududi, YANRT ishlash hududi va ular ishi maʼlumotlari.
6-boʻlim. Ilovalar
1:500000 (1:200000) masshtabdagi radiouzel havo hududi tuzilishi xaritasi. Unda quyidagilar belgilanadi:
a) aerouzel hududi chegarasi;
b) aerodromlar, ular hududlarining uchuvchi hududlari bilan chegaralari, kirish va chiqish koridorlari (yoʻnalishlari);
v) poligonlar, desantlash (qoʻnish) maydonlari;
g) maxsus hududlar;
d) havo trassalari, MHY, havo trassalarining toʻgʻrilash yoʻnalishlari va MHY hamda aerouzel hududi havo hududi tuzilmasining boshqa elementlari;
Uchishga buyurtma berish sxemasi, SʼHB organlari va HHQ qoʻshinlarini HK haqiqiy uchishlari haqida xabardor qilish sxemasi;
Aerouzelda aloqani tashkil etish sxemasi;
Aerouzel hududida HK parvozining turli balandligida radiolokatsiya vositalari hududlari koʻrinishi va SʼHB organlari radiotexnika vositalari ishchi hududlari sxemalari.
Samoviy harakatni boshqarish hududlarini, boshqarishni topshirish chegaralari bilan birgalikda, aerodromlar SʼHB organlari oʻrtasida taqsimlanishi sxemasi.
Aerouzel aerodromlarining HK turlari boʻyicha kechasi va kunduzgi parvozi va qoʻnishi uchun minimumlari roʻyxati.
Yoʻriqnomaga aerouzeldagi samoviy harakatni boshqarish va tashkil etish xususiyatlari tufayli ehtiyoj tugʻilishiga qarab boshqa materiallar ham kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 3-ILOVA
Parvozning xavfsiz balandliklari hisobi
760 mm.sm.ust. (1013,2 mbar) atmosfera bosimi boʻyicha parvozlar xavfsiz balandligi hisobi quyidagi formulalar bilan ishlab chiqiladi:
Nhaq. xavfsiz. — parvozning haqiqiy xavfsiz balandligini belgilangan koʻrsatkichi, m;
Nrel. — yoʻlkaning yoʻl qoʻyilgan kengligi doirasida, joy relyefining, undagi sunʼiy toʻsiqlar balandligini hisobga olingandagi, eng yuqori nuqtasining absolyut balandligi, m;
Rmin. kelt. — dengiz sathi darajasiga keltirilgan, parvoz yoʻnalishi (uchastkasi) boʻyicha minimal atmosfera bosimi, mm.sm. ust. (mbar);
Nt — quyidagi formula bilan aniqlanadigan, balandlik oʻlchagichning metodik temperatura tuzatgichi, metr
t0 — parvoz yoʻnalishi (uchastka) boʻylab minimal temperatura.
Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma va aeronavigatsiya axborotlari toʻplamiga kiritish uchun yaqinlashish hududida 760 mm.sm.ust. (1013,2 mbar) atmosfera bosimida parvozning xavfsiz balandligi quyidagi formulalar bilan ishlab chiqiladi:
Nhaq. xavfsiz. — parvozning belgilangan haqiqiy xavfsiz balandligi koʻrsatkichi, m;
ΔNt — koʻp yillik kuzatishlar boʻyicha aerodromdagi oʻrtacha yillik temperatura boʻyicha aniqlanadigan, balandlik oʻlchagichning metodik temperatura tuzatgichi, m;
Raer. kelt. — koʻp yillik maʼlumotlar boʻyicha aerodromdagi dengiz sathi darajasiga keltirilgan minimal atmosfera bosimi, mm.sm.ust. (mbar).
Quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Naer — aerodromning dengiz sathiga nisbatan yuqoriligi, m;
Raer — koʻp yillik kuzatuvlar boʻyicha aerodrom UQY darajasidagi minimal atmosfera bosimi, mm.sm.ust. (mbar).
Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma va aeronavigatsiya axborotlari toʻplamiga kiritish uchun aerodrom doirasi (balandlik doirasi) boʻyicha parvoz balandligi quyidagi formula boʻyicha ishlanadi:
Nhaq. xavfsiz. — uchish va qoʻnish hududida haqiqiy xavfsiz balandlikning belgilangan koʻrsatkichi, metr;
Nrel — yoʻlkaning belgilangan kengligi doirasida, joy relyefining, undagi sunʼiy toʻsiqlar balandligini hisobga olingandagi, aerodrom darajasiga nisbatan eng yuqori nuqtasining absolyut balandligi, metr;
Nt — koʻp yillik kuzatishlar orqali aniqlangan aerodromdagi oʻrtacha yillik temperatura bilan belgilanadigan, balandlik oʻlchagichning quyidagi formula bilan aniqlanadigan metodik temperatura tuzatgichi, metr:
to — koʻp yillik kuzatuvlar boʻyicha aerodromning oʻrtacha yillik temperaturasi, doʻl;
Aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma va aeronavigatsiya axborotlari toʻplamiga kiritish uchun aerodrom hududida MBV minimal xavfsiz balandligini hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
Δ Nrel — uchishga yaqinlashish va qoʻnish yoʻnalishida UQY ostonasi darajasiga nisbatan, sunʼiy toʻsiqlarni hisobga olgan holda, joy relyefining eng baland nuqtasi, metr;
Δ Nt — koʻp yillik kuzatishlar orqali aniqlangan aerodromdagi oʻrtacha yillik temperatura bilan belgilanadigan, balandlik oʻlchagichning quyidagi formula bilan aniqlanadigan metodik temperatura tuzatgichi, metr:
to — koʻp yillik kuzatuvlar boʻyicha aerodromning oʻrtacha yillik temperaturasi, doʻl;
Aerodrom hududi minimal xavfsiz balandligi, agar uning koʻrsatkichi oʻtish esheloniga teng yoki undan ortiq boʻlsa, quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Nrel — qoʻnishga yaqinlashish va kirish yoʻnalishida, joy relyefining, undagi sunʼiy toʻsiqlar balandligini hisobga olingandagi, eng yuqori nuqtasining absolyut balandligi, metr;
Δ Nt — koʻp yillik kuzatishlar orqali aniqlangan aerodromdagi oʻrtacha yillik temperatura bilan belgilanadigan, balandlik oʻlchagichning quyidagi formula bilan aniqlanadigan metodik temperatura tuzatgichi, metr:
to — koʻp yillik kuzatuvlar boʻyicha aerodromning oʻrtacha yillik temperaturasi, doʻl;
Raer. kelt. — aerodromda koʻp yillik maʼlumotlar boʻyicha dengiz sathi darajasiga keltirilgan, minimal atmosfera bosimi quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Naer — aerodrom dengiz sathiga nisbatan yuqoriligi, metr;
Raer — koʻp yillik kuzatishlar boʻyicha aerodrom UQY darajasida minimal atmosfera bosimi, mmetrsmetrust (mbar).
Eslatma: agar MXB oʻtish esheloniga teng va undan ortiq boʻlsa, unda dengiz sathi darajasidan koʻrsatiladi va qavssiz yoziladi.
Pastki eshelondan pastroqda parvozda aerodrom hududida xavfsiz balandlik hisobi quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Nhaq. xavfsiz. — uchish va qoʻnish hududida haqiqiy xavfsiz balandlikning belgilangan koʻrsatkichi, metr;
Ntoʻsiq. — aerodrom darajasiga nisbatan joy relyefining, sunʼiy toʻsiqlar inobatga olingan holda, eng baland nuqtasi balandligi. Parvoz tezligi 300 km/s ortiq boʻlganida sunʼiy toʻsiqlar balandligi Ntoʻsiq. hisobga olinadi, togʻli joylarda esa, hamma holatlarda ham, parvoz tezligidan qatʼi nazar, yoʻlkaning belgilangan kengligi doirasida hisobga olinadi, metr;
Δ Nt — quyidagi formula boʻyicha metrlarda aniqlanadigan, balandlik oʻlchagichning metodik tuzatgichi:
to — aerodromdagi haqiqiy harorat, doʻl;
Yoʻnalish boʻyicha (aviatsiya ishlari hududida) pastki eshelondan pastda xavfsiz parvoz balandligi quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Nhaq. xavfsiz. — xavfsiz parvozning belgilangan koʻrsatkichi, metr;
Ntoʻsiq — joy relyefining, undagi tabiiy toʻsiqlarni inobatga olgan holda, eng baland nuqtasining absolyut balandligi. Parvoz tezligi 300 km/s ortiq boʻlganida sunʼiy toʻsiqlar balandligi Ntoʻsiq hisobga olinadi, togʻli joylarda esa, hamma holatlarda ham, parvoz tezligidan qatʼiy nazar, yoʻlkaning belgilangan kengligi doirasida hisobga olinadi, metr;
Δ Nt — quyidagi formula boʻyicha metrlarda aniqlanadigan, balandlik oʻlchagichning metodik tuzatgichi:
to — uchish va qoʻnish (ulardan kamrogʻi) aerodromida haqiqiy harorat, doʻl;
Aerodrom hududida oʻtish esheloni hisobi quyidagi formula boʻyicha chiqariladi:
Noʻtish. — aerodrom hududiga oʻtish balandligi, koʻrsatkichi doira boʻylab parvoz balandligidan past boʻlmasligi lozim (metr);
Naer. — aerodromning dengiz sathiga nisbatan balandligi (metr).
Aerodromning dengiz sathi darajasiga keltirilgan bosimi standart bosimga tenglashgan holdagi sharoitida hisoblanadi. Hisoblash orqali olingan balandlik koʻrsatkichi yaqinroq boʻlgan yuqori eshelongacha yaxlitlanadi.
Hisoblangan oʻtish esheloni ushbu aerodrom hududida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomada va boshqa aeronavigatsiya maʼlumotlari hujjatlarida koʻrsatiladi.
Aerouzelga oʻtishning pastki esheloni aerouzelga kiruvchi aerodromlarga oʻtishning eng koʻp eshelonidan past boʻlmagan qilib belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” (OʻzR AQ-91)ga 4-ILOVA
Kutish hududida parvoz
QOIDALARI
1-§. Kutish hududlari
1. Navbatdagi HK aerodromga kelishini yoki qoʻnishga kirishini boshqarishni taʼminlash uchun, qoida tariqasida aerodrom aeronavigatsiya nuqtasi yoki havo koridori ustida joylashadigan kutish hududlari belgilanadi.
2. HK kutish hududidagi harakatlari belgilangan sxema boʻyicha bajariladi.
Kutish sxemasining konfiguratsiyasi va foydalaniladigan atamalar.
1-rasm
1-rasmda keltirilgan kutish sxemasi kutish hududlari oʻng bilan qayrilish parvozlari (standart) sxemalariga kiradi. Kutish hududlarida chap qayrilishli (nostandart) parvozlarning tegishli sxemalari yaqinlashish yoʻliga nisbatan simmetrik joylashadi.
Yoʻl chizigʻi hamma sxemalarda koʻrsatilgan va uchuvchilar kursni maʼlum shamolga toʻgʻrilagan holda, kurs va vaqtga kutish hududiga kirishda va unda parvozi davomida tuzatishlar kiritib, yoʻl chizigʻida ushlab turishlari lozim.
3. Kutish hududida parvozlarning uskunalar koʻrsatkichlari boʻyicha tezligi.
3.1. Kutish zonasiga kirish va undagi parvozlar quyidagi jadvalda berilgan yoki undan kam boʻlgan tezlik koʻrsatkichlarida amalga oshiriladi.
520 km/s (280 uz) yoki nima kamligidan kelib chiqib, 0.8 M
200 eshelondan
(6 100 metrdan)
340 eshelongacha
(10 350 metrgacha)
(340 eshelon ham)
490 km/s (265 uz)
340 eshelondan
(10 350 metrdan) yuqori
0.83 M
0.83 M
Eslatma:
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan parvoz balandliklari balandlik oʻlchagichni moslashtirilishiga qarab nisbiy balandlik yoki parvozning tegishli eshelonlari orqali aks ettiriladi;
faqat A va B toifadagi HK kutishi uchun.
(3.1.-kichik bandning jadval qismi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
3.2. Barcha qayrilishlar 25 daraja ogʻish burchagi va 3 daraja/sekund burchak tezligi bilan bajarilishi kerak, bunda ogʻishning kichik burchagi olinadi.
3.3. Agar kutish sxemasida boshqacha vaqt belgilangan boʻlmasa, ketish yoʻlining chizigʻi boʻylab parvoz vaqti 150 eshelongacha boʻlgan (4550 metrgacha) balandlikkacha bir daqiqani hamda 150 eshelondan (4550 metrdan) yuqori balandliklarda 1 daqiqa 30 soniyani tashkil etadi.
(3.3.-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
3.4. Ketish yoʻli chizigʻi boʻylab parvozning hisoblanishi nazorat nuqta ustidan yoki uning yonidan, undan kechroq nima boʻlishiga qarab, boshlanadi. Agar yonning joylashgan oʻrnini aniqlash mumkin boʻlmasa, unda hisob ketish yoʻli chizigʻiga qayrilgan vaqtdan boshlanadi.
2-§. Kutish hududiga kirish va chiqish
4. Kutish hududlariga kirish sektorlari.
Kutish hududlariga kirish kirishning oʻsha sektorlari yoʻnalishlaridan (1, 2, 3) amalga oshiriladi, bunda sektor chegaralarining har tomonidan 5 daraja ogʻishga ruxsat etiladi.
5. Kutish hududiga 1-sektordan kirish (parallel kirish). Kutish hududi nazorat nuqtasini uchib oʻtgan HK ketish yoʻli chizigʻiga parallel boʻlgan yoʻl chizigʻiga qayrilishni amalga oshiradi va ketish yoʻlida parvoz qilish uchun berilgan vaqtga teng u boʻylab davom etadi. Soʻngra kutish hududi nazorat nuqtasi tomonga parvozga chiqish uchun ketish yoʻli chizigʻi tomonga qayrilishni bajaradi. Kutish hududi nazorat nuqtasi ustidan ikkilamchi parvoz amalga oshirilganidan keyin ketish yoʻli chizigʻiga qayrilish amalga oshiriladi va keyinchalik sxema boʻyicha:
berilgan vaqt davomida ketish yoʻli chizigʻi boʻylab parvoz;
180 darajada yaqinlashish yoʻli chizigʻiga qayrilish.
6. Kutish hududiga 2-sektordan kirish (aralash kirish).
Kutish hududi nazorat nuqtasi uchib oʻtilganidan keyin HK yaqinlashish chizigʻiga 30 daraja burchak ostida yotgan chiziqqa qayrilishni bajaradi va ketish yoʻli chizigʻi uchun koʻrsatilgan vaqt yoki 1 min 30 sek, nima qisqaligiga qarab, davomida parvozni bajaradi. Shundan keyin yaqinlashish chizigʻiga qayrilish bajariladi va qolgani sxema boʻyicha.
7. Kutish hududiga 3-sektordan kirish (toʻgʻri kirish).
Kutish hududi nazorat nuqtasidan uchib oʻtilgandan keyin HK ketish yoʻli chizigʻiga qayrilishni amalga oshiradi va koʻrsatilgan sxema boʻylab davom etadi. Kutish yoʻli chizigʻi boʻylab davom etish vaqti hisobi kutish hududi nazorat nuqtasi yonidan uchib oʻtilgan vaqtdan boshlanadi. Soʻngra yaqinlashish yoʻli chizigʻiga chiqish uchun 180 darajada qoʻshaloq qayrilish bajariladi. Qayrilishning oʻrtacha burchagi 25 darajadan oshmasligi lozim.
8. Kutish punktini tark etishga ruxsat olgan uchuvchi koʻrsatilgan vaqtda kutish hududi doirasida belgilangan vaqtga, koʻrsatilgan vaqtda kutish punktini tark etish uchun vaqtini toʻgʻrilashi lozim.
3-§. Shamol taʼsirini kompensatsiya qilish uchun nazorat harakatlari
9. Yaqinlashish yoʻlidagi kutish nazorat nuqtasini uchib oʻtgunga qadar yaqinlashish yoʻli chizigʻiga qaytish maqsadida shamol taʼsirining kompensatsiyasi uchun kursda ham va vaqt boʻyicha ham tuzatishlar kiritish kerak.
10. Bunday tuzatishlarni kiritishda aeronavigatsiya vositalarining bor koʻrsatkichlarini va nazarda tutilgan yoki maʼlum shamol haqidagi maʼlumotlardan toʻliq hajmda foydalanish lozim. DMEdan cheklangan darajadagi oraliq masofa doim yoʻlning orqaga qaytish chizigʻini chegaralaydi. Cheklangan radial eʼlon qilingan va samolyot dastlab shu radialga kiradigan taqdirda, u yaqinlashish yoʻli chizigʻiga qayrilguncha, hech boʻlmaganida DMEdan kerakli oraliq masofaga uzoqlashguncha shu boʻylab davom etishi lozim.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-noyabrdagi 143-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-2, 07.12.2011y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 503-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 5-ILOVA
Halokat va shoshilinchlik signallari roʻyxati
HKdan uzatiladigan halokat signallari
Birgalikda yoki alohida uzatilayotgan halokat signallari HKga jiddiy va bevosita xavf solinganligini va u zudlik bilan yordamga muhtoj ekanligini anglatadi.
Halokat signallari quyidagi yoʻl bilan uzatiladi:
a) radiotelefon orqali uzatiladigan signal 3-marta takrorlanadigan “SOS”, 1-marta “DE” va halokatga uchrayotgan HK ekipaji pozivnoylari 3-marta takrorlanishi;
b) radiotelefon orqali uzatiladigan “Halokatga uchrayapman” signali (xalqaro parvozlarda “Meydey”) 3-marta, “Men” 1-marta, halokatga uchrayotgan HK ekipaji pozivnoylari 3-marta uzatilishi;
v) qisqa vaqt davomida chiqariladigan, qizil rangda yarqiraydigan raketalar;
Halokat signallari ularni qabul qilganlik haqida tasdiq olinmagunicha qisqa intervallar bilan takrorlanib turishi lozim.
Agar sharoit boʻlsa halokat signali ortidan halokat toʻgʻrisidagi maʼlumot uzatilishi ham mumkin:
a) joy kengligi — 2-marta;
b) joy uzoqligini — 2-marta;
v) oʻrtacha yevropa (Grinvich boʻyicha) vaqti — 2-marta;
g) shikastlanish turi va kerak boʻlgan yordam — 1-marta;
d) HK komandiri tomonidan qabul qilingan qaror va qidiruv va qutqaruviga koʻmaklashuvchi boshqa maʼlumotlar — 1-marta;
e) “Qabul” — soʻzi.
Halokat haqidagi har bir xabardan keyin 1-2 daqiqa aloqaga chiqish lozim.
HKdan uzatilayotgan signallarning shoshilinchligi
Shoshilinch signallar HKni ilojsiz qoʻnishga majbur qiladigan, lekin zudlik bilan yordam koʻrsatilishini talab etmaydigan qiyinchilikni boshdan kechirayotganini xabardor qilishini anglatadi:
a) qoʻnish faralarining takroriy oʻchirib yoqilishi;
b) aero navigatsiya chiroqlarini ularning impulsiv yonishidan boshqacha takroriy oʻchirib yoqilishi.
HK va undagi yoʻlovchilar va ekipaj uchun ehtimoliy xavf mavjud boʻlganidagi uzatiladigan xalqaro shoshilinch signallar uzatiladi:
a) radiotelegrafda — “”;
b) radiotelefonda — “PAN (RAN)
Qidiruv-qutqaruv ishlarida qoʻllaniladigan signallar
Ilojsiz qoʻnishni sodir qilishgacha, “KOSPAS-SARSAT” sputnik tizimi bilan pelengatsiyani taʼminlash uchun radiostansiyani tonli xabar uzatish tartibi (“Mayak” tartibiga) yoqish lozim Bu rejimda uch soat davomida ilash lozim, keyin aloqa tartibiga oʻtiladi. Keyinchalik ilojsiz qoʻnishning birinchi kunlari har bir soat boshida uch marta halokat toʻgʻrisida xabar uzatishni va ulardan har bir xabardan keyin uch daqiqadan qabul tartibiga oʻtish kerak, sutkaning boshqa vaqtida radiostansiyani qabul tartibida ushlash zarur.
Oxirgi sutkalarda ar bir soat boshida uch marta halokat toʻgʻrisida xabar uzatishni va ulardan har bir xabardan keyin uch daqiqadan qabul tartibiga oʻtish kerak, sutkaning boshqa vaqtida radiostansiyani oʻchirib qoʻyish lozim.
Halokatga uchragan HK ekipajiga, oʻzaro radio shovqinlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, radiostansiyalarni bir vaqtning oʻzida bir nechta avariya-qutqaruv uzatish UKV ulash TAQIQLANADI.
“Yer — osmon” vizual signallarining kodlari. Yerdan turib qidiruv-qutqaruv HK ekipajlariga uzatiladigan signallar.
Tirik qolganlar foydalanishi uchun “Yer — osmon” vizual signallarining kodi
№
Signalning mazmuni
Signal
1.
Yordam kerak
V
2.
Tibbiy yordam kerak
X
3.
Yoʻq yoki salbiy
N
4.
Ha yoki ijobiy
λ
5.
Shu yoʻnalishda harakatlanyapmiz
↑
Yerda qidiruv guruhlari foydalanishi uchun “yer — havo” vizual signallari kodi
1.
Harakatlar (Operatsiyalar) tugatilgan
└└└
2.
Biz hamma odamlarni topdik
└└
3.
Biz faqat bir nechta odamlarni topdik
4.
Biz qidiruvni davom ettira oladigan ahvoldamasmiz. Bazaga qaytamiz.
XX
5.
Ikkita guruhga boʻlindik. Har bir guruh koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi
6.
Havo kemasi mana shu yoʻnalishda ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot olindi
7.
Hech narsa topolmadik. Qidiruvni davom ettiramiz.
Ν Ν
Signal oʻlchamlari iloji boricha uzunligi 2,5 kam boʻlmasligi, va ularni maksimal darajada qoraytirib qilish lozim.
Vizual signallar sifatida koʻrinarli joyda matodan, parashut materialidan, daraxt boʻlaklaridan, toshlardan, qoplamalardan va boshqa narsalardan qoʻyib chiqilgan yoʻlakchalar boʻlishi mumkin. Yuqorida eslatib oʻtilgan signallarga radio, yorugʻlik signal raketalari, tutun va boshqa narsalar yordamida eʼtiborni jalb qilish mumkin.
Qidiruv qutqaruv HK ekipaji tomonidan havoda uzatiladigan signallar
Yerdan berilgan signal tushunilganligi toʻgʻrisida HK ekipaji uzatadigan signallar:
kunduzi — HKni qanotidan qanotiga chayqalishi;
kechasi — qoʻnish faralarini ikki marta uchirib yoqish, agar HK bu fonarlari boʻlmasa ikki marta ANO yoqib uchirish.
Agar HK shunday signallarni uzatmasa, demak ekipaj yerdan uzatilayotgan signallarni tushunmagan.
Qidiruv HK ekipajlari tomonidan suv usti kemalariga uzatiladigan signallar
Qidiruv HK ekipajlari suv usti kemasini halokatga uchragan HK yoki dengiz (daryo) kemasiga yoʻnaltirishda quyidagi manevrlarni bajaradi:
— suv usti kemasi ustida kamida bir marta aylanib uchadi;
— qanotdan qanotga chayqalib, suv usti kemasi yurishi kerak boʻlgan kursni past balandlikda kesib oʻtadi;
— suv usti kemasi ortidan ergashishi lozim boʻlgan kursga chiqadi.
Agar signal uzatilgan suv usti kemasining yordami boshqa talab etilmasa, qidiruv HK suv usti kemasining tumshuq qismi yaqinida qanotdan qanotga chayqalib, past balandlikda uning yurayotgan chizigʻini kesib oʻtib parvoz qiladi.
Suv usti kemalaridan qidiruv HK ekipajiga uzatiladigan signallar
Suv usti kemalari qidiruv HK ushbu ilovada koʻrsatib oʻtilgan signallarini olganligi haqida quyidagicha tasdiqlaydi:
— kodli vimpel (vertikal qizil va oq yoʻllari bor) yuqoriga oxirigacha koʻtarib;
— signal fonari bilan Morze kodi boʻyicha bir necha marta “T” harfini uzatib;
— kursni oʻzgartirib HK orqasidan yurib.
Uzatilgan koʻrsatmalar bajarilishi iloji yoʻqligi toʻgʻrisida suv usti kemalari quyidagicha signal uzatadi:
— xalqaro “N” bayrogʻini koʻtarib (shaxmat taxtasidagi kabi oq va koʻk kvadratli);
— signal fonari bilan Morze kodi boʻyicha bir necha marta “N” harfini uzatib.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 6-ILOVA
Fuqaro havo kemalarini tutib olinishi
Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida rioya etilishi lozim boʻlgan prinsiplar:
a) fuqaro havo kemalarini tutib olish faqat oxirgi zarurat paytida qoʻllanadi;
b) uni agar rejalashtirilgan yoʻl chizigʻiga olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuborish, taʼqiqlangan, parvoz qilinishi cheklangan yoki xavfli hududidan boshqa tarafga yoʻnaltirish yoxud ushbu HKga koʻrsatilgan aerodromda qoʻnishiga zarurat boʻlmasa tutib olish amalga oshirilganida HKni tanib olish bilan cheklaniladi;
v) fuqaro HKlarni oʻquv tutib olishlarga yoʻl qoʻyilmaydi;
g) tutib olingan fuqaro HK bilan aloqa oʻrnatish iloji boʻlganida parvoz yoʻnalishi va tegishli maʼlumotlar berilishi lozim;
d) tutib olingan fuqaro HK uchib oʻtayotgan territoriyasida qoʻnishni amalga oshirilishi talab etilsa, qoʻnish uchun koʻrsatilgan aerodrom HK xavfsiz qoʻnishini taʼminlashga yaroqli boʻlishi lozim;
e) fuqaro HK nisbatan qurol ishlatishdan tiyilish;
j) uchuvchi bilan yerdagi tegishli organ oʻrtasida harakatlar muvofiqligini taʼminlash uchun barcha ehtimoliy kuchlarni qoʻllash;
(“j” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
z) fuqaro havo kemalarini tutib olish mumkin boʻlgan hamda ushbu havo kemalarini aniqlash uchun ikkilamchi koʻrish radiolokatori yoki ADS-B mavjud boʻlgan hududlarda radiolokator yoki ADS-Bdan foydalanishni inobatga olish.
(“Fuqaro havo kemalarini tutib olinishi” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Uchish boʻlinmalari uchuvchi-rahbar tarkibi, SʼHB organlari xizmatlari rahbarlari:
a) fuqaro HK barcha uchuvchilari HK tutib olinganida bajarishlari lozim boʻlgan harakatlar va qoʻllaniladigan signallar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari;
b) fuqaro HK komandiri HK tutib olinganida 121,5 mGs chastotada aloqa oʻrnatishga taalluqli talablarni, vizual signallar uzatish qoidalari va lozim boʻlgan harakatlarni bajarishlari;
v) SʼHB organlarining barcha xodimlari fuqaro HK tutib olingan hollarda oʻzlari bajarishlari lozim boʻlgan harakatlar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari uchun barcha choralarni koʻrishlari lozim.
Tutib olingan HK uchib oʻtayotgan territoriyasida qoʻnishi talab etiladigan alohida holatlarda HHQ va SʼHB organlari quyidagilarni nazarda tutishlari lozim:
a) koʻrsatilgan aerodrom ushbu HK turi xavfsiz qoʻnishiga yaroqli boʻlishini, ayniqsa bu aerodrom qoida tariqasida fuqaro havo tashuvlari uchun foydalanilmasa;
b) atrof muhit doira boʻylab uchishga, qoʻnishga kirishga va ikkinchi doiraga ketishga yaroqli boʻlishini;
v) tutilgan fuqaro HK aerodromga borishga yetadigan yonilgʻiga ega boʻlishini;
g) agar tutib olingan HK fuqaro transporti samolyoti boʻlsa, aerodrom ushbu HK qoʻnishi uchun yetarli boʻlgan oʻrtacha dengiz sathidagi uzunligi 2500m kam boʻlmagan pishiq qoplamali UQYga ega boʻlishi lozimligi;
d) koʻrsatilgan aerodrom Aeronavigatsiya axborotlari toʻplamida tasvirlangan boʻlishini.
Tutib olingan HK xavfsiz qoʻnishga kirishi va qoʻnishi uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar uning bortiga radiotelefon orqali yetkazib beriladi.
Tutib olingan HKning harakatlari
Boshqa HK tomonidan tutib olingan fuqaro HK quyidagilarga majbur:
a) tutib olgan HKga ergashishi va vizual signallarga tutib olgan HK talablariga muvofiq javob qaytarishga;
b) imkon qadar tegishli SʼHB organini ogohlantirishga;
v) tutib olgan HK bilan yoki tutib olishni boshqarayotgan tegishli organ bilan 121,5 mGs avariya chastotasida tutib olingan HKni, uning parvozi xususiyatini aytib radioaloqa oʻrnatishga urinib koʻrishi, agar aloqa oʻrnatish imkoni boʻlmasa, 243,0 mGs avariya chastotasida takroriy chaqiriqlar qilib aloqa oʻrnatishga urinib koʻrishga;
(“v” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
g) fuqaro havo kemasida qabul qiluvchi-javobbergich mavjud boʻlsa hamda tegishli havo harakati xizmat organidan boshqa koʻrsatmalar olinmagan boʻlsa, ikkilamchi koʻrish radiolokatorining A rejimida 7700 kodini tanlashga;
d) fuqaro havo kemasida ADS-B yoki ADS-C uskunalari mavjud boʻlsa hamda tegishli havo harakati xizmat organidan boshqa koʻrsatmalar olinmagan boʻlsa, tegishli favqulodda rejimni tanlashga.
(“Tutib olingan HKning harakatlari” boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Agar radio orqali har qanday manbalardan olingan har qanday koʻrsatma tutib olgan HK tomonidan vizual signallar yordamida uzatilayotgan koʻrsatmalariga zid boʻlsa, tutib olingan HK tutib oluvchi tomonidan vizual yuborilayotgan koʻrsatmalarini bajarib, undan zudlik bilan tushuntirish soʻraydi.
Agar radio orqali har qanday manbadan olingan koʻrsatmalar tutib oluvchi havo kemasining radio orqali uzatgan koʻrsatmalariga zid kelsa, tutib olinayotgan havo kemasi darhol tushuntirish soʻraydi. Bunda, tutib oluvchi havo kemasining radio orqali bergan koʻrsatmalarini bajarishni davom ettiriladi.
(sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 10-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-13, 06.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son)
Tutib olgan HK signal-buyruqlari va tutib olingan HK signal-javoblari
Tutib olgan HK signal-buyruqlari va tutib olingan HK signal-javoblari 1-jadvalda koʻrsatilgan.
1-jadval
Seriya signalari
Tutib oluvchi guruhi signallari
Tutib olinayotgan havo kemasi javob signallari
signalning mazmuni
tutib oluvchining harakatlari
signal mazmuni
tutib olinayotgan havo kemasining harakatlari
1
2
3
4
5
birinchi
Siz tutib olindingiz. Ortimda ergashing
Samolyotlar va vertolyotlar Kunduzi — tutib oluvchi, oldinda sal yuqorida joylashgan holda, qoida tariqasida tutib olinayotgan havo kemasidan chap tarafda, qanotdan qanotga chayqaladi (navbati bilan chap va oʻng kren hosil qilib). Signal qabul qilinganligi haqida tasdiq olganidan keyin sekin , qoida tariqasida chapga, gorizontal qayrilishni amalga oshirib, harakatlanish kursini egallaydi. Kechasi — xuddi kunduzi bajarilgan harakatlar hamda qoʻshimcha tarzda aeronavigatsiya chiroqlari va qoʻnish faralarini notekis oʻchirib yoqish
Sizni tushundim, bajaraman
Samolyotlar Kechasi yoki kunduzi — havo kemasini chayqaltirish, aeronavigatsiya chiroqlarini notekis oʻchirib yoqish va tutib olgan havo kemasi ortidan borish Vertolyotlar kechasi yoki kunduzi — navbati bilan oʻng yoki chap tarafga ogʻib parvoz etadi, aeronavigatsiya chiroqlari va qoʻnish faralari bilan notekis intervallar oraligʻida oʻchirib yoqishni amalga oshiradi va tutib oluvchiga ergashadi
Ikkinchi
Sizning yoʻlingiz ochiq, reja boʻyicha parvozni davom ettirishingiz mumkin
Samolyot va vertolyotlar kechasi va kunduzi — tutib olingan HK borayotgan kursni kesib oʻtmagan holda, balandlikni egallab, 90 va undan ortiq darajaga qayrilishni ichiga oluvchi, ishtiyoq bilan tutib olgan HKdan uzoqlashish manevri
Sizni tushundim, bajaraman
Samolyotlar Kechasi va kunduzi — qanotidan qanotiga chayqalish Vertolyotlar Kechasi va kunduzi — chap va oʻng krenlarni navbatma-navbat bajarish bilan uchish
Uchinchi
Mana shu aerodromda qoʻnishni bajaringlar
Samolyot va vertolyotlar Kunduzi — aerodrom ustida doira boʻylab parvoz, shassini chiqarish va qoʻnish yoʻnalishi boʻyicha UQY ustidan parvoz,yoki, agarda tutib olingan HK vertolyot boʻlsa, aerodrom (vertolyot qoʻnish maydonchasi) ustidan uchib oʻtish Kechasi-kunduzi qilingan harakatlar va qoʻshimcha qoʻnish faralarini yoqish va uzluksiz yonib turishi
Sizni tushundim, bajaraman
Samolyotlar Kunduzi — shassini chiqarib tutib oluvchiga ergashish va agar UQY ustidan uchib oʻtilganda qoʻnish xavfsiz boʻlsa, qoʻnishga kirish va qoʻnishni bajarish Vertolyotlar Kunduzi — tutib oluvchiga ergashish va qoʻnish faralarini yoqib ularning uzluksiz yorugʻida qoʻnishni bajarish Kechasi — xuddi kunduzi qilingan harakatlar va qoʻshimcha qoʻnish faralarini yoqilishi va uzluksiz yonib turishi Vertolyotlar Kechasi — tutib oluvchiga ergashish va yoqilgan qoʻnish faralarining uzluksiz yorugʻida qoʻnishni bajarish
Tutib olingan HK signallari va tutib olgan HK signal-buyruqlari
Tutib olingan HK signallari va tutib olgan HK signal-buyruqlari 2-jadvalda keltirilgan.
Siz tomoningizdan koʻrsatilgan aerodrom HK turiga mos emas, qoʻnishga yaroqsiz
HKlari Kunduzi — UQY ustidan uchib oʻtishda aerodrom darajasidan 300 metrdan (1000 futdan) kam 600 metrdan (2000 futdan) koʻp boʻlmagan balandlikda shassilarni yigʻib olish va aerodrom ustida doira boʻylab parvozda davom etish. Kechasi — UQY ustidan uchib oʻtishda aerodrom darajasidan 300 metrdan (1000 futdan) kam 600 metrdan (2000 futdan) koʻp boʻlmagan balandlikda shassilarni yigʻib olish va qoʻnish faralarini oʻchirib yoqish va aerodrom ustida doira boʻylab parvozda davom etish. Agar qoʻnish faralari bilan oʻchirib yoqishni iloji boʻlmasa, mavjud har qanday chiroqlarni oʻchirib yoqish. Vertolyotlar Kunduzi — aerodrom (Vertolyot qoʻnish maydonchasi) ustidan 50 metrdan (165 futdan) kam va 100 metrdan (330 futdan) ortiq boʻlmagan balandlikda uchib oʻtish hamda doira boʻylab uchishni davom ettirish. Kechasi — aerodrom (Vertolyot qoʻnish maydonchasi) ustidan 50 metrdan (165 futdan) kam 100 metrdan (330 futdan) ortiq boʻlmagan balandlikda uchib oʻtishda qoʻnish faralari va aeronavigatsiya faralarini oʻchirib yoqish va doira boʻylab uchishni davom ettirish.
Sizni tushundim, ortimdan boring
Kechasi va kunduzi (agar tutib olingan HK tutib oluvchi ortidan zaxira aerodromga borishi talab etilsa) — shassini yigʻishtirib tutib oluvchi signallarining birinchi klassini uzatish Vertolyotlar Kechasi va kunduzi (agar tutib olingan HK tutib oluvchi ortidan zaxira aerodromga yoki vertolyot qoʻnish maydonchasiga borishi talab etilsa) — tutib oluvchi birinchi seriya signallarni uzatadi Samolyotlar va vertolyotlar kechasi va kunduzi (agar tutib olingan HKni qoʻyib yuborish qarori qabul qilingan boʻlsa) — tutib oluvchining ikkinchi seriya signalini yuboradi
Beshinchi
Sizning buyrugʻingizni bajara olmayman
Samolyotlar va vertolyotlar kechasi va kunduzi — barcha bort chiroqlarini yaltirovchi chiroqlardan farqlay olishi mumkin boʻlgan tarzda, doimiy oʻchirib yoqish
Sizni tushunmadim
Samolyotlar va vertolyotlar Kechasi va kunduzi — tutib oluvchining ikkinchi seriya signallarni uzatadi
Oltinchi
Halokat holatidaman
Samolyotlar va vertolyotlar kechasi va kunduzi — noteng vaqt oraligʻida barcha bort chiroqlarini oʻchirib yoqish
Sizni tushundim
Samolyotlar va vertolyotlar Kechasi va kunduzi — tutib oluvchining ikkinchi seriya signallarni uzatadi
(6-ilovaning ikkinchi jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Agar tutib oluvchi bilan aloqa belgilangan boʻlsa, biroq aloqani umumiy boʻlgan tilda oʻrnatish iloji boʻlmasa, asosiy maʼlumotni va koʻrsatmalarni qabul qilganlik tasdigʻini ikki marta qaytariluvchi quyidagi iboralar orqali yetkazishga urinib koʻriladi ( 3-jadvalga qarang).
3-jadval
TUTIB OLUVCHI tomonidan qoʻllanadigan iboralar
TUTIB OLINGAN HK tomonidan qoʻllanadigan iboralar
* Ikkinchi kolonkada urgʻu bilan talaffuz etiladigan boʻgʻinlar ostiga chizib qoʻyilgan.
** Talab etilayotgan pozivnoy SʼHB organlari bilan radiotelefon aloqa oʻrnatish uchun foydalaniladigan va HKning parvoz rejasiga kiritilgan tanish indeksiga mos keladigan pozivnoy boʻlishi lozim.
*** Sharoit har doim ham XAY-DJEK iborasini qoʻllash uchun mos boʻlavermasligi mumkin.
Aerodrom dispetcherlik punkti signallari
Yorugʻlik signali koʻrinishidagi koʻrsatmalar 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Chiroq
Aerodrom dispetcherlik xizmati
HK parvozda
HK yerda
Yashil doimiy yonib turish uchun
Qoʻnishga ruxsat etilgan
Uchishga ruxsat etilgan
Qizil doimiy yonib turishi
Boshqa kemalarga yoʻl bering va aylana boʻylab uchishni davom ettiring
Stop
Yashil chaqnashlar seriyasi
Qoʻnishni amalga oshirish uchun ortga qayting
Qayrilishlarga ruxsat berildi
Qizil chaqnashlar seriyasi
Aerodrom yaroqsiz. Qoʻnish taqiqlanadi
Qayrilish qoʻnish maydonchasidan tashqarida amalga oshiriladi
Oq chaqnashlar seriyasi
Mana shu aerodromda qoʻnishni amalga oshiring va perronga keling
Aerodromdagi boshlangʻich joyga qayting
Tegishli HK tarafiga yoʻnaltirilgan qizil raketa, bundan oldingi har qanday signal-buyruqdan qatʼi nazar, hozirgi vaqtda qoʻnishga ruxsat etilmasligini bildiradi.
HK signalni olganinining tasdigʻi:
a) parvoz chogʻida:
1) kunduzi — qanotlarni chayqaltirish (bu signalni uchinchi va toʻrtinchi qayrilish orasida va yakuniy toʻgʻrida berish kerak emas);
2) kechasi — qoʻnish faralarini ikki marta oʻchirib yoqish yoki agar, ular oʻrnatilmagan boʻlsa aeronavigatsiya chiroqlarini ikki marta oʻchirib yoqish;
b) yerda chogʻida:
1) kunduzi — eleron yoki burilish rulining harakati bilan;
2) kechasi — qoʻnish faralarini ikki marta oʻchirib yoqish yoki agar, ular oʻrnatilmagan boʻlsa aeronavigatsiya chiroqlarini ikki marta oʻchirib yoqish.
Kuzatish avtomobilidan uzatiladigan signallar
Yashil rang — menga qarab boshqaring (ortimdan);
Qizil rang — boshqarishni toʻxtating (stop);
Tanaffusli oʻchirib yoqish — boshqarish tezligini kamaytirish (eʼtiborni oshirish).
Parvozlar cheklangan, taʼqiqlangan yoki xavfli hududida, shunday hududlardan biriga boruvchi yoʻlda parvozlarni bajarayotgan HKni ogohlantirish uchun foydalaniladigan vizual signallar:
kechasi va kunduzi ushbu HK keyingi parvozlari bunday hududlardan tashqarida oʻtishi uchun zarur choralar koʻrishi lozimligini anglatuvchi, portlaganida qizil va sariq yorugʻlik yoki choʻgʻlar beradigan raketalarni 10 s interval bilan uchirish.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 7-ILOVA
Havo kemalarining yerdagi harakatlarini boshqaruvchi signallar
a) signalchi tomonidan HK beriladigan signallar:
Bu signallar qoʻl bilan koʻrsatishga moʻljallangan, uchuvchi tushunishini yengillashtirish uchun agar lozim boʻlsa qoʻlda yorugʻlik tarqatuvchi vosita boʻlishi mumkin. Bunda signalchi HK tomonga yuzi bilan qaragan va:
a) HKlar uchun — HK chap tomonidan, uchuvchi eng koʻrinarli joyda, va
b) vertolyotlar uchun — u uchuvchiga eng yaxshi koʻrinadigan joyda turadi.
Kurakchalar, yorugʻlik taratuvchi jezl yoki elektr fonarlardan foydalanilganda ham mazkur signallarning mazmuni oʻzgarmaydi.
Signalchi yuzi bilan HK qarab turganida HK dvigatellari oʻngdan chapga qarab raqamlarga ega boʻladi (yaʼni, 1-dvigatel — bort boʻyicha chapdan eng oxirgisi).
Yulduzcha bilan belgilangan (*) signallar osilib turish tartibida vertolyotlar uchun moʻljallangan.
“Jezl” tushunchasiga “yorugʻda nur tarqatuvchi boʻyoq bilan boʻyalgan kurakcha va qoʻlqoplar” (faqat kunduz kuni foydalanish uchun) ham kiritiladi.
“Signalchi” tushunchasiga “perron dispetcheri” ham kiritiladi.
1. Quyidagi signallarni ishlatishdan oldin signalchi HK harakatlanishi lozim boʻlgan maydon shatakka olish, boshqarishni boshlash vaqtida u toʻqnashib ketishi mumkin boʻlgan obyektlardan holi ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Eslatma: koʻpchilik HK konstruksiyasi shundayki, HK yerda harakatlanayotgan vaqtida qanotlar, dvigatellar orqa tomondagi chet qismlari va boshqa chet qismlari harakatlanish trayektoriyasini ekipaj kabinasidan vizual nazorat qilishning imkoni yoʻq.
2. Yon tomondan kuzatuvchi/yoʻnaltiruvchi.
Oʻng qoʻlni jezl bilan bosh uzra vertikal koʻtarish, chap qoʻlni jezl bilan tana yoʻnalishida harakatni bajarish.
Qanot oxirining chet qismida yuz taraf bilan turib berilgan bu signal dumi bilan oldinga qarab shatakka olish uchuvchisiga/perron dispetcheriga/ rahbariga HK turish joyiga/turish joyidan toʻsiqlarsiz harakatlanishi mumkinligiga ishora qiladi.
Oldinga choʻzilgan qoʻllar, jezllarni vertikal holda ushlab, bosh uzra koʻtarish.
4. Keyingi signalchiga borish yoki KDP/yer usti dispetcheri koʻrsatmalariga muvofiq harakatlanish.
Ikkala qoʻllar bilan tepaga yoʻnalishni koʻrsatish, choʻzilgan qoʻllarni tanaga nisbatan yon tomonga chalishtirish va jezllar bilan keyingi signalchi yoki boshqaruv hududi joylashgan tomonni koʻrsatish.
5. Oldinga harakatlanish.
Yonga choʻzilgan qoʻllarni tirsakka bukish va jezllar bilan koʻkrak va kalla darajasida tepa-past yoʻnalishida harakatlantirish.
6. Chapga qayrilish (uchuvchi tomondan).
Oʻng qoʻl jezl bilan tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida yonga choʻzilgan holda chap qoʻl oldinga harakatlanish signalini beradi. Signal berayotgan qoʻl harakatining tezligi uchuvchiga HK qayrilishi tezligiga ishora qiladi.
7. Oʻngga qayrilish (uchuvchi tomonidan).
Chap qoʻl jezl bilan tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida yonga choʻzilgan holda oʻng qoʻl oldinga harakatlanish signalini beradi. Signal berayotgan qoʻl harakatining tezligi uchuvchiga HK qayrilishi tezligiga ishora qiladi.
8. Oddiy toʻxtash.
Qoʻllarni jezllar bilan tanaga nisbatan 90 daraja ostida yon taraflarga choʻzish va ularni jezllar kesib oʻtguniga qadar bosh uzra koʻtarish.
9. Shoshilinch toʻxtash.
Qoʻllarni bosh uzra keskin koʻtarish va jezllarni chalishtirish.
10. Tormozlarni qoʻshish.
Ochilgan kaftni yelka darajasidan sal teparoqqa koʻtarish. Uchuvchi ekipaj bilan vizual kontaktga ishonch hosil qilgach barmoqlarni musht qilib siqish. Ekipaj tomonidan qoʻllarining katta barmoqlarini koʻtarish orqali tasdiq olmaguncha joyidan qimirlamaslik.
11. Tormozlarni qoʻyib yuborish.
Barmoqlari musht qilib siqilgan qoʻl panjasini yelka darajasidan sal yuqoriroqqa koʻtarish. Uchuvchi ekipaj bilan vizual kontaktga ishonch hosil qilgach mushtini ochib yuborish. Ekipaj tomonidan qoʻllarining katta barmoqlarini koʻtarish orqali tasdiq olmaguncha joyidan qimirlamaslik.
12. Kolodkalar oʻrnatildi.
Ichkariga yoʻnaltirilgan, choʻzilgan qoʻllarni jezl bilan bosh uzra koʻtarib, jezllarni ular tekkunicha keskin surish. Uchish ekipajidan tasdiq olishga ishonch hosil qiling.
13. Kolodkalar olingan.
Tashqariga yoʻnaltirilgan, choʻzilgan qoʻllarni jezl bilan bosh uzra koʻtarib, jezllarni keskin ochish. Uchuvchi ekipaj ruxsat olinmagunicha kolodkalarni olib tashlamang.
14. Dvigatellarni yoqing.
Yuqoriga yoʻnaltirilgan jezl bilan oʻng qoʻlni bosh darajasigacha koʻtarib shu qoʻl bilan aylantiruvchi harakatni bajaradi, bunda bosh uzra koʻtarilgan chap qoʻl yoqilishi kerak boʻlgan dvigatelga ishora qiladi.
15. Dvigatellarni oʻchiring.
Jezl bilan oʻng qoʻlni yelka darajasida oldinga choʻzish, jezl bilan panjani chap yelkagacha, keyin tomoq oldidan oʻng yelkagacha harakatni bajarish.
16. Tezlikni kamaytirish.
Belidan tizzasiga tepadan pastga harakatlarni amalga oshirib, choʻzilgan qoʻllarini “Qarsak chalish” jesti bilan pastga tushiriladi.
Qoʻllar kafti yerga qaratilgan holda pastga tushirilgan; keyin yoki oʻng yoki chap qoʻli bilan dvigatel (dvigatellar) oborotini chap yoki oʻng tarafda pasaytirishni ishora qilib tepaga-pastga koʻtarib tushiriladi.
18. Orqaga harakatlanish.
Qoʻllarni tananing oldi tomonida, beli balandligida ushlab oldinga qarab aylantirish. Orqaga qarab harakatlanishni toʻxtatish uchun 8 va 9 signallardan foydalaniladi.
19. Orqaga qarab harakatlanishda qayrilishlar.
Dum bilan oʻngga: chap qoʻl burchak ostida pastga qaratilgan; bosh uzra koʻtarilgan oʻng qoʻl bilan oldinga gorizontal holatda va vertikal holatda orqaga takroriy harakatlarni bajaradi.
20. Orqaga qarab harakatlanishda qayrilishlar.
Dum bilan chapga: choʻng qoʻl burchak ostida pastga qaratilgan; bosh uzra koʻtarilgan chap qoʻl bilan oldinga gorizontal holatda va vertikal holatda orqaga takroriy harakatlarni bajaradi.
21. Tasdiqlovchi javob/yoʻl boʻsh.
Oʻng qoʻl yuqoriga yoʻnaltirilgan jezl bilan boshi darajasigacha koʻtariladi yoki qoʻl panjasini bosh barmogʻi yuqoriga qilgan holda tutish, bunda chap qoʻl pastga tushirilgan va tizzaga qoʻyilgan holda boʻladi.
Eslatma: bu signal texnik-ekspluatatsiya kommunikatsiya signali sifatida foydalanilishi ham mumkin.
*22. Osilib turish.
Qoʻllarni jezllar bilan tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida choʻzish.
*23. Yuqoriroq koʻtarilish.
Qoʻllarni jezllar bilan tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida kaftlarni yuqoriga qilgan holda choʻzish va ular bilan yuqoriga harakat qilish (qoʻllarni yuqoriga pastga chayqaltirish). Qoʻllar harakatining tezligi balandlikni olish tezligiga ishora qiladi.
*24. Pastroqqa tushish.
Qoʻllarni jezllar bilan tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida kaftlarni pastga qilgan holda choʻzish va ular bilan yuqoriga harakat qilish (qoʻllarni yuqoriga pastga chayqaltirish). Qoʻllar harakatining tezligi balandlikni olish tezligiga ishora qiladi.
*25. Gorizontal holda chapga (uchuvchi tomondan) harakatlanish.
Oʻng qoʻlni tanaga nisbatan 90 gradus burchak ostida choʻzish. Boshqa qoʻl bilan oʻsha yoʻnalishda takroriy harakatlar bilan harakatni amalga oshirish.
*26. Gorizontal holda oʻngga (uchuvchi tomondan) harakatlanish.
Chap qoʻlni tanaga nisbatan 90 gradus burchak ostida choʻzish. Boshqa qoʻl bilan oʻsha yoʻnalishda takroriy harakatlar bilan harakatni amalga oshirish.
*27. Yerga qoʻnish.
Old tomondan jezl bilan pastga tushirilgan qoʻllarni chalishtirish.
28. Yongʻin
Oʻng qoʻlda jezl bilan yelkadan tizzagacha yelpigʻichsimon harakatni amalga oshirib, bir vaqtning oʻzida chap qoʻldagi jezl bilan yongʻin joyini koʻrsatish.
29. Kutish joyi/signalni kutish.
Qoʻllarni jezl bilan tanaga nisbatan 45 daraja burchak ostida choʻzish. Bu holatni HK boshqa harakatni amalga oshirish uchun ruxsat olgunicha saqlab turish.
30. HKni joʻnatish.
Oʻng qoʻl va/yoki HKni joʻnatish jezli bilan standart kutib olishni bajaradi.HKni burish boshlangunicha ekipaj bilan koʻrish orqali aloqani saqlab turish.
b) Texnik-ekspluatatsiya kommunikatsiya signallari
1. Faqat texnik-ekspluatatsiya kommunikatsiya signallari nutq orqali uzatish mumkin boʻlmagan hollarda qoʻl harakatlari bilan uzatiladigan signallar.
2. Signalchi uchish ekipajidan texnik-ekspluatatsiya kommunikatsiya signallariga nisbatan tasdiq olganida ishonch hosil qiladi.
HK harakatlanishi jarayonida uchuvchi ekipaj bilan aloqa qilish uchun foydalaniladigan texnik-ekspluatatsiya kommunikatsiya signallar 7-ilovaga ekspluatatsiya yoki texnik xarakterdagi qoʻl harakati orqali uzatiladigan signallarni standartlashtirish maqsadida kiritilgan.
3. Boshqarish richaglariga teginmang.
Oʻng qoʻl bosh uzra, barmoqlarini yigʻib, musht qilgan holda yoki jezlni gorizontal holda ushlab, koʻtariladi, bunda chap qoʻl pastga tushirilib, tizzaga qoʻyilgan boʻladi.
4. Aerodrom taʼminotini yoqing.
Choʻzilgan qoʻllarni bosh uzra koʻtarib, chan qoʻl kaftini gorizontal holda ushlab va oʻng qoʻl panjasi barmoqlari bilan chap qoʻlning ochiq kaftiga tekkunigacha harakatni (“T” harfini hosil qilib) bajarish. Tungi vaqtda yonib turgan jezllar bosh uzra “T” harfini hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin.
5. Aerodrom taʼminotini oʻchiring.
Choʻzilgan qoʻllarni bosh uzra koʻtarib, chap qoʻl kaftini gorizontal holda ushlab va oʻng qoʻl panjasi barmoqlari bilan chap qoʻlning ochiq kaftiga tekkunigacha harakatni (“T” harfini hosil qilib) bajarish va oʻng qoʻl panjasi bilan chap qoʻl panjasidan pastga harakatlantirish. Tungi vaqtda yonib turgan jezllar bosh uzra “T” harfini hosil qilish uchun ishlatilishi mumkin.
6. Rad javobi.
Oʻng qoʻlni yelka darajasida, yonga choʻzgan holda tanaga nisbatan 90 daraja burchakda jezl bilan yoki panjaning bosh barmogʻi bilan yoʻnalishni koʻrsatgan holda ushlab, bunda chap qoʻl pastga tushirilib tizzaga qoʻyib turiladi.
7. Ichki aloqa tizimidan foydalanib aloqani oʻrnatish.
Ikkala qoʻlni tanaga nisbatan 90 daraja burchak ostida yonlarga choʻzib va kaftlarni quloqlarga qisiladi.
8. Trapni ochish/yopish.
Oʻng qoʻl pastga tushirilgan, chap qoʻl bosh uzra tanaga nisbatan 45 daraja burchak ostida koʻtarilgan holatda, oʻng qoʻl bilan chap yelka yoʻnalishida harakatlarni bajarish.
Eslatma: bu signal birinchi navbatda old qismidan har tomonlama traplar bilan jihozlangan HKlar uchun moʻljallangan.
v) HK uchuvchisi signalchiga uzatadigan signallari.
Eslatma: bu signallar uchuvchi kabinadan qoʻli bilan signalchiga uzatish uchun moʻljallangan, signallar signalchiga yaxshi koʻrinishi va agar lozim boʻlsa, signallarni tushunishni yengillashtirish uchun yoritilgan boʻlishi mumkin.
1. Tormozlar.
Eslatma: qoʻl panjalarini musht qilib tugish yoki ularni ochish momenti oʻz oʻrnida tormozni bosish yoki qoʻyib yuborish momentini anglatadi.
a) tormozlar yoqilgan: qoʻl barmoqlari choʻzilgan holda yuzning darajasigacha gorizontal holatda koʻtariladi keyingi barmoqlar musht holatiga qisiladi.
b) tormozlar qoʻyib yuborilgan: qoʻl barmoqlari mushtga yigʻilgan holda yuzning darajasigacha gorizontal holatda koʻtariladi va keyingi barmoqlar yoyib yuboriladi.
2. Stoyanka kolodkalari.
a) Kolodkani oʻrnatish: qoʻllarning kaftini tashqariga ochish va yuzi oldida ularni chalishtirish;
b) kolodkalarni olib tashlash: yuzi oldida kafti tashqariga ochilgan holda chalishtirilgan qoʻllarni yon tomonlarga qarab ochish.
3. Dvigatel(lar)ni yurgazishga tayyorlik.
Yurgizish kerak boʻlgan dvigatellar sonini anglatuvchi miqdorga teng ravishda qoʻl barmoqlarini egish.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi FA havo kemasi bortida parvozlarni bajarishda kema hujjatlariga qoʻshimcha ravishda boʻlishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi FA havo kemasi bortida parvozlarni bajarishda ushbu qoidalarning 22-bandida koʻrsatilgan kema hujjatlariga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
— ekspluatant guvohnomasi ilovalari bilan (nusxasi);
— tegishli guvohnomalar (ekipaj aʼzolarining har birida);
— har bir konkret HKga uning roʻyxat nomerini koʻrsatgan holda, shovqin boʻyicha sertifikat*;
— joydagi shovqin boʻyicha turning sertifikati;
— sugʻurta polislari (HKga va uchinchi shaxslar tomonidan zarar yetkazilishiga)*;
— ETOPS Check-list (tranzit aeroportda ETOPS boʻyicha parvoz oldidan HK TX boʻyicha ishlar roʻyxati);
— yigʻma yuklash vedomosti;
— bosh deklaratsiya*;
— yoʻlovchi manifesti*;
— yuk manifesti*;
— yuk xatlari*;
— parvoz topshirigʻi;
— aeronavigatsiya maʼlumotlari hujjatlari (qoʻnishga kirish xaritalari va ekipaj aʼzolari tomonidan foydalanish uchun aeronavigatsiya xaritalari, shturmanlarning bort jurnali, parvoz rejasi va boshqalar);
— parvozdagi alohida hollarda HK ekipaji harakatlari boʻyicha tavsiyalar toʻplami (YEFR) (agar qoʻllanilsa);
— HKdagi xavfli yuklar bilan bogʻliq insindentlar holatidagi avariya sharoitida harakatlar tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (faqat xavfli yuklarni tashishda);
— samolyot va dvigatellar ishlashi va resursi haqida maʼlumot (“sharqiy” ishlab chiqarishdagi HKlar uchun);
— HK bort nomeriga mos keladigan fider sxemalari komplekti (“sharqiy” ishlab chiqarish samolyotlari uchun) yoki boshqa maʼlumot tashuvchilar (“gʻarbiy” ishlab chiqarish samolyotlari uchun);
— MSRP magnit tasmasiga pasportlar va NQZ-63ga hisobotlar (agar qoʻllanilsa);
— ICAO DOK 4444dan yetkazish shakli: aviatsiya hodisasi, insident, xavfli yaqinlashuv;
— HK jihozlarini ekipaj aʼzolari tomonidan nazorat tekshirish varaqlari (SL);
— HKni ekipaj tomonidan nazorat tekshiruvi xaritalari;
— parvozlarni amalga oshirish boʻyicha ekspluatant qoʻllanmasi;
— FEAPQQ (HK komandirida);
— yoʻnalish boʻyicha parvozlarni va ishlar koʻrinishini bajarishga litsenziya;
— HK dezinseksiyasi sertifikati*;
— HK va dvigatellar formulyarlari, butlovchi buyumlarga pasportlar va etiketkalar (faqat HKni tuzatishga olib borganda yoki tuzatishdan olib chiqilganda, yoki HK boshqa mulkdorga topshirilganida);
— gʻayriqonuniy aralashuv aktlari bilan bogʻliq favqulodda holatlarda HK ekipaji harakatlari boʻyicha yoʻriqnoma.
Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi FAning mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshiruvchi HKlariga (*) belgili hujjatlar shart emas.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 9-ILOVA
Parvoz uchun yetarli yonilgʻi miqdorini aniqlash qoidalari
Parvoz uchun yetarli boʻlgan yonilgʻi miqdorini ekspluatant PAQ va PFQ talablari asosida aniqlanadi.
Ekspluatant oʻzining ekspluatatsiyasida boʻlgan HKlar har bir turi va modifikatsiyasi uchun parvozga yetarli boʻlgan yonilgʻini aniqlash metodikasini ishlab chiqadi va PAQga qoʻshib qoʻyadi.
Parvoz uchun yonilgʻi miqdorini aniqlash uslubiyoti HK UQY muvofiq ekspluatatsiya sharoitlari uchun ishlab chiqiladi.
Parvoz uchun yonilgʻi miqdorini aniqlash uslubiyotini oʻz ichiga oluvchi, ekspluatant PAQ yana quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) parvoz uchun yonilgʻi miqdorini aniqlash uslubiyoti;
b) qoʻshimcha yonilgʻi miqdorini aniqlash uslubiyoti;
v) qoʻshimcha yonilgʻi miqdorini talab etuvchi yoʻnalishlar roʻyxati;
g) avtomatlashtirilmagan hisoblashda parvoz uchun yonilgʻi miqdorini aniqlash tartibi;
d) avtomatlashtirilgan hisoblash natijasida olingan parvoz ishchi rejasi namunasi, uning shu kabi yonilgʻi boʻyicha tarkibi bayoni.
Bortida 2-bandga muvofiq aniqlanadigan, yonilgʻining talab etiladigan miqdoridan kam yonilgʻi bilan uchish taqiqlanadi.
Parvoz yoʻnalishi boʻylab, belgilangan aerodromda va zaxira aerodromida shuningdek, belgilangan aerodrom va zaxira aerodromgacha boʻlgan masofadagi aeronavigatsiya, meteorologiya holatidan kelib chiqib, lozim hollarda HK komandiri qaroriga muvofiq talab etiladigan yonilgʻi miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
Umumiy holatlarda HK dvigatellarini yoqishdan oldin HK bortidagi yonilgʻi yonilgʻining talab etiladigan miqdorini (Q tal.et) shuningdek, HK komandiri tomonidan parvozga yonilgʻini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda (Q HKK) komandir zaxirasini oʻz ichiga oladi.
Talab etiladigan yonilgʻi miqdorini aniqlash
Ekipaj, agar HK bortida quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi, talab etiladigan (Q tal.et) yonilgʻi miqdori boʻlsa, parvozni boshlashi mumkin:
a) yerda uchib chiqqunga qadar ishlatiladigan yonilgʻi (Q yer);
b) yoʻnalish yonilgʻisi (Q yoʻnalish);
v) zaxira yonilgʻi (Q zaxira);
talab etiladigan Q:
Q tal.et) = (Q yer) + Q yoʻnalish) + Q zaxira)
Yerda uchib chiqqunga qadar ishlatiladigan yonilgʻi (Q yer) miqdori quyidagilarni taʼminlashi lozim:
a) ijro starti boshlangunga qadar, aerodromning joy sharoitlarini inobatga olib yoqish va boshqaruvni (Q boshq);
b) yordamchi kuchlantirish moslamasi, agar u boʻlsa, ishini (Q yokm).
Shu tariqa: Q yer = Q boshq + Q yokm
Yoʻnalish yonilgʻisi (Q yoʻnalish) uchishdan belgilangan aerodromda (punkt) qoʻnguniga qadar boʻlgan parvozni taʼminlashi shart. Yoʻnalish yonilgʻisi dvigatellarning oʻrtacha ishlash koeffitsiyentini inobatga olib hisoblanadi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) HK tezlik olishi boshlanishidan to dengiz sathidan 450 metr balandlikka uchib chiqqunigacha aniqlanadigan uchish yonilgʻisi (Q uchish);
b) aerodrom darajasidan 450 metr balandlikdan berilgan eshelon/parvoz balandligigacha aniqlanadigan balandlikni egallash yonilgʻisi (Q beg);
v) berilgan eshelonni/balandlikni egallashdan to pastlashgungacha aniqlanadigan gorizontal parvoz yonilgʻisi (Q gp). Parvoz balandligi zinapoyasimon oʻzgartiriladigan yoʻnalishlarda balandlikni oʻzgartirish qismlarida sarflangan yonilgʻi Q gp.ga qoʻshiladi;
g) pastlashni boshlash paytidan belgilangan aerodromda qoʻnishga kirishning boshlagʻich bosqichi nazorat nuqtasi (IAF) uchun belgilangan balandlikni egallashgacha aniqlanadigan pastlash uchun yonilgʻi (Qpsh);
d) belgilangan aerodromda qoʻnishga kirishning boshlagʻich bosqichi nazorat nuqtasiga (IAF) kirishdan UQYga qoʻnishgacha aniqlanadigan qoʻnishga kirish yonilgʻisi (Qqsh).
Zaxira yonilgʻisi (Q zyo) oʻz ichiga aeronavigatsiya (Q AYOZ), yonilgʻining kompensatsiya zaxirasi (Q NQZ) va qoʻshimcha yonilgʻi (Q qyo) oladi va quyidagicha aniqlanadi:
(Q yoz) = (Q AYOZ) + (Q NZQ) + (Q qyo)
Eslatma: qoʻshimcha yonilgʻi miqdori (Q qyo) oʻz ichiga (Q HKK) va/yoki (Q alh) oladi va ekspluatant tomonidan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha parvoz uchun zaxira yonilgʻi tarkibiga kiradi. (Q HKK) va (Q alh) yonilgʻi miqdori HK konkret turi va modifikatsiyasi, yoʻnalish va parvoz sharoitlari uchun ekspluatant PAQda belgilanadi.
Aeronavigatsiya yonilgʻi zaxirasi parvoz har qanday ehtimoliy rejasidan chetlashish holatlari (momaqaldiroqlarni aylanib oʻtish, berilgan yoʻldagi chiziqni ushlab turishdagi xatoliklar, parvoz esheloni oʻzgarishi, kutish hududidagi parvoz, zaxira aerodromiga ketish va boshqalar uchun). Uchgunga qadar hisoblangan parvoz trayektoriyasidan chetga chiqishning barcha ehtimoliy holatlarini koʻra bilish iloji boʻlmaganligi tufayli, Q AYOZ quyidagi variantlardan birida uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda eng yomon holat uchun aniqlanadi:
a) QQQB bilan zaxira aerodromga/belgilangan aerodrom MBP ketish;
b) ketish chegarasidan zaxira aerodromiga ketish;
v) zaxira aerodromisiz parvoz.
QQQB zaxira aerodromga/belgilangan aerodrom MBP ketish bilan uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida aeronavigatsiya yonilgʻi zaxirasi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
a) belgilangan aerodrom QQQB/MBPdan zaxira aerodromga parvozning belgilangan balandligi/eshelonigacha yonilgʻi (Q ber.za);
b) berilgan eshelon/balandlik egallangan paytidan pastlash boshlangunga qadar gorizontal parvoz uchun yonilgʻi (Q gp.za);
v) pastlash payti boshlanishidan zaxira aerodromdagi qoʻnishga kirishning boshlagʻich bosqichi nazorat nuqtasiga (IAF) belgilangan balandlikni egallaguncha yonilgʻi (Q psh.za);
g) aerodrom ustida kutish hududi aylana balandligida yoki kutish aylanasi balandligi belgilanmaganida 450metr balandlikda, parvoz tezligida 30 min parvoz etish uchun yetarli boʻlgan yonilgʻi (Q 130).
QQQB zaxira aerodromiga/MBP belgilangan aerodromga ketishda aeronavigatsiya zaxira yonilgʻisi quyidagicha aniqlanadi:
Q AYOZ = Q bal.za + Q gp.za + Q psh.za + Q 130
Eslatma:
1. Yonilgʻi miqdori (Q t30) HK konkret turi va modifikatsiyasi uchun doimiy miqdor hisoblanadi va ekspluatant PAQda koʻrsatiladi. Bu yonilgʻi nafaqat zaxira aerodromida harakatlanish uchun, balki belgilangan aerodromgacha moʻljallangan parvoz trayektoriyasidan ogʻish holatida va zaxira aerodromiga parvoz chogʻida foydalanish uchun moʻljallangan.
2. Bir qancha zaxira aerodromi tanlanganida Q AYOZ eng chetdagisi uchun belgilanadi.
Zaxira aerodromga ketish chegarasini hisobga olib yoki zaxira aerodromisiz uchish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida aeronavigatsiya yonilgʻi zaxirasi HK belgilangan aerodromga uchib kelganidan keyin standart atmosfera sharoitlarida, aylanish balandligida kutish tezligida 60 daqiqa davomida parvoz etishni taʼminlashi shart, yaʼni, Q AYOZ = 2 x Q t30. Bunda ketish chegarasi shunday aniqlanishi kerakki, zaxira aerodromiga uchib kelganda kutish hududida aylanish balandligida yoki agar aylana balandligi belgilanmagan boʻlsa aerodrom ustida 450 metr balandlikda 30 daqiqa davomida parvoz tezligida parvoz etish uchun yetarlicha miqdorda yonilgʻi mavjud boʻlsin.
Eslatma: belgilangan aerodrom QQQB/MBPdan parvoz, chegaradan zaxira aerodromga ketish (qaytish) uchun talab etiladigan yonilgʻi miqdori qarama-qarshi esadigan shamol tezligini inobatga olib, yoʻl-yoʻlakay esadigan shamolda esa shtil boʻyicha hisoblanadi.
Aeronavigatsiya yonilgʻi zaxirasi HK PFQ inobatga olgan holda hisoblanadi va hamma holatlarda ham quyidagidan kam qilib oʻrnatilmaydi:
a) samolyotlar uchun — Q AYOZ = 2 x Q t30;
b) vertolyotlar uchun — Q AYOZ = Q t30.
AYOZ miqdori toʻgʻrisida qaror HK komandiri tomonidan parvoz yoʻnalishida, belgilangan aerodromda va zaxira aerodromlardagi aeronavigatsiya, meteorologiya holati va belgilangan aerodrom va zaxira aerodromgacha masofani inobatga olib chiqariladi.
Yonilgʻining kompensatsiya zaxirasi ekspluatant tomonidan HK PFQ talablari va haqiqiy yonilgʻi sarfi hisoblanganidan ogʻishini inobatga olib belgilanadi, ammo hamma holatlarda ham yoʻnalish yonilgʻisi miqdorining 3 foizidan kam boʻlmasligi lozim
YEDTO qoidalari boʻyicha parvozlarni bajaruvchi HK uchun yonilgʻining belgilangan zaxirasi qatnov yonilgʻisi miqdorining 5% idan kam boʻlmasligi kerak.
(9-ilovaning qirq uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Arktika va Antarktidada parvozlar bajarilayotganida, shuningdek boshqa holatlarda qoʻshimcha yonilgʻi tegishli qoʻllanmalar talablariga muvofiq ekspluatantning parvozlarni bajarish boʻyicha qoʻllanmasida belgilanadi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Parvoz yonilgʻisi miqdorining avtomatlashtirilgan hisobi dvigatellarning tavsiya etilgan ishlash rejimlari uchun HK PFQ asosida amalga oshiriladi va quyidagilarni inobatga olishi zarur:
a) havo harorati va shamol prognozi;
b) hisoblangan tijorat yuki;
v) parvoz davomida HK massasi oʻzgarishi;
g) uchish amalga oshiriladigan, belgilangan va zaxira aerodromlarida ruxsat etilgan maksimal uchish va qoʻnish massalari boʻyicha cheklovlar.
Parvoz uchun talab etiladigan yonilgʻi miqdorini avtomatlashtirilgan hisoblar asosida aniqlash uchun:
a) agar konkret parvoz uchun talab etilsa va avtomatlashtirilgan hisobda inobatga olinmasa, qoʻshimcha yonilgʻi qoʻshish;
b) hisoblanganidan farq qiluvchi parvoz tartibini ushlab turish taxmin qilinsa, yonilgʻi miqdorini aniqlashtirish;
v) uchishgacha yerda sarflanadigan (Q yer) yonilgʻi miqdorini aniqlashtirish;
g) yaqinlashishning taxminiy yoʻnalishini va qoʻnishga kirish tartibotini hisobga olib, belgilangan aerodromda qoʻnishga kirish uchun (Q qsh) yonilgʻi miqdorini aniqlashtirish lozim
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 10-ILOVA
Vaqtinchalik aerodromda va qoʻnish maydonchasida parvozlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnoma (namunaviy)
Umumiy qoidalar
Vaqtinchalik aerodromning (qoʻnish maydonchasining) moʻljallanganligi va tegishliligi.
Vaqtinchalik aerodromning FA NAS talablariga muvofiq zaruriy jihozlanganligi.
Aviatsiya ishlarini bajarishga moʻljallangan aviatsiya texnikasining vaqtinchalik aerodromda qoʻriqlash tartibi aniqlanganligi.
Vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasining taʼrifi
Vaqtinchalik aerodrom (qoʻnish maydonchasi) eng yaqin aholi punktiga nisbatan joylashuvi.
Qoʻshni aerodromlar va qoʻnish maydonchalarida bir vaqtdagi parvozlarning xavfsizligi tayinlanishi.
Yogʻingarchilik yogʻganida uchish maydoni shakli, oʻlchamlari, grunt va qoplamasi, uning ekspluatatsiyaga yaroqliligi, uchish yoʻlkalari yuzasining holati.
Aerodromning (qoʻnish maydonchasi) chizmasi.
Berilgan magnit yoʻl burchaklari (BMYB) va aerodromdan (qoʻnish maydonchasi) eng yaqin zaxira aerodromigacha masofa.
Haqiqiy koʻrishni aniqlash uchun tanlangan moʻljallarning joylashuvi, shamol parametrlarini aniqlash uchun flyuger yoki konust.
HK ximikatlar yuklash uchun tayyorlash va yuklash uchun yuklash maydonchasining jihozlanganligi.
Vaqtinchalik YOMM omborlarining joylashuvi, yongʻinga qarshi jihozlarining mavjudligi.
Sunʼiy qoplam turi, oʻlchamlari (uzunligi, eni).
Burchak markirovka belgilarining mavjudligi.
Shartli tekislik qiyaligining maksimal burchagi ( vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasi chegarasidan 50m uzoqlikda 1:50dan oshmasligi, undan narida 1:30).
Yakorli toʻxtash joyi va bogʻlab qoʻyish vositalari mavjudligi.
UQY har bir yoʻnalish uchun turli turdagi HK uchib qoʻnishi uchun vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasi minimumlari.
Vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasi hududi
Joy relyefining qisqacha taʼrifi, qoʻshimcha aerodrom, qoʻnish maydonchasi hududida va unga yaqinlashishdagi tabiiy va sunʼiy toʻsiqlar, ularning markirovkasi qoʻshimcha aerodrom, qoʻnish maydonchasiga nisbatan balandligi, shuningdek sxemada — chizmalarda joylashuvi (azimut, uzoqlashuv).
Qayta ishlashga ajratilgan maydonlarning joylashgan oʻrni, relyefi, konfiguratsiyasi. Ularda toʻsiqlar mavjudligi va toʻsiqlarning tavsifi, ularning yer uchastkasi rejasida joylashgan oʻrni.
Parvozlarni bajarish
Ishlov berilayotgan uchastkaga va ortga HK parvozini bajarish tartibi.
Vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasi hududida parvozning minimal balandligi.
Ikkita bir xil turli HKlarning bitta vaqtinchalik aerodrom, qoʻnish maydonchasidan ishlash tartibi.
Parvozlarni boshqarish
SʼHB tashkillashtirish, oʻzaro harakatlanish tartibi.
Parvozlarga buyurtma berish va parvoz mavjudligi va tugaganligi haqida xabardor qilish tartibi.
HK radiotexnik va vizual nazorat qilish tartibi.
SʼHB organlari va ekipaj harakatlari
Parvozda alohida holat yuzaga kelganida, shuningdek “Kover”, “Strela”, “Rejim” signallari olinganida.
Parvozlarni taʼminlash
Aeronavigatsiya maʼlumotlari bilan taʼminlash.
Parvozlarning meteorologik va ornitologik taʼminlanishi.
Kuzatuv parvozi va ob-havoni havo razvedkasini tashkil etish.
Aloqa vositalari va RTU bilan taʼminlash.
AKIga aviatsiya elektr aloqasini tashkil etish, elektr aloqa setlari va yoʻnalishlari roʻyxati, ularning maqsadi; radioaloqa har bir seti (yoʻnalish) uchun chastotalar, korrespondentlar pozivnoylari; radio aloqa setlari va yoʻnalishlari ish vaqti; radio aloqa seti orqali meteo maʼlumot uzatish vaqti; MV va DKMV diapazonlarida KDP AKI ega HK bilan (ishlash balandligi va undan yuqorida), shuningdek AKI tayanch bazalari bilan parvozda va ishchi aerodromda boʻlgan vaqtda, radio aloqa oʻrnatish xususiyatlari.
Aviatsiya texnikasi injener-aviatsiya taʼminoti, tayyorgarlikni tashkil etilishi va tartibi.
Vaqtinchalik aerodromda, qoʻnish maydonchasida HK texnik ekspluatatsiyasi, xizmat koʻrsatish, va saqlash.
Parvozlar boshlanishidan oldin ishchi aerodrom starti va markirovkasini ajratishni tashkil etish.
Aerodrom, qoʻnish maydonchasi boʻylab odamlar, HK, aerodrom-texnik va transport vositalarining harakatlanishi tartibi.
Ishchi aerodromda avariya-qutqaruv ishlarini olib borish tartibi.
Tibbiy taʼminlash.
Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, yongʻinga qarshi xavfsizlik.
Aviatsiya xavfsizligi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va eksperimental aviatsiyasida parvoz qoidalariga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 12-ILOVA
HK toifasi
Tasniflash tezligi, km/soat (uz)
HK turlari
A
169 (91 uz.dan) kam
An-2, An-28, L-410, vertolyotlar va ushbu kategoriyaga tegishli boshqa HKlari
V
169 — 223 (91 — 120 uz)
Yak-40, Yak-42, An-24, An-26, An-30, An-72, An-74, Il-114, Rj-85 va ushbu kategoriyaga tegishli boshqa HKlari
S
224 — 260 (121 — 140 uz)
Il-76, A-310, B-757, An-32 va ushbu kategoriyaga tegishli boshqa HKlari
D
261 — 306 (141 — 165 uz)
Il-18, Il-62, Il-86, Il-96, Tu-134, Tu-154, Tu-204, An-12, An-124, B-767 va ushbu kategoriyaga tegishli boshqa HKlari
E
307 — 390 (166 — 210 uz)
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 13-ILOVA
Joy
Parvoz tezligi (uskunalar boʻyicha km/soat (uz))
VPQ boʻyicha parvozlarning minimal shartlari
Relyefning eng baland nuqtasidan bulutlar pastki chegarasining balandligi, m (fut)
Koʻrish imkoniyati, m
HKdan bulutlarning pastki chegarasigacha boʻlgan oraliq masofa, m (fut)
Uchish va qoʻnish zonasida
tekislik va tepalik
300 (162 uz) va undan kam
150 (500 fut)
2000
50 (165 fut)
300 dan (162 uz.dan) yuqori
300 (1000 fut)
5000
100 (330 fut)
togʻli hudud
550 (297 uz) va undan kam
300 (1000 fut)
5000
100 (330 fut)
Havo trassalari va belgilangan yoʻnalish boʻyicha yaqinlashish hududida
tekislik, tepalik va suvli hudud
300 (162 uz) va undan kam
150 (500 fut)
2000
50 (165 fut)
300 (162 uz)dan yuqori
300 (1000 fut)
5000
100 (330 fut)
relyefining absolyut balandligi 2000 m (6600 fut) va undan kam boʻlgan togʻli hudud
parvoz tezligidan qatʼi nazar
400 (1300 fut)
5000
100 (330 fut)
balandligi 2000 m dan (6600 futdan) ortiq boʻlgan togʻli hudud
700 (2300 fut)
10000
100 (330 fut)
Sogʻliqni saqlash, qidiruv-qutqaruv, avariya-qutqaruv ishlarini bajaruvchi tashkilotlarni xizmat qilish va tayyorgarlik parvozlari
tekislik, tepalik va suvli hudud
300 (162 uz) va undan kam
100 (330 fut)
1000
50 (165 fut)
togʻli hudud
400 (1300 fut)
2000
100 (330 fut)
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 14-ILOVA
HK toifasi
UQY ostonasidan minimal radius (R), km
VZPda maksimal tezlik, km/soat (uz)
A
3,12
185 (100 uz)
V
4,90
250 (135 uz)
S
7,85
335 (181 uz)
D
9,79
380 (205 uz)
E
12,82
445 (240 uz)
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi davlat va aviatsiyasida parvoz qoidalariga 15-ILOVA
* Uchib kelish vaqtiga ob-havo prognozi bulutlar pastki chegarasining balandligini (zarurat boʻlganda) 100 m (330 fut) va koʻrish imkoniyatlari 1000 m minimumdan yuqori boʻlishini nazarda tutsa aerodrom zaxira sifatida tanlanishi mumkin.
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 21-noyabrdagi 88-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-8, 06.12.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 49-son, 562-modda)
Yaqinlashish hududida, havo trassalari, MHY va belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha:
a) suv hududi, tekislik va tepalikli joylar ustidan
300 (162 uz) va undan kam
300 (1000 fut)
100 (330 fut)
300 dan (162 uz.dan) ortiq
200 (330 fut)
b) relyefining absolyut balandligi 2000 m (6600 fut)va undan kam boʻlgan togʻli joylarda
Parvoz tezligidan qatʼi nazar
600 (2000 fut)
300 (1000 fut)
v) relyefining absolyut balandligi 2000 m (6600 fut)va undan ortiq boʻlgan togʻli joylarda
Parvoz tezligidan qatʼi nazar
600 (2000 fut)
600 (2000 fut)
Sogʻliqni saqlash tashkilotlari, qidiruv-qutqaruv, avariya-qutqaruv ishlari va ularga tayyorgarlik parvozlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha shoshilinch parvozlar
300 (162 uz) va undan kam
600 (2000 fut)
50 (165 fut)
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Parvozning yoʻl qoʻyiladigan minimal balandligi (xavfsiz), m (fut)
Beriladigan parvoz balandliklari diapazoni, m (fut)
tekislik, tepalikli, oʻrmonli va 25 km (13,5 d.mili) radiusda relyef balandligi 200 metrgacha (660 futgacha) oʻzgarib turuvchi togʻ tekisligi (alohida tepaliklarni hisobga olmaganda)
25 (82 fut)
25 — 50 (82 — 165 fut)
tepalikli va 25 km (13,5 d.mili) radiusda relyef balandligi 500 metrgacha (1650 futgacha) oʻzgarib turuvchi togʻ tekisliklari
50 (165 fut)
50 — 75 (165 — 250 fut)
25 km (13,5 d.mili) radiusda relyef balandliklari 500 metrdan (1650 futdan) yuqoriga oʻzgarib turadigan kesishgan togʻli hududlar
75 (250 fut)
75 — 100 (250 — 330 fut)
absolyut balandligi 2000 metrdan (6600 fut) baland boʻlgan hududlar
100 (330 fut)
100 — 130 (330 — 430 fut)
(17-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 18-ILOVA
Joyning sharoiti, suratga olish parvozlarining turlari
Bulutning haqiqiy balandligi, m (fut)
Gorizontal koʻrinish, km
Shamol tezligi, m/s (uz)
tekislik va tepalikli hududlar: qidiruv-suratga olish parvozlari aero suratga olish parvozlari aero koʻrinish parvozlari
200 (660 fut) 200 (660 fut) 150 (500 fut)
5 5 3
10 (20 uz) 10 (20 uz) 10 (20 uz)
togʻli hududlar: suratga olish parvozlarining barcha toifalari uchun
400 (1300 fut)
6
10 (20 uz)
baland togʻli hududlar (2000 m dan yuqori): suratga olish parvozlarining barcha toifalari uchun
700 (2300 fut)
10
10 (20 uz)
Izoh: Uchastkaning murakkabligi va ekipajning tajribasidan kelib chiqqan holda aviakorxona komandiri barcha holatlarda ob-havoning jadvalda belgilangan koʻrsatkichlaridan kam boʻlmagan boshqa minimumlarini belgilashi mumkin.
(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) 19-ILOVA
Joy
VPQ boʻyicha parvozlarning minimal sharoitlari
Xavfsiz parvoz balandligi (haqiqiy), m (fut)
Relyefning eng baland nuqtasidan bulutlar pastki chegarasining balandligi, m (fut)
Koʻrish imkoniyati, m
HKdan bulutlarning pastki chegarasigacha boʻlgan vertikal oraliq masofa, m (fut)
tekislik va tepalikli hududlar
100 (330fut)
150 (500 fut)
2000
50 (165 fut)
togʻli hududlar
300 (1000 fut)
400 (1300 fut)
5000
100 (330fut)
Tashqi ilgichlarda yuk bilan parvozni bajarish
tekislik va tepalikli hududlar
150 (500 fut)
200 (660 fut)
2000
50 (165 fut)
Relyefining absolyut balandligi 2000 m (6600 fut) va undan past togʻli hududlar
300 (1000 fut)
400 (1300 fut)
5000
100 (330 fut)
Relyefining absolyut balandligi 2000 m (6600 fut) va undan baland hududlar
600 (2000 fut)
700 (2300 fut)
10000
100 (330 fut)
(19-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Parvozlarning xavfsiz balandligi (haqiqiy), m (fut)
Relyefning eng baland nuqtasidan bulutlar pastki chegarasining balandligi, m (fut)
Koʻrish imkoniyati, m
Kunduzi
Kechasi
Kunduzi
Kechasi
Kunduzi
Kechasi
tekislik va tepalikli hududlar
50 (165 fut)
400 (1300 fut)
100 (330 fut)
450 (1500 fut)
1000
4000
togʻli hudud
300 (1000 fut)
—
400 (1300 fut)
—
2000
—
Izoh: tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun parvozlarga tekislik va tepalikli hududlarda bulutlar pastki chegarasining balandligi 100 metrdan (330 futdan), relyefning eng baland nuqtasidan gorizontal koʻrish imkoniyati 1500 metrdan kam boʻlmagan, togʻli joylarda esa bulutlar pastki chegarasining balandligi 300 metrdan (1000 futdan), relyefning eng baland nuqtasidan gorizontal koʻrish imkoniyati 5000 metrdan kam boʻlmagan sharoitlarda ruxsat etiladi.
(20-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 16-sentabrdagi 51-n-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723-6, 15.10.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 525-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” (OʻzR AQ-91)ga 21-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidagi vertikal eshelonlashtirish
SXEMASI
Magnit meridianidan 00 dan 1790 gacha
Magnit meridianidan 1800 dan 3590 gacha
Eshelon nomeri
Metr
Fut
Eshelon nomeri
Metr
Fut
30
900
3000
40
1200
4000
50
1500
5000
60
1850
6000
70
2 150
7 000
80
2 450
8 000
90
2 750
9 000
100
3 050
10 000
110
3 350
11 000
120
3 650
12 000
130
3 950
13 000
140
4 250
14 000
150
4 550
15 000
160
4 900
16 000
170
5 200
17 000
180
5 500
18 000
190
5 800
19 000
200
6 100
20 000
210
6 400
21 000
220
6 700
22 000
230
7 000
23 000
240
7 300
24 000
250
7 600
25 000
260
7 900
26 000
270
8 250
27 000
280
8 550
28 000
290
8 850
29 000
300
9 150
30 000
310
9 450
31 000
320
9 750
32 000
330
10 050
33 000
340
10 350
34 000
350
10 650
35 000
360
10 950
36 000
370
11 300
37 000
380
11 600
38 000
390
11 900
39 000
400
12 200
40 000
410
12 500
41 000
430
13 100
43 000
450
13 700
45 000
470
14 350
47 000
490
14 950
49 000
510
15 550
51 000
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-noyabrdagi 143-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-2, 07.12.2011y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 49-son, 503-modda)
Qolgan tasvirlar. Yarqiragan yorugʻlikning koʻzga taʼsiridan soʻng koʻrish maydonida qolgan tasvir.
Qora dogʻlar. Vaqtincha yoki uzoq davom etadigan koʻrish qismidagi yoʻqotishning oʻzlashtirilishi.
Qisqa muddatlarda koʻrmay qolish. Koʻrish qobiliyatining maʼlum muddatga yoʻqolishi (qisqa yoki davomiy vaqtlarda), koʻzga yalt etib tushgan yorugʻlikdan hamda yorugʻlik darhol olinganidan sodir boʻladi.
Koʻrmay qolishlik. Koʻrishni qabul qilish vaqtincha buzilishi, yalt etib tushgan chiroq oqibatida (masalan, qarama-qarshi yoʻnalishdagi avtomobilning uzoqqa yoqiladigan chirogʻi kabi) kuzatiladi. Maʼlum muddatlarda koʻrmay qolishlik koʻrishning biologik xususiyatiga ega emas hamda kuzatuvchining koʻz oldida yalt etib tushgan chiroqdangina sodir boʻladi.
(22-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 25-martdagi 19n-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1723-5, 12.04.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 15-son, 213-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda; 2009-y., 48-son, 519-modda; 2011-y., 49-son, 503-modda; 2012-y., 32-son, 384-modda; 2013-y., 15-son, 213-modda; 2014-y., 42-son, 525-modda; 2016-y., 21-son, 243-modda, 49-son, 562-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son, 03.07.2018-y., 10/18/1723-10/1444-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.04.2023-y., 10/23/1723-11/0185-son; 12.07.2023-y., 10/23/1723-12/0466-son; 13.02.2024-y., 10/24/3495/0122-son; 07.03.2026-y., 10/26/1723-13/0211-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)