1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
BANKLARNI ROʻYXATGA OLISh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-aprelda 630-8-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2014, 08.10.2009-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17-moddalariga asosan, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Banklarni roʻyxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisida” nizomga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 630) kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.